# "Islom haqiqatan ham rost bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqardim" — Ateizmdan Islomga o'tish hikoyasi

- Language: uz
- Published: 2026-08-17
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/an-atheist-converts-to-islam-my-mothers-tragic-dath-led-me-to-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ma9Z1dDqCp0
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Do‘stlarim bilan ko‘chaga chiqqanimda, shunchalik ko‘p ichganimdan hech narsani eslolmay qolardim. Tinmasdan ichardim. Yotganimda esa qaytib uyg‘onmaslikni tilardim. Bu hayotning ma'nosini tushunolmasdim. Agar hayot shu bo‘lsa, unda hammasi tugay qolsin. Yashashni istamasdim. Dindan ham javob topolmagandim. Bir kuni amakim qo‘ng‘iroq qilib aytdiki "Onang kasalxonada, ahvoli og‘ir" dedi Yurak urishini ko‘rsatuvchi monitor tekis chiziqni ko‘rsatdi, shifokor kelib qo'limizdan kelganini qildik dedi. O‘sha yerda o‘tirib, kim meni eshitayotgan, ko‘rayotgan bo‘lsa, yo‘l ko‘rsat dedim. Birdan go‘yo ko‘zim ochilib ketgandek bo‘ldi va juda qo‘rqib ketdim. tushundimki uning gaplari to'g'ri edi.

Qayerdan olgan bo‘lsa ham u haq edi. Islom ham haq edi. Men qo‘rqib ketdim. Hozir yoki hech qachon, keyin o'zimga qilishim kerak dedim "Ashhadu an la ilaha illalloh, ashhadu anna Muhammadur Rasululloh". Assalomu alaykum, Saymon Volgren. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Sizni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Saymon Volgren kim? Hayotingiz haqida qisqacha aytib bering? Aslim Shvetsiyadanman, o‘sha yerda tug‘ilganman. Aslida ateist bo‘lib ulg‘ayganman. Hayotimning bir pallasida juda sevgan insonimni yo‘qotdim. Bu meni o‘ylantirib qo‘ydi va yakunda meni Islomga olib keldi. Islomdan oldingi hayotingiz qanday edi?

O‘sha kunlarni esalaysizmi? Men uchun bu o‘tish davri edi. Taxminan 11-12 yoshimda, o‘smirlik davrim endi boshlanayotgan paytda, ota-onam ajrashib ketishdi. Bu men uchun katta burilish bo‘ldi, chunki onam bilan qoldim va otam esa ketib qoldi. Hayotimdagi barqarorlik yo‘qoldi. Bilasizmi, o‘g‘il bola uchun, erkakdan namuna bo‘lmasa, ichida nimadir sinadi. O‘zingizni kemtik his qilasiz. Yo'l ko'rsatuvchi bo'lmaydi. Men esa nima qilishni bilmasdim. Afsuski, onam ham ajrashgandan keyin ancha o‘zgarib qoldi. Ichkilikka berildi. Ko‘ngilxushliklarga berilib, uyimizga turli erkaklarni olib kelardi. Tasavvur qiling. Hayotim izdan chiqdi. Uyimda ham o‘zimni xavfsiz his qilmasdim.

Har kuni uyimizga begona odamlar kelardi. Bu juda g‘alati tuyulardi. Men esa yana o‘zimni chalg‘itishga, bazm-u ziyofatlarga berilib ketgandim. Go‘yoki zulmatga botayotgandim, ammo zulmatning ham turli darajalari bo‘larkan. Men esa tobora chuqurroq botib borayotgandim. Bu tinmay davom etardi. O‘sha paytda bilganman, ammo kuchli tushkunlikka tushgandim. Shunday darajaga yetdiki, har oqshom uyquga yotganimda qaytib uyg'onmaslikni tilardim. Bu hayotning ma'nosini ko‘rmasdim. Agar hayot shu bo‘lsa, unda hammasi tugay qolsin. Yashashni istamasdim. Tongda uyg‘onish og‘ir kechardi.

Maktabning yuqori sinfida, oxirgi kursimda onam boshqa shaharlik bir erkak bilan tanishdi va singlim bilan birga ko‘chib ketishga qaror qildi. Menga ham birga borishni taklif qildi, ammo men bitiruvchi edim. Ko'chsam barini boshidan boshlashim kerak edi. Yolg‘iz qolishni esa yomon ko‘rardim. Yonimda mushugimdan bo'lak hech kim yo‘q edi. O'z kunimni o'zim ko'rardim. Ham o'qib, ham uchta ishda ishlardim. Bu juda qiyin edi. Do‘stlarim bilan har safar ko‘chaga chiqqanimda, shunchalik ko‘p ichganimdan hech narsani eslolmay qolardim. O‘sha paytdagi maqsadim tinmay-tinmay ichish edi. Maktabni bitirgach o'zimni chalg'itish uchun to‘liq stavkadan ko‘proq ishlay boshladim.

Keyin amakim qo‘ng‘iroq qilib "Bilasanmi, onang kasalxonada, og‘ir ahvolda." dedi. Bu g‘alati holat edi. Nima his qilishni bilmasdim. Albatta, xavotirlangandim. Axir u mening onam, uni yaxshi ko‘rardim. Lekin oramizdagi o‘tmish sabab, hammasi juda ham chalkash edi. Faqat bir fikr xayolimdan ketmasdi. men Onam bilan gaplashishni istayman. Hal qilishimiz kerak bo‘lgan ko‘p masalalar, aytilmay qolgan gaplarim bor edi. Keyin u yerga yo‘l oldik. Men, buvim, amakim va uning xotini. Hammamiz bordik. Onam komada edi. Kasalxonada karavotida yotardi. Bu juda g‘ayritabiiy tuyulardi. Keyin shifokor kelib qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, dedi. Onamning qo‘lidan ushlaganim esimda. Qo‘llari muzdek edi.

Bu shunchaki... Ateist uchun bu juda ham o'gir edi. O'limdan uzoqda yurganingizda hech narsa yo‘q deb aytish juda ham oson. O'zingizni bilganingizni qilib yuraverasiz shundaymi o‘lasan va tamom. Lekin deyarli jon berayotgan ota-onang qarshingda yotganda, bunga ishonish juda ham qiyin bo‘ladi. Xayolimdan bir-biriga zid qancha fikrlar o‘tayotganini tasavvur qiling. Unga aytmoqchi bo‘lganlarim ko‘p edi. Bir tomondan undan xafa edim, bir tomondan esa sog‘inardim. Ichimda turli tuyg‘ular kurashardi. Shu payt yurak monitoridagi chiziq tekislanib qoldi. va Juda qattiq qayg‘urdim. Haqiqatan ham... Buni ilgari sezmagan ekanman, g‘alati eshitilishi mumkin, lekin uni shunchalik sevishimni bilmasdim.

Menimcha, bu voqea o‘lim naqadar yaqinligini menga juda chuqur his qildirdi. Ba'zan yoshi katta yaqin insoningiz vafot etsa, buni tushunsa bo‘ladi, axir u yaxshi umr kechirgan bo‘ladi. Ammo onam-chi? U atigi 41 yoshda edi, ichkilik va qimor muammosi bor edi. Butun hayoti azobda o‘tgan, yomon oilada ulg‘aygan, uyida doimiy zo‘ravonlik bo‘lgan. Buni hayot deb bo‘lmasdi. Meni uyg'onishimga shu voqea sabab bo'ldi. Motam davridan o‘tish juda og‘ir kechdi. Hayot qorong‘i, umidsiz tuyulardi. Lekin buni boshdan kechirishim kerak edi. Aytishadi-ku, tong otishidan oldin tun qorong‘i bo‘ladi.

Men o'sha holatda edim, tongdan oldingi qorong'ulikda Ishim, to‘lashim kerak bo‘lgan hisob-kitoblarim ham bor edi. O'zimga "Hozir aqldan ozma, omon qolishing kerak", derdim. O‘sha paytda Shvetsiyada meditatsiya juda ommalashgandi. Turli ilovalar ham chiqayotgandi. Shunda balki meditatsiya meni tinchlantirar deb o'yladim. Shu tariqa meditatsiya qila boshladim. Bir muddat shunday davom etdi. G'alati bir holat yodimda saqlanib qolgan u paytlar men hech narsaga ishonmasdim. O'tirib “agar tepada biror narsa bo‘lsa-chi?” deb o‘yladim. Koinotda nimadir bor bo‘lsa, yo‘qdan paydo bo‘lib qolmagan bo‘lsak, unga bog‘lanishga hech bo‘lmaganda urinib ko‘rsam bo‘ladi-ku, to'g'rimi deb o'yladim.

Har gal buni eslamoqchi bo‘lganimda, qanday fikrlaganimni anglashga urinaman, lekin aslida o'ylamaganman. Keyin ichimdan duo qilib ko‘ray", degan fikr o‘tdi. O‘sha yerda o‘tirganim esimda. Qo‘llarimni ko‘tardim. Xuddi duo qilgandek. Juda g‘alati edi. Qo‘llarimni ko‘tardim-da Kim meni eshitayotgan bo‘lsa, kim meni ko‘rayotgan bo‘lsa, meni haq va to‘g‘ri yo‘lga boshla. O‘sha paytda endi nimani xohlashim muhim emasdi. Chunki urinib ko‘rgandim. Ataylab "Xudo" degan so‘zni ishlatmadingizmi? Yo‘q, ishlata olmadim. -Nega? -Chunki bu men uchun taqiqlangandek edi. "Xudo" so‘zi bilan bog‘liq juda ko‘p salbiy tasavvurlar bor edi. Xayolimda osmondagi soqolli yigit bilan gaplashmayotgandim.

Shu sabab bu so‘zni ishlata olmasdim. Albatta, o‘sha paytda din haqidagi bilimim sayoz edi. Bu so‘zni ishlatmaganim sababi hech qachon biror dinni tanlamayman deb o'zimga aytganimda edi. Din yechim emas deb o‘ylardim. Uni odamlarni boshqarish vositasi deb bilardim. Ommani boshqarish, miyani yuvish ertaklarga ishonishga o‘xshagan narsa, ya'ni Xudoga ishonish. Qo‘llarimni ko‘tarib: "Kim meni eshitayotgan, ko‘rayotgan bo‘lsa", dedim. Bu Allohning ismlaridan edi. Men "Xudo" demadim, ammo Allohga murojaat qildim. As-Sami' — hamma narsani eshituvchi, Al-Basir — hamma narsani ko‘ruvchi. Men "Kim meni eshitayotgan, ko‘rayotgan bo‘lsa", dedim. Bu juda hayratlanarli holat edi.

Keyin hech narsa bo‘lmadi. Aslida nimadir bo‘ldi, ammo men boshqa narsani kutgandim. Go‘yo mo‘jiza yuz beradigandek. Biror alomat ko‘rinadigandek. Lekin hech narsa bo‘lmadi. O‘sha paytda ikki joyda ishlardim. Biri musiqa prodyuserligi edi. Yana qarovchi bo‘lib ham ishlagandim. Qizig‘i shundaki, musiqa ishida bir musulmon bilan birga ishlardim. U albaniyalik edi. Birga bazmlarga ham borardik. Lekin nomiga musulmon edi. Qarovchi bo‘lib ishlagan joyimdagi oila esa juda dindor nasroniylar edi. Bunday holat kam uchraydi. Oldinlari ularning e'tiqodiga: "Mayli, o‘zlari biladi", deb qarab o'z ishimni qilaveradim. O'zinga kel bunchalik yopilib olma, chegaralarni qo'yma dedim. Savollar berib ko‘ray.

Yoqmasa, so‘rab aniqlayman. Shu tariqa nasroniylarga savollar bera boshladim. Masalan, Xudo kim? Nega bu yerdamiz? va Xuddi shu savollarni musulmon do‘stimga ham berdim. Bir narsani esdan chiqaribman. O‘sha duo qilganimdan keyin musulmon do‘stim soqol qo‘yib, namoz o‘qiy boshladi. Bu meni hayratga soldi. Musiqa qilayotganimizda ham: "To‘xta, namoz o‘qib olay", derdi. Shunaqa ishlarni qila boshladi. Dinga jiddiy yondashdi. Men ham undan so‘ray boshladim. Mantiqan o‘ylasam, endi ochiq fikrlay boshlaganim uchun, agar din tanlasam, nasroniy bo‘lishim kerak edi. Aytganingizdek Shvetsiya bayrog‘ida xoch bor. Go‘yo bu qonimda bordek edi. Qolaversa, bu eng oson yo‘l edi.

Bazmlarga ham borardim, gunoh qilaverardim. O‘sha paytda shunday o‘ylardim. Agar biror dinga kirsam, nasroniy bo‘lishni istardim. Lekin "Xudo kim?" degan savolni berganimda, olgan javoblarim menga umuman mantiqli tuyulmasdi. Va ularni umuman tushunmasdim Sababi, kimdan so‘rasam, har xil javob berardi. Agar bu haqiqat bo‘lsa, javob bir xil bo‘lishi kerak deb o'ylardim. Birga bir ikki bo‘ladi, ertaga ham ikki bo‘ladi. Kimdan so‘ramang, ikki bo‘ladi. Turli javoblar bo‘lmaydi. Lekin men turli javoblar olardim. Bir chalkashlik — ateizmdan, yana boshqasiga o‘tishni istamadim. Musulmon do‘stim bilan bu mavzuda gaplashishga ham ikkilanardim. Chunki "Islomni? Hech qachon.

Bu arablarni dini", deb o'ylardim. Atrofimdagi jinoyatchi tanishlarimni ko‘rib, Islomni shunday tasavvur qilardim. Lekin undan bir savol so‘radim va bu barini o‘zgartirdi. "Xudo kim?" Aslida uchta savolim bor edi. Bu juda qiziq, chunki aynan shu uch savol insonni haqiqatga olib boradi. Biz qayerdan kelganmiz? Qayerga ketyapmiz? Bu yerda nima qilyapmiz? Mana shu uch savol. Ishoning, shu uch savolning o‘zi ateizmni rad etadi. Chunki ateizmda bunga javob yo‘q. Holbuki, bu hayotimizdagi eng muhim savollar. Bu savollarni bermasangiz, yoki ularga javob topmasangiz, bo‘shliqni his qilasiz. Undan "Xudo kim?" deb so‘radim. U esa: "Buni tushuntiradigan bir sura bor", dedi. Juda qisqa sura, to‘rt oyat.

U arabcha o‘qib, keyin tarjima qilib berdi. "Alloh bitta. Ikki, uch, to‘rt yoki o‘nta emas, bitta." Yaxshi, mantiqli ekan. "U As-Samaddir", dedi. Buning ma'nosi, hamma narsa Unga muhtoj, U esa hech kimga muhtoj emas. Ichimda: "Ha, bu rost", dedim. Men Unga muhtojligimni bilardim, umr davomida ichimda bo‘shliqni his qilardim. Menga nimadir kerak bo'lganda bo‘shliqqa tayanib bo‘lmasdi. Meni doim to‘ldiradigan narsa kerak edi. Va u tug‘magan va tug‘ilmagan. Ya'ni na farzandi bor, na ota-onasi. Unga o‘xshashi yo‘q. Go‘yo nimadir anglagandek bo‘ldim va qo‘rqib ketdim. Chunki aytayotganlari haqiqat ekanini tushundim. Qayerdan olgan bo‘lsa ham haq edi. Demak, Islom ham haqiqat. Men qo‘rqib ketdim.

Bu haqiqatni anglagach yanada qo‘rqdim. Axir men haqiqatni istagandim. Uyimda o‘tirib haqiqatni izlagandim. Lekin haqiqat Islom bo‘lib chiqqach... "Bu nima edi?" dedim. Shundan keyin Islom haqida ko‘proq so‘ray boshladim. O‘sha kundan keyin qariyb bir yil savol berib, o‘rganib yurdim. Bir kuni musiqa bilan shug‘ullanayotgan paytimizda, u bu ishni tashlamoqchi ekanini ko‘p aytardi. U bu sohani tark etmoqchi edi. "Men bunday davom eta olmayman", derdi. Biz qilayotgan musiqa yomon edi. Juda yomon turdagi musiqa edi. Yomon odamlar, giyohvandlik, ichkilikbozlik — hammasi bor edi. U bunday muhitda qolishni istamasdi. Shuning uchun bu ishlarni menga o‘rgatdi.

Turli safarlarga chiqib, musiqa sohasidagi muhim insonlar bilan uchrashardik. Safar paytida u namoz ham o‘qirdi. Shu sababli masjidlarga kirardik. Shvetsiyada ayrim shaharlarda kichkina namozxonalar bo‘lardi. Lekin bir safar boshqacha bo‘ldi. Yo‘lda "Namoz o‘qishim kerak", dedi, va juda chiroyli masjidga kirdik. Uni ko'rib qoyil qoldim. Aytgancha, o‘sha paytda meditatsiya qilardim, har tong o‘zimcha ibodat ham qilardim. Shunda o'yladim bu do'stim "Juda baxtli ko‘rinadi." Masjiddan har chiqqanida yuzi nurga to‘lib ketadi." "Qiziq, bu qanday tuyg‘u ekan?" Shunda unga dedim... ismi Mansur edi. "Mansur, masjidga sen bilan bir marotaba kirib ko‘rsam maylimi?

Shunchaki kirib ko'raman, balki namozda ham qatnasharman, lekin musulmon bo‘lib qolmayman. Shunchaki sinab ko‘raman." shu xolos. U: "Muammo yo‘q", dedi. Keyin chiroyli masjidga kirdim. U yer ham o‘tiradigan, ham namoz o‘qiladigan masjid edi, ammo o'sha paytda namoz o'qilmayotgandi. Namoz vaqti emasdi. Masjid bo‘m-bo‘sh edi. Keyin tahorat olinadigan joyga kirdik va tahorat oldik. U: "Namozdan oldin tahorat olishimiz kerak", dedi. Men kranni ochmoqchi edim. U: "Saymon, senga bir gap aytaman", dedi. Bu safar u jiddiy gapirdi. "Bu jiddiy masala. Hozir qilmoqchi bo‘lgan ishing musulmonning amalidir. Tahorat olib, namoz o‘qiysan. Boshingni Yaratganga sajdaga qo‘yasan.

Qalbing va tiling bilan musulmon ekaningni qabul qilishing kerak. Chunki musulmon bo‘lmay turib, bularni qilishingning ma'nosi yo‘q. Bu musulmonning amalidir. Alloh bizni shu uchun yaratgan." Shunda hammasi jiddiyligini angladim. Buni endi ortga sura olmasdim. Men buni doim aytaman bu voqiyani aytganimda ham. Islomda bir tushuncha bor. Shaytonning vasvasalari inson Islomni qabul qilishidan oldin ular eng kuchli bo‘ladi juda ham kuchli. Qasamki men buni his qildim. Buni tasvirlay olmayman. Bir lahzada o‘zimni 40 daraja isitmalagandek his qildim. Qaltirab ketdim, qusgim keldi. Quloqlarim ham shang‘illardi. Go‘yo minglab pashsha atrofimda g‘uvillayotgandek edi. Diqqatimni jamlay olmasdim.

Nima bo‘layotganini tushunmasdim. Hayolimga "Do‘stlaring nima deydi? Boshqalar nima deydi?" degan fikrlar kelaverardi. Bu haqda do‘stim bilan ko‘p gaplashganmiz. U doim "Saymon seni taniganimdan beri hech kimning fikriga qaramagansan. Bazmlarga borib, telbalarcha ishlar qilarding. Odamlarni gapini o‘ylamasding. Islomga kelganda o‘ylanib qoldingmi?" Bu juda qiziq holat edi. O‘sha paytda ichimda bir tuyg‘u bor edi. Faqat qochib ketgim kelardi. Lekin ichimda bir nur yoki ovoz menga shunday derdi: "Agar hozir qilmasang, ehtimol hech qachon qila olmaysan. Onangning holiga tushib qolasan. Keyin esa afsus qilasan." Shunda: "Qilishim kerak", dedim.

"Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan rasululloh". Shunchaki aytdim. Ko‘nglimdagi barcha og‘irlik qusgim kelayotgani ham yo'qoldi butkul. Go‘yo boshimdan musaffo suv quyilgandek bo‘ldi. Yangidan tug‘ilgandek edim. Hammasi yo‘qoldi. Haligi ichimdagi bo‘shliqni aytgandim-ku? Hayotimda ilk bor u yo‘q edi. U yo‘qolgan edi. Buni qanday tushuntirsam ekan? Soatlab tog‘da yelkangizda og‘ir ryukzak ko'tarib yurasiz. Keyin uni yechasiz. Go‘yo og'ir yuk yelkamdan tushgandek edi. Keyin namozxonaga kirdik. Boshimni sajdaga qo‘yib, birinchi namozni, asr namozini o‘qidim. Shunda uyimni topganimni tushundim. Mening joyim shu yer ekan. Izlaganim ham shu ekan." Atrofingizdagilar...

Islomni qabul qilganingizni qanday qabul qilishdi? Eng qiyini do‘stlarim bilan bo‘ldi. Chunki vaqtimni ular bilan ko'p o‘tkazardim. Esimda, ularga "men musulmon bo'ldim" deb aytgandim. Ular yaqin do'st, umrboqiy aka-uka turdagi do'stlarim edi. Aytganimdan keyin qo‘ng‘iroq qilishmay qo‘yishdi. Telefonlarni ham ko‘tarishmadi. Hamma mendan yuz o‘girdi. go'yo Hayotlaridan o‘chirib tashlashdi. "Hammasi qayoqqa ketdi?" "O‘sha aka-ukalarim qani?" derdim. Shu tariqa o‘sha do‘stlarimning barchasini yo‘qotdim. Ba'zilari musulmon ham edi. "Agar haqiqiy musulmon bo‘lsang, biz sen bilan yura olmaymiz", deyishdi. Bu juda og‘ir edi. Men yaxshi ko'radigan Baqara surasida chiroyli oyat bor.

"Yaxshi ko‘rganingiz siz uchun yomon bo‘lishi, yoqtirmaganingiz esa siz uchun yaxshi bo‘lishi mumkin. Alloh biladi, siz esa bilmaysiz." Alloh meni shu yo‘l bilan himoya qildi. Ular bilan yurishda davom etganimda nima bo‘lardi? Bilmayman, balki o'lib ketardim. Oila a’zolarimga aytgandim, ikkita kulgili hikoya bor. Oilam davrasida o‘tirarib rosa xavotirda edim. Ularga Men musulmon bo‘lishga qaror qildim", dedim. Ular nima deyishni bilmasdi. Ular: "Terrorchi bo‘lib qolmaysanmi? yoki... O‘sha paytda Suriyadagi urush avjida edi. Hamma shu haqida gapirardi. Shu bois "U yoqqa borib odam otmaysanmi?" deyishdi. Shunaqa g‘alati savollar berishardi. Bu kulgili holatlardan biri edi.

Yana biri ishxonadagi voqea. Musiqa studiyasini eslaysizmi. O‘sha payt u yerda rahbarlardan biri edim. Musulmon bo‘lgach do‘stimdek men ham ketishga qaror qildim. Lekin ishni topshiradigan odam topishim kerak edi. Bir kuni rahbarlar bilan katta yig‘ilishimiz bo‘ldi hamma bor edi. Namoz vaqti bo'ldi. O‘sha paytda uncha tortinmasdim. Hammani oldida joynamozimni yozdim. Tushlik paytida namoz o‘qiy boshladim. Hech kim bilan ishim yo‘q dedim. Bir necha kundan keyin rahbarim meni suhbatga chaqirdi va. Hatto ofisda ham uchrashmadik. Hamkasblar ko‘rmasin dedi. shu sabab kafega bordik. U nimanidir so‘ramoqchi edi. U "Hammasi joyidami? O‘zing yaxshimisan?" dedi.

Men: "Ha albatta O‘zimni yaxshi his qilyapman." "Depressiyadamisan? Yordam kerakmasmi?" Yo‘q", dedim. "Chunki seni oldin boshqacha ko‘rardik. Endi esa odamlar gap-so‘z qilyapti, shuning uchun xavotirdamiz dedi. Senga yordam kerak emasmi bilmoqchi bo‘ldik dedi. Musulmon bo‘lishing mumkin, faqat mutaassib bo‘lib ketma. Terrorchi bo‘lib qolma", deyishdi. Buni eshitib hayratda qoldim bilasizmi chunki. Meni telba deb o'ylashgan. O‘sha yolg‘izlikni qanday yengdingiz? Yonimda juda ko‘p birodarlar bor edi. Musulmon bo‘lganimdagi eng go‘zal narsalardan biri shu. Esimda, musulmon bo‘lganimning ertasi kuni, masjidda namoz o‘qiganimizdan keyin, kamerani olgani bordik.

Shunda do‘stim "Bir islomiy ma’ruza bor, yur", dedi. U yerda boshqa musulmonlar bilan tanishdim. Uyga kirayotganimizda hayajonlangan edim. Chunki noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan qo‘rqardim. Arabcha tugul hatto salom berishni bilmasdim. Ichkariga kirganimda hamma xursand bo‘ldi. Ular "Saymon, kel! kel og'ayni" deyishdi. "Bu kim o‘zi?" deb o‘yladim. "Bu yerga o‘tir, mana ovqat, mana sovg‘a." mana hammasi o'tir og'ayni. "Nima bo‘lyapti o‘zi?" deb qoldim. Bir tasavvur qiling, ular meni tanimasdi, ammo baribir yaxshi ko‘rishardi. Meni hech qachon chaqirmagan qarindoshlarim bor edi. Lekin meni tanimasa ham, ismimni bilib, yaxshi ko‘rardi. Buni faqat Islomda ko‘rasiz.

Bu men uchun katta qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy qo‘llab-quvvatlash edi. Oldin esa hamma narsani yolg‘iz hal qilardim. Faqat o'zim o'z yo‘lingda yur, odamlar bilan gaplashma, shunaqa edi. Lekin ularga “Buni qanday qilaman? U qanday bo‘ladi?” desam ular tushuntirardi. Shuning uchun birodarlik va jamiyat juda ham muhim. Hayotingizda Allohga yaqinlikni his qilgan g‘ayrioddiy voqealar bo‘lganmi? Juda ko‘p, juda ham ko‘p. Eng hayratlanarlisi duo kuchi. Duo qilganim va u amalga oshgan holatlarni sanab tugatolmayman. hattoki imkonsiz ko'ringan tarzda ham bo'lgan uni amalga oshishiga o'zim ham ishonmagandim. 2019-yilda Misrdan qaytdim. Menda pul yo‘q edi.

Pulim tugagandi, ishlashga majbur bo‘ldim. “Yana Shvetsiyami…” dedim. Ko‘chish kerak degan fikr bor edi. Lekin uylanish niyatim ham bor edi. Hayotimni kim bilandir bo‘lishmoqchi edim. Keyin xotinimni uchratdim. 2020-yilda 6-mart kuni turmush qurdik. Ertasi kuni esa COVID 19 karantini boshlandi. Ketamiz zerikib ketdik dedik. Ijaradagi xonadonda o‘tirish juda ham zerikarli edi. Va do‘stlari Dubayni tavsiya qilishdi. Men uchun Dubay faqat ziyofat joyi edi. Shunaqa tasavvur bor edi. Men: “Dubaymi?” dedim “musulmon davlat emas-ku…” deb o‘yladim. “Boshqa joyga bora olmaymiz,” deyishdi. Boradigan yagona joyimiz shu ekan deb bordik. Borganimzda esa hayratda qoldim. Hayotimdagi eng chiroyli joy edi.

Musulmonlarni ko‘rdim. Juda toza va chiroyli edi. Dubay haqidagi fikrim o‘zgardi. Hammasi arzon edi. Yaxshi mehmonxonada turdik, aylanib yurdik. Xotinimga “Musulmon davlatga ko‘chamizmi?” dedim. Ha dedi. Safardamiz, musofir duosi qabul bo‘ladi. Shu yerga ko‘chishimiz uchun duo qilaylik, dedik. Qanday? Bilmayman. Uyga keldim. Ilk qo'ng'iroqdayoq “Ishdan bo‘shatildingiz.” deyishdi COVID sabab, to‘g‘rimi? “Ofis yopiladi. Sizlar ham chiqasizlar.” Nima? Xotinim ilk farzandimizga xomilador edi. Ishimdan ayrilyapman, nima bo‘lyapti? Duo qildim, lekin aksincha bo‘lyapti. Lekin esla, tongdan oldin eng qorong‘i payt bo‘ladi. Xo‘p, nima qilamiz? Rejam yo‘q edi. Menda yetarli ta'lim ham yo'q edi.

COVIDda ish topish imkonsiz edi. Hamma qisqartiryapti. Biz farzand kutyapmiz. Ularni qanday boqaman? Masjidga bordim. U yerda bir yigit bor edi. Islomni qabul qilgan shved, PhD egasi. U Madina Islom universitetida o‘qigan. U “Saymon, senga gapim bor.” “Hayoting qalay?” dedi. Men: “Ishimdan ayrildim,” dedim. U “Dubaydan odamlar menga yozishdi.” Men: “Yaxshi” dedim. U “Katta loyihaga ega xayriya tashkiloti bor.” Ularda shunday bir loyiha bor edi “Islomni o‘qish uchun stipendiya berishadi.” “odamlarni Madinaga yuborishadi.” Lekin bu avval bo'lmagan alohida loyiha. birinchi marta Yevropadan odam olishadi. Shuni eshitgan zahotim birinchi bo'lib hayolimga sen kelding. “Nima?” dedim. “Ha.

Stipendiya, hammasi to‘lanadi.” “borasan.” “Rostanmi?” dedim. “Ha, bir oyga, tayyorlan.” dedi O‘sha payt hayratda qoldim. Duo qilgandim, lekin yo‘l yo‘q edi. Pul yo‘q edi, hammasi tugagan edi.lekin bizni o'sha sayohat asrab qoldi. Ishimdan ham ayrilgandim nima ham qila olardim. Shuning uchun doim aytaman: duo kuchli. Eng kuchli qurol shu. Samimiy duo albatta qabul bo‘ladi. U uch yo‘ldan biri bilan amalga oshadi. U zot bu dunyoda senga biror narsani bermasa, uni oxiratda beradi yoki o‘rniga undan ham yaxshirog‘ini ato etadi.Inshaolloh shunday bo'ladi. Islomni qabul qilganingizdan so'ng yaqinlaringizdan yoki oila a'zolaringizdan kimdir Islomni qabul qildimi?

Islomni qabul qilganimdan keyin otam bilan bu haqida ko‘p gaplashdim. Unga iymonning olti ustuni haqida aytdim. Allohga, Uning payg‘ambarlariga, kitoblariga, farishtalarga, oxiratga va taqdirga ishonishni aytdim. U ishonaman dedi. Men hayron qoldim. U bu mantiqli dedi. Unda musulmonsiz, ishonsangiz musulmonsiz dedim. U: “Mayli,” dedi. “Shahodat aytasizmi?” desam, "ha" dedi Bo'pti dedim. Men bunga umid qilmagan edim. Keyin u Angliyaga ko‘chib ketdi. U yerda kar qiz bilan tanishdi, u nasroniy edi. Falastin va G‘azo voqealari bo‘lganda, ko‘plab videolar tarqaldi. U ayol menga qo‘ng‘iroq qilib men ham musulmon bo‘lmoqchiman,” dedi.

“Falastinliklarda qanday e’tiqod bo‘lsa, men ham shuni xohlayman.” dedi. U Islomni qabul qildi, Alhamdulillah. O‘tgan yili bobomnikiga bordim. U 95 yoshlar atrofida edi. U qattiq kasal edi. Men unga Islom haqida gapirib berdim. Alhamdulillah, u ham qabul qildi. Yana bir savol agar butun dunyodagi g'ayri musulmonlarga bir narsa aytish imkoni bo'lsa nima derdingiz? Bir oyat eslab o'taman ” “Har bir jon o‘limni tatib ko‘radi.” Bu meni uyg‘otgan narsa edi. Odamlar bu savoldan qo‘rqadi. Chunki keyin nima bo‘lishini bilmaydi. Ko‘pchilik undan qo‘rqadi. Ularga o‘lim haqida o‘ylang deyman. Yomon ma’noda emas. O‘limni yangi boshlanish deb o‘ylang. O‘lim yangi hayot bo‘lsa, unga qanday tayyorlanasiz?

Siz tayyormisiz yoki yo‘qmi? Uch savolni doim bering nega bu yerda turibmiz? Qayerga ketamiz? Bizni kim yaratdi? Dilida Islom bor lekin ikkilanayotgan shvedlarga nima derdingiz? Qanday qilib ularga dalda berardingiz? Ularni Islomga qanday chaqirardingiz? Bo'pti, qadrli vatandoshlarim. Bu videoni to‘liq tomosha qilganmisiz, bilmayman. Sizga aytmoqchi bo‘lganim, qayerda bo‘lmasin, haqiqatni topishdan qo‘rqmang. Islom haqida o‘qisangiz, bu albatta musulmon bo‘lasiz degani emas. Yoki musulmon bo'lishingiz siz arab qilib qo'ymaydi. Sen hamon shvedsiz, men shvedman, men hamon yurtimda qolganman, Islom mening kimligimni emas,qandayligimni o‘zgartirdi.

Men baxtliroq bo‘ldim, yaxshiroq odamga aylandim, ilgari hayotimda bo‘lmagan yo‘l-yo‘riqlarga ega bo‘ldim. Har kuni ertalab uyg‘onishimga sabab bor. Bilaman, ko‘pchiligingiz uyg‘onib, ichingizda bo'shliq his qilasiz yoki nimanidir izlaysiz. Shunday ekan, haqiqatni izlashdan qo‘rqmang. U qayerda bo‘lmasin, topganingizda qalbingizni ochib, uni qabul qiling. Savolingiz bo'lsa uni bering.
