# 11 ta oyat bilan Shaytonni qalbingizdan to'sing | Namozingizni o'zgartiring - 2-qism.

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/block-shaytan-from-your-heart-with-11-verses-transform-your-salah-ep-2
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Mox2CCP2cFg
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega hammasi ham biz o'ylagandek bo'lavermaydi? Doim nimadir yetishmaydi. To'siqlarga uchrayveramiz. Oldinga harakatlanishni, hayotdan zavq olishni istaymiz, ammo bitta yomon xabar keladi. Kayfiyat tushadi, yuraklar toraya boshlaydi, Tun uzayib ketadi, ko'zga uyqu kelmaydi. Mana shunday holatlar uchun Alloh bizga ikki qisqa, ammo kuchli suralarni nozil qildi. Falaq surasi va Nas surasi. Bizni himoya qiluvchi qalqonlarimiz. Hayot faqat bizga ko'ringanidek emas. Ko'zimizga ko'rinmaydigan shunday narsalar borki, ulardan himoyalanishga muxtojmiz. Masalan sehr, yomon nazar, hasad, tunda keluvchi yovuzlik, vasvasa va shaytoniy hislatdagi odamlar.

Yuzlab dushmanlarimiz bor. Bu suralarning ma'nosida shunchalik chuqur go'zallik borki, video tugagach, biz: "Men bu suralarni o'qimasdan va tushunmasdan qanday yashadim?" deb o'ylaymiz. Video oxirida ushbu suralarni o'zimiz tushungan ma'nolari bilan o'qiymiz va ko'p narsalar o'zgara boshlaydi, inshaalloh. Ana shunda boshimizga keladigan balolardan omon qolamiz. Payg'ambar alayhissalomga ham sehr qilinganini bilarmidingiz? Labib ismli kishi payg'ambarimizning soch tolalarini bir taroqqa o'rab sehr qildi. So'ngra uni quduqqa otdi. Bu payg'ambar uchun sinov edi. U kishi qattiq kasal bo'ldilar. Kun sayin ahvollari og'irlashib ketdi. So'ngra Alloh oyat nozil qildi.

Sahobalar borib quduqqa tushishdi. Ha, quduq tubida chindan ham soch tolasi o'ralgan taroq bor edi. Ushbu voqeadan keyin Falaq va Nas suralari nozil bo'ldi. Taroqqa 12 soch tolasi o'ralgan edi. Ushbu ikki surada ham 12 oyat nozil bo'ldi. Allohning payg'ambari har bir tugun uchun bir oyat o'qidilar. Har safar o'qiganlarida bittadan tugun yechilib ahvollari o'nglana boshladi. So'ngi oyatni o'qiganlarida oxirgi tugun yechildi. Kasallik, sehr jodu butunlay yo'q bo'ldi. Demak bu suralar juda kuchli. O'sha kungacha Payg'ambarning himoya uchun boshqa duolari bor edi, ammo suralar nozil bo'lgandan keyin o'rniga ularni o'qiy boshladi.

Payg'ambarimiz har kecha yotishdan oldin ushbu ikki surani Ixlos surasi bilan birga o'qib, keyin qo'llariga puflar, so'ngra qo'llarini tanasining qo'li yetadigan qismlariga surtib yotardilar. Endi Falaq surasida e'tibor qilsak. Birinchi oyat qanday? Ayting: "Tong Robbisidan panoh so‘rayman" qanday chiroyli oyat. Tong Robbisi. Nega tong? Chunki qorong'u tundan so'ng tong otishi bor. Demak bu umid degani. Bu hayotimizda yuz beradigan kulfatlarga ishora qilmoqda. Har kechaning o'z tongi bor. Oyat shuni uqtirmoqda. 10 yil oldingi muammoingizni eslang. O'sha muammo yo umuman yo'qolgan yoki boshqa bezovta qilmay qo'ygan. Demak tun o'tib tong otibdi.

Ba'zan atrofimizdagi hamma narsa bizga qarshi chiqayotgandek tuyulishi mumkin, ammo bu kechaning ham tong otishi bo'ladi. Demak qiyinchilikka sabr qilishimiz lozim. Yunus alayhissalomni eslang. Ular baliq qornida edilar. Dengiz o'rtasida to'fon ichida edilar. Bundan ortiq falokat bormi? O'z xatosini tan oldi va "Ey Robbim, albatta men xato qilguvchilardan bo'ldim" dedi. Uni faqatgina Alloh qutqarishi mumkinligini chin dildan his etdi va duoda mustaqim bo'ldi. Oxirida Alloh uni qutqardi va omonlik berdi. Ibrohim alayhissalomni eslang. Ular uni ulkan katapulta yordamida ulkan olovga uloqtirishdi. Tashqaridan qaraganda umid yo'qdek. Lekin Alloh olovga uni kuydirmaslikni buyurdi.

Ba'zida "Meni ahvolim o'ta yomon, undan qutulishni iloji yo'q" deb o'ylaymiz. Lekin sizni yo'qdan bor qilgan, cheksiz kuchga ega bo'lgan va butun koinotni boshqaradigan Zot, siz uchun chiqish yo'lini yaratib berolmaydimi? Dunyoda o'zi nech yil turamiz? Har holda ming yil emas. 100 yildan keyin siz va sizni yaqinlaringiz yoki dushmanlaringiz, hammamiz yer ostida bo'lamiz. Bu hayot bir kun tugaydi. Dunyo bir soat. Muammolarimiz abadiy qolarmidi? Qutulolmayman degan muammoingizdan qutulib bo'ldingizku. Tong otdi, umid paydo bo'ldi. Bu oyat bizni shunday o'ylashga undaydi. "Ey Robbim, endi nima qilaman" deysizku. U sizga "Kul" "Ayt" deydi. Siz esa "Nimani aytay?" deysiz. Quyosh ko'tariladi.

U qorong'ulikdan chiqib ketadi. Zulmat butkul yo'qoladi. Yorug'lik paydo bo'ladi. Mana shu umid bilan quyinchilikdan o'tib olasiz. Keyingi oyat. Min sharri ma xolaq. Ma'nosi nima? U yaratdan narsalar yomonligidan. Shoshmang. Demak qiyinchilik o'zidan o'zi paydo bo'lmagan. Alloh uni yaratgan. Uni boshqara olmasangiz unda nima qo'lingizdan keladi? Uni boshqaradigan va to'xtatib qoladigan birortasini topasiz. Oyat sizga shunday murojaat qiladi: "Noto'g'ri joydan yoki uzoqdan qidirmang. Uni yaratgan va boshqara oladigan Zot Allohdir." Tug'ulganimizdan beri ko'p marta bizga yaxshilik qilgan Alloh haqida gapiryapmizmi? Hayotingiz davomida berilgan tuhfalarni eslang.

Ha, bu degani Uni sizga nisbatan muhabbati bor. Agar Alloh shunday bo'lishini xohlabdimi, demak ortida bir hikmat bor. Mana shu qalbingizga taskin berishi lozim. Alloh holatingizni biladi. Albatta har bir ishda sizga yaxshilik bor. Sizni u tomon yo'llayapti. Demak, himoya so'rab kimni oldiga borish kerak ekan? Muammolarni yaratib ularni nazorat qiluvchi Allohga. Baxtli bo'lishimiz uchun ko'plab sabablar kerak. Hafa bo'lish uchun bitta kamchilikning o'zi yetarli. Masalan bir mashinani olsak. U yurishi uchun yuzlab qismlar kerak bo'ladi: rul, dvigatel, tutun chiqarish, minglab mayda narsalar. Shulardan bittasi yo'q bo'lsa mashina yurmaydi. Bizniyam hayotimiz shunga o'xshash.

Oldinga siljiymiz, yashashda davom etamiz, lekin bitta narsani deb butun xotirjamligimizni yo'qotamiz. Mana shuning o'zi ham himoyaga qanchalar muxtojligimizni ko'rsatadi. Alloh bilan aloqani uzgach hamma narsa birin-ketin qulay boshlaydi. Nimalardan himoya kerakligini sanab chiqamizmi? Zilzila, toshqin, tabiiy ofatlar, kasalliklar, yaqinlarni yo'qotish, sehr, jinlar, falokatlar, xatolar, depressiya. Bunaqalar tiqilib yotibdi. Masalan sizga xiyonat qilganlar. Ba'zida og'am deb ishonganingiz hayotingizni barbod qiladi. Shunaqa bo'lishi mumkin. Ba'zi narsalar tashqaridan chiroyli ammo aslida yomon. Mana shu oyatni o'qiganimizda Allohdan ana shu narsalardan panoh so'raymiz.

Yana bir eslasak, min shari ma khalaq Nimadan panoh so'rayman? U yaratgan har qanday yomonlikdan. Panoh so'rashimiz kerak bo'lgan yana bir narsa bor: yomon ko'z, al-ayn. Yomon ko'z o'zi nima? Yomon ko'z bu kimdir sizga hasad bilan qaraganida uning nazari sizga yomonlik keltirish uchun yuborilishi. Yomon ko'z ikki holatda yaxshi ta'sir qiladi. Birinchisi, biror narsani ko'rib qoyil qolganingizda. Sizga biror narsa juda yoqadi, lekin uni Alloh bilan bog'lamadingiz. Masalan "Alloh buni qanday go'zal yaratibdi" demay, "Qanday go'zal!" deysiz xolos. Ayniqsa, onalar o'z farzandlariga bexosdan yomon ko'z ta'sirini yuqtirib qo'yishlari mumkin.

MashaAlloh demay aytilgan maqtov so'zlari qattiq ta'sir qilishi mumkin. Ikkinchisi undanam xatarli. Hasad. Bunday qarash boshqa insonni mashaqqatga kirishiga sabab bo'lishi mumkin. Lekin menga ko'z tekkanini qanday bilaman? Agar hayotingizda hamma narsa orqaga keta boshlasa, saqlab qolishga harakat qilayotgan narsalaringiz muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ayniqsa katta muvaffaqiyatdan so'ng darhol bir balo yuz bersa, bu yomon ko'zning belgisi bo'lishi mumkin. buni o'zi Nega gaplashyapmiz? Chunki Falaq va Nas suralari yomon ko'zdan himoyalanish uchun eng kuchli quroldir.

Alloh taolo Qalam surasining 51-oyatida Payg'ambarimizga: "Kofir bo'lganlar sizni ko'zlari bilan yiqitishga oz qoldi", - deydi. Unda savol tug'iladi. Shuncha odamlarni ichida bo'lsak ularni nazaridan qanday himoyalanish mumkin? Birinchi yo'li, Falaq va Nas suralarini har kecha o'qish lozim. Ikkinchisi muvaffaqqiyatimizni birozga aytmaslik. Uchinchisi ijtimoiy tarmoqda biror nimani ko'z-ko'z qilmaslik. Kim buni ko'rishini, ko'rganda nimani his qilishini bilmaymizku. Masalan baxtli oilangiz bor-u, farzandlaringiz bilan tushgan rasmingizni tarmoqqa joyladingiz, buni ko'rgan odamda esa bunday narsalar yo'q.

Ularda hasad bo'lmasa ham, ushbu rasmni ko'rib ozgina hafa bo'lsalar shuning o'zi ko'z nazariga sabab bo'lishi mumkin. U odam hech qachon ziyon yetkazish niyyatida bo'lmaydi. O'ziyam bunday qilayotganini bilmaydi. Shuning uchun himoyani Allohdan so'rashimiz lozim. Demak keyingi oyat, "Va kirib kelayotgan qorong'ulik yomonligidan." Bu yerda nimadan panoh so'raymiz? Tun tushgandagi yomon narsalardan. Nega oyat tun haqida gapirmoqda? Chunki tunda nomalum xatarlar, chayon, ilon va boshqa narsalar bo'lishi mumkin. Yorug' payti atrofingizda nima borligini ko'rib turasiz, ammo qorong'u tushishi bilanoq bu holat o'zgaradi. Psixologik tomondan qarasak tun bu yolg'iz bo'lish ekan.

U paytda bir o'zingiz qolasiz. O'ychan bo'lib qolasiz. Hissiyotlaringizga e'tibor berasiz. Tunda inson ruhiy va aqliy jihatdan zaiflashadi. Shuning uchun Allohdan tun yomonligidan panoh so'raymiz. "Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan." Ya'ni sehr qiluvchilar degani. Allohdan ularning yomonligidan panoh so'raymiz. Qadrli birodarlarim, sehrga yengil qaramang. Ayniqsa nikoh masalalarida. Masalan kimdir bir qizga uylanishni niyat qildiyu, u qiz boshqasiga tegib ketdi. Hasad shu darajada kuchaydiki o'sha odam nikohni buzish uchun sehr qiladi. Sehrni turlari ko'p. "Menga hech nima qilmaydi" deb o'ylamang. Sehr xatto Payg'ambarimizga ham qilingan. Va u ta'sir qilgan.

Shuning uchun bizga Falaq va Nas suralari kerak. "Va hasad qilgan hasadchining yomonligidan deb ayt." Hasadchi, sizda bor narsadan hafa bo'ladigan emas. Balki boringizdan ayrilishingizni istaydigan odam. Kimdir bir yaxshilikka erishsa, hasadchi qarab "U nega bunga erishdi?" deydi. Bu yomon ko'rishdan ham yomonroq. Bu, o'zi anglamagan holda, Alloh belgilagan taqdirga qarshi chiqishdir, chunki bu ne'matni bergan Zot Allohning O'zidir. Bunaqa fikrlash, "Alloh kimga yaxshilik berishni bilmaydi" deyish bilan barobar. Alloh kechirsin. Shuning uchun bunday narsalar qalbning xatarli kasalligidir. Hasadchiga faqat tashqaridan qaramaylik. Bu o'zimizda ham bo'lishi mumkin.

Masalan bir nima olmoqchisiz, ammo otangiz parvo qilmayapti. Keyin siz o'sha narsani yoqtirmaydigan odamingizning otasi unga olib berganini ko'rasiz. Ana shu daqiqa siz uchun sinov. Biror kishi ichidagi his-tuyg'ularni to'xtata olmasligi mumkin, ammo agar siz bu tuyg'uga rozi bo'lmasangiz va uni amalga oshirmasangiz unda sizda gunoh yo'q. Uni amalga oshirish nima degani o'zi? Bu o'sha odamga qandaydir tarzda zarar yetkazishga urinish yoki unga kulfat yetsa, ataylab xursand bo'lish demakdir. Islomda, amalga aylanmagan hayol va hissiyot uchun gunohkor bo'lmaysiz. Yechim uchun uch duoni o'qish. Birinchisi, bu hissiyotdan qutulish uchun duo qiling.

Ikkinchisi, yomon ko'rgan odamingiz haqqiga duo qilish. Uchinchisi eng muhimi. Allohdan ana shu odamga yaxshilik berishini so'rash. Ularni haqqiga duo qilish ichingizdagi hasadni yo'q qiladi. Hobil va Qobil o'rtasidagi birinchi qotillik hasad tufayli bo'ldi. Shaytonning ham Allohga qarshi isyon qilishi Odam alayhissalomga nisbatan hasadi sabab edi. Dunyodagi har qanday urush janjal, ag'dar to'ntar ortida faqatgina hasadni ko'rish mumkin. Shuni unutmaylikki, hasad faqat o'z egasini kuydiradi. Kimgadir hasad qilarkanmiz avvalo o'zimizni azoblaymiz xolos. O'z halovatimizni yo'qotamiz. Miyyamiz o'sha narsalar haqida o'ylayveradi, o'ylayveradi.

Bir kuni payg'ambar alayhissalom "Hozir jannat ahlidan bir kishi keladi" dedilar. Sahobalar u kishini nega jannat ahlidan ekanligini tushunishga harakat qilishdi. Sahobalardan biri o'sha kishi bilan tunab qoldi. Uch kun uni yaxshilab kuzatdi. "Uni nima amali borki jannat ahlidan qildi ekan" deb qiziqdi. Kuzatdi ammo qandaydir o'zgacha amal qilganini ko'rmadi. Oxirida nega kelganini aytib, u kishidan amali haqida so'radi. Jannat ahlidan bo'lgan kishi: "Men qalbimda biron bir musulmonga nisbatan zarracha ham nafrat saqlamayman va Alloh ularga bergan ne'matlar va yaxshiliklar uchun hech kimga hasad qilmayman" dedi.

Demak ba'zida odamlarga hasad qilish kishini jahannamga yetaklashi mumkin, ammo hasad qilmasligimiz bizni jannatga yetaklaydi. Qanday yaxshiya! Demay Falaq surasi shu yerda tugadi. Ma'nosini bir esga olsak. Ayting. "Tong Robbisidan panoh so‘rayman. U yaratgan narsalar yomonligidan. Va kirib kelgan qorong‘ulik yomonligidan. Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan. Va hasad qilgan hasadchining yomonligidan." Endi Nas surasiga o'tsak. "Nas" o'zi nima degani? Uning ma'nosi "odamlar". Ushbu surada ham panoh so'raymiz. Buni birinchi oyatdan ko'rish mumkin. Bir savol so'rasam. Kimlar ko'proq cho'kadi? Suzishni biladiganlarmi yo bilmaydiganlarmi?

Aytishlarida suzishni biladiganlar ko'pincha cho'kib ketishadi. Chunki suzishni bilmaydiganlar chuqur joylarga umuman yaqin yo'lamaydi. "E bormayman. Chuqurligi 3 metr. Cho'kib ketsamchi" deyishadi. Lekin suzishni biladiganlar o'zlariga ishonishadi. Chuqur joylarga borishadi. Hammasi yaxshi deb o'ylashadi. Lekin suvda har balo bo'lishi mumkin. Demak muammo o'zingizga ortiqcha ishonib yuborishda. Xuddi hech nima bo'lmaytgangandek. "Vahima qilmasangchi. Hammasini o'zim eplayman." Xullas shunaqa gaplar. Bunaqa deydiganlar xuddi himoyani unutib qo'ygan bokschiga o'xshaydi. Ana shu payti zarba yeydi va holsizlanadi. Birodarlar, biz shunday o'ylashimiz kerak: men shaytonga yutqazishim mumkin.

U meni tuzoqqa tushirishi mumkin. U mening zaif tomonlarimni biladi. Men Allohdan panoh so'rashim kerak. Ayni paytda odamlar xushyor tortdi. Ular himoyani mustahkam qilib Falaq va Nas surasi videosini ko'rib o'tirishibdi. Demak ular o'zlarini himoya qilishmoqchi. Ammo ba'zilar "Menga baloyam urmaydi" deydi. Ular himoyani yo'qotgani uchun asosiy nishonga aylanishadi. Demak boshladik. Odamlar Robbisidan. Odamlar Podshohidan. Odamlar Ilohidan panoh so‘rayman. Uchta ism tilga olinadi: Rabb, Podshoh ya'ni Malik, Xudo ya'ni Iloh. Demak kimdan himoya so'rayapmiz? Robbimizdan, haqiqiy Podshohimizdan, Xudodan. Bundan nimani tushunish kerak? Dunyoda bizni qo'rqitadigan narsalar bor. Ular nima edi?

Balki biror kishi, yoki kasallik, yoki o'lim. "Menga bir balo qilsa nima qilaman?" deb o'ylaysiz. Bularni bari Allohning cheksiz qudrati oldida hech nima emas. Ularni qudrati yo'q. Aytmoqchimanki, himoyani faqat Allohdan so'rang. Siz qo'rqayotgan narsalar Allohni oldida dovdirab qoladigan oddiy narsalar xolos. Namrud nomli yovuz podshohni eslang. U odamlarni azoblar edi. Hamma undan qo'rqardi. Alloh nima qildi? U o'zining eng kichik askari bo'lmish chivinni jo'natdi. U Namrudning qo'riqchilaridan o'tdi, devorlari orasidan kirib bordi va uning burniga joylashdi. U yerdan uning miyyasiga bordi. Ana shunda Namrud o'zini yo'qotib qo'ydi.

Bir paytlar o'zini Xudo deb atagan kuchli qirol bir ahvolda yotardi. Kuchli azob bilan boshini devorga urardi. Kundan kun og'riq uni tamom qildi. Butun dunyoni boshqarishini ro'kaj qilgan odam tirnoqchalik kelmaydigan bir jonzotga yengildi. Buyuk qirol deb ataladigan kishini Alloh tomonidan yuborilgan chivin yengib qo'ydi. Yoki bo'lmasa Fir'avn ham shunaqa edi. Odamlarni azoblardi. Muso alayhissalom va hamrohlari Qizil Dengizga borishdi. Ortlarida Fir'avn lashkari bilan turardi. Qarshisida esa ulkan dengiz. Muso Alayhissalom kimga yuzlandi? Himoya istab Allohga. Qo'lidagi tayog'i bilan suvni urdi. Mo'jiza yuz berdi. Suv ikkiga bo'lindi.

Muso va uning qavmi ikki tomondan qad rostlagan suv devorlari orasidan o'tib ketishdi. Fir'avn ham ularni ortidan o'tmoqchi bo'ldi. Lekin Suv uning ustiga yopildi. Fir'avn va uni lashkari suvga cho'kdi. Men nima demoqchiman? Kimdan yordam so'rash kerak ekan? Robbingiz, Podshohingiz, Ilohingiz Allohdan. Chunki undan boshqasi yo'q. Nega undan panoh so'raymiz? Chunki har narsaning kaliti Undadir Hammasi uning nazorati ostida. Hamma narsa uning izni bilan bo'ladi. Uning iznisiz daraxtdan barg qimirlamaydi. O'ylab ko'ring. Allohning qudrati cheksiz bo'lsa, u qilolmaydigan qaysi ish bor? Hech qaysi. Odamlar va boshqa maxluqotlarni kuchi chegaralangan, ammo Allohning qudrati cheksiz.

Agar izn bermasa hech nima bo'lmaydi. Ayni paytda cheksiz qudrat sohibi Allohdan panoh so'ramoqchiman. Ma'nosi nima? Odamlar qalbiga vasvasa soladiganlarning. Jinlardan va odamlardan bo'lganning yomonligidan. Birodarim, biz nimalardan himoya so'rayapmiz? Vasvasa, ya'ni Shayton qulog'imizga pichirlaydigan yomon hayollardan. Bulardan panoh so'rab Allohga yuzlanmoqdamiz. Bu yerda bir muhim narsa bor. Oyatda: "Insonlarning ko'kragiga yomonlik vasvasa qiladigan", deyildi. Yuragiga deyilmadi. Nima deyildi? Shayton qulog'ingizga vasvasa qiladi. Sizni gunoh qilishga undaydi. Chiroyli qilib ko'rsatadi yoki "Namoz o'qima" deydi.

Umidlaringiz, rejalaringizni barbod qiladigan biror nimani qulog'ingizga aytadi. Bu vasvasa ko'krak qismida turadi, ammo u hali yuragingizga yetib bormagan. Bu sizning qalbingizga faqat o'zingiz tanlasangizgina, o'sha vasvasaga amal qilib, "Men namoz o'qiyman, Men namoz o'qimayman" deb o'ylasangizgina yetib boradi. Men allaqachon tahoratga berilib ketganman. Namoz o'qishni xohlamayman. Muammolarim ko'p. Ana shunda ko'krakdagi vasvasa yurakka kirib joylashadi. Vasvasa o'zini eshitganda nimani tushunishimiz kerak? U Shaytonning vasvasasi. Yomonlikka buyuradigan ovoz, yaxshilikka to'sqinlik qiladigan, ibodatlarni tark etishga majbur qiladigan fikrlar.

Ko'rgan bo'lsangiz ba'zi multfilmlarda qahramonni bir yelkasida farishta boshqasida shayton turadi. Buyam shunga o'xshash. Shayton bizga ko'p gapiradi. Bu yerda eng g'alati narsa, Shaytonning gaplari xuddi o'z hayollaringizga o'xshab ketadi. Hayollaringizdagi suhbatlar, tasavvurlar, ehtimol yomon so'zlar, fikrlar, ular har doim ham sizniki bo'lmagan. Masalan Ahmad ismli bolani olsak. U biror qiz bilan tanishishni o'ylayapti. Bir kuni supermarketda bir qizni uchratadi. Qiz undan yordam so'raydi. Ular suhbatlashadi, tanishib olishadi. Ahmad ichida o'ylaydi: "Hozir uylanishga sharoitim yo'q. Balki 5, 6 yildan keyin uylanarman deb o'ylaydi. Ungacha esa bu qiz bilan yaxshilab tanishib olay.

Unga Islomni tanishtiray. Ko'rinishidan bir yaxshi qizga o'xshaydi." Ahmad bularni o'z hayollarim deb o'ylaydi. Lekin shoshmay turing. Bu hayollar Islom qoidalariga zidku. Bu Shaytonni vasvasasi. Ushbu farqni anglaganingizda, oldingizdagi sinov bilan bog'liq katta muammoni hal qilgan bo'lasiz. Buni qanday aniqlash mumkin? Bu Shaytonni gapimi yo o'zimnikimi? Agar bu halol narsalar chegarasidan tashqarida bo'lsa yoki sizni ma'naviy jihatdan pastga tortsa, umidsizlik solsa, bu shaytonning vasvasasi. Ehtiyot bo'lish lozim. Ba'zida bu vasvasalar beg'ubor tuyuladi. Tafsir kitoblarimizda shunday deyiladi, Shaytonning quyidagicha rejalari bor. Birinchisi, siz uchun, men uchun, hamma uchun.

U bir insonni kufrga yoki shirkka yetaklaydi. Birinchi maqsad kufr va shirk. Bu reja ish bermasa uni katta gunohlarga yetaklaydi. Bu ikkinchi reja. Agar uyam ish bermasa unda katta gunohlar bilan chalg'itadi. Bu uchinchi reja. Agar bu ham ish bermasa unda u kishini keraksiz ishlar bilan chalg'itishga urunadi. Agar uni shunga ham yetaklay olmasa, uni katta savobli ishlardan uzoqlashtirib yengilroq ishlar tomonga yetaklaydi. Boshqacha aytganda Shayton insonni aldash uchun ming xil reja tuzadi. Allohdan panoh so'ramay turib uning tuzoqlaridan qutulish imkonsiz. Lekin biz befarq bo'laveramiz. "Menga hech nima bo'lmaydi" deb yuraveramiz. Bir kun kelib "Kuniga 5 mahal namoz o'qirdim.

Nega to'xtatdim" dermiz. Chunki himoyani yo'qotdingiz. Ortingizdan yurib zaif tomoningizni qidirayotgan dushmaningiz bor edi. Vaqti kelganda unga istaganini berdingiz. Ana endi shu ahvolga tushib qoldingiz. Sura davom etadi. Ma'nosi nima? Jinlar va odamlardan bo'lganning yomonligidan. Mashhur olim Badiuzzamon Said Nursiy shaytonning mavjudligini isbotlash bilan birga, inson shaytonlarini ham misol qilib keltiradi. "Oramizda shayton bormi?" deydi. Ha, oramizda shaytondek harakatlanadigan odamlar bor. Agar bu odamlar jismoniy tanalarini ko'rinmas qila olsalar bas, shaytondan butunlay farqlari qolmaydi. Zolimlar, odamlarni gunohga chorlovchilar, harom narsalarni tarqatuvchilar.

To'g'ri ba'zida odam o'z xohishlari tufayli gunohga yo'l qo'yadi. Bu boshqa masala. Ammo shunday odamlar borki, yomonlikni tarqatib, boshqalarni gunohga da'vad qilishni kasb qilib olishgan. Bu odamlar inson tanasidagi shaytonlardir. Shunday ekan shayton vasvasasi deganda faqat jinlarni emas, balki odamlarni ham inobatga olishimiz lozim. Chunki bir kishi yovuzlikda tinimsiz davom etsa u Shaytondan ham yomon hisoblanadi. Shayton faqat qulog'ingizga pichirlaydi, ammo inson, masalan do'stingiz, qo'lingizdan ushlab sizni harom ishlar tomon yetaklashi mumkin, pichirlabgina emas. Sizga mana shunday deyishlari mumkin. "Nega seni sevgan qizing yoki yigiting yo'q? Xunukman deb o'ylaysanmi. Unday emas.

Do'stimni bir tanishi seni ko'rib yoqtirib qolibdi. Balki uchrashib ko'rarsan?" va hakozo Alloh saqlasin, bu gaplar beg'ubor tuyulishi mumkin, ba'zida shayton atrofimizdagi odamlarga vasvasa qiladi va shayton bizga ta'sir qilish uchun atrofimizdagi odamlardan foydalanadi. Shuning uchun biz jinlardan ham, odamlardan ham Allohdan panoh so'rashimiz kerak, shunda biz himoyalanamiz. Barcha oyatlarni birma bir takrorlaylik. Odamlar Robbisidan. Odamlar Podshohidan. Odamlar Ilohidan panoh so‘rayman. Odamlar qalbiga vasvasa soladiganning. Jinlardan va odamlardan bo‘lganning yomonligidan. Mana Falaq va Nas suralarini ham tugatdik. Aytishadiku "Saboq o'rganilmagunicha takrorlanadi" deb.

Sinovlar, qiyinchiliklar, va biz duch keladigan mashaqqatlar Allohning ogohlantirishidir. Bizga Usiz yashay olmasligimizni eslatadi. Bu orqali Alloh bizni o'zidan panoh so'rashga undaydi. Hamda mana shunday suralar bilan Alloh o'zi bizni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Endi biz bilamizki, tunlar qorong'u bo'lishi mumkin, sinovlar jimgina yaqinlashishi mumkin, ammo bizda Rabbimiz, Malikimiz, Ilohimiz bor. Bizda har bir zulmatni yorib o'tish uchun Falaq surasi va har qanday vasvasani yo'q qiluvchi Nas surasi bor. Ushbu videodan keyin hayotingizda nimadir o'zgarsin. Har kuni uxlashdan avval xuddi Payg'ambar alayhissalomdek avval Nas va Falaq suralarini o'qib yoting.

Ammo bugundan boshlab ularni tushunib oldingiz. Panoh so'rang va taslim bo'ling. Unutmang, agar har kecha ushbu suralarni o'qib yotmasangiz himoyangizni zaif qoldirgan bo'lasiz. Lekin aksincha bo'lsa, qalqonga ega bo'lasiz. Ana endi sizni hech qanday qorong'ulik qo'rqita olmaydi, chunki siz tong Robbisi bo'lgan Allohdan panoh so'radingiz. Ushbu turkum videolarning birinchisi Fotiha haqida edi. Alhamdulillah u video manfaatli chiqdi, ishonamanki ko'pchilikka foydasi tegadi. Ushbu turkumning keyingi videolarida biz ochuvchi duo, Subhanaka Allohumma kalimasiga alohida to'xtalib o'tamiz. Videolarimizning so'ngi qismiga yetkanimizda InshaAlloh o'qilgan oyatlarning barchasiga tushunib olamiz.

Inshaalloh, kamtarlik va diqqat bilan ibodat qilamiz va abadiyat sari intilamiz.
