# Shunchaki Tilovat Qilmang, Allohga Bog'laning: Fotiha Sirlari | Namozingizni O'zgartiring - 1-qism

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/dont-just-recite-connect-with-allah-the-secret-of-fatiha-transform-your-salah-ep-1
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=CtQqEuDGG04
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Biz Fotiha surasini bir kunda qirq marotaba o'qiymiz. Ushbu suraning ma'nosini bilasizmi deb so'rasak, ko'pchilik javob berishga o'ylanib qoladi. Shu mavzuda so'rovnoma o'tkazsak ham, afsuski, ko'pchilik musulmonlar bu suraning ma'nosini bilishmas ekan. G'alati emasmi? Qanday qilib kuniga 40 marotaba o'qisag-u, ma'nosini bilmasak. Ba'zilarimiz yuzaki ma'nosidan xabardormiz, ammo chuqur o'rganmaganmiz. Xazinaga eltuvchi xaritani yoddan bilsangizu, lekin borib uni kavlamasangiz. Bizda ham shu muammo bo'lyapti. O'zimizdan so'rashimiz kerak bo'lgan savollar ko'p. Birodarlarim, oxirgi o'qigan namozingizni eslang. O'shanda nima haqida o'ylayotgan edingiz? Qalbingizdan nimalar o'tayotgandi?

Qanday ma'noni his qildingiz? Tan olaylik, hech qanday. Bir daqiqa Shohlarning shohi qarshisida turganingizni tasavvur qiling. Lablaringiz qimirlaydi, ammo qalbingiz tinch turadi. Biz bugun mana shunga barham beramiz, InshaAlloh. Bugungi o'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar juda kerakli va yoqimlidir. Ushbu darsimizdan ulkan manfaatlar olasiz, inshaAlloh. Videolarimiz qismlarga bo'linadi. Ular Fotiha, Nas, Falaq, Subhanaka Allohumma, ya'ni ochuvchi duo. Namozlarimizda ko'p o'qiladigan duo va suralarning ma'no mazmunini chuqurroq o'rganishga harakat qilamiz. Bularning bari birin ketin albatta. O'rganganimiz shu yerni o'zidagina qolmaydi. Balki uni Namozlarimizga ham tadbiq qilamiz.

Insha'Allah namozlarimiz butkul o'zgaradi. Namozni boshlab Alhamdulillah der ekanmiz, Tafakkurimizga bugungi o'rgangan darsimiz kelishi lozim. Insha'Allah, videodan so'ng, namozingizni avvalgidan boshqacharoq o'qiysiz. Namozda xushu paydo bo'ladi. Har bir kalimani qalban his qilasiz. Har bir Ruku rohatga, har bir sajda esa farog'atga aylanadi, Insha'Alloh. Fotiha surasidan boshlasak. Ikkinchi nomi Ummul Qur'on. Bu nima degani? Bu, "Qur'onning onasi" deganidir. Ya'ni uning tub mohiyatidir. 7 oyatdan iborat, ammo unda to'liq Qur'on mujassam. Sahihul Buhoriyda hadis bor.

Bir kuni Allohning rasuli ashoblaridan biriga shunday dedilar, "Sizlarga Qur'ondagi eng yaxshi surani o'rgataman" Alhamdulillahi Robbil A'lamiyn bilan boshlanuvchi sura Qur'ondagi eng buyuk suradir. Bu yerda "buyuklik" har xil tushunilishi mumkin, rahmat jihatidan emas, balki bu surada Qur'onning markazi joylashgani uchundir. Boshqa hadisda esa 4 holatda Shaytonning dod solib qichqirgani keltirilgan. O'sha 4 holatdan biri Fotiha surasining nozil bo'lishidir. Nega bunday bo'ldi ekan? Bu juda jiddiyku, o'zingiz o'ylang. Agar 7 oyatli sura Shaytonni larzaga solgan bo'lsa, demak undagi haqiqatga diqqat qilishimiz shart. Buni o'ylamay ilojiyam yo'q. Fotiha surasida duolar bor.

U biror qissani so'zlamaydi. Balki u Allohning ism sifatlarini keltiradi. Shuningdek unda ko'plab rahmat va marhamat bor. Basmaladan keyingi birinchi gap nima edi? Alhamdulillahi Robbil Alamin, to'g'rimi? Ya'ni: "Barcha hamd, olamlarning Robbisi, Allohnikidir" Hamd o'zi nima? Hayotingizda yoqimli hodisa bo'ladi, shukr keltirasiz. Buni ortida turganga rahmat aytishni istaysiz. Ana shu tuyg'u Hamd bo'ladi. Oyatda hamd kimga tegishli deyilmoqda? Olamlar Robbisi Allohga. Aytaylik nochor oiladan chiqqan bolasiz. Yeyishga hech nimangiz yo'q. So'ngra kimdir keldida sizga mehribonlik qilib yegulik va kiyim kechak olib berdi. Shunda nimani his qilasiz? U kishidan minnatdor bo'lasiz a?

Xuddi u kishidan qarzdorlik his qilasiz. U esa to'xtamaydi. "Mana bu mashina va uy seniki." Yangi telefon. Hamma istaklaringiz muhayyo bo'lmoqda. Ana shu vaziyatda har qanday odam ich-ichidan rahmat aytishni xohlaydi. Xatto u rahmatga xojat yo'q desayam. Baribir xotirjam bo'lmaysiz. Jim turishni iloji yo'q. Payg'ambar alayhissalom qayta qayta "Alhamdulillah" derdilar. Doim Allohga hamd aytardilar. Tunlari tahajjudga turardilar. Namozda ko'p turganlaridan oyoqlarini tovoni shishib ketar ekan. Onamiz Oisha roziallohu anho nega buncha ko'p ibodat qilishlarini so'rabdilar. O'rinli savol a? Payg'ambar alayhissalomga jannat berilgan bo'lsa, buncha ibodatga ne hojat edi?

To'g'ri u kishiga Tahajjud farz edi, lekin oyoq shishib ketguncha o'qish shart emasdi. Ikki rakat o'qisa ham tahajjud bo'ladiku axir? Payg'ambar alayhissalom "Nega ko'p ibodat qilasiz" degan savolga nima deya javob berdilar? Xo'sh! U zot: "Shukr qiluvchi bandalardan bo'lmaymi?" dedilar. Bu javobni ancha payt tushunolmay yurdim. Nega payg'ambar shart bo'lmasa ham shuncha ibodat qilardilar? Keyinchalik tushundim. U zotning ichlarida kuchli shukr hissi bo'lgan ekan. Bu hissiyotni jilovlash imkonsiz. Uni tinchlantirish uchun ibodat orqali rahmat aytishni xohladilar. Mana shu hamd. Demak, ibodatlaringizda "Alhamdulillahi Robbil Alamin" deganda mana shuni eslang.

O'zingizdan so'rangchi, siz ham shunday ibodat qilasizmi? Qachondan beri namoz o'qiysiz? Masalan 20 yil. Shunchadan beri Alhamdulillahi Robbil Alamin deysiz. Lekin nechi martasida mana shunday shukrni his qilasiz? Alloh bilan aloqani his qildingizmi? Ba'zida ishlarimiz yurishsa yoki qiyinchilikdan o'tib olgachgina ana shu hissiyot paydo bo'ladi. Ey Alloh, o'zinga shukr! Ey Alloh, o'zinga shukr! deysiz. Ammo hayot yana oddiy holatga aylangach, hammasi yana o'z o'rniga tushgach esa, atrofimizdagi ne'matlarni ko'rmay qo'yamiz va shukrni unutamiz. Islomning ilk kunlarini eslang. Allohning rasuli va sahobalarning hayoti og'ir edi. Lekin ko'p hamd aytishardi.

Payg'ambar alayhissalom ibodat qilar ekanlar, u kishining bo'yinlariga ichak chavoqlarni tashlashdi. Ishonasizmi? Aytish ham qiyin. Uni hidini ayting. Hidi shu darajada yomonligidan nafas olib turishni iloji yo'q. Payg'ambar alayhissalom hayotlari davomida bir sinov ikkinchisini ustidan yoqlab kelaverardi. Shunday bo'lsada u kishi bizdan millionlab barobar ko'proq hamd aytar edilar. Biz esa Alhamdulillah deyish uchun sabab topolmaymiz. Yoki uni ko'rmaymiz. Balki asl muammo tushunchamizdadir?

Agar fikrlashimiz, qalblarimiz Qur'onga asoslanganida edi, Allohni roziligi bilan band bo'lganimizda hayot mashaqqatga to'lib ketganidayam, baribir shukr keltirib bir marta "Alhamdulillah" degan bo'lardik. Mana shu haqiqiy saodat kalitidir. Shu dunyoda ham Oxiratda ham. Endi o'ylab ko'rsak, o'zi shukr keltirishga arzirli sabab bormi hayotimizda? Yoki bo'rttirib gapiryapmizmi? Tilimizda taxminan 80 ming tam retseptorlari bor. Hamma davlatni o'z taomnomasi bor. Hammasini tami har xil. Til hammasini farqlay oladi. Tilda har bir tamni sezish xususiyati bor. O'zi esa yarim qarich chiqmaydigan go'sht xolos. Bunga shukr keltirmaysizmi? Ko'zingizni yuming. Bir kunni shunday o'tkazib ko'ring.

Ana shunda ko'z ne'mati nimaligini tushunasiz. Xatto ko'zni ochib yopish buyuk ne'matdir. Shu bilan ko'zlar chang va g'ubordan saqlanadi. Har ko'z yopilganda shoh pardasi namlanadi va ko'zlar tasvirni hech qanday xiraliksiz yaqqol ko'radi. Shunchalik zarurligidan Alloh uni o'zi ishlaydigan qilib qo'ygan. Ko'zlaringiz sizdan so'rab o'tirmay o'zi ochilib yopiladi. Buni sezmaymiz ham. Stablizatsiya degan bir narsa bor. Ramazon, sizdan bir narsani so'rasam maylimi? Kamerani olingda iloji boricha tez yuguring. Bo'ldi qaytavering. Ko'rdingizmi? Tasvir, ko'z bilan yumganchalik turg'un emas. Ko'zlardek emas. Nega? Alloh ko'zingizga mana shu hususiyatni berib qo'ydi.

Kamera stablizatsiyasini ko'rishdan avval, buni hech qanday rahmat ekanini bilmaganmiz ham. Yurasiz, yugurasiz, ko'z o'ngingizdagi obyektlar esa qimirlamay turaveradi. Robbimiz miyyamizga shunday tizimni joylab qo'yganki, jismlarni tinch turgan holida ko'rasiz. Davom etamiz. Ona eng ulug' ne'mat. Musulmonsiz. Bundan ortiq ne'mat bormi? Alloh ko'p narsalarni yaratdi. Ba'zi odamlar o'sha narsaga sig'inmoqda. Nega sigirga sig'inishadi? Nega quyoshga sig'inishadi? Umrlari davomida quyoshdan juda ko'p yaxshilik va manfaat ko'rishganda. Shuncha yaxshiliklarga javoban ibodat qilishmoqdalar.

Ya'ni, ular noto'g'ri tushunchada bo'lsalar ham, men insoniyat nega ibodat qilishini tushuntirmoqchiman xolos. Ibrohim surasida men yaxshi ko'rgan oyat bor. 32-oyatdan 34-oyatgacha. "Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan. O‘z amri ila dengizda suzmog‘i uchun kemalarni sizga bo‘ysundirgan va anhorlarni sizga bo‘ysundirgan zotdir. U sizga doimiy harakatdagi quyosh va oyni ham, shuningdek, kecha ila kunduzni ham xizmatchi qilib qo‘ydi. Va U sizga barcha so‘ragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmassizlar. Albatta, inson o‘ta zolim va o‘ta noshukrdir" Birinchi jumla nima edi?

"Alhamdulillahi Robbil Alamin." Barcha hamd, olamlar Robbisi bo'lgan, Allohnikidir. "Olamlar Robbisi" deganda nima hayolimizdan o'tadi? Rob so'zini eshitganda nimani tasavvur qilasiz? O'stiruvchi, parvarish qiluvchi hamda to'g'ri yo'lga boshlovchi. Robning ma'nosi shu. Rob so'zini eshitganda shu hayolingizga kelsin. O'z yaratiqlarini bir holatdan boshqa holatga o'tkazuvchi zot. Masalan, olma urug'ini olsak. Alloh urug'ni nimaga aylantiradi? Daraxtga. Rob uni parvarishlaydi. Yanachi? Daraxtdan meva o'sadi, ammo u qizarmagan. Sekin asta qizara boshlaydi. Alloh parvarishlayapti. Yoki masalan, bir tomchi suv edik. Keyin nima bo'ldi? Chaqaloqqa aylandik. Keyinchi? Turishni, yurishni o'rgandik.

O'smirga aylandik. Tanamiz o'zgardi. Robbingiz sizni bir holatdan boshqasiga o'tkazmoqda. Yoshingiz o'tdi, keksaydingiz va o'ldingiz. Oxirat safariga otlandingiz. Alloh hamon sizni parvarishlamoqda. Endi makro va mikro olamlarni tasavvur qiling. Atomlardan gallaktikalargacha. Ulardagi hammasini o'ylab ko'ring. Cheksiz fazoni o'ylang, barcha narsaning Robbisi Allohni o'ylang. O'z maxluqotlarini bir holatdan boshqa holatga o'tkazuvchi zot. Endi fa'zo haqida mushohada qilsak, Somon yo'li gallaktikasi. U fazodagi gallaktikalardan biri. Endi fazo bo'ylab soniyasiga 300 ming kilometr tezlikda sayohat qilamiz. Yorug'lik tezligi soniyasiga 300 ming kilometr. Mashinamiz shu tezlikda ketmoqda deylik.

"Somon yo'li gallaktikasining chegarasiga yetaman" dedingiz. Butun olam emas balki Somon yo'li chegarasiga. Uning chegarasiga esa 100 ming yildan so'ng yetib bordik. "Barcha olamlar" deganimizda esa fa'zo uning bir qismigina xolos. Uning ichida esa minglab va millionlab boshqa olamlar mavjud. Alloh ularning Robbi, Robbul Alamin. Olamlar deganda chegara qo'ymang. Baliqlar olami bor, hayvonlar olami, o'simliklar olami, insonlar olami. Hammasi alohida dunyo. Har bir insonni bir olam deyish ham mumkin. Fazodagi minglab yoki millionlab olamlar. Rob esa ularni o'z nazoratida ushlab turmoqda. Ularning ichidagi har bir narsani o'zi parvarish qilmoqda.

Mana shunday cheksiz qudratga ega bo'lgan Robbimiz qarshisida turamizda, Fotiha surasini o'qiymiz. Mana shunday Allohga shukr keltira olishning o'zi menga saodat hissini bermoqda. Ushbu oyatda tegishlilik ma'nosi bor, ya'ni "Barcha hamd Allohnikidir" Olamlar Robbisi. Tegishlilik ma'nosini berish uchun arab tilida qaysi so'z ishlatilgan. Bu "li" qo'shimchasidir. U juda ham muhim. Hamd kimga tegishli? Atrofimizdagi kuchli shaxslargami? Boslargami? Yo'q. Allohga tegishli. Nega? Chunki Alloh yaratmagan narsani o'zi yo'q. Xo'sh, hamdni boshqasiga ravo ko'ra olamizmi? Barcha maxfiy va oshkora narsalarni Alloh yaratgan ekan, demak barcha hamd ham yagona Allohning o'ziga tegishlidir.

Buning zarrachasini ham boshqasiga berib bo'lmaydi. Barcha narsani yo'qdan bor qilgan Zot uning o'zidir. Demak "Alhamdulillahi Robbil Alamin" Ma'nosi nima edi? Barcha maqtov, Hamd, olamlar Robbisi bo'lgan Robbul Alamin, yani Allohnikidir. Keyingi oyatga o'tamiz. "Ar Rohmanir Rohim" Mehribon va Rahmli! Qanday qilib bu oyatni avvalgisiga bog'laymiz? Hozirgina "Robbul Alamin" dedik. Alloh bizga, "Sizlarni parvarishlovchi va o'stiruvchi menman" demoqda. Ya'ni "Sizlarni bir holatdan boshqasiga o'tkazuvchi menman va sizlarni doim o'zgartirib turaman." O'sha o'zgarish biz yoqtirmagan narsa bo'lsachi? Masalan boshingizga kelgan kulfat sababli hayotingizni anglashingiz mumkin.

Shundan keyin u "Ar Rohmanir Rohim" deydi. Qo'rqmanglar. U zot Mehribon va Rahmlidir. Uning rahmati onaning mehridan million marotaba ko'p emas. Balki undanda ko'p. Uning chegarasi yo'q. Xo'sh, nima bo'ldi? "Robbul Alamin" bizlarni biroz titratdi. "Menga biror kulfat keladimi ey Robbim" deyishgacha keldingiz. Ortidan esa "Qo'rqma bandam. Seni bir holatdan boshqasiga o'tkazgan zot cheksiz darajada mehribondir. U seni yaxshi ko'radi. U senga o'ta mehribondir." Demak, yoqimsiz narsani boshdan kechirsangiz ham, uning ortida muruvvat bor. O'sha muruvvat tomon yo'l ko'rsatildi xolos. Mana bu qismga ko'pchilik o'ylanadi. "Ho'p tushunarli.

Lekin Ar Rohman va Ar Rohimning o'rtasida o'zi qanday farq bor? Bir xil emasmi? Tafsir ulamolari buni shunday tushuntiradi: Ar Rohman Allohning barcha maxluqotlarga bo'lgan rahm shavqatidir. Jonli, jonsiz hammasiga. Bu hayotda U xatto iymonsizlarga ham noz ne'matlar ato qilaveradi. Ar Rohim esa uning mo'minlar uchun atalgan maxsus rahmatidir. Bu rahmat bizni Jannatga boshlovchi rahmatdir. Masalan yomg'ir faqat mo'minlarga yog'adimi? Xosh! Yo'q, undan g'ayridinlar ham manfaat oladi. Quyosh ham teng ko'tariladi. Mana bu Ar Rohman ismining ko'rinishidir. Ammo Alloh faqat mo'minlarni Jannatga kiritadi. Mana shu Ar Rohim ismining ko'rinishi, ya'ni tafakkuridir. Endi keyingi oyatga o'tamiz.

Hamma oyatlar bir biriga bog'langan. "Maliki Yavmid-Din", y'ani "U qiyomat kunining sohibidir." Yavmid-Din kalimasidan shuni tushunish mumkinki, u hisob kitob va jazo kunidir. Bundan avvalgi oyatda nima deyilgan edi? Bu yerda kuchli bog'liqlik bor. "Ar Rohmanir Rohim" Mehribon va Rahmli. Allohning rahmati haqida hadislar ko'p. Ularni o'qisak ichki sakinatni his qilamiz. "Demak baribir Jannatga kirar ekanmizda." Shunga o'xshash hayollar kelishi tabiiy. Hotirjamlik his qilamiz. Ba'zilar "Namoz o'qimaymiz, lekin Alloh o'ta mehribon" deydi. Uning rahmati cheksiz." Shu bilan o'zlarini oqlashadi. Ular shunday o'ylaydi, "Alloh bizni kechirib yuboradi.

Keyinroq tavba qilib olamiz, baribir Jahannamga tushmaymiz." Xosh! Ar Rohmanir Rohimdan keyin nima kelmoqda? "Maliki Yavmid-Din" - Qiyomat kunining sohibidir. Endi nima bo'ladi? Alloh bizni loqaydlikdan qaytarmoqda. Rohmanir Rohimni eshitib dam olib turgandim, to'satdan "Maliki Yavmid Din" keldi. Hisob kitob va jazo kunining sohibi. Bu xuddi "Uyg'on bandam" degandek. U meni havf va raja, ya'ni qo'rquv va umidning naqd o'rtasiga qo'ymoqda. Dinimiz ham aynan shundan iborat. Qo'rquv va umid o'rtasida yashash. Doim o'ylash kerak, Jannatga kirarmikan? InshaAlloh, umidim bor. Jahannamga tushib qolishim mumkinmi? Ha, albatta. Ehtiyot bo'lay. Demak biz qo'rquv va umidni o'rtasida bo'lishimiz lozim.

Masalan "Men aniq Jahannamga kiraman, tamom bo'ldim, hayotim izdan chiqdi, qilgan gunohlarimni qara. Endi tamomman" Biz bunday umidsiz bo'lmasligimiz kerak. Yoki "Jannatga kiramanmi? Bo'lmasamchi" Bu ham to'g'ri emas. Bunaqa bemalol bo'lish yaramaydi. Birodarlarim keling ehtiyotimizni qilaylik. Qilgan ishlarimizga o'zimiz javob beramiz. Ana endi Maliki Yavmid Din oyati meni muvozanatga soldi. Dinimiz hikmatga boyligini ko'rmaysizmi! U sizni bemalol bo'lishingizni ham, umidsizlikka tushishingizni ham xohlamaydi. Endi bir o'ylab ko'ring. Dunyoda zolimlar bor, to'g'rimi? Falastindagi holatlarni ko'ring. Minglab bolalarni o'ldirishdi. Vashington Post jurnalida maqola o'qib qoldim.

U yerda G'azoda halok bo'lgan 18,500 ta bolachalarning ismlari va ularning qismatlari keltirilgan edi. Pastga tushsangiz sahifa tugay demaydi. Minglab bolachalar. Yoshiniyam yozib qo'yipti. 3 yosh, 4 yosh, 5 yosh va hokazo. Ba'zilari tug'ilishdan avval o'ldirilgan deb yozipti. 60,000 ta qurbonlarning 31 foizi yosh bolachalar ekan. G'arbda o'zini kuchliman deganlarni ko'rmaysizmi. Hammaga gapimni o'tkazaman deydi. Xohlaganimga erishaman deydi. Bir og'iz gap bilan "Raketani ishga tushir" desa hammasi tamom. Ammo oyatda Qiyomat kunining faqat birgina sohibi bor xolos. Yagona. U kunda barcha ko'zlar qo'rquv bilan ochiladi. Zolimlar asl hukumdor kimligini ko'rishadi.

"Maliki Yavmid-Din" Hozir dunyoda ko'kragini kerib yuripti, lekin tez orada bellari bukchayadi. Hammadan zo'rman degan o'sha zolimlar nochorga aylanadi. Kimga yomonlik qilgan bo'lsa o'shalardan kechirim so'raydi. Pullari va qurollari yordam bermaydi. Bu dunyo sinov dunyosi xolos. Shuning uchun Alloh hamma narsaga ham aralashavermaydi. Ammo Hisob kitob kunida barcha insoniyat "Maliki Yavmid-Din" kim ekanligini tushunib olishadi. Falastin videolarini ko'rdim. Bolacha onasining o'lgan jasadiga tikilib turardi. Yomon ahvolda edi. Bola onasiga qarab turarkan, uni ichidan nimalar o'tayotgan ekan deb o'ylayverdim. "Oyim o'rnidan turib qolar" deb o'ylayotganmikan?

Boshqa videoda esa bir kishi sement bo'laklarini ko'tarayotganini ko'rdim. Videoga olayotgan kishi "Nima qilyapsiz?" dedi. U esa javob qildi. "Ikki yoki uchta bolalarim bor edi. Ularni jasadini qidiryapman." Yig'lashdan to'xtamay Sofiya, Sofiya, Sofiya deya qizini axtarardi. Bu ishni qilayotganlar, bunga izn berayotganlar, jim qarab turganlar, buni tasdiqlaydiganlar, o'zingizni qudratliman deb o'ylaysizmi? Hammasi qo'lingizdami? Hech kim sizga qarshi gapirolmaydimi? Hisob Kitob kunining yagona Sohibi Allohdir. O'sha kuni kimga zulm qilgan bo'lsangiz ularning ustida hukm qila olmay qolasiz. Katta gunohlarni qo'yib turing, xatto kichkinalari ham ko'zdan chetda qolmaydi. Bunga to'liq aminmiz.

Mazlumlar adolatga erishadigan kun, zulm kunidan ham qattiqroq bo'ladi. U kun Hisob kitob kunidir. Hamda u kun faqat Uning iznidadir. Keyingi oyat. "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in" "Faqat senga ibodat qilamiz va sendan yordam so'raymiz." Avvalgi uch oyatdan keyin biror nimani sezdingizmi? Endi "sen" deyishni boshladik. Avvaliga Alllohning ism sifatlarini o'rganayotgan edik. "Alhamdulillahi Robbil Alamin". Barcha hamd Allohniki ekanligini o'rgandik. U barcha dunyolarning Robbisi ekan. So'ngra "Ar-Rohmanir-Rohim". U cheksiz mehr va rahmat egasi. Keyin esa, "Maliki Yavmid-Din". Hisob kitob kunining Sohibi. Shu paytgacha "U" deb keldik. Ana endi to'g'ridan to'g'ri "Sen" deyapmiz. Sen.

"Faqat senga ibodat qilamiz." "Faqat sendan yordam so'raymiz." Bu yaqinlik va samimiylik belgisi. "Nasta'in" o'zi nima degani? Bu yordam so'raymiz, yordam kutamiz degani. Albatta, bu biz hech qayerga bormasligimiz yoki ishlamasligimiz yoki o'qimasligimiz kerak degani emas. Ishingizga, maktabingizga boring, o'qing. Imkoniyat eshiklarini qoqing. Ammo unutmang. Sizga o'sha imkoniyatni bergan zot boshlig'ingiz emas, balki Allohdir. Ha, xo'jayindan maosh olasiz, ammo mana buni unutmang: "Buni menga Alloh yetkazdi. Men undan yordam so'radim xolos." Allohdan yordam so'raymiz dedik. Qanaqa yordam?

Masalan ibodat vaqti bo'lgach "Yo Alloh ibodatlarimni ado qilishim uchun sendan yordam so'rayman" deymiz Chunki atrofimda shayton, nafsim va boshqa ko'plab narsalar meni sendan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun sendan yordam so'rayman. Masalan ba'zi odamlar shunday deyishadi, "Hozirgi zamonda foizga pul bermay yashab bo'lmaydi." Pullarini banklarga qo'yib foiz oshishini kutishadi. Lekin yo'q. Biz faqat Allohga ibodat qilamiz, pulga emas. Biz Allohdan yordam so'raymiz, ammo siz pulni quliga aylandingiz. Pulni Allohni qarshisiga qo'ydingiz. Undan yana nima yordam so'rash mumkin? Hayotimizda muammo juda ko'p. Biz yoqmaydigan ishlar bo'ladi.

Yuragimizni kuydiradigan sinovlarga uchraymiz. Nima qilishni bilmay qolamiz. "Yo Alloh, qalbim og'riyapti. Ahvolim og'ir" deymizku. Bu muthish vaziyatdan chiqib ketishni istayman. Yo Alloh, biz faqat sendan yordam so'raymiz. Yuqoridagi hamma gaplarni "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in" degandayoq aytib qo'yayotgan ekanmiz azizlar. Tafsir olimi Badiuzzamonning "Nun" harfi haqidagi mulohazalari haqida hech eshitganmisiz? Ya'ni arabcha harf "Nun". Bir kuni ibodat payti Badiuzzamon "Iyyaka na'budu wa iyyaka nasta'in" oyatidagi "nun" harfining hikmatini payqaydi. "Nega "men" emas "biz" deyilgan?" deb so'raydi. Shunda Alloh uni qalbiga chiroyli ilhom beradi. Tafakkur eshiklari ochila boshlaydi.

Masjiddagi odamlarga qaraydi. Ularni bari bir narsani aytayotgan edi. "Yo Alloh, faqat senga ibodat qilamiz, faqat sendan yordam so'raymiz." Xuddiki odamlar shunchaki masjidda bo'lish bilangina uning duosiga omin deyotgandek edi. So'ngra chuqurroq o'ylay boshlaydi. Butun bir shahar xalqi bir xil oyatni bir xil paytda bir xil usulda aytayotganini tasavvur qiladi. So'ngra doira kattalashadi. U Ka'ba atrofida birin-ketin yoyilib ketgan odamlarning aylana qatorlari haqida o'ylaydi. Va butun dunyo bo'ylab, Ka'ba markazda bo'lgan holda butun Ummat ibodatda bir xil haqiqatni aytmoqda: "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in".

Shuning uchun "men"ni o'rniga "biz" deymiz, Nun degan bitta harf, mulohaza eshigini ochadi va yakka ibodatdan butun Ummatning umumiy duosiga o'tadi. So'ngra o'z tana qismlari haqida o'ylaydi. U ularning naqadar mukammal yaratilgani va Allohning kimligini ko'rsatishi haqida mulohaza yuritadi. U ularning Allohning san'atini borligi bilan ulug'lashlari haqida o'ylaydi. Ana endi u "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in" dedi. Tanasidagi barcha atomlar bir insonni tashkil qilar ekan, Har bir atom "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in" deydi. Keyin u butun koinot Allohning ismlari va sifatlarini go'zal aks ettirishi haqida o'ylaydi.

Shu fikrdan u o'zini bularning barchasi ichida tasavvur qiladi va: "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in", deydi. Qanday chuqur va buyuk ma'no! Bu degani "biz" faqat grammatik qoida emas, balki barcha mo'minlarni, barcha borliqni Allohni ulug'lashga boshlovchi ruhiy ko'prikdir. Birodarlarim, ushbu oyatni o'qir ekansiz, shuni biling, sizning ovozingiz shukr aytish o'laroq butun insoniyatning ovozi ila yangramoqda. Endi keyingi oyatga keldik. "Ihdinas-Siratal-Mustaqim", Ya'ni, "Bizlarni to'g'ri yo'lga boshlagin." Buni eshitgach nima hayolingizga keladi? Atrofga qarang. Dunyoda nechta din borligini bilasizmi? Hindistonlik bir kishi g'alati narsani aytib berdi.

Ko'chada ketar ekan 100 yoki 200 kishi bir tomonga ketayotganini ko'rib qolibdi. O'rtalarida yap yalong'och bir kishi. Hamma unga ergashar ekan. Nega? Chunki u ular uchun muqaddas, tanlangan inson ekan. Bunga o'xshash dinlar judayam ko'p. Minglab. Xatto quyoshga ibodat qiladiganlar bor. Judayam ko'plab din tizimlari tarqalib yotibdi. Shuncha har xil yo'llarni orasida inson o'zini yo'qotib qo'yishi aniq. "Yo Alloh, shuncha din bor ekan, shuncha firqalar bor ekan, iltimos, meni eng to'g'ri yo'lga boshlagin." Bu faqat dinda emasda. Balki hayotda ham shu. Hayotimizda ko'plab burilishlar keladi. Bunisini tanlasammikan yo bunisini? O'g'limni mana bu yerda o'qitsammikan yoki boshqasidami?

Hayot qaror va tanlovlardan iborat. Bir yilni o'zida minglab qarorlar qabul qilamiz. Lekin hech qachon o'sha qarorlar bizni to'g'ri yo'lga boshlaydimi yoki egrisigami bilmaymiz. Shu sabab keyingi oyatda "Ihdinas-Siratal-Mustaqim" deymiz. Yo Alloh, meni to'g'ri yo'lga boshla. To'g'ri yo'l nima o'zi? O'nga ham chapga ham qayrilmaydi, to'g'ri ketadi. Bir yo'lni oxiri yo'q, ikkinchisi esa manzilga olib boradiyu, lekin rosa uzoq yo'ldan aylantirib olib keladi. Ular orasida birgina to'g'ri yo'l bor va biz shuni so'ramoqdamiz. Qanday go'zal duo to'g'rimi? Surani boshida Alloh kimligi va uning sifatlarini o'rgandik. Kimga ibodat qilish lozimligini o'rgandik. Ana endi go'zal duoniyam o'rganib oldik.

Endi takrorlab yurish qoldi xolos. Alloh shundoq ham bizga bu duoni Fotiha surasi orqali kuniga 40 marta ayttirib qo'yibdi Alhamdulillah. Keyingi oyat. "Sirotal-lazina an'amta 'alayhim, g'oyril-mag'zubi 'alayhim va-la-zollin", ya'ni, "O'zing ne'mat berganlarning yo'liga boshlagin, g'azabingga duchor bo'lganlarning yo'liga emas va adashganlarning ham yo'liga emas". Avvalgi oyatda "Bizni to'g'ri yo'lga boshla" dedik a? To'g'ri yo'l nima edi? Keyingi oyatda aniq javob berib qo'yilibdi. "O'zing ne'mat berganlarning yo'li" Qaysilariga emas? "G'azabingga duchor bo'lganlarning yo'liga emas va adashganlarning ham yo'liga emas".

Keyingi oyat bizga nafaqat nimani so'rashimizni, balki nimadan uzoqroq turishimiz kerakligini ham aniq ko'rsatib beradi. Har kuni Fotiha surasini o'qir ekanmiz, aslida o'zimiz uchun duo qilmoqdamiz. "Ey Alloh, o'zing ne'mat berganlarning yo'liga boshlagin." Ne'mat berilgan kishilar kimlar o'zi? Bu Niso surasi 69-oyatda keltiriladi. Alloh taolo aytadi: "Kim Allohga va Payg'ambarga itoat qilsa, u Alloh ne'mat bergan zotlar bilan birga bo'ladi." Payg'ambarlar, haqni ko'targan kishilar, shahidlar va solihlar. Qanday sharafli holat! Demak, solih kishilarga ergashsak, to'g'ri yo'ldan yurayotgan bo'lar ekanmiz. Endi tarjimani birgalikda o'qib chiqsak.

Bu safar undagi ma'noni chuqurroq anglaymiz, InshaAlloh. Men aytgan gaplarni esga olsangiz bas. Bismillahir-Rohmanir-Rohim. Masalan "Alhamdulillah Robbil Alamin." Allohga shukur keltirmoqchiman. "Alhamdulillah Robbil Alamin" "Ar-Rohmanir-Rohim" "Maliki Yavmid-Din" "Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in" "Ihdinas-Sirotal-Mustaqim" "Sirotal-lazina an'amta 'alayhim, g'ayril-mag'zubi 'alayhim va-la-zallin" Omin. Fotiha surasini yakunladik. Insha'Allah, ushbu silsilani davom ettiramiz Har bir dars orqali xushyorligimiz oshadi. Va inshaAlloh, Namozlarimizni chuqur mulohaza bilan ado etishni o'rganamiz. Kunlik o'qiladigan suralarning ma'nolarini qalbimizga yetib bormaguncha o'rganishda davom etamiz.

Payg'ambar alayhissalomning hadisidan shu ma'lumki, ilm bilan qilingan ibodat usiz qilingan ibodatdan ancha afzaldir. Fotiha hali boshlanishi holos. Keyin Falaq surasi hamda Nas surasini gaplashamiz. Ayniqsa ularning saqlovchi ma'nolarini o'rganamiz. Shundan so'ngra ochuvchi duo ya'ni "Subhanaka Allohumma"ni ko'rib chiqamiz. Ularning go'zal ma'nolari bor. Insha'Allah, ushbu silsilani tugatgach, Alloh barchamizga chuqur xushu bilan ibodat qilish lazzatini bersin.
