# Qabrdagi Birinchi Tun | Sun'iy Intellekt (AI) tomonidan yaratilgan Qiyomat Kuni Seriali - 1-qism

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/first-24-hours-in-the-grave-ai-visualized-day-of-judgment-series-ep-1
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=8-66-UqnqQI
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Endilikda Sun'iy Intelekt yordamida yaratilgan yangicha qismlarni boshladik. Qiyomat kuni. Qabr hayoti. Meni bu yerdan chiqaring! Man rabbuka? Robbing kim? Meni bu yerdan chiqaring! Dunyoning tugashi, Qiyomat kuni, Jannat va Jahannam. Birin-ketin o'limdan keyingi hayotni ko'rib chiqamiz. Xuddi o'zimiz yashayotgandek. Insonning joni olinayotganda nimalar yuz beradi. Qabrda nimalarga duch kelamiz. Dunyo tugagan kunda nimalar yuz beradi? Yoki qayta tirilib maxshar maydonida yig'ilishimiz qanday bo'ladi? Jannat va Do'zaxda insonlarni nima kutmoqda. O'limdan keyingi boqiy hayot haqidagi savollaringizning javobi mana shu qismlarda. Tayyor bo'lsangiz, boshlaymiz. O'lim vaqti.

Umringiz davomida qochib yurgan kuningiz nihoyat keldi. Kelishini tasavvur ham qilmagan kuningizda uyg'ondingiz. O'lim farishtasi siz tomon kelmoqda. Hammayoq tim qorong'u. Quyosh chiqishidan biroz avvalgi vaqt. Ko'ksingizdagi og'riqqa, chidab bo'lmaydi. Tanangiz qimirlay olmaydi. Ongingiz esa tartibsiz. Bolaligingiz, o'smirlik paytlaringiz, hozirgi holatingiz ham bir soniyada ko'z o'ngingizdan o'tmoqda. Nafas olishga qiynalyapsiz. Lablaringiz qurib ketyapti. Tomog'ingizga nimadir tiqilgandek tuyuladi. "Menga nima bo'lyapti?" Qo'rqyapsiz, daxshatdasiz. Nima bo'layotganini tushunolmayapsiz. To'satdan yaqinlaringiz atrofingizda to'planishadi.

Ulardan biri qo'lingizni mahkam ushlab olgan, qolganlar esa ko'zlarida yosh bilan haqqingizga duo qilishyapdi. Ulardan biri qo'llari qaltirab sizga suv bermoqda. Yuzlarida chuqur qayg'u va umidsizlik yaqqol sezilib turibdi. Undan tashqari, vaqt xuddi sekin o'tayotgandek tuyuladi. Ovozlar birdan eshitilmay qoladi. Dunyodan sekingina chiqib ketayotgandeksiz. Oyatda aytilganidek, "Har bir jon o'lim sharbatini totguvchidir. So'ngra yana bizga qaytarilursiz." Miyyangiz xiralashmoqda. Harakatlana olmayapsiz. Xalqumingizga tiqilgan nafas butun tanangizni holdan toydiradi.

Ana shu paytda, hayolingizga keladigan yagona havotiringiz: "O'lganimdan keyin nima bo'ladi." Shunda Shaytonning eng buyuk fitnasi boshlanadi. Bu holatning nomi "sakarotul mavt", ya'ni o'lim soati deyiladi. Iymoningizga suyanib tura olasizmi? Uni saqlab qola olasizmi? Yoki so'ngi soatlarida iymonlaridan ayrilganlardan bo'lib qolasizmi? Muskullaringiz kuchdan qolmoqda. Qo'llaringiz, badaningiz va oyoqlaringiz muzlab qolmoqda. Tanangizning rangi yo'qolib, oqarib bormoqda. Ana shu paytda Shayton oldingizga keladi. Payg'ambar alayhissalom quyidagi duoni o'qir edilar.

"Ey Allohim, sendan o'lim soati paytida Shaytonning hiylasiga aldanib qolishdan panoh tilayman." Ana shu paytda Shaytonning eng katta orzusi, sizni qabrga iymonsiz holda kirishingizdir. Shu sabab u eng oxirgi makrini oxirgi lahzalarga asrab qo'ygan. Ehtimol sizni boshqa dinga ham boshlaydi. Yoki Allohga qarshi bo'lgan biror nimani aytishga majbur qilishi mumkin. Qulog'ingizga asta "Qarindoshlaring tuzalishing uchun shuncha payt duo qilishdi, lekin o'zinga qara, ahvoling faqat yomonlashyapti. Qani Allohing? U seni eshityapti deb o'ylaysanmi?" deya pichirlaydi... Bu holat ko'pchilikning boshidan o'tgan. Hammasi har xil. Endi navbat sizga yetdi.

O'zingiz o'ylang, xatto Payg'ambar ham Allohdan bu holatdan panoh so'ragan. Shuni o'zi yetarli emasmi? Aslida, iymoningiz kuchaygani sari, o'lim payti shunchalik kuchli sinovga uchraysiz. "Qanday yashagan bo'lsangiz shunday o'lasiz." Hayotingiz davomida qalbingizni nima bilan to'ldirgan bo'lsangiz, o'lim soatida ham tillaringiz shu narsani so'zlaydi. "O yo'q! Dunyo hayotiga aldanib qolibman." Qalbini dunyo istaklari bilan to'ldirganlar, o'lim soatlarida ana shu narsalarni so'zlaydilar. "Pullarim, mol-mulkim, shon-shuxratim." Ammo qalbida Allohning muhabbati bilan yashagan mo'min banda, o'lim payti Robbisini eslaydi, zikr qiladi. Yo Rob, Yo Latif, Yo Rahmon, Yo Alloh.

"Shundoq ham iymonim borku" dersiz. Shunday bo'lsada iymoningiz qalbingizga chuqur joylashgan bo'lishi, hamda o'z tasdiqini topmog'i lozim. O'ylab ko'ring, qo'limda bir olma bor. Bir o'g'ri uni mendan o'g'irlab olish niyatida. Uni qo'limda ushlab turibman, qo'limdan kelgancha himoya qilishga urunsam-da, u olmani osonlikcha olishi mumkin. Agar uni yeb qo'ysam va u hazm bo'lsa, ana shunda o'g'ri uni mendan olib qo'ya olmaydi. Demak, iymonning haqiqatini qo'lingizda ushlab turmasdan qalbingizga va ongingizga chuqur singdira olsangiz, Allohning irodasi bilan, o'lim paytida Shayton uni sizdan tortib ololmaydi.

Ammo oxiratga ishonaman desangiz-u, ammo buning aksidek yashasangiz: tilingiz boshqa narsani aytsayu amalingiz boshqa narsani ko'rsatsa, demak o'zingizni so'roq qilish vaqti yetibdi. Gap oxiratda yutish yoki yutqazish haqida bormoqda, siz esa bunga jiddiy qaramayapsiz. O'lim soati oxirida yana nima bo'ladi? Oyatdan shunday deyiladi, Albatta, «Robbimiz Alloh” degan, so‘ngra mustaqiym bo‘lganlarning ustlaridan, farishtalar: «Qo‘rqmanglar, mahzun ham bo‘lmanglar, o‘zingizga va’da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar." Iymoni komil bo'lgan mo'minning oldiga chiroyli yuzli farishtalar kelishadi. Kiyimlari oppoq bo'lib, yoqimli ifor kelib turadi.

Ammo iymonsiz yashaganlar uchun bu onlar azob-uqubatlidr. Ular rad etib kelgan narsalariga duch keladilar. Yo'q! Yo'q! Iltimos, Menga yaqinlashmang! Kerak emas! Ishonaman! Allohga ishonaman! Iltimos! Yana bir imkon bering! Do'stlarim qayerda? Oshnalarim qayerda? Meni saqlab qolguvchi bormi? U uchun haqiqiy qo'rquv endi boshlanmoqda. Ana endi o'limdan so'ng nima bo'lishini gaplashsak. O'lim so'ngi manzil emas. Undan keyin nima bor? O'lim bu bir holatdan ikkinchi holatga o'tishdir. Misoli bir xonadan ikkinchisiga o'tishdek gap. Ya'ni o'zgacha olamning boshlanishi. Har qish kelganda yer yuzini jonsizlantiruvchi Alloh, yoz bo'lgach unga jon beradi.

Shuningdek insonlarni ham jonini olib Qiyomat kunida ularni qayta tiriltiradi. Boqiy hayotdan avvalgi holatimiz esa, Barzax hayoti ya'ni qabr hayoti deb ataladi. Payg'ambarimiz alayhissalom aytadilar, "Qabr yo Jannat bog'chalaridan bir bog'cha yoki Do'zax chuqurlaridan bir chuqurdir" Ha, siz vafot etdingiz. Jonsiz tanangiz g'usl uchun olib kirildi. U yuvishlarini kutib sovuq o'rin ustida yotibdi. Kafaningiz ham, tobutingiz ham allaqachon tayyor. Tashqarida esa oilangiz kutmoqda. Onangiz, Otangiz, ukalaringiz, ayolingiz, farzandlaringiz, yig'layverib ko'zlari ishib ketgan. Zo'rg'a gapirishmoqda. Hozir tobutingizni yelkalarida ko'tarib olib ketishadi. Masjid hovlisiga olib kirishadi.

Chuqur qayg'u bilan bugun birodarimiz Ahmed Miyotning o'limini ma'lum qilamiz. Uning janozasi bugun mahalliy masjidda peshin namozidan so'ng o'tkaziladi. Bu xabar mayitning barcha qarindoshlariga yetkaziladi. Do'stlari, qo'shnilari. Alloh unga o'zi rahm qilsin. Hayotingiz davomida janoza namozi uchun eshitib yurgan gaplaringiz endi siz haqingizda aytilmoqda. Xabarni eshitganlar yuraklari larzaga tushib "U o'ldimi?" deyishadi. Biroz muzlab qolib, yana o'z ishlarini qilishadi. Odamlar janoza namozi uchun saf tortib turishibdi. O'g'lim! So'ngra tobutingiz ko'tarildi. Qabringiz tomon olib ketilmoqda. Qabr ham tayyorlab qo'yilgan. Ochiq turibdi. Bu yangi uyingiz, u sizni kutmoqda.

Yaqinlaringizdan biri qabringizga tushadi. Yuzingizni Qibla tomon qaratib jasadingizni asta sekin qabrga yotqizadi. Keyin u qabrdan chiqib ustiga yog'och taxtalarni joylay boshlaydi. So'ngra o'z qo'llari bilan yuzingizga tuproq torta boshlaydi. Ruhingiz bularning barini ko'rib turadi. Hammasini ko'radi. Jasad yuvilishini ham ko'radi. Janoza namozini ham kuzatadi, tobutingiz qabristonga olib borilishini ham ko'radi. Qabrga kelgan odamlarni ko'radi, barchasining gaplarini eshitadi, Odamlar qabristondan keta boshlaganlarida, ruh ularning qadam tovushlarini eshitib turadi. Payg'ambar alayhissalom aytadilar: "Vafot etgan inson bilan qabriga uch narsa boradi: oilasi, mol-dunyosi, amallari.

Oilasi va mol-dunyosi qabrdan qaytib keladi. Ammo amallari u bilan qoladi." Kishi solih bo'lsa, u dafn marosimini ko'pga cho'zilishini xohlamaydi. Qabrdagi yoqimli hayotiga imkon qadar tezroq yetib borishni istaydi. Ammo u nosolih bo'lsa dafn marosimining cho'zilishini istaydi. Siz bilan do'stlashganlarning do'stligi qabrga ko'milguningizcha. Endi yolg'izsiz. Ana endi Barzax hayoti boshlanmoqda. Barzax hayoti alohida bir olam. Hozirgi hayot va keyingi hayot o'rtasidagi dunyo. Uning boshlanishi o'lib, yakuni esa qayta tirilish. Xuddi oxirat kunidan avvalgi kutish zalidek.

Garchi inson suvga cho'kib yo'q bo'lib ketsa ham, yoki kul bo'lib, kulini shamol uchirib ketsa ham, ruh qanday yaratilgan bo'lsa shundayligicha qoladi. Allohning ilmidan hech kim chetda qolmas. Hammaga o'ziga yarasha muomila qilinadi. Ushbu bosqich Payg'ambar alayhissalomning quyidagi hadisida keltiriladi. "Mo'min kishi dunyoni tark etib keyingi hayotiga o'tar ekan, quyoshdek yorqin yuzli farishtalar qo'llarida Jannatning kafani hamda Jannatning xushbo'ylari bilan uning huzuriga kelishadi. Hamda uning ko'zi yetgan masofaga borib o'tirishadi.

So'ngra bosh tomoniga O'lim farishtasi kelib shunday deydi, "Ey solih ruh Robbingning marhamati va rahmati bilab chiq" Shunda ruh osonlik bilan chiqadi, va uni ko'radi. Ana shunda boshqa farishtalar darhol ruhni O'lim farishtasining qo'lida bir lahza ham qoldirmay olishadi. So'ngra uni kafan bilan o'rab xushboy sepishadi. Ana shu vaqt yer yuzida tengi yo'q bo'lgan eng muattar mushk hidi taraladi. So'ngra ruhni osmonga olib chiqishadi. Yo'lda uchragan farishtalar "Bu solih ruh kimniki" deyishadi. Ruhni olib ketayotgan farishtalar ruhni hayotida chaqirilgan eng yaxshi nomlar bilan maqtaydilar. Osmonga chiqqanlarida esa barcha darvozalar ochiladi.

Farishtalar yettinchi osmongacha o'tib borishar ekan, boshqa farishtalar unga salom berishadi. So'ngra Alloh "Bu bandamning kitobini Illiyunga ya'ni solihlar bilan yozib qo'ying va uni yerga qaytaring. Insonni tuproqdan yaratdik, uni yana tuproqqa qaytarurmiz. So'ngra ularni yana yerdan qayta chiqarurmiz" Keyin ruh qabriga ya'ni Barzax hayotiga qaytariladi va u yerda, Munkar va Nakir nomli ikki farishta so'roq savol uchun kelishadi. Man rabbuka? Robbing kim? Robbim Alloh. Unga hayotim davomida ibodat qildim. Dining nima? Dinim Islom. Sizlarga jo'natilgan kishi kim edi? U Allohning elchisi Muhammad alayhissalomdir. Iymonli kishi savollarga mana shunday qilib to'g'ri javob beradi.

Mo'minning hayotida qilgan ibodatlari hamda qilgan barcha solih amallari uning oldiga kelishadi. Munkar va Nakir so'roq-savol uchun kelishganda, nurdan yaratilgan bir maxluqot kelib uning bosh tomoniga turib oladi. Bu uning hayotida davomida qilgan barcha ibodatlaridir. So'ngra boshqa amallari ham himoya uchun kelishadi. Tutgan ro'zalari o'ng tomonida, zakoti esa chap tomonida turadi. Qolgan solih amallari esa oyoq tomoniga turib olishadi. Hammasi ruhni himoya qilish uchun uni o'rab olishadi. Qabr ruhni siqib qo'yib unga ozor berishidan saqlab turishadi. Mo'min barcha savollarga to'g'ri javob berib bo'lgach, Jannatdan bir tuynuk ochib qo'yiladi.

Alloh uning qabrini ko'zi ko'rar masofada kengaytirib qo'yishini buyuradi. So'ngra Jannatdan bir o'rin tayyorlanadi. Qabrning bir tomonidan tuynuk ochiladi. Tuynuk orqali unga Jannatdagi boqiy hayotidan lavhalar ko'rsatiladi. Mo'min qalbiga sakinat kiradi. Jannat manzaralarini qiyomat kunigacha tomosha qilib yotadi. Ammo buning boshqa tomoni ham bor. Iymonsiz o'tganlarni kutib turuvchi azob uqubatlar. Bu, hayoti gunohlar bilan to'lganlar uchundir. Meni bu yerdan chiqaring! Man rabbuka? Robbing kim? Chiqaring meni bu yerdan. Dining nima? Sizlarga yuborilgan kishi kim edi? Qabrda bunday savollarga miyya emas qalb javob beradi. Insonning javoblari uning Alloh nazdidagi maqomiga ko'ra bo'ladi.

Agar u Allohni va uning Payg'ambarlarini rad etgan bo'lsa, u savollarga javob bera olmaydi. Xatto u musulmon bo'la turib, hayoti davomida gunoh bilan yashagan bo'lsa, javob berayotganida tili o'ziga bo'ysunmay qoladi. Ba'zilar uchun bu holat farishtalar bilan oddiy bir suhbatdek o'tadi. Ammo boshqalar uchun esa so'roq savol jarayoni og'riqli kechadi. Jahannam eshiklari ochiladi. Hamda undagi daxshatli holatlar ko'rsatiladi. Qabrning mashaqqatlaridan azob chekishni boshlaydi. Olov tafti va jahannam hidi kelib turadi. Qabri torayib uni siqa boshlaydi.

Shunda qora yuzli bir odam paydo bo'lib, uning qarshisiga keladi va shunday deydi "Mana shu senga va'da qilingan kundir." Ruh undan qo'rqib so'raydi "Sen kimsan?" “Men sening yomon amallaringman: olgan sudxo'rliging, qilgan g‘iybating, harom narsalarga tashlagan nazaringman. Nega qo'rqyapsan? Axr meni hayoting davomida yaxshi ko'rar edingku. Mana bugun men sening qarshingda turibman" Shu payt ruh "Ey Robbim, qiyomatni qoyim qilmagin" deb duo qiladi. Zayt ibn Sobit aytadi, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Banu Najjor qabilasiga tegishli bog‘ga bordik. Hayvonlarini minib olgan edilar. Birdan hayvon qo'rqib ketdi va Rasulullohhni yiqitishiga sal qoldi.

Qarasak, yaqin joyda bir necha qabr bor ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Bu yerda dafn qilingan odamlar qabrda azob chekmoqda. Agar o'lganlarni ko'mmay qo'yishingizdan qo'rqmaganimda, qabrdagi azob uqubatni xuddi men eshitganimdek sizlarga ham eshittirishlarini so'rar edim" dedilar. Keyin yuzlarini biz tomonga burib: "Qabr azobidan Allohdan panoh so‘ranglar" dedilar. Mana u... yangi uyingiz. Yer ustida hammasi yorug' va rangli edi. Ammo bu yerda hammayoq qorong'u. Hammasi shunchalik tez tugadi to'g'rimi? Siz yoki "Ey Alloh aynan bir imkon ber. Va'da beraman hammasini to'g'rilayman" dersiz. Axr Alloh sizga hayotingizning har lahzasida sanoqsiz imkoniyat bergan ediku.

Yoki "Barcha hamd va sano Allohga bo'lsin" deysiz. Chunki hayotingiz davomida oxiratingizga zarar beruvchi ish qilmagansiz. Haromdan uzoq turgansiz. Majburiyatlaringizni ado qilgansiz. Dunyodagi vazifalaringizni nihoyasiga yetkazgansiz. Endi mukofotni olish uchun yo'lga tushdingiz. Qabr esa sizning ilk bekatingizdir. Agar siz ushbu videoni ko'rayotgan bo'lsangiz demak bunda bir hikmat bor. Alloh o'zi sizni shu yerga boshladi va oxirigacha ko'rishga ilhom berdi. Nega bilasizmi? Chunki u nimanidir o'zgartirishingizni xohlaydi. Xo'sh, bunga javoban Alloh tomon bir qadam bosasizmi? O'zingiz uchun qaror chiqarish vaqti keldi. Ibodat qilmasangiz shu video sabab ibodatga kirishing.

Reklamadan holi bepul namoz ilovamiz orqali kunlik 5 mahal namozni hayotingizning uzilmas qismiga aylantirishingiz mumkn. Iymoningizni quvvatlash va diniy ilmingizni oshirishni istasangiz, ushbu kanalda siz uchun ko'plab videolar tayyorlaganmiz. Ularni bir tartibda ko'rib chiqishingiz mumkin. Agar Qur'onni Arabchada o'qishni bilmasangiz, siz uchun Lam Alif Qur'on nomli ilova tayyorladik. unda siz tajvidni tez oson va bepul o'rgana olasiz. Agar Qur'onni chuqur o'rganishni istasangiz, Kopgit nomli tafsir ilovamizni yuklab olishingiz mumkin. Unutmang, oldingizga maqsad qo'yishingiz bilan, u kichik bo'lsa ham, hamma narsa o'zgarishni boshlaydi. Xo'sh, endi nima bo'ladi?

Qabrda uzoq kutilganidan so'ng, umringizda eshitmagan bir ovoz bilan uyg'onasiz. Bu dunyo ko'rgan eng katta falokatning ovozi bo'ladi. Chunki har bir ruhni tashvishga soluvchi kun yetib keldi. Dunyoning tugashi. Keyingi qismda dunyoning so'ngi kunini ko'rib chiqamiz. Albatta Sun'iy intelekt yordamida Biror nimani payqadingizmi? Bu video davomida reklama ko'rmadingiz. "Towards eternity" notijorat tashkilot bo'lgani uchun, ushbu videolarni sizning yordamingiz bilangina ishlab chiqara olamiz. Solih amalga sherik bo'lishni istasangiz, Loyihamizni qo'llab quvvatlash imkonini qo'ldan boy bermang.
