# Sobiq Jazz Xonandasining Xristianlikdan Islomga Kirishi haqidagi Ajoyib Hikoya @mrfontain

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/former-jazz-singers-amazing-revert-story-from-christianity-at-mrfontain
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=rPwtX0iokuI
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Aytingchi, Islomga qadar hayotingiz qanday edi? E'tiqodingizni shubha ostiga qo'ygan narsa nima bo'ldi? Taxminan yetti yoshda edim Bu e'tiqodga ortiq ishonmasligimni bilgan onimda go'yoki miyamda chiroq xuddi charq etib yonganday bo'ldi Men musulmonmanmi? Hech qachon musulmon bo'lmayman? Nimalar deyapsan? Bilganim, Islom terrorchilar dini, bu odamlar yovuz deb hisoblashim edi Amerika va boshqa davlatlar Iroq va Afg'onistonga kirayotgan edi. Men buni yangiliklarda ko'rganimni eslayman. Biz ularga ozodlik olib kelamiz Musulmonlardan u yerlarni qaytarib olamiz. Men ularni qo‘llab-quvvatlagandek edim... Chunki hech qachon islom dini bilan tanishmagan va haqiqiy ta’limotni o‘rganmaganman.

Assalomu alaykum, birodar Jon, kelganingiz uchun rahmat. In shaa Alloh suhbat quramiz. Suhbatimizni “Jon Fontain kim? degan savol bilan boshlasak Shu haqida qisqacha gapirib bersangiz. Albatta. Ismim Jon Fontain. Islom dinini qabul qilganman. 2008-yilda islomga kirdim. Islomga kirishdan oldin men jazz qo'shiqchisi bo'lganman. Yana olmosni o'rganib, Afrikada ham ishlaganman. Mashhur shahar Manchesterdanman. Turli e'tiqodda tarbiyalanganman. Maktab va kollejda o'qidim, keyin biznes bilan shug'ullana boshladim va yana qo'shiq aytishga qiziqib qoldim. Islomga qadar hayotingiz qanday edi? Nimaga e'tiqod qilardingiz?

Nasroniy bo'lib tug'ilib, shunday tarbiyalanganman, shu bois bolaligimdan cherkovga borardim. Turli xil cherkovlarga qatnardim. Yevangelistlar cherkovlariga ham borganman, bu Angliya protestant cherkovi dinidan juda farq qiladi. Musiqa bilan ham shug'ullanardim, shuning uchun cherkovda argan ukulele banjo va truba kabi cholg'u asboblarini chalardim. Juda yoshligimdan musiqaga qiziqdim. O‘smirlik yillarimda qo‘shiqchilik bilan shug‘ullandim. 14 yoshimdan qo'shiq kuylaganman. Va keyin 16, 17 yoshga kirganimda esa ... professional tarzda qo'shiq aytishni boshladim. Jazz klublarida, kruiz kemalarida va turli joylarda. Masalan, Manchester Yunayted futbol maydonlarida qo'shiq aytardim.

Qizig'i, islomga qadar musiqa sohasida bo'lishim mumkin bo'lgan cho'qqiga chiqqandek his qildim o'zimni. Va dunyoning birinchi raqamli qo'shiqchisi bo'lish niyatim yo'q edi hech qachon. Menda jazz qo'shiqchisiga o'xshab, sirli, kelishgan ko'rinish ham yo'q edi. Ba’zi klublarda qo‘shiq kuylaganimda, men buni uddaladim, deb hisoblardim. O'z maqsadimga erishgandek bo'ldim, ammo ichimda bir bo'shliq bor edi, biror nimaga erishganingizda, o'sha sohada muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko'p harakat qilasiz. Keyin esa birdan o'sha sohaning eng yuqori cho'qqisiga chiqasiz, xo'sh endichi, endi nima? Umrimning oxirigacha mana shu ishni qilamanmi? Yo'q, bunday bo'lmaydi.

Shuning uchun biznes bilan shug'ullana boshladim. Keyin, olmoslarga qiziqib ularni o'rgana boshladim. Bilasizmi, xullas kalom sayohatim meni Afrikaga va yana boshqa narsalarga olib bordi. E'tiqodingizni shubha ostiga qo'ygan narsa nima bo'ldi? Bu bir voqea edimi? Yoki fikr edimi? va qachon bo'ldi? Juda qiziq savol. Juda yosh edim, taxminan yetti yoshda. Yakshanba kuni maktabda, cherkovda bo'lganimni eslayman. Biz Xudo haqida qo'shiq yozishimiz kerak edi, meniki esa Iso va Xudo deb nomlangandi. Xorda edik. Bu repga o'xshardi. She'rimda bir necha misra bor edi. Misralarni hali ham eslayman. Ammo hozir kuylamayapman.

Yosh ishchilardan biri bo'lgan rohib, qog'ozni olib, so'zlarni o'zgartirgani ham ko'z oldimda turibdi. Shunday qilib, dastlab qo'shig'im nomi "Iso va Xudo" edi pastor uni "Iso - Xudo" deb o'zgartirdi. Boya aytkanimdek taxminan yetti yoshda edim. Bu e'tiqodga ortiq ishonmasligimni bilgan onimda go'yoki miyamda chiroq charq etib yonganday bo'ldi Isoning Xudo ekanligiga ishonmayman Mening tushuncham bo'yicha Iso Allohning payg'ambari bo'lgan bir inson farzandi edi. Shu bois Isoning Xudo deb qabul qilishimning iloji yo'q edi. Shunday qilib, to'g'ri din qaysi degan savol birinchi marta miyamda aylana boshladi.

Chunki men Xudoga ishonganman va U haqida qanday o'ylagan bo'lsam hozir ham shunday o'ylayman. Biz Xudoni tasavvur qila olmaymiz, U yagonadir. U bizning tasavvurimizdan tashqaridadir. Lekin men uchun Isoning Xudo deb qabul qilishning iloji yo'q edi. Shu sabab, bu meni yoshligimdan hayratda qoldiradi. Nima bo'layotganini bilardim. Barcha oila a'zolarim, do'stlarim, jamoam, bu dinga ergashadilar. Ammo bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi. inson ongi va qalb ko'zini ochadi. Islom haqida birinchi marta qachon eshitgansiz? Islom haqida eshitganim va uni din sifatida o'ylaganim birinchi marta 11-sentabr voqealarida bo'lgandi. Maktabda, yog'ochga ishlov berish darsida edim.

Imtihonlar uchun tebranuvchi ot yasayotgandim. Sinfda shovqin bo'la boshladi. O'qituvchimiz noutbukida 11-sentabr, voqeasini yozib qo‘ygan ekan, daxshatga tushdik, Jahon savdo markazlariga samolyot bilan zarba berildi va men esa faqat musulmonlar, musulmonlar deganini eshitdim. Shundan keyin men uyga borib, yangiliklarni tomosha qildim Amerika va boshqa davlatlar Iroq va Afg'onistonga kirib borgan paytlari edi. Men buni yangiliklarda ko'rgandim. O‘ylab turib, ha, bu musulmonlarni otib tashlanglar derdim. Men ularni qo'llab-quvvatlardim, chunki Islom haqida hech narsa bilmasdim, bilganim Islom terrorchilar dini deb hisoblashim edi. Bu odamlar yovuz. Va bu mening birinchi tanishuvim edi.

Nima sababdan islomga bo'lgan qiziqishni his qildingiz? Avvaliga internet orqali islom haqida ko‘rib yurdim. YouTubeda birinchi marta paydo bo'lganida, uni ko'ra tuib, turli xil videolarga duch keldim. Yana 18 yoshimda G'arbiy Afrikadagi Senegalga sayohat qildim. Bilmaganlar uchun Senegal musulmon davlati. Senegalda bo'lganimda, dastlab musulmonlardan juda qo'rqardim. 11-sentabr voqealari tufayli, musulmonlar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega edim. Lekin aslida Senegalga borish meni ko'zimni ochdi. Birinchi marta afrikalik musulmonlar borligini angladim. Chunki hech afrikalik musulmonlarni ko'rmagandim. Shuning uchun Islom bu yerga qanday kelganini bilish menga juda qiziq edi.

Senegalga borganimda esa azonni birinchi marta eshitganman. Juda yoqimli edi. Azonni eshitib, rostdan ham xursand bo‘ldim. Uni tushunmoqchi edim. Ma'nosini bilmoqchi edim. Shu uchun musulmonlar bilan uchrashdim. O'sha paytda mehmonxonada ishlayotgan birodarim bilan tanishdim va u meni o'z uyiga taklif qildi.. Shunday qilib, men u bilan bir muddat birga yashadim. Musulmonlarning to‘yiga ham, janozasiga ham bordim, birodarim, onasi va oilasi bilan namoz o‘qiyotganiga guvoh bo‘ldim. Biz yerda o'tirib birga ovqatlanardik, va bularning barchasi men uchun juda hayratlanarli edi. O'sha paytda. Musulmon bo'lish xayolingizga kelganmi? Yo'q men Islomga ishonmasdim.

Ammo menga madaniyat, tajribam yoqardi. Bular musulmon bo'lishim uchun yetarli emas edi. Bu g'alati narsalar qiziqishimni yanada kuchaytirdi, nasroniylik haqiqat emasligini bilsam ham nasroniylikdan foydalanib Islomga hujum qila boshladim. Madaniy jihatdan men hali ham nasroniy edim. Shuning uchun Islom muammolarini topishga harakat qila boshladim, ba'zi musulmonlar bilan bahslashishga kirishdim. Ammo qanchalik ko'p tadqiq qilsam, Islomni qanchalik ko'p shubha ostiga qo'ysam, Qur'on ta'limoti va qolaversa uning oyatlariga shunchalik bog'lanib qolaverdim.

Islomni qabul qilishga tayyorman deganimda islomni qabul qilishga chindan ham tayyor edim, ya'ni Islomga imkoniyat berishga tayyor edim, chunki afrikaliklarning menga Islom haqida o'rgatishda ko'p hissasi bor edi. Senegaldan unutib bo'lmaydigan biron xotirangiz bormi? 18 yoshda edim. Bu islomn qabul qilishimdan besh yil oldin edi. O'shanda musulmon bo'lgan birodarimning uyida turardim. Buvisi olamdan o'tdi, u 105 yoshda edi, birodarim esa yig'lardi. U to'shakda yig'lab o'tirardi va uning yoniga borib o'tirdim. Do'stimni quchoqlab, u yaxshiroq joyga borishini aytdim. U esa: “Buvim vafot etgani uchun yig‘layotganim yo‘q”, dedi. U musulmon edi, dedi.

U buvisi InshaAlloh Jannatga borishini aytdi. va shunda: “ boshqa narsa uchun yig‘layapman,buvim juda keksa ayol edi, men u bilan uchrashishingni, musulmon bo‘lishing uchun u duo qilishini istardim”, dedi. bu menga ta'sir qildi. O'zimni musulmon deb o'yladimmi? Men hech qachon musulmon bo'lmayman. Nimalar deyapsan? Buvisining olamdan o‘tganidan haligacha xafa bo‘lgani uchun bunday demadim. Ammo bu menga ta'sir qildi. Nega bu odam uchun bu shunchalik muhim? Nega yig'layapti? U hozirgina buvisidan ayrilgan. U o'lganligi uchun yig'layotgani yo'q. Musulmon bo‘lishimni xohlagani uchun yig‘layapti. Va bu meni o'ylashga majbur qildi, qoyil, bu odam haqiqatan ham bu dinga ishonadi.

Islomni qachon va qanday qabul qildingiz? Nihoyat 23 yoshimda Islomni qabul qildim. Biroz izlanishlar olib borayotgandim, lekin yana o'sha paytda qo'shiqchilikni va ba'zi narsalardan voz kechishni istamasdim, shu sabab qanday qilib musulmon bo'lishni bilolmasdim. Aslida musulmon bo'lishim mumkinligini bilmasdim. Men islomni siz bilan tug‘ilgan, ota- onangizdan meros bo‘lgan narsa deb o‘ylardim. Islomni qabul qilishlarini umuman bilmasdim Tadqiqot olib borganimda, Abdul Rahim Grin va Yusuf Estes kabi odamlar va boshqa dinni qabul qilganlar bilan bog'liq videolarni uchratdim.

Aslida juda ko'p ingliz va amerikaliklar Islomni qabul qilishayotganini va men ham musulmon bo'lishim mumkinligini tushunganimda qoyil qoldim. Bu meni o'ylashga majbur qilgan narsa edi, endi bu ko'rib chiqishim kerak bo'lgan vazifaga aylandi. Xo'sh, sizni kim targ'ib qildi? Men o'sha paytda Misrda edim masjidga bordim va do'stimdan menga namozni o'rgatishini so'radim, u rad etdi. Yo'q, dedi. Sen musulmon emassan, dedi. Men: “Iymon keltiraman, Ramazon ro‘zasini tutdim namoz o‘qishga harakat qildim”, dedim. Mayli, unda shahodat kalimasini aytishing kerak, dedi. Men undan: Shahodat nima deb so'radim. Keyin menga shahodatni aytdi va men musulmon bo'ldim.

Shu onda yelkamdan og'ir yuk ko'tarilganini his etdim. O'zimni poklangandek his qilib, Alhamdulillah allaqachon ishongandim. Bu e'tiqodlar o'sha paytda paydo bo'lgandek emasdi. Men doim Allohga ishonganman. So'ngra Buyuk Britaniyaga qaytdim. Masjid topishga harakat qildim, lekin baribir masjidga borishdan qo'rqardim. Musulmonlarni terrorchidek his qilardim, musulmonlarga nisbatan salbiy his-tuyg'ularim hamon bor edi. Shuning uchun men maktab deb o‘ylagan joyga bordim, lekin bu maktab emas, masjid edi. Qabulxona ortida esa bir ingliz bor edi, SubhanAlloh. Men hayratda qoldim.

Masjidga kirayotgan oq tanli odam sifatida men pokistonliklar va arablarni ko'rishni kutgandim, bir oq tanli odam bor edi va u menga yordam berdi, Fotihani, kichik suralarni va namoz o'qishni o'rgatdi. Har kuni u yerga borardim. U menga namoz o‘qishni o‘rgatardi. Meni tinglardi, keyin Qur'on o'qirdi, masjidda yana bir qancha birodarlarimiz ham bor edi. U yerda qahva icharkanman, ular menga o'rgatishardi Xullas shunday qilib islomga sayohatim boshlandi. Oilangiz va atrofingizdagilar islom dinini qabul qilishingizga qanday munosabatda bo‘lishdi? Menimcha, boshida odamlar bu uzoq davom etmaydi, u islomdan chiqib ketadi, deb o'ylashgan edi. Mana, 13 yil o'tdi, hali ham musulmonman.

Albatta, ularning ko'pchiligi Islom xavfli odamlarning dini musulmonlar esa terrorchi ekanidan xavotirda edilar va men bu tashvishlarini to'liq tushunaman, chunki ular faqat OAVda ko'rsatilganini bilishadi Va bu musulmonlarning muammosi, chunki musulmonlar musulmon bo'lmaganlarga chin Islomni o'rgatishmaydi. Musulmon bo'lmaganlar Islom haqida bilishsa, ularda bunday streotip va tashvishlari bo'lmaydi. Shunday qilib, ha, boshida qiyin bo'ldi. Oilam va ko'p do'stlarim sarosimaga tushib, xavotirlanishdi. Lekin Alhamdulillah hozir hammasi joyida. Musulmon bo'lganingizdan keyin qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? Men uchun eng qiyini namoz o'qish edi.

Agar odatlanmagan bo'lsangiz, namoz o'qish qiyin. Chunki biz kunni besh vaqt namoz o‘qish bilan o'tkazishga odatlanmaganmiz. Bir yo'l bilan, men o'zimga o'zimga va'da berdimki, agar besh vaqt namozimni o'qimasam, tunlari uxlamayman. Tasavvur qiling-a, siz besh vaqt namozni tunda uxlashdan oldin o'qiysiz. Aytgancha, bunga ruxsat berilmaydi. Bu joiz emas. Albatta, musulmon bo‘lgach, qachon kufr, johiliyatdan kelganingizni bilmay qolasiz, endi esa dinni o‘rganishga harakat qilasiz. Va keyin tushundimki, o'sha paytda barcha namozlarni birdan o'qish juda qiyin edi. ya'ni ularni har xil vaqtda o'qish juda oson. Bu menga namozni o'z vaqtida o'qishimga yordam berdi deb o'ylayman.

Va, albatta, siz Islom dinida o'sib ulg'ayganingizdan so'ng, siz din haqida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lasiz, va namoz o'qish farz ekanligini chuqurroq anglab borasiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qaysi hislatlari sizga ko‘proq ta’sir qildi? Bu hayratlanarli savol. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning asliyatlariga qaraymiz. 1400 yil oldin. Ul zot keldilar. Cho'lda bir kishi Alloh taolodan vahiy olgan, shuningdek, insonga berilishi mumkin bo'lgan eng oliy maqom, ya'ni payg'ambarlik va ularni dunyoda bugungi kungacha bo'lgan ta'siri va ularning sunnatiga ergashgan izdoshlari ularning yo'liga ergashishidek maqomni oldilar. Biz ularning yo'lidan borishga harakat qildik. Muhabbatimiz bor edi.

Mana, bugun shu yerdamiz. Biz mollarimizni, vaqtimizni dinga sarflaymiz. Bunga haqiqatan ham iymonimiz bor. Tasavvur qiling-a, Islom dinining barcha izdoshlari, nafaqat bugun, balki o‘tgan 1400 yil davomida, sunnatni saqlab, bu odamlarning so‘zlari va amallarini saqlab, Allohning elchisiga itoat qilib, Allohga bo'ysunganlar. Va ularning dunyoga ta'siri shundaki hozirda dunyoning uchdan bir qismi Payg'ambar s.a.v.ga ergashadi. Faqat Ular musulmon ekanligini bilasiz. Bu faqat kirish qismi. Jiddiy qilib aytganda, odamlar bu zotni va u kishi qilgan ishlarini, eng muhimi, ularga berilgan xabarni, Qur'onning insoniyat uchun yechimlarini o'ylab ko'rishadi.

Siz Allohdan shariat, qonun va hidoyat keltirasiz, uni boshqa dinga, har qanday falsafaga, har qanday hayot tarziga qiyoslaysiz. Islom dini har qanday dindan, hayot tarzimizdan va uning hikmatidan ustun turadi. Va buni tushunish ham juda oson. Islomdan oldin hayotingizdan maqsad nima edi va Islomdan keyin nima bo'ldi? Mening yagona maqsadim - Alloh vasliga yetish, jannatiy bo'lish, Yaratganimizni jannatda haqiqatda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lish. Yakuniy narsa shu. Va, albatta, payg'ambarlarni ko'rgandan so'ng, Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) bilan birga Iso (a.s.) bilan o'tirish va barcha payg'ambarlar bilan suhbatlashish. Maqsadim shu.

Islomdan oldin, meni nazarimda, odamlar hayotdan maqsad haqida o'ylashmagan. Menimcha, ular o'z maqsadlarini amalga oshiradilar. Men bunday qilmadim. Hozir qanday loyihalarni amalga oshiryapsiz? O'zim uchun Afrikada ba'zi ishlarni qilyapman, Afrikada maktablar qurishni rejalashtirmoqdaman. Vahiyning islomiy nuqtai nazari va oldingi oyatlar haqida ham kitob yozyapman. Men ateizmga oid ba'zi muammolarni hal qiladigan ateizm haqida ham kitob yozyapman. YouTube kanalim ham bor. "Yosh chekuvchilar" deb nomlangan podkastim bor,unga obuna bo'lishingiz mumkin. Bundan tashqari, faqat o'qish, o'rganish, da'vat qilish va Islom dinini tarqatishga harakat qilyapman.

Agar sizda dunyodagi barcha musulmon bo'lmaganlar bilan gaplashish imkoni bo'lsa, ularga nima degan bo'lardingiz? Men ularni Islomga sidqidildan qarashga undagan bo‘lardim. Dinni o'rgangan musulmonlardan Islomni o'rganing, biroz vaqt ajrating, Islomga oid kitoblarni o'qing, bu din so'nggi 1400 yil ichida nima hukmron bo'lganini tushunishga, ishonishga yordam beradi, shubhasiz, Islom dunyoga juda ta'sir qiladi. Dunyo aholisining uchdan bir qismi musulmonlardir. Demak, bu sizning qo'shningizga, bizning hamkasblaringizga bo'lgan hurmatingizdir. Ular nimaga ishonishlarini bilib olishingiz kerak. Biroz vaqt ajrating va Islomdagi tushunchalarni o'rganing, faqat o'zingizga halol bo'ling.

Men barcha g‘ayrimusulmonlarni yolg‘iz Yaratguvchi Allohga ibodat qilishga chorlagan bo‘lardim. Muhtoj bo‘lganingizda Allohga duo qiling. Samolyotda qaltirab turganingizda, notinch bo'lasiz va siz Yaratganga iltijo qilyapsiz. Musulmonlar ishonadigan Allohga. Musulmonlar ibodat qiladigan Xudoga. Shunday ekan, Xudodan sizni hidoyat qilishini so'rang. O'zingiz, yolg'iz qolganingizda yotoqxonangizda boshingizni yerga qo'yingda. Faqat qo'lingizni duoga ochib, Yaratgandan sizga yo'l ko'rsatishini so'rang. Xo'sh so'nggi xulosangiz qanday bo'ladi? Buni kuzatayotgan musulmonlarga shunday maslahat bergan bo'lardim.

Balki namoz o'qimayotgandirsiz, balki namozingiz o'z vaqtida o'qilmagandir, balki iymonda zaifdirsiz, balki islom haqida bilimingiz kamdir. Islom haqida ko'proq o'rganib, namozingizga e'tibor qarating. Besh vaqt namozingizni o'z vaqtida o'qishingizga ishonch hosil qiling Musulmon sifatida besh vaqt namozingizni o‘z vaqtida to‘g‘ri o‘qisangiz, Alloh bilan aloqangiz to‘g‘ri bo‘lsa, hayotingiz izga tushishini ko‘rasiz. Dunyo oson. Bu hayot oson. Alloh ar-Razzoqdir. U ta'minlovchidir. U himoya qilguvchidir. U hamma hikmatlar sohibidir. Qachonki siz shunga ishonsangiz, sizga biror musibat kelsa ham bilingki, buning ortida dono Hakim turibdi. Imomlik esa ilm orqali keladi.

Bu shunchaki Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'raman, deb aytish emas Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rish bu unga itoat qilishingiz va unga ergashishingizdir. Buni bosqichma-bosqich olib boring, namozingiz bilan boshlang va hamma narsa o'z joyiga tushadi. Barchani, xoh musulmon, xoh g‘ayrimusulmon bo‘lsin, islom diniga jiddiy yondashishga, Qur’on haqida fikr yuritishga, Qur’on o‘qishga, Islomga imkoniyat berishga, Islom dini nimani o‘rgatishini, yolg‘iz Allohga sig‘inishning sof, qat’iy tavhidi haqida o‘qishga chaqiraman. Biz Muhammad (s.a.v.)ga ibodat qilmaymiz, hech narsaga sig'inmaymiz. avliyolarga ibodat qilmaymiz. Biz to'g'ridan-to'g'ri Xudoga ibodat qilamiz.

Javoblar uchun rahmat, ajoyib bo'ldi yana siz bilan hamkorlik qilishga umid qilaman In Sha Alloh. JazakAlloh Xayr, Assalomu alaykum.
