# Buddadan Allohga: Xitoylik buddistning Islomga sayohati

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/from-buddha-to-allah-a-chinese-buddhists-journey-to-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=5FCW9eM7G0o
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Buddist oilasida tug‘ilganman. Menga Xristianlikda hammasi ochiqdek tuyulgandi. Erkin bo'lasiz, deyarli hamma narsa mumkin. Xudoga dedimki: "Haqiqiy Xudo kimligini bilmayapman. Seni izlayapman. To'g'ri yo'lga boshla." Buddaga ergashganimda ibodatxonada yashardim. Xristian bo'lganimda, cherkovda xizmat qilardim. Shuning uchun to‘rt yil davomida masjidda qoldim. Shunda angladimki, islom juda amaliy, muvozanatli din ekan. Buni boshqa biron dinda ko'rmaganman. Assalomu alaykum, Shayx Hussain Yi. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakatuh. Suhbatimizni Shayx Hussain Yi kim?- degan savol bilan boshlamoqchimiz? Hayotingiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi?

Islomni qabul qilganimdan so‘ng ismim Muhammad Hussain Yi bo‘ldi. Xitoylikman. Men buddist oilasida dunyoga keldim. Shuning uchun, tabiiyki, tug'ilgan oilangiz diniga, ota-onangizning an’analariga ergashasiz. Men ham ergashdim. Ruhiyatga aloqador narsalarni yoqtirardim, ibodatxonada faol ishtirok etardim. So‘ngra, Alhamdulillah, Allohning irodasi bilan birdan Xristianlikka o‘tdim. Xristianlikka o‘tdim, chunki oilamning ayrim a’zolari turli dinlarga e’tiqod qilardi. Oilamizda xristianlar, buddistlar, taoistlar va erkin fikrlovchilar bor edi. Keyin, Alhamdulillah, Allohning irodasi bilan menga chinakam ishonch beradigan nimanidir izlay boshladim.

Shunday narsaga ishonishni istardimki, mish-mish emas, aniq dalillarga ega bo‘lsin derdim. Alhamdulillah, Allohning irodasi bilan, 1968-yilda Umar ibn Xattobning hayotini o'rgandim. Keyin musulmon bo‘ldim. Shu tariqa 1968-yildan musulmon sifatida yashay boshladim. Endi o‘sha yillarga qaytadigan bo‘lsak, ya'ni buddist bo‘lgan paytingizga. E’tiqodingiz qanday edi? Nimalarga ishonardingiz? Buddistligim uchun, albatta, Gautama Budda ta’limotlariga, qadriyatlariga, ruhiy tamoyillariga ishonganman. Asosiy narsalardan biri shuki, u har kimga azob-uqubat haqiqat ekanini tushuntirishga urungan. U oxiratga ishonarmidi? Oxirat haqida ta’limot berganmi? Yoki yagona Xudoga ishonarmidi?

Shaxsan musulmon bo‘lgach, tushundimki, u bilgan. Shuning uchun u ibodat qilgan. Sajda ham qilgan. Ibodati yuqori qadriyatga ega edi. “Sukha” va “dukkha”ni tushunsangiz, demak, Allohning so‘zlarini tushunasiz: "Wa laqad ba'athna fi kulli ummatin Rasula." ‘Biz har bir ummatga bir payg‘ambar yubordik.” Allohni shunday deganiga ishonaman: “Darhaqiqat, har bir ummatga bir rasul yubordik.” Garchi Qur’onda 25 nafar payg‘ambar tilga olingan bo‘lsa-da, ko‘pchilik payg‘ambarlarning ismlari Qur’onda yo‘q. Aniq bilmasam-da, balki u ham shulardan biri deb o'ylayman. Chunki u umaman o‘ziga sajda qilishga chaqirmagan. Hech qachon “Xudo yo‘q” demagan, o‘zi ham Allohga sajda qilgan.

U doim g‘ayb bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs edi. Keyinroq uning izdoshlari uni ta’limotlarini qanday izlaganini Alloh biladi. Muso va Isolar kabi. Iso hech qachon o‘zini “Xudo” yoki “Xudoning o‘g‘li” demagan. Ammo bugun izdoshlari uni Xudo deydi. Uni “Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh” deyishadi. Bu Iso payg‘ambarning xatosi emas, balki odamlarning xatosi, ular payg‘ambar nomidan yangi din yaratishgan. Men musulmon bo‘lgach Gautama Budda aslida nima qilganini yaxshiroq tushunib yetdim. Odamlarni “tazkiyatun nafs” – o‘zini nafsini poklashga chaqirgan. Ya’ni, insonning istaklariga ergashmaslikka. Bu dunyo aslida hech narsa emas. Siz oilangiz tufayli buddist bo‘lib ulg‘aygansiz.

Sizning iymoningizga shubha solgan narsa nima edi? Nima sizni shubhalantirdi? Yoshligimda doim ruhiyatga aloqador narsalarni yoqtirardim. Agar odamlar jinlar, ruhlar yoki farishtalar haqida gapirishsa, buni boshdan kechirishni istardim. Odamlar: “Qabristonga borma, ruhlar bor” deyishsa, u yerga borishni xohlardim. Imkon bo‘lsa, bir necha soat, hattoki bir kecha qolishni xohlardim. Har doim hayotdan ko‘proq tajriba olishni xohlaymiz. Va shunga intilamiz. Bu narsalar kitobdan olinmaydi. Keyin nima bo‘ldi? Men ko‘rdimki, Buddaning izdoshlari ta’limotlarni va juda ko‘p narsalarni ancha cheklab qo‘yishgan.

Qaysi birini Budda aytgan yoki qay birini aytmagan bilmayman, ergashayotganlarga "Go‘sht yemang. Hayvonlarni yeyish, o'ldirish mumkinmas deyishadi. Vegetarian bo‘lish kerak", deyishadi. Bu esa dunyodan ajratib qo‘yadi. Yoshligimda ham nimadir yetishmayotganini his qilardim. Bunda muvozanat yo'q edi. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Shunga qaramay, yaxshi qadriyatlarga ergashdim, masalan, Kamtarlik, nafsni poklash, istaklarni jilovlash, Dunyoga bog'lanib qolmaslik, oila qurishni o‘ylamaslik, orzu qilmaslik, shunchaki yaxshi inson bo‘lish. Shularni deb bunda muvozanat mavjud emas deb o‘ylardim. Shuning uchun shubhalar paydo bo‘la boshladi. Hayotimda nimadir yetishmayotganini his qilardim.

Shaxsiy tajribamalarimdan kelib chiqib, boshqa yo‘l izlashim kerak edi. "Dinlar shu qadar murakkabmi?" deb o'ylardim. Yoki bu shunchaki ularga e'tiqod qilganlar tomonidan murakkablashtirilganmi? Shuning uchun ko‘p bilish ham yaxshi emasdek tuyuldi. Huddi hayotimda nimadir yetishmayotgandek his qildim. Harakat qilishim kerakdek tuyuldi menga. Shundan keyin katta opam bilan gaplashdim, ular nasroniylar. Shunda u meni cherkovga borishga undadi va men bordim ham. Keyin menga nasroniylikda hamma narsa juda ochiqdek tuyuldi. Xohlagan narsangizni bemalol qilishingiz mumkin. Hamma narsa mumkin.

Albatta, asl ta’limotda ham ko‘p narsa taqiqlangan, lekin hozirgi davrdagi nasroniylik dinida, hamma narsa joizdek tuyuladi. Agar Iso Masihni sevsangiz unga ishonasiz. U sizning najotkoringiz. Najot topasiz. Bu juda qiziq tuyuldi. Chunki ilgari ko‘p narsalar taqiqlangan bo‘lsa, endi esa ko‘p narsaga ruxsat etilgan. Dinda sobit bo‘lishni istardim. Yoshligimda sobit buddist bo‘lishni xohlaganman. Nasroniy bo‘lganimda ham, sobit bo‘lishni istardim. Chunki, chindan ham Xudoning xabari mavjud bo‘lsa. Demak, faqatgina uni o‘zim bilishim noto‘g‘ri. Xabarni do‘stlarim bilan bo‘lishishim kerak edi. Ko‘p musulmon do‘stlarim bor. Ularga Iso Masihning ta’limotini tushuntirmoqchi bo‘ldim.

Keyinchalik, vazifamni ya'ni tushuntirishni boshlaganimda, mendan bir necha savol so‘rashdi, bundan hayratga tushdim. Ular ham Isoga ishonishadi. Musulmonlar ham Isoga ishonishadi. Ular uchun Isoga ishonish muammo emas, lekin bitta farq shuki, bizda Isoga bo‘lgan e’tiqodimiz boshqacha. Uni otamiz, muqaddas o‘g‘il, uchlik konsepsiyasi sifatida qabul qilamiz. Shuning uchun dinni chuqurroq o‘rganishim kerakligini his qildim, haqiqiy dinni yanada yaxshiroq tushunishga harakat qilishim kerak. Al-Haqq. Haqiqatni bilish muhim. Yarmini emas, balki butun haqiqat. Sizning islomga sayohatingiz qanday boshlandi va islomda nima sizga kuchli ta'sir qildi?

Nasroniylikni do‘stlarimga yetkazishni boshlaganimda, bir nechta narsani so‘rashdi. Javob berishga qiynaldim. Ruhoniyga borib, uchlik konsepsiyasini, muqaddas otani, muqaddas o‘g‘ilni, muqaddas ruh, muqaddas sharobni tushuntirib berishini so‘radim. U meni ishontira olmadi. Chunki o‘ylashni va savol berishni yaxshi ko‘raman. U shunchaki “Muqaddas ruh kelishini kut. Muqaddas ruh senga tushuntirib beradi" dedi. Ha shunday dedi, men ham kutdim. Va Xudoga murojaat qila boshladim. "Haqiqiy Xudo kimligini bilmayapman, Seni izlayapman to‘g‘ri yo‘lga boshla meni" dedim. Bitta narsani aytamanki, Xudoga ibodat qilaman, u biladi, men Uni qidiryapman. Endi ism ishlatmayman.

“Ey Xudo, sen bilasan, Seni izlayapman" dedim. Keyin birdan Qur’onni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim kuchayib ketdi. Musulmon e’tiqodi qandayligini bilishni xohladim. Lekin hech kim menga Qur’onni bermadi. Haqiqatni izlashga bo‘lgan ichki tuyg‘um juda kuchli edi. Alhamdulillah, Sayyidina Umar ibn Xattobning hayoti haqidagi kitobni o‘qidim. Ikkinchi xalifa, bir vaqtlar Islomning dushmani bo‘lgan kishi, Payg‘ambarning dushmani, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan kishi. Lekin Qur’on bilan ma’rifat topib, musulmon bo‘lgan.

Va shunchaki oddiy musulmon emas, nomigagina emas, Payg‘ambarning sahobalaridan bo‘ldi, ikkinchi xalifa bo‘ldi, va uning davrida Rim va Fors imperiyalarining barchasi musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Bu juda tarixiy voqea. Bu qalbimni ochdi. Demak bu din shunchalik qudratliki, shunday odamni o‘zgartira olgan. Islom va Payg‘ambarning ashaddiy dushmani, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan kishi, Qur’on va Qur’onning yo‘rig‘i bilan butunlay o‘zgardi. Mana shu Islomdagi sayohatimning boshlanishi bo‘ldi. Keyin bilib oldimki, Islom juda amaliy va muvozanatli dindir. Albatta, qiladigan va qilinmaydigan narsa bor, lekin qilinmaydigani juda oz. Ibodat qilasiz, lekin qattiq ishlashingiz ham kerak.

Oila qurishingiz mumkin, nikoh, savdo-sotiq ishlari qilishingiz mumkin, hammasi juda yaxshi muvozanatda. Chuqur o‘rganganim sari Islomning naqadar mukammalligini ko‘rdim. A dan Z gacha tushuntirib beradi, va har bir bosqichning tartibi bor. Endi o‘z yo‘lingizni o‘ylab topishingiz shart emas. Shunchaki ergashasiz. Qanday ovqatlanish, qanday ichish, qanday kiyinish, qanday gapirish, qanday ishlash — hammasi batafsil aytilgan. Allohu Akbar va lillahil hamd. Boshqa hech bir dinda bunday narsani ko‘rmaganman. Boshqa dinlarda dalil yo‘q, batafsil emas. Islom esa shunchaki gap emas, nafaqat Allohning so‘zi, balki Payg‘ambar hammasini amalda ko‘rsatib bergan.

Shunday qilib, sizni 100% Islom haqiqat ekaniga ishontirgan asosiy narsa nima edi? Buni o‘rganib, asta-sekin ortga qaytib, yanada chuqurroq o‘rgandim. Keyin Madinaga bordim, ko‘proq bilim oldim, va Qur’onni deyarli to‘liq o‘qidim. Alhamdulillah, shunda bildimki, bu Xudoning hech qachon o‘zgarmagan, buzilmagan va o‘zgartirilmagan yagona kitobi. Hatto bitta oyat ham o‘zgartirilmagan. Birorta nuqson yo'q. Ma’sha’Alloh. Bu yana bir mo‘jiza. Shuni faxr bilan aytamanki bu kitob 100% pok. U nozil qilingan kundan to hozirgacha o‘zgarmagan, o‘zgartirilmagan. Keyin dunyo bo‘ylab kezdim, har xil joylarga bordim. Qayerga bormay, Qur’on bir xil. Musulmonlar namoz o‘qiyotganda, bitta tildan foydalanadi.

Azon aytilganda ham, o‘sha til. Namoz bo‘yicha ham, o‘sha til. Allohu Akbar va lillahil hamd. Shuni angladimki, Allohga ibodat qilyapman deb ishonardim. Men Allohga ibodat qilmayman, Robbimdan hidoyat so‘rayapman. Va shu narsa hayotimga kirib kelganida, tayyorman deb ayttim. Musulmon bo‘lishim oson bo‘lmadi, birodar Ahmad. Oson deb o‘ylagan edim. Shunday imomning oldiga borib, “Musulmon bo‘lishni xohlayman, Yordam berasizmi?” deb so'rasam bo‘ldi derdim. Ba’zan musulmon do‘stlarimni ko‘rsam, hayron bo‘lib ketardim. Ularga Musulmon bo'lganimni aytdim. Ular “Qachon? Qachon? Nega islomni tanlading?” deb so'rashdi. Musulmon bo‘lishimga emas. Nega aynan Islomni tanlaganimga hayron qoldilar.

Bu esa meni juda xafa qildi. Lekin hech kimni ayblamayman, chunki tajribam shuni ko‘rsatdiki, Buddizm va Xristianlikda ko‘pchilik shunchaki ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar. Bilim yo‘q. O‘zini buddist yoki xristian deb da’vo qilishadi, lekin kitobni ham o‘qimagan. Necha nafar Xristian Injil o‘qiydi? Necha nafar buddist Dharma kitobini o‘qiydi? Sanasak juda kam. Lekin barcha musulmonlar Qur’on o‘qiydi. Millionlab musulmonlar Qur’onni yod oladi. Tasavvur qila olasizmi? Bu mo‘jiza nihoyatda hayratlanarli. Bu esa Allohga bo‘lgan ishonchimni yanada mustahkamlaydi. Qur’on va islomga bo‘lgan ishonchim va e’tiqodim tobora oshib boradi. Endi kamaymaydi.

Qanchalik ko‘p sinovlarga duch kelmay, bu islomga bo‘lgan e’tiqodimni kamaytirmaydi. Shu bois masjidga bordim, imom bilan uchrashdim. O‘z niyatimni aytdim. Shahodat aytgach darhol Alhamdulillah, endi musulmonman dedim. Lekin endi qayerda yashashimni bilmasdim. Chunki yoshligimdan beri erkin edim. Juda mustaqil insonman. Imomdan “Masjidda qolishim mumkinmi?” deb so'radim. Boshqalarga og‘irim tushmasin derdim. Men o‘zi shunday odamman, Buddist bo‘lganimda ham, buddist ibodatxonasida yashardim. Nasroniy bo'lganimda, cherkovda xizmat qilardim. Shuning uchun ibodat uyi bo'lgan joylarni yoqtiraman. Bu yerda hech kimni bezovta qilmaymiz, va barcha yaxshi odamlar shu joyga keladi. Shunga ishonaman.

Amali bor musulmon masjidga keladi. Amali bor nasroniy xristian cherkovga boradi. Amali bor buddist ibodatxonaga boradi. Amal qilmaydiganlar bormaydi. Shuning uchun to'rt yil masjidda qoldim. Ha, lekin turli masjidlarga bordim. Bir hafta bu yerga, ikki hafta u yerga, bir necha oy boshqa joyda. Hududga qarab, qanchalik qulay bo'lsa, o'zimni yaxshi his qilsam, shuncha ko'proq turardim. To'rt yil masjidda yashadim. Alhamdulillah. To'g'ri qaror qildim, chunki bu eng yaxshi joy va o'rganishning eng tez yo'li. Chunki masjidga kelganlar amal qiladi. Ulardan so'rashim, o'rganishim mumkin edi. Sizning oilangiz Islomga o'tganingizni qanday qabul qildi? Onangiz, otangiz nima dedi?

Onam biroz hayratlandi, chunki oiladagi eng kichik o'g'il men edim. Shuning uchun ularni ranjitib qo'yishimdan va menga nimadir qilishlaridan xavotirda edim. Ehtimol, urishar yoki meni qaytarishga majburlashar deb qo'rqardim. Bu meni xavotirga solardi. Ammo Alloh buyuk. Shuning uchun musulmon bo'lganimdan keyin uyga qaytmadim. Ota-onamga umuman aytmadim. Onam tirik edi, buvi ham bor edi, ammo men o'zimni chetga oldim, qayerda ekanligimni bilishmasin, menga xalaqit berishmasin derdim. Keyin ustozim yaxshi maslahat berdi, borib, ular bilan gaplashishim kerakligini aytdi. Uyga yetib borganimda, albatta onam xafa bo'ldi. Dastlab u juda xavotirga tushdi, o'g'limdan ayrilaman deb o'yladi.

Lekin, Alhamdulillah, u yer bu yerda biroz narsa o'rgandim va onamga "Onajon, o'g'lingizman, xitoylikman" dedim. Shunda u xonasiga kirib ketdi, eshigini qulflab oldi. Keyin buvim bilan, aka-ukalarim bilan gaplashdim, ular juda samimiy edilar. Allohu Akbar. Ular xursand bo'lishdi, menga savollar berishdi: qachon, qanday qilib musulmon bo'lding? Hozir ahvoling qanday? Bunga oddiy qarashdi. Bu esa menga katta dalda berdi. Keyin esa ularni xotirjam qilish uchun, uyga tez-tez borib turdim. Qayerda yashayotganim haqida tashvishlanmasinlar. Ularni tinchlantirish uchun yaxshi, katta uyda yashayapman derdim. Masjidda yashayotganimni aytmadim.

Keyin oradan vaqt o'tib, yaqinlashib bordik, ular mening o'zgarishimni ko'rishdi, va faxrlanishdi. Keyin onam o'zini yanada qulay his qildi, yarashib oldik. Ularning yonida qololmasdim. Men ular bilan biroz vaqt o'tkazdim, ular bilan gaplashdim, ularga meva olib borardim, Doim halol narsani uyga olib borardim. Shunday qilib ular farqni sezmadi. Qanday rivojlanamiz, bilasizmi? Agar islomning go'zal qadriyatlarini ko'rsatsak, menimcha, hamma islomni yoqtirib qoladi. "Hidoyat" Allohdan, albatta. Sizdan keyin oilangizdagi yoki yaqinlaringizdagi kimdir musulmon bo'ldimi? Alhamdulillah. Katta akam, vafot etishidan oldin, musulmon bo'ldi. Markazimizda uning janoza namozini o'qidik.

Onam, u ham musulmon bo'ldi. Alhamdulillah. G'arbda va shuningdek, Turkiyada ham, butun dunyoda ham ko'p odamlar tinchlikni meditatsiyada, buddizmda izlaydi. Buddizm inson qalbiga tinchlik olib keladimi? va meditatsiya bilan namozning farqi nimada? Taqqoslab bera olasizmi Odamlar odatda buni taqqoslaydi. Hamma narsaga qarasangiz, islomda hamma narsa mukammalroq va muvozanatliroq ekanini ko'rasiz. Bu shunchaki o'tirib, hech narsa qilmaslik emas. “Kulli harakah barakah” deb ishonamiz. Harakat har doim baraka olib keladi. Shuning uchun islomdagi namoz juda chiroyli. Bu mukammal, chunki namozimizni o'zimiz yaratmaganmiz. Namozda o'qiydigan barcha oyatlarni, sizu biz inson zoti belgilab bermagan.

Yo'q, bu Alloh tomonidan Payg'ambarga, u zotdan esa bizga o'rgatilgan. Bu juda noyob aloqa shakli. Namozda ruku’ (egilish), sajda (sujud) bor. Agar buddizmning “Dharma”siga qarasangiz, Muso va Iso alayhissalomning ta'limotlariga qarasangiz, ular ham ruku', sajda qilgan. “Ruku' qiluvchilar bilan ruku' qiling” deydi. Lekin keyinchalik odamlar amal qilmay qo'yishdi. O'zgartira boshlashdi. Avlodlar o'tgandan keyin izdoshlari butun ta'limotni unutishdi, ularda murojaat qilishga hech narsa yo'q. Asl kitob endi ularda mavjud emas. “Dharma”da ham shunday. Hamma narsa tarjima qilinib, hamma narsa nazoratdan chiqib ketgan.

Eski Tavrot endi yo'q, u Talmud bilan almashtirilgan, Injil ham shunday, hammasi chalkashib ketgan. Alhamdulilloh, Qur’onning mo’jizasi o’zgarishsiz, o’zgarmas holda, asl holida bugungacha qolgan. Allohu Akbar. Meditatsiya qilganda, odamlar hech narsani o'ylamaslikka harakat qilishadimi? Va sizningcha, bu mumkinmi va ruh uchun haqiqatan ham foydali deb o‘ylaysizmi? Meditatsiya bu sizga barcha salbiy kuchlarni yengishga o‘rgatadigan usullardan biridir. Meditatsiyani "tazkiyatun nafs" — qalbni poklash deb hisoblayman. O‘zingizdagi barcha salbiy narsalarni tahlil qiling, eslang va tozalashga urining. Har qanday salbiy narsani ijobiy yengishga urinishingiz kerak.

Shu bois ko‘p o‘ylab, tahlil qilishingiz kerak. Salbiy narsalarni o‘ylamasangiz, u sizga yordam bermaydi. Har qanday voqea bir sababga ko‘ra bo‘lganini o‘ylashingiz kerak. Shuning uchun sizda karma bor. Bunga "qada" va "qadar" deb ataymiz. Har bir voqea yuz beradi, "Har bir sinov ortidan baxt keladi" bilamiz. Atrofimizda yuz berayotgan barcha yomon narsalarning ortida, bir saboq bor. Ijobiy fikrlashingiz kerak. Alloh hech narsani sababsiz yaratmaydi. Biz uchun ya'ni hozir musulmonlar uchun ham, Islom juda mukammal, juda ravshan. U bilan bog‘lanish oson, tushuntirish oson. Shunday ekan, meditatsiya o‘sha davrdagi usullardan biri edi. Lekin endi yaxshi yo‘lni islomda ko‘rasiz, Allohu Akbar.

Tasavvur qiling, namoz o‘qishga kirishishdan oldin nima qilasiz? O‘zingizni tozalaysiz. Tahorat olishingiz kerak. Ko‘rdingizmi, Islom qanchalik mukammal. Bunda nima ma'no? Qo‘lingizni, og‘zingizni, buruningizni, yuzingizni yuvasiz? Chunki bu organlar tashqi dunyo bilan aloqa qiladi. Ahir atrofimizdagi hamma narsa buzilgan. Shuning uchun men har doim talabalarga, uchrashgan har bir odamga eslataman, iltimos, namozingizni qoldirmang. Faqat Alloh bilan aloqada bo‘ling, "Zikr qilinglar". Alloh har doim siz bilan. Qanchalik qiyin holatda bo'lsangiz ham, qanchalik xafa bo‘lsangiz ham, iltimos, namozingizni qoldirmang. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning qaysi jihatlari sizni tasirlantirgan?

Sallallohu alayhi va sallam. Ularni hech nima bilan solishtirib bo‘lmaydi. Chunki u barcha uchun rahmat sifatida yuborilgan. U bizga Allohga boradigan yo‘lni ko‘rsatish uchun ko‘p vaqt sarflagan. Uning o‘zi o‘sha yo‘ldir. Shuning uchun Payg‘ambarning sunnatini hech qachon e’tiborsiz qoldirmang. Barcha musulmonlarga va muslimalarga murojaat qilyapman, qayerda bo‘lsangiz ham, Payg‘ambarni chetga surmang. Allohga ishonaman deysiz, Alloh bitta shart qo‘ydi. "Qul in kuntum tuhibbun Allah fattabi'uni yuhbibkumullah". Uning elchisiga ergashishingiz kerak. Shuning uchun kamtar bo‘ling. Alloh nima dedi, Payg‘ambar nima dedi, shuni bajarish kerak. Hech qachon adashmaysiz.

Siz Xitoylik sifatida o‘z millatingiz uchun qayg‘urishingiz mumkin, bir milliarddan ortiq odamning aksariyati hozirda ateist hisoblanadi. Sizningcha, ularning qalbiga qanday yetish mumkin? Sizningcha, ularga islomni qanday tanishtirish mumkin? Sizningcha, buning yo‘li qanday? Shuning uchun juda ko‘p harakat qilyapman. Ular bilan gaplashib turaman. Doimo ular bilan aloqadaman. Tez kirishimliman va ular ham samimiy deb o'ylayman, birodar Ahmad. O‘z millatim bilan gaplashganda, oralarida xudoga ishonmaydigan ateistlar bo‘lsa aytaman, "Aziz aka-ukalar, opa-singillar, bilasizmi?" Birinchidan, "Hech qanday xudoga ishonmayman" deb aytsangiz, Islomga yaqinsiz.

Chunki musulmon bo‘lish uchun "La ilaha" deysiz. Boshqa xudo yo‘q. Shunchaki davom ettiring "illAllah" deyman, juda oson. "La ilaha" deb bo‘ldingiz. Agar davom ettirsangiz, Alhamdulillah. Shuning uchun ularga tushuntiraman va shunday his qildiraman. Islom shu yerda, go‘zal, sodda, oson. Alloh dinni qiyinlashtirmaydi. Bugungacha, qayerga borsam, odamlar bilan uchrashsam, doimo ular bilan suhbatlashaman. Alhamdulillah, ba'zilari ancha samimiy bo‘lishdi va hanuz o‘rganishmoqda. Ularga Qur’on beraman. "O‘qing, ma’nosini o‘rganing" deyman. Va ikki yil o‘tgach, ular kelib "Rahmat, Shayx. Qur’onni to‘liq o‘qidim" deyishadi. Bu juda hayratlanarli, qiziqarli. Ular juda samimiy.

Albatta, hidoyat Allohdan. Biz afsuslanamiz, ammo umidni yo‘qotmaymiz. Duo qilishni davom ettiramiz, qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Eng yaxshi taklif, Ahmad birodar, yaxshi namuna ko‘rsatishdir. Harakat so‘zdan avzalroq. Agar dunyodagi barcha musulmon bo‘lmaganlarga nimadir deyish imkoniyati bo‘lsa, ularga nima degan bo‘lardingiz? Doimo odamlarga musulmon bo'lish va Islom orasidagi katta farqni eslataman. Islom – bu ta’limot, musulmon – odamlar. Musulmon bo‘lishim bilan faxrlanaman, chunki Islomga ergashaman. Islom menga ergashmaydi. Iltimos, Islom bilan musulmon orasidagi farqni biling. Islom ma’lum bir irqga tegishli emas. U hammamizga tegishli. Shuning uchun I-S-L-O-M.

Doimo ingliz tilida shunday tarjima qilaman: (I Shall Love All Mankind) Men barcha insonlarni sevaman. Tushunmasangiz, iltimos, so‘rang va o‘rganing. Ammo to‘g‘ri manbalardan o‘rganing. Yaxshi odamlarga adolatsizlik qilmang. Biz tayyormiz. Xavotir olmang. Kimnidir muhokamasi uchun bu yerda emasmiz. Chunki har bir inson haqiqatni topish, solih bo‘lish va musulmon bo‘lish imkoniga ega. Chunki Islom hammamizga tegishli. Alloh rozi bo'lsin Shayx Hussain Yi. Intervyumizga kelganingiz uchun rahmat. siz bilan suhbatlashganimizdan mamnunmiz. Alloh sizni o'z panohida asrasin. Omin, birodar Ahmad.
