# FBI Agentidan Musulmon Imomligiga! – “Men FBI’dan Islom uchun voz kechdim” | Towards Eternity

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/from-fbi-career-to-muslim-imam-i-gave-up-the-fbi-for-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=GEEZTI6deOA
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

O'q otildi. O'q otildi. Federal Qidiruv Bo'limida ishlash ishtiyoqi meni Islomga olib kirdi. Bizning bir oilaviy do'stimiz FQB bilan ishlagan. Shu kishidan so'radim: "FQB agenti bo'lmoqchiman. Buning uchun nimani o'qishim kerak?" U kishi menga arab va fors tilini o'qishni aytdilar. Universitetning birinchi yilida Arab tilini asosiy yo'nalish sifatida tanladim. Bir vaqtning o'zida FQBdagi bir nechta yo'nalishlarga topshirib ko'rdim, va 2ta amaliyot o'rinlariga qabul qilindim, hatto razvedka tahlilchisi sifatida ishlashga taklif oldim. U yerda ba'zi narsalar juda maxfiy saqlanardi. Bir necha yil o'tib, yana boshlang'ich nuqtaga kelganimni sezdim.

Bir paytlar FQBga ishlardim, endi esa sud hay'ati oldida gapirib turibman. Qur'onni eshitishni boshladim. U aniq bu dunyoga tegishli kitobmas edi. Adnan Adrian kim o’zi? Hayotingiz haqida gapirib berolasizmi? Bismillahi rohmanir hohim, Alhamdulillahi robbil alamiyn Adnan degan ismni qabul qilishimdan oldin hamma meni Adrian deb bilardi. 1988-yilda tug'ilganman, Onam amerikalik, dadam esa Britaniyalik ingliz. Universitetning 1-yilida Islomga kirib kelganman. Shu paytlarda Arab mamlakatlarida, Yaqin Sharqda bir yarim yilimni arab tilini o'rganib o'tkazganman. Keyin Kaliforniyada yashay boshladim, shu yerda rafiqam bilan turmush qurganmiz, 12yil bo'libdi mana.

Oxirgi 10 yil mobaynida Rhode Islandda yashadik, bu yerda imom, Brown universitetida musulmon ruhoniy sifatida xizmat qildim. Hozirda Garvard universitetida doktoranturani yoqlayapman. Islomdan oldingi e'tiqodingiz qanday bo'lgan? Nimalarga ishongansiz? Aniq eslolmayman hammasini, lekin oyimning aytishlaricha 7 yoshimda o'zim biror cherkov topishni, a'zo bo'lishni, muqaddas suvga meni cho'mishlarini talab qilgan ekanman. Chunki men uchun e'tiqodim, dinim, Nasroniylik eng muhim narsa edi. Voyaga yetar ekanman, cherkovga tobora yaqinlashib bordim, juda berilib ketgandim.

Shunchalik darajada ediki, maktabni bitiryotgan yillarimda hatto yakshanba kunlar cherkovdagi minbarda nutq so'zlardim va yana boshqa shunga o'xshash narsalarda faol ishtirok etardim. Lekin shu yillarda men cherkovda ko'rgan ba'zi narsalarni, Nasroniylikning ba'zi elementlarini tushunmasdim. Biroq bilardimki, menga Xudo bilan meni bog'lab turuvchi narsa, ya'ni, din kerak. O'ylaganmanki, shu cherkov va shu din men uchun yetarli. Balki bundan yaxshirog'ini topolmasman, chegaralangan bilimga ega bo'lgan oddiy insonman axir. Shu sababdan bu dunyoda topishim mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa mana shu. E'tiqodingizni qaysi jihatlari sizni bezovta qilgan? Qanday jihatlari mantiqqa to'g'ri kelmagan?

Aynan e'tiqod bilan emas, balki Amal qilish bilan bog'liq tushunmovchiliklar bo'lgan. Birinchidan, turli xil mazhablar ibodat va e'tiqodlarida farqli ekanliklari. Cherkovda katta bo'lganim uchun ko'rganmanki, asosan maktabning yuqori sinflarida o'qib yurganimda o'tkaziladigan ibodat marosimlari ma'lum bir shaklga ega edi. Keyin yangi bosh ruhoniy keldi. U 1 yilcha, vaqtinchaga qo'yilgan ruhoniy ekan, hamma narsa o'zgarishni boshladi. Ibodat qilish yo'limiz o'zgargandi. U butun tartibni o'zgartirib yuborgandi.

Bu narsa meni taajjublantirdi, qanday qilib bir inson boshqalarning qarshiligiga qaramasdan o'z kuchini ishga solib, bizning Xudoga qay yo'sinda ibodat qilishimizni birgina qaror bilan o'zgartira olyapti? Va tabiiyki bu menda yangi savollar tug'ilishiga sababchi bo'ldi. Islomda sayohatingiz qanday boshlangan? 8-sinfimizda bizdan kasbiy layoqatimiz bo'yicha test olishgan. Men huquqni muhofaza qilish sohasida eng yuqori bal to'plaganman. Keyin shunday mulohaza qildim: huquqni muhofaza qilish sohasidan ketsam, politsiya xodimi bo'lolaman. Lekin bu sohada eng yuqorisiga erishishga harakat qilsam, FQBga kirishim mumkin. Shu onda qaror qildimki, FQBga kirishim shart.

Bizning bir oilaviy do'stimiz detektiv edi. Shu kishi avval FQB bilan ishlaganini bilardim. Shuning uchun u bilan gaplashdim, va so’radim. "Men FQB agenti bo'lmoqchiman. Buning uchun nimalarni o'qishim kerak? Jinoyatshunoslik, psixologiya, shunga o'xshash narsani o'qiymi? U kishi aytdilarki, "Yo'q, arab va fors tilini o'rgan." "Ularga hozir arab va fors tilini biladiganlar kerak. Shularni birortasini, yoki ikkisini bilsang, bu tashkilotga aniq qabul qilinasan" dedi. Dartmouth universitetida birinchi yil arab tilini asosiy yo'nalishim sifatida tanladim. Bu yo'nalishning asosiy bo'limlaridan biri Arab 10:Arab madaniyatiga kirish edi. Birinchi o'quv yilimizning qish fasli edi.

Shu kursda o'qiyotgandim. Bir kuni "Islom: Iymon Imperiyasi" degan hujjatli filmni ko'rdik. Shu videodagi azonni, namozga chaqiruvchi da'vatni butun hayotim davomida birinchi bor eshitishim edi. Va bu judayam go'zal edi. Shu hujjatli film davomida azonni yana bir necha bor eshitdim. New Hempshire atrofida qorli manzaralarda kezib yurar ekanman, kunlab hatto oylab atrofimdagi hamma narsa azonni akslantirib turgandek bo'lardi. Shu aksni ich-ichimdan his qilardim, bilasizmi, meni nimadir chaqirgandek edi. Shu daqiqadan boshlab men Islomni chuqurroq o'rganishga kirishdim.

Shunday qilib, barchasi bir-biriga ulanib ketdi, avval "qani buni o'rganib ko'ray-chi", keyin "buning ortida nimadir mantiq bor", so'ng "Mana bu men butun umr qidirib yurgan narsa ekan-ku" ga aylandi. Mukammalroq Nasroniy bo'lish uchun ham buni chuqurroq o'rganishim kerak deb o'yladim. Birinchi bor Dartmouth universitetida joylashgan Musulmon talabalar assotsiatsiyasiga kirdim va namoz o'qish tartibi haqida kichik qo'llanmani qo'limga oldim. Unda namoz o'qish tartibi, kichik detallargacha yoritilgandi. Men qo'llanmani o'qib chiqdim va angladimki, bu men butun umr qidirib yurgan narsa edi. Towards Eternity jamoasi sizning yordamingizga muhtoj.

Biz islom dinini butun dunyoga 10 dan ortiq tilda yoyishni maqsad qilgan xayriya tashkilotimiz. Yordamingiz bilan odamlar islomni qabul qilishlari, haromdan kechishlari, namozni boshlashlari, hijob o'rashlari, Qur’onni o‘rganishlari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin. Bu amallarning barchasidan siz ham savobga ega bo'lasiz, inshaAllah. "Towards Eternity" ga ehson qiling va bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Keyin o'yladimki, xo'p barchasini o'rganaman. Chunki men kichikligimdan ko'rib kelgan shunday ruhoniylar bor edi. Ular Hinduviylik, Buddizmdan, masalan, yoga yoki shunga o'xshash amallarni o'rganib, o'zlarini nasroniy sifatida yaxshilashgan edi.

Shunga o'yladimki, men ham Islomdan namoz tartibini o'rganib, mukammalroq nasroniy bo'lolaman. Bahorgi ta'tilda biz New Orleandagi Katrina to'fonidan keyin yordam safariga chiqdik. To'fon tufayli shikast yegan insonlarga yordam berishimiz kerak edi. Orada vaqtimiz bo'lganda dasturni boshqaruvchilaridan borib so'rardim "Sharq qayerdaligini bilmaysizmi?" Namoz o'qish uchun qiblani bilishim kerak edi. Ular mening nima qilayotganimni tushunmay, hayratda edilar. + Ha, tasavvur qilyapman. Nasroniylar uchun bu albatta buni so'rash noodatiy. Bu islomga kirib kelishimdan 2 oy oldin bo'lgandi. Shahodat keltirishimdan 2 oy oldin. Nasroniy sifatida namoz o'qiganingizda ichingizdan qanday hislar o'tgan?

Bu mening ichimdagi ba'zi savollarga javob topolmay yurgan lekin javob topishni juda istagan kichik Adrianning nihoyat tinchlik topishi edi. Ikki oycha shunaqa yurdim, Islomning qaysidir qismlarini chuqurroq o'rganib, hayotimga tatbiq eta boshladim. Lekin barchasini nasroniy sifatida shunchaki dinimga nimadirlar qo'shish uchun qilyotgandim. oradan ikki oy o'tgach, yana Musulmon talabalar assotsiatsiya xonasida haligi Juma namozi uchun hozir edim. Ibodatni boshlarkanman, sezdimki, bu men o'rganib qolgan cherkovdagidan umuman boshqacha hissiyot berar edi. Bu men doim izlab kelgan hislar edi. Manbalarni o'qirkanman, ular tobora mantiq kasb etib borardi.

Sajdada, rukuda bir tekiz tizilib turishda, barchasida Yaratuvchimga yaqinlashgandek bo'lardim. Shu paytgacha bunaqa narsani hecham his qilmagandim. Shu kichik namozxonada o'tirarkanman, chuqur o'yga toldim: Islomdan shuncha narsani o'rgandim, hayotimga tatbiq qildim. Mana bu mening nasroniylikka qiziqishim, va bu men kichikligimdan e'tiqod qilgan din, bu men shu dinda qadrlaganlarim. Oxirgi oylarda Islomda to u narsa haqida to bu narsa haqida chuqurroq o'rgana boshladim. O'ylab qarasam, Islomga nasroniylikdan ko'proq vaqtimni bag'ishlabman. Demak, menimcha, men islomni qabul qilishim kerak. O'tirib, o'tirib shu qarorga keldim, men musulmon bo'lishim kerak.

Shu onda imomning oldiga bordim "Men musulmon bo'lmoqchiman. Shahodat keltirmoqchiman" dedim. Yana so'ramoqchi bo'lgan savollarimdan biri: Nega nasroniylikni tark etdingiz? Qanaqadir mutanosiblik ko'rdingizmi? Men hechcham o’zimni nasroniylikni tark etgandek his qilmayman. Bunaqa qaror qilmaganman boshidan. Har xil e'tiqod, amallarni o'rganish orqali mukammalroq nasroniy bo'lish mening maqsadim edi. Keyin shunday xulosaga keldimki, bilasizmi, haqiqiy nasroniy aslida musulmon. + To’g’ri . Anglaganmanki, Iso (a.s), musulmon bo'lgan va insonlarni Islomga chaqirgan. Men shunchaki muayyan bir qabila, bir guruh kishilarining e'tiqodidan uzoqlashdim. Aslida bu olamdagi hamma dinlar...

Qaysidir odam yoki bir guruh kishilar, yoki qaysidir xalq nomiga qo'yiladi? Anglaganingizdek to'g'rimi? Nasroniylik Iso (a.s.) nomiga. Buddizm Budda nomiga. Yahudiylik yahudiylarga atab. Shunday qilib, barcha nomlar kimlargadir atalgan. Bilasizmi lekin Islom... Bu din hammaga tegishli. Va bu Iso (a.s)ga ham tegishli din. Yaxshiroq nasroniy bo'lish yo'lidagi uzoq harakatlarimdan so'ng angladimki, Musulmon degan nom menga nasroniylikdan ko'ra yaqinroq ekan. Atrofingizdagilarning islomni qabul qilishingizga munosabati qanday bo'lgan? Oyimning bunga ko'nikishlariga bir necha oylar ketdi. Bu mas'uliyatni o'z bo'ynimga olganman. Shahodat keltirgan kunimoq onamga buni aytganman.

Uyga borganda oyimni chaqirib, aytdim: "Oyi, siz bilan bir narsani gaplashib olmoqchiman." Oyim aytdilarki, "Adrian, men ketyapman. Kutib turolmaydimi shu gaping? Konsertga ketyapman dedi. Keyinroq gaplashsak bo'ladimi?" Aytdimki:"Oyi, men musulmon bo'ldim" Oyim javob berdilarki, "Uh, men ketishim kerak. Keyinroq gaplashamiz, xayr." Oyim mendan xavotir olyotgandilar, bilardilarki, hafta men uchun og'r kechyotgandi. Tushunishlari uchun biroz vaqt ketdi. Keyin nima bo'ldi? FQBga musulmon sifatida qabul qilindingizmi? Ho'sh... FQBga bo'lgan ishtiyoqim meni islomga olib kirgan. Aynan FQB agenti bo'lish uchun ham Arab tilini o'rganganman. Arab tili sharofatidan ham Islomga qiziqa boshlaganman.

Shu qiziqish tufayli musulmon bo'ldim. Keyin universitetning oxirgi yillarida FQBdagi bir nechta vakansiyaga topshirib ko'rdim, 2ta amaliyot o'rinlariga taklif etildim. Yozda Washington D.C da ham ishlab ko’rdim. Va eng maxfiy sirlarga menda kirishga huquq bo'lardi. Shu sababdan tabiiyki, meni jiddiy tekshirishgan, tahlil qilishgan. FQB mening butun hayotimni, men yashagan har bir joyni tekshirishgan. Hayotimda uchratgan juda ko'p insonlarga bog'lanishgan. Va men poligrafdan, yolg'on detektori testlaridan o'tganman. Ular mening butun hayotim haqida so'rashgan, ko'p so'roqlardan o'tganman.

6-8 oycha vaqt o'tgach, agar yordamim kerak bo'lsa, maxfiy davlat hujjatlarini ko'rib berishga hukumat tarafidan tayinlandim. FQBda ishlab yurgan paytlarimda bir necha narsalar "maxfiy" va "sir" deb belgilangandi. Butun hayotimda faqatgina bitta gapni "Eng maxfiy" deb belgilanganini ko'rganman. FQBga qabul qilindingizmi hozir? Qat'iy so'roqlardan o'tdim, 2 bor amaliyot o'tadim va razvedkachi sifatida ishga taklif etildim. Tashkilotda kelajakda ketadigan o'z yo'limni ko'ryapman. Lingvistlar bilan aloqada bo'lganman. Lingvist bo'lish fikri ham bor. 26ga kirsam, maxsus agent bo'lib ishlashga topshirolaman, karyeram shu nuqtadan davom etadi.

Demak FQBda musulmon bo'lib ishlagansiz, Bu qanaqa tajriba bo'lgan, keyin nimalar bo'lgan? Juda ham ko'p samimiy, yaxshi insonlarni uchratganman. Lekin men sekin-sekin uyg'onyotgandim. Bu mendan ancha vaqt talab qildi. Bilasiz, Amerikada katta bo'lganman. Bu yerda odamlar qanaqadir atrofga loqayd bo'lishadi, o'ylashadiki, shunchaki yaxshi hayot kechirsam, yaxshi uyim bo'lsa, yaxshi ishga kirib olsam, hech kimga ozor bermasam, yaxshi inson bo'laman. Bilishmaydiki, ular tanlagan uy, ular kirgan ish, va olayotgan ta'lim tizimlari, barcha-barchasi Amerikadagi va butun dunyodagi zulmga hissa qo'shadi.

Chunki G'arbda tarbiya topgan inson sifatida o'ylaysizki, politsiya bizni himoya qiladi, lekin boshqa jamiyatda katta bo'lsangiz, tushunasizki, politsiya ham qaysidir jamiyatlarga zarar yetkazishi mumkin. FQB ham shunday... Ha, FQB juda yomon ishlarga qo'l urgan insonlarni tutadi. Va huquqlari poymol etilgan insonlarning huquqlarini himoya qiladi. Lekin tashkilot siyosatga bevosita aralashadi. U siyosat asosiga qurilgan, siyosatchilarning manfaatlariga ko'ra FQB ham resurslarga bevosita hissa qo'shishadi. Buni ancha keyin, amaliyotimdan 1 yilcha o'tib tushundim. Keyin shu o'zim yoqtirib qolgan bir qizga uylanish haqida o'ylay boshladim.

Bilasizmi sevgan qizimning otasi bilan suhbatlashgach, tushunib yetdimki, bu ikki narsani muvozanatda ushlab turolmas ekanman. Bu ikkisi doim o'zaro qarama-qarshi kelib qolardi. Men ham o'zim uchun juda qadrli bo'lgan ruhiy-ma'naviy jihatdan yaqin jamiyatga xizmat qilib, ham unga shuncha zarar keltiryotgan tashkilotda ishlashni davom ettirishga yuragim betlamasdi. Xo'sh, nimaga FQBni tashlab ketdingiz? Bu sohada ishlashni yoshlingizdan orzu qilgansiz-ku. Din uchun bundan voz kechib yuborish qiyin bo'lmaganmi? Bu juda qiziq bo'lgan. Bu bir vaqtning o'zida ham qiyin, ham oson bo'lgan. Bu qarorga kelgan onda umuman qiyinchilik sezmaganman.

Bo'lajak qaynotamning uyida, mehmonxonasida o'tirgandim. Juda ham ajoyib, samimiy Afg'on bilan o'tiribman, xullas. Mehribon, hamisha yordamga hozir odam edilar. Meni juda yaxshi kutib olganlar. U kishi yaxshi niyatda kelganim uchun ham mendan mamnun edilar. Qizlariga uylanmoqchi edim. Biz mening hayotdagi maqsadlarim, kelajakdagi rejalar, qizlarining hayotimdagi o'rni kabi masalalar haqida suhbat qurdik. Ular juda ochiq, kulib gapiryotgandilar. To'satdan jiddiylashib: "Ha, o'ylashimcha sizdek musulmonlar FQBga kerak. Lekin ularga ishlaydigan musulmon mening qizimga uylanishiga rozimasman" dedilar. Bu gapdan birdan ustimdan suv quygandek bo'ldi. Angladimki, u haq. U 100 foiz haq.

O'zi shunaqa fikrlar kela boshlagandi. Qaynotamdan shu gapni eshitganimda obdon fikrladim, shunday ajoyib ayolning turmush o'rtog'i bo'lish, birga farzandlarimni tarbiyalash va bir umrlik suyanchimni topish... Yoki shu qizni tanlashim kerak, yoki allaqachon menda noqulayliklar paydo qila boshlagan yo'lni tanlashim lozim edi. Bilasizmi men hech ikkilanib o'tirmasdan uni tanladim. Va bundan afsusda emasman. FQBda ishlash meni diqqat-e'tiborli qildi. U menga bir yo'nalish berdi. Hayotda nimadir maqsad uchun yashashimda turtki bo'ldi. Hayotimning bu qismidan ayrilganimda shunday qarorga keldimki, endi musulmon jamiyati uchun xizmat qilaman.

Bilimimni oshirmoqchiman, Alhamdulillah, erishdim ham bunga. Ba'zi mahalliy hukumatlardan kerakli manbalarni qo'lga kiritolganim uchun Qur'onni o'rgana olganim, yodlay olganim va ilohiyot, aqida, fiqh asoslarini o'rgana olganim uchun Allohga hamdu-sanolar bo'lsin. Shunday qilib, musulmonlarga xizmat qilish, islomni chuqurroq o'rganish mening asosiy maqsadimga aylandi. Oxir-oqibatda mening hayotda yashashimdan nimadir ma'no bor edi. Yaratuvchimga bo'lgan e'tiqodimda bu narsalarni menga islom berdi. Bu dunyoda yashar ekanman, nimadir foydam tegishi kerak. Bir necha yil o'tib esa o'zimni yana boshlang'ich nuqtaga kelib qolganimni his qildim. Avval FQBga ishlardim. Endi esa oldinga siljidim.

Brown universitetida musulmon ruhoniy bo'lib ishlayman, Rhode Islandda jamoat imomiman. Shu yillar oralig'ida I**S Amerikada shu paytgacha bo'lgan eng katta tahdidlardan biri deb topildi. Shu paytlarda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha mahalliy agent men bilan aloqaga chiqdi. Uning nima ish bilan shug'ullanishini, va bu taklifni umuman rad etolmasligimni bilardim. Lekin men bu agentni nazoratda ushlab turishim kerak, chunki u musulmon jamiyatini o'rganmoqchi, va bu tizimga bilib-bilmay zarar yetkazishi mumkin edi. Shu FQB agenti men bilan endi birga ishlamoqchi bo'ldi.

Shu paytlarda men musulmon jamiyatida insonlarni yaqindan tanishni boshladim, Rhode Islanddagi qamoq tizimida ishlagan bir birodarimiz o'z hayotidan bir voqeani hikoya qilib berdi. Qamoqda bo'lganligi haqida. Biroz vaqt o'tgach, AQSH prokurori yordamchisi chaqiruv qog'ozi bilan Browndagi ofisimga keldi. Hujjat bo'yicha agar men ular so'ragan ma'lumotni bermasam, meni qamoqqa tiqishardi. Shunday qilib men kerakli odamlarga aloqaga chiqa boshladim, jarayonda o'zimni himoya qilish uchun advokat topishim kerak edi. Va o'sha kun keldi. Oliy sud hay'ati oldida gapirib turibman. Xabaringiz bor oliy sud boshqa sudlarga nisbatan boshqacha ishlaydi Amerikada.

Bunaqa sudda prokuror ishini bitirgach, sud hay'ati a'zolari istagan savollarini so'ray oladilar. Xullas xonada 20tacha Rhode Islandlik oddiy odamlar o'tirgandi. Ular mendan islom haqida so'ray boshlashdi. Aytolamanki... Prokurorga qaraganimda sezdimki, u o'zini noqulay seza boshladi. Keyin ayollardan biri... Juda bir ajoyib ayol edi. Shu kishi so'radilarki, "Siz bir birodaringizni esladingiz, birodaringiz uchun ma'naviy jihatdan ustozdek bo'lgan ekansiz, endi esa FQB agentiga va prokurorga shu insonning shaxsiy ma'lumotlarini yetkazyapsiz, bu narsa u kishi bilan orangizdagi munosabatga ta'sir qildimi?" Javob berdimki: "Albatta bu ta'sir qildi. So'raganingiz uchun rahmat.

Bu juda ham achinarli voqea." Albatta, sezdimki, prokuror sud hay'ati a'zolarining bu holat odamiylikka to'g'ri kelmasligini, va umuman bu holatning qanchalik bema'niligini sezib turganidan xursandmasdi. Islomni qabul qilganingizdan keyin atrofingizda kimdir sizdan o'rnak olib, musulmon bo'lganmi? Shahodat keltirganimdan 10 yilcha o'tib, buvimning uylariga borgandim O'sha paytlarda... Demensiyaning qaysidir darajasi bor edi buvimda. Kasallik sekin-sekin o'z alomatlarini ko'rsatyotgandi, qandaydir yosh bolalarcha beg'uborlik paydo bo'lgandi. Bir kuni uylariga bordim, xullas. Doimgidek dadamlar, aka-ukalarim bilan ko'rishga kelgandik.

Ularning ahvollari achinarli holatda edi, menga uzoq tikilib turdilar-da, aytdilar: "Yuqoriga chiqib qiladigan narsang bor-ku, shuni sen bilan qilmoqchiman." "Yuqoriga chiqib qiladigan ishim nima edi?" deb o'ylanib qoldim. Keyin tushundimki, bu yerda soatlab vaqt o'tkazganimizda namoz vaqti bo'lib qolsa, Peshin yoki Asrni o'qib olish uchun uzr so'rab, yuqoriga chiqib ketardim. Va buvim tepaga chiqib kelishdan oldin va keyingi yuzimdagi ifodani sezardilar. Shu sababdan nima qilishimga qiziqqandilar. "Namoz o'qishimni aytyapsizmi?" deb so'radim Gapimni tasdiqladilar. Aytdimki, "Ha albatta, men bilan namoz o'qishingiz mumkin." Shunday qilib, birga ibodat qildik.

Yana bir kun kelganimda so'radilar: "Yuqoriga chiqib yana ibodat qilsak bo'ladimi?" Men yana rozi bo'ldim... So'ng so'radimki, "Buvi, sizga Islom va Muhammad (s.a.v) haqida aytib beraymi? Javob berdilarki, "Ha, albatta bajonidil eshitaman." Juda ham ajoyib ayol edilar.. Oxiratlari obod bo'lsin. Hayotimda bunday mehribon ayolni uchratmaganman. Keyin buvimga barchasini tushuntirdim, "La Ilaha illallah" yani, imon kalimasi haqida aytdim, buning ma'nosi Allohdan boshqa iloh yo'qligi ekanligini, payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) kim ekanligini gapirib berdim. Ular Islomni qabul qilishga tayyor edilar. Islomni qabul qildilar, va shahodat keltirdilar.

Payg'ambarimiz haqida eshitganingizda ilk taassurotingiz qanday bo'lgan? Hayotlarini o'qir ekanman, tushundimki, u kishi deyarli hech qanday gunoh ishga qo'l urmagan, haq yo'lidan yurgan inson bo'lganlar. Menimcha shu eng muhim jihat. Men doim perfektsionist odam bo'lganman, doim to'g'ri ishni qilishga harakat qilganman, nimadir noto'g'ri ish qilsam, o'zimdan xafa bo'lib ketaman. Shunday o'rnak bo'ladigan darajadagi bir insonning hayotidagi kichik detallargacha yaqindan o'rganarkanman, shifo topgandek bo'lardim. Eng yaxshi inson qanday bo'lishi kerakligiga javob topgandim o'shanda.

U kishini har xil vaziyatlarda o'zlarini tutishlarini, hayotlari haqida turli hikoyalarni eshitar ekanman, ko'p narsani o'rgandim. Bu menga katta yordam bergan. Menga Qur'ondagi bir oyat haqida gapira turib, uning samoviy darajada muqaddasligiga ishonishingizni aytgandingiz. Shunga o'xshash oyatlarga 1-2ta misol keltirolasizmi? Men kichikligimdan pianino chalganman. Bu instrumentni ko'p yillar o'rganganman. Pianist sifatida soatlab yolg'iz mashq qilardim, hatto bir necha musobaqalarda g'olib bo'lganman. Musiqa hayotimda asosiy rol o'ynagan. Azon menga qattiq ta'sir qilgan sabablardan biri shu bo'lsa kerak. Bu chiroy va oddiylik mujassam dav'at meni lol qoldirgan.

So'ng Qur'onni eshita boshladim, bildimki, bu aniq bu dunyoga tegishli kitobmas, bu ilohiy bir manba. Musiqiy atmosferada katta bo'lgan inson sifatida tilovatning naqadar chiroyliligini tan olmasdan iloj yo'q. Qur'onning tilovat qilinishini eshitgan zahotim u mening qalbimdan joy olgan. Shunday qilib, Qur'onda mening e'tiborimni tortgan narsa uning falsafasi, ma'nosi emas, balki shunchaki tilovati edi. U menga samoviy bir narsadek ko'ringan. Birodarim Adnan, samimiy javoblaringiz uchun rahmat. Sizdan ko'p narsa o'rgandik. Bu ummatga keltiryotgan barcha yaxshiliklaringiz uchun Alloh sizni mukofotlasin. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Bu yerda bo'lish men uchun sharaf. Katta rahmat.
