# Pornografiya kelajakdagi hayotingizga qanday ta'sir qiladi! –NoFap Muvaffaqiyatsizliki!

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/how-does-pornography-affect-your-future-life-nofap-fail-at-iamlucid
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=FdZ9Xzjpo1s
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Men kuniga 10 martalab onanizm bilan shug'ullanaman. Bir kunda 12 martadan ham ko'proq qila olaman. Aytmoqchimanki, agar kuniga 3 marta bu ishni qilsangiz, tobe bo'lib qolasiz, haliginday, "oh, ajoyib!" Jinsiy zo'ravonlikka uchragan bolalarning millionlab pornografik tasvirlarini ishlab chiqarishdek tashvishli masala bor. Bu daxshatli mahluqotni o'z ongingizda yaratasiz. Ha shunday. Nimaga shama qilyatganingizni tushundim. Odamlar unga qaram bo'lib qolishgan. Bu zamonaviy sigaretalar deganidir. Singapurda bolalar ishtirokidagi porno-saytlar soni kun sayin oshib bormoqda. Bokiralik juda muhim narsa. Bu kimniningdir pokligini ifodalaydi.

Odamlar haqiqiy hayotga sarmoya kiritishdan ko'ra, ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga ko'proq mablag' sarflamoqda. Onanizm bu tabiiy ehtiyoj emas, agar qo'lingiz bilan harakat qilmasangiz, onanizm tabiiy ravishda sodir bo'lmaydi Zero u bolani dunyoga kelishiga sabab bo'lolmaydi Odamlar buni haqiqiy jinsiy aloqaga nisbatan qisqa yo'l sifatida tanlashadi. Haqiqiy tabiiy ehtiyoj esa, bu aslida juftingiz bilan uchrashishingiz unga uylanishingiz, u bilan birga bo'lishingiz va zurriyot qoldirishni istashingizdir. shu tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. Qo'l bilan ehtiyoj qondirishga kelsak, bunda hech qanday ma'no yo'q.

Agar bu ishni to'xtata olmasangiz, to'xtatishga harakat qilib, o'zingizga buni oxirgi marta qilaman deb aytgan holatda ham, kelajakda uch, to'rt, besh marta muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizni tushunganingizda, unga qaram bo'lib bo'lgan bo'lasiz. Achinarlisi shundaki, bu odamlarda, vaqt o'tgani sayin ayniqsa, yoshlar orasida ko'proq sodir bo'ladi, negaki vaqt o'tishi bilan pornografiyaga kirish osonlashib bormoqda.

Muammoga aylangan haqiqiy katta masala shu Agar ularni osonlikcha rag'batlantiradigan notabiiy aksariyat mamlakatlarda cheklanmagan, o'zlari xohlagan hamma toifaga doir millionlab videolarni soatlab tomosha qilish oson bo'lmaganida, odamlar buni o'zlari shunchaki mukkasidan ketib ko'rmasdilar. Miya o'rganishni bashorat qilish mashinasidir. Agar miyangiz boshqa odamlarning jinsiy aloqada bo'lishini ko'rib, qo'zg'alishni o'rgansa, bu juftingiz bilan yolg'iz qolganda ham qo'zg'alish qobiliyatiga ega bo'lasiz degani emas.

Odatda bu juda xotirjam, o'ta oddiy narsa sifatida boshlanadi, keyin esa ancha shahvoniy va aniqroq narsaga aylanadi, aslida bu ularning hayoti va munosabatlarini izdan chiqaradi, chunki ular ayollarga nisbatan ko'proq obyektiv idrok etishda davom etadi va ayollarni odatda shunday nigoh bilan ko'rishadi. Bu narsa ikkala jins uchun ham bir xil ishlaydi. Odatda, buni ko'pchilik yigitlarda sodir bo'lishini ko'raman, ayniqsa hozirgi kunda. Shunchaki to'xtay olmasangiz, bu muammoga aylanadi. afsuski ko'pchilik bunga qodir emas. Pornografiyaning zarari deyarli cheksizdir. Misol uchun, birinchidan, u qaramlikni yuzaga keltiradi.

Insoniyat hech qachon tarixida shunchaki cho'ntagiddan qurilmani olib Internetda tezkor qidiruvni amalga oshira olmagan. Telefonlarimizda jinsiy aloqa tasvirlangan har qanday videolarni millionlab soat cheklanmagan holda ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldik. Bu mutlaqo g'ayritabiiy. Bizning ajdodlarimiz, bobolarimiz va buvilarimiz deyarli 5 daqiqa ichida biz ko'rgan kabi ko'p yalang'och odamlarni ko'rmagan. Ayniqsa, pornografiyani juda ko'p ko'radigan yoshlar bunga tez moslashishadi miya, boshqa odamlar jinsiy aloqada bo'lganini ko'rganida qo'zg'alishga o'rgana boshlaydi.

va o'zida viyarizmni dasturlashtiradi Oxir-oqibat, sizda PIED - deb ataladigan jiddiy xastalik paydo bo'ladi ya'ni, porno tufayli kelib chiqadigan erektil funksiyaning buzilishi, shunday odamlarni bilamanki, ular real hayotda haqiqiy vazifasini bajara olmaydi, chunki videodagi tabiiy bo'lmagan holatlarni, va tanasi o'ta bo'rttirilgan yoqimtoy qizlarni tomosha qilishga odatlanishgan. Qisqasi, bunday odamlarning xirsini qo'zg'ashi mumkin bo'lgan yagona narsa bu hatto tabiatda ham yo'q. Ular, o'z xayolot olamida yashaydilar Ehtimol hatto nasl ham qoldirolmaydilar. Pornografiyaga qaramligi tufayli ularning turmushi ham dahshatli bo'ladi.

Shunday qilib, odamlarni, ayniqsa ayollarni obyektivlashtirish, jinsiy zo'ravonlik, zararli qaramlik xulqi, bu narsalar har safar qoniqish his qilishingiz kerak bo'lgan dofamin miqdorini oshiradi. Misol uchun, boshida siz juda oddiy videodan boshlaysiz va vaqt o'tishi bilan miyangizdagi dofamin retseptorlari ishdan chiqqani sabab ancha chuqurroq holatga kirib borasiz. xullas, birinchi darajali biror narsa sizni shartli ravishdagi 15chi daraja kabi hayajonga solmay qo'yadi Qolaversa, bu hali oxiri emas Dofamin cho'qqisi qanchalik baland bo'lsa, undan keyin qulash ham shunchalik chuqur bo'ladi. Hatto boshlang'ich darajadan ham pastga tushasiz.

Amerika Psixiatriya va Nevrologiya jamiyati a'zosi Doktor Lourens gamma skrinlash yordamida porno tomosha qilganingizda miyangiz bilan nima sodir bo'lishini ko'rsatadi. Bu jinsiy aloqaga qaram bo'lgan miyaning skaneri. 18 yoshli navqiron yigitniki Keling uni oddiy miya bilan taqqoslaymiz.

buni normal holat emasligini oddiy ko'z bilan ham ko'rsa bo'ladi Endi kokainga ruju qo'ygan odamniki bilan solishtiramiz, Mana bu kokainga ruju qo'ygan odam miyasi, Ko'rib turganingizdek, prefrontal korteksda, va miyaning yuqori orqa qismida oxshashlik bor Garchi miyaning yuqori orqa qismini ko'rmasangiz ham iz qoldirish ko'rinishi bir xil bo'ladi Agar biz saggital kesmda qaraydigan bo'lsak bu odam miyasini unchalik ko'p ishlatilmasligini ko'ramiz, chunki u miyasini faollashtirishi uchun jinsiy aloqa va boshqa rag'barlantiruvchi mashg'ulotlardan foydalanishga organib qo'lgan Xirs, pornografiya, kokain qaramligi bularning barida bir xil deaktivatsiyani ko'ramiz.

Mana qarang, oddiy odamning miyasida bu darajadagi burmalarni ko'rmaysiz. U ongni egallaydi. Ha, albatta bu ko'proq buzuq kontentlarga eshik ochadi Odamlar hatto jinoyatlarga qo'l urishgacha borishmoqda Chunki biz ko‘rayotgan videolar aslida yasama kadrlardir. bari sahnalashtirilgan voyaga yetgan shaxslar voyaga yetmagan shaxslar rolini o'ynashadi Ular ko'plab shtatlarda taqiqlangan o'ta jirkanch ishlarni qilayotganlarni rolini o'ynab berishmoqda. Videodagi odamlar aslida bu ishni qilmayapti. Lekin o'zlarini shu ishlarni qilishayotgandek ko'rsatishyapti. Endi buni ko'rayotgan tomoshabinlar bu ishlarni takrorlash uchun ko'proq ilhomlanishadi.

Jinsiy tajovuz, buzuqlik yoki kimgadir tashlanish kabi zararli xatti-harakatlarni qilish va shunga o'xshash narsalar. Chunki ular buni videoda ko'rishdi va bu endi haqiqiy me'yorga aylanib bormoqda. Aytganimdek, hammasi juda oddiy narsa sifatida boshlanib, keyin hatto, noqonuniy ishlargacha olib keladi. Masalan, toifalar boyicha tarqoqlik juda katta voyaga yetmaganlar yoki go'yo voyaga yetmagandek qilib ko'rsatishlar hozirgi kunda yirik kompaniyalar aynan shu uchun sudga tortilmoqda.

Yo bo'lmasa kimnidir zo'rlanishini ko'rsatish ehtimol bu kimnidir kayfiyatini uyg'otar balki uydan chiqib, buni haqiqiy hayotda qilish uchun ko'proq turtki berar, axir ular bu videolarni o'z telefonlarida osongina topishlari mumkin. Qolaversa tajovuzkorlik, zo‘ravonlik, uydagi tahqirlash va yuqorida aytilganlarning barchasini ko‘rsatilmoqda, garchi bularning hammasi sohta va aktyorlar rol ijro etayotgan bo‘lsalar ham, bu videolar normal holat sifatida talqin qilinmoqda e'tiborni jalb qiladigan darajada bu esa odamlarni yanada tajovuzkor va jinsiy zo‘ravonlik qilish ehtimolini oshiradi. Miyam pornografiyani ko'rishni tashlaganimdan keyin yana qayta tiklanadimi?

Ha, ehtimol bunga ruju qoyganlar uchun yagona yaxshi yangilik shundaki nafsni tiyish hushyorlikni oshiradi O'rta hisobda, komaklashuvchi tizim tahminan 1 yil atrofida yana asosiy holatiga qaytadi Miyangizni to'g'ri tasvirlar va sog'lom odatlar bilan oziqlantiring va albatta pornografiyani tomosha qilishdan butunlay uzoqlashishingiz zarur Qaramlik paytida miya retseptorlari soni dofamin ta'sirida juda kuchli kamayadi. Shu bois, bu toifadagi odamlar boshqalarga qaraganda kamroq zavqlanishiga hissini tuyadi. Onanizmni tashlaganlarning miya retseptorlari qisqa vaqtdan so'ng, tabiiy holatiga qaytadi.

Inson yana oddiy odamlar kabi sayohat qilish, do'stlari bilan suhbatlashish va sayr qilishdan zavq ola boshlaydi.
