# Lut qavmining jazosi AI orqali jonlantirildi — Qur’ondagi 3 mo‘jiza kashf qilindi!

- Language: uz
- Published: 2026-08-29
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/how-the-people-of-lut-pharaoh-saba-were-destroyed-3-quranic-miracles-discovered
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=fUcirUaM6Ok
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Qur’onda asrlar avval tilga olingan vayron bo‘lgan shaharlar nihoyat o‘z sirlarini ochmoqda. O‘qilgan iyerogliflar, samoviy toshlar va dahshatli vayronagarchilik izlari. Bugun sun’iy intellekt yordamida Lut, Saba va Fir’avn qavmining to‘satdan yo‘q bo‘lishini ko‘rsatamiz. Minglab yillar avval ular farovon hayot kechirishgan, muhtasham inshootlar qurishgan va kibr-u shahvat ortidan quvishgan. Ammo bir kunda hammasi ostin-ustun bo‘ldi. Qur’on bu halokatni batafsil bayon etgan. Payg‘ambar Muhammad alayhissalom bu haqiqatlarni mutlaq ishonch bilan yetkazganlar, holbuki, buni bilish imkonsiz edi. Asrlar o‘tib, ilm-fan buni tasdiqlamoqda.

Xo‘sh, Qur’on sahifalari arxeologik topilmalar bilan qanday qilib mukammal tarzda mos keladi? Bir oylab ko'ring shuncha vaqt yer ostida yotgan sirlar qanday qilib aynan hozir oshkor bo‘la boshladi? Bu uch qavm aslida qanday halok bo‘ldi? “Tongda ularni dahshatli qichqiriq qamradi. Biz shaharlarni ostin-ustun qildik va ustilariga olovli toshlar yog‘dirdik. Ular hamon yo‘l ustida turibdi.” Qariyb 4 ming yil davomida yashirinib yotgan bir sir ochilishini kutayotgan edi. 2005-yilda haqiqatni izlash Steven Kollinsni ulkan, sokin tepalikka olib keldi, Tall al-Hammomga. Aholi bu la’natlangan joydan iloji boricha yiroq yurardi. Ammo bu qanday joy edi o'zi? Bu — Sadom va G‘amora edi.

Bir paytlar behisob boylik, hashamat va go‘zallik maskani bo‘lgan shaharlar. Ammo axloq yo‘q joyda boylik nega kerak? Bu shahar misli ko‘rilmagan darajadagi jinsiy buzuqlikka botgan edi. Lut alayhissalom yolg‘iz qolgan bo‘lsalar ham ularni yillar davomida ogohlantirdi. Ammo ular quloq solmadi. Oxir-oqibat, Qur’onda tasvirlanganidek, ular butunlay yo‘q qilindi. Yillar davomida odamlar bunday falokat rostdan ham yuz berganiga kulishardi. Bunday sivilizatsiyaning qoldiqlarini topish mumkinmidi? Arxeologiya chindan ham Lut alayhissalom qissasini isbotlay oladimi? Javob kul va tosh qatlamlari ostida chuqur ko‘milgan holda o‘z vaqtini kutardi. Nigohlar O‘lik dengizga qaratildi.

Bu hudud asrlar davomida Lut qavmi bilan bog‘lab kelinadi. Arxeologlar Tall al-Hammomda qazishmalarni boshlagach, hayratlanarli dalillar topildi: erigan sopollar, kul qatlami va kuygan odam suyaklari. Go‘yo bu shaharlar to‘satdan yuz bergan falokatga uchrab, bir zumda vayron bo‘lgandek edi. Ammo qanday? Amerikalik va iordaniyalik tadqiqotchilar yillar davomida qazish ishlarini olib borishdi. Ular topgan narsalar esa tez orada butun dunyoni hayratda soldi. Bu oddiy shahar emas, ulkan shahar-davlat edi. Vayronagarchilik tasodifiy emas, uning aniq bir yo‘nalishi bor edi.

Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, binolarni poydevoridan sug‘urib yuborgan, buymlar va jasadlarni bir yo‘nalishda uloqtirgan. Arxeologlar maydalanib ketgan suyaklarni topishdi. Suyaklar mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgandi. Bir jasad go‘yo olovdan yuzini to‘sgandek himoyalanish holatida edi. Tadqiqotchilar kuchli bosim ta’sirida hosil bo‘ladigan shoklangan kvars va olmossimon zarrachalar topishdi. Yana tuproqqa singib ketgan iridiy va platina kabi noyob elementlar ham topildi. Bu minerallar koinotdagi portlashlarning odatdagi belgilaridir. Bu metallarni eritish uchun harorat 2 500 daraja Selsiyga yetishi kerak edi, ya’ni vulqondan ham issiqroq.

Yerdagi hech qanday hodisa bunday pastlikda bunday issiqlik va bosimni hosil qilmaydi. Bu koinotdan kelgan kamdan-kam uchraydigan va dahshatli vayronagarchilik edi. Bu kashfiyot butun dunyoni larzaga soldi. Ammo musulmonlar uchun bu xuddi Qur’on oyatlari ko‘z o‘ngimizda jonlanayotgandek edi holos. «Ustilariga pishgan loydan tosh yog‘dirdik». «Amrimiz kelganda shaharni ostin-ustun qildik». Bugun O‘lik dengiz qanday ahvolda? Xuddi nomi aytib turganidek: o‘lik. Qur’on, u nozil bo‘lgan davrni hisobga olsak, ekologiya haqida haqiqatan ham hayratlanarli fikr bildiradi tushunyapsizmi. «Quruqlik va dengizda buzg‘unchilik paydo bo‘ldi — bari odamlarning qilmishlari tufayli.

Alloh ularga qilgan ishlarining ayrim oqibatlarini ko'rsatdi». Bugungi kunda O‘lik dengizida hech qanday tirik organizmlar yashamaydi. Chunki bu joy bir vaqtlar Alloh belgilagan chegaralarni mensimagan bir jamiyatning makoni bo‘lgan. «Ey musofirlar, yoningizda umuman ayollar yo‘qmi?» «Biz bilan hech qanday ayol yo‘q. Iltimos, bizni qo‘yib yuboring». Alloh ularga bir payg‘ambar yuborgan edi, ammo ular uning so‘zlarini rad etishdi. Endi falokat boshlanishiga atigi bir necha soat qolgan edi. Allohning farishtalari Lut alayhissalomning huzurlariga kelib, kelishgan yigitlar qiyofasida ko‘rindilar. Ammo... «Bugun yana bir kelishgan yigit uning uyiga kirganini ko‘rdim».

Shaharning buzuq kishilari bundan xabar topgach, uy atrofini o‘rab olishdi. Ularning niyati aniq edi. «Endi ularni yashirolmaysan. Hoziroq chiq! Sabrimizni sinama». Payg‘ambar shu qadar qattiq uyat va iztirobga tushdiki, buni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmasdi. U baqirgancha «Allohdan qo‘rqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Orangizda birorta aqlli odam yo‘qmi?» dedi. «Chiqinglar! Bizni tinch qo‘ying!» Ular bir paytlar begunoh deb o‘ylagan bu manzara o‘sha kecha eng dahshatli nuqtaga yetdi. Lut alayhissalom vaqtni boy bermay, mo‘minlar bilan shaharni tark etdilar. Tun tongga ulanib, butun qavm yo‘q qilindi. Boylik, shon-shuhrat, kibr-u-havo...

Tong otguncha barchasi tarix zarvaraqlaridan o‘chirildi. Ulardan faqat toshlar va kul qoldi. Endi qadimgi Misrga yo‘l olamiz. Tarixdagi eng qudratli sivilizatsiyalardan biri. Bu yurt ulkan boylik, saroylar va kuchli qo‘shinlarga ega edi. Ammo bir kuni Fir’avn ko‘rgan qo'rqinchli tushidan dahshatga tushdi. Tushida Bani Isroildan bo‘lgan bir bola uni halok qilgani aks etgandi. Tojini saqlash uchun u shafqatsiz buyruq berdi: «Yangi tug‘ilgan har bir o‘g‘il o‘ldirilsin!» Aynan shu paytda Muso alayhissalom dunyoga keldi. Ammo uning onasi ilohiy ilhomga amal qilib, uni yog‘och sandiqda Nil daryosi oqimiga topshirdi. Taqdir taqozosi bilan, oqim uni dushman saroyiga eltib qo‘ydi.

Fir’avn o‘zi qo‘rqqan bolaning aynan uning saroyida tarbiyalanayotganini bilmas edi. Yillar o‘tib esa, taqdir Muso alayhissalomni saroydan uzoqqa olib chiqib, uni haqiqiy vazifasiga tayyorladi. Sahrodagi sokin hayotdan so‘ng, Muso alayhissalom Misrga qaytdilar va ilohiy da’vatni ado etishga kirishdi. Shoh kibri bilan payg‘ambar da’vati o‘rtasida buyuk to‘qnashuv boshlanish arafasida edi. Asrlar davomida hech kim qadimgi Misr yozuvlarini tushuna olmasdi. Ammo bitta kashfiyot bilan hammasi o‘zgardi: Rozetta toshi. Bu tosh o‘tmishga eltuvchi kalitga aylandi va nihoyat iyerogliflarni o‘qish imkonini berdi.

Yana Qur’onga nazar tashlasak, zamonaviy kashfiyotlarga mos keladigan tarixiy ma’lumotlarni topamiz. Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu yashirin haqiqatlardan xabardor bo‘lishini imkoni yo'q edi, chunki bu o'lik til edi. Bu esa mantiqiy bir xulosaga olib keladi. Qur’onda asrlar o‘tib haqiqat ekani tasdiqlangan yashirin tarixiy ma’lumotlar keltirgan bo‘lsa, demak, u Yaratuvchining kalomidir. Bu topilmalar Muso alayhissalomning hayoti haqiqiy tarixiy voqea bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Misr haqidagi bu aniq ma’lumotlar Tavrotda ham mavjud emas. Oddiy bir misol sifatida, Qur’onda qo‘llanilgan unvonlarni ko‘rib chiqaylik.

Muso alayhissalom qissasidagi hukmdor Fir’avn deb ataladi. Ammo Yusuf alayhissalom qissasidagi hukmdor podshoh deb ataladi. Tarixiy manbalarda «Fir’avn» atamasi faqat Yangi Podsholik davridan boshlab qo‘llanilgan, bu esa Muso yashagan davrga to‘g‘ri keladi. Undan oldin, Yusuf alayhissalom davrida, Misr hukmdorlari podshohlar deb atalgan. Tavrotda esa har ikki davr hukmdori ham «Fir’avn» deb atalib, bu farq ko‘rsatilmagan. Ya’ni ikkalasi ham Fir’avn deb ataladi. Bu Qur’onda Eski Ahdda mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos tarixiy aniqlik borligini ko‘rsatadi. Qur’on yashirin tarixni qanday ochib berishiga yana bir misol ko‘rish uchun, buyuk to‘qnashuv sodir bo‘lgan kunni olaylik.

Fir’avn Muso alayhissalomning da’vatini eshitgach, kibr va g‘azabga to‘ldi. O‘z qudratini isbotlash uchun Musoni omma oldida bellashuvga chaqirdi. «Bu saroy sening Robbingning sehriga bosh egmaydi. Misr o‘zining eng mohir sehrgarlarini chiqaradi. Keling, munosib kunda bellashish uchun vaqt belgilaylik». Muso alayhissalom sanani aniq belgiladi: hamma to‘planadigan kunni tanladi. Qur’onda bu kun «Yavm az-Zina» deb ataladi, ya’ni bezanish, ziynatlanish va go‘zallik kuni degan ma’noni anglatadi. Aynan shu jihat bu bayramni boshqa bayramlardan ajratib turardi. Qadimgi Misr tarixiga nazar tashlasak, «Opet bayrami» deb nomlangan katta tantanani ko‘ramiz.

Bu bayramning eng diqqatga sazovor xususiyati esa bezaklar edi. Uylar bezatiladi, erkaklar va ayollar ziynatlanadi, ibodatxona va butlar ham bezatiladi, O‘sha butlar chiroyli bezatilgan ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tilgan. Qur’on yana unutilgan tarixni ochib bermoqda. Yana bir bor Qur’on tarix unutgan bir haqiqatni ochib bermoqda. Qolaversa, bu tafsilotni Tavrotda ham uchratmaysiz. Muso (alayhissalom) ko‘rsatgan ochiq-oydin mo‘jizalarga qaramay... Fir’avn ishonishdan bosh tortdi. U Isroil avlodlariga nisbatan zulmini davom ettirishni tanladi. Natijada, Misrga ogohlantirish sifatida bir qator tabiiy ofatlar va balolar yuborildi. To‘fonlar... chigirtkalar... zararkunandalar... qurbaqalar...

suvlarning qonga aylanishi va yillar davom etgan ocharchilik. «Bizga nima bo‘lyapti?» «Uning la’nati! Musoning g‘azabi boshimizga tushdi!» Bugun ham o‘sha davr hujjatlarida bu balolarning qayd etilganini ko‘rishimiz mumkin. Niderlandiya Milliy muzeyida saqlanayotgan Ipuver papirusida shunday yozuvlar bor. Uning ayrim satrlari haqiqatan ham hayratlanarli. «Hamma joyda qon. Daryo qonga aylangan, ammo odamlar undan ichishda davom etmoqda. Odamlar bir-biridan qo‘rqib qolgan. Hatto suv ichganlaridan keyin ham, chanqoqliklari bosilmayapti. Kecha ko‘rilgan narsa bugun endi yo‘q. Yer qurib, vayronaga aylangan, go‘yo zig‘ir dalasi butunlay yulib tashlangandek. Yuqori Misr vayronaga aylandi.

Darhaqiqat, har tomonda g‘alla nobud bo‘ldi. Yerda yorug‘lik qolmadi.» «Nahotki Musoni qudratli Xudo yuborgan bo‘lsa? Balki... uning gapi rostdir». «Butun mamlakat bo‘ylab halokatli vabo tarqaldi». Nihoyat, Isroil avlodlarining Misrdan chiqib ketish vaqti keldi. Allohning amriga binoan, Muso (alayhissalom) mo‘minlarni tun yarmida yashirincha to‘plab, ozodlik sari yo‘l oldi. Ammo Fir’avn bundan tez orada xabar topdi. «Muso... bugun quyosh botishidan oldin mening oldimda tiz cho‘kasan. Askarlar! Bugun hech kim qochib qutulmasin!» Fir’avn va uning ulkan qo‘shini ularni quvib keta boshladi. Mo‘minlar dengiz sohiliga yetib kelishdi, bir tomonda suv, ikkinchi tomonda esa qo‘shin.

«Endi qochadigan joyimiz qolmadi». «Ana Muso! Uning qavmi ham u yerda!» «Muso! Mendan qochib qutulolaman, deb o‘yladingmi?» Allohning amri bilan, Muso (alayhissalom) aso bilan dengizni urdi, shunda suv ikkita ulkan devorga bo‘lindi va o‘rtada quruq yo‘l hosil bo‘ldi. Mo‘minlar darhol dengizga tushib, ikki devor orasidan yurib o‘ta boshlashdi. Bu manzarani ko‘rgan Fir’avn ikkilanmadi. «Hatto dengiz ham mening irodamga bo‘ysunadi. Mendan qochayotganlarni hech narsa qutqara olmaydi!» G‘azabdan ko‘zi ko‘r bo‘lib, qo‘shinini dengizning o‘rtasiga boshlab kirdi. U bu yo‘l uning uchun ham ochiq deb o‘yladi. Ammo aslida u ilohiy tuzoqqa qadam qo‘yayotgan edi.

«Bugun hatto Robbing ham seni qutqara olmaydi, Muso!» To‘satdan dahshatli, baland bir gumburlash yangray boshladi. Dengiz bor kuchi bilan ularning ustiga yopila boshladi. Qochishga joy qolmagandi. «Tamom bo‘ldik! Bu Musoning g‘azabi!» Fir’avn tavba qilishga urindi, ammo endi juda kech edi. Asrlar davomida fir’avnlar o‘zlarini ilohiyot deb da’vo qilishgan. Ular o‘limiga tabiatning o‘zi ham munosabat bildiradi, deb ishonishgan. Beshinchi sulolaga oid Piramida matnlarida aynan shunday deyiladi: «Osmon sen uchun yig‘laydi, Yer sen uchun larzaga keladi». Ammo Qur’on bu shohona targ‘ibotga qarshi haqiqatni bayon qiladi.

Unda Fir’avn va uning qo‘shini cho‘kib ketganida, na osmon, na Yer ular uchun yig‘lagani aytiladi. Duxon surasi, 29-oyat. Qur’on piramida bitiklaridagi bu iboralarning aynan aksini qo‘llagani tarixiy jihatdan nihoyatda hayratlanarli mo‘jizadir. Bu Qur’on manbai qadimgi Misrning eng sirli yozuvlaridan ham xabardor bo‘lganini ko‘rsatadi. Qur’on Fir’avn qissasini hayratlanarli bir va’da bilan yakunlaydi: «Bugun esa seni boshqalarga ibrat bo‘lishing uchun jasading bilan qutqaramiz». Bu so‘zlar Misr tili va uning an’analari butunlay unutilgan bir davrda aytilgan edi. Darhaqiqat, arxeologlar qadimgi hukmdorlarning mumiyolangan jasadlarini topishgan.

Qizig‘i shundaki, ularning ayrimlari Muso (alayhissalom) davriga mansub, deb hisoblanadi. Bugun ular asl haqiqatga kuchli dalil bo‘lib xizmat qiladi. Qur’on qadimgi Misrni go‘yo batafsil xaritadek tasvirlaydi. Masalan, unda Homon ismli bir kishi tilga olinadi, u Fir’avnga yaqin bo‘lgan va qurilish ishlariga mas’ul edi. Iyerogliflar nihoyat o‘qilgach, u yerda «Homon» degan ism topildi. Uning unvoni esa: «Tosh qazuvchi ishchilar boshlig‘i». Bular bir-biriga mos keladi. Qur’onda yana Muso (alayhissalom) davrida yashagan Samiriy ismli bir kishi ham tilga olinadi. Bugun esa Misrda Semeryu deb atalgan ruhoniylar guruhi haqida bilamiz.

Ular Qur’onda tasvirlangan o‘sha kishining xususiyatlariga juda mos keladi. Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) bu kabi aniq unvonlarni qanday bilgan? Shunga qaramay, Qur’on ularni 100 foiz aniqlik bilan tasvirlaydi. Bu shunchaki tarix emas. Bu ilohiy imzodir. Bu inson tomonidan yozilgan asar emas. Bu vaqtning o‘zini yaratgan Yaratganning kalomidir. So‘nggi manzilimiz — Yaman quyoshining jaziramasida cho‘zilib yotgan kimsasiz vodiy. Asrlar davomida bu yerda ulkan tosh xarobalar qum ostida yarim ko‘milgan holda yotardi. Odamlar qum orasidagi eski devorlar va singan ustunlarni ko‘rishardi, ammo ular nega qurilganini bilishmasdi.

Taxminan 150 yil avval Jozef Halevi va Eduard Glazer kabi tadqiqotchilar sirli yozuvlar bilan qoplangan qadimiy toshlarni topishdi. Bu yozuvlarda to‘g‘on va ikkita serhosil yer haqida hikoya qilinardi. Cho‘lning o‘rtasidagi to‘g‘on? U bu yerda nima qilyapti? Oradan o‘nlab yillar o‘tib, keng ko‘lamli qazishmalar boshlandi. Shunda suvni ikki tomonga yo‘naltirgan ikkita ulkan darvoza topildi. Qizig‘i shundaki, odamlarni hayratga solgan bu kashfiyot asrlar avval Qur’onda allaqachon bayon qilingan edi. «Darhaqiqat, Saba qavmining yurtida o‘ng tomonda bir bog‘, chap tomonda bir bog‘ bor edi». Saba — Yamanda yashagani aniq ma’lum bo‘lgan qadimiy jamiyat edi.

Bir vaqtlar bu kimsasiz vodiyning o‘rtasida ajoyib manzara mavjud edi: Bog‘lar, suv kanallari va yam-yashil yerlar. Buning siri esa uzunligi 580 metr bo‘lgan Ma’rib to‘g‘oni edi. U minglab gektar yerlarni suv bilan ta’minlagan. Uning mohirona qurilgan tizimi suvni ikki tomonga yo‘naltirgan. Natijada vodiyning o‘ng va chap tomonlarida yam-yashil bog‘lar barpo bo‘lgan. Demak, Alloh xohlasa, hatto sahro ham bog‘ga aylanishi mumkin. Ammo Saba' qavmi boyigani sari, shukr qilishni unutishdi. Ular Alloh belgilagan chegaralardan o'tishni boshladi. Allohning bunday ne’matiga shukr qilish o‘rniga, undan kibrlarini kuchaytirish uchun foydalanishdi.

Barcha gunohkor qavmlar kabi, ularga ham ogohlantirish berildi. Ammo ular ogohlantirishlarga quloq solmay, hayotlarini davom ettirishdi. Shunday qilib, boyliklarining eng yuqori cho‘qqisida, hech narsani kutmagan bir paytda, Qadimiy CIH 541 bitigida Ulkan toshqin yaqinlashayotgan edi. Suv to‘satdan tosh devorlarni vayron qilib, shahar tomon oqib keldi, bog‘larni barbod qildi. Ularning butun boshli uylarini oqizib ketdi. Oyatda shunday deyiladi: «Ammo ular yuz o‘girdilar. Bas, Biz ularga to‘g‘on toshqinini yubordik va ularning ikki bog‘ini achchiq mevali ikki bog‘ga, yulg‘unlar va ozgina sidr daraxtlariga almashtirdik.» Oyatda tilga olingan Arim toshqini shunchaki tasodifiy nom emas edi.

Arab tilida Arim to‘g‘on yoki to‘siq degan ma’noni anglatadi. Demak, Qur'on Arim toshqini to‘g‘onning qulab tushishi natijasida yuz berganini aniq tasvirlaydi. CIH 541 nomi bilan mashhur bo‘lgan bitikda to‘g‘onni saqlab qolish uchun olib borilgan umidsiz kurashni ko‘rishimiz mumkin. Bu oddiy ta’mirlash ishlari emas edi; bu ulkan milliy loyiha edi. Minglab odamlar to‘g‘onni ta’mirlash uchun oylar davomida mehnat qilishdi. Shu tariqa, jumboq to‘liq yechildi. Qur’onda nima deyilganini bilasizmi? «Kofirlar yer yuzida sayr qilib, o‘zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘rmaydilarmi?» Bugun tadqiqotchilar o‘sha izlarni birin-ketin topishmoqda.

Ammo bularning barchasi hali boshlanishi, xolos. Qur’on o‘tmish haqida allaqachon ko‘plab tafsilotlarni bayon qilgan. Ammo bu qissalarni bayon qilgan zot, Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam, na o‘qishni, na yozishni bilganlar. Agar o‘qish va yozishni bilganlarida ham, ular arxeolog emas edilar. U zot qazishma ishlarini olib bormaganlar, topilmalarni tahlil qilmaganlar, birorta bitikni o‘qib, yechmaganlar. Unda qanday qilib u zot tarix asrlar davomida ochib bermaydigan haqiqatlarni bayon qilganlar? Javob aniq: bu ma’lumotlarni u zotga Alloh bildirgan. Zero, U barcha narsani to‘liq biluvchidir. Bu qavmlar Allohning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgani uchun halok bo‘lishdi.

Ammo eng qo‘rqinchli jihati shundaki: o‘tmishdagi qavmlarni halokatga yetaklagan barcha sabablar bizda ham yetarlicha bor. Yagona farqi shundaki, bugun jazo yuqoridan yoki pastdan emas, balki o‘z ichimizdan kelayapti. Bugun bizga qanday ogohlantirishlar berilayotganini deyarli hech kim so‘ramaydi. Ruhiy holdan toyish. Jamiyatning yemirilishi. Oilaviy rishtalarning buzilishi. Zamonaviy depressiya epidemiyasi. Bir paytlar zavq bag‘ishlagan hayot endi azob keltirmoqda. Jinoyatchilik darajasining oshishi. Yuqumli kasalliklarning tinimsiz tarqalishi. Tabiatning vayron qilinishi. Iqlim inqirozi va hokazo. Bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu davrning jazosi sekin va uzluksiz yemirilishdir.

Bir xil ishni qayta-qayta qilib, boshqacha natija kutish aqlli odamning ishi bo‘ladimi? Ularning imkoniyati tugagan. Ammo biz hali ham nafas olyapmiz. Oyatdagi bir jihatni eslang: «Alloh ularga qilgan ishlarining ayrimini tottirib qo‘yadi, shoyad qaytsalar». Bularning barchasidan ko‘zlangan maqsad aniq... Ular qaytishlari uchun. Bizni O‘ziga qaytishimizni istaydigan Robbimiz bor. Qalbingizda: «Bu chaqiriqni jiddiy qabul qilishim kerak», degan tuyg‘u uyg‘onmayaptimi? Agar sizdan keyingilar uchun ibrat bo‘lishni istamasangiz, hoziroq ko‘zingizni oching. Chunki saboq olinmaguncha, dars qayta-qayta takrorlanadi. Besh vaqt namozni muntazam o‘qishga qiyinnalasizmi?

Qur’onni arab tilida o‘qib, Robbingizga yaqinroq bo‘lmoqchsiz-u nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Bizda ajoyib yangilik bor. Biz bu yo‘lda yordam beradigan ikkita mutlaqo bepul, reklamasiz ilovani ishlab chiqdik. Bizning ilovamiz bilan siz 40 kun davomida ibodatlaringizni nazorat qilib, namoz o'qish odatini shakllantirasiz. Lamelif ilovasi yordamida esa qisqa, oddiy va qiziqarli darslar orqali Qur’onni noldan o‘qishni o‘rgana olasiz. Buni keyinga qoldirmang. Bugunoq ilk qadamni qo‘yib, tavsifdagi havolalar orqali ilovalarni yuklab oling.
