# Menga hujum qilishdi va juda qattiq kaltaklashdi!" — Amina Bleykning Islomga qaytish hikoyasi

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/i-got-attacked-and-beaten-up-pretty-badly-conversion-story-of-ameena-blake
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=WgVH2q300Hw
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

E'tiqodingizga nima sabab shubha qila boshlagansiz? Eng katta qiyinchiligingiz qaysi bo'lgan? Siz o'sha paytdagi yagona hijobli avtobus haydovchisi edingiz to'g'rimi? Ha! Bir tanishim meni janozaga chaqirdi. Avval dafn marosimida qatnashmagandim, o'lik odamni umrimda ko'rmagandim. Xujum qilishgan. Qattiq do'pposlashgan. O'sha paytdagi mashinamni va pullarimni o'g'irlab ketishgan. Ey Xudo, sen bormisan yo'qmisan bilmayman. Lekin agar bor bo'lsang... Ko'zlarimga ishonolmay karaxt bo'lib qolgandim. Avvalo Ustoza Amina Bleyk o'zi kim degan savolga javob bersangiz. Hayotingiz haqida ham qisqacha. Bismillahir Rohmanir Rohim.

Xo'sh, o'zim haqimda gapirsam, tug'ilganimda onam 17 yoshli qiz bo'lib Liverpuldagi Chestrda yashardi. Onam meni mehribonlik uyiga topshirishga qaror qilganlar. Yoshligimda Sheffildlik bir oila meni asrab olgan. Shunday qilib Sheffildga keldim, hozir esa o'sha yerda yashayman. Oilada yagona farzandman. Otam Sheffild universitetida Ingliz tili professori va tilshunos edi, onam esa shoira va rassom edilar. Afsuski ikkisi ham o'tib ketishgan. O'zingiz ko'rib turganingizdek ziyolilar orasida o'sib ulg'ayganman. Lekin juda ham qaysar qiz bo'lganman. Otlar, mashinalar, avtobuslarga qiziqardim. Qizlarga o'xshab ko'ylaklarga umman qiziqmasdim. E'tiqod borasida nimaga ishonardingiz?

E'tiqod borasida men nasroniy sifatida tarbiyalanganman, bu aslida onamning iltimosiga binoan edi va men yakshanba maktabiga yuborilganman, bu menga juda ham yoqdi. Lekin o'smirlik davrimdan boshlab nasroniylik diniga shubha bilan qarashni boshlaganman. Lekin Injildagi hikoyalar, pay'gambarlar hikoyalari menga yoqardi Biz maktabda o'tirardik va o'qituvchi menga Iso alayhissalom, Muso va Ibrohim alayhissalomlarning hikoyalarini juda ham chiroyli qilib aytib berardilar. Hikoyalarni rohat bilan eshitardim. Taxminan 15, 16 yoshligimda Injil to'g'risida savollar bera boshlagandim. Uning haqiqiy ekanligiga va kelib chiqqan manbaalariga... shubha bilan qaray boshladim.

Ana shu yoshimda esa Xudoga ishonardim-u, lekin o'zimni diniy odam deb bilmas edim. E'tiqodingizga nima sabab shubha qila boshlagansiz? Va bu qachon bo'lgan? Injilda ham nomutanosibliklar borligini bilganimda. Ruhoniy juda oqko'ngil va ishonchli edi. Undan ular haqida so'ray boshladim. Nega Xudoga va Injilga ishonishim kerak? U esa yuraginga ishon dedi. Men qaysi asosga ko'ra dedim. Undan shu savollarni so'radim. Yuraginga, hislaringa ishonishing kerak. Xudoga ishonardim, lekin agar mana shu qo'lyozma o'zini Xudoning so'zi ekanini isbotlay olmasa, chunki ichida ko'p kamchiliklar bor edi-da. Meni bilishimcha Xudoning so'zida kamchiliklar bo'lmasligi kerak. Kitobga ishonchim so'ndi.

Islom to'g'risida nima bilardingiz? Musulmonlarni ichida yurardim. Xatto yoshligimda ham, otamni musulmon talabalari bor edi. Shunday qilib, mening Islom bilan birinchi aloqam 17-18 yoshlarimda birgalikda tungi klublarga boradigan qiz orqali bo'lgan. O'sha paytlari 16 yoshimda uydan chiqib ketgandim. Shu darajada isyonkor qiz edim. Davlatdan kichik bir uy-joy sotib olishga qaror qildim. Men noto'g'ri odamlar bilan aralashib ketdim va ba'zi unchalik yaxshi bo'lmagan odamlar menga yashayotgan kvartiramda hujum qilish uchun ba'zi odamlarni yuborishdi. Menga xujum qilishdi, yaxshigina do'pposlashdi. Mashinamni o'g'irlab ketishdi. Pullarimni o'g'irlashdi.

Va Subhanalloh, Allohning o'zi bandalarini shunday vaziyatlarga qo'yarkan-ki, ular nimanidir qilishga majbur bo'lishi uchun. - Gaplarimni tushunyapsizmi? - Boshqachasiga hayotingiz o'zgarmaydi. Uni o'zgartirish uchun qandaydir bezovtalik bo'lishi kerak. Mana shu voqea sababli kvartiramga borishga qo'rqib qolgandim. Uni o'rniga tungi klubga birga boradigan musulmon dugonamnikiga bordim. "Kelib uyimda yashab turishing mumkin" degandi. Xullas uni uyiga bordim. Qarasam uyida faqat bitta kitob bor ekan. U kitob Qur'on kitobi edi. U ham bo'lsa Inglizcha va Arabcha yozilgan ko'rinishi ekan. O'smir paytlarim juda hayotdan ko'p zerikardim. "Mana bu kitobni qara. Uni ko'rsam maylimi?" dedim.

Keyin u menga "Borib yuvin, qo'llaringni yuv, keyin kitobni ochib ko'rishing mumkin" dedi. Kitobni ochib ko'rdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, bir paytlari menga aytib berilgan hikoyalar ekan. "Bu qissalarni eshitganman-ku!" dedim. Chunki maktablarda, buni bilish juda muhim. G'arbdagi maktablarda Islom va Xristianlik butunlay boshqa, boshqa narsa deb o'rgatiladi. Xudo bilan Alloh o'rtasida hech qanday avtonomiya yoki taqqoslash yo'q. Alloh musulmonlarniki, Xudo xristianlarniki. Bu ikkisi boshqa boshqa din deb o'rgatiladi. Men shunday tushunganman. Shunday qilib undan savollar so'ray boshladim. O'sha dugonamdan. Bu qanaqa kitob? Nega u xristianlikka juda ham o'xshaydi?

U meni qo'shni odam bilan tanishtirdi, u esa "Menga biroz muxlat bering, javobini bilib kelaman" dedi. Balki shayxni oldiga borgandir. Shayx unga bir nechta oyatlarni ko'rsatgan, u oyatlar aynan mening savollarimga javob ekan va ular ilmiy jihatdan isbotlangan. "Voy zo'r ekan-ku!" deb turganimda, u yana bir muhim ma'lumotni qo'shdi. Ya'ni, bu oyatlarning hammasi sahroda yashaydigan savodsiz bir kishiga 1400 yil avval nozil qilinganligini aytib berdi. Buni eshitib karaxt bo'ldim. Keyin u kishi bizga Risolat nomli bir video ko'rsatdi. Video ikki yarim yoki uch soat edi, esimdan chiqibdi.

Alloh subhanahu va taoloning irodasi bilan men televizor bor xonaga kirganimda, film oxiriga yetib qolgan ekan, Bilol (r.a) Ka'bada turib Azon ayta boshlagan sahnasi edi. Azonni eshitdim. Shunday holatga tushdimki, mening bor vujudim ana shu azon bilan o'rab olingandek bo'ldi. O'zimni iliq his qildim, xuddi azonga singib ketgandek his qildim o'zimni. Albatta bu iymon halovati. Iymon halovatini his qilgach, dugonamga qaradimda, men musulmon bo'lmoqchiman va hoziroq bo'lishni istayman dedim. Oilangiz, ya'ni yaqinlaringiz bunga qanday munosabat bildirishdi? Bu 11-sentabr voqeasidan avval bo'lganligi uchun oila a'zolarim oson qabul qilishdi. Undan tashqari Britaniyada ko'p-madaniyatlilik bor.

Islom dinini qabul qilishim bilanoq uyimga borib ota-onamga bu haqida aytganimda o'zimni noqulay his qildim, ko'pchilik musulmonlar kabi. Otam buni o'tish davri deb qabul qildilar. Oyim esa biroz qiynalayotganimdan va ishlay olmayotganligimdan ancha havotirga tushdilar. Ikkovlari ham mendan havotirlanishdi, lekin farzandlari Islom dinini qabul qilgan hozirgi ota-onalar kabi emasdi. - Shunda otangiz jiddiy qabul qilmaganmi? - Boshida jiddiy qabul qilmadi. Lekin keyinchalik otam Islom meni qanchalik og'ir bosiq, aqlli, yaxshi xulqli, mehribon, qilganini ko'rdilar, Alhamdulillah. Islomni menga foydali ekanini ko'rib unchalik qarshi bo'lishmadi.

Musulmon bo'lgach eng katta qiyinchiligingiz nima bo'ldi? Katta qiyinchiliklardan biri menimcha ilm olish bo'ldi. Bilasizmi, ilm olishni chin qalbimdan xohlagan edim. O'zi boshida musulmon bo'lishni juda ham, juda ham xohlagandim, endi musulmon bo'lib olib o'qiganim faqat La Ilaha Illaloh edi xolos. O'zimni dunyodagi eng zo'r da'vatchi deb o'ylardim. Chunki iymonim bor edida. Agar shu iymonni boshqalarga ham ulashishni, Islom xabarini tarqatishni istar ekanman ilm olishim lozim. Bu hayotimni bir qismiga aylandi. Bu ilmni kimdan oldingiz? Hayotdagi maqsadingiz nima bo'ldi? Xo'sh, meni maqsadim ruhiy hisga tayanar edi, lekin buni avval boshdan his qilmabman.

Demak, ko'pchilikdagi muammo yolg'izlik muammosiga qaytsak, ko'pchilik musulmonlar va yangi dinga kirganlar mana shu yolg'izlik hissi haqida negativ tomondan gapirishadi. So'nggi bir necha yil ichida men buni Alloh subhanahu va taolo tomonidan berilgan sinov ekanini va buni boshdan kechirish juda ham, juda ham muhimligini angladim. Nima uchun? Chunki, musulmon bo'lganingizdan so'ng, yoki o'z ma'naviyligingizni qabul qilganingizdan so'ng, shu holatga tushasiz, buning sababi siz yordamni boshqa odamlardan so'rayotgan bo'lasiz. Masalan men dugonamdan ibodat qilishni o'rgatishini so'rardim. So'rayverdim, so'rayverdim, lekin hech kim o'rgata olmasligidan juda ham qattiq hafsalam pir bo'lardi.

Hamma InshaAlloh derdiyu o'rgatmasdi. Bu holat davom etdi, shu darajaga yetdiki, odamlardan yordam so'ramasligim kerak ekan, bu noto'g'ri iltijo. Asli iltijo Alloh taolodan so'rash ekan. Telefon butkasi oldida juda ham baquvvat, zabardast bir yigit turardi. U menga butkadan qarab turardi. Boshini chiqardida menga qarab "Musulmonmisan?" dedi. "Hozir, shoshmay tur" dedi. Shunaqa odam sizga shoshmay tur desa albatta kutib turasiz. Xullas kutdim. Telefonni oldida bir raqamga terdi. Jiringlashi bilanoq telefonni chiqarib menga tutqazdida "Mana, bu Tresiy, gaplash" dedi va men trubkani oldim.

Va, Subhanalloh, u nafaqat mening ustozim bo'ldi, balki o'zimda ham Ustoza bo'lish uchun rag'batni uyg'ota oldi. Menga ibodat qilishni o'rgatdi. Iymon arkonlarini o'rgatdi. Musulmon bo'lishning to'g'ri yo'lini ko'rsatdi, hijob haqida aytib berdi. To'g'risi o'sha ayol mening Allohga qilgan duolarimning ijobati edilar. Subhanalloh, ajoyib. Islomiy amallar-chi? Masalan 5 mahal namoz o'qish, ro'za tutish, ular siz uchun qiyin bo'lmaganmi? Namoz bilan bo'lgan voqealar ham ajoyib edi, chunki endi ibodat qilishni o'rganayotgan edim. Tresiy menga kichkina bir kitob bergandi, undan o'qib ibodatni o'rganardim. O'rganardim, lekin ibodat qilmayotgandim.

Ana shu paytda esa, bir do'stimning otasi narvondan yiqilib tushgan edi. Yuragi xuruj qilibdi, musulmon oila edi ular. Xullas yiqilib yuragi xuruj qilib vafot etibdi, Alloh rahmatiga olsin. Avval o'sha do'stimni uyiga borganimda uning otasi tahorat qilib oshxonaga kirib ketardi. Oshxonadagi gaz plitalari oldida ibodat qilardi. Ibodat qiladigan odam sifatida faqat uni tanirdim xolos. Xullas meni janozaga chaqirishdi. Undan avval dafn marosimida bo'lmaganman, o'lik odamni ham umuman ko'rmaganman. Pokiston madaniyatida hammasi boshqacha. Unga ko'ra esa mayitni bir xonada, tobut ichiga solib to Janoza namoziga tayyor bo'lmagunicha yuzini ochiq holatda olib o'tirishadi.

U meni o'sha uyga taklif qilib, "Kel qara, dadam sen haqingda ko'p gapirardi, kelib yuzlariga qara" dedi. Qo'rquvdan qaltirab turardim, u qo'rqma yo'q, kelaver dedi. Tobut ichiga qaradim, qaraganimda uning ichida yotgan kishi, Allohning qudrati bilan jilmayib yotar edi. Tabassumi juda ham chiroyli edi, yuzidan esa nur chiqib turardi. Ana shu daqiqada Alloh taolo menga o'sha kishining ibodat qilayotgan manzarasini esimga solib qo'ydi. Shu zahoti tushunib yetdimki, uning bu tabassumi, ana shu ibodatning samarasi ekan. Ana shu kundan boshlab birorta namozni qoldirmadim. Biroz oldin faqat siz hijob o'ragan avtobus haydovchisi bo'lganingizni aytgandingiz.

Bolaligimdan beri katta mashinalarni yaxshi ko'raman. Bir paytlar fermada ishlardim, u yerda traktorlar va shunga o'xshash narsalarni minib ko'rganman. Xullas yetarli yoshga kirdim, Britaniyada avtobus haydash uchun 21 yoshdan kam bo'lmasligingiz kerak. Men esa musulmonman, hijob o'rab yurardim. Avtobus haydashdan hijob meni to'smaydiku deb o'yladim. Alhamdulillah, avtobus stansiyasiga bordim, xujjat topshirish uchun ruxsat berishlarini talab qilib turib oldim. Oldimda uchta to'siq turar edi. Birinchidan men ayol kishiman, juda ham yosh ayolman. Ikkinchidan musulmonman, hijob o'rab yuraman, bu ham muammo bo'ladi.

Oxirida esa Musulmon jamiyati to'siqlaridan o'tishim kerak edi, ya'ni politsiyadan. "Bu nima qilganing? Hijob o'rab olib erkaklarga aralashib yuribsan, unday qilma bunday qilma." Shunga o'xshash gaplar edi. Guruhdagi boshqa qatnashchilar hammasi erkak kishilar edi. Ularni ichida esa faqat men imtihondan bittada o'tib ketdim. Iymoningizni qanday qilib saqlab qoldingiz va Islomdan yuz o'girayotgan odamlarga nima deyish mumkin? Bu yerda ko'p narsalarni hisobga olish kerak. Avvalo yangi dinga kirganlarga yo'lboshchi kerak. To'g'ri yo'ldan adashmasliklari uchun ularga qo'llab quvvatlovchi shaxs kerak bo'ladi.

Ko'pchilik odamlar Alloh taolo musulmon bo'lish uchun ularga iymon halovatini va hidoyatni berib qo'yganligi bilangina iymonim ham, taqvoyim ham kuchli bo'lib qoldi deb o'ylashadi. Lekin unday emas. Bu xuddi yangi tug'ilgan chaqaloqdan marafonda yugurishni kutgandek gap. Bo'lishi mumkin emasku. Demak sizga qo'llov zarur. Boshqacha qilib aytkanda musulmon bo'lish uzoq bir jarayondek gap. Aynan shunday. Ana shu jarayon mobaynida mustahkam tayanchga juda ham muxtojmiz. Ijtimoiy, emotsional, psixologik tayanch zarur. Mana shu orqali oldinga harakatlana olasiz. Sizningcha Islomofobia hozir kuchayib bormoqdami? Va buni to'xtatish uchun nima qilish mumkin? Islomofobiya albatta kattalashib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoq buning asosiy maskani. Biz, bir ummat sifatida albatta birlashishimiz lozim. Alloh taolo bir biringizdan ajralmang deydi. Chunki ajraldikmi zaiflashimiz aniq. Birlashishimiz kerak. Xatto mana shu mavzuda ham. Hikmat bilan ish ko'rmoq joiz. Alloh taoloning so'zlari va hidoyati orqali ilm va hikmatni egallashimiz lozim. Mana shu orqali butun dunyo tushuna oladigan qarshi fikrni ayta olishimiz mumkin bo'ladi. Buni qanday qilamiz? Bu ham o'zimizga bog'liq. Lekin hech nima qilmay jim o'tira olmaymiz. Chunki jim o'tirsangiz ichingizda bir bo'shliq paydo bo'ladi. Bo'shliq nimadir bilan to'ldirilishi lozim. Hozirda yomonlik bilan to'lyapti. Biz din vakillarimiz.

Islomni eng chiroyli namuna bilan tanitishdan bizni nima to'syapti? Bu din juda chiroyli, ko'pchilik unga albatta muxtoj. Rasululloh hayotlaridan bir qissa keltiraman. O'sha paytlari ham media bor edi, to'g'rimi? Media hamma vaqt bo'lgan, so'z shaklida. Rasululloh alayhissalom Makkaga kirganlarida media nima dedi? U bizni o'ldiradi, qatl qiladi, qonimiz daryo bo'lib oqadi. Hamma tahlikada edi, chunki u kishiga vaqtida yaxshigina zulm qilishgan. Ammo Rasululloh sollollohu alayhi vassallam Makka shahriga kirganlarida, hammani atrofiga to'playdilar. "Men sizlarga nima qilaman bilasizlarmi?" deydilar. "Endi sizlarni nima qilay?" So'ngra Yusuf surasidagi Qu'ron oyatlaridan keltiradilar.

Keyin Alloh taoloni rahmlilarning rahmlisi ekanligini aytadilar. Demak u zot noto'g'ri fikrni yo'qqa chiqardilar. Biz ham ijobiy fikrni uyg'ota olsak, ana shunda media va hukumatni aytadigan safsatalarining umuman qizig'i qolmaydi. Chunki ana shu ijobiy fikr odamlarni yuragida shundoq ham bo'ladi. Odamlarni Islomga chaqirishni eng yaxshi yo'li qaysi? Odamlarni hayotiy tajribalariga qarab ularni Islomga chaqirishning ko'plab yo'llari mavjud. Islomni haqiqiy solih amallari bilan yashasangiz, siz ishonchli insonga aylanasiz, barcha insonlarning eng zo'riga aylanasiz. Islomga tilda aytgandan ko'ra, uni amalda bajarasiz.

Nafaqat Rasululloh alayhissalomning, balki Yusuf alayhissalom va boshqa payg'ambarlar hayotlariga qaraydigan bo'lsak, aynan shu narsa bilan odamlarning ishonchini qozona olishgan. Chunki, agar insonlarning ishonchini qozona olmasangiz, agar eng zo'r inson bo'la olmasangiz, unda nega odamlar sizni haq to'g'risidagi xabaringizga quloq solishlari lozim? Masalan o'zingizni xulqingiz noto'g'ri bo'lsa. Rasululloh alayhissalomning qaysi sifatlari sizga eng ko'p yoqdi? Bu juda ham juda chuqur savol. Javobi esa hammasi. Hammasi. Har safar Rasullulloh alayhissalom haqida nimanidir o'qib o'rgansam, u kishiga bo'lgan muhabbatim ortaveradi. Ammo bir o'zgacha narsa bor.

Ana shu narsadan xabar topganimda yig'lashni boshladim, Subhanalloh. Rasululloh alayhissalom betob bo'la boshlaganlarida juda ham chiroyli bir hodisa ro'y beradi. O'lim soatlari yaqin edi. U kishini ikki sahobalari yetaklab ketishardi. Ana shunda "Birodarlarimni sog'indim" deydilar. Sahobalar "Axr biz yoningizdamizku" deyishdi. U zot esa "Yo'q" dedilar. "Mening birodarlarim menga iymon keltirishadi, ammo o'zlari meni umrlarida ko'rmaydilar." Dunyodagi g'ayridin kishilarga biror nima deyish uchun bir daqiqa berilganida nima degan bo'lardingiz? Men ularga har xil xurofotlarni bir chetga surib, yuraklarini keng qilishlarini va qalb xotirjamligi haqida o'ylashlarini aytgan bo'lardim.

Qalbingiz va hayotingizda qanday xotirjamlikka erishishni istaysiz? Juda ham ko'pchilikda to'ldirilishi kerak bo'lgan ruhiy bo'shliq bor. Musulmon bo'lmagan do'stlarim mendan so'rasalar shunday javob beraman. Haqiqatni izlayotgan bo'lsangiz, yuragingizni keng qilib va adovatlarni bir chetga surib, samimiylik bilan haqiqatni izlasangiz va duo qilsangiz. "Ey Xudo sen bormisan yo yo'qmisan bilmayman, lekin agar bor bo'lsang meni to'g'ri yo'l sari boshla" desangiz, ana undan keyin ko'rasiz nima bo'lishini.
