# "Ateist ota, Islomga qarshi xotin: Mening Islomga safarim"/ Islomni qabul qilgan Yaponiyalik juftlik

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/i-grew-up-in-a-buddhist-temple-but-i-chose-islam-a-japanese-couple-converts-to-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=_b36ybUtO8M
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Buddizmga qattiq ishonardim. Ibodatxona yoshlari a'zosi edim. Ko'p marosimlarga qatnashardim. Otam qattiqqo'l va ateist faylasuf edi. Yillar davomida menga xudojo'ylarga qarshi turishni uqtirib kelganlar. Maktabdan haydaldim. Qiyinchiliklar ko'rdim. O'sha payti dinim menga yo'l ko'rsatmasligini anglab yetdim. Islomning dunyo qarashi juda ravshan. Barcha muammolarga osonlik bilan yechim topadi. Ayolim Islomga o'tganimni bilgach qattiq jahli chiqib menga qarshilik qila boshladi. Meni musulmon bo'lmaslikka ko'ndirish uchun u ham Islomni o'rgana boshladi. Karona virusi yuqdi. Hech tuzalmadi. Nafas olish darajasi qoniqarli edi. Shu sabab unchalik cho'chimadim, ammo havotirim bor edi.

Hayolimga har xil narsalar keldi. Balki shu holatda o'lib ketarman! Kutilmaganda bir kuni u shunday dedi: "Agar o'lsam, siz va farzandlarimiz boradigan joydan boshqa joyga borishni istamayman." Assalomu alaykum birodarim Shige va singlim Liza. Suhbatga kelganingizdan juda mamnunmiz. Bundan boshimiz ko'kka yetdi. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Rahmat. Birodarim Shige, hayotingiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi? Men to'rtinchi avlod yapon-amerikalikman. Otam qattiqqo'l va ateist faylasuf edi. Keyin Buddizimga o'tdilar. Onam esa yoshliklaridan Buddist bo'lganlar. Uning oilasi esa Amerikada yapon Buddizm missionerlari edilar. Men boshlanishiga buddist edim.

Milliyligimizga sodiq qolish uchun Yaponiyada an'anaviy yapon san'ati bilan shug'ullangandim. Ammo buning o'rniga Islomga qattiq bog'lanib qoldim. Men Yaponiyada tug'ilganman. Ota onam ham yaponiyalik. Avval men Isoga sig'inardim. Ibodat qilardim. Iso bilan gaplashardim. Ammo Islomdan xabarim yo'q edi. E'tiqod borasida qanday bo'lgansiz? Oilamizda buddizm asosiy din edi. Bobomni xalq orasida obro'lari baland bo'lgan. Onam ibodatxonada ishlardilar, men esa ko'p vaqtimni... Ya'ni har yakshanba o'sha yerda edim. Yoshlar jamosi a'zosi edim. Ko'p marosimlarda qatnashardim. Juda ham hayron qoldim. Chunki Xristian dinida har shanba ibodat kuni hisoblanadi, ammo yaponiyada bunday narsa yo'q.

Lekin Buddaga atalgan qo'shiqlari borligini ko'rib taajjublandim. Har shanba ibodat qilavermasdim. Bir necha oy borardim xolos. Otam bizni xristian cherkoviga olib borardilar. Nima sabab shubha qila boshladingiz? Doim e'tiqodimdan shubha qilardim. Buddizmga ishonardim ammo Jodo Shinshu ta'limotiga shubha qilardim. U yapon Buddizm turlaridan biri. Yaponiyadagi eng asosiy ta'limot bo'lsa kerak. Yaponiyada Buddizm dini asosiy tan olingan edi. Juda yuqori darajada. Xatto bir qonunga ko'ra: Yaponiyadagi har bir oila ismi biror ibodatxonada ro'yxatga olingan bo'lishi shart. Ya'ni birortasiga mansub bo'lish kerak.

Tarixni o'rganar ekanman, shu narsani tushundim; tarixda hech qaysi din, o'zining diniy fatvolarini o'sha davr siyosatga asoslanib chiqarmaganligiga guvoh bo'ldim. Boshqa narsalar ham g'alati tuyulardi. Islomga intilishingiz qanday bo'lgan? Maktabda ko'p muammoga uchrardim. O'zimni kimligimni ko'rsatish borasida ko'p qiynalardim. Juda ko'p chirangandirman. Maktabdan haydalganman, ko'p qiynalganman. O'sha paytlari dinim menga yo'l ko'rsatmayotganini tushuna boshladim. Hayotda to'g'ri qaror chiqarishda foydasi tegmayotgandi. Ana shunda Yaponiya an'analarini chuqur o'rganishga kirishdim.

Hayolimda, mayli dindan biroz uzoqlashib turaman, lekin, agar bor diqqatimni boshqa yaxshiroq narsa qilishga sarflasam balki shundagina qilishim kerak bo'lmagan ishlarga vaqtim qolmas deb o'yladim. Shunday boshlandi. 2006-yil Yaponiyaga xorij talabasi sifatida qaytdim. O'shanda ayolim bilan tanishdik. Haqiqiylikni his qilish men uchun muhim edi. Balki shu sabab o'zimni yapon milliy an'analari bilan band qilib yuborgandirman. Biroz muddat shu meni dinim bo'lib qoldi. Ana mana deguncha 2012-yil keldi. O'sha yili Suriyalik bir yaqin do'stim mamlakatidagi notinchliklar sababli Yaponiyaga kelgan edi. Siyosiy qochqin maqomida keldi. Suhbatlashishni boshladik.

Xudoni qanday tasavvur qilishini so'radim. Xudo nima o'zi? U butun olammi? Yoki u bulut ustida o'tiradigan soqolli kishimi? Sen uchun Xudo nima o'zi? Uning javobi shunday ajoyib bo'ldiki. "Bir narsa ko'rsataymi?" dedida menga Ixlos surasini ko'rsatdi. Biz shunga ishonamiz dedi. Ha, demak Xudo odam emas ekan. Albatta, u odam emas, dedi. Unda u koinotmi? Yo'q, uni tasavvur qila olmaysan. Uni hech qanday tengi yo'q. Xristianlarning U haqidagi gaplariyam bekor. Ya'ni, u yaratilmagan, tug'magan ham, tug'ilmagan ham dedi. Aniq javob. Ha, gapingda jon bor, dedim. Mayli kelishdik, dedimda o'zimcha. O'sha do'stimni uchratganim, hayotimdagi muhim voqea bo'ldi. O'shanda hayot haqida chuqur o'ylardim.

O'shanda shundoq ham Xudoga ishonib yurganimni payqadim. O'tmishimga qarasam, o'ylashimcha hayotim davomida Xudoni borligiga ishonganman. Lekin nimadir sabab bu haqiqatdan qochaverardim. Balki shunday qilishimga asosiy sabab otamning juda qattiqqo'l ateist faylasufi bo'lganliklari sababdir. Xudojo'ylar bilan qanday kurashishni yillar davomida uqtirib kelardilar. Ularga qanday javob qaytarishni, Xudoga bo'lgan ishonchlarini mensimaslikni, Iso keltirgan xabar haqida uqtirmoqchi bo'layotgan nasroniylarga qarshi qanday qarshi turishni o'rgatganlar. To'g'risi juda yoshlik paytimdan beri, taxminan 10 yoshimdan beri menga Xudo bor deb e'tiqod qilishning o'zi noto'g'ri deb o'rgatilgan.

Ishonmasliging kerak. Yoshim katta bo'lib ibodatxonaga bordim. Xudoga ishonolmayman. Chunki, yo ibodatxonaga o'zimni bag'ishlayman, yoki Yaponiya an'analariga o'zimni bag'ishlayman. Ular xudoga ishonmaydi. Menda ruhiy bosqich juda qisqa muddat bo'ldi. Shuni o'zi xolos. Bir yigit Islom haqida aytib berdi, o'tmishdagi qolgan o'sha hayollarimni esga oldim. Tan olib aytsam men ham o'zi shunga ishonardim. Qiyin bo'lmadi, juda tez o'tdi. Bir lahzada musulmonga aylandim. Islomning dunyoqarashi juda ravshandir. Bir tomondan o'zingiz ishonsangiz, yana kimdir shuni tasdiqlab tursa uning aniqligini ko'rmaslik imkonsiz. Barcha muammolaringizga oddiy javob bor.

Lekin izlanib, chuqur mushohada qilib ko'rishimga ko'p vaqt ketganini, menimcha bularning hammasiga keyinchalik yaqinlarimga tushuntirishim kerakligi haqida o'ylayverishim edi. Faylasuf otamga nima deyman deb o'yladim? Ibodatxonada ishlaydigan buddist oyimga nima deyman? Ibodatxonada katta bo'lgan bo'lsam. Ularga qaysi yuz bilan qarayman? Hammalari bobomni, otamni va meni yaxshi tanishadi. Bu qaroringizga ayolingiz, oila a'zolaringiz qanday munosabatda bo'lgan? Menimcha asosan shundan qo'rqqansiz? Bilasizmi nima? Video davomida reklamalar ko'rmadingiz to'g'rimi? Loyhamiz notijoriy bo'lganligi sababli, bunday videolarni qo'llovingiz bilan chiqarishimiz mumkin.

Solih amalga sherik bo'lmoqchi bo'lsangiz, Towards Eternity loyhamizga ehson qiling va ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bu qaroringizga ayolingiz, oila a'zolaringiz qanday munosabatda bo'lgan? Menimcha asosan shundan qo'rqqansiz? Aynan shu sababli Islomni chuqur o'rgandim. Nima bo'lishini bilardim. Birinchidan o'z ayolim bunga qarshi bo'lishini bilardim. Oilasi ikki karra qarshi bo'lardi. O'zimni oilamda ham shu ahvol. Ota-onam ayniqsa qabul qilolmasdi. Bu hech kimga yoqmasligini bilardim. Shu sababli biroz muddat iymonimni qo'limdan kelgancha yashirib yurdim. Odamlar oldida namoz o'qimasdim. Ro'za tutsam birovga aytmasdim.

"Doktor qabuliga borishim kerak, doktor ovqat yemay turing dedi" kabi shunga o'xshash bahonalar qilardim. Suv ichgandek bo'lardim lekin ichmasdim. Uzoq muddat yashirib yurdim. Balki ayolimga munosabatimni o'zgartirsam, to'satdan yaxshi erga aylansam, yoki turmushimiz yaxshilanganini ko'radigan bo'lsa, balki o'zi mendan "Nega birdan yoqimli er bo'lib qoldingiz" deb so'rab qolar deb o'yladim. "Sizga nima bo'ldi" deb. Lekin o'ylaganim bo'lmadi. Har bir kichik o'zgarishga alohida e'tibor berishim lozim edi. Masalan namoz, ertalab bomdodga uyg'onish. Buni shovqinsiz qila olamanmi? Xullas, hozir ham odamlar kuladi.

Qo'ng'iroq chalishi bilanoq, shunga o'rganganman, sakrab turamanda, qo'ng'iroqni birinchi tovush tugamasidan o'chiraman. Aslida 3 4 marta chalishi kerak. Men esa birinchisidayoq... Juda tez edim. Keyin ayolim musulmon bo'lganimni payqab qoldi. Islomga ko'ra ro'za tutardim, hech nima ichmayotgandim. Ovqatlarda cho'chqa go'shtini ishlatmaslikni aytgandim. Shunda u Islomga qarshi bo'lib qoldi. Meni Islomdan qaytarish uchun o'zi Islomni juda chuqur o'rgana boshladi. O'zi tinchgina yurgandim lekin soqol qo'yishni boshladim. Ha to'g'ri. Oilamizda kimki meni yuzimni ko'rsa har doim, "Usama bin Ladinga o'xshab qolibsan" deyishardi.

"ISHIDga qo'shilmoqchi bo'lsang Yaponiyada nima qilyapsan?" "Soqolingni ol, juda g'alati ko'rinyapti, yuzingni tozalab ol" Ustara olib beraylikmi?" shunga o'xshash gaplar. Qachon qarama shu ahvol... - Gaplarim uchun uzr. - Hechqisi yo'q. Hechqisi yo'q. Xullas shunaqa. Ayolingiz qanday muslima bo'ldi? Xullas ahvol juda jiddiylashdi. Xatto ajrashish to'g'risida gaplasha boshladik. Men buni xohlamadim. U esa "Mayli ajrashmaymiz, lekin siz boshqa joyga borib yashang" dedi. Boshqa xonada yoki boshqa uyda yashang. O'sha yerda musulmon bo'lavering. Rasmiy jihatdan biz er xotinmiz. Har hafta bolalarni ko'rishga kelishingiz mumkin, lekin boshqa joyda musulmon bo'ling. Bizni aralashtirmang.

Hayotimizni qiyinlashtiryapsiz. Xullas hammasi chalkashib ketdi. Bir kuni kechqurun uyga keldim. Ikkinchi qavatda turardik. Kvartiramiz zinalari yonida turardim. Birinchi pilla poyaga oyoq qo'ygani kuch topolmadim. Zina oldida turar ekanman, juda charchagan edim. Janjallardan charchadim. E'tiqodimni himoya qilishdan charchadim. Soqolingni olib yur degan odamlardan charchadim. Juda ko'p narsalardan charchagandim. O'sha yerda turar ekanman, birinchi marta Allohga yuzlandim. Ortiq bunday qilolmayman, dedim. Menga yo'l ko'rsat. Bilmadim, ayolimni to'g'ri yo'lga boshlaysanmi, iltimos bir yengillik ber. Unday bo'lmasa mayli, menga nima yaxshiligini o'zing bilasan. Ortiq chidolmayman.

Juda charchadim. O'shanda endi Karonavirusi boshlangandi. Beshinchi kuni ekan. Tuzalganlar tuzalib ketaverardi. Ahvoli og'irlashganlar esa battar bo'lardi. Ko'pchilikning vafot etgani yangiliklarda ko'rsatilardi. Kasalxonalar butunlay to'lib bo'lgandi. Qo'rquvni pallasi edi. Hamma Karonadan qo'rqib qoldi. Boshida men ham kasallandim. O'sha payti Karonavirusingiz bo'lsa kasalxonalar sizni qabul qilmasdi, tez yordam ham kelmasdi. O'zingiz ham bu haqida birovga aytishdan qo'rqasiz, chunki hijolat bo'lasizda. Bu xuddi qora o'lat kabi edi. Shunda bir muddat xonamga qamalib oldim. Nima bo'layotganini bilmagandik. Lekin tuzala boshladim. Men tuzalar ekanman ayolim kasal bo'la boshladi.

Tana haroratim umuman tushmadi. Tinmay yo'talardim. Narsalarni ta'mini umuman his qilmay qo'ydim. Atrofimdagi odamlar havotirlana boshladi. Ulardan uzoqda turishim kerak edi. O'zimni xuddi g'alati va tushunarsiz kasallik yuqtirib olgandek his qilardim. Hayolimdan bir fikr ketmasdi. "Agar bu holat davom etaveradigan bo'lsa, balki rostan ham o'larman" "Agar shunday bo'lsa unda erimni va bolalarimni boshqa ko'rmaymanmi?" Hech tuzalavermadi. Ikki hafta o'tdi, u esa battar bo'laverdi. Uch hafta o'tdi. Yo'tali to'xtamadi. Va bu tabiiyki yaxshi holat emasdi. O'zimni qarashimdan kelib chiqsak juda havotirda edim. Nafas olish darajasi yomon emasdi shu sababli unchalik ham qattiq havotir olmadim.

Erimni ahvoli bir pastda yaxshi bo'lib ketdi. Lekin meni ahvolim borgan sari yomonlashardi. Va mening havotirim oshib boraverardi. Kun bo'yi xonamda yotganligimiz sababli hech kim bilan ko'risha olmasdim. O'zim bilan gaplashishga ko'p vaqtim bor edi. Bilasizmi men tug'ma jangchiman. O'ylashdan o'zimni to'xtata olmadim. Tinmay yomon narsalarni o'ylayverdim. Ulardan eng yomoni "Balki mana shu holimda o'lib ketarman." Keyin bir kuni o'zidan o'zi u menga shunday dedi. "Demak, shahodat keltirish uchun ikki kishi guvoh bo'lishi kerakmi?" To'xta. Tushunolmadim nima? Birorta dugonang so'rab berishni iltimos qildimi? "Yo'q men uchun" dedi. Men esa "Nima?" deyaverdim. Shahodat? Shoshmachi. Ha to'g'ri.

Shoshma senam musulmon bo'lmoqchimisan? Agar shu holimda o'lib ketadigan bo'lsam... O'zi musulmon bo'lish niyatim yo'q edi. Shahodat keltirishni xohlamagandim, lekin ortiq o'yin o'ynashga toqatim qolmagandi. Keyin esa shu savolni berdim. Ko'zlarimga qarab turdida "Ha. Agar o'ladigan bo'lsam, siz va bolalar boradigan joyga borishni istayman" dedi. "O'lsam sizlar bilan bo'lishni xohlayman" Shunda darrov o'g'limni chaqirdim. "Yuki, kel o'g'lim. Bizga keraksan. Tezroq kel" dedim. U yosh bola, balki hisobga o'tmas. Lekin Karona davri edi. Boshqa iloji yo'q. "Guvoh bo'lib turishing kerak o'g'lim." Biz uni yonida turdik. U yotgan joyida shahodat keltirdi va hammasi shu.

O'zimni juda yengil his qildim. Xuddiki havf xatar ortta qolgandek. Xuddi o'lsam ham hammasi yaxshi bo'ladigandek edi. Lekin baribir o'lmay qoldim! Baribir o'lmay qoldim, balki bu unchalik ham qo'rqinchli narsa bo'lmagandir. Ammo, shahodat keltirganimdan so'ng juda katta saodatni his qildim. Butun qalbimni Alloh tomonga burganimdan o'zim ham juda hursand bo'lib ketganimni eslayman. Bir necha hafta o'tib shuni payqadim. "Shoshma, axir men taslim bo'lgandim, bor yo'g'i ikki hafta ketdi xolos." "8 yil oldin shu ishni qilmaymanmi. Shu paytgacha nima qilib yurgan edim?" dedim. Shuncha payt bekor ketmasdi. Shu paytgacha, shu paytgacha ko'plab solih ish qilgan bo'lardingiz. Shuncha payt o'tdi.

Agar bu qissadan olinishi kerak bo'lgan saboq bo'lsa unisini bilmadim. Ko'pchilik aynan meni hikoyam haqida so'rashadi. Ularda doim meniki unchalik muhim emas, eng muhimi ayolimni hikoyasi deyman. Chunki 8 yil davomida oilamizdagi barcha kelishmovchiliklarga qaramay men hech nima qilolmadim. Men shunchaki "Ey Alloh, iltimos, mushkulimni o'zing hal qil" dedim xolos. Ikki hafta o'tib shu holat bo'ldi. To'g'risini aytadigan bo'lsam, bu shu darajada to'satdan keldiki, yillar davomida ayolim musulmon bo'lganini hazm qilish ham qiyin edi. Bomdodga turib olardimda kelib uyg'otsammmikan yo uyg'otmasammikan deb turardim. Uyg'otaymi yo uxlayversinmi? Uyg'otsam so'kib bermasmikan?

Rostan musulmon bo'ldimi yo bu tushimmidi? Mana shunday qilib turganimda birdan ko'zlarini ochib qolardi. Va menga qarab "Bomdod bo'ldimi?" desa "Ha" derdim. Keyin ibodat qilardik. Bir muddat bo'lsada oilaviy ma'lum bir millat vakillari bo'lgansizlar. Musulmon jamiyatiga teskari urf odatlar. O'rganib qolgan anrsalaringizni tark qilish qiyin kechmadimi? Ha. Juda qiyin kechdi. Hamma narsani qurbon qildim. Pulim, vaqtim, kuchim. Xatto boshqalar bilan oqibatimni ham. O'shancha narsadan voz kechganimda ham hali hech nima qilmagandim. Boshqa ish qilish qo'limdan kelmaydi. Tirikchilik uchun boshqa biznes qilay desam na darajam bor, na yetarlicha ilmim bor edi. Juda qiyin bo'lgan, ha.

Shunday bo'lsada, Allohning bir va'dasi bilan yashar edim. Ya'ni Alloh uchun biror narsani tark qilsangiz u sizga undan yaxshirog'ini ato qiladi. O'ng qo'limda shu va'da, chap qo'limda esa butun hayotim turardi. Bunisidan voz kechdimda haqiqiy rejaga tayandim. Alhamdullillah, Alloh meni qalbimga mana shu ishonchni, iymonni solib qo'yganligi uchun Alhamdulillah deyman. Muslima bo'lganimdan so'ng, qalbim ko'zi ochildi. Nima to'g'ri, nima noto'g'riligini angladim. Musulmon oilaga aylangan ekanmiz demak biz ham ularning jamoalariga qo'shilishimiz, farzandlarimiz uchun ham do'stlar orttirishimiz lozim edi. To'g'ri ba'zida tarafkashlik qilib qolardim.

Bilasizmi, Yaponiyada xusumat bilan yashash noto'g'ri hisoblanadi, shuning uchun buni yengishim kerak edi. Har holda avval shunaqa o'ylardim. U muslima bo'lgach, men bilan birinchi Ramazonini kutib oldi. Meni ro'za oylarim judayam, judayam qayg'uli o'tardi. Juda qayg'uli holat edi. Butunlay bir o'zingiz, juda qiyin va qayg'uli bo'lardi. Yolg'iz saharlik qilasiz, yolg'iz iftorlik qilasiz. Unchalik quvonchli emasdi. Ayolim bo'lsa Instagramda postlar ko'rib o'tirardi. Odamlar iftor qilish uchun dastuxron yozib hursandchilik qilishardi. Ular Ramazon oyini xuddi festival kabi o'tkazishardi. Ayolimni jahli chiqdi. Menga qarab "Men shunaqa Ramazonni xohlayman. Bizni Ramazonimiz dabdalaku" dedi.

O'sha paytlari u bir tashkilotda ishlayotgan edi. Biz esa mana shu yerdagi Yaponiya Musulmonlar Birlashmasida ishlay boshladik. U yerda biz Tokyodagi turli xil bayramlar va Yokohamadagi masjid bilan tadbirlarda yordam ko'rsatamiz. Bir biringizni qaysi sifatingizni yoqtirasiz? Ayolimni to'g'risi ko'plab hislatlari menga yoqadi. U bilan uchrashganimizdan beri bir muslima eriga qilishi kerak bo'lgan barcha ishlarni shundoq ham qilayotgan edi. Bilasizmi men Rivojlangan Amerikada o'sganman. Agar kimdir menga buyruq beradigan bo'lsa birinchi aytadigan gapim "toshingni ter" bo'lardi. U ota onam bo'ladimi, boshqasimi qizig'i yo'q edi.

Astag'firulloh Ammo u esa, bilasizmi u har doim xuddi Jannat onalar oyog'i ostida degandek o'zini tutardi. Mana shu hislatini hurmat qilaman. Doim oilaparvar bo'lgan. Qachon qarama farzandlarimizdan havotirda bo'lardi, ular bilan do'st tutingan. Shu xislatlarini hurmat qilaman. Turmush o'rtog'imning mehribonliklari. Men o'ta qaysar bo'lgan paytlarimda ham mendan umuman voz kechmadilar. Muslima bo'lishimdan avval ham mana shu xislatlarini juda ham hurmat qilganman. Erim musulmon bo'lganlaridan keyin ham baribir ularni yaxshi ko'raverganman. Chunki shaxsiyatlari o'zgarib qolgandek edi. Oilasini qadrlaydigan bo'lib qoldi. Men aytmasam ham ota onasidan xabar oladigan bo'ldi.

Juda ham ko'p o'zgarishlarni guvohi bo'ldim. Agarda erimga uydagilarimni ko'rgim kelyapti deydigan bo'lsam, ular menga, "Unda borib ko'rib kelamiz" derdilar. Biram hursand bo'lardimki! Erimning oilani shu darajada qadrlashlari hammasini birdaniga o'zgartirib yubordi. Bularni to'g'ri tasvirlayapmanmi o'zim ham bilmayman, to'g'risi. Demak hech nima o'zgarmapti. U juda ham mehribon. - Meni maqtayapti. - Ha rostan. - Ko'p aytib turasizmi yoki bu birinchisimi? - Umuman olganda ha. v- Ha, to'g'ri aytyaptilar Payg'ambarimiz alayhissalom to'g'risida nimani ko'p yaxshi ko'rasiz? U kishi oxirgi kunimiz uchun bizlarga maxsus bir duoni saqlab qo'yganlari.

Allohni qarshisida turar kunimiz uchun albatta ijobat bo'ladigan duolarini saqlab qo'ydilar. Buni biz uchun qildilar. Shunaqa narsalarni eshitganimda, u zot biz haqimizda gapirganlarini his qilaman. Balki o'sha payti menga qarab turgan bo'lsalarchi deb o'ylab qolaman. Balki sizga qaragandirlar. Balki butun ummatga qaragandirlar. Men uchun u zotning kelajakni o'ylaganlari va, ko'rmagan ummatlari uchun bo'lgan mehr muhabbatlari. Birodar Shige, singlim Liza, hikoyangizni biz bilan bo'lishganingiz uchun rahmat. Sizni Alloh mukofotlasin. So'ngi nafasingizgacha sizlarni to'g'ri yo'ldan ozdirmasin. InshaAlloh jannatda ham birga bo'lishni nasib qilsin. - Omin - Omin Katta rahmat.
