# Men Hijobimni Yechishimga To‘g‘ri Keldi! Onam Islomni Qabul Qilganim Uchun Meni Rad Etdi!

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/i-had-to-take-off-my-hijab-my-mum-rejected-me-because-of-islam-emotional-revert-story
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=CBLrlAD9uA8
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Men bir sababdan manmanlik bilan Qur'on o'qishni boshladim va men undan qarama-qarshilikni topmoqchi edim Men maqolalarni, varaqalarni o'qishni, va kasetalarni tomosha qilishni to'xtatdim. Men Qur'onni oldimga qo'ydim Bu men uchun ruhiy va hissiy jihatdan haddan tashqari yetarli edi. Bilasizmi? Men musulmon bo'lganman va men hoir musulmonman. U menga bu so'zlarni aytganida bu juda og'riqli lahza edi “Men o‘z ishimni bajardim. Men ortiq endi sening onang bo'lishim shart emas, va sen endi yolg'izsan." Va, Onangiz tomonidan rad etilish bu juda og'riqli. Juda juda og'riqli.

Men nima qilishimni bila olmasdim Men o'zimni aql bovar qilmas darajada yolg'iz his qildim Chunki bu men uchun juda og'riqli bo'ldi Men onamga qo'ng'iroq qildim va unga aytdim iltimos, keling va meni uyga olib keting va men islom diniga amal qilishni to'xtatdim shuning uchun men hijobimni yechdim Men namoz o'qishni to'xtatdim Assalomu alaykum Aliyah um Raiyyan singlim taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur. Men Aliyah um Raiyyan o'zi kim bo'lgan degan savol bilan boshlamoqchiman? va bizga hayotingiz haqida qisqacha gapirib bera olasizmi? Vaalaykum assalomu varahmatulloh. Avvalo bunday imkoniyat uchun sizlarga katta rahmat. Men Sharqiy Londonda tug'ilib o'sganman.

Men asosan musulmonlar yashaydigan hududda o‘sganman bu ko'proq Bangladesh hududiga to'g'ri keladi va shuning uchun men musulmonlarni juda ko'p ko'rardim. Shining uchun men aralash irqdanman desam ham bo'ladi, Mening onam italiyalik, otam esa G‘arbiy Afrikadagi Nigeriyalik menga bunday savollar berishganda, men o'ylaymanki, Men shunchaki Aliyah bu Alloh tomon sayohat qilishni hohlaydigan Bir qalb. Diniy e'tiqodingizga ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimalarga ishonar edingiz? Men nasroniy sifatida ulg'aydim. Men o'smirligimda yana qayta tug'ilgan xristian bo'ldim. Men har doim Xudoga ishonardim.

Onam meni hayot va maqsadlarga va dunyoga qiziquvchan bo'lishga undaydigan tarzda tarbiyalab o'stirgan. va shunday qilib men qayta tug'ilgan nasroniy bo'lsam ham Qandaydir bo'shliqlar bor edi. Shining uchun men yoshligimdan boshlab Nasroniylik dinining asoslarini Shubha ostiga qo'yganman. Va men hissiy va ma'naviy jihatdan oqilona diniy e'tiqodga moyil bo'lsamham, Bu men bilan qolmasligini bilardim va shuning uchun men islomni tark etdim. Otamning kelib chiqishi judaham qiziqarli Chunki u aslida musulmon bo'lib tug'ilgan.

Mening bobomham musulmon edi, Men tug'ulishimdan ancha yillar oldin Bobom vafot etganlarida otam islomni tark etgan va shunday qilib u onamni Londonda uchratganida u musulmon emas edi shuning uchun men hech qachon musulmon bo'lmaganman Bilasizmi? U islom dini ostida tarbiyalangan Lekin unda hechqanday islomning belgilari ko'rinmas edi u musulmon emas edi. Sizning e'tiqodingizni shubha ostiga qo'ygan narsa nima edi? Men onam bilan cherkovga borganimni eslayman, Men cherkovga borardim va Bu menga ma'naviy va ruhiy jihatdan juda qoniqarli bo'lardi lekin menda savollar bor edi. Biz quanday qilib Hudoning o'g'liga ibodat qilayotganimizni tushuna olmasdim.

U qanday qilib bir paytning o'zida hudoning o'g'li va boshqa bir lahzada u yaratgan ekanligiga tushuna olmasdim. Ammo eng muhimi, u men kabi inson edi. Va men yoshligimda men ishonmagan va inson bo'lgan boshqa odamga qanday qilib ibodat qilishim mumkinligini mantiqiy va oqilona jihatdan tushuna olmayotgan edim. va shuning uchun men bunga shubha qildim, va men bir kunni eslayman cherkov ruhoniysi bilan gaplashib, unga bularni aytadim bilasizmi? men undan bu savollarga javob so'radim va u "faqat ishoning" deb aytdi va o'sha paytda Bu menga to'g'ri kelmasligini angladim. Islom haqida birinchi marta qayerdan eshitgansiz? Shunday qilib men...

bu savolga javob berishim uchun men sizga bolaligim haqida aytib berishim kerak Shunday qilib men asosan musulmonlar yashaydigan hududda o‘sganman bu Bangladesh hududiga to'g'ri keladi, Men birinchi qavatda yashardim. va men yashagan joyning qarshisida, men taxminan 8 yoshda edim. Men yashaydigan xonamning derazasi yoniga borib Unga suyanib turardim. va men yashayotgan joydagi yo'lning ro'parasida birinchi qavatda musulmonlar ibodat qilish uchun vaqtinchalik masjid bor edi. O'sha paytda u aslida bir konteyner edi lekin bolaligimda men suyanib tomosha qiladigan joy edi Men u yerda bir masjid ya'ni namozgoxni tomosha qilar edim, va men buni qiziqarli deb o'ylardim.

Men u yerga kirganlarni va ularni namoz o'qib ruku va sajda qilayotganini ko'rardim Va men bularni bolaligimda qiziqarli deb o'ylardim Va shunday qilishni hohlardim deraza tokchasiga shoshilib borardim, bilasizmi? Men buni ko'rish uchun bir kunda bir necha martta shunday qilardim Shunday qilib, o'sha paytlarda afsuski, uyimizdagi ahvol juda yomon edi ota-onam doimo bir biri Bilan urushishardi ular bir-birlariga nisbatan yahshi munosabatda bo'lmagan Ular o'rtasida doimiy tortishuvlar, doimiy janjallar bo'lib turardi, va men onam va otam o'rtasida katta janjal bo'lgan bir kunni aniq eslayman.

buni ko'rib yotoqxonamga chiqib ketdim, men taxminan 8 yoshda edim, Va yotoqxonaga ketayotib o'zim bilan onamning ro'molini oldim Bu mening onamga Pokiston kolleji, kollej ishchilari tomonidan sovg'a qilingan Chiroyli Osiyo ro'moli edi.

Men ro'molni oldimda uni yerga qarab otib yubordimda peshonamni yerga tekkazib sajda qildim va Allohga aytdim Ha men eslayman, ey Allohim ularni Bir-biri bilan bahslashishlarini to'xtat, lekin bilasizmi o'sha vaqtda men juda yosh edim va nima qilayotganimni aniq bilmasdim lekin men masjidda ko'rganlarimni qaytarayotgandim va men shu lahzada Alloh meni eshitganini his qildim chunki bu Xudoga yaqinlik mavqeyi edi, o'sha paytda men o'zimni shunday his qilgan edim. Shunday qilib, bu mening birinchi islom dinida boshdan o'tkazgan tajribamga o'xshardi, va keyin boshqasi sodir bo'ldi ikki yil tezada o'tib ketdi.

Men 10 yoshda edim, Men maktabdan uyga keldim, va biz sinfdoshlarimizdan biri ya'ni aynan bizni sinfimizda o'qiydigan sinfdoshimiz maktabdan chiqqandan so'ng o'sha davrda juddaham mashhur bo'lgan o'yin kartalarini sotib olish uchun yo'l bo'ylab yugurib o'tayotganida katta yuk mashinasi uni urib yuborgan va u shu zahoti vafot etganligi haqidagi habarni eshitdik. Va maktab uning barcha sinfdoshlariga bir necha kundan keyin bo'ladigan dafn marosimi uchun taklif qilib xat yozdi. Shunday qilib onamdan u yerga borishimga ruxsat berishini so'radim.

Va bizning sinfda musulmon bo'lmagan bir nechta sinfdoshlarim bor edi Shining uchun onam bunga ruhsat berdi, va o'sha vaqtlarda Somalidan bo'lgan eng yaqin do'stim Leylaga Bu haqida aytganimni eslayman Men unga sharf o'rab olsam bo'ladimi deb aytdim u ha deb javob berdi Va u menga sharf berdi, va Sharqiy London masjidiga borayotganiomni eslayman. Men dafn marosimiga borgan bolalar ichida musulmon bo'lmagan yagona bola edim deb o'ylayman va men peshin namozini o‘qidim, va keyin janoza namozini o'qidim.

Peshin namozini o'qish vaqti sajda qildim va men Allohga yaqinlik tuyg'usini his qilganimni eslayman Bilasiz men buni ikki yil oldin his qilgandim Va bu meni ikkinchi martta boshdan kechirgan islomdagi tajribamga o'xshardi. Islomga yaqinlashishni boshlaganingizda nimalar sodir bo'ldi? Shunday qilib, uyda vaziyat yomonlashdi ha ancha yomon edi, Bizning uyimizda juda kop oilaviy zo'ravonliklar bo'lib turar edi, Bu menga ruhiy va hissiy jihatdan ta'sir qilardi va Subhanalloh, Alloh meni bir inson bilan uchrashtirdi, u o'rta maktabdagi mening sinfdoshim edi, va u musulmon edi.

Mening sinfimdagi musulmon qizlar boshqalarga qaraganda ancha madaniyatli edilar lekin bilasizmi u juda dinga berilgan edi. Va u ham uyida huddi meniki kabi ota-onasi o'rtasida bo'layotgan voqealarni boshdan kechirayotgan edi Hattoki menikidan ancha yomonroq. Bilasizmi? uning onasi Subhanalloh, oilaviy zo'ravonlik qurboniga aylangan edi. u muntazam ravishda kaltaklangan, va shunga qaramay u juda sokin, va xotirjam edi. Va men uning oilaviy ahvoli menikidan ancha yomonroq deb o'ylaganimni eslayman. Men o'zimni ajralgan his qilardim, lekin siz uni birlashtirdingiz. Bilasizmi bu nima ekanligini? Buni qanday qilib yengishiniz mumkin?

Chunki bu manga haqiqatdan ham ta'sir qiladi Va u "Bu mening e'tiqodim, meni yengishga undovchi e'tiqodim." deb aytdi Endi men musulmonlar kimlar ekanligini aniq bildim, lekin men islom juda qoloq din ekanligini ham his qildim va menda asosan shu do'stimga nisbatan katta muhabbat paydo bo'ldi, Biz juda yaqin bo'lib qoldik, biz butunlay boshqacha edik, Aytmoqchimanki, men biroz sarguzashtparast va g'ayrioddiy edim, va bu ko'pchilik tomonidan qabul qilingan edi. bilasizmi u Mashallah, musulmon edi va shunga qaramay, biz juda yaqin bo'lib qoldik. Va men Islom dinini o'rganishga kirishishni boshladim, o'sha paytda men maqolalarni o'qishni, va magnitafonli kasetlarni tinglashni boshlagan edim.

Men bir sababdan manmanlik bilan Qur'on o'qishni boshladim va men islom dinidagi qarama-qarshilikni topmoqchi edim. Chunki men hijob noto'g'ri narsa ekanligini his qilgandim, Hijab bu hayotdagi muvaffaaqiyatdan va muvaffaqiyatli karyera qilish uchun to'sqinilik qilishini his qildim. Bilasizmi, men bu borada o'sib borayotganimni his qildim, men ko'rgan narsa Islomda erkaklar ayollardan ko'ra oldinroqda ularning ayollar esa erlarining ortidan yurishadi. Bilasizmi, bular mendagi men aytgan taxminlar edi va shuning uchun bu qiziqarli edi chunki bir tomondan Meni do'stimni qalbidagi xotirjamlikning bunday chiroyli tuyg'uni payda qila oladigan bu dinda nimadir borligini ko'ra olardim.

Va bu boshqa tomondan bu uni cheklab qoyayotganga o'xshar edi, bu unga zulm qilayotgandek edi bu uni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi deb o'ylardim Shunday qilib men boshladim va biz bahslashardik va biz muntazam gaplashardik. Va vaqt o'tishi bilan Men islom haq yo'l ekanligiga ishonch hosil qila boshladim. Va bu meni qo'rqitardi, Men bunga ishonch hosil qila boshladim, qalbim o'zgara boshladi, mening fikrlarim o'zgara boshladi, Men hech narsa topa olmayotgan edim Men topa olgan narsa bu keng qamrovli hayot tarzi, Qur'ondagi ilmiy dalillar edi, Mening tadqiqotimda men topgan yana bir narsa bu Qur'onning adabiy mo'jizalari edi.

Meni qo'rqitadigan hech narsa yo'q edi chunki men hatto o'sha vaqtlarda yosh bo'lsam ham, Men har doim shunday odam bo'lganman agar men biror narsani qabul qilsam va agar biror narsani tanlasam, men unga 150% sodiq qolgaman. Shunday qilib, men o'zgarishni boshlaganimni bildim va men hayotimni o'zgartirishim kerakligini anglatadigan ishonch paydo bola boshladi, va bu meni qo'rqitardi. Shahodat keltirishingizga xalal bergan narsa nima edi? Va nihoyat qanday qilib musulmon bo'ldingiz? Shunday qilib, qo'rquv meni yenggan edi. O'sha paytda qo'rquv shunchalik kuchli ediki men do'stlarim bilan aloqani uzdim. Men maqolalar, varaqalar va kassetalarni o'qishni va tinglashni to'xtatdim.

Men Qur'on o'qishniham vaqtinchalik chetga surdim. Bu men uchun ruhiy va hissiy jihatdan haddan tashqari og'ir edi. Men ishongan narsalarimdan qo'rqardim. Men hayotimni o'zgartirishim kerakligidan qo'rqardim. Men o'z hayotimni yahshi ko'raman deb aytmasdim. lekin men ozod edim, to'g'ri, erkinligingizdan voz kechish bu juda qo'rqinchli narsa, ayniqsa nima qilishingiz kerakligini bilmasangiz. va endi men nimaga erishganimni bilaman. Shuning uchun men uni to'xtatdim va Men shunchaki hayotimni davom ettirdim va keyin imtihonlarimni qayta ko'rib chiqqanimni. Men dam olish kunlarida imtihonlarimni qayta ko'rib chiqardim lekin qandaydir, Men diqqatimni jamlay olmadim.

Men faqat Islom haqida o'yladim va, men islom haqida kashf qilgan narsalar haqida o'yladim. Go'yoki bu fikrlar menga hujum qilayotgandek edi. Bilasizmi? Bu fikrlar Qur'ondagi ilmiy asoslangan dalillar, Allohning mavjudligi, uni elchisi borligining isboti bu shunchaki o'y ortidan o'y edi Va shuning uchun men o'sha vaqtda bir oz nafas olish uchun men yashagan yerlarga sayohatga yo'l oldim. Men doimo kesib o'tadigan yo'lga keldim. Men svetofor yashil yonishini kutib turdim, va yashil chiroq yondi va odamlar kesib o'tishdi, men esa o'ta olmadim. Oyoqlarim yerga mixlangandek tuyuldi.

Va mening miyamdagi fikr shunday edi Agar men bu yo'lni yoki boshqa yo'lni kesib o'tsam, meni mashina urib yuboradi, va men bilganlarimni bilgan holda o'laman, Men haqiqatan ham bilgan narsam, bular men uchun nimani anglatar edi? Va men buni angladimki nega men bu allaqachon mening yuragimga kirib bo'lganini tan olmayapman? Shunday qilib men uyga yo'l oldim va do'stimga qo'ng'iroq qildim, u telefonni ko'tardi va meni ovozimni eshitdi va u meni eshitganidan juda xursand edi. Va men unga men islomga ishonaman va shahodat keltirishim kerakligini aytdim. Va o'sha kun hafta oxiri va dushanba edi Men shahodat keltirdim. Alhamdulillah Islom dinini qabul qilishingizni oilangiz qanday qabul qildi?

Haddan tashqari g'ayratli, mehribon va ehtirosli bo'lish, bilasizmi? Men o'sha paytda yosh edim, shuning uchun buni onama aytishni yo'li bu meni onam uyga kelganida, eshikni taqillatdi va eshik ochilganda men hijobda edim. Men aytishim kerak bo'lgan eng yaxshi qaror emas, qarorlarning eng yaxshisi emasdi. Va u menga butunlay sarosimaga tushib qaradi va men ha dedim Bilasizmi, men musulmon bo'ldim va endi bu menman. U buni shunchaki bir o'zgarish deb o'yladi. Alhamdulillah 24 yil bo'ldi. Alhamdulillah Va o'shandan keyin juda qiyin bo'ldi. men oilamni yo'qotdim, do'stlarimni yo'qotdim. men yoshligimdan yolg'iz qoldim, musulmon bo'lgandan keyingi bir necha yil juda mushkul bo'ldi.

Musulmon bo'lganingizdan keyin qanday qiyinchilikka duch keldingiz? Men onam bilan munosabatlarni yo'qotdim, shu bilan o'sha paytda bir necha narsalar sodir bo'ldi odamlar yomon ko'radigan yangi munosabatlar ichida edim Islomga nisbatan nafrat bor edi. bu onamni menga qarshi qilib qo'ydi. Va men o'n yetti yoshimda onam manga qarab shunday gaplarni aytganida bu men uchun judaham og'riqli bo'lganini eslayman Sen 17 yoshdasan va “Men o‘z vazifamni bajarib bo'ldim endi ortiq seni onang bo'lishim shart emas sen endi yolg'izsan." Va bu juda qiyin edi. Bu yoshda sizga oila kerak bo'ladi. Va Onangiz tomonidan rad etilishi - bu juda og'riqli, ha, juda juda og'riqli.

Shunday qilib bu qiyin bo'lgan edi. Va bunday vaziyatdan keyin shunday kichik yoshda o'zingizga g'amxo'rlik qilish va ish topishingiz kerak bo'ladi yolg'iz qolish, O'sha paytda men boshdan kechirgan bir qator qiyinchiliklar juda ham o'ziga xos edi, oila yordamisiz, albatta, juda qiyin edi. Shunday qilib, men yolg'iz yashardim va men qo'shilgan ma'lum bir guruh, islomiy guruh orqali Islomni qabul qildim va keyin men boshqa chegaralarga o'tdim, Shunday qilib, men bir chegaradan ikkinchisiga o'tdim, va bularning barchasi mening oilam bilan sodir bo'layotgan edi Men nima qilishimni bila olmasdim. Va men islomga yang kirib kelgan edim, bilasizmi?

yangi musulmon sifatida boshdan kechirayotgan shaxsiyat inqirozi, shunday qilib men onam tomonidan rad etildim men bir islomiy guruhdan chiqib boshqa islomiy guruhga bordim, Bilasizmi, ikkalasi ham oxir oqibatda, qiymatlar bilan cheklanmagan. Va men topolmadim, topa olmadim, Men nima qilishim kerakligini bila olmadim Men o'zimni juda ham ko'p holatlarda Yolg'iz his qilardim. va kasalxonada onamga qo'ng'iroq qildim va men unga "Iltimos keling va meni uyga olib keting. men islomga amal qilishni to'xtatdim, hijobimni ham yechdim Men namoz o'qishni to'xtatdim musulmon jamoasidan o'zimni uzoqlashtirdim deb aytdim.

Shunga qaramay men o'z e'tiqodlarimni saqlab qoldim va men manaviy jihatdan musulmon bo'ldim deb o'ylayman. Bu shunchaki Men boshimdan o'tkazgan sinovlar edi. Qanday qilib yana islom diniga amal qilishni boshladingiz? Oxir oqibat men ish topdim, va yana islom dinga qaytib hayotimni davom ettirdim, Bilasizmi? Men ozod edim Men yangi musulmon sifaatida duch kelgan barcha muammalar bilan kelishishim shart emas edi. lekin bo'shliq bor edi. Qandaydir bo'shliq bor edi va har doim to'g'ri bo'lmagan nimadir bordek tuyulardi, va keyin bilasizmi? men bir necha yillarni shunday o'tkazdim, va keyin o'sha bo'shliq to'ldi.

Va bu mening e'tiqodlarimga to'g'ri kelmaydigan hayot kechirganim uchun ekanligini bilardim Va shunday qilib men asta-sekin Islomga qayta boshladim Odamlar shahodat keltirish bu ularning hayotidagi eng shirin lahzasiga oxshaydi deyishganini eslayman. Lekin jamiyatning qandaydir bosimisiz yoki kimnidir bu haqida aytmasa ham islomga va Allohga qaytish "Bu siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa!" "Bu halol!" "Bu harom!" "Bu, bilasizmi? siz noto'g'ri ish qilyapsiz!" Yo'q, islomga o'zgarmas tarzda qaytish Men va Robbim o'rtasida yana bir sayohat, bu go'zal va juda yoqimli edi, Men qur'onning inglizchasini har kuni bir betdan o'qiganimni eslayman. Men ro'molimni Afrikancha uslubda o'rashni boshladim.

Va bu albatta rivojlanib hijob bilan nihoya topdi. Yana namoz o'qiy boshladim, va men Islomga qaytdim va men yana islomga amal qila boshladim. Alhamdulillah Bu juda chiroyli va yoqimli lahzalar edi chunki u men va Robbim o'rtasidagi, Men va yaratgan Alloh o'rtasidagi munosabat edi. Xo'sh, bu sizning onangiz bilan munosabatlaringizga qanday ta'sir qildi? Shunday qilib onam eng qadrli narsa bo'lgan nikohni tark etdi va u qiyinchiliklarni yengishni boshladi menimcha, u hali ham juda ko'p qiyinchiliklarni yengmoqda. Biz munosabatlarimizni tiklashni boshladik va bu juda ko'p kuch talab qildi Men har ikki tomonning ikkala tomonini ham o'ylayman.

Va keyin 2015 yilda Onam islom haqida savollar bera boshladi va men o'sha paytda boshqa yerda, Shimoliy Afrikada yashardim. U islomga qiziqishni boshladi, Unda juda ko'p savollar bor edi, va keyin 2015 yilda u musulmon bo'lmoqchi ekanligini aytdi va bu mening onam ashaddiy kitobxon bo'lgan vaqtlar edi. u ishtiyoq bilan kitoblar o'qirdi, u asosan islomga oid tarixiy kitoblarni sevib o'qirdi Bilasizmi? ko'proq bilishni hohlash ma'nosida u o'zika bunga qiziqishni yaratadi. Shunday qilib 2015 yilda u musulmon bo'lmoqchi ekanligini aytdi va u shahodat keltirib buni amalga oshirdi.

Bundan ko'p o'tmay u e'tiqod qilishni davom ettira olmasligini aytdi, va men bunga sabab uning yoshi deb o'yladim, va o'ylashimcha bunga yana bir sabab uning atrofida musulmonlar yo'q edi. Bilasizmi, men undan juda uzoqda yashardim, Shunday qilib u islom dinini tark etdi.

Va keyin 2021 yilda u ba'zi YouTube videolarini tomosha qila boshladi U meni oldimga keldida "eh, men ba'zi narsalarga duch keldim, Aesha Prime ismli ayol tomonidan yaratilgan videolarni tomosha qildim" O‘shanda men uni tanimasdim shuning uchun men tezda u haqida o'rganishni boshladim va u Amerikalik ayol edi Bu esa onamni Shayx Xolid Yasinning videolarni tomosha qilishiga olib keldi va u mening oldimga keldi u juda hayajonlangan edi va onam, Men bu odamga duch keldim Men uning kimligini bilmayman lekin u mening qalbimdagi gaplarni gapirdi deb aytdi. U juda bilimli u tarixni tushunadigan odam bilasizmi? meni onamni tarixga qiziqishi bor edi.

Va shunday qilib mening onam Shayx Xolid Yasin tomonidan Ishlab chiqilgan videolarni qayta va qayta tomosha qilar edi. u mening oldimga kelardi u menga nimalarni o'rganganimni bilasanmi deb aytardi va u Iso haqidagi videolarni tugatgandi Menimcha, u Tarixiy Iso deb ataladi va u buni juda qiziqarli deb topdi u faqat doimiy ravishda faqat tomosha qildi va yana tomosha qildi va meni oldimga qaytib keldi va men unga hech narsa demadim Men bu erda nima bo'layotganini bilmayman deb o'ylardim lekin nimadir o'zgarmoqda edi va men faqat savollarga javob berardim va qo'shimcha hechnima aytmasdim. U mening oldimga kelim turardi.

onam shunchaki Shayx Xolid Yasin bu aql bovar qilmaydigan odam deb aytardi Shuning uchun men uni o'zim topishga qaror qildim, men faqat kontaktlarimga "Kimdirda Xolid Yasinning aloqa ma'lumotlari bormi?" degan habar yubordim va kimdir meni uning elektron pochta manzili va telefon raqami mavjud bo'lgan Facebook sahifasiga yo'naltirdi Men unga elektron pochta xabarini yubordim va unga onam bilan nima sodir bo'lganini aytdim va unga mening onam uning videolarını ko'rganligini aytdim, onamning o'tmishini va u bilan sodir bolgan narsalarni va butun voqeani aytib berdim men siz nihoyatda band ekaningizni bilaman lekin onam bilan gaplashishingiz uchun qandaydir imkoniyat bo'lishi mumkinmi?

deb unga elektron pochta xabarini yubordim. Hozir Xolid Yasin juda band bo‘lgan odam shuning uchun mening elektron pochta habarim uning pochta qutisiga yetib boradi deb ham o'ylamagan edim Ehtimol bu uning keraksiz fayllari sifatida yo'q bo'lib ketgandir. 20 daqiqadan so'ng u menga elektron pochta xabarini yubordi va bu u uchun sharaf ekanligi va ko'rishishimiz mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, biz gaplashdik va men unga voqeani aytib berdim Men unga onam haqida aytdim va unga mening onam boshidan o'tkazgan hamma voqealarni aytib berdim Men unga onamning yangi kashfiyoti haqida gapirib berdim bilasizmi, onamning mendan so'ragan savollari va menga aytgan kapları bular hammasi payg'ambar (s.a.v) ga bo'lgan Muhabbatini yanada rivojlantirdi Bilasizmi, uning savollari mantiqiylashmoqda va javoblar kelib chiqmoqda edi va u avvalgidek emas edi va bilasizmi, u haqiqatan ham islomga ishonayotgan edi. Va u menga onangizning ismi nima? deb savoy berdi va men...

mening onamni ismi Italiyancha Jozefina, Lekin bu yevropacha ismga ham to'g'r keladi Va u meni onamni ham ismi Jozefina deb aytdi, uning onasi 90 yoshda ekanligi Va hozir o'lim to'shagida yotganligini aytdi U menga, sizni onangiz Jozefina sizni yoningizda mening onam Josefina esa bu dunyoni terk etmoqda deb aytdi Shunday qilib, biz buni qilamiz dedi, siz unga aytmoqchisiz lekin men uni qanday qilib gapirishga majbur qilaman deb o'yladim Bilasizmi, men ularning gaplashishlarini hohlardim.

lekin u menga sizning onangiz bularni qabul qilmasligi mumkin garchi u mening videolarimni yoqtirsa ham, Shunchaki unga "uning islomga bo'lgan tadqiqotlari va sayohati haqida suhbatlashishni hohlovchi Inson bor ekanligini ayting" dedi lekin bu Shayx Xolid Yasin ekanligini aytmang, men bularni unga yetkazaman dedim. Shunday qilib, men onamning oldiga qaytdim va men aytdimki, bir odam bor u tadqiqotchi, u shunchaki sizga bir nechta savollar berisini hohlaydi va uning bir nechta savollariga javob berishga tayyormisiz u: "Ha, albatta", dedi. va men unga aytdim Aytgancha, u bilan men suhbatlashdim, bilasizmi, U menga ismingiz arabchada nimani anglatishini aytdi Meni onam "Yo'q!" deb javob berdi.

Men “Nega?” deb so'radim. Va u bugun ertalab arabcha va ibroniy tillarini biladigan hamkasbi bilan suhbatlashganini aytdi. "bilasanmi mening ismim arabchada nimani anglatadi?" va u menga bu haqida keyinroq aytib berishini aytdi va mening onam bu yerda siz menga ismim nimani anglatishini aytyapsiz, dedi va ularning suhbati imkonsizdek edi go'yo, bunday bo'lishi mumkin emas edi, Shunday qilib, ular suhbatlashishdi, va men zoom orqali suhbatlashgandim, va albatta buni voqeani va u bunga qanday munosabat bildirganini yozib olgan edim, Undan Alloh rozi bo'lsin. Omin.

Shunday qilib, ular bu suhbatni o'tkazdilar, lekin negadir mening onam uni ovozini tanimadilar va u faqatgina onamga savollar berdi bu onamning ishongan narsasiga olib keldi va keyin u qandaydir tarzda unga ishongan narsasini aytishga majbur qildi, va u yagona alloh borligiga va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning oxirgi elchisi ekaniga ishondi, shunday qilib mening onam shu so'zlarni aytdi. va u uchrashuvning oxirida — SKY nimani anglatishini bilasizmi? deb onamdan so'radi Va onam "Yo'q" deb javob berdi va u bu so'zlar Shayx Xolid Yasinni anglatadi deb aytdi.

onam uni eshitmadi, u buni yana takrorladi va onam, "Yo'q, bu siz emassiz" dedi, va u "ha" dedi va onam esa "yo'q" dedi Agar men bu siz ekanligingizni bilganimda Men ko'proq suhbatlashgan bo'lardim" deb aytdi bilasizmi, bundan keyingi kelib chiqqan narsa shundaki ular yana bir nechta martta video uchrashuvlarini o'tkazdilar, va u yana shahadat keltirdi. Alhamdulillah. Musulmon bo'lib hijobda yurish sizni erkinligingizni cheklab qo'yganmi? Islomni qabul qilganimdan so'ng ozodlikka erishdim chunki erkinlik bu odamlar tomonidan qo'yilgan Kishanlarni olib tashlashdir.

Yaratgan bilan chinakam bog'langaningizda siz maqsadingiz bilan bog'lanasiz, siz u uchun yashaysiz siz boshqalar uchun yashamaysiz va bu haqiqiy erkinlikdir. Shunday ekan, men hozir hijobdaman va ma'lum majburiyatlarim mavjud Men ularni Robbim uchun bajarishim kerak va men ozodman chunki mening qarorim bu mening tanlovim qayerga borsamham, nima qilsam ham va hech nima qilmasamham meni yaratgan yagona alloh uchundir. Bu huddi menikiga o'xshagan safarda bo'lganlar uchun emas. Shunday qilib men hozir ozodman. Lekin ba'zi musulmon bo'lmaganlar "Yo'q, siz o'zingizni aldayapsiz, biz ozodmiz" deyishadi Yo'q, chunki ular bir narsaning quli bo'lib qolishgan, hammamizni boshqarib turuvchi narsa bor.

bizni hammamizni ertalab uyg'onishimiz sababi ortida nimadir bor. Bu oila bo'lishi mumkin yoki bu ish, yoki bu boylik ortidan quvish yoki bu sizning o'z hohishlaringiz bo'lishi mumkin lekin hammamiz bir narsaning qulimiz. Lekin men, meni yaratan va men yana unga qaytadigan va bir kun meni olib ketgani kabi hamma narsaga qodir mukammal bir zotga qul bo'lisni afzal ko'raman, Bir paytlar men Islom ayollarga zulm qiladi degan hisni sezardim va men aslida Islom vaqt o'tishi bilan vujudga kelgan madaniy an-analardan ajralib turishini angladim. Islom o'zining sof ko'rinishida ayollarni ayol sifatida shunday go'zal tarzda qadrlaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari so'radi, men kimni ko'proq sevishim kerak? Uning javobi qanday edi? Onangizni. U yana javob berdi onangizni sevishingiz kerak.. Alloh subhanahu va taolo tomonidan ayollar shu yo'l bilan himoyalangan, qo‘llab-quvvatlangan, tushunilgandir. payg'ambarimiz(s.a.v) tomonidan nozil bo'lgan shunga o'xshash qonunlar ayollarning olmos sifatida ko'rishimiz kerakligini anglatadi. Bu haqiqatan va addolatdan ham. Hozir qayerda bo'lardim deb o'ylasam Agar Alloh subhanahu va taolo menga yo'l ko'rsatmaganida Men o'z yo'limni yoqotib qo'yardim.

Men bu erda bo'lishim kerakligini bilib uyg'onaman, Men mavjud bo'lishim kerakligini bilaman men o'zimning qadrimni shu erda alloh bilan bog'layman, Men o'z qadrimni Robbimga bog'layman. Men anglagan va bilgan narsa shuki Islomda ayollar erkin ekanligini tushunaman, Ular hurmat qilinadi, qo'llab-quvvatlanadi, himoya qilinadi va shunday yuksak e’tiborga sazovor bo'ladi. Agar dunyodagi barcha musulmon bo'lmaganlar bilan gaplashish imkoniga ega bo'lsangiz shu daqiqalarda ularga nima degan bo'lardingiz? Men ularga bu kundalik hayotning mashaqqatlari ortida bir maqsadingiz bo'lishi kerak deb aytardim. Bu unday emas.

Va agar siz shunday deb o'ylasangiz, unda har kim kelishi mumkin bo'lgan eng achinarli xulosa kelishingiz kerak. Chunki bu hayot o'z-o'zidan o'tib ketadi bu sinovlarga, qiyinchilikka, adolatsizlikka va qayg'uga to'la dunyo. Agar shunday bo'lsa, nega biz yaratilganmiz? Men ularni o'ylab ko'rishga va ko'rib chiqishga taklif qilaman hayot o'tishi, masalan gulni olsak bu gulning urug'dan qanday qilib o'sayotganligini ko'rish, va uning go'zal narsaga aylanishi va oxir-oqibat u quriydi va yo'q bo'ladi.

Men ularni okean oldida turib, okean tubiga qarash va okean zulmatlarida hayot borligini ko'rishga taklif qilardim, Masalan bargni olib uni dizaynining nozikliklariga qarang, va o'zlariga savol berishsin bu narsalar qayerdan keldi? Bu qayerdan paydo bo'lgan? Bu bargning maqsadi nima? Bu gulning maqsadi nima? bu okeanning maqsadi nima? Va keyin men ham bu ijodning bir qismiman deb o'ylayman. Shunday qilib, agar bargning va gulning maqsadi bo'lsa unda mening maqsadim nima? Men ulardan shuni so'ragan bo'lardim.
