# Islom va Xristianlik: Har Bir Muhim Savolga Javob – Hammasi Bitta Kuchli Videoda!

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/islam-vs-christianity-every-major-question-finally-answered-in-one-powerful-video
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=XCfYCm4V3UE
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Islom – bu Iso payg‘ambarning dini, nasroniylik esa Iso alayhissalom shaxsiga nisbatan e’tiqoddir. Muhammad alayhissalom Maryamni hech qachon ko‘rmaganlar. U 600 yil oldin yashagan. Unda qanaqasiga Qur’onda ismi tilga olingan yagona ayol bo‘lishi mumkin? Faqat ismi tilga olinmagan, balki u eng taqvodor ayol sifatida ko‘rsatilgan. Tarixning turli davrlariga oid 300 ta injilim bor, turli tillarda va turli tahrirlarda. Hammasi bir-biridan farq qiladi. Islom e’tiqodiga ko‘ra, Iso payg‘ambar yana qaytib keladilar. Demak, u o‘ldirilmagan. U xochga mixlanmagan. Iso alayhissalom, yolg‘iz Allohga sig‘ingan, hech qachon sharob ichmaganlar, cho‘chqa go‘shti yemaganlar, qon iste’mol qilmaganlar.

U dinga amal qilgan, payg‘ambar bo‘lgani sababli qon iste’mol qilishdan tiyilgan. Shunday ekan, Isoga mehr qo‘ygan bo‘lsangiz, Uning diniga ergashing. Iso alayhissalomning dini Islom edi. Assalamu alaykum, doktor Sabil Ahmad. Kelganingiz uchun rahmat. Nasroniylik haqida bir nechta savollar to‘pladik, va ularni sizga bermoqchimiz. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakatuh. Marhamat, boshlayvering. Birinchi savolimiz: Islomda Maryam onamizning maqomi haqida gapirganingizda qanday munosabat bildirasiz? Islom va nasroniylik orasidagi o‘xshashlik va farqlari haqida gapirib bera olasizmi? Maryam onamiz haqida gap ketganda, bitta so‘z bilan javob beraman. Bu so‘z – MARYAM.

Ya'ni- M.A.R.Y.A.M M harfi Qur’onda zikr etilgan degani, ya’ni Qur’onda nomi zikr etilgan yagona ayol Bir safar Chikagodan Hyustonga uchayotgan edim. Joyim deraza yonida, yonimda ikki nafar katolik ayol bor edi. Islom va nasroniylik bo‘yicha viktorina o‘tkazdik Samolyotda chaqiruv viktorinasidek bo‘ldi. Ulardan so‘radim: Aziz opa-singillarim, sizningcha Qur’onda nomi bilan zikr etilgan yagona ayol kim? Javobini bilamiz Iso onasi Maryam deyishdi. Ajoyib dedim. Keyin yana so‘radim: Qur’onda u necha marta zikr etilgan? Bilmaymiz deyishdi. 34 marta dedim. Keyin so‘radim, xo'sh, injilda-chi? U yerda nechta? Bunga ham javobimiz yo‘q deyishdi. 18 marta zikr etilgan dedim.

Solishtirsak, Qur'onda 34 marta, Injilda esa 18 marta. Ularga aytdim, demak, musulmonlar uni sizlardan ko‘ra ko‘proq sevishadi. Kulib yuborishdi. Demak, M harfi Qur’onda zikr etilgan yagona ayol degani. Shuningdek Qur’ondagi bir suraning nomi, ya'ni 19-suraning nomi Maryamdir. M harfi Maryam uchun. Ikkinchisi — A harfi. A — Allohga ibodat, Allohga bag‘ishlanish, Alloh Maryam hayotining markazida bo‘lgan. Uning iffatliligi, pokligi, Allohga sadoqati. Qur’onda bu ko‘p marotaba zikr etilgan. R esa — Alloh bergan hurmatni bildiradi. Unga Allohning salomi bo'lsin.

Ya’ni Qur’onning 3-surasi, 42-oyatida aytiladi: Esla vaqtiki farishtalar dedilar: Ey Maryam, albatta Alloh seni sofladi, pokladi, va seni barcha ayollardan ustun qo‘ydi. Qarang, Alloh Maryamni qanday ehtirom qilgan. Nasroniy do‘stlarimga shuni aytaman: Payg‘ambar Muhammad alayhissalom Maryamni uchratmagan. U undan 600 yil oldin yashagan. Unda qanaqasiga u Qur’onda ismi tilga olingan yagona ayol bo‘lishi mumkin? Faqat ismi tilga olinmagan, balki u eng taqvodor ayol sifatida ko‘rsatilgan. Bu maqom u zot alayhissalomning na onasiga, na rafiqasiga, va na qiziga (unga salovatlar bo‘lsin) berilmagan, 74 00:03:32,253 --> 00:03:35,340 balki u hech uchratmagan "yahudiy ayol"ga berilgan.

Nasroniylarga shuni aytaman: Qur’onni Payg‘ambar ichidan to'qimagan, insoniyat uchun yaratuvchisi yuborgan. Demak, M A R — Y harfi qoldi-a? Y harfi shuni anglatadiki, Iso tug‘ilgan paytda u yosh va bokira edi. Islomdagi Maryam shunday. Xo‘sh, nasroniylikda-chi? Islom va nasroniylik o‘rtasida farqlar bormi? Farqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, aytardimki, asosiy farq shuki, Maryam Qur’onda sharaf, hurmat va baraka sifatida tilga olingan. Lekin Injilda esa, u shunchaki Injildagi yana bir ayol, yana bir ona sifatida ko‘rsatilgan. Ajralib turmaydi.

Faqat bir necha joyda tasodifiy eslatib o‘tilgan, Iso va ba’zi shogirdlari bilan yuzaki muloqotlar qilgan, lekin injilda Islom dinidagi Qur’on uni qanday ulug‘lagan bo‘lsa, bu darajada emas. Lekin umumiy jihat shuki, u bokira bo‘lgan. U yosh, turmush qurmagan va bokira bo‘lgan. O'sha paytda Alloh Iso mo‘jizasini unga ato qilgan. Injilda Muhammad alayhissalom haqida nima deyilgan? Payg‘ambar Muhammad alayhissalom, musulmon ilohiyotchilariga ko‘ra, Qadimgi Ahd va Yangi Ahdda eslatib o'tilgan. Haqiqatan ham, Qur’onning 7-surasi 157-oyatida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zikrlari ularning kitoblarida borligini aytadi. Ya’ni yahudiy va nasroniylarning kitoblarida bor.

Biz Eski Ahdda, Qonunlar kitobida shuni ko‘ramizki, 18-bob, 18-oyatda, Payg‘ambar Muso alayhissalom o‘z xalqiga shunday degan, bir kuni Musodan keyin bir Payg‘ambar keladi va u Payg‘ambar Musoga o‘xshaydi. U Payg‘ambar o‘z ichidan to'qib gapirmaydi, nimani eshitsa, o‘shani gapiradi. Musulmon ilohiyotchilarning aytishicha, Musoga o‘xshash yagona Payg‘ambar kelgan bo‘lsa, bu Muhammad alayhissalom bo‘lgan. Bu birinchi dalil. Ikkinchi dalil esa Isha’yo kitobida bashorat bor, 29-bob, 12-oyatda, unda bir farishta bir kishining oldiga kelib, “O‘qi”, deydi, va u kishi “O‘qiy olmayman”, deydi.

Bu aynan Muhammad alayhissalom bilan ham sodir bo‘lgan, Jabroil farishta kelib, u zotdan “o‘qing”, deb iltimos qilgan. Sulaymon qo‘shiqlari kitobida, 5-bob, 16-oyatda, Muhammad so‘zi keltirilgan, to‘g‘rimi? Muhammad so‘zi ibroniy tilida ham bor. Bu Eski Ahd edi. Yangi Ahdga keladigan bo‘lsak, musulmon ilohiyotchilari ko‘plab bashoratlar bor, deydilar. Yahudiy xalqi bir Payg‘ambar kelishini kutayotgandi. Chunki Muso aytgan: “Mendan keyin bir Payg‘ambar keladi”, deb. U menga o‘xshaydi. Iso zamonida esa nasroniylar hamon o‘sha Payg‘ambarni kutayotgandi. Shunda Yahyo payg‘ambardan: “O‘sha Payg‘ambarmisan?” deb so‘radilar. Yahyo: “Yo‘q”, dedi.

Shundan keyin o‘sha Payg‘ambar haqida Yuhanno Injilida, 16-bob, 7-oyatda Iso aytdiki: “Sizlarni tark etishim kerak”, ya’ni shogirdlariga aytyapti, “Agar ketmasam, tasalli beruvchi kelmaydi. Ammo ketadigan bo'lsam, u yuboriladi.” So‘ng Iso aytdi: “Sizlarga aytadiganlarim ko‘p. lekin hozircha ularni ko‘tarolmaysiz. Ammo u kelganida, sizlarga to‘liq haqiqatni ko‘rsatadi. U o‘zidan gapirmaydi, nimani eshitsa, shuni gapiradi.” Demak, erkak jinsidagi olmosh ishlatilgan, Muqaddas Ruhni nazarda tutmayapti, erkak jinsidagi olmosh ishlatilgan va Iso aytmoqda: u keladi va haqiqatni yoyadi. U dinni mukammal qiladi. U to‘liq hidoyat beradi.

Shuning uchun musulmonlar aytadiki, bu to‘liq hidoyat Alloh tomonidan Muhammad alayhissalomga berilgan. Qisqasi, bu ba'zi bashoratlar. Bu misollarni aytganingizda, nasroniylar nima deydi? Qanday munosabat bildirishadi? Ashhadu an la ilaha illallah va ashhadu anna Muhammadan rasulullah. (Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad esa Uning elchisidir). — Rostdanmi? — Ba'zilari shunday. Lekin ba'zilari qarshilik ko‘rsatadi. Aytishadiki, siz aytgan bu bashoratlar, ayniqsa Yangi Ahddagi, bular Muqaddas Ruhga, ha Muqaddas Ruhga taalluqli. Sizning Payg‘ambaringiz Muhammad alayhissalomga tegishli emas. Ularga shunday deymiz. Qarang, Iso aytyapti: u ketishi kerak, shunda bu shaxs keladi.

Lekin aytamizki: Muqaddas Ruh allaqachon Iso zamonida bor edi. Demak, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Iso aytyapti: men ketmasam, u kela olmaydi. U shaxs Muqaddas Ruh bo‘lsa, u allaqachon bor edi-ku. Bu Muqaddas Ruh emas. Yana bir yo‘li — nasroniylarga shuni aytishimiz mumkin: Iso aytyapti: bu shaxs sizlarga to‘liq haqiqatni yetkazadi, hidoyatga chorlaydi. Muqaddas Ruh esa bunday qilmagan. Uchinchi javobimiz shuki, shu oyatlarda erkak jinsidagi "u" olmoshi 7 marta ishlatilgan. U keladi, u meni ulug‘laydi, u sizlarga haqiqatni ko‘rsatadi, to‘g‘rimi? Muqaddas Ruh esa “inson” emas, u betaraf jinsga ega.

Undan tashqari, Iso bu parcha ichida aytyapti: u o‘z ichidan to'qimaydi, nimani eshitsa, shuni aytadi. Nasroniylarning fikricha, Muqaddas Ruh — bu Xudodir. Xudo esa boshqasidan eshitib, so‘ng gapirmaydi-ku. Demak, bu boshqa shaxs bo‘lishi kerak. Muqaddas Ruh emas. Va biz aytamizki, bu tavsifga mos keladigan yagona shaxs- Muhammad alayhissalomdir. Masihiylarni eng qiziqtiradigan narsalardan biri — Iso payg‘ambarning dinimizdagi maqomi. Chunki ko‘pchilik musulmonlar ham Isoga ishonishlarini eshitib hayron qolishadi. Bu haqida nima deysiz? Islomdagi va masihiylikdagi Isoni solishtirib bera olasizmi? Albatta, alhamdulillah.

Bilasizmi, bir marta Chikagodagi avtomagistralda reklama bannerimizda shunday yozilgan edi: "Qur’onda Isoni, Injilda Muhammadni (alayhissalom) toping". Odamlar hayron qolishdi, rostanmi? Qanday qilib Qur’onda Iso bor? Muhammad alayhissalom Injilning qayerida? Ko‘plab odamlar savol berishga, ko‘plari esa bahslashishga qo‘ng‘iroq qilishdi, lekin aksariyat odamlar Qur’on nusxasini so‘rashdi. Agar kimdir mendan: "Xo'sh, Islomda Iso kim?" deb so‘rasa, savoliga oddiy, bitta so‘z bilan javob beraman. Bu bir so‘zli javob, faqat bitta so‘zdan iborat. Bu — JESUS yani Iso. J. E. S. U. S. Endi bundagi har bir harf Masihiylarga Islomdagi Iso kimligini tushuntirishda bizga yordam beradi.

Demak, J harfi "Iso shunchaki elchi edi" degani. Endi tushunish oson. J harfi — u shunchaki elchi bo‘lganini anglatadi. Qur’onda 5-sura, 75-oyatda shunday deyilgan: "Iso shunchaki elchi edi." Undan oldin ham ko‘plab elchilar bo'lgan. Demak, Qur’onga ko‘ra, Iso payg'ambarlar zanjirining bir bo‘lagi, ya’ni payg'ambarlardan biri edi. Har bir payg‘ambar odamlarni yagona Xudoga sig‘inishga chorlash uchun kelgan. Iso ham payg‘ambar bo‘lgan. E harfi – Xudo uni mo‘jizalarga qodir qilganini anglatadi. O‘liklarni tiriltirish, ko‘rlarni ko‘roladigan qilish, kasallar va soqovlarni davolagan. O'sha mo'jizalarning barchasiga Yaratuvchining izni bilan erishgan. Bu qayerda aytilgan?

Qur’onning 3-surasi, 49-oyatda keltirilgan. Lekin nasroniy do‘stlarimga aytmoqchi bo‘lgan eng hayratlanarli narsa shuki, Isoga berilgan har bir mo‘jiza Allohning izni bilan bo‘lgan. Demak, kuch Xudodan kelgan. Demak, kuchni Yaratuvchi bergan, o'z-o‘zidan sodir bo'lmagan. Bu E harfi edi, J va E. S harfi – Iso alayhissalomning yagona vazifasi insoniyatni yagona Xudoga sig‘inishga chorlash edi. Bu Qur’onning 3-surasi, 51-oyatida aytiladi: "Innallaha rabbee warabbukum faAAbudoohu hatha siratun mustaqeem" Alloh Qur’onda Isodan iqtibos keltirib aytadiki, albatta Alloh mening ham, sizlarning ham Parvardigoringizdir. Bas, Unga ibodat qiling! Bu to‘g‘ri yo‘ldir.

Shuning uchun S – Iso alayhissalomning yagona vazifasi. Demak, J E S U. Qiziq-a? Xo'sh "U" harfi nimani bildiradi? U – Alloh tomonidan ko‘tarilganini bildiradi. O‘ldirilmagan, xochga mixlanmagan, Alloh uni ko‘tarib olgan, xochga mixlanmagan holda osmonga ko'tarilgan. To‘g‘rimi? J E S U. Oxirgi S esa – ikkinchi bor qaytib kelishini anglatadi. Nasroniylar "rostdan ham, ikkinchi qaytishga ishonasizlarmi?" deb ajablanadi. Islomni mana shunday tushuntiraman – eslab qolish oson, tartib bilan aytaman, va oxiri Isoning ikkinchi qaytishga borib taqaladi. Demak, u xochga mixlanmagan, o‘ldirilmagan. Alloh uni osmonga ko‘targan.

Ha, Qur’oni Karimning 4-surasi "Niso" surasining 157-oyatiga ko‘ra, Alloh taolo shunday deydi, bu tarjimasi: ular (yahudiylar) Maryam o‘g‘li Masih Iysoni o‘ldirdik, deb maqtanishadi. Lekin uni na o‘ldirgan, na xochga mixlaganlar. Ularga shunaqa tuyulgan xolos. Keyin Alloh aytadi: Iso Alloh tomonidan ko‘tarib olingan. U xochga mixlanmagan, o‘ldirilmagan. Bu – farqlardan biri, lekin Alloh Iso haqida shuni aytgan. Nega u o‘ldirilmadi, balki osmonga ko‘tarildi? U yana qaytib kelishi uchunmi? Ha, islomiy e’tiqodga ko‘ra, Iso alayhissalom 2-bor qaytadi. U o‘ldirilmagan, xochga mixlanmagan, chunki nasroniy aqidaga ko‘ra, Isoga xochda o‘limi orqali najot berilgan deb hisoblanadi.

Biz esa biror insonning o‘limi yoki hayoti orqali najot topishiga ishonmaymiz, shu sababli Alloh taolo aytdi: "U o‘lmadi." Faraz uchun aytganda ham, uning o'lishi najot yo‘li emas. Lekin Alloh uni osmonga ko‘tardi. U yana yuboriladi, va u qaytganidan keyin ketma-ket voqealar sodir bo‘ladi. Xo'sh, u 2-marta qaytganda nima sodir bo‘ladi? Payg‘ambar sifatida qaytadimi? Demak, Iso qaytib kelganida, u qaysi soatda, qaysi kunda, qaysi yilda kelishini hech kim bilmasligi aniq. Lekin Imom Buxoriy va Imom Muslim to‘plagan ko‘plab sahih hadislar mavjud. Ya’ni bu – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridir, avvalgi musulmonlar bularni to‘plaganlar.

Demak, Iso alayhissalomning ikkinchi bor kelishlari haqida batafsil bayon qilingan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning 14 ga yaqin sahih rivoyatlari bor. U Damashq shahrida qayta tushadi. Bomdod namozi vaqti bo‘ladi. Musulmonlar besh mahal namoz o‘qiydi, bomdod kunning birinchi namozi. U osmonda tushayotgan bo‘ladi. Damashqning sharqiy tomonidagi oq masjid minorasiga tushadi. Shu payt musulmonlar bomdodga jam bo‘lgan bo‘ladi. Musulmonlar hayratda qoladi, ajablanadi va "Xush kelibsiz, Iso! Sizni kutayotgandik", deyishadi.

Undan: "Namozga siz imomlik qilishga nima deysiz?" Iso esa aytadi: "Imomlaringiz bor, u kishi namozga imomlik qiladi" Shundan tushunamizki, Iso alayhissalom yangi payg‘ambar bo‘lib emas, balki Muhammad alayhissalomning shariati yo‘lidan ergashuvchi sifatida keladi. Keyin nima bo‘lishi haqida yana batafsil tavsif beriladi. U o‘z armiyasini olib, Dajjolga qarshi jang qiladi. Allohning kuchi bilan Dajjol mag‘lub etiladi. So‘ngra Iso bir necha yil davomida butun dunyoga hukmronlik qiladi. O‘sha paytda hamma musulmon bo‘ladi. Musulmon – bu Yaratganga bo‘ysunuvchi kishi degani. Iso uylanadi. U haj ziyoratini, ya’ni Makka shahriga borib ibodat qiladi. Keyin u tabiiy o‘lim bilan vafot etadi.

Islom va nasroniylikda o'limdan keyingi hayot farqlari nima? Jannat, do‘zax, qiyomat kuni va hokazo. Xo‘p, juda yaxshi. Najot tushunchasi, oxirat tushunchasi – ular orasida o‘xshashliklarga yarasha farqlar ham juda ko‘p. O‘xshashliklardan biri: Nasroniylikka ko‘ra, tirilish kuni bo‘ladi va qiyomat kuni ham bo‘ladi. Lekin qiyomat kuni odamlarni Xudo emas, Iso hukm qiladi, degan e’tiqod bor. Lekin islomga ko‘ra, Alloh hamma narsani biluvchi, U hamma narsani ko‘ruvchi, dono va ilmlidir. Faqatgina U odamlarni hukm qilishga loyiq zotdir, Iso emas. Chunki Iso cheklangan bilimga ega bo‘lgan, u payg‘ambar, inson edi. U hamma narsani bilmaydi. Bu asosiy farqlardan biridir.

Ikkinchi asosiy farq bu jannat ta’rifi bilan bog‘liq. Qur’on va Injil o‘rtasidagi farq. Injilda jannat haqida batafsil ta’rif berilmaydi. Ammo Qur’onda bu bor. U yerda saroylar, daraxtlar, kiyimlar, ovqatlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida gap boradi. U yerda barcha go‘zal mukofotlar, juftlar va oila haqida ta’riflar berilgan. Injilda esa odamlar jannatda faqatgina odamlar Xudo bilan bevosita aloqada bo‘lishadi, deyiladi. Lekin bu juda ko‘p savollarni ochiq qoldiradi. Abadiylik nima degani? Sen ham o'sha yerda bo'lasan, Xudo ham. Keyin nima bo'ladi? Qur’on bunga aniq javob beradi – nima bo‘lishini, barcha mukofotlar haqida batafsil aytadi. Bu – bir farq.

Ikkinchi farq esa do‘zax tushunchasi bilan bog‘liq. Ba’zi nasroniylar do‘zax haqiqiy joy deb hisoblaydi. U yerda jazolar va azoblar bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik masihiylar deydiki: do‘zax bu ajraladigan joy ya'ni Xudoning va bandalarni ajratib turuvchi joy. Bu insonlarga umidsizlik, tushkunlik va qayg‘u olib keladi. Shunga ishonishadi. Ammo islomda do‘zax — bu Xudoni inkor qilganlarga beriladigan jazo joyidir. ko'plab alomatlar kelgani, ko'plab berilgan ogohlantirishlarga qaramay, xudoni inkor qilishadi, yomonliklar va shirk (Xudoga sherik qo‘shish) qilishdan to'xtamaydilar. Xudodan boshqasiga yoki U bilan birga boshqasiga sig‘indilar. Qur’onda bu do‘zax haqida batafsil tavsif berilgan.

Alloh barchamizni do‘zaxdan asrasin va abadiy jannatga kirishimizga yordam bersin. Xo‘sh, masihiylar musulmonlar do‘zaxga tushadi deb hisoblashadimi? Nasroniylarga ko‘ra, musulmonlarning oltita asosiy e’tiqodi va beshta ustuni va boshqa majburiyatlari bo‘lgani kabi, inson islomiy e’tiqodlarga ishonmasa va bajarmasa, unda u jazoga tortilishi mumkin. Yoki biror inson ogohlantirishlar va bilimi bo‘lishiga qaramay islomga ishonmasa, biz aytamizki, bu odam do‘zaxga tushishiga sabab bo‘ladigan mezondir.

Nasroniylarga ko‘ra, inson Iso Xudo deb hisoblanishiga, Xudoning o‘g‘li yoki Uchlikning bir qismi ekaniga, yoki insoniyat najoti uchun o‘lganiga ishonmasa, ya’ni Iso haqidagi shu aqidaga ishonmasa, bu odam do‘zaxga tushadi deyishadi. Shuning uchun ular aytishicha, musulmonlar Isoga ishonmasa, nima bo'lishini bilamiz. Ha, ular musulmonlar Isoga Xudo va Najotkor sifatida ishonmasa do‘zaxga tushadi deyishadi. Ammo ularga Injilning o‘zidan ko‘rsatishimiz mumkin, aytayotgan narsasi Iso najot haqida aytganlariga zid. Menimcha bu muhim tomoni. Isoga ko‘ra, najot yo‘li shuki, inson iymon keltirishi va ezgu amallar qilishi kerak. Islom ham shuni aytadi.

Qur’onning 2-surasi, 25-oyatida Alloh aytadiki, bu tarjimasi: bir inson iymon keltirsa, solih amallar qilsa, Alloh unga abadiy jannatni va’da qilgan. Iso huzuriga bir kishi keladi, Injilda yozilgan voqea, bir odam Iso huzuriga keladi va juda muhim savol beradi. Bu Yangi Ahdning birinchi xushxabari bo‘lib, ya’ni Matto kitobining 19-bobi, 16-oyati va keyingi oyatlarida. Bir kishi Iso oldiga kelib, ey yaxshi ustoz, dedi, jannatga kirishim uchun nima qilishim kerak? Bu juda bevosita savol edi. Iso unga javoban dedi: Nega meni yaxshi deyapsan? Faqat Yagona Xudo yaxshidir. Demak, bu oyatga ko‘ra, Iso Xudo bo‘la olmaydi, chunki u boshqa Zot yaxshilikning manbai ekanini aytyapti. Men emas, dedi.

Shundan keyin u javob berdi. Iso dedi: Agar abadiy hayot, jannatni xohlasang, amrlarni bajar. Iso shunday deyishi kerak emasmidi, Bir necha kun, bir necha oy, bir necha yildan keyin xochga mixlanaman, shunga ishon, o‘laman va tirilaman, va shunda najot topasan. Ammo u bunday demagan. Bu aqidani odamlar keyin yaratishgan. Iso esa aniq aytdi: Jannatga kirishni istasang, amrlarni bajargin. O‘sha kishi so‘radi: Qanday amrlar? Iso javob berdi: Oldingi, ya’ni Eski Ahddagi amrlar. Bu esa O‘n Amrga ishora edi. 10 ta amr Eski Ahdda, Chiqish kitobida, 20-bob, 3-oyatda shunday deyilgan: Faqat bitta Xudoga sig‘ingin va ishon.

Qolgan 9 amr esa yaxshi amallar haqida: Xudoning ismini befoyda tilga olma, ota-onangni hurmat qil, qo‘shnilaringga yaxshilik qil, yolg‘on gapirma, aldama, odam o‘ldirma – ya’ni faqat yaxshi ishlar. Demak, 10 Amrning birinchisi: faqat bitta Xudoga ishonishdir. Qolgan amrlar esa ezgu ishlar qilish haqida. Demak, Iso alayhissalomning o‘z so‘zlariga ko‘ra ham, Injildan ham ayonki odam jannatga kirishi uchun iymon keltirishi va yaxshi amallar zarur. Nasroniylikda, Iso insoniyatning gunohlari uchun o‘zini qurbon qilgan va mag'firat qilgan. Nega bu e’tiqod noto‘g‘ri? Nega Isoni o‘z xaloskori sifatida qabul qilishning o‘zi yetarli emas? Bu bir necha jihatdan noto‘g‘ridir.

Avvalo, mantiqiy nuqtai nazardan qaraganda, nega Iso o‘lgani uchun insoniyat najot topishi kerak? Bu yerga mashinada keldim. Aytaylik, tezlikni oshirib haydadim. Unda meni politsiya to‘xtatishi kerak edi. Jazo menga berilishi kerak, xotinimga, qo‘shnimga, ota-onamga emas. Demak, kimdir jinoyat qilsa, jazoni o‘sha oladi. Mantiqan qarasak, kimdir o‘lsa, unga ishonish qanday qilib boshqasiga najot olib keladi? Ham Islom, ham mantiqqa ko‘ra, inson nima qilsa, javobini o‘zi beradi. Kim yaxshi ish qilsa, mukofot oladi. Kim yomon ish qilsa-yu, tavba qilsa kechiriladi, aks holda jazo oladi. Islomdagi najot tushunchasi mantiqiy va oqilona.

Dunyodagi har bir sud tizimi Islomning o‘ziga o'zi javob berish tamoyilini qo‘llaydi. Kim jinoyat qilsa, jazoni o‘sha oladi Boshqa birov emas. Shu sababli, nasroniylarning najot tushunchasi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ikkinchidan, diniy nuqtai nazardan ham Iso aytgan: Jannatga kirish yo‘li iymon keltirish va yaxshi amallar qilish. Bu Matto kitobi, 19-bob, 16-oyatdan boshlab yozilgan. Shunday ekan, qaysi tomondan qarasak ham, hatto Eski Ahdga ko‘ra ham, unda aytiladiki, nima eksang, shuni o'rasan. Bu Hizqiyo kitobida yozilgan.

Demak, Eski Ahd shuni aytadi, Iso ham, Qur’on ham, mantiq ham shuni aytadi, har bir sud tizimi aytadiki, xato qilgan odam jazolanishi, to‘g‘ri ish qilgan mukofotlanishi kerak. Demak, asl gunoh tushunchasi sizga mantiqsiz ko'rinadimi? Asl gunohga ko‘ra, Odam Ato va Momo Havo gunoh qilgan, Xudoga bo‘ysunmagan va olma yegan yoki daraxtga yaqinlashgan, va shu uchun jazoni ularning har bir zurriyoti, ya’ni har bir farzandi tortadi. Ular asl gunohni meros qilib oladi. Ammo mantiqiy nuqtai nazardan, nega men jazolanishim kerak? Axir ota-onamning gunohi-ku? Hech qaysi sud tizimi bu tushunchani tan olmaydi. ya’ni farzandlar otaning gunohi uchun jazolanmaydi. Islom nima deydi?

Islomda “asl gunoh” degan narsa yo‘q, Islom “ezgulik” haqida so‘z yuritadi. Har bir bola, har bir chaqaloq, har bir inson pok qalb bilan musaffo, beg‘ubor holda tug‘iladi. Begunoh, pok, hech qanday nuqsonsiz. Balog‘at yoshiga yetmaguningizcha, agar yaxshi ishlar qilsangiz, mukofotlanasiz, yomon ishlar qilsangiz, jazoga duchor bo‘lasiz. Islomiy tushunchaga ko‘ra, Odam Ato va Momo Havo xato qilganlaridan so‘ng, ya’ni gunoh qilishgach, ikkalasi ham Xudoga tavba qilishgan: “Ey Xudo, bizni kechir”. Va Xudo ularni kechirgan. Vassalom. Har bir bola begunoh holda tug‘iladi. Har safar masjidlardagi ochiq eshiklar kunida nasroniylar bu savolni berganida deyarli doim mana shunday javob beraman.

Har safar aytadilar: “Sabil, siz aytgan islomdagi najot tushunchasi mantiqiy, va tushunarli”. Nasroniylar "Nega Xudo Injilni asramagan?" deb so'raydi. "Xo‘sh, nega Alloh Iso payg‘ambarga berilgan Injilni, Dovudga berilgan Zaburni, Musoga berilgan Tavrotni va Ibrohimga berilgan sahifalarni asramagan?" Alloh ularni asrashi mumkin edi, asl nusxalari bo‘lishi mumkin edi, to‘g‘rimi? Alloh buni qila oladi, u qudrat egasi. U bunga qodir. Lekin U buni qilishni xohlamadi, chunki bu vahiylar faqat o‘sha xalqqa va o‘sha davrga mo‘ljallangan edi. Faqat cheklangan ko‘rsatmalar bor edi. Ularda cheklangan Shariat bor edi. O‘sha Shariat barcha odamlar va barcha zamonlar uchun amal qilmaydi.

Shariat degani – yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma degani. Masalan, oddiy bir misol keltiraylik. Norvegiya konstitutsiyasini olaylik. Norvegiya konstitutsiyasi faqat norvegiyaliklar, ya'ni 5 million aholi uchun yozilgan, geografiyasi, madaniyati va tarixiy sharoitlariga mos yozilgan. Norvegiya konstitutsiyasi Amerika, Hindiston yoki Afrika xalqlariga to‘liq mos kelmaydi, ular uchun qo‘llanilmaydi. Amerika konstitutsiyasi ham boshqa mamlakatlar uchun amal qilmaydi, chunki uniki ham o'zi uchun. Endi tasavvur qiling, shunday konstitutsiya borki, u butun dunyo uchun, jamiki madaniyatlar, irqlar va davrlar uchun mos.

Bu Qur’onning Norvegiya va AQSH konstitutsiyalari bilan taqqoslanishi bo‘lib, Injil, Eski va Yangi Ahdga o‘xshaydi. Hatto agar Xudo Injilni — ya’ni Iso payg‘ambarga nozil qilingan vahiylarni saqlaganida ham, bu bizning bugungi kunimiz uchun yetarli bo‘lmas edi. Bugungi muammolarimizga yechimlar bo‘lmas edi. Demak, u cheklangan edi — faqat o‘sha xalq va o‘sha zamon uchun edi. Shu sababli, Alloh o‘z hikmati bilan uni saqlashni zimmasiga olmadi. Ammo Qur’on butun insoniyat, har qanday davr va har qanday muammo uchun, har bir madaniyat va har bir irq uchun. Va bu oxirgi vahiy bo‘lgani uchun, Alloh uni saqlashni zimmasiga oldi.

Musulmonlar Qur’on saqlangan, ammo injillar o‘zgartirilgan, deb ishonishadi. Buning sababi nima? Buni isbotlay olasizmi? Bu katta da’vo-ku! Katta da’vo — katta dalil talab qiladi, to‘g‘rimi? Qur’onga murojaat qilaylik. Qur’onda 15-sura, 9-oyatda Alloh bashorat qiladi: “Albatta zikrni (ya’ni vahiy) Biz nozil qildik, va albatta biz unga mohofazachimiz” Saqlashning 2 xil turli yo'llari bor: Birinchisi — odamlarning xotirasida, yodida. Muhammad alayhissalom vahiy kelganda Qur’onni yodlagan ilk inson bo‘ldilar. Sahobalar Qur’onni yod oldilar uni keyingi avlodga bizning avlodimizgacha o‘rgatishgan. 1400 yil davomida hech qanday uzilishsiz ko‘plab avlodlar zanjiri orqali saqlangan.

Har bir avlodda o‘n minglab, millionlab odamlar Qur’onni yod olgan. Bizning avlodimizda, 2021-yilda 15 millionga yaqin yodlovchilar borligini bilishsa, odamlar hayratda qolishadi. Injilda nechta? Asl tili? Nol. Asl tilini aytayapman, to‘g‘rimi? Oromiy tilida yoki qadimgi klassik Ibroniy tilida, Eski Ahd tilida. Injilni yod olgan hech kim yo‘q, ammo Qur’onni yod olgan 15 million kishi bor. Shunday qilib, Qur’on yodlangan deb ayta olamiz. Bu tajribani amalga oshira olamiz. Qur’onni o‘qishni biladigan bir nasroniy kelsa, u Qur’onni ochiq ushlab tursa, o‘g‘lim esa Qur’onni yod olgan, aytmoqchimanki, mashallah, U Qur’onni tugatishga juda yaqin.

U boshqa tomonga qarab, hech qanday telefon yoki qurilmasiz, faqat xotirasi bilan o‘qishni boshlaydi. Va arab tilida o‘qishni biladigan nasroniy Qur’onga qaraydi, o‘g‘lim Yusuf nimani o‘qisa, u bilan aynan bir xil bo‘ladi. Oddiy tajriba. Qur’onni saqlanib qolgan ikkinchi yo‘li shuki, boshidan boshlab Muhammad alayhissalom o‘qishni ham, yozishni ham bilmas edilar. U zotga vahiy kelganida, u kishining 55 tadan 77 tagacha kotiblari bo‘lgan. Huzuriga kelishardi, u kishi: “Mana shu oyatni yozinglar”, “Qur’onning mana shu surasini yozinglar”, derdilar. Ular yozishardi, keyin u kishi ularga: “Menga o‘qib beringlar, nima yozdinglar?” derdilar, ya’ni yozuv vahiyga to‘g‘ri kelganini tekshirardi.

Shu yo‘l bilan Qur’on to‘liq yozib borilgan va to‘liq yodlab borilgan. Nusxa ko‘chiruvchilar xatoga yo‘l qo‘yishsa, bilasizmi, bosmaxona paydo bo‘lishidan oldin, odamlar nusxalarni faqat qo‘lda yozishgan, xato qilishi tabiiy. Qur’onning yozma nusxasida biron-bir xato bo‘lsa, Qur’onni yod olgan hofizlar bu xatoni sezib qolishadi, agar ular xatoni topsa, uni to‘g‘rilashadi va u asl nusxadek bo‘ladi. Aniq o‘sha asl nusxadek bo‘ladi. Qur’onda ikki bosqichli tekshiruv va muvozanat tizimi mavjud. Bu Qur’on saqlanib qolganiga dalildir. Bizda Qur’onning qo‘lyozmalari mavjud va ular Payg‘ambar alayhissalom davrigacha borib taqaladi.

Ulardan biri Birmingem Qur’oni, aytgancha, uni Birmingemdagi kutubxonada topishgan. Qur’on qanday saqlanib qolganini shunday ko‘rsatishimiz mumkin. Bu ko‘r-ko‘rona ishonch emas, balki dalillarga asoslangan. Unda Injil-chi? Odamlar o‘ylayotgandir. Siz musulmonlar Injil o‘zgartirilgan deb da’vo qilasiz. Qani dalil? Kim o‘zgartirgan? Qachon o‘zgartirilgan? Qayeri o‘zgartirilgan? Iso alayhissalom hidoyat, yagona Xudo va najot haqida gapirganida, o‘sha paytda hech kim yozib olmagan. Hech bir Injil tarixchisi Iso so‘zlari Iso hayotligida yozib olingan demagan. Shunday qilib, Iso vafotidan keyin, ko‘p yillar o‘tgach, odamlar eslab qolganlari asosida yozishni boshlashdi.

Iso bu dunyoni tark etganidan keyin 30-60 yillik tanaffus bo‘lgan. Nasroniylar aytishicha, bu yozgan odamlar, ya’ni to‘rtta Injil mualliflari asl guvohlar emas. Ular nomaʼlum mualliflar. Ular yozgan paytda ham Iso payg‘ambarning tilida yozmagan. Britannika ensiklopediyasiga ko‘ra Iso payg‘ambar oromiy tilida so‘zlashgan. Ammo Yangi Ahdning asl qo‘lyozmalari yunon tilida yozilgan. Islom dinida Qur’on arab tilida nozil qilingan, arab tilida yodlangan, arab tilida yozilgan, va biz namozda arab tilida tilovat qilamiz. Ularda esa bu yo‘q. Yangi Ahd yunon tilida yozilgan, ammo Iso payg‘ambarning tili oromiy edi. Endi barcha farqlariga qarang.

Isoga nozil qilingan vaqtida yozilmagan, boshqa tilda yozilgan, voqealarning guvohi bo‘lmagan odamlar tomonidan yozilgan, va keyinchalik juda ko‘p o‘zgarishlar kiritilgan. Bunga sabab esa shunda. Tasavvur qiling. Qo‘lingizda Injilning bitta qo‘lyozmasi bor, va bir kishi bu nusxani qo‘l bilan ko‘chirib yozishi kerak. Lekin Injilni yod olganlar bo‘lmagani uchun, bu odam nusxalashda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Masalan, xotirasi pand bersa, yoki charchagan bo‘lsa, yorug‘lik yetarli bo‘lmasa, u yozgan nusxa asl nusxadan farq qiladi, chunki unda xato bor. Keyin boshqa kishi mana shu xatoli nusxani ko‘chirsa, nafaqat xatoni o‘zlashtiradi, balki yangilarini ham qo‘shib yuboradi.

Nusxa ko‘paygani sayin, xatolar ham ko‘payaveradi. Buni yana qanday isbotlaymiz? Injillarning to‘plovchisiman, shu orqali isbot keltirishim mumkin. Menda 300 ta Injil nusxasi bor. Ha. Hammasi kutubxonamda. Ular turli davrda yozilgan, turli tillarda, turli versiyalarda. Har biri boshqasidan farq qiladi. Masalan: 1611-yilda nashr etilgan Qirol Jeyms Injili bor, u Angliya qiroli Jeyms boshchiligida chop etilgan. Bu Injil 1881-1885-yillarda qayta ko‘rib chiqilgan, chunki unda xatolar bor va qadimgi qo‘lyozmalardan ko‘chirilmagandi. Shuning uchun bu Angliyada 1881-yilda yangilandi. Unda ham ba’zi xatolar bo‘lgani uchun, 1901-yilda yana qayta ko‘rib chiqildi.

Bu Amerika standart versiyasi deb ataladi. Unda ham xatolar bor edi, chunki odamlar yangi qo‘lyozmalarni topa boshlashdi. Bu yangi qo‘lyozmalar bu Injildan farq qilgani uchun Injilni doimiy yangilab turishgan. Ba'zi misollar keltiraman. 1901-yilning Amerika standart versiyadagi Injili unda xatolar bo‘lgani uchun 1952-yilda yangilangan. Unda ham xatolar bo‘lgan, shuning uchun 1971-yilda yana qayta ko‘rib chiqilgan – YASV(Yangi Amerika standart versiyasi). (NASB.) U ham xatolar sabab 1989-yilda, keyin 2020-yilda, so‘ng 2021-yilda ham yangilangan. Birodar Sabil, Nimalar bo'lyapti dersiz!?

Gap shundaki, sizda bitta Injil bor, lekin ular yangi qo‘lyozmalarni topishsa, bu Injilni yangilashlariga to‘g‘ri keladi. Tarjimani emas, balki mazmunini o‘zgartirishadi. Xo'sh, odamlar Injilda qaysi oyatlarni o‘zgartirgan? Agar Qirol Jeyms versiyasiga qarasangiz, Yangi Ahd ya'ni ikkinchi kitob – Markga qarasak, 16-bob – juda ko‘p gapirdim, umid qilamanki, kuzatib boryapsiz. Yangi Ahd, ikkinchi xushxabar, 16-bob Qirol Jeyms versiyasida bu bobda 20 ta oyat bor. Bu bitta Injil. Mendagi Injil esa – 1952-yildagi nashr. Mark xushxabarining 16-bobi, unda 20 ta oyat bor. boshqasida esa atigi 8 ta oyat. Qoyil! Odamlar o‘ylashi mumkin...

Musulmonlar tarjimalarni versiyalar bilan adashtirishayotgan bo'lishi mumkin. Yo‘q, tarjimani tushunamiz. Tarjima degani, masalan, ingliz tilidan turk tiliga tarjima qilish. Bu tarjima bo‘ladi. Versiya esa, asl so‘zlar o‘zgartirilgan degani, aslidagi parchalar o‘zgartirilgan degani. Bu versiyada parcha ko‘p, boshqasida kam. Bu oddiy misollardan biri. Yana bir misol Yuhanno Injilida, to‘rtinchi Injilda bo‘lishi mumkin, 7-bob, 53-oyatda, fohisha haqida gap boradi va odamlar uni toshbo‘ron qilish uchun atrofga yig‘ilishadi. Iso kelib shunday deydi: "Kim gunohsiz bo‘lsa, birinchi bo‘lib tosh otsin". Bu voqeani eshitgandirsiz. Bu voqea qadimiy qo‘lyozmalarda yo‘q. Qirol Jeyms versiyasida bor.

QSV versiyasida esa bu voqea qo‘shilgan, deyilgan, (QSV-Qayta ko‘rilgan standart versiya.) ya'ni bu qadimiy qo‘lyozmalarda yo‘q. Demak, kimdir bu voqeani qo‘shgan. Yana bir misol. Yuhanno birinchi bitigining 5-bobi, 7-oyatida Qirol Jeyms versiyasida shunday deyilgan: "Osmonda uch kishi guvohlik beradi, Otа, O‘g‘il va Muqaddas Ruh". Bu qirol Jeyms versiyasi. Yangi versiyalarda bu olib tashlangan, chunki bu keyinroq qo‘shilganini tushunishgan. Demak, asrlar davomida yunoncha qo‘lyozmalarga odamlar narsalarni qo‘shgan va olib tashlashgan. Shuning uchun biz injilni o‘zgartirilgan, deymiz.

Nasroniylarning muammosi shunda: Ularda haqiqiy injil yo'q, ularda Injilni yod olgan hofizlar ham yo‘q, ularda faqat qo‘lyozmalar bor, va har biri boshqasidan farq qiladi. Shuning uchun ular o‘zlarining fikrlaridan kelib chiqib, ovoz yig'ib, qaysi parcha qayerda turishini aniqlashadi. Injillarni shunday tuzishadi. Shuning uchun biz musulmonlar Injillar o‘zgargan, Qur’on saqlangan deganimizda, aytayotgan gaplarimizga yetarli va ishonchli dalillar bor. Faqat shu 4ta injil bo'lganmi? Yoki Iso zamonida boshqa Injillar ham bo‘lganmi? Iso osmonga ko‘tarilganidan keyin, taxminan 33-yillar atrofida, ta’limotlari haqida hech qanday yozma hujjat yozilmagan.

Ancha yillardan keyin odamlar Injillarni yozishni boshlashdi. Injilning ta’rifi shuki, u Iso payg‘ambarning tarjimai holidir. Ko‘plab odamlar Iso payg‘ambarning tarjimai holini yozgan. Faqatgina Matto, Mark, Luqo va Yuhanno emas, go‘yoki, ko‘plab, juda ko‘plab Injillar yozilgan. Ba’zilar 77 ta deydi, ba’zilar 100 ta, ba’zilar esa 200 ta deydi. Shunday qilib, Isoning ilk shogirdlari va ularning avlodlari Iso o'rgatgan yakkaxudolik dinini yoyish uchun dunyoning turli burchaklariga borishgan.

Bu nasroniylar yoki ilk shogirdlar, Rim imperiyasiga borganda, Forsga borganda, Misrga borganda, Hindiston yarimoroli yoki Xitoyga borganda, o‘sha joylarda, o‘sha madaniyatda Trinitarizm (Uchlik)ning turli ko‘rinishlari keng tarqalgan edi. Afsuski, Iso Masihning monoteist izdoshlari monoteizmni susaytirib, unga Uchlikni kiritdilar. Rim imperiyasida bir voqea bo'ldi: endi ikki xil nasroniylar guruhi mavjud edi — uchlikka ishonadigan nasroniylar va bir xudoga ishonadigan nasroniylar, ularni yana "yunitar" ham deyishadi. Uchlikchilar va yunitarchilar bo'lgan. Oralarida doimiy kelishmovchilik va ziddiyat bo‘lardi.

Rim imperatori Konstantin esa, bu orada u butparast imperator edi, “tinchlik va hamjihatlik bo‘lishi kerak, ularni birlashtiraylik,” dedi. U barcha nasroniy yepiskoplarni bir joyga to‘pladi. Yig'ilish qildi, u "Nikey kengashi" deb ataladi. Shu yerda ular Iso Otaga teng degan qarorga kelishdi. Bu qaror avval qabul qilinmagandi. Endi bu umumiy e’tiqodga aylandi. Bu qaror kuchga kirar ekan, avval mavjud bo‘lgan ko‘plab Injillar orasida nasroniylar to‘g‘ri-noto‘g‘risini aniqlay olishmadi. Ammo endi uchlikka asoslangan umumiy e’tiqod hukmronlik qila boshladi.

367-yilda Iso payg‘ambardan ancha yillar o'tgandan keyin, Injilni rasmiylashtirishda uchlik e’tiqodini injilga kiritishdi va aynan shu uchlik e’tiqodiga mos keladigan Injillarni tanlab olishdi. 367-yil — bu Iso Masihdan keyin 300 yildan ham ko‘proq vaqt o‘tgan edi. Shunday qilib, faqat uchlik g‘oyasiga mos kelgan Injillar qoldi. Mos kelmaganlari esa chetga chiqarildi. Shunday qilib, Foma Injili yoki Barnabo Injili kabi boshqa ko‘plab Injillar mavjud ekan. Odamlar aytishicha, bu Injillarda Iso faqat payg‘ambar bo‘lgani, yagona Xudo borligi va Iso o‘lmagani haqida yozilgan. Bu xuddi Islomdagi najotga o‘xshaydi.

Ushbu Injillarning barchasi rad etildi, qora ro‘yxatga tushdi, taqiqlab qo‘yildi, va faqat uchlikka mos kelgan Injillar tanlab olindi. Bu uchlik g‘oyasi qayerdan paydo bo‘lgan? Bu ilgari boshqa dinlarda, nasroniylikdan oldin ham bo'lganmi? Uchlik g‘oyasi turli madaniyatlarda juda keng tarqalgandi. Boshqa jihatlar ham bor. Ba’zi madaniyatlarda, Xudoning g‘oyasi shu darajada buzilganki, butlarga, odamlarga, hayvonlarga sig‘ina boshlashgan, ya'ni uchlik tushunchasi. Masalan, hindlarda hozir ham uchlik bor. Ularda yaratuvchi Brahma, Vishnu ham bor va saqlovchi bilan yo‘q qiluvchi esa Shiva. Misr madaniyatida ham qandaydir uchlik bor edi. Rim imperiyasi va Forsda ham bo'lgan.

Yakka xudolikka ishonish g‘oyasi zaiflashdi. Masalan, Hindistonda — o‘sha yerdanman. Hindistonda tug‘ilib, o'sganman. Ayrim musulmonlarni o‘lgan odamlar qabrini aylanib yurganini ko‘rganman. Bular musulmonlar edi. Ularga hatto sajda ham qilishardi. o‘zlarini musulmon deb hisoblashadi, lekin bilimsiz, bid’atlar qilmoqdalar. Iso alayhissalomning ilk izdoshlari ham boshqa madaniyatlar bilan to‘qnash kelganlarida, nima uchundir ularni o‘sha madaniyatlarga, turmush tarziga, e’tiqodlariga jalb qilishdi va tavhidni zaiflashtirib, uchlik g‘oyalarini kiritdilar.

Oldingi ayrim madaniyatlarda, yahudiylar orasida ham, taqvodor, solih odamlarni Xudoning o‘g‘li deb atashgan, Bu so‘zlar majoziy ma’noda aytilgan. Ammo Iso izdoshlari paydo bo‘lgach, ular shunday deyishdi: boshqa madaniyatlarda ham Xudoning o‘g‘li tushunchasi bor ekan, balki Iso ham Xudoning o‘g‘lidir deyishdi. Shunday qilib, so'zning majoziy ma’nosi haqiqiyga o'zgarib ketdi. Xudo o‘g‘ilga ega deb aytgach, demak o‘g‘il ham Xudoning sifatlariga ega degan fikrga kelindi. O‘g‘il ham Xudo bo‘lishi kerak. So‘ngra Muqaddas Ruh tushunchasini kiritishdi. Xudoning ruhi bu majoziy ifoda, Xudoning ruhi Xudoning o‘zidir. Lekin ular Xudoning ruhini alohida shaxs deb qabul qilib, ilohiy sifatlar berdilar.

Hozir aytishadiki, Otaning o‘zi Xudo bo‘lsa, O‘g‘il ham, Muqaddas Ruh ham Xudoning sifatlariga ega bo‘lsa, ehtimol Xudo ham o‘sha madaniyatlardagi kabi uch shaxsdan iboratdir. Shu tariqa, Iso alayhissalomdan ko‘p asrlar o‘tib, Uchlik tushunchasi xristian dinining asosiy qismiga aylandi. Bu juda mantiqiy dalillar, lekin ko‘p xristianlar shunday deyishadi: Nasroniy dinida ma’naviyatni topdim va Xudo bilan bog‘liqlikni his qilaman. Nega dinimni o‘zgartirishim kerak? Odam nasroniylikdan islomga o'tishi kerak bo'lgan uchta oddiy sababni aytaman. Uchta oddiy sabab.

Eng birinchi va muhim sabab — faqatgina odam o'zini biror dinda yaxshi, ruhiy jihatdan ko'tarinki his qilgani o‘sha dinning to‘g‘ri ekani degani emas. Masalan, bir hindu ham ibodatxonaga borib: ruhimni his qilaman, deyishi mumkin. "o‘zimni yaxshi his qilyapman, bu to‘g‘ri din deb hisoblayman." His-tuyg‘ular — bu haqiqat emas. Buddist ham xuddi shunday deyishi mumkin, yahudiy ham. Musulmonlar ham shunday deydi. Aytganimiz bilan, bu haqiqatga aylanib qolmaydi. His-tuyg‘ular. Bu barchamizda bor. Bu subyektiv dalil deb ataladi. Subyektiv. Shuning uchun hislar emas, faktlar asosida qaror qilish kerak. Endi faktlarga o'tamiz, 2 ta jihati bor.

Birinchidan, to‘g‘ri dinning mezonlaridan biri shuki, bu din Xudoning to‘g‘ri tushunchasiga ega bo‘lishi kerak. Agar dinda "Xudo" tushunchasi to‘g‘ri bo‘lsa, hamma narsa joyiga tushadi. Agar "Xudo" tushunchasi noto‘g‘ri bo‘lsa, qolgani ham ahamiyatli emas. Demak, Islomda Alloh tushunchasi shunday: mutlaq yagonalik, faqat bitta yaratuvchi bor, ajoyib sifatlar, sheriklar yo‘q, uchlik yo‘q, mutlaq yagonalik. Bu har bir payg‘ambar yetkazgan Xudo haqidagi ma'lumot, Injilda ham shunday. Nasroniy, yahudiy do‘stlarimga aytaman: Ibrohim alayhissalomga qarasangiz, u yagona Xudoga ishongan, uchlik tarafdori emasdi. Muso ham uchlik emas, yagonalikka chaqirgan.

Qolgan payg‘ambarlar ham, hatto Iso ham yagonalikni targ‘ib qilgan. Iso uchlik tarafdori emasdi. Nasroniylarning islomga e’tibor berishining ikkinchi sababi shundaki, islom Iso va barcha Payg‘ambarlar targ'ib qilgan yakkaxudolik e’tiqodini qayta tikladi. 3- muhim sabab shuki, dunyoviy nuqtai nazardan yondashsam, Islom, Nasroniylik, Yahudiylik, Hinduizm bor, bir e’tiqodni tanlamoqchi bo'lsam quyidagicha mezoni bo‘ladi. Insoniyat ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Irqchilik, oilalar buzilishi, axloqiy qadriyatlarning yemirilishi, odam o‘ldirish, o‘z joniga qasd qilish, qimor — muammolar ro‘yxati davom etaveradi. Yechimi nima?

To‘g‘ri e’tiqodning mezonlaridan biri shuki, Alloh yuborgan bo‘lsa, unda har bir muammoning amaliy, foydali, hayotda ishlaydigan yechimlari bo‘lishi kerak. Injilga qarasangiz, u quyidagilar haqida gapirmaydi: iqtisodiy tizim, siyosiy tizim, sud-huquq tizimi, oilaviy tizim, nikoh tizimi. Injilda bu narsalar yo‘q, lekin bular bizga kerak. Eski Ahdda bir oz bor, lekin ular cheklangan, faqat yahudiylar uchun, vaqtga bog‘langan, muayyan odamlar uchun mo'ljallangan. Bizga kerak, lekin yo'q. Hindu Vedalarida ham yo‘q. Budda matnlarida ham yo‘q, to‘g‘rimi? Insoniyat, 8 milliard odam, bizga yechimlar kerak. Oddiy insoniy mantiq bilan qaraganda ham, bunday yechimlar yo'q. Amaliy yechimlar.

"Qo‘shningni sev" deyilgan xolos, lekin bu qanaqa sevgi? Batafsil yechim kerak. Islomda bu yechimlar bor. Qur’onda, Allohning butun insoniyatga nozil qilgan kalomi, va Sunnatda, ya’ni Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hayotida ko'rsatilgan. Insoniyat muhtoj bo'lgan yechimlar faqat islom dinida bor. Shu uch sabab tufayli, mantiqan qaraganda, Islom to‘g‘ri dindir. Eski Ahddagi payg‘ambarlar yolg‘iz Xudoga va yagonaligiga ishonishni targ‘ib qilgan, dedingiz. Iso ham xuddi shunday deganini aytdingiz. Nasroniylar fikriga ko‘ra, o‘sha payg‘ambarlarga nima bo‘ladi? Chunki ular Isoga ishonmagan. Iso ulardan keyin kelgan. O‘sha payg‘ambarlarga nima bo‘ladi?

Iso masihdan oldingi odamlarning najot yo‘li qanday edi? Ularning najot yo‘li – iymon keltirish, ezgu amallar qilishdan iborat edi. Xato qilishsa, Allohdan kechirim so‘rashadi. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki bilasiz, Muso alayhissalomning davridagi odamlarni, uning bevosita izdoshlarini biz musulmonlar deymiz. Ular Allohga bo‘ysunishgan. Shuning uchun ularni musulmon deymiz. Shunday ekan, Musoni payg‘ambar deb tan olgan, Alloh tomonidan nozil qilingan Tavrotga ergashgan, va imkon qadar amal qilgan, kamchiliklari uchun Allohdan kechirim so‘ragan kishi Allohning rahmati bilan jannatga kiradi deymiz.

Musoning, Ibrohimning, Sulaymonning, Dovudning, Ismoilning, Is'hoqning, barcha payg'ambarning davrida yashagan odamlar. Hattoki Iso davrida ham, bu juda muhim. Biz aytamizki, kimda-kim Isoni payg‘ambar deb tan olib, bir xudoga ergashsa, bir xudoga taslim bo‘lsa va Injilga, ya’ni Iso va shogirdlariga xudo tomonidan berilgan vahiyga ergashsa, u odam musulmon, Masihning izdoshi va uning uchun najot yo‘li xudoga ishonish, Isoni payg‘ambar deb tan olib, Tavrot yoki Injilga ergashishdir. Injilda ajoyib bir gap bor. Nega uni ajoyib deyapman? Masalan, bir odam musulmon bo‘lishi uchun, tasavvur qiling, kimdir masjidga kelib shunday deydi: Qur’onni o‘qidim, musulmon bo‘lmoqchiman.

U odam shahodat keltirishi kerak. Ashhadu an la ilaha illallah va ashhadu anna Muhammadan rasulullah. Ya’ni, guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q, va Muhammad alayhissalom Allohning payg‘ambaridir. Iso alayhissalom davrida ham xuddi shu bayonot bo‘lganmi? Axir Iso ham Allohning elchisi. Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Iso Uning elchisidir. Bu gap Injilda bor. Iso shunday deydi: abadiy hayotni xohlasangiz, jannatga borishni istasangiz, bilingki, yagona haqiqiy iloh — U (Alloh), — deya Unga ishora qiladi, va Iso Alloh yuborgan elchidir. Shahodat injilda ham bor va Iso aytadi: bu jannatga olib boruvchi yo‘l, ya'ni shahodat keltirib unga iymon keltirish.

Payg'ambar Muhammad alayhissalom Qur’onni Eski va Yangi Ahddan ko‘chirgan bo‘lishi mumkinmi? Ko‘p odamlar Qur’on injildan ko‘chirilgan deb da’vo qiladi. Bu da’voni rad etishning ko‘plab yo‘llari bor. Bu e’tirozga qarshi ko‘plab isbotlarimiz bor. Rad qilishga yetarli dalillar bor. Ulardan biri shuki, Qur’on injildan ko‘chirilmagan, chunki Muhammad sollolohu alayhi vassallam o‘qish va yozishni bilmaganlar. Yozmoqchi bo‘lganda ham, injilni o‘qiy olmas, ko‘chira olmas edi. Bu birinchi sabab. Qur’onda 7-sura, 157-oyatda shunday deyilgan: u ummiy payg‘ambar edi, o‘qish va yozishni bilmas edi.

Ikkinchi aytadiganimiz shuki, u davrda o'qib ko‘chirib olish uchun to‘liq Injil arab tiliga tarjima qilinmagan edi. Qadimgi Ahdning birinchi tarjimasi milodiy 900-yillarda yakunlangandi. Yahudiy olimi Sadiyya Gaon tarjima qilgan. Demak, Muhammad alayhissalom davrida, ya’ni 7-asrda, Yahudiy Injili arab tiliga tarjima qilinmagandi. Yangi Ahd esa umuman yo'q edi, hatto 1600-yillargacha ham tarjima qilinmagan. Ko'chirib yozib olish uchun arab tilida to‘liq Injil yo'q edi. Arab tiliga tarjima qilinmagandi. Uchinchidan, shuni aytishimiz mumkinki, injilda mavjud bo‘lgan ba’zi oyatlar Qur’onda yo‘q va aksincha. Bu nima degani? Qur’onda Fir’avn haqidagi voqea tilga olinadi.

Injilda ham Fir’avn haqidagi voqea mavjud, lekin Qur’on ushbu voqeani to‘liq tasvirlaydi. Misol uchun, injilda, "Chiqish" kitobining 3-bobida, Fir’avn va uning lashkarlari Musoni quvib boradi, so‘ng ular g‘arq bo‘ladilar. Qur’onda ham shu voqea bor, ammo Qur’on aytadiki, Fir’avn cho‘kib o‘lgach, uning jasadi keyingi avlodlarga ibrat bo‘lishi uchun saqlanadi. Bugungi kunda biz Fir’avn jasadini topdik va olimlar jasadni tahlil qilib, "Bu Muso davridagi Fir’avn bo‘lishi mumkin" deyishdi. Demak Qur’onda qo‘shimcha ma’lumotlar bor. Payg‘ambar injildan ko‘chirgan bo‘lsa, bu qo‘shimcha, to‘g‘ri ma’lumotlarni unga kim berdi? Hozirgi zamon olimlari buni endigina kashf etishdi. Ikkinchidan.

Qur’onda yana nima haqida aytilgan? Nuh alayhissalom. Nuh va to‘fon haqida. Injilda to‘fon haqida aytilgan, Qur’onda ham aytilgan. Injilga ko‘ra, bu global to‘fon edi. "Yaratilish" kitobi, 7-bob, 21-oyat shunday deydi: butun dunyo suvga g‘arq bo‘lgan. Faqat Nuh kemasidagi odamlar tirik qolgan. Eski Ahd "Yaratilish" kitobi bo'lgan Injilda, 7-bob, 21-oyat shunday deydi. Qur’on esa to‘fon haqida gapiradi, lekin u mahalliy to‘fon edi. Faqatgina Nuh alayhissalomga qarshi chiqqan, chaqiriqlarini masxara qilgan va Allohdan yuz o‘girgan odamlar jazo tariqasida halok bo‘lganlar. Bu mahalliy to‘fon edi. Endi sizda injildagi va Qur’ondagi voqea bor.

Arxeologlar hozir Qur’ondagi voqeani qo‘llab-quvvatlamoqda. Ilm-fan Qur’ondagi voqeani tasdiqlaydi. Uchinchidan, bu qo‘shimcha ma’lumotni Payg‘ambarimizga kim berdi? Yana bir narsa, Qur’onda ilmiy faktlar mavjud. 500 dan ortiq ilmiy faktlar, birorta xato yo‘q. Injilda bular yo‘q, Qur’onda esa bor. Demak, agar Qur’on injildan ko‘chirgan bo‘lsa, unda bu qo‘shimcha ilmiy faktlarni Qur’onga kim qo‘shdi? Bu yana bir sabab, to‘g‘rimi? Oddiy bir misol aytaman: faraz qilaylik, ikki nafar talaba bor. Dovud “D” baho oladi, Bill esa “B” . Oddiy, to‘g‘rimi? Endi yakuniy imtihonda Dovud Billning yonida o‘tirib, Billdan barcha javoblarni ko‘chiradi. Faraz qilaylik, Bill 80% natija bilan “B” baho oldi.

Xo'sh, Dovud nechchi oladi? Barcha javoblarni ko‘chirgan!? U ham “B” baho oladi-a? Chunki Dovud faqat to‘g‘ri javoblarni emas, noto‘g‘rilarini ham ko‘chirgan bo‘ladi. Qur’on injildan ko‘chirgan bo‘lsa, u holda Qur’on injildagi zidliklarni, injildagi xatolarni, undagi nomuvofiqliklarni ham olgan bo‘lardi, lekin olmagan. Qur’onda hech qanday xato yo‘q, injilda esa ko‘p. Unda kim faqat to‘g‘ri narsalarni tanlab, to‘g‘ri ma’lumotlarni qo‘shgan? Buni hozir ilm-fan tasdiqlamoqda. Shuning uchun ilmiy nuqtai nazardan, arxeologik nuqtai nazardan, muqaddas yozuvlar nuqtai nazardan, tarixiy nuqtai nazardan, Qur’on mustaqil ravishda kelgan va u Injildan ko‘chirilmagan.

Ammo ba’zi odamlar aytadi: Qur’on bilan Injil o‘rtasida o‘xshashliklar bor. Shu sababli, u ko‘chirilgan, deyishadi. Javobim shunday: Injil Qur’on bilan bir xil manbadan, ya’ni Allohdan kelgan. Ammo Injil o‘zgartirilgan, unda asl nusxalardan ba’zi qoldiqlar saqlanib qolgan, keyin Alloh oxirgi vahiyini yubordi va unda ham Injil bilan ba’zi o‘xshashliklar bor. Bu bir kitob ikkinchisidan ko‘chirilgan degani emas, ularning manbasi bir xil. Buni mantiqiy yakuniga yetkazaylik-a?

Odamlar Qur’on Injildan ko‘chirilgan desa, aytishimiz kerakki: xo‘p, mayli, Yangi Ahdning Eski Ahd bilan umumiy jihatlari bor, xristianlar endi xristian mualliflari yahudiy mualliflaridan ko‘chirgan degan fikrga qo‘shiladimi? Yahudiylardan ko'chirganmi? To'xtamaymiz. Eski Ahd hindu Vedalari bilan ham o‘xshash. Eski Ahd mualliflari hindulardan ko‘chirib olgan desak bo‘ladimi? To'xtamaymiz. Hindu Vedalari Bobil yozuvlari bilan o‘xshash. Mana qayergacha keldik? Shuni aniq aytamizki, Qur’on mustaqil ravishda bir manbadan, Allohdan keladi va Injilning qoldiqlari ham bir manbadan, Allohdan keladi. Manba bir xil bo‘lgani uchun umumiylikni ko‘rasiz, bir odam ikkinchi odamdan ko‘chirgani uchun emas.

Asrlar davomida yahudiylar Iso Masihni kutishgan. Ammo Iso kelganida, uni inkor qilishdi. Nasroniy manbalarida ham Muhammad payg‘ambar kelishi ham eslatilgan. Ammo nasroniylar Muhammad payg‘ambarni inkor qilishganda, yahudiylar kabi harakat qilmayaptimi? Ha, ba’zi o‘xshashliklar bo‘ladi. Nega xristianlar Muhammad alayhissalomni inkor qilishadi, va nega yahudiylar nafaqat Isoni, balki Muhammad alayhissalomni ham inkor qilishdi? Yahudiy olimlari Masihda muayyan mezonlarni qidirishadi. Masih Dovud kabi shoh bo‘lsin. Masih harbiy rahbar kabi bo‘lsin. Masih harbiy kuch bilan hukmronlik qilsin. Katta imperiyasi bo'lsin. Shuning uchun ular Isoda “zaif” odamni ko‘rishdi.

Odamlar uni masxara qildi, rad etishdi, uning armiyasi yo‘q, kuchi yo‘q. Shunday ekan, ularning fikricha: Bu Masih bo‘lishi mumkin emas, chunki ularning Injiliga ko‘ra, Masihda bu mezonlar bo‘lishi kerak deb o'ylashadi. Asosan shu sababli Iso masihni rad etishdi. Hozir esa Muhammad alayhissalomni yahudiylar ham rad etishadi, ba’zida mag‘rurlik sabab bo‘ladi. Shunday o‘ylashlari mumkin: Barcha payg‘ambarlar Is'hoq naslidan kelgan, o‘zlarini tanlangan xalq deb hisoblashgan. Kitoblar ularga berilgan, payg‘ambarlar ularga berilgan, ular eng yaxshi xalqdir. Ammo ular Muhammad alayhissalomni ko‘rishganda, u Ismoil alayhissalom naslidan, arablardan kelgan edi.

Keyin mag‘rurligi tutib, afsuski, inkor qilishdi. O‘z manbalarida alomatlarni ko‘rishgan bo‘lsa ham, rad etishdi. Darvoqe, ba’zi yahudiylar islomni qabul qilishdi, lekin umuman olganda xuddi Iso alayhissalomni inkor qilganlaridek, uni rad etdilar. Hozir nasroniylar Muhammad alayhissalomni inkor qilishadi, Chunki ularning fikricha, Injil to‘liq bir voqea, najot manbai ham, nazarida ma'lumotlar tartibli va aniq, Iso kelgan, vafot etgan, va voqea shu yerda tugagan. Hech qanday yangi odam Injilga yo‘l-yo‘riq qo‘shish uchun kelmaydi. Shuning uchun ular aytishadi: Injil yetarli, Iso yetarli, yo‘l-yo‘riq yetarli, demak yangi bir elchiga va yangi payg‘ambarga ehtiyoj yo‘q.

Shuning uchun ular Muhammad alayhissalomni inkor etishadi. Lekin ilgari aytganimizdek, juda ko‘p belgilar mavjud, Eski Ahd va Yangi Ahdda Muhammad alayhissalom haqidagi bashoratlar haqida yetarlicha belgilar mavjud. Chin dildan izlaydigan yahudiy yoki chin dildan izlaydigan nasroniy bu bashoratlarni o‘rgansa, Muhammad alayhissalom haqida ajoyib belgilarni topadilar, va Alloh unga bergan yakka Xudolik e’tiqodini, insha Alloh, agar chin dildan izlasa, uni ham payg‘ambar sifatida qabul qilib, Alloh yuborgan Islom diniga ergashadilar. Ehtimol hozir bir nasroniy sizni tomosha qilib, shunday deyayotgandir: Islom mantiqiy tuyuladi, lekin Isodan voz kechishni xohlamayman.

Isoni qattiq yaxshi ko'raman. Musulmon bo‘lsam, Isoga qanday munosabatda bo'laman? Bir nasroniy shunday desa, Islom yaxshi, u menga jozibali tuyulmoqda, lekin men Isodan voz kechishim kerakmi? Isoni yaxshi ko'raman. O‘zingizdagi Isoni olib keling va unga yanada ko‘prog'ini qo‘shing deyman. Isodan voz kechish shart emas. Endi Isoga u qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday tarzda ergashasiz. U buyuk bir payg‘ambar edi. Injilda u ko‘p marta buyuk bir payg‘ambar deb aytilgan. Matto 13:57, Yuhanno 4:44, Mark 6:4, Luqo 13:33 — bularning barchasida. Isoni yaxshi ko'rsangiz, unda u aytganlarga ergashing. U yagona Xudoga ishonardi — buni o‘zingiz bilan birga olib kelasiz.

Isoga payg‘ambar sifatida e’tiqod qilasiz, Qur’onda ham xuddi shunday deyiladi, Isoning kiyinish uslubini ham o‘zingiz bilan olib kelasiz. U soqolli edi, oddiy va kamtarona kiyimlar kiygan. Shularni ham olib kelasizki, Iso alayhissalom o‘z shogirdlariga salom aytganlaridek. Musulmonlar ham salom berishadi — buni ham olib kelasiz. Iso payg‘ambarning musulmonlar kabi 40 kecha-yu 40 kunduz ro‘za tutganini ham olib kelasiz, buni o‘zingiz bilan olib kelishingiz mumkin. Eng go‘zal tomoni — Isoning qanday ibodat qilganini olib kelasiz. U sajda qilgan, U Xudoga ibodat qilgan. U Xudoga to‘liq tayanib yashagan. O‘zingiz bilan olib kelasiz, chunki musulmonlar ham xuddi shunday qilishadi.

Demak, Isoni yo‘qotmayapsiz, Isoni olib kelyapsiz, lekin yana nimanidir, yaxshirog‘ini, yaratuvchi tomonidan berilganini qo‘shyapsiz. Iso alayhissalom hech qachon sharob ichmagan, cho‘chqa go‘shtini yemagan, va qonli mahsulotlarni iste’mol qilmagan. Chunki u dinga amal qilgan. Musulmon bo‘lgan, payg‘ambar bo‘lgan, unga berilgan buyruqlarga amal qilgan. Bu buyruqlar Xudo tomonidan Musoga nozil qilingandi. Eski Ahdda — Masalan, Levilar kitobida — shunday deyiladi: cho‘chqa go‘shtini yemang, qonni iste’mol qilmang va yana ko‘plab shariat qonunlari mavjud.

Iso Xudoning elchisi sifatida aytgan: u Yangi Ahdning birinchi kitobida — ya’ni Matto Injilining 5-bobi, 17-oyatdan boshlab: "Qonunni yoki payg‘ambarlarni bekor qilgani emas, balki uni bajargani keldim". Kimki Eski Ahd qonunini buzsa, u qirollikda eng quyi darajadagi odam bo‘ladi. Kim uni qadrlasa, eng oliy darajada bo‘ladi. O‘sha qonunlardan biri cho‘chqa go‘shti yemang, qon iste’mol qilmang deyilgan. Bu amal qiladigan shariat qonunlari, halol qonunlar. Demak, Isoni sevsangiz, ularni tark etasiz. Chunki musulmonlar ham ularni tark qilishgan. Shunday ekan, Isoni sevsangiz, Isoning iymoniga ergashing. Isoning e’tiqodi Islom edi.

va sizga va butun insoniyatga berilgan islom diniga xush kelibsiz. Ana shunda najot bor va ana shunda sizga manfaat bor. Alloh rozi bo'lsin. Javoblaringiz uchun rahmat, Sabil Ahmad. Islomda ayollar, shariat, kurash va hokazolar uchun. Nasroniylar Islom haqida eng ko‘p so‘raydigan boshqa ko‘plab savollarimiz bor. Yana intervyu olamiz, inshaalloh. Qani ko‘ramiz, doktor Sabil Ahmad yana shunday osonlik bilan javob bera olarmikin? Assalomu alaykum.
