# "Iso xristianlikni emas, Islomni targʻib qilgan!" - Britaniyalik sobiq nasroniyning islomga kirishi

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/jesus-didnt-preach-christianity-but-islam-british-christian-converts-to-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=qvBNViZG0Mk
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Diniy e'tiqodingizga ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimaga ishonar edingiz? Nasroniylik va Injilda sizni Islomga olib keladigan qanday muammolarni ko'ra oldingiz? Bir kuni men juda qiziqarli ruhiy kechinmani boshimdan o'tkazdim, bu meni ruhiyat sari yo'lni izlashga undadi. Va men Nasroniylikni tanladim. Injilni o'qishni boshlaganimda unda muammolar borligini payqadim. Iso Nasroniylikni targ'ib qilmagan. U tirilishni targ'ib qilmagan. U Uchlikni targ'ib qilmagan. U gunohlarni yuvishni targ'ib qilmagan. Muammo asli ana shunda. Umuman olganda Nasroniylar o'z olimlarining bu haqida nima deyashayotganini bilishmaydi. Assalamu aleykum birodarim Pol Vilyams.

Abadiyat Sari jamoasi nomidan, -Sizni bu yerda ko'rib turganimizdan behad xursandmiz. -Valeykum assalom, Sizga katta rahmat, bu yerda bo'lishdan xursandman, Men suhbatimizni Pol Uilyams aslida kim degan savol bilan boshlamoqchiman, bizga o'z hayotingiz haqida qisqacha so'zlab bera olasizmi? Xo'p bo'ladi. Men bir necha yil oldin, Londonning sharqiy qismida joylashgan Esseks grafligida tug'ilganman. Ayni paytda men "Blogging Theology"da maqolalar chop ettiraman, unda Ibrohimiylik, Yahudiylik, Islom va Nasroniylik dinlari ilmiy va akademik nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi. Men nomigagina Nasroniy bo'lgan oilada ulg'aydim.

Universitetda ilohiyotshunoslikni va Nasroniylikni o'rgandim, shuningdek, Nasroniy sifatida falsafani ham o'rgandim. Lekin oxir-oqibat Islomni qabul qildim, va Alhamdulillah mana bugun shu yerdaman. Islomdan oldin diniy e'tiqodingiz borasida hayotingiz qanday edi? Nimaga ishonar edingiz? 20 yoshga to'lganimda, "Qayta tug'ilgan nasroniy" bo'ldim. Ulg'aygan chog'imda men nomigagina Nasroniy bo'lmaganman. Men e'tiqodimni juda jiddiy qabul qildim va bir kuni juda qiziqarli ruhiy kechinmani boshimdan o'tkazdim, bu meni ma'naviyat sari yo'lni izlashga undadi, va men Xristianlikni tanladim chunki bu din mening dinim edi. Nomigagina Nasroniylik.

Shunday qilib men Nasroniy bo'ldim, va cherkovga bordim. Men har doim cherkovga borardim va Iso Xudo ekanligiga, uchlik va qayta tirilishga ishonardim. Va Injilni diqqat bilan o'qirdim. Bu holat bir necha yil davom etdi. Ammo Nasroniy bo'lmasdan avval siz Ateist bo'lgansiz, shundaymi? Bu haqiqat. Nasroniy bo'lishimdan oldin o'smirlik davrimni so'nggi yillarida men Ateist bo'lganman. Va 20 yoshga to'lganimda, Yakshanba kuni ertalab Londonda tuni bo'yi davom etgan ziyofatdan so'ng Velosipetda qaytib kelayotgandim, Va bu yerdan uncha uzoq bo'lmagan Islingtonda joylashgan bir chiroyli cherkovni ko'rib qoldim, va qiziqishim sabab u yerga borishga qaror qildim.

va orqa tomoniga o'tirdim, to'satdan men sevgi sifatida his qilgan, Judaham qudratli bir kuch, Menga yaqinlashib kelayotganini his qildim. Va men buni xohlamaganman. "Yo'q, rahmat!" Va uzoqroq qoladigan bo'lsam bunga dosh bera olmasligimni tushunib yetdim. Bu juda ham kuchli edi. Shuning uchun men u yerni tark etdim. Men buni Iso yoki boshqa biror narsa ekanligini aniqlay olmadim. Shunday qilib men o'sha tuyg'uni his qilish umidida kelasi hafta yana qaytib bordim. Ammo hech nima sodir bo'lmadi. Buni ruhiy ta'surot deb qabul qildim, va bu meni e'tiqod va ma'naviy hayot sari Yo'lga olib chiqdi. Albatta, kelib chiqishim Nasroniy bo'lganligi uchun men cherkovga borishga qaror qilgandim.

Men Islom haqida hechnarsa bilmasdim. Shuning uchun men Nasroniy bo'ldim. Injilni o'qishni boshlaganimda unda muammolar borligini payqadim. Lekin bu kamchiliklarga qaramay o'sha paytdagi eng yaxshi variant edi. Oxir-oqibat men Islom dinini kashf qildim yoki Alloh meni Islomga yo'naltirdi. Men nasroniy sifatida duch kelgan muammolarimga Islomdan yechim topdim. shuning uchun e'tiqodimni o'zgartirdim. Sizni Islom dini sari yo'naltirgan qanday muammolarni ko'ra bildingiz? Men bu borada olimlarning aytgan gaplari va, tarixchilar nimalarni kashf etishganini aytib berishga harakat qilaman. Menimcha Iso Nasroniylikni targ'ib qilmagan. U cherkovni tashkil qilish uchun kelmagan.

Misol uchun, Injil bitiklarining bittasidan tashqari hech birida Iso Masih cherkov haqida gapirmagan. Eng qadimgi Injil bitiklarida ham Iso umuman cherkov haqida gapirmagan. Va u Nasroniylikni targ'ib qilmaydi. U targ'ib qilgan narsa bu Alloh. U tavhidni targ'ib qilgan ( ya'ni Alloxning yagonaligi). Va u ikkiyuzlamachilikka qarshi, U niyyatni, samimiylikni, Allohni va yaqinlarni sevishni va shunga o'xshash narsalarni targ'ib qilgan. Shuning uchun bu yangilanish lahzasiga o'xshaydi, Bu yahudiylikdagi ruhiy yangilanish lahzasidir. Shuning uchun, Isoning "E'tiqodi", agar shunday aytish mumkin bo'lsa, biz buni Yahudiylik yoki Isroilliklarning e'tiqodi deb aytgan bo'lar edik.

U Qayta tirilishni targ'ib qilmagan. U Uchlikni targ'ib qilmagan. U poklanishni targ'ib qilmagan. Ko'pgina tarixchilarning fikriga ko'ra. Nasroniylikdagi muammo bu - Allox Iso qiyofasiga odamga aylangan degan g'oya. Bu eng so'nggi g'oya. Bu Isoning qilgan ishlarida aks etmagan. Bu faqat Ioanna bitiklaridagina aytib o'tilgan. Bu esa yozilgan oxirgi Bitik edi. Metyu, Mark va Lyuk tomonidan qoldirilgan eng qadimiy bitiklar orasida Marknining bitiklari eng qadimiysi hisoblanadi va u yerda qayta tirilish haqida hech qanday xabar keltirilmagan. Va bular orasida eng yaqin tarixga ega bo'lgan Bitik bu Ioanna bitiklari hisoblanadi.

Injilning faqat bir joyida Isoni "Men olamning nuriman" deb aytgan so'lari keltiriladi. Yoki "Ibrohim kelmasidan oldin Men bor edim". Yoki, "Men hayotning qaytadan vujudga kelishiman". Yoki, "Men olamning nuriman". Va bularning hammasidagi "Men" jumlasi faqatgina Ioanna Bitiklarida uchraydi. Agar siz Injilning ilk bitiklariga nazar tashlasangiz, Iso hech qachon bunday deb aytmaginini bilib olasiz. U Alloh haqida gapiradi. U tavba qilish haqida gapiradi. Alloh bu Isodan o'zga boshqa bir zot. Iso xabar beruvchi emas, Allox xabar beruvchi. U shubhasiz payg'ambar, lekin Xudo emas. Ioanna bitiklarida bu biroz murakkablashadi. Iso go'yoki ilohiy shaxs sifatida namoyon bo'ladi.

Bitikning birinchi oyatida: Iso masihning ilohiyligini ta'kidlaydigan ilohiyot bayonoti bu kalom deb ataladi va Kalom inson qiyofasiga kirdi va bizning oramizda yashadi va boshqa narsalar deyilgan. Endi, bularning hammasi juda kech. Agar haqiqatdan ham Iso bu kabi ajoyib narsalarni Ionnadda qayd etilgani kabi unga aytgan bo'lsa nima uchun bu haqida boshqa hech kim xabar qoldirmagan? Bizda ilk Bitiklar bor, misol uchun Lyuk bitiklari. Butun Lyuk Bitiklarining hech bir yerida Iso bu kabi so'zlarni aytmagan. U hech qayerda o'zi haqida bunday ko'p gapirmagan. ularning hammasi Alloh haqida edi.

U o'zini xudo deb atamagan, U shunchaki payg'ambar va u hech qachon "Men Haqiqat va Hayot Yo'liman" deb aytmagan. Endi yomon yangilikkka keladigan bo'lsak Nasroniylar tomonidan boshqa bitiklarga qaraganda eng ko'p targ'ib qilish uchun foydalanilgan bitik bu Ionna bitiklari hisoblanadi. Misol uchun men bir necha yil oldin Londonda ko'rgan Amerika injil tarqatuvchisining aytishicha Iso:"Men olamning nuriman" deb aytgan. Isoni o'rganuvchi olimlari esa: "Yo'q, ehtimol u bunday demagan" deb aytishadi. Va bu o'rtadagi tafovut hisoblanadi. Umuman olganda Nasroniylar o'z olimlari bu haqida nima deyishayotganini bilishmaydi.

Bu juda tashvishli holat, chunki agar ular o'ylab topilgan hikoyalardan iborat bo'lsa qanday qilib ularga ishonish mumkin? Bitiklarda o'ylab topilgan hikoyalar ham bor. Shuning uchun, bu e'tiqodingizni zaiflashtirishi mumkin. Agar Iso Uchlikni targ'ib qilmagan bo'lsa, agar u Xudoning qayta tirilgan o'g'li bo'lganligiga ishonmasa, Men buni Nasroniy sifatida tahdid deya anglagan bo'lardim. Ammo muammo bunda emas. Muammo aslida Iso haqidagi tarixiy bitiklarda, yoki bitiklarning ishonchliligida. Va bu shubhalarga asoslanmagan. Ammo qanday dalil keltirilganligiga asoslangan. Va ko'p hollarda dalillar ishonchliligi keltirilmagan. Va bu muammo sanaladi.

Nasroniylikdagi ushbu nomuvofiqliklarni topishingiz asnosida Men Islom haqida nimalarni o'ylayotganligingizni bilmoqchi edim. Sizda biron-bir noto'g'ri fikrlar bo'lganmi? Juda ham ko'p bo'lgan. Men, Nasroniy sifatida Islomga qarshi bo'lib borayotgan edim. 11-sentabrdan so'ng musulmonlarga nisbatan qo'rquv sabab men musulmonlar bilan gaplashish orqali Islom haqidagi haqiqatni bilishga qaror qildim. Men birorta ham musulmonni tanimasdim. Shuning uchun men Regent Parkidagi mahalliy masjidga bordim, va u yerdagi musulmonlar bilan suhbatlashdim. Men Qur'onni Ingliz tilida o'qidim, Va haqiqiy Islomni o'zim uchun kashf qildim.

Va bu meni hayratda qoldirdi, chunki bu menga Xudo haqidagi tushunchani Nasroniylikdagidan ko'ra yaxshiroq tushunishga imkon berdi. Boshqa tanlov borligini bilmagandim. Islom dinida Iso va uning onasi hurmatga sazovor ekani haqida o'ylamagandim. Qur'ondagi butun boshli sura Maryam nomi bilan, yoki Ingliz tilida Meri deb nomlangan. Shunday qilib, bu men izlagan narsa edi. Nasroniylikda topa olmagan boshqa yana qanday savollarga siz Islomdan javob topa oldingiz? Bu haqida batafsilroq bizga so'zlab bera olasizmi? Ba'zi ilohiyotshunoslar va oliy martabali ruhoniylarni haligacha chalkashtirib kelayotgan savollarga javoblar bor.

Misol uchun, azob-uqubatlar muammosi, dunyodagi yovuzlik muammosi, Nasroniylar asosan Xudo juda ham mehribon degan fikrga ega. Unda o'ylab ko'ring, "Nega odamlar Saratondan o'lib ketishmoqda?" "Yer qimirlashlarichi?" Men Angliya cherkovining arxiyepiskopi Justin Welbyning bu haqda aytgan gaplarini eshitganman. va unda javob yoʻq. Men buni g'alati deb bilaman, chunki agar u buni Qur'onga ishora qilganida, meni qarshiligim yo'q edi. Aytmoqchi bo'lganim Islomda bularning barchasiga javoblar bor. Yerdagi Hayotimizning asl mohiyati hamda Xudoning shaxsiyatiga oid savollarning haqiqiy javoblari. bu hayot imtihon va sinov, oxirat va mukofotdan iborat.

Ammo Nasroniylar bunday narsalardan foydalanmaydilar. Aytmoqchimanki, agar ular qarzga olib turishsa ham men qarshi bo'lmasdim. Shuningdek, Iso kim ekanligi haqidagi savollarga boshqa javoblar ham bor. Gʻarbdagi olimlarning fikricha, Iso aslida kim boʻlgan? "U oʻzini paygʻambar deb hisoblar edi". Yaxshi, bu Qur'on o'rgatgan narsa. Yana nima bo'lishi mumkin? "U o'zini Masih deb o'ylagan". Buni ham Qur'on o'rgatgan. "U oʻzini Xudo deb hisoblamagan". Buni ham Qur'on o'rgatgan. U Uchlikni targ'ib qilmagan. U qayta tirilishni o'rgatmagan. Tarixchilarning so'zlariga ko'ra, aslida u cherkovni kashf qilmagan. Va Musulmon ahli uning Katolik cherkovini kashf etganiga ishonishmaydi.

Shuning uchun, G'arbdagi so'ngi ilmiy izlanishlar va Qur'on Iso haqida nima deyishi o'rtasida juda katta o'xshashlik bor. Menimcha, bu Qur'onning mo'jizasi bo'lib, u haqida ko'pincha gapirishmaydi. Biz Qur'onning mo'jizalari haqida gapiramiz, albatta ular juda ko'p. Nasroniylikning asosiy taʼlimotlarini rad eta oladigan yana qanday dalillarni keltira olasiz? Keling, avvalo gunohlarni yuvish borasida gaplashaylik. Va men Nasroniylar tomonidan bu qanday tushunilishini aytib bermoqchiman. Nasroniylarning ko'pchiligi Iso Xudo bo'lgan deyishadi, shundaymi? Va u sizning gunohlaringiz uchun o'ldi deyishadi. O'ylashimcha, bu qiziqarli. Siz Xudo mening gunohlarim uchun o'ldi demoqchimisiz?

Shu o'rinda menda bir muammoli savol bor. Injilda yozilishicha "Xudo o'lmaydi"- deyilgan. Lekin haliham siz Iso mening gunohlarim uchun o'lganligiga ishonasiz. Ular "Xop yaxshi, Xudo o'lmaydi" deyishadi. "Ammo odamlar o'lmoqda. Iso ismli inson mening gunohlarim uchun o'ldi." lekin bu qiziq, chunki agar shunday bo'lsa siz menga inson qurbonligiga ishonishingizni ta'kidlamoqchimisiz? Bu Xudo bilan yarashishning yo'li, Bu gunohlarning kafforatidir demoqchimisiz. "Bu aslida inson qurbonligi emas". Bu degani, Iso inson bo'lganligi uchun sizning gunohlaringiz uchun qurbon bo'ldi. Mana bu siz hozirgina ta'kidlab o'tgan narsa. Iso odamlarni qurbonlikka keltirishni targ'ib qilmagan.

U Allohning rahmdil va mehribon ekanligini targ'ib qilgan. Shunday qilib bu birinchi muammo edi. Boshqa bir muammo bu Uchlik bilan bog'liq. Bu yerda ikkita muammo bor. Birinchisi Iso hech qachon bunday o'rgatmagan. Uning izdoshlari bunga ishonishmagan. Bu men uchun juda katta muammo. Ikkinchidan, ular Alloh yagona deb aytdi, ammo Ota - Xudo, Oʻgʻil - Xudo va Muqaddas Ruh - Xudo, deb aytishadi. Shuning uchun, ular uchta, lekin ular yagona bo'lishi kerak. Va men "Shoshmang, ortga qayting" deb aytaman. Xo'sh, Xudo yagona bo'la turib ham Ota, ham O'gil, ham Muqaddas Ruh, Xudo bo'la olishi mumkinmi? Siz hozirgina uchta Xudo borligini aytdingiz.

Uchlik taʼlimoti asrlar davomida asta-sekin rivojlanib borgan. Demak, birinchi bo'lib sizda uchta Xudo bor degan fikr paydo bo'ldi, va unda savol tug'iladi, Isoning Xudoga qanday aloqasi bor? Asosan, ikkinchi asrda, Iso va Xudo qandaydir munosabatda bo'lgan, Xudo yagona bo'lgan degan fikr bor edi, ammo qandaydir ma'noda Iso ilohiy bo'lgan degan fikr paydo bo'lgan. Lekin bu haqiqatdan ham uchinchi asrda, Turkiyadagi Nikeya kengashida sodir bo'ldi. Nikea Kengashida Imperator Konstantin boshchiligidagi yepiskoplar tomonidan O'g'il va Otaning tengligi to'g'risida rasman qaror qabul qilindi. Ular bir xil degan moxiyatga ega edi. Yoki yunonchada "omuousia".

"Omuo" so'zi "bir xil" degan ma'noni anglatadi, "ousia" so'zi esa "moxiyat" degan ma'noni anglatadi. Xullas, Oʻgʻil va Ota bir xil mohiyatga ega deyildi. Boshqacha qilib aytganda Iso bu Xudo deyildi. Odamlar ko'pincha Nikeya kengashi uchlik haqida edi, deb aytishadi, lekin aslida bunday emas. Nikeya majlisi Uchlikni nazarda tutmagan. Bu so'z keyinchalik Kalkedon va Konstantinopol majlislarida qo'llanilgan. Nikeyada ular O'g'il va Ota o'rtasidagi munosabatlar haqida gaplashishgan. Va bu Injilda keltirilgan Uchlik haqidagi yagona va soxta oyat edi! Biz uni keyinchalik qo'shilganini bilamiz. Bu 1 Ioanna 5-7 edi.

Agar siz zamonaviy Injilga nazar soladigan bo'lsangiz buni olib tashlanmaganligiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Ammo bu yerda "Jannatda guvohlik beradigan uchtasi bor" deyiladi. Ota, Kalom, hamda Ruh." ya'ni Ota, O'g'il hamda Muqaddas Ruh. Ammo bu to'qilgan oyat bo'lib, hozirda fundamentalistlardan tashqari hamma buni Injilga qo'shilganini tan olishadi. Agar siz Olimlar qilgani kabi Uchlik oyatini o'chirib tashlasangiz Injilning boshqa biror yerida Uchlik haqida gapirilganini uchratmaysiz Siz Bitiklar Metyu, Mark, Lyuk hamda Ioann tomonidan yozilgan deb aytdingiz. Ular aslida kimlar? Bizda ushbu odamlar haqida tarixiy ma'lumotlar saqlanib qolganmi yoki ular noma'lummi?

Siz aytgan to'rtta Injil bitiklari anonimdir. Misol qilib Metyu bitiklarini keltirdingiz. Yangi Ahdning birinchi kitobida. bu hech qachon kim tomonidan yozilganligi aytilmagan. Men gaplashgan Nasroniylar bu borada mening fikrimga qo'shilishmaydi. Men esa: "Yaxshi, men kutaman", deb aytaman. Menga Bitiklarning birortasida ularni yozgan kimsa nomi keltrilganini ko'rasatib bersangiz." "ha, ha. Bor shunaqasi, bor deyman. Bu Ioann bitiklarida keltirilgan." "Ajoyib" Mana sizning Injilingiz.

Menga qayerda shunday deyilganini ko'rsating" Men ularga odatda ikki daqiqa vaqt beraman, chunki mening hayotim bilan bog'liq narsalar bor, Va men har doim men nima bo'lishini oldinddan bilaman, ular qaytib kelishadi... Va ular mavzuni o'zgartirishadi sababi shundan iboratki Ioann bitiklarining hech bir yerida uni yozgan kimsa haqida gapirilmagan. Shunchaki u yerda bunday ma'lumot yo'q. Lekin ular shundayligiga ishonishadi sababi ularga buni uqtirishgan. Bunday asossiz diniy e'tiqod tizimlariga ega bo'lishiga qaramay, nega ko'p odamlar hali ham Nasroniylikka ergashishda davom etmoqdalar? Bu juda oddiy. Chunki ular bu muammo ekanligini bilmaydilar. Ko'pgina Nasroniylar o'qimishli odamlar.

ular kimyo, buxgalteriya, media tadqiqotlari bo'yicha ilmiy darajaga ega bo'lishi mumkin. Ular ahmoq emas. Aksincha. Lekin cherkovlar ularga e'tiqod haqida ta'lim berayotgan yo'l orqali o'zlarining muqaddas kitoblarini yaxshi tushunishga o'rgatishmaydi. Hozirgi kunda, ularga ta'lim beradigan ruhoniylar va pastorlar universitetlarda ta'lim olishadi. Ular Ioanna Bitiklari shu to'rtta Bitiklar orasidagi eng qadimiysi ekanligini bilishadi. Ular buni bilishlarining sababi ularga shunday deb o'rgatilgan. Xo'sh, qanday qilib cherkov o'rindiqlarida o'tirgan odamlar bu haqda bilishmasligi mumkin? Buning ko'p sabablari keltirilgan. Amerikalik akademik Bart Erman buni muhokama qilgan edi.

Ba'zi ruhoniylar ish joylarini yo'qotishni istamaydilar, Ular o'zlarining e'tiqodlarini o'rgatishni xohlashamaydi. "Aytgancha, sizning Injilingiz, siz o'ylaganiz kabi emas" Balki ular Nasroniy insonlarini tushkunlikka tushirishni xoxlashmaydi, Ularni bezovta qilishni xoxlashmaydi. Balki ular buni qanday qilib aytishni bilmaydilar. Yoki ular shunchaki bundan qochishar. Shunday qilib menga qolsa buni Nasroniylikdagi tafovut deb atardim. Yoki ular buni bilishadi va ular xuddi men uzoq vaqt davomida Nasroniy sifatida yashaganim kabi yashayotgandirlar. Bu go'yoki siz bunga ishonasiz lekin katta shubhalar borga o'xshaydi.

va siz shunchaki shu yo'sinda davom etasiz, sababi sizda nima qilish mumkinligi haqida tushuncha mavjud emas? Agar xristianlik haqiqatdan iborat bo'lmasa, nega ba'zi Nasroniyllar o'z e'tiqodlari haqida jiddiyroq munosabat bildirishganda o'zlarini xotirjam tutishadi? Nasroniylik asosan haqiqatdan iborat. Bu bilan nima demoqchiman? Nasroniylar Allohning yagonaligiga ishonishadi. Bilaman, biz Uchlik haqida gapiramiz, lekin ular Alloh yagonaligiga ishonamiz deb o'ylashadi. Ular farishtalarga, Qiyomat kuni kelishiga, Ular Alloh Osmon va Yerni yaratganligiga ishonishadi. Ular Alloh Muso va barcha payg'ambarlarni yuborganligiga ishonishadi va hokazo.

Agar bilsangiz bu go'yoki bir Aysbergga o'xshaydi Suv ostida biz Musulmon sifatida ishonadigan va ular ham ishonadigan ulkan narsalar mavjud. Aytmoqchimanki bu kichkina qismi emas. Bu muhim qismi. bu biz qabul qila olmaydigan Uchlik, Qayta tirilish Gunohlardan forig' bo'lish qismi. Demak, Nasroniylikning hammasi yolg'on emas. Va menimcha, ko'p Nasroniylar Allohga ibodat qilishganda, faqat Otaga ibodat qilishadi. Aslida men ko'p Nasroniylar shunday deganlarini eshitganman. Ular Iso borasida ham uchalik amin emaslar. Ular rasman uning Xudo ekanligiga ishonishlari mumkin, lekin amalda ular Xudo Otaga ibodat qilishadi. Shunday qilib, ular vazifasi jihatdan yagona.

Bu degani, ular Isoga emas, balki yagona Allohga ishonishadi. Ular ko'pincha o'zlarini amalda Islomga ko'proq mos keladigan odamlar kabi tutadilar. Shuning uchun, menimcha, ularning ko'pchiligi xotirjam ko'rinadi, chunki haqiqatda xotirjamlik mavjud. Aytmoqchimanki, agar biz, men kabi, Xudo rahmdil va U odamlarni hatto boshqa dinlardan ham haqiqatga yo'naltirishga ishonsak, hatto o'sha e'tiqod ichida ham, masalan, shirkdan uzoqlashtirishiga men ishonaman. Chunki Xudo odamlarga gʻamxoʻrlik qilishiga men ishonaman. Qur'onda Iso alayhissalom oxirgi payg'ambarning (s.a.v) kelishi haqida xushxabar berganini bilamiz.

Injilni o'qishingiz mobaynida siz biror marta shunga o'xshash ma'lumotga duch kelganmisiz? Ha, Ilk bitiklarda, Ioanna bitiklarida emas, chunki u eng yangisidir. Ilk bitiklarda Iso, kelishi bashorat qilingan bir inson o'g'li haqida gapirganini ko'rishingiz mumkin. O'zi haqida emas. O'zidan o'zga uchunchi shaxs haqida gapirayotganini ko'rasiz. Hozir Nasroniylar: "Iso u yerda o'zi haqida gapiryapdi" deb aytishi mumkin Lekin bu biroz g'alati. Iso o'zi haqida gapiradi, keyin u boshqa uchinchi shaxsga o'tadi va kelishi bashorat qilingan bir inson o'g'li haqida gapiradi. Amerika Yangi Ahd olimlari Bart Ehrman va boshqalar, Iso Masih boshqa birov haqida gapirgan, deb aytishgan.

Yangi Ahdning yunon tilidagisida "Muhammad" so'zi mutlaqo tilga olinmagan. Chunki bu Injil bitiklari buzilgan va o'zgartirilgan. shunday bo'sada biz hali ham Isoning boshqa birov haqida gapirganligi va bu tarixiy bo'lganligi borasidagi ishoralarni ko'rishimiz mumkin. Hatto Ioanna bitiklarining 14-bobida ham, bashorat qilingan kimningdur ishorasini ko'rishimiz mumkin. Iso Masihdan o'zga odam haqida gapiralayotgani haqida bilishimiz mumkiz. Shunday qilib izlar mavjud, hatto hozir bizda bo'lgan Bitiklarda ham. Islom 100% haqiqat ekanligiga sizni ishontirgan asosiy narsa nima edi? Meni kutilmaganda hayratda qoldirgan narsa Muhammad(s.a.v) payg'ambarimizning hayoti va ta'limotlari edi.

Bilasizmi, biz televideniye va G'arb adabiyotidagi buyuk tarixiy shaxslar haqida gapirganimizda... ular Platon va Yuliy Sezardan boshlab, Buyuk Iskandar haqida gapirishadi, va keyin Napoleon Bonapartga o'tib ketishadi. Ular hech qachon Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ni tilga olishmaydi. Albatta uni tilga olishmaydi! Va mening o'ylashimcha, "Bu g'ayrioddiy narsa!" U dunyoning Iso va Musoga o'xshagan qismidan kelgan, va u e'tiborsiz qoldirilgan, Va agar siz uning siratiga va haqiqiy namoyon qilingan hayotiga qarasangiz, bu afsona emas, biz uning haqiqatan ham borligini bilamiz. U eng g'ayrioddiy inson.

Bu odamga keladigan bo'lsak, uning ta'limoti, men Injil bitiklarida o'qiganlarimga juda yaqin keldi. Misol uchun Lyuk yoki Metyu bitiklarida. Menimcha, Injil bitiklarida hali ham ko'p haqiqatlar bor. Muhammad(s.a.v)ning ta'limotini ko'rganimda, Men haqiqiy ma'naviy ustozning belgilarini tanib oldim. Va bu men uchun Islomni qabul qilishda muammo bo'ldi, chunki men Iso va Muhammad(s.a.v.) o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rdim. Agar Iso (a.s) payg'ambar bo'lsa, Muhammad(s.a.v) ham payg'ambar bo'lgan. Agar Muso (a.s) payg'ambar bo'lsa, albatta Muhammad(s.a.v) ham payg'ambar bo'lgan, chunki ular bir xil.

Ularning ikkalasi ham millat rahnamolari, generallari, qonun chiqaruvchilari, ma'naviy rahnamolari va otalari bo'lishgan. Farqi shundaki, Muso alayhissalom Isroilga, Muhammad(s.a.v) esa butun insoniyatga yuborilgan. Paygʻambarimiz (s.a.v.) da sizga eng koʻp taassurot qoldirgan narsa nima edi? Ko'p narsalar orasida meni juda ta'sirlantirgan narsa, U va Uning hamrohlari va ummati Makka shahriga kirib kelgan kun edi. Nihoyat ular Makkani qaytarib olishgan va Makkani fath etishgan onlari. u kishini dushmanlariga nisbatan qanday munosabatda bo'lganliklari. G'arbdagi ko'p odamlar Islomga nisbatan juda salbiy qarashlarga ega.

Ular hammasi: "Muhammad (s.a.v.) o'z dushmanlarini o'ldirganligiga aminman" deya xitob qilishgan. Yusuf Misrdagi ikkinchi eng qudratli inson boʻlganida nima qilgan? unga xiyonat qilgan aka-ukalarini qul qilib sotib muqarrar o'lim yoqasida qoldirib ketdi. U bu yomon odamlarga qanday munosabatda bo'ldi? U ularga rahm-shafqat ko'rsatdi. Va bunga misol Muhammad ( s.a.v.) Makkani mushriklardan tortib olgan onlarida aniq ko'rsatilgan. Mutlaq kuch va qudratga ega bo'lgan onda ularni yo'q qilishi ham mumkin edi ammo U bunday qilmadi. U ularga rahm-shafqat ko'rsatdi. Bu... Bu payg'ambarning fe'l-atvori haqida so'zlab beradi va men shunchaki buni G'arb ham bilishini xohlardim.

Musulmon ahli esa bu haqda bilishadi. Ga'rbliklar esa bilishmaydi. Va buni bilmaslik behad qashshoqlikdir. Islomdan oldin hayotdagi maqsad nima edi, va Islomdan keyin nima bo'ldi? Xullas, Islomdan oldingi hayotdagi maqsadim hozirgi maqsadlarim bilan ham bir xil. Qayerda boʻlmasin haqiqatni izlash. Menimcha, Islomdan tashqariga chiqishim kerak emas, lekin men haligacha Islomda haqiqatni izlayapman. Men hali ham o'rganishga harakat qilyapman. Ammo bundan oldin men qidirayotgan edim, lekin hozir go'yoki o'z makonimga kelgandekman. Va men hali ham bu borada ko'proq bilishni va tushunishni istayapman. Dunyoda biz ateizmning o'sishini ko'rmoqdamiz.

Ko'p odamlar, ayniqsa Buyuk Britaniya va Evropada nasroniylikni tark etishmoqda Hozirgi vaziyatga nazar tashlasangiz, Islomda ham xuddi shunday tendensiyani ko'rasizmi? Mening bir... akademik, professor Linda Vudhed ismli tanishim bor edi, u Londondagi Qirollik kollejida professor edi. U Britaniyadagi dinlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis, va din bo'yicha sotsiolog edi. U bir necha yil oldin e'lon qilingan aholini ro'yxatga olish haqida gapirgandi. Buyuk Britaniyada din kamayib bormoqda va u bir necha o'n yillar davomida keskin pasayib bormoqda. Va bu yo'nalishdda pasayishni davom ettiradi. Ammo Buyuk Britaniyada kamaymayotgan yagona din - bu Islom dinidir.

Bir necha kun oldin men Briminghamda edim. U yerda Asror Rashid ismli yigit bilan gaplashdim. U "Islom ateizmga javob beradi" kitobining muallifi, shu o'rinda bu kitobni tavsiya qilgan bo'lardim. Brimingham ehtimol Britaniyaning ikkinchi yirik shahri. U menga: "Briminghamdagi aholining taxminan 40 foizi hozir musulmonlardan iborat" deb aytdi. Bu juda yuqori daraja. 1950 - 1960 yillarda Musulmonlarning birinchi avlodi kirib kelgan Ular islomga amal qilishlari shart emas edi va ularning bolalari bor edi, albatta.

Men unga professor Linda Vudhed haqida aytdim, bilasizmi, dunyoviylik va moddiylik sabab din yo'qolib bormoqda, Britaniyadagi va Buyuk Britaniyaning ikkinchi yirik shahri Birminghamdagi musulmon yoshlar haqida nima deya olasiz? Ular ibodat qilyaptimi? Ular ro'za tutyaptimi? "Demak, ular ota-onalaridan ko‘ra ko‘proq dindor." Shunday qilib Angliyada musulmonlar haqida gap ketganda, biz ko‘rayotgan narsa shuki, yoshlar nafaqat o‘z e’tiqodlariga sodiq qolmoqda, ular besh vaqt namoz o‘qiydilar va ular o‘z ota-onalariga qaraganda ko‘proq dindor bo‘lib borishmoqda. Va bu juda ajoyib. Va menga Germaniyanini bilgan kimdir aytib berdi, sababi men "Angliya ajoyib emasmi?

deb o'yladim" yo'q, bu huddi Germaniyadagi kabidir, Boshqa yerlarda ham hozir huddi shunday. Yevropada masalan, musulmonlar o'z e'tiqodlarini yo'qotishmayapdi. balki yoshlar uni saqlab qolishmoqda. Va bu kelajak uchun albatta juda ham yaxshi. Bu videoni ko'rib Islomga kirishni o'ylayotgan ammo hali ham bu borada shubhaga ega bo'lgan insonlarni ruxlantirish uchun nima deya olasiz? Angliya cherkovining ruhoniysi bo'lgan bir tanishim, bilasizmi, u Londondagi cherkovda bir muncha vaqt ruhoniy bo'lgan. Uning aytishicha, islom dinini qabul qilganida, u Nasroniy bo'lgan davrida hech qachon his qilmagan do'stlik va birodarlik tuyg'usini his qilgan emish. Men ham huddi shu narsani his qilganman.

Nasroniy cherkovlarida siz do'stona munosabatdasiz, ammo musulmonlar orasidagi birodarlik bu butunlay boshqa narsa. Agar siz Islomni qabul qilsangiz, o'zingizni yolg'iz his qilmaysiz, siz global oilaga ega bo'lasiz. Lekin, bilasizmi, Islom yana nima taklif qiladi? Yaratuvchimiz bilan bog'lanish va munosabatlarga ega bo'lish imkoniyatini. Bu yerda bo'lishimizning maqsadi bor. Biz bu yerda faqatgina moddiy boylik orttirish uchun emasmiz. Britaniyada va Amerikada moddiyatchilikka ko'p e'tibor berishayapdi. Biz haqiqatan ham muhim narsaga e'tibor qaratmaymiz. Bir yigit bor edi, u asosan tadbirkorlar va biznesmenlar murabbiyi edi. U musulmon emasdi.

Uning Linkedinda kecha joylashtirgan xabarlarini ko'rdim Uning aytishicha, o'zingizni sog'lom qilish yo'li bu zamonaviy hayotga qarshi kurashdir. Zamonaviy hayot tarzi, hech bo'lmaganda G'arb dunyosida, semizlik va ruhiy kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Bu turmush tarzi, asosan G'arbda, tarqalmoqda bu esa bizga semizlik kabi o'limga olib boruvchi kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Men o'tgan yili Bahreynda edim. Bu mamlakatda o'limning asosiy sababi, semizlik ekan. Ular hozirda Amerika va Angliyadan kelgan iste'molchilik madaniyatini boshdan kechirishmoqda. Va ruhiy kasalliklar ham mavjud. Endi, buning islom bilan nima aloqasi bor? Ro'za tutish juda ham muhim.

Bu faqat jismoniy darajada. Bu sizning tanangizni yangilashga yordam beradi, kasalliklar bilan yaxshiroq kurashishingizga yordam beradi, sizni yanada sog' va salomat qiladi. Bu sizning ruhiy salomatligingizga ta'sir qiladi. roʻza tutish payg'ambarimizning sunnatlaridan biridir. Agar bilsangiz U Dushanba va Payshanba kunlari roʻza tutardi. Bu chindan ham sog'lik garovi. Musulmonlar buni asrlar davomida qilishgan! Ruhiy kasallik g'oyasi. Biz Dunyoga berilib ketyapmiz. Biz Tiktok-ga berilib ketdik. Islom sizga eng muhim bo'lgan narsa, ya'ni Yaratuvchimiz bilan yanada chuqurroq va qoniqarli munosabatlarni beradi. Shuningdek, bu hayot qisqa ekanini bilish.

Va bizning haqiqiy maqsadimiz bu hayotdan tashqarida, keyingi hayotda. Islom - biz din deb ataydigan narsa, hayotimizning to'liq yo'lidir. Bu aqliy, jismoniy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy narsalarni o'z ichiga oladi. U dinni shaxsiy hayotga ajratmaydi. Bu insoniyat ehtiyojlariga eng oliy javobdir. Bilasizmi, biz hozirda bu yo'ldan bormayapmiz achinarlisi shu. Islomni o'rganishni istagan kishiga uni qanday izlanish o'tkazishni tavsiya etasiz? Google'da "Islom nima?" deb yozish kifoya qiladimi? Men sizga Google'dan foydalanishni tavsiya qilmayman, chunki siz yaxshi natijalar bilan birga juda ko'p yomon natijalarga ham ega bo'lasiz.

Agar siz bu mavzuni bilmasangiz, qanday qilib yaxshi va yomon natijalarni bilib olasiz? men kitoblarni tavsiya qilaman, asosan kitoblar o'qishni, Men tavsiya etadigan ko'plab kitoblar bor, lekin bittasi yaxshi. Jonatan Braun tomonidan yozilgan, "Muhammad(s.a.v)ni noto'g'ri iqtibos qilish" "Payg'ambar merosini talqin qilishning muammosi va tanlovi" kitobi. Va bu butun Islom mavzusiga va Qur'onga ajoyib kirish bo'la oladi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ning tarixi va hayoti, hadislari, Qur'onni to'rt mazhabni qanday talqin qilish, bularning hammasi shu yerda. Suhbatimiz so'ngida, hozir sizni kuzatib turgan Nasroniylarga nima deyishni xohlardingiz?

Agar Bitiklarga nazar soladigan bo'lsak Iso alayhissalom o'zini Xudo deb atamagan. U Bitiklarda u o'zini Xudo sifatida targ'ib qilmagan. Allox bu Isodan o'zga bir zotdir. Isoning (a.s) o'zi buni bitiklarda aytib o'tgan. Shunda bir odam Iso (a.s) ning yoniga kelib: - Valineʼmat Ustozim! Abadiy hayot nasib qoilmog'i uchun nima qilishim kerak?" deb so'radi. Mark bayon etgan bitiklarga ko'ra, Iso (a.s): "Nega Meni Valineʼmat deyapsan? Yolgʻiz Xudodan boshqa hech kim Valineʼmat emas" - deb aytadi. Bu eng qadimgi Injil bitiklarida yozilgan. Iso (a.s) o'zini Xudo ekanligini inkor etib, u Xudoga ishora qiladi. Islom bu yerda Iso bilan hamfikr.

Shunday qilib, asl Isoga qayting, Uni siz Islomdan topa olasiz. Faqat Nasroniylik deb atagan diningizdan emas.
