# Qur’on va Injilda Iso (alayhissalom) | Islom va Nasroniylik orasidagi hayratlanarli farqlar

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/jesus-in-quran-vs-bible-shocking-differences-between-islam-and-christianity
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=2dWmthL_Lsk
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Homilador ayol xurmo daraxti soyasida yolg'iz o'tirarkan, tug'ruq og‘riqlari boshlanib, tobora kuchayib borardi. U tug'ruq og'riqlaridan ham ko'ra, o'z holatidan ko'proq xavotirda edi. Chunki qavmiga qaytganida sharmanda bo'lishidan qo'rqardi. U ko'ksi ostida ko'tarib yurgan go'dak, oddiy bir bola emas edi. Mo'jiza sifatida, u otasiz yaratilgan edi. Ha, hech qanday erkak teginmagan bo'lsa-da, u homilador bo'lib qolgan edi. Endi esa u o'sha bolani dunyoga keltirish taraddudida edi. Biroq qavmi unga ishonmay, ta'na-yu dashnom beradi. Bunday g'ayritabiiy tarzda yaratilgan bu bola kim edi?

U otasiz tug'ilgan, Allohning izni ila o'liklarni tiriltirgan bedavo kasallarni tuzatgan, tug'ma karlarni davolagan va samoga ko'tarilgan, Maryamning o'g'li, Masih (alayhissalom) edi. U Iso (alayhissalom) nomi bilan ham mashhurdir. U Nasroniylikda ham, Islomda ham keltirilgan bo'lsa-da, uning hikoyasi ikki dinda turlicha talqin qilinadi. Bugun biz ushbu voqeani Qur’on va Injil nuqtai nazaridan o‘rganamiz va ulardagi oʻxshashliklar hamda farqlarni solishtiramiz. Tayyor bo'lsangiz, boshladik. Maryam (roziyallohu anho) tug'ilmasidan oldin, uning onasi Hanna, agar farzand ko'rsam, uni Quddusdagi muqaddas ibodatxona — Baytul Maqdisga bag'ishlayman, deb niyat qilgan edi.

Bu voqea Qur’onda shunday rivoyat qilinadi. Imronning xotini: "Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini xolis O‘zinga nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sen O‘zing eshituvchi, bilguvchi zotsan", deganini eslang! Hanna bu duoni qilganida, aslida o‘g‘il farzand kutayotgan edi biroq u qiz farzand ko‘radi. Dastlab unga duosini Alloh qabul qilmagandek tuyuladi, ammo aslida Alloh uni yanada go‘zalroq tarzda qabul qilgan edi. Qiz bola bo‘lishiga qaramay, Maryam Baytul Maqdisga nazr qilindi. Qiz bolani bunday joyga bagʻishlash — ilgari hech eshitilmagan, misli ko‘rilmagan hol edi. U yerda Maryam Allohga bag‘ishlangan hayot kechirdi, hamda kechayu-kunduz Uni ibodat bilan yod etdi.

Unga g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati xolasining eri, Payg‘ambar Zakariyo (alayhissalom) zimmasida edi. Injilda Zakariya nomi bilan tanilgan u zot, Maryamga juda katta mehr-muhabbat ko‘rsatgan edilar. Bir kuni doimgidek ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib turgan Maryam to‘satdan qarshisida bir erkakni ko‘radi. Va juda xavotirlanib ketib, qalbini qo‘rquv chulg‘ab oladi. U: "Albatta, agar Allohdan qo‘rsangiz, men sizdan mehribonroq zot Allohdan panoh so‘rayman," dedi. Ammo uning qarshisida turgan insonmas g‘arazli niyati yo‘q, farishta edi. Ya’ni Jabroil (alayhissalom) edi, Injilda Gabriel nomi bilan tanilgan.

Maryam qo‘rqmasin deb, u inson qiyofasida paydo bo‘lgan va Maryamga xushxabarni yetkazish uchun kelgan edi. Tinch va tasalli beruvchi ovoz bilan: "Men faqat Robbingizning elchisiman, sizga pokiza bir o‘g‘il berish uchun keldim", deydi. "Qanday qilib men o‘g‘il ko‘rishim mumkin, axir hech bir erkak menga tegmagan bo‘lsa va men aybsiz bo‘lsam?", deb so‘raydi Maryam (r.a). Jabroil (a.s): "Shunday bo‘ladi! Robbingiz: "Bu Menga oson, biz uni odamlar uchun bir alomat va bizdan bir rahmat qilamiz, bu esa oldindan belgilangan bir ishdir, dedi "-deydi. Mana shunday qilib Iso (alayhissalom)ning xushxabari berildi. Alloh Taolo uning otasiz tug‘ilishini taqdir qildi.

Alloh uchun bu juda oson, xuddi birinchi inson Payg‘ambar Odam (alayhissalom)ni ota-onasiz yaratganidek, Iso (alayhissalom)ni ham otasiz yaratdi. Va faqat Maryam kabi pokiza bir xizmatkor bu muqaddas mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin edi. Bu hikoya Injilda deyarli xuddi shunday rivoyat qilinadi. Biroq, uning homiladorligini noodatiy hisoblashmaydi yoki hech kimda savol tug‘ilmaydi. Qur’onga ko‘ra, bu Maryam (roziyallohu anho) uchun ulkan sinovning boshlanishi edi. Kunlar o‘tib, tug‘ruq oni yaqinlashardi. Lekin u qanday qilib odamlarni unga ishontira olardi? Qanday qilib isbotlay olardi? Ichidagi his-tuyg‘ulari to‘fon bo‘lib turgan holda, u hammadan uzoqroq bir joyga ketadi.

Va tug'ish vaqti keladi. Og‘riq azobida, xurmo daraxtiga yaqinlashadi. Xavotir va qayg‘uga to‘lgan holda, u: "Qani endi men avvalroq o'lib, unutilgan bo'lsam edi", deydi. Uning qo'rquvini tasavvur qila olasizmi? Tug‘ruq og‘riqlaridan ko‘ra, u odamlar nima deyishini o‘ylab xavotirda edi. Keyin Jabroil (alayhissalom) unga: "Xavotir olmang, sizning Robbingiz oyoqlaringiz ostida bir daryo oqizib qo'ydi. Xurmo daraxtini o‘zingizga qarab silkiting va pishgan xurmo mevalari tushadi. Shularni yeb, iching va ko‘zlaringizni tinchlantiring, xursand bo‘ling. Agar biror odamni ko‘rsangiz: "Men Rahmonga ro‘za tutdim, shuning uchun bugun hech kim bilan gaplashmayman, deng" - deydi.

Maryam duch kelgan azoblar, tug'riq qanday bo‘lgani va uni o‘z qavmi tarafidan qanday qabul qilingani hamda ularning munosabatlari Qur’onda shunday bayon qilingan. Biroq hikoyaning bu qismi Injilda yo'q va odamlar bu voqeani g‘ayrioddiy deb hisoblaydigan bir muhit ham u yerda yo‘q. O‘ylab ko‘ring, bu holat tuhmatlarga sabab bo‘lmasmidi? Endi esa, bu jarayon davomida nima bo‘lganiga e’tibor qarataylik. Qavm Maryamni umuman aloqasi bo‘lmagan dahshatli bir gunohda ayblardi Uning aybsizligi isbotlanishi va bu dahshatli tuhmatdan qutqarilishi lozim edi. Allohning amri ila Maryam chaqaloqqa ishora qiladi. Odamlar hayratdan: “Beshikda yotgan go‘dak bilan qanday qilib gaplashamiz?”-deyishadi.

Illo ular bilmagan bir jihat bor edi, u Allohning tanlagan bandasi edi. Shunda beshikdagi Iso so‘zlay boshlaydi: "Albatta, men Allohning bandasiman. U menga Kitobni berdi va meni Payg‘ambar qilib tayinladi." Odamlar chaqaloqning gapirganini eshitib, hayratda qolishdi. Biroq, Isoning beshikda gapirgan voqeasi Injilda zikr etilmagan. Injilda bu hikoya qanday davom etadi? Islom va Nasroniylikka ko‘ra, Masih dunyoga keladi va uning tug‘ilishi o‘sha hududning podshohi bo‘lgan hukmdor Xirodga tahdid solardi. Injil rivoyatiga ko‘ra, o‘sha davrning munajjimi bo‘lgan Maji kelib: "Yahudiylar podshohi bo‘lib tug‘ilgan kishi qayerda?" deb so‘raydi.

"Biz uning yulduzi chiqqanini ko‘rdik va unga sajda qilgani keldik", deydi. Podshoh bu haqda eshitib, biroz havotirga tushadi. Hokimiyatdan ayrilib qolishdan qo‘rqqan zolim podshoh dahshatli bir farmon chiqaradi. Bu farmon Muso (alayhissalom) hikoyasidagi farmonga o‘xshash edi. Baytlahm va uning atrofidagi hududlarda, ikki yoshgacha bo‘lgan barcha o‘g‘il bolalar o‘ldirilishi kerak edi. Biroq podshoh Xirod bir narsani unutgan edi. Alloh o‘z bandasiga rejasi mavjud bo‘lsa, hech kim Uning yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lolmasdi. Lekin Iso qanday himoyalanadi? Injilda, Maryam bir yosh yigit Yusufga unashtirilishi zikr etiladi.

Biroq, Islom manbalarida bunday yigit yoki unashtiruv haqida hech nima deyilmagan. Matto Injiliga ko‘ra, podshohning farmonidan biroz oldin, Yusufning tushiga bir farishta kirib, shunday deydi: "Tur! Bolani va uning onasini olgin-da, Misrga qochib ket." Shunday qilib, Iso bir muddat Misrda qoladi. Podshoh o‘lganidan so‘ng, u yana qaytib Nosiraga joylashadi. Xo‘sh, Iso (a.s.)ga payg‘ambarlik vazifasi qanday qilib berilgan edi? Payg'ambarlik yetkuniga qadar, u ruhan ulg'ayib 30 yoshni qarshilagan edi. Endi u odamlarga abadiy hayot haqidagi xushxabar va Xudoning so‘zlarini yetkazish uchun ruhiy yetuklikka erishgan edi.

Islomga ko‘ra, uning payg‘ambarlik vazifasi Jabroil (a.s.) vahiy olib kelganidan boshlanadi. Qur’onda Jabroilning boshqa nomi - Ruh al-Quddusdir. Biroq Injil rivoyatiga ko‘ra, cho‘kintirilganidan so‘ng Iso Muqaddas Ruh tomonidan sahroga yetaklab boriladi. U yerda 40 kun qoladi va shayton uni vasvasa qiladi. Injilda bu shunday rivoyat qilinadi: “Shayton uni baland bir joyga olib chiqdi va bir lahzaning o‘zida dunyoning barcha saltanatini ko‘rsatdi. “Men senga butun hokimiyat va shon-shavkatni beraman. Bu menga topshirilgan va uni istagan kishimga bera olaman. Agar menga itoat qilsang, bularning bari seniki bo‘ladi", deydi.

Iso (a.s.): "Parvardigoringiz bo‘lgan Allohga sig‘ining va faqat Unga ergashing", deb aytadi. Sizga ham bu g‘alati tuyulayaptimi? Injilga ko‘ra, shayton Isoni sinaydi. Bu - demak, u ham biz kabi sinalishi mumkin bo‘lgan insondir degani. Agar u nasroniylik e’tiqodiga ko‘ra Xudo bo‘lsa, unda qanday qilib uni sinash mumkin? Agar u Xudo bo‘lsa, shayton uning tabiatini ham bilishi kerak, to‘g‘rimi? Shunday ekan, nega u Iso (a.s.) ni adashtirishga harakat qilgan? Ammo shunga qaramay, biz Injilda Shaytonning buni qilishga harakat qilganini ko‘ramiz. Lekin ko‘rganimizdek, Iso (a.s.)ning javobi aniq edi.

U hech qachon shaytonga sajda qilmasligini, faqat Allohga ibodat qilib, faqat Unga xizmat qilishini aytdi. U na boylik, na shayton, na boshqa maxluqqa sig‘inish kerak emasligini ta’kidlaydi. Injilga ko‘ra, shayton Iso (a.s.)ni 40 kun davomida vasvasa qilgan. Ha, 40 kun davomida. Lekin oxir-oqibat shayton yengiladi. Keyin Iso Galileyaga qaytib keladi. Illo aynan o‘z qavmi bo‘lmish yahudiylar, uning shaytonga qilgan javobiga muhtoj edi. Ular shunchalik buzilgan ediki, moddiy manfaatlarni Allohning buyruqlaridan ustun qo‘yib, zarur bo‘lsa o‘z payg‘ambarlarini o‘ldirishdan ham tap tortmas edilar.

Shuningdek, Iso Tavrot borasida ham bilimga ega edi va shu sabab dinni o‘z manfaati uchun ishlatganlarga qarshi turardi. Zararli hisoblangan oyat hukmlarini ularga eslatishdan qo‘rqmasdi. Injilda esa Iso (a.s.)ning vazifasi qanday boshlangani haqida boshqa bir hikoya keltirilgan. Iso (a.s.) Iordan daryosida Payg‘ambar Yahyo (Injilda Yuhanno (a.s.) deb ataladi) tomonidan cho‘kintiriladi. Iso suvdan chiqayotganida, Muqaddas Ruh uning badaniga qush kabi kirib oladi. Va u o‘zidan oldin kelgan payg‘ambarlar ishini davom ettiradi. Qur’onda Alloh aytadi: “So‘ngra ularning ortidan Payg‘ambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik.

Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahmdillikni soldik.” U ularga halol narsalarga yo‘l ko‘rsatadi, harom narsalardan ogohlantiradi va Allohga ibodat qilishni eslatadi Keling, endi o‘sha suhbatlarni bir misol orqali ko‘z oldimizga keltiraylik. Bir kuni diniy olim - Iso (alayhissalom)ga yaqinlashib, undan savol so‘raydi. Bu parcha Mark Xushxabaridan olingan. “Barcha amrlar ichida qaysi biri eng muhim?” Iso javob berdi: “Eng muhimi budir. "Eshiting, ey Isroil ahli! Egamiz, bizning Xudoyimiz - yagonadir. ... Xudoyingizni butun qalbingiz, jon-u taningiz, aqlingiz va bor kuchingiz ila seving." "Barakalla, ustoz" deb javob beradi u kishi.

"Siz to‘g‘ri aytdingizki, Xudo birdir, Undan boshqa iloh yo‘q." Nasroniy ta’limotini hisobga olganimizda, bu kutilmagan javobdek tuyulmaydimi? Isoni shaytonga nima deganini eslang? U o‘sha yerda ham xuddi shu narsani ta’kidlagandek tuyulmayaptimi? "Bizning Xudoyimiz -Egamizdir, Egamiz esa yagona." Ya’ni u sening ham mening ham Xudoyimdir. Va bu e’tiqod Injilda quyidagi so‘zlar bilan yanada mustahkamlanadi: "Undan o'zga iloh yo‘q." Shuningdek, Qur'onda Iso (a.s.) o‘z qavmiga shu haqiqatni aytgan: "Va albatta, Alloh mening Robbimdir va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir".

Har bir payg‘ambar o‘z qavmiga jo‘natilganda mo‘jizalarga ega bo‘ladi va barcha boshqa payg‘ambarlar kabi, Iso (a.s.) ning mo‘jizalari ham Qur’on bilan Injilda zikr etilgan. Uning ba’zi mo‘jizalari har ikkala muqaddas kitobda uchrasa, ba’zilari faqat har birida alohida keltiriladi. Masalan, ikkala kitobda uning o‘likni tiriltirish, teri kasalliklari va ko‘rlarni davolashi kabi mo‘jizalari zikr qilingan. Qur’onda Iso (a.s.) ning chaqaloq holida, bevosita gapirishi. Yana Qur’onda Iso (a.s.) loydan qush shaklini yasab, unga puflaganlarida, Allohning izni bilan qushni jonlanishi keltirilgan.

Yoki, shogirdlarining iltimosiga binoan, Iso (a.s.) Allohga duo qilganida, osmondan turli xil taomlarga to‘la bir dasturxon tushgan. U odamlarga: "Sizlarga nimani yeyishingiz-u, nimani uyingizda saqlashingiz haqida ayta olaman", deb aytgan. Va Qur’onda Iso (a.s.) ning xochga mixlanishdan saqlanib, samoga ko‘tarilganligi haqida aytilgan. Ha, bu ba’zi nasroniylar uchun kutilmagan bo‘lishi mumkin. Agar faqat Injilda zikr qilingan mo‘jizalarga qarasak, Iso (a.s.) beshta non va ikki baliq bilan 5000 kishini to‘ydirgani, suv ustida yurgani va tut daraxtini quritib, nobud qilgani haqida aytiladi. Mo‘jizalaridan tashqari, Iso (a.s.) ni o‘ziga xos hislatlaridan biri uning o'ta ibodatparvarligi edi.

U juda samimiy va sadoqat bilan Ba’zan tog‘larga chiqib, tunni Allohga ibodat qilib o‘tkazardi. Injilda ham bu haqda keltirilgan. Injilda Iso (a.s.) yerda hayot kechirgan davrida: “Iso baland ovoz bilan yig‘lab, o‘limdan uni qutqarishi mumkin bo‘lgan zotga duo va iltijo qilgan va uning samimiy hurmati sababli duosi eshitilgan”, deb aytiladi. Shu bilan birga, boshqa ko‘plab oyatlarda Iso (a.s.) ning Allohga ibodati va duo qilishi keltirilgan. U o‘zidan ulug‘ Zotga ibodat qilib, kamtar xizmatkor bo‘lgani va yig‘lab, Allohdan qo‘rqib ibodat qilgan. Bu uning Xudo ekani haqidagi so‘zlarga zid emasmi?

Zero na Injilda, na Qur’onda yoki boshqa Muqaddas Kitoblarda Xudoning o‘ziga o‘zi sig‘ingani haqida hech narsa topa olmaysiz. Injildagi bunday oyatlar hanuzgacha asossiz, va cherkov o‘rgatayotgan ta’limotlar kishida bir dunyo savollar tug‘diradi. O‘sha davrdagi boshqa odamlardan ajratib turuvchi yana bir xususiyati bu uning suhondonligi edi. Haqiqatni odamlarga tushunarliroq yetkazish uchun go‘zal o‘xshatishlar (misollar)dan foydalangan. Keling, o‘zimizni yana uning davrida deb faraz qilsak-da, Matto Injilida keltirilgan nutqlaridan birini eshitsak. "Soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘linglar. Sirtidan ular qo‘ydek yuvvosh ko‘rinadilar, ichlarida esa bo‘ri yashiringan bo‘ladi.

Ularni mevalari orqali tanisizlar. Odamlar tikonli butalardan uzum, yoki qichitqidan anjir teradimi? Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. Yaxshi daraxt yomon meva bera olmagani kabi, yomon daraxt ham yaxshi meva bera olmaydi. Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt kesilib, o‘tga tashlanadi. Shuning uchun ularni mevasi orqali tanib olasizlar." Biroq, Qur’onda soxta payg‘ambarlarni aniqlash uchun bunday usul tilga olinmagan. Chunki Islomiy ta'limotga ko'ra Muhammad (s.a.v) so‘ngi payg‘ambardir. Va ulardan keyin boshqa biror payg‘ambar kelmagani uchun tabiiyki, bunday usulga ehtiyoj ham qolmaydi.

Biroq, mazkur o‘xshatish orqali Iso (a.s.) ning payg‘ambarlik zanjiri shu bilan tugamasligi ta’kidlanadi. Bu kelajakda yana bir payg‘ambar kelishini bildiradi va uni qanday tanib olish mumkinligi tushuntiriladi. Hozirda biz uning payg‘ambarlik faoliyatining uchinchi yilidamiz. 30 yoshidan boshlab, u aytilgan xabarni tinimsiz ravishda, sabr-toqat va jasorat bilan targ‘ib qilayotgan edi. O‘sha kunlarda, xamirturishsiz non bayrami, ya’ni Pasxa yaqinlashayotgan edi. Yahudiy din peshvolari yuzlariga haqiqat aytilishidan shunchalik charchadilarki, umuman Isoga toqat qilolmaydigan darajaga yetdilar.

Shu tariqa, ular Isodan qutulishning yo‘lini topish uchun ba’zi hukumat rasmiylari bilan hamkorlik qila boshladilar. Biroq, ular odamlarning Isoga bo‘lgan sevgisi va qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqishardi. Shuning uchun ular Isoga qarshi yashirincha tuzoq qo‘yishga qaror qilishdi. Iso o‘z qavmining orasida oxirgi kunlari yaqinlashayotganini sezardi va ularning holati uchun tashvishlanardi. U ketganidan keyin nima bo‘ladi? Ular va ularning avlodlari Qiyomat kuni kelguniga qadar iymonsiz o‘tadimi? Kim ularga yo‘l boshchi bo‘ladi? Illo tasalli topishi uchun, unga shunday bilim berildi, ya’ni odamlar yo‘l-yo‘riqsiz qolmaydilar. Undan keyin kimdir kelib, odamlarni haq yo‘l tomon yetaklaydi.

Bu ham Qur’onda, ham Injilda zikr qilingan. Yuhanno Injilida biz ushbu parchani ko‘ramiz. "Sizlarga aytadigan ko‘p gaplarim bor. Hozirda siz ularga dosh berolmasligingiz mumkin. Ammo haqiqat Ruhi kelganida, U sizni haq yo‘l tomon yetaklaydi. U o‘zidan gapirmaydi, faqat eshitganini gapiradi va kelajakda bo‘ladigan narsalarni sizga aytadi." Yodingizda bo‘lsa, boshqa bir joyda u soxta payg‘ambarni qanday tanish usulini aytgan edi. Ushbu parchada ham, u kelajakda keladigan so‘ngi payg‘ambarni qanday aniqlash haqida ma’lumot beradi. Nasroniylar uchun bu albatta kutilmagan bo‘lishi mumkin.

Biroq agar ular yanada diqqat bilan qarasalar, Injilda Payg‘ambar Muhammadning tilga olinishi zarur bo‘lganligini anglab yetishadi. Nega? Chunki nasroniy ta’limotiga ko‘ra, bunga ikki xil yondashish mumkin. Muhammad (s.a.v.) haqiqatdan payg‘ambar bo‘lgan yoki, Maadallah, yolg‘onchi bo‘lgan. Agar biz bunga e’tibor bersak, dunyoning to‘rtdan bir aholisi uning diniga ergashib kelmoqda. Tarix davomida minglab odamlar, shu jumladan, nasroniy din peshvolari ham Islomni qabul qilishgan. Agar u haq payg‘ambar bo‘lmaganida, Iso bu haqda nasroniylarni ogoh etardi. U: "Kelajakda shunday bir inson keladi, unga ishonmanglar"-der edi. Shu orqali u hammmani saqlab qolardi.

Agar Muhammad (s.a.v.) haqiqiy payg‘ambar bo‘lsa, demak, Iso (a.s.) shunday der edi: "Mendan keyin shu xususiyatga ega bo‘lgan payg‘ambar keladi va sizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshaydi. Unga ergashing." Boshqacha aytganda, ijobiy yoki salbiy tarzda bo‘lsin, Iso (a.s.) Muhammad (s.a.v)ni albatta aytib o‘tgan bo‘lishlari kerak deb o'ylagandirsiz? Ha, biz ilgari muhokama qilgan oyatlar kabi aslida ko‘plab olimlar Iso (a.s.) bilan Muhammad (s.a.v.) o‘rtasidagi aloqani tushuntirishgan va Muhammad (s.a.v.) ning Injilda bashorat qilinganini turli oyatlar orqali isbotlashgan. Nihoyat, Pasxa bayrami keldi va bu kun Iso uchun muhim o‘zgarish davriga aylandi.

Ibodat qilib bo‘lgach, Iso shogirdlari bilan ketib, Kidron vodiysini kesib o‘tdi. Boshqa tomonda bog‘ bor edi, u shogirdlari bilan o‘sha yerga kirdi. Isoni sotgan Yahudo bu joyni bilardi, chunki Iso ko‘pincha u yerda shogirdlari bilan uchrashardi. Qisqasi, Yahudo bir guruh askarlar, bosh ruhoniylar hamda farziylar va yahudiy olimlari bilan birga bog‘ga keldi. Ular mash’alalarni ko‘tarib, chiroq va qurollar bilan kirib borishdi. Keyin askarlar va yahudiy amaldorlar Isoni hibsga olib, bog‘lab qo‘yishdi. Bu yerda qiziqarli holat shuki, Isoning uni hibsga olish uchun kelganlarga bo‘lgan munosabati. Zero Injilning turli nusxalarida, bu holat ikki xil, bir-biriga nomutanosib tasvirlangan.

Matto Injilida Iso tinchlik bilan taslim bo‘lib, shogirdlariga zo‘ravonlik qilmaslikni aytgan holda tasvirlanadi. Lekin Yuhanno Injilida u ko‘proq qarshilik ko‘rsatib, o‘zini himoya qilgan holda tasvirlanadi. Matto Injilida Iso shunday deydi: "Nima uchun kelgan bo‘lsangiz, shuni qiling." Lukaning hikoyasida esa, askarlar kelganda, Iso oldinga chiqib, kimni izlashayotganlarini so‘raydi. Ular: "Nosiralik Isoni"- deyishadi. U: “Menman”-deydi va hamma yerga yiqiladi. Garchi nasroniylar har ikkala Injilni ilohiyatdan ilhomlanib yozilgan deb hisoblasalar-da, voqealar orasidagi farq doimo sir bo‘lib qolgan.

Chunki bu nomuvofiqliklar faqat bu holatda emas, balki voqeaning oldingi va keyingi qismlarida ham mavjud. Injilning 4 qismida ham ba’zi ma’lumotlar mos kelmasligi va voqealar tartibi turlicha bo‘lishi ko‘rinadi. Xo‘sh, hibsga olinganidan keyin nima bo‘ldi? Islomiy manbalarga ko‘ra, Isoni qaerdaligini bilib, uni qo‘lga olishga kelishganida, allaqachon u yerdan ketgan bo‘ladi. Alloh uni bu shafqatsiz odamlardan saqlab, mo‘jizaviy tarzda uni samoga ko‘tarib oladi. Ammo ular bundan butunlay bexabar edilar. Zero ularning qarshisida xuddi Iso kabi boshqa bir odam Yahudo turardi. Alloh Yahudoni Iso kabi ko‘rinishda qildi va uni darhol hibsga oldilar.

Yahudo hammaga qichqirib: "Men Iso emasman", dedi. Biroq hech kim unga ishonmadi. Axir, Allohning azobiga kim ham to‘sqinlik qila olishi mumkin? Xiyonat qilgan kishi qanday qilib... jazodan qutulishi mumkin? Hech kim uni eshitmadi. Qo‘rquv va umidsizlik bilan, xiyonatkor xochga mixlanib, qatl etiladi. U jazosining bir qismini bu dunyoda oldi. Illo haqiqiy jazo tomon uning safari endi boshlanayotgan edi. Qur’onda Alloh Iso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan voqea haqida quyidagilarni aytadi: "Biz Allohning Rasuli Masih Iso ibn Maryamni o‘ldirdik", deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. Balki uni Alloh O‘ziga ko‘tardi.

Alloh aziz va hakim bo‘lgan zotdir." Islomga ko'ra Iso (a.s) Jannatda emas, balki samolarda deya e’tiqod qilinadi. Injilda esa voqeaning bu qismi shunday hikoya qilinadi. Iso (alayhissalom)ni xochga mixlagan askarlar masxara qilib, haqorat qilayotgan edilar. Yahudiylar esa nima bo‘layotganini ko‘rish uchun to‘planishgan edi. Va Iso baland ovozda yig‘lab: "Xudoyim, Xudoyim, nega meni tashlab ketding?", deydi. Yuqorida tasvirlangan manzarani shu voqea bilan solishtirsangiz, qanday farqni ko‘rasiz? Iso haqidagi voqea aynan shunday yakun topishi kerakmidi? Masxara va haqoratlar ostida, Xudoga qarshi isyon qilgan holda vafot etib? Yoki bu, Qur’onda tasvirlanganidek yakunlanishi kerakmi?

Xudo deya ta’riflangan bir insonning hayoti bunday yakun topishi g‘alati emasmi? Agar u Xudo bo‘la turib o‘lgani haqidagi bemani asosni chetga sursak, unda u: "Nega meni tark etding?" deb kimga yuzlanayapti? Shuningdek, biz odamlarni Xudo yo‘lida va Uning sevgisini tarqatishga o‘z hayotini bag‘ishlagan inson haqida gapirayapmiz. Uning so‘nggi so‘zlari Allohga bo‘lgan ishonchni so‘nduruvchi taassurot qoldirmaydimi? Iso o‘sha so‘zlarni haqiqatan aytgan bo‘larmidi? U noto‘g‘ri narsaga ishongani uchun bu so‘zlarni aytgan bo‘larmidi? Agar u haqiqatan Xudo bo‘lganida, kelajakda nima sodir bo‘lishini bilmasdan, afsus va nadomad bilan: "Nega meni tark etding?" -degan bo‘larmidi?

Bu xususiyatlar Xudoga qanday xos bo‘lishi mumkin? Bizni ikkilantiradigan juda ham ko‘p savollar bor. Sizningcha, Islom Isoning haqiqiy tasvirini bizga yanada aniqroq taqdim etmaydimi? Hikoyaning ko‘p qismlarida, Isoni "Xudo" va "Xudoning O‘g‘li" deb ta’riflagan so‘zlarni "Payg‘ambar" va "Rasul" degan so‘zlar bilan almashtirsak, tushunmovchilik yo‘qoladi. Iso (alayhissalom) bir necha bor Xudoning yagona ekanini ta’kidlagan va Uni o‘z qavmiga: "U bizning Xudoyimiz" deb tanishtirgan. Eski Ahdda, hech bir Payg‘ambar Xudoni ikkinchi yoki uchinchi shaxs sifatida ta’riflamagan. Aksincha, ular doimo Uning yagona ekanini ta’kidlashgan va Xudoning boshi ham oxiri ham yo‘qligini aytishgan.

Ularning hech biri Iso (alayhissalom)ga ibodat qilmagan yoki uni o‘z qavmiga Xudo sifatida taqdim etmagan. Shu asnoda, qanday qilib barcha ulug‘ payg‘ambarlar to‘g‘ri yo‘lni topa olmagan deya ayta olamiz? Keling, hikoyaga qaytsak. Injilga ko‘ra, Iso vafot etadi va 3 kundan keyin qayta tirilib, samoga ko‘tariladi.... Agar ikkala e’tiqodga ko‘ra, uning ko‘tarilgani haq bo‘lsa, keyin nima bo'ladi? Mana shu yerda Islom bilan Nasroniylik o‘rtasidagi umumiylikdan birini ko‘ramiz. Ikkala e’tiqodda Iso alayhissalom qiyomatga yaqin Yerga tushishiga ishoniladi. U yerga tushib, insoniyatni mavjud bo‘lgan ofatdan olib chiqadi.

U insonlarning dunyoviy va abadiy hayotini barbod qiladigan g‘oyalarga qarshi kurashadi va ularni adolatli hakam sifatida to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiradi. Islom diniga ko‘ra esa, u odamlarga nasroniylikning asl mohiyatini ko‘rsatadi va bu dinni botilu, xurofotlardan tozalab, uni asl holiga qaytaradi. Ya’ni barcha payg‘ambarlar da’vat qilgan Islomga da’vat qiladi. U payg‘ambarlar zanjirining so‘nggi payg‘ambari bo‘lmish Muhammad (s.a.v) yo‘li tomon odamlarni yo‘naltiradi va qiyomat kunida Iso barcha masihiylar oldida Robbisi Alloh bilan faqat haqiqatni gapiradi. “Moida” surasida bu holat shunday tasvirlanadi. Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam!

Sen odamlarga, Allohni qo‘yib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?", deganida, Iso: "Ey, pok Zot! haqqim yo‘q narsani men ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo‘lganimda, batahqiq, Sen uni bilarding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmayman. Albatta, Sen O‘zing g‘ayblarni eng yaxshi bilguvchi zotsan. Men ularga O‘zing menga amr qilgan narsa; mening Robbim va barchaning Robbisi bo‘lmish Allohga ibodat qilishdan, boshqani aytganim yo‘q. Meni O‘zingga olganingdan so‘ng, Sening O‘zing ularga kuzatuvchi bo‘lding. Zotan, sen har bir narsaga guvohsan.”-deydi. Al Qur'on 5:116-117.
