# Iso ham Islom Jamoasidadir" - Islomga qarshi sobiq siyosatchi Islomga qarshi savollarga duch keldi!

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/jesus-is-in-team-islam-as-well-former-anti-islam-politician-faced-anti-islam-questions
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=TwbOoucV3L8
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Payg‘ambaringiz (s.a.v) Qur'onni Tavrot va Injildan ko‘chirib yozgan deb da’vo qiluvchi kishiga nima degan bo‘lardingiz? Shariat rostdan ham ko‘pchilik o‘ylaydigan narsami? Agar unday bo‘lmasa, shariat nima? Zero, men umuman musulmon bo‘lishni istamagandim. Haqiqatan ham istamagandim. Barcha dalillar va faktlarni ko‘rganimdan keyin ham, baribir musulmon bo‘lishni istamagandim. Lekin oxir-oqibat musulmon bo‘ldim. Nasroniylikka nazar tashlaganimda, men unda doim shunday kitobni ko‘raman, unda ko‘p haqiqat bor, biroq to‘liq haqiqat emas. Ba’zi odamlar mendan: “Nima uchun siz Isoning dinini tark etdingiz?” deb so‘rashadi Men ularga: "Yo‘q, men Isoning dinini tark etmadim.

Iso bizning dinda ham bor" deyman Assalomu alaykum, birodar Joram, taklifimizni yana qabul qilganingiz uchun rahmat. Sizdan olgan birinchi intervyumiz tomoshabinlar orasida ommalashib ketdi Va hozirda 4 million martadan ortiq tomosha qilingan Bunday qiziqishni kutganmidingiz? Bu sizni hayratga so'lmadimi? Ha, men hayron qoldim. Intervyuimiz bunchalar ommalashib ketadi deb kutmagandim 4 million albatta juda ko‘p. Alhamdulillah, bu yaxshi, menimcha. Ehtimol, bu xabarni tarqatishga, nima uchun Islomni qabul qilganim va ayniqsa, Islom eng oddiy ma’noda nima ekanligini tushuntirishga yordam berdi. To'g'ri, men olim emasman, ehtimol, bu ham yordam bergandir, yana kim bilsin.

Qabul qilgan fikr-mulohazalaringizni o‘rtoqlasha olasizmi? Ijobiy yoki salbiy bo'lsin Ulardan qaysi biri siz uchun qiziqarli bo‘ldi? O‘nlab odamlar bor edi, ular: “Xo‘sh, bu men uchun oxirgi turtki bo‘ldi”, deyishdi. Keyin esa shahodat kalimasini aytdilar. Ha. Bir necha kishi musulmon bo‘ldi. Bu, albatta, intervyu tufayli emas, lekin uni tasiri bo'ldi, chunki bu oxirgi turtki bo‘lganini astoydil va samimiy aytishdi. Shunday ekan, ha, bu, menimcha, ajoyib narsa. Shubhasiz, salbiy fikrlar ham bo‘ldi. Lekin bu tabiiy hol, fikrimcha. Ammo eng ajoyib fikrni bir buddist yigitdan eshitdim. Bu juda kulgili edi. U menga: “O‘zi hech qachon dinga qiziqmaganman”, deb aytdi. Aytishicha, buddist ekan.

Agar buddizmning asosiy tushunchalariga qaralsa, albatta, u ma’lum ma’noda dahriyona. Axir, buddizmning maqsadi, lo‘nda qilib aytganda, nirvanaga ketish sanaladi. Bu esa, siz ma’lum ma’noda yo‘q bo‘lib ketishingizni anglatadi. U: “Doim buni ma’naviy dahriylikka o‘xshash nimadir deb hisoblaganman”, deb aytdi. Boshida shunday dedi. Lekin keyin: “O‘shanda birinchi marta, balki, yana nimadir bordir. Ehtimol, Yaratuvchi bordir deb o‘yladim”, deya qo‘shimcha qildi. Shunday bo‘ldi... U o‘qib-o‘rgandi... Oxir-oqibat esa, shahodat kalimasini aytganlardan biriga aylandi. Shuning uchun gollandcha dunyoqarash bilan uni juda agnostik, ya'ni dunyoviy odam ekanini eshitish kulgili edi.

Masalan, aytaylik, ajdodlari tarixan nasroniy bo‘lgani haqiqatga yaqin. Niderlandiyada musulmon bo‘lgan buddist bor. Ruxsat etsangiz, xudoga ishonmaydiganlar tomonidan ko'p beriladigan savolni bersam. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam Qur'onni Tavrot va Injildan ko‘chirib yozgan deb da’vo qiluvchi kishiga nima degan bo‘lardingiz? Ha. Yo‘q, bu darhaqiqat mumkin emas. Albatta, men ham bu da’voni ko‘rib chiqqanman, ayniqsa, Islom tanqidchisi bo‘lgan paytlarimda. Biroq Qur’onga va, uning tuzilishiga qarasangiz, ayniqsa, sizda kompyuter bo‘lmasa, unda birlik borligiga ishonch hosil qilishi deyarli mumkin emas. Unda esa ko‘p birlik bor, odamlar bunga ishonadimi yoki yo‘qmi, baribir.

Hatto g‘arb va sharq an’analariga juda shubha bilan qaraydigan odamlar ham. Men musulmon mamlakatlari haqida gapirmayapman. Ular bu ajoyib kitob ekanini aytishadi. Shunday ekan, kompyuteri bo‘lmagan, ma’lum ma’noda savodsiz bo‘lgan kishi bunday narsani yaratish mumkin emas. Agar Ul Zot buni qilgan bo‘lsalar, shuning o‘zi bir mo‘jiza. Lekin Ul Zot shunga o‘xshash narsalarni ko‘chirganlar degan odamlar haqida gap ketganda, masalan, Yangi Ahd hali mavjud emas edi. Yangi Ahd yo‘q edi, u arab tiliga tarjima qilinmagan edi. Agar Ul Zot rostdan ham savodsiz bo‘lgan bo‘lsalar, buni qayerdan bilardilar?

Agar u yerda ularga nasroniylik haqida qandaydir hikoyalarni aytib beradigan ikki yoki uch kishi bo‘lsa-chi? Qur’onda nasroniylik bilan bog‘liq juda ko‘p chuqur ilohiyotga oid materiallar bor. Bu mumkin emas, yana bir bor aytaman, o‘shanda Yangi Ahd hali yo‘q edi, va Ul zot uni aslo ko‘chira olmasdilar. Buni iloji yo'q edi. Men nasroniylikka qaraganimda, unda doim shunday kitobni ko‘raman, unda haqiqat bor, ammo to‘liq haqiqat emas. Shuning uchun, masalan, Eski Ahd, Yangi Ahd va Qur’onga nazar tashlab, ularni yonma-yon qo‘yganimda, bu boshqotirmaga o‘xshaydi. Xullas, ba’zi jihatlarini o‘tkazib yuboraman, Eski Ahd bilan Yangi Ahdda hammasi birozgina o‘zgartirilgan.

Islom Qur’on bilan kelgach esa, u, go‘yo, avvalgi ikki vahiyni tuzatdi. Shu tariqa mening dinim yakunlandi. Bu hatto Qur’onning o‘zida ham bor: “Bu kun sizga diningizni mukammal qilib berdim”. Lekin bunga ilohiyot nuqtai nazaridan qaralsa hatto sobiq nasroniy sifatida, yoki nasroniylik nuqtai nazaridan ham. Albatta menimcha buni ahamiyati bor demak bu haqiqat. Iso (as)ning o'rniga kelsak u albatta nasroniylikda markaziy shaxs. U deyarli markaziy figura hisoblanadi. Lekin u Islomda ham yo‘q emas. Ba’zi odamlar mendan “Nima uchun siz Isoning dinini tark etdingiz?” deb so‘rashadi. Bu o'ta jiddiy savol. Men ularga: “Yo‘q, men Isoning dinini tark etmadim. Iso bizning dinda ham bor”, deyman.

Lekin ko‘pgina nasroniylarga Isodan keyin yana kimdir bo‘lganini qabul qilish juda qiyin. Agar odamlar buni qabul qilishsa, ularga musulmon bo‘lish juda oson bo‘ladi. Ular shariat haqida ham savol berishadi. Odatda ular faqat juda og'r jazolar haqida o‘ylashadi, masalan, OAVda ko‘rganlari kabi. Shariat rostdan ham ko‘pchilik o‘ylaydigan narsami? Agar unday bo‘lmasa, shariat nima? Albatta, men olim emasman, lekin bilganim shuki... Men shariat haqida o‘qib-o‘rgandim, Aytishadiki: “Bu diniy majburiyatlar ta’limoti”. U esa juda keng qamrovli. Bu kiyimga ham, oziq-ovqatga ham tegishli. Bu namoz bilan bog‘liq. savdo bilan bog‘liq.

U hamma narsaga aloqador va, albatta, uning bir kichik qismi jinoiy adolatga ham aloqador. Avval aytkanimzdek bu G‘arbda, 16, 17-asrlarda olib borilgan tashviqot bilan bog‘liq Biroq hozircha odamlar: “Shariat falon-pismadon narsa”, deyishadi. Yo‘q, bu shariat emas. Bu shariatning kichik bir qismi. Ammo bu Islom yaxlit bir tushuncha bo‘lgani uchun. Shuning uchun bu yerda gap faqat qalb yo‘li haqida emas. Bu amaliy din. Rostdan ham yer yuzidagi, dunyodagi hayotga mos keladi. Bu shuni anglatadiki, biz bularning barcha jihatlari haqida dunyoning barcha bo‘laklari haqida gapirishimiz kerak. Jinoiy adliya esa uning tarkibiy qismlaridan biridir.

G‘arbdagi ko‘pchilik menga shunday deydi: “Aslida, ular odamlarni jazolamaydi”. Bizda masalan, zo‘rlash jinoyatini sodir etgan odam bor. Ular faqat bir yil qamoq jazosini olishadi xolos. Bir yil. Ota sifatida tasavvur qila olamanki, agar qizimni zo‘rlashsa, men u yigitning atigi bir yilga jazolanishini istamasdim. Men qattiq jazoni, haqiqiy jazoni xohlayman. Boshqa tizimlarga nazar tashlaganimda, albatta, u yerda qattiqroq jazolar mavjud. Lekin shariat bu haqda emas, yana sizda Shubuhat tushunchasi bor, menimcha, shuning uchun, kimdir rostdan ham bu tariqa jazolanishidan oldin, shunchalik ko‘p omil va cheklovlar borki, bu deyarli mumkin emas.

Ko‘pincha bu odamlarning siz qilayotgan yoki qilib bo‘lgan ishingiz juda jiddiy haqoratli narsa ekanini tushunishlariga ishonch hosil qilish uchun qilinadi. Biroq G‘arbda bunday o‘ylashmaydi, zero aksariyat hollarda Islomni boricha ko‘rishni istashmaydi, ayniqsa, Islomni umumiy jihatdan biladigan, lekin aslida musulmon bo‘lishni istamaydigan odamlar. Qisqasi ular bu dalillarni biroz boshqacha talqin qilishadi, ularni juda qo‘rqinchli qilib ko‘rsatishadi va shunga o‘xshash narsalar. masalan, Usmoniylar imperiyasiga yoki murtadlikka qarasangiz, bu haqda ko‘pchilik gapiradi, to‘g‘rimi? Agar sen murtad bo‘lsang, seni o‘ldirishadi va hokazo.

Agar buni, masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘lguniga qadar bo‘lgan davri bilan solishtirsak, u yerda dinini tark etgani uchun o‘ldirilgan odamlar ko‘p bo‘lgan, zero cherkov yoki davlat: “Sen haqiqiy nasroniy emassan, yoki biz shubha qilyapmiz”, degan. Yevropadagi inkvizitsiyaga qarang. Ular juda ko‘p odamni o‘ldirishgan, ming minglab odamlarni. Agar buni, Usmoniylar imperiyasi bilan taqqoslasak, Usmoniy imperiyasining oxirgi 400 yilida faqat uch kishi shunday jazolangan. Uchta. Agar buni G‘arb bilan solishtirsak, u yerda minglab va minglab odamlar... Lekin baribir Islom g‘oyasi qo‘rqinchli, ular hammani o‘ldirishadi. G‘arb esa yoqimli va shirin. Yo‘q, bu haqiqiy holat emas.

Bu haqiqatga to‘g‘ri ham kelmaydi. Tarixiy fakt emas. Ammo bu tashviqotga aloqador,... Xullas bu boshqa masala, menimcha. Yana ular shuni ham ko‘p so‘rashadi: “Nima uchun adolatli boshqarish uchun bizga xudodan qonunlar kerak? O‘zimiz nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini aniqlay olmaymizmi?” Yana ular shuni ham ko‘p so‘rashadi: “Nima uchun adolatli boshqarish uchun bizga xudodan qonunlar kerak? O‘zimiz nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini aniqlay olmaymizmi?” Ha, bu deyarli falsafiy savol. Yo‘q, menimcha, odamlar buni qila olmaydi, zero odamlar juda o‘zgaruvchan.

Tarixga nazar tashlasak, men, albatta, g‘arblikman va G‘arbda yashayman, G‘arb tarixiga qaralsa, odamlar ilohiy kuchsiz, xudosiz, Allohsiz yashay olamiz deb o‘ylagan davrlar yaxshilik bilan tugamagan. Masalan, GDR, Sharqiy Germaniyaga, yoki Sovet Ittifoqi, boringki, Rossiyaga qaralsa. Ularda kommunizm bor edi, kommunizm davrida esa davlat dini dahriylik edi. Va u yerda ko‘plab ulamolar o‘ldirilgan. Sababi ularing musulmon bo‘lganli dinni hamda yagona xudoga ishonishni targ‘ib qilganli. Ularni o‘ldirishgan, dahshatli tarzda o‘ldirishgan. Shuningdek, nasroniy rohiblarni ham. Juda ko‘p odam halok bo'lgan. Agar odamlar: “Din doim zo‘ravonlikka olib keladi”, deyishsa, Sovet Ittifoqiga qarang.

Ular aniq dindor emas edi va dahshatli jinoyatlarni sodir etishgan. 20 milliondan ortiq o‘z fuqarolari o‘ldirilgan, boshqa xalqlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Hatto Albaniyada ham, avvallari u musulmon mamlakati edi, biroq mamlakat kommunist Anvar Xo‘ja hokimiyati ostida bo‘lganida, u ko‘p odamni o‘ldirgan. Xitoyda, Shimoliy Koreyada. Juda ko‘p misollar bor. yaxshiyamki, hamma narsa o‘zgaradi. Lekin odamlarning xudoning yo‘l-yo‘rig‘isiz, boshqarilish g‘oyasiga qaralsa, bu yaxshilik bilan tugamaydi. Hatto Ikkinchi jahon urushi davrida ham, 1939-yildan 1945-yilgacha bo‘lgan natsistlar Germaniyasiga boqing. Ular deyarli butun Yevropa qit’asini boshqargan, lekin juda ko‘p odam o‘ldirilgan.

Hatto nogironlar ham eng dahshatli usullar bilan o‘ldirilgan. Ular o‘z qonun qoidalarini o‘rnatdilar. Bu insoniyat uchun yaxshilik bilan tugamadi. Shuning uchun, menimcha, insoniyatning to‘g‘ri yo‘naltirilishining yagona kafolati, biz bir-birimiz bilan tinch-totuv yashashimiz uchun, bu Allohning, xudoning yo‘l-yo‘rig‘idir. G‘arbdagi ko‘plab musulmon bo‘lmaganlar Islom erkinlikni cheklaydi deb hisoblashadi, chunki bilamizki, ular erkin hayot tarzi bilan tanilgan va undan faxrlanishadi. Sizningcha, bu insoniyatga baxt keltirishi mumkinmi? Fikri ojizimcha, Islom – bu erkinlik, zero hech kim to‘liq erkin bo‘la olmaydi.

Siz doim nimaningdir qulisiz: pulingizning, ayollarning, yaxshi kiyimlarning, yoki xohlagan narsangizning quli. Unda hech bo‘lmaganda haqiqatning quli bo‘ling. Demak... Haqiqiy erkinlik. Erkinlik nima o‘zi? Mast bo‘lishingizmi, giyohvand moddalar iste’mol qilishingizmi, yoki zino va boshqa xohlagan ishni qilishingizmi. Bu haqiqiy erkinlik emas. Oxir-oqibat baxtli bo‘lmaysiz. Kichkina bolalarda ham xuddi shunday. Agar men bolamdan: “Nima yeging kelyapti?” deb so‘rasam, U: “Shirinlik”, deydi. Agar men unga kun bo‘yi shirinlik bersam, u kasal bo‘lib, oxir-oqibat, ehtimol, o‘lishi ham mumkin. Chunki u vitaminlar olmaydi, oddiy sabzavotlar, oqsillar va boshqa foydali narsalarni yemagan.

Shunday ekan, qiziqarlidek tuyulgan narsa rostdan ham qiziqarli ekanini anglatmaydi, va bu sizga uzoq muddat yordam berishini anglatmaydi. Shuning uchun, agar musulmon bo‘lsangiz, shunchaki Islomga amal qilishga harakat qiling. shuni ham bilamanki, ko‘pchilik: “Sen musulmon bo‘lsang, falon-piston ishlarni qila olmaysan”, deydi. Siz deyarli hamma ishni qila olasiz, bir nechta narsalardan tashqari. Taqiqlangan narsalar esa sizning farovonligingiz bilan bog‘liq. Ular: “Alkogol ichmang, giyohvand moddalar iste’mol qilmang, buni qilmang”, deyishadi. Buning sababi bor. Bu sizni mazah qilish yoki o‘zingizni yomon his qilishingiz uchun emas.

Yo‘q, bu baxtli inson ekaningizga ishonch hosil qilishingizga yordam beradi. Agar musulmon bo‘lsangiz yoki hatto musulmon bo‘lmasangiz ham, doimiy ravishda giyohvand moddalar yoki alkogol kabi narsalarni iste’mol qilsangiz, yoki faqat uchrashuvlarga, klublarga va hokazolarga borsangiz. Uchrashuvlar, klublar nima bo'lsa ham. Ularning aksariyati ya'ni o'sha odamlarning aksariyati yolg‘iz qolishsa, baxtsiz bo‘lib qolishadi, chunki oxir-oqibat ular erkak yoki ayol qidirishadi va farzandli bo‘lishni xohlashadi, turmush qurishni xohlashadi. Bu ko‘pchilik xohlaydigan narsa. Lekin bularning hammasi sizga barqaror munosabatlar o‘rnatishga, yordam bermaydi, unda baxt markazda bo'ladi.

Zero oxir-oqibat, menimcha, biz “Saodat ahli” deb ataladiganlardan bo‘lishni xohlaymiz, to‘g‘rimi? Siz baxtli bo‘lishni, va Yaratuvchiga yaqin bo‘lishni istaysiz. Sizni u manzilga eltadigan yagona yo‘l – bu Islomdir. Shunday ekan, menimcha odamlar haqiqiy erkinlik nima ekanini qayta o‘ylab ko‘rishlari kerak. Gap shundaki, tarixda juda boy ko‘plab pop-yulduzlar bo‘lgan, ularning ko‘pi kelishgan erkaklar yoki chiroyli ayollar bo‘lgan. Ular giyohvand moddalar, alkogol iste’mol qilishgan. Va u odamlarning ko‘pchiligi o‘z joniga qasd qilgan. Bu barcha narsalar ularni baxtli qilgani uchun emas. Aks holda ular hali ham shu yerda bo‘lardilar. Albatta, bu gap hammaga tegishli emas.

Lekin u odamlarda hamma narsa haddan tashqari ko'p bo'lgan, va aynan shu narsa ko‘pchilikni o‘ylantiradi: “Agar menda to'liq erkinlik bo‘lganida, falon-piston ishlarni qilgan bo'lardim” deydi Yo‘q, unday bo'lmaydi. Agar buni qilsangiz ham, oxir-oqibat hammasi siz xohlagandek bo‘lmaydi. Qolaversa, Islom – bu muvozanatli tizim, u sizga deyarli hamma ishni qilishga imkon beradi, faqat sizni baxtsiz qiladigan narsalardan tashqari. Shunday ekan, shunchaki, ko‘rsatmalarga amal qiling, va u sizni yanada baxtliroq inson qiladi. Bu yo‘l-yo‘riq Islom deb ataladi. Mening bir iltimosim bor.

4 milliondan ortiq kishi sizning biz bilan birinchi videoingizni YouTube'da va deyarli shuncha kishi Instagram'da tomosha qildi. Bu odamlar orasida, ehtimol, minglab musulmon bo‘lmaganlar bordir. To‘g‘ri kameraga qarab, ularga bir necha so‘z bilan murojaat qilishingizni xohlayman. Ular Islomni qabul qilish borasida ba'zi ikkilanishlarni xis qilishi mumkin. Shunday tomoshabinlarga nima degan bo'lardingiz? Nima uchun Islom? Nima uchun ular ikkilanmasliklari kerak, to‘g‘ri kameraga qarab gapirasangiz. Hali musulmon bo‘lmagan barcha insonlar, ikkilanayotganlar uchun, xoh agnostik, xoh ateist, xoh nasroniy, xoh buddist, xoh hindu, kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar, buning ahamiyati yo‘q.

Men barcha bu insonlarning hayotiga, albatta, Islom kirib borishini tilayman. Bu men sizni yomon odam deb hisoblaganim yoki shunga o‘xshash biror narsa uchun emas. Menimcha, bu ko‘pchilik musulmonlarga tegishli. Gap musulmonlarning sizni yomon odam deb o‘ylashida emas, agar ular sizga Islomni yetkazmoqchi bo‘lishsa. Lekin faqat, intervyu davomida aytganimdek, Islom rostdan ham menga qalb tinchligi va ruhiy xotirjamlik berdi. Ko‘pchilik musulmon bo‘lish juda qiyin deb o'ylaydi Men besh mahal namoz o‘qishim kerak, unaqa yo bunaqa ishlarni qila olmayman. O‘z tajribamdan bilaman, bu unchalik qiyin emas. Natijada, bu meni baxtli qildi.

Agar rostdan ham o'z ishingizga sodiq bo'lsangiz agar rostdan ham haqiqatga ergashsangiz va agar rostdan ham bu siz ishongan narsa bo‘lsa, hammasi juda oson kechadi. Shuning uchun men odamlarga Islomni o‘rganishni taklif qilaman va maslahat beraman. Uni xolis o‘rganing. Musulmonlar nima qilayotganiga qaramang. Eng buyuk muallim Muhammad sollallohu alayhi va sallam nima qilganlariga qarang. U sizni qandaydir darajada, Islomning haqqoniyligiga ishontirsin. Qanday qilib Islom butun dunyodagi odamlar qalbini zabt etadi? Sizningcha, bunga qanday yo‘l bilan erishish mumkin? Menimcha, bu katta H harfi bilan yoziladigan Haqiqat. Bizni juda ko‘p narsa qilishimiz shart emas.

Biz qilishimiz kerak bo‘lgan yagona narsa – bu xabarni yetkazishdir. Men o‘ylaymanki, buni biz bu yerda ham, o'zga xos muzeyimizda ham qilamiz va oxir-oqibat haqiqat odamlarga murojaat qiladi. Agar biror narsa haqiqat bo‘lsa, siz o‘sha haqiqatga jalb qilinasiz. Men bilan ham shunday bo‘ldi, zero men umuman musulmon bo‘lishni istamagandim. Haqiqatan ham istamagandim. Barcha dalillar va faktlarni ko‘rganimdan keyin ham, baribir musulmon bo‘lishni istamaganman. Lekin oxir-oqibat musulmon bo‘ldim. - Nima uchun istamagansiz? Bu go‘yo...

Boshida aytganimdek, Qur’onni qo‘limga olganimdan keyin va uni javondan qo'yayotganimda tushib ketganida, 22-suraning 46-oyatida yozilganidek: “Ko‘zlar emas, balki qalblar ko‘rdir”. Mening muammoyim ham aynan shunda edi. Menimcha bu ko‘pchilik G‘arb odamlari uchun ham muammo, chunki bu ko‘zlar muammosi emas. Siz dalillar bilan tanishishingiz mumkin, agar rostdan ham dalillarni faktlarni ko‘rishni istasangiz, ularni shunchaki toping. Ular shu yerda, oldingizda. Demak, ko‘zlaringizda muammo yo'q Siz ko‘r emassiz, lekin buni istamaysiz. Bu esa boshqa narsa. Bu qalb muammosi.

Bu siz Yaratguvchi borligini tan olishni istamaganingiz uchun bo‘lishi mumkin, yoki siz shunchaki musulmon bo‘lishni istamaysiz, yoki boshqa biror narsa. Bunga ko‘p sabablar bo‘lishi mumkin, ammo bu aql muammosi emas, Ratsional nuqtai nazardan Islom juda oddiy. Chindan ham tushkun ahvoldamisiz? Haqiqatan ham xabarni qabul qilishga istamaysizmi? Unday bo'lsa, bu qalb muammosi. Bugungi kunda odamlar asosan musulmonlar mag‘lub bo‘lgan va ortda qolgan deb o‘ylashadi. Agar Islom haqiqat bo‘lsa, unda nega bunday bo‘lyapti? Agar siz Islomni, masalan, yuqorida go'zal bo'lib porlayotgan quyoshdek ko'rsangiz unga tega olmaysiz, u daxlsizdir.

Agar biz, musulmonlar, yerto‘lada yashasak va: “Islom qani, biz Islomni ko‘rmayapmiz”, desak, bu bizni yerto‘lada ekanligimiz tufaylidir. Yerto‘ladan chiqishimiz kerak, bog' boylab sayr qilishimiz, yuqoriga qarashimiz kerak, ana o‘shanda Islomni ko‘ramiz. Bu boshqa odamlarga ham tegishli. Agar kun bulutli bo‘lsa ularning idrok etishi ham shunday bulutli bo'ladi, agar ular ko‘rmasalar, bu Islom yo‘q degani emas. Bu yerda Yaratuvchi bor, bu yerda Islom bor. o‘sha yerda, yuqorida. U daxlsizdir. U go‘zal. Nima deyishingiz va qilishingizdan qat’iy nazar, u baribir qolaveradi. Islom hech qachon mag‘lub bo‘lmagan. U mavjud. Musulmonlar ham doim ham musulmonlardek yashamaydilar.

Bu bizning mas’uliyatimiz. Menimcha, agar biz musulmonlardek yashaganingizda, siz baribir cho‘qqida bo‘lardingiz, zero siz qachonlardir dunyoning hukmron millati bo'lgansiz, ko‘p odamlarni o‘qitgansiz, haqiqatni tarqatgansiz. Lekin oxir-oqibat odamlar bahslasha boshlaydi, ma’lum bir ma’noda haqiqiy musulmon bo‘lishni to‘xtatishadi. Va, albatta, dunyo shunday tuzilgan. Keyin boshqa birov keladi. Agar biz Islomni boricha ko‘rmasak va shunga muvofiq harakat qilmasak, unda shikoyat qila olmaymiz. Bu o‘z mas’uliyatimizdir, chunki men hech qachon... Hattoki anti-musulmon siyosatchi bo‘lgan vaqtlarimda ham, Islomni bir achinarli narsa sifatida qabul qilmaganman.

O‘shanda men unda xavfni ko'rganman, va uni ma’lum darajada xafvli deb bilganim uchun hurmat qilganman. Biroq hozir men unda haqiqatni, katta harf bilan yoziladigan Oliy Haqiqatni ko'raman, va bu go‘zal narsa. Shunday ekan, siz Islom tufayli ketishingiz yoki chetlanishingiz shart emas Yo‘q. Faxrlaning, shunga muvofiq harakat qiling. Haqiqiy musulmon bo‘ling. Agar siz rostdan ham Oxiratga, Yaratuvchiga ishonsangiz, unda bu din uchun hamma ishni qilishni xohlaysiz. Albatta, eng ijobiy ma’noda. Shunday ekan, bu biz qilishimiz kerak bo‘lgan narsa. Agar buni qilsangiz yanada yuksalasiz. Hozir dunyoda islomofobiya kuchayayotganini bilamiz. Sizningcha, bu muammoni qanday hal qilishimiz mumkin?

Xo‘sh, menimcha, ikkita yo‘l bor. Ulardan biri – shunchaki musulmon kabi yashash, yaxshi axloqni namoyon etish, zero boshida ko‘p odamlar, eski davrlarda, go‘yo ko‘rganlaridan shunchalik ta’sirlanishgan. Agar siz, masalan, Indoneziyaga qarasangiz, u yerda savdogarlik bilan shug'ullanib kelgan odamlar bo'lgan va ular hech qachon boshqa odamlar musulmon bo‘lishi kerakligi va hokazolar ma’nosida Islom haqida gapirishmagan. Ular shunchaki musulmon bo‘lishgan. Savdo bilan shug‘ullanishgan, o‘sha paytlarda u yerdagi odamlar hali hindu dinida edilar. Ular: “Voh bu nima o‘zi?” “Ularda go‘zal tushuncha bor, Xudoga ishonish va hokazo. Ular pok va juda halol" deyishgan. Bu go‘zal narsa.

Ular ham bunga ega bo‘lishni xohlashgan. Aynan shuning uchun ular musulmon bo‘lishgan. Shunday ekan, hech qanday qattiq targ‘ibot yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lmagan. Ular shunchaki o‘sha birinchi musulmonlarning axloqiga qarashgan xolos. Musulmonlar savdo maqsadida Indoneziyaga tashrif buyurishgan. Men hali ham buni eng yaxshi yo‘l deb hisoblayman. Agar odamlar barcha dahshatli narsalarni ko‘rib johil bo‘lib qolsalar va musulmonlarda yaxshi axloqni ko‘rsalar ular tushunishadi: “Hoy, men televizorda ko‘rayotgan narsa, haqiqat emas. Musulmonlarga qaraganimda, Islomni ko'rdim u ana shunday”. Ko‘pchilik Qur’onni o‘qimaydi. Hadislarni o‘qimaydi. Ular sizni va meni o‘qiydi.

Qisqasi, keling, ochiq va ular o‘qiydigan eng yaxshi kitob bo‘laylik. Menimcha, bu juda muhim. Va, albatta, boshqa bir qismi – bu ta’lim. Agar odamlar qiziqib ko‘proq bilishni istashsa, albatta, ularga Islom nima ekanini ko‘rsatadigan ilmli odamlar bo‘lishi kerak. Asosiy tushuncha va Islom nima ekanligini anglata oladigan. Xullas, menimcha, ikkita yo‘l bor. Ba’zi musulmonlar: “Men uydan ishga, ishdan uyga boradigan odamman” yoki “Men talabaman” qabilida ham savol berishadi. “Atrofimdagilarga Islom haqida qanday qilib aytishim mumkin?” deyishadi Sizningcha, ular ham bu xabarni tarqata oladilarmi? Ha, albatta, hamma musulmonlar, ma’lum darajada odamlarni Islomga taklif qilishlari kerak.

Hatto o'zlari musulmon bo‘lsalar ham, siz bir-biringizning iymoningizni kuchaytirishingiz mumkin. Menimcha, siz bir-biringizni biroz ruhlatirishingiz kerak, chunki biz murakkab davrda yashayabmiz va bu har doim ham quvonarli emas. G‘am-anduh ko‘p, qayg‘u ko‘p. Biroq Islomda, albatta, tasalli bor. Shuning uchun, agar siz odamlarga tasalli bera olsangiz ularni mustahkamlab, iymonlarini ko'tarsangiz, bu ham mamnuniyat keltiradi. Masalan, agar mening ishim juda zerikarli bo‘lsa, aytalik kun bo‘yi muhr bosishim kerak, lekin hamkasbim bor, u musulmon emas, va uning bir talay savollari bor. U bilan suhbatlashishingiz mumkin, o‘shanda hayot zavqliroq bo‘ladi.

Sizning ayni shu vaqtda bu yerda ekanligingizni o‘z sababi bor. Hech kim bu yerda sababsiz emas. Modomiki, bu dunyoda o‘z vazifangiz borligini tushunar ekansiz, siz bu yerga Allohning marhamati bilan nimadir qilish uchun yuborilgansiz, nimadir qiling. Din uchun biror ish qiling. Birodar Joram, ajoyib intervyu uchun katta rahmat, duo qilamanki, siz bu ummatga oxirgi nafasingizgacha xizmat qilasiz. Sizga ham shuni tilayman. Ikkinchi bor sizni biroz qiynashga harakat qildik, ammo uddalay olmadik. Ehtimol, bu siyosatchi ekaningiz tufaylidir. Sovuqqonsiz Biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat. Ha, sizga ham rahmat. Yana bir bor qatnashish men uchun sharaf bo‘ldi, menimcha, siz ajoyib ish qilyapsiz.

Inshaalloh, siz Islomning haqiqiy xabarini tarqatishga va uni barcha odamlarga, barcha musulmonlarga: qora, oq, qari, yosh, erkaklar, ayollar va hokazolarga ko‘rsatishga yordam berasiz. Menimcha, bu ajoyib, qilayotgan ishingiz hayrlidir Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
