# Muhammad (s.a.v.) hayoti — Ilk sun'iy intellekt vizual Siyrat turkumi! — Ey Rasul | 1-qism

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/life-of-prophet-muhammad-the-worlds-first-ai-visualized-sirah-series-o-messenger-ep-1
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=DW-00ckCAPI
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Insoniyat tarixini o'zgartirgan hodisa. Taxminan 1400 yil avval, Arab yarimoroli. Ushbu 11 qismli videolarimizda, Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) hayotlarini, siz avval eshitmagan yo'sinda ko'rib chiqamiz. Hikoya davomida risolatning ilk kunlarini boshdan kechiramiz. Musulmonlarning Dorul Arqamdagi maxfiy yig'ilishlarini ko'ramiz. Shuningdek, Umar roziallohu anhuning qo‘rqmasdan Makka mushriklari tomonga qarab yurganlariga guvoh bo‘lamiz. Kimda kim Muhammad (s.a.v.) ni o'ldirsa, unga 100 ta qizil va qora tuyalar beraman! Muhammad (s.a.v)ga ergashganlarning holi mana bunday bo'ladi. Hammangiz ogoh bo'ling!

Hikoya davomida, ba'zida ko'zimizga yosh keladi, ba'zida qo'rqamiz, ba'zida esa tabassum qilmay iloji yo'q. Ammo asosan, qalblarimiz sakinat bilan to'lib toshadi. Eng umidsiz vaziyatlarda ham yo'l topishni o'rgatgan payg'ambarimiz Muhammad alayissalom hikoyasini o'rganib, biz ham o'z hayotimizdagi og'ir vaziyatlarni yengib o'tishni o'rganamiz. Voqealarga shunchaki ko'z yugurtirmay, balki, ular ortida yashiringan asl hikmatni ham ko'rib chiqamiz. Ushbu hikoyamiz davomida ko'p narsalarni o'rganasiz, kim ekaningizni yaxshiroq anglaysiz. Bu Allohning habibi haqidagi hikoya. Ummati uchun butun hayotini bag'ishlagan inson. Munofiqlar tomonidan qayta va qayta xiyonatga uchragan zot.

Ba'zida oylab och yurdilar. Ba'zida esa yaqin kishilaridan ajralib, o'z qo'llari bilan ko'mdilar. U kishi doim insonlarni iymonga chaqirardilar, evaziga esa u kishini toshbo'ron qilishardi. O'z oilasiga sen kabi shunchalik illat va fasot keltirgan odamni umrimda ko'rmaganman. Jonlariga juda ko'p tajovuz bo'ldi, ammo u kishi bir soniyaga ham taslim bo'lganlari yo'q. Va oxir-oqibat, Alloh O'zining sodiq bandasiga bergan va'dasini bajardi. Sizlar bilan 23 yillik misli ko'rilmagan tarixiy voqeani ko'rib chiqamiz. O'ziga xos kishining tarixi bilan tanishamiz. Din boshida bu kishi bir o'zi edi, oxirigacha sobit qoldi. Bugun esa bu dinga 2 milliarddan ortiq kishi e'tiqod qiladi.

Tayyor bo'lsangiz, boshlaymiz. Ushbu videolar ishonchli Islom manbalaridan olingan yuzlab ma'lumotlarga asoslandi. Barcha sun'iy intellekt vizual materiallari malakali Islom olimlari bilan hamkorlikda tayyorlandi va Islom ko'rsatmalariga muofiqlashtirildi. O'sha kuni kechasi, Makkaning issig'i bosilgan edi. Dushanba kechasi, milodiy 571-yil sanasi. Makkaning sokin ko'chalari insoniyat tarixidagi eng buyuk hodisaga guvoh bo'lish arafasida edi. Abdul Muttalib ushbu lahzalarni anchadan beri kutardi. Nihoyat, xushxabar keltirildi. Omina chaqaloqni dunyoga keltirdi. Yuragi hayajonga to'ldi.

O'g'li Abdulloh vafotidan keyin, kelini Omina ko'tarib yurgan nabirasiga nisbatan muhabbati kundan-kunga oshib bormoqda edi. O'sha kechani tasavvur qiling. Abdul Muttalib uyiga yugurdi. Endigina tug'ilgan nabirasini qo'liga oladida Ka'ba tomon yurib boradi. Robbisiga shukronalar aytadi, unga hamd aytadi va bolaga Muhammad deb ism qo'yadi. Nega aynan shu ismni qo'ydingiz? Chunki uni Alloh va odamlar maqtashini istayman. Bu ism Ominaga tushida bashorat bo'lgan edi. Buni Abdul Muttalibga aytishi bilan u ham chaqaloqqa shu ismni berishga qaror qildi. Turmush o'rtog'i Abdullohdan qolgan yodgorlik Ominaga o'zgacha hotirjamlik berdi.

U paytlari Makkada chaqaloqlarni sut onalarga topshirish odat edi. Chaqaloqlarni emizib g'amxo'rlik qiladigan onalar. Bu bilan chaqaloqlar Makkaning jaziramasidan uzoqda bo'lishardi. Albatta ona uchun chaqalog'idan ajralish juda qiyin holatdir. Ammo buning ikki muhim sababi bor edi. Birinchisi bolaning sog'ligi uchun. Aytganimizdek, Makka iqlimi chaqaloqlar uchun mos emasdi. Ikkinchi sabab esa bolakayning tili ravon bo'lishi, nutqi go'zal bo'lishi uchun edi. U paytlari notiqlik va go'zal so'zlash Arab jamiyatida asosiy o'rinda turardi.

Chaqaloqlar Banu Saad yurtiga yuborilardi, u yerda ular cho'l va ochiq tekisliklarda erkin o'sib-ulg'ayishlari va arab tilini sof, eng go'zal shaklda o'rganishlari mumkin edi. Sut onalar odatda badavlat va aslzoda xonadonlar chaqaloqlarini qidirib yurishardi. Bu orqali bolaning oilasi bilan qalin aloqalar qurilishi mumkin edi. Bolaning otasi tiriklik chog'ida ulardan mehr-muruvvat olishlari mumkin edi. Muhammad alayhissalom ham taniqli oiladan edilar. Bobosi Abdul Muttalib Makkaning sayyidi edi. Ammo qarib qolgandi. Otalari esa Muhammad (s.a.v) tug'ilmasidan avval o'tib ketgan edi. Yetim bo'lganliklari sabab sut onalarning hech biri uni asrab olishni istamasdi. Xo'sh, endi nima bo'ladi?

Nahotki hech kim ularni olmasa? Jazirama issiq shaharda ulg'ayadilarmi? Omina chorasiz qolgandi. Sut onalar chaqaloqlarni olib birma bir Makkani tark etishini kuzatib turardi. Bu orada Halima va eri Horis boshqalardan kechroq yetib keldilar. Hayvoni zaif bo'lganidan navbatma-navbat minib kelishardi. Shu sabab ulgurib kela olishmadi. Halima tinmay qidirdi. Makkada unga chaqalog'ini berguvchilar topilmadi. Shuncha qiyinchilik bilan kelganining ustiga quruq qo'l bilan qaytib ketish kerak bo'ldi. Ularning yurtida ham ocharchilik hukum surardi. O'zlarini qornini to'ydirishga ham qiynalishardi. Birin ustin kelgan mana shu qiyinchiliklar sabab g'amgin edi.

Mana shu o'y-fikrlar bilan yurar ekan, bir kishiga duch keldi. Bu Abdul Muttalib edi. Biroz gaplashishgach u nabirasining holati haqida gapirdi. Halima erining fikrini bilmoqchi bo'ldi. Bu yerdan chaqaloq topa olmadim. Boshqalarning oldiga ham quruq qo'l bilan qaytishni istamayman. Uni olib ketsak ham bo'laveradi. Balki Alloh u sabab bizga ham ko'p yaxshilik va baraka berar. Halimaning ko'z o'ngida kutilmagan darajada katta yaxshiliklar namoyon bo'ldi. Ammo Halima qanday bebaho xazinani topib olganini o'zi ham bilmasdi. Boshqa tomondan Ominaning holatini tasavvur qiling. Turmush o'rtog'idan ayrilib bo'lgan. Chaqaloqni otasiga ko'rsata olmadi.

Bu ham yetmaganidek endi o'z bolasidan ajralishiga to'g'ri keldi. Boshqa iloji ham yo'q edida. Ko'zlarida yosh bilan, Abdullohdan qolgan yodgorlik, Muhammadni Halimaga topshirdi. O'g'lidan juda uzoq vaqt olisda yashashi kerak edi. Uni na hidlay olardi, na bag'riga bosa olardi. Birinchi qadamlarini ham ko'rmasdi, ilk gapirishini ham eshita olmasdi. Ona uchun o'z bolasidan bir soat yiroqda bo'lish juda og'irdir. Ammo farzandining kelajagi uchun undan ajralishga rozi bo'ldi. Yuragi parchalansa ham. Halima va uning oilasi uchun yangi hayot boshlanish arafasida edi. Payg'ambarimiz alayhissalom kelishlari bilan, uylari ne'matga va barakaga to'ldi. Ishonib bo'lmas ishlar sodir bo'ldi.

Qari va zaif hayvonlari to'satdan kuchga to'lib tez chopa boshladi. Halimaga ko'p ham sut kelmasdi. Payg'ambar alayhissalomni emizishlari bilanoq uning suti buloqdek oqib kela boshladi. O'zining chaqalog'i Abdulloh ochlikdan juda ko'p yig'lardi. Payg'ambar alayhissalom bilan birga emizganda esa u ham jim bo'lardi. Adrlardagi qurg'oqchilik sabab yemoqqa o't topa olmay och qaytadigan chorvalari esa qorni to'yib qaytib, ko'p sut beradigan bo'ldi. Uylari barakaga to'ldi. Boshqa oilalar esa ocharchilikdan sillasi qurirdi. Bu davrda Payg'ambar alayhissalom ham jismoniy, ham aqliy, ham ruhiy barkamol ulg'aydilar. Nihoyat 4 yil ham o'tdi. Qaytish vaqti yetgandi.

Payg'ambar alayhissalomni o'z onasiga qaytarish lozim. Halimaning ko'zlarida yosh. Undan ayrilgisi kelmas edi. Uni bag'riga bosib qayta-qayta o'pardi. Lekin boshqa chorasi yo'q edi. Uzoq yillik ayriliqdan so'ng, Omina o'z o'g'li bilan yana ko'rishdi. Qachonki uning qo'lidan tutaman desa, doim yonida bo'lardi. Bir birlarini qattiq quchoqlashdi. Xuddi ayriliqdagi har bir kun uchun quchoqlagandek. Boshqa ajralishni istashmasdi. Qayta birlashish onaning qalbidagi jarohatga davo bo'ldi. Yana bir yarim yil birga yashaganlaridan so'ng ular Madinaga, otasining qabrini ziyotar qilish uchun yo'l oldilar. Qabrga borganlarida Ominaning ko'zlarida qayg'u uyg'ondi.

Uning ongi va qalbi turmush o'rtog'i bilan o'tkazgan kunlarning sog'inchi bilan to'lgandi. Erini xuddi hozir yo'qotgandek yig'lashni boshladi. Allohning payg'ambari yetim bo'lib tug'ildi. Tug'ilganlarida otalari o'lgan edi. Dunyoga kelib ota mehrini ko'rmadilar. Jajji qo'lchalari bilan otasining qo'lidan tutishni istardilar. Lekin otalari yo'q edi. Ana shu lahzada, ular ham otasining yo'qligini his qildilar. Ayni vaqtda, onalarining qiynalishiga chiday olmasdilar. Ikkisi ham birgalashib yig'lashdi. Hech bo'lmasa onasining hayotligi bolaga taskin berardi. Ammo Omina uchun dunyodan o'tish vaqti yaqin qolgandi. Tez orada erining oldiga boradi. O'g'li bilan diydorlashuvi uzoqqa cho'zilmadi.

Makkaga qaytar ekanlar Omina betob bo'lib qoldi. Allohning payg'ambari o'shanda 6 yoshda edilar xolos. Abvo degan joyga yetganlarida Ominaning betobligi qattiqlashdi. Qattiq azob chekardi. Unga ikki narsa ko'p azob berardi. Bolasini foniy dunyoda yolg'iz qoldirish va mana shunday yosh holida, ham otadan, ham onadan judo bo'lishlarini o'ylab siqilardi. O'lim soati yaqinlasharkan farzandiga so'ngi bor qaradi. Uning yuzidagi nigohni so'z bilan ifodalash mushkul. O'limidan biroz avval ushbu so'zlarni aytdi. Har bir jon o'lim topadi. Yangi narsa eskiradi. Yoshi o'tganlar kun kelib vafot etishadi. Dunyoda hamma narsa vaqtincha va kun kelib tugaydi. Ha, men ham o'laman.

Ammo ismim odamlar yodida qoladi. Chunki men solih va pok farzandni dunyoga keltirdim, u meni yaxshilik bilan eslaydi. Birozdan so'ng uning ovozi to'xtadi. Tanasi esa jonsiz qoldi. Payg'ambar alayhissalom esa ko'zlarida yosh bilan qoldilar. Qalblari kuchli og'riqdan azob chekardi. Otasining qabrini ziyorat qilish bilan boshlangan safar onalaridan judo bo'lishi bilan tugadi. Otasidan judo bo'lgandan so'ng onalarini ham yo'qotdilar. O'sha so'zlar payg'ambarning quloqlarida qancha vaqt jarangladi ekan? Boshqa bolalar "ona" deganida u kishi yerga qarab turardilar. Yosh to'la ko'zlarida bu bolakay o'z onasining songi damlarini eslardi.

O'shanda uning enagasi Ummu Ayman yonida bo'lib, jajji Muhammad alayjissalomni tinchlantirib, ko'z yoshlarini artdi. O'sha kundan boshlab u doim uning yonida turdi. Onasining o'rnini bosish uchun qo'lidan kelganini qildi. To 25 yoshga yetib uylanmagunlaricha yonida bo'lib xizmatini qildi. Islomga da’vat boshlanganda Ummu Ayman din uchun buyuk ishlar qilishda ikkilanmadi. Ummu Aymanning Payg'ambarimiz hayotidagi o'rni shunchalik muhim ediki, u unga shunday onalik mehr-muhabbatini ko'rsatar ediki, keyinchalik Payg'ambarimiz shunday derdi: "U mening onamdan keyingi onam." Makkaga qaytishgach bobolari Abdul Muttalib o'z qaramog'iga oldi. Doim yonida olib yurardi.

Nabirasi yonida bo'lmaguncha hech nima yemasdi. Abdul Muttalib qabila sayyidi bo'lgani sabab, uning o'rindig'i Ka'ba ro'parasida joylashgan edi. U yerga o'z o'g'illarining ham o'tirishi mumkin emasdi. Ammo 6 yoshli nabirasi Muhammad (s.a.v) o'tirardi. Undan boshqa hech kimga ruxsat bermagandi. Muhammad (s.a.v)ni boshqalar to'xtatishsa u shunday derdi: "O'g'limni tinch qo'ying! Allohga qasamki kun kelib uning nomi sharaf bilan tilga olinajak." Yoshligidan bobosi Makkani qanday muhofaza qilishini ko'rdi. Bolalikda ko'rganlari u kishini sardor bo'lishga tayyorladi. Ba'zi-ba'zida Abdul Muttalib unga ma'lum vazifalarni berib turardi.

Nabiraning bobosiga hurmati baland edi, boboning esa nabirasiga bo'lgan mehri baland edi. Ular juda yaqin edilar. Ammo bu aloqa uzoq davom etmadi. Ikki yil o'tib bobolaridan ham judo bo'ldilar. Kimga bog'lanib qolsalar Alloh ularni birma bir olib qo'yardi. Go'yo "Faqat menga suyan" degandek. Hayotlari davomida juda ko'plab yaqinlarini yo'qotadilar. Tirikliklaridayoq 7ta farzandlarining 6tasidan judo bo'ldilar. Ushbu turkum videolarimiz davomida u zotning tuganmas qiyinchiliklarga duch kelganiga guvoh bo'lasiz. Mana shu turli xil qiyinchiliklar sabab ummatning boshiga kelishi mumkin bo'lgan har qanday qiyinchilikni tushunishlari oson bo'ldi.

Shu orqali u kishi bizlarga eng yaxshi ustoz bo'ldilar. Agar u kishi yengil hayot kechirib, Alloh unga hech qanday sinov bermaganida qanday qilib bizlarga o'rnak bo'la olar edilar? Yoshligida atrofidagi odamlardan olgan barcha mehr-shafqat va muhabbat quyoshning turli oynalardagi aksiga o'xshar edi. Ammo muruvvatning asl egasi Alloh, o'sha oynalarni birma bir olib qo'yardi. Ya'ni u kishi yaqinlaridan birma bir judo bo'layotgan edi. Bu bilan, Alloh unga rahm-shavqatning asl manbasini ko'rsatdi va har bir ne'mat faqat Undan kelishini o'rgatdi. Ya'ni faqat Alloh abadiydir. Agar istasa insonlarga ham abadiylik berishi mumkin.

Agar u istasa, bir biridan judo bo'lganlar abadiy bo'lgan Jannatda qayta uchrashishlari mumkin. Bu bilan Alloh u kishiga keyinchalik ayon bo'ladigan qiyomatga bo'lgan iymonining poydevorini yaratdi. Payg'ambar alayhissalomning yosh chog'larida mana shuncha qiyinchilikdan o'tganlari haqida o'ylasangiz hayratda qolasiz. Hayotlarining har bir lahzasi Alloh tomonidan reja qilingan. Alloh tomonidan berilgan har bir sinov va qiyinchilik u zotning barkamol bo'lishida katta o'rin egalladi. Chunki kelajakda u kishiga juda og'ir mas'uliyat topshirilardi. Chaqaloqliklaridan boshlab o'z shahridan uzoqda o'sib ulg'aydilar. Shu sabab ruhiyatlari tetik edi.

Jismonan baquvvat bo'lib so'zlashlari ham juda go'zal edi. Endi ko'chib o'tadigan uylarini hisobga olsak, u zot balog'atga yetgunlaricha 5 xil uyda yashab katta bo'ladilar. Mana shu orqali u kishi har xil odamlar bilan yashashni o'rgandilar. Bobolari bilan yashaganlarida shahar qanday idora qilinishini ko'rdilar. Ota-onalari bo'lmasa ham u kishini uch xil ona va uch xil ota tarbiya qildi. Har birlari o'zlariga xos xulq-atvorga ega edi. O'z onalaridan tashqari sut onalari Halima, ota sifatida esa uning eri Horis. Enagalari Ummu Ayman o'ziga xos tarzda onalik mehrini ko'rsatgan bo'lsa, bobolari Abdul Muttalib boshqacha tarzda ota bo'ldilar.

Nihoyat amakilari Abu Tolib u zotni o'z qaramog'iga oldilar. Uning ayoli Fotima ham payg'ambarimizga o'z farzandlariga ko'rsatgan mehrini ko'rsatdi. Hammalarini teng ko'rdi. U kishiga shunchalar ko'p mehr muruvvat ko'rsatilar ediki, keyinchalik u zotning ularning har birini "Onamdan keyingi onam" deb eslardilar. Towards Eternity jamosi ushbu videolarni tayyorlash uchun tinmay mehnat qildi. Endi esa Payg'ambarlar va Xulafoi Roshidinlar haqidagi yangi videolarni tayyorlamoqchimiz. Tashkilotimiz notijorat bo'lganligi sababli bu ishlarni sizning qo'llovingiz bilan qila olamiz. Sezgan bo'lsangiz video davomida reklamalar yo'q.

Savobli ishlarga sherik bo'lmoqchi bo'lsangiz, loyihamizga ehson qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Hayotlarida hech nima tasodif emasdi. 40 yoshlarigacha nimaiki bo'lmasin hammasi u kishini payg'ambarlik mas'uliyatiga tayyorlash uchun edi. Chunki oldindagi hayot qiyinchiliklarga to'la edi. Risolatning og'ir yuki. Boshlagan ishlarini to'xtatishi uchun u kishiga qarshi yillab boykot e'lon qilishdi. Quraysh xalqining zulmi. "Yana bir marta shu ishni qilayotganingni ko'rsam yo bo'yningni sindiraman yoki yuzingni qumga belayman." Madinadagi munofiqlar. Shavqatsiz Toif odamlari. Hamda Handaq g'azotida deyarli barcha arablarga qarshi jang qilgani. Qatnashgan janglari.

Hamda u kishini o'ldirmoqchi bo'lgan minglab kishilar. Bu uchun juda kuchli matonat va qo'zg'almas iroda kuchi talab etiladi. Shu sabab payg'ambarlikdan avvalgi hayotlaridagi hamma narsa noziklik bilan reja qilingan edi. 8 yoshga kirdilar. Amakilari Abu Tolibning uyiga ko'chib o'tadilar. U yerda umrlari davomida eng ko'p g'amxo'rlik va muruvvat ko'radilar. O'z amakilarining uyi bo'lsa ham, o'zlarining uylaridek bo'lmasdi. O'z ota-onangizdan so'ragan kabi istagan narsangizni so'ray olmaysiz. Bundan tashqari amakivachchalaringiz sizga hasad qilishi mumkin. Shuning o'zi odamni ko'p narsadan to'sadi. Undan tashqari ular boy ham emasdilar. Ko'p hollarda qorinlari to'ymay uyquga ketishardi.

Yoshliklaridan qashshoqlik nimaligini his qildilar. Lekin bularga qaramay amakisi va xolasi o'z farzandidek qarab mehr berishardi ularga. Ba'zida o'z bolalaridan ham ko'ra ko'proq yaxshi ko'rishardi. Abu Tolib Muhammadsiz hech qayoqqa bormasdi. Doim yonida olib yurar, ko'zdan qochirmasdi. Ba'zida xuddi do'stidek gaplashib o'tirardi. Dasturxon atrofida yo'q bo'lsalar "Muhammadim qani? Uni chaqirib keling" derdi. Payg'ambar alayhissalom boshqa bolalarga o'xshamasdilar. Kattalardan oldin ovqatga qo'l cho'zmasdilar. Juda aqlli bola edilar. Amakilari oilasini ta'minlash uchun qiyinchilikka uchraganini ko'rgach qarab turmadilar.

Bolalar kabi vaqtini bekor ketkazmay, ishlab uyga yordam berishni istadilar. Amakilarining oldiga borib qo'y-echkilariga cho'ponlik qilishni so'radilar. Ana shunda Abu Tolib birortasini ishga olishiga to'g'ri kelmasdi. Bu gap yosh bola uchun juda oqilona taklif edi. Amakisi va xolasi uni hech qachon yuk deb bilishmagan, jazirama arab quyoshi ostida uzoq vaqt tashqarida bo'lishini istamaganlar. Ammo payg'ambarimiz alayhissalom ularni ko'ndirdilar. Hayvonlarga qaray boshladilar. Cho'ponlik juda katta sabr talab qiladi. Bu bilan u kishi sabrli bo'lishni, mas'uliyatli bo'lishni va o'zlariga ishonib topshirilgan narsani muhofaza qilishni o'rgandilar.

Bu esa u kishi uchun shahardan uzoqroqda bo'lish, tunlarni yolg'iz o'tkazish, osmondagi yulduzlar, yerdagi maxluqotlar haqida tafakkur qilish imkoniyati edi. 12 yoshga yetganlarida, Abu Tolib oilaviy qiyinchiliklari sabab savdo karvoni bilan safarga chiqdi. Quraysh tomonidan tashkillashtirilgan bu karvon Damashqqa yo'l olgandi. Payg'ambar alayhissalom bundan xabar topgach juda hafa bo'ldilar. Amakilaridan ham ajralishni istamasdilar. Doim ko'z oldida bo'lgan amakilari oylab safarga ketmoqchi edi. G'amxo'rlik va himoyasiz qolishlari mumkin edida. Amakilari bilan borishni istardi. Ammo bu yoshda uzoq safarga boruvchi karvonga qo'shilish juda havfli edi. Payg'ambarga nimadir bo'lsachi?

Abu Tolib ukasidan qolgan yodgorlikni himoya qilolmasachi? Hamma uning bormasligini aytdi. Kim nima desa ham amakilarini yonida bo'lishni juda xohlar edilar. Bir necha kundan keyin chidolmay qoldilar. Abu Tolibni oldilariga borib qayg'uli ovozda shunday dedilar. "Amaki, meni kimlar bilan qoldirib ketyapsiz? Bu yerda na onam, na otam bo'lsa." Bu samimiy so'zlar uning his tuyg'ulari, ichidagi barcha og'riqlarini aks ettirar edi. Abu Tolibning yuragi dosh berolmadi. U fikrini o'zgartirdi. Tayyorgarliklar tugadi, karvon jo'nab ketish arafasida. Yaqinlari bilan hayrlashdilar. Bu safar hayotlaridagi tijoratning boshlanishi edi.

Ushbu safarda kelajak hayotda kerak bo'ladigan eng muhim tajribalarni o'rgandilar. Sekin asta o'smirlikka qadam qo'ydilar. Afsuski, shahardan tashqarida juda ko‘plab yomon xulqli kishilar bor edi. Keyingi qismda o'sha davrning urf odatlari qay darajada xunuk bo'lganligi haqida gaplashamiz. Bu davrni johillik ya'ni ilmsizlik davri deymiz. Hammasi bir savolni yuzaga keltiradi. Bunday holatdan u zot qanday qilib himoya qilingan? Payg'ambar bo'lishlaridan avval biror gunohga yo'liqmaganlarmi? Bir necha namunalar bilan tushunib olishimiz mumkin. Lekin ularning ikkitasini aytaman. Bir safar Makka shahridagi yoshlar yig'ilib xursandchilik qilmoqchi edilar.

Do'stlari payg'ambar alayhissalomni ham taklif qilishdi. Ularga qo'shilmoqchi bo'ldilar. Ammo bu ish gunohga sabab bo'lishi mumkin edi. O'shanda cho'ponlik qilayotgan edilar. Bir do'stidan qo'ylariga qarab turishini so'rab o'zlari Makkaga yo'l oldilar. O'tirib atrofni qaray boshladilar. Biroz o'tgach tong quyoshining issig'idan uyg'ondilar. Uxlab qolgan ekanlar. Keyinchalik ham shunga o'xshash voqea bo'ldi. O'sha joyga borib kuzatib o'tirdilar. Ammo yana uxlab qoldilar. O'sha yig'ilishga qo'shilganlarida payg'ambarlik vazifalariga putur yetkazishi mumkin bo'lgan biror ishga guvoh bo'lishlari mumkin edi. Ammo Alloh uni himoya qildi.

Shuningdek, zamondoshlaridan farqli o'laroq hech bir ma'budga na sig'inmagan, na hurmat ko'rsatmagan edilar. 25 yoshga yaqinlashib qoldilar. Bu yoshgacha u zot savdodagi halolliklari bilan mashxur edilar. Makka odamlari u zotning yaxshi xulqlarini gapirib, Muhammad al-Amin, ya'ni ishonchli Muhammad laqabini berishgandi. Ko'pchilik molini u zotga ishonib topshirardi. Ey Muhammad. Pullarim va tuyamga qarab tursangiz. Payg'ambarliklarini oshkor qilganlaridan so'ng ham odamlar ishonib topshirgan mollarini qaytarib olishmadi. Hali ham ishonishardi. Ammo ularga bu ham kamlik qilardi. O'sha paytlari juda katta karvon safarga ketish arafasida edi. U Xuvaylidning qizi Xadichaga tegishli edi.

Xadicha nafaqat omadli savdogarligi, balki iffati va olijanobligi bilan ham butun Makkaga mashhur edi. Ikki marta turmushga qurgan, ammo ikkala eri ham vafot etgandi. Payg'ambar alayhissalom savdogarlar ichida ko'p maqtalganligi sabab Xadicha undan karvonga bosh bo'lishlarini so'radi. Makkada u Muhammad kabi kishi yo'q edi. Payg'ambar esa uning taklifini qabul qildi. Unga sherik bo'lishi uchun xizmatkori Maysarani jo'natdi. Ham unga yordamlashsin, ham uning xulq atvorini bilib Xadichaga xabar bersin deb. Safar boshidan boshlab Maysara mana shu vazifani to'liq bajardi. Bu yigitdagi barcha xislatlar uni faqat taajjublantirdi.

Safar davomida payg'ambar alayhissalom birovga ziyon yetmasligi uchun o'ta ehtiyotkor edilar. Xulqlari go'zal edi. U halol, samimiy bo'lib o'zini munosib tutardi. Safar davomida, o'sha jamiyatda kamdan kam uchraydigan narsa, tozalikka katta e'tibor berardilar. Safar tugagach Maysara Xadichaning oldiga borib ko'rganlarini batafsil bayon qildi. U kabi insonni umrimda ko'rmaganman. Qayoqqa borsak ham odamlar u kishiga shubhasiz ishonishardi. Maysara Xadichaga payg'ambar alayhissalomning go'zal sifatlarini aytar ekan Xadichaning unga nisbatan qiziqishi ortdi. Bu paytgacha u qayta turmushga chiqish haqida o'ylab ham ko'rmagan edi. Endi esa fikrini o'zgartirdi.

Odatda turmush qurish taklifi erkaklardan keladi. Ammo uning payg'ambarga bo'lgan qiziqishi kuchliligidan o'zi unga sovchi yubora boshladi. Ammo oralarida yosh farqi bor edi. Payg'ambar 25 yoshda, Xadicha esa 40 yoshda edi. Qabul qiladimi? U nima qilmoqchi bo'ldi? Xadichaning Nafisa bintu Munya ismli dugonasi bor edi. Unga o'z tuyg'ularini aytdi. Nafisa esa vazifasini tushundi. Payg'ambarning oldiga borib, undan Xadichaga haqidagi fikrini bilishi kerak edi. Xadicha pok ayol sifatida tanilgan. Qurayshning eng hurmatli va badavlat ayollaridan edi. Qabilasidagi ko'pchilik unga turmush taklifini qilishgan, ammo ularga rad javobini bergan.

Aytgancha, Abu Jahlning Payg'ambar alayhissalomga bo'lgan nafratining sabablaridan biri uning Xadicha tomonidan rad etilgani edi. Albatta, pok ayol bunday yovuz qalbli insonni qabul qila olmagan bo'lardi. Endi o'ziga munosib insonni topgan edi. Nafisa payg'ambar alayhissalom oldiga borib so'radi: "Muhammad, sizni turmush qurishdan nima to'smoqda?" U zot "Turmush qurishga yetarli mablag'im yo'q" dedi. Bu muammo hal qilinsa va sizga chiroy, mol-davlat, nasl nasab va munosib rafiqa taklif qilinsachi qabul qilarmidingiz? Payg'amabr "Kim u?" dedi. Xadicha, Xuvaylidning qizi. "Ammo qanday qilib?" dedilar. Buyog'ini menga qo'ying. Shunda payg'ambar alayhissalom "Unday bo'lsa qabul qilaman" dedilar.

Nafisa borib bo'lgan voqeani Xadichaga aytdi. Uning qalbi quvonchga to'ldi. Payg'ambardek zotga rafiqa bo'lish qanday chiroyli baxt. So'ngra ikkovlari uchrashib shu masalada gaplashishdi. Xadicha shunday dedi: "Amakim Amr ibn Asadni oldiga borib menga uylanishga izn so'rang." Payg'ambar alayhissalomga otadek bo'lgan Abu Tolib o'rtaga tushib, turmush qurishlari uchun u zotni qo'llab quvvatladi. Ana shu xursandchilik kunlarda 20ta tuya mahr berilib nikoh marosimi bo'ldi. Makkada juda chiroyli bir uy qurildi. Ikki qalb bir biriga bog'landi. Ikkovlarining muhabbatlari kundan-kunga ziyoda bo'ldi. Makkada ularning uylari kabi baxtli va namunali oila yo'q edi.

Vaqt o'tgach Alloh bu uyni bolalar bilan ne'matlantirdi. Avval Qosim, so'ng Zaynab, so'ngra Ruqiya, Ummu Kulsum va Fotima. Payg'ambar bo'lganlaridan keyin esa Abdulloh tug'ildi. Ammo Qosim ikki yoshida vafot etgan edi. Abdulloh esa uch oyligida. Ikkisi ham kasallik sabab vafot etishdi. Bu har qanday ota-ona uchun chidab bo'lmas judolikdir. Yana bu holat ikki marta bo'ldi. Har bir qiyinchilikni birga baham ko'rishdi. Eng go'zal baxt onlarini ham, eng xunuk qayg'uli onlarni ham. Mana shunday paytlarda bir birlariga suyandilar. Mana shu bilan bir birlaridan taskin topar edilar. U haqida shunday deganlar: "Alloh menga undan yaxshiroq hech kimni bermadi.

Hamma mendan yuz o'girganda u menga ishondi. Odamlar meni yolg'onchiga chiqarganda u meni rostgo'y dedi. Odamlar mendan molini man qilganda u meni qo'llab quvvatladi. Alloh menga u orqali farzandlar berdi." Xatto Jabroil alayhissalom ham Xadichaning sadoqatidan hayratga tushgan ekan. U payg'ambarga: "Xadicha oldingizga kelsa unga Allohdan va mendan salom ayting" degan ekan. Xadicha onamiz ana shunday ayol edilar. O'z so'zimizga qaytsak. Mana shu paytgacha payg'ambar alayhissalomning hayoti uch xil mintaqada shakllandi. Yoshlik chog'larini Bani Saad yerlarida sut onasi bilan o'tkazib, cho'l hayotini boshdan kechirdilar. Keyinroq esa onalari bilan Madinaga borib Tog'alari bilan turdilar.

Shunda birinchi bor shahar hayotini boshdan kechirdilar. Endi esa anchadan buyon Makkada yashar edilar. Bu yerda johillik o'zining avjiga chiqqan o'rni edi. Yillar mobaynida son-sanoqsiz adolatsizliklar va zolimlarni ko'rdilar. 35 yoshlarida hayotlarida ham, ruhiy holatlarida ham juda katta o'zgarishlarni boshdan kechirdilar. Bu o'zgarishlar katta mas'uliyatning belgilari edi. Payg'ambarlikning kelishi bilan Makkadagi hamma butkul o'zgardi. Hech nima avvalgidek bo'lolmasdi. Yosh bir qizcha otasi bilan cho'lning uzoq joylarida yurardi. Otasi esa yerda chuqur kavlar ekan, qizaloq otasining nega bunday qilayotganiga tushunmasdi. Otasidan mehr ko'rmagan edi. Lekin o'sha kuni baxtli edi.

Chunki qizcha hayotida birinchi marta otasi bilan birga nimadir qilishi mumkin edi. Bir payt u otasiga yordamlashmoqchi bo'ldi. O'ra chuqurlashar ekan qizalaoq ham ishga qiziqib boraverardi. Ular qanday o'yin o'ynashmoqchilar deb o'ylaysiz? Endi nima bo'larkin deb o'ylanib turgan qizchani orqasidan kimdir itarib chuqurga yiqitdi. Uni o'z otasi itarib yuborgan edi. Qizning ustiga tuproq tashlay boshladi. Nega chuqurdaligini tushunib yetmagan qizcha qattiq qo'rquvda qoldi. U tiriklayin ko‘milayotgan edi — buni esa aynan eng ko‘p mehr kutgan insoni amalga oshirayotgandi. Uning kichik, begunoh qarshiliklari va umidsizlik yig‘ilari otasining chirigan vijdonini uyg‘ota olmadi.

Qizcha o'sha yerda o'lim topdi. Bu bilan u qiz o'z davrining shavqatsizligi ramzi bo'lib qolmoqda. Biz uchun tasavvur qilish qiyin bo'lgan ushbu qo'rqinchli manzara, Islomdan avval, johiliyat davrida Arab yarimorolida yuz bergan. U paytlari qiz farzandga or nomus deb qaralgan. Uning otasi "Kun kelib u turmushga chiqib me'rosimizni begona qo'liga topshiradi" derdi. Ushbu buzuq e'tiqodlar sabab yosh qizlar o'lib ketishardi. Yoki eng kamida otasining mehrini umuman ko'rmay voyaga yetishardi. Lekin bu bilan to'xtamadi. Qiz voyaga yetib turmushga chiqsa ham baribir keraksiz deb qaralgan. Agar er o'lib bolalari yetim qolsa istalgan kishi kelib ayolning uyini o'ziniki qilib olishi mumkin edi.

Bu g'amxo'rlik uchun emasdi. Chunki o'sha odam uydagi hamma narsaga egalik qilardi. Pul, mol-mulk, xatto oilaning o'ziga ham. Bor budini tortib olgani yetmaganidek ularga xuddi qulga qilgan muomilani qilishardi. Ular orzularidan, hayotlaridan mahrum qilinardi. Ular xuddi o'yinchoq kabi edi. Bundan ham yomoni, yetim qolgan bolalarni ham, beva ayolning ham yonini oladigan kishi yo'q edi. Qanday qilib ota o'z farzandini o'ldirishi mumkin? Faqat qizlar emas, ba'zilar boqishda qiynalib qolaman deb o'z chaqaloqlarini ham o'ldirishardi. O'sha davrda ona bo'lishni o'ylab ko'ring. Bolangiz tug'ilishini sabr bilan kutasiz. Tushlaringizda ko'rasiz.

Tug'ilgach esa o'z otasi tomonidan tortib olinib o'limga mahkum etilsa. Onalarning ichlari ezilardi, ammo qo'llaridan hech nima kelmasdi. Ularning tuyg'ulari bilan birovning ishi ham bo'lmagan. Axr ularning qadr qimmati ham bo'lmaganku. Faqat shu bilan cheklanmasdi. Qabilalar o'rtasida tez-tez qon to'kilardi. Biror qabiladan kimdir o'ldirilsa, bunga nisbatan na adolat, na qonun bor edi. Dushman qabilasidagi har bir odam havf ostida yashardi. Istalgan vaqtda ogohlantirishsiz o'ldirilishi mumkin edi. Atrofdagi ishlarga aloqasi bo'lmagan yoshgina go'dak otasidan ayrilishi mumkin edi. Otasiz voyaga yetib dushman qabilasiga nisbatan qattiq nafrat bilan voyaga yetardi.

Xullas qotillik davom etaverardi. Hech kim uni to'xtata olmasdi. Adolat yo'q edi. Yuraklar toshga aylangandi. Odamlar o'z nafsiga qul bo'lgandi. Yagona maqsadlari nimani istasalar shunga ega bo'lish edi. Ichkilik, qimorbozlik, yolg'onchilik, o'g'irlik, zino, zulm. Har turli jinoyatlar hukum surardi. Quyosh yorqin porlab tursa-da, insonlarning qalbi qop-qora zulmatga cho'mgan edi. U qancha qoraygani sari quyosh nuri qanchalik yorqinligi ayon bo'lardi. Shu sabab Qur'on avvalo o'z nurini mana shu odamlarga sochdi va ularni johillikdan qutqardi. Payg'ambarlarning eng so'ngisi mana shu yerlardan chiqishi kerak edi. U butun olamlarga rahmat bo'ladi.

Makkaning o'ziga xos jihati u Arab yarimorolining qoq markazida joylashgan. Boshqa hududlardan ajralib turardi. Ko'p savdolar shu yerda bo'lardi. Arabistonning har yeridan karvonlar kelardi. U savdo tarmog'ining markazi edi. Bu yerdagi har qanday yangilik atrofga tez tarqalar edi. Olti oy deganda yon atrofdagi imperiyalarga ham yetib borardi. Hech qaysi hududning bu qadar katta ahamiyati yo'q edi. Eng qizig'i shundaki, Makka shahri atrofdagi qabilalar va imperiyalar hujumidan holi saqlangan edi. Har tomonlama bu joy so'ngi payg'ambar uchun mukammal joy edi. Alloh barcha yo'llar kesib o'tadigan Makkani tanladi. Bu joyga uning elchisi kelishi kerak edi.

Bulardan ham tashqari Makkaning mashhurligiga yana bir sabab bor. Arablar uchun ajdodlar ulug' o'ringa ega. Bu shahar esa ularning eng katta otalari bo'lmish Ibrohim alayhissalom ramzi edi. U Ka'bani qurgan payg'ambarlardan. Ota bobolaridan qolgan ushbu uyni barcha arablar hurmat qilishardi. Ammo ulardan turmush tarzlarida Ibrohim alayhissalomning nimasi qolgan deb so'rasangiz bunga javob yo'q. Faqatgina muqaddas amal Haj qolgan edi. Bu ham milliy urf odatga aylantirib yuborilgan. Birin ketin uning asl mohiyati Johiliyat odamlari tomonidan buzilgan edi. Ba'zi odamlar Ka'bani libos kiymay tavof qilishardi. Ba'zilar esa chapak chalib raqs tushishardi.

Ular ushbu muqaddas joyning asl ma'nosidan butkul uzilgan edilar. Ibrohim alayhissalom butga sig'inganlarga qarshi qattiq jang qilganlar. Endi, u kishi qurgan Ka'ba esa 360 ta but sanamlar bilan to'ldirilgan. Ularning eng mashhurlari, Lot, Manot, Uzzo, va Hubal edi. Odamlar Allohga faqat nomigagina ishonardi xolos. Uning barcha ism-sifatlari, rahmati, koinot uzra cheksiz qudrati barchasi ma'budlarga taqaldi. Shaharda hamma butlarga sig'inganmi? Muhammad alayhissalom ham sig'inganlarmi? Hech qachon. Ibrohim alayhissalom o'tganlariga asrlar bo'lgan bolsa ham, bir necha kishilar u zotdan qolgan dinga amal qilib yurishar edi.

Faqat Allohga sig'inib qolgan ma'budlarni rad etadiganlar juda ham oz edi. Ularning mana shu iymonlari risolat kelgunga qadar yo'ldan adashmasliklari uchun edi. Allohning payg'ambari ham ulardan biri edi. Butlarga sig'inishni yoqtirmaganlar. Ammo boshqalarni bu ishni qilishdan ham to'xtatmaganlar. U paytlari mana shunday maqomda bo'lish muhim edi. Bo'lmasa Islom kelgach odamlar "Ey Muhammad, seni yoshligingdan beri bilamiz. Doim bizni to'xtatishga urunasan" deyishlari mumkin edi. Unday deya olishmadi. Chunki u zot boshqalarning ishiga aralashmasdilar. Ammo, payg'ambarlik maqomi berilgach ularni juda aniqlik bilan ogohlantira boshladi.

Alloh shunday bir qalbni hidoyat qiladiki, natijada o'sha bir qalb boshqa uyqudagilarni uyg'otishga yetarli bo'ladi. Endi hikoyamizda kelgan joyimizga qaytsak. Payg'ambar alayhissalomning 35 yoshlari. Bir kuni Ka'ba yonida baqir-chaqir boshlandi. "Toshni faqat biz qo'yishga haqlimiz!" tushunyapsanmi? Biz. Banu Adi, Banu Tamim va Banu Umayya qabilalari o'zlarini boshqalardan ko'ra afzalroq ekanini isbotlashardi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, hatto ba'zi oilalar jang qilish uchun va hatto bir-birlarini o'ldirishga qasam icha boshladilar. Bir-birlarini qo'rqitishdi. Ammo buning sababi nima edi? Masala Hajar ul-Asvadni joyiga qo'yishga kim haqliligi edi. Bir necha kun ortga qaytsak.

Yillar o'tib Ka'ba juda eskirib zaiflashib qoldi. Bizlarga voy bo'lsin. Otamiz Ibrohimdan qolgan bu muqaddas bino mana shu ahvolga kelibdi. Makka oqsoqollari yig'ilib maslahatlashishdi. O'sha payti ularga Jiddadagi Shuayba sohiliga bir kema kelganining xabari keldi. Kemada aynan ularga kerakli qurilish ashyolari bor edi. Ular o'sha ashyolardan sotib olib Ka'bani boshqatdan qurishni xohladilar. Bu uchun ular ma'lum midqordagi mablag' belgilashdi. Hamma qo'lidan kelganicha pul qo'shdi. Johiliyat davri bo'lsa ham, ribodan olingan har qanday pulni qo'shmaslikka qaror qilishdi Ilohiy jazodan qo'rqishardida.

Bunday muqaddas joy uchun odamlarning ko'z yoshidan topilgan pullarni sarflanishini xohlashmasdi. Nihoyat kerakli miqdorda pul yig'ildi. Birgalikda Ka'bani qayta qurishdi. Faqat bir ish qolgan edi. Hammaning e'tiborini tortgan ish. Hajar ul-Asvadni o'z joyiga qo'yish. Asrlar avval u Ibrohim alayhissalom tomonidan qo'yilgan. O'sha kundan beri hech kim unga tegmagandi. Bunday sharafni hech bir kishi boshqasiga berib qo'yishni istamasdi. Har birlari o'zlarini bunday sharafga loyiqroq deb bilishardi. Bu sharaf bizga tegishli. Yo'q! U bizga tegishli! Bir birlarini qirib tashlash darajasigacha yetdi. Meni o'ldirmagunincha bu sharafga ega bo'la olmaysan!

4-5 kun davomida hech qanday yechim topilmadi. Yaxshi niyat bilan boshlangan ishning bunday ayanchli yakun topishi achinarli. Eng kattalari turib shunday dedi. Ey Qurayshliklar, bu masalani o'zimiz hal qila olmas ekanmiz, Ka'baning anavi darvozasidan birinchi kirgan odam sizlarga hakamlik qilsin. Masalani u hal qilsin. Hamma bu fikrga qo'shildi, jimgina o'sha kishini kutishdi. Darvozadan kim kirib kelgan deb o'ylaysiz? Biroz o'tgach nihoyat bir kishi darvozadan kirib keldi. U kishini ko'rishlari bilan qalblariga chuqur hotirjamlik kirdi. Bu Al-Amin. O'zimizning Muhammad. U nimaniki demasin qabul qilamiz. U kishi Muhammad alayhissalotu vassalom edilar. Unga hamma ishonardi.

Barchaga ma'qul keladigan qaror chiqarishiga hamma amin edi. So'ng u zotga vaziyatni tushuntirishdi. Bizni jiddiy kelishmovchilik qamrab oldi. Nima qilishga hayronmiz. Bir birimizni qirib yubormasimizdan oldin bizga bir yechim topib bergin. Hayajon va qiziqqonlik to'la yuzlar bilan u zotning qarorini kutishdi. Masalani qanday qilib yechdilar? U zot "Menga mato keltiring" dedilar. Nima qilmoqchiligini hech kim bilmasdi. Avval Hajar ul-Asvadni mato o'rtasiga qo'ydi. So'ng har bir qabiladan bir kishi kelib matoning bir qismini ushlashini buyurdilar. Birgalikda toshni Kaba tomon olib borishdi.

Oxirida esa Payg'ambar alayhissalom muborak qo'llari bilan Hajar ul-Asvadni olib o'z joyiga qo'yib qo'ydilar. Mana shu bilan Quraysh o'rtasidagi katta janjal oldi olindi. To'kilishi muqarrar bo'lgan qon bartaraf etildi. Mana shu voqea odamlarda Muhammad alayhissalomga bo'lgan shavqni oshirdi. Yana bir bor hamma u zotning ishonchli ekaniga amin bo'lishdi. Bu sifatlari haqida ancha avval gapirib o'tdik. Kimdir Al-Amin desa odamlar uning kimligini darrov tushunishardi. Bu faqat Payg'ambar alayhissalom edilar. Hayotlari davomida bu hislat u kishida ko'p namoyon bo'ldi. Hamkorlikda ishonishdi, oilada ishonishdi, so'zlari ishonchli edi, u kishiga yosh hamda qari ham birdek ishonardi.

Bu sifat odamlar qalbida o'chmas iz qoldirgan edi. U zotga shunday sifat berish Allohning rejasi edi. Ana shunda payg'ambarlik davri kelgach, odamlar uni yolg'onchilikda ayblay olmasdi. Ayblasalar ham bunday ayblov asossiz bo'lib qolaverardi. Makkada odamlarning Muhammad alayhissalomga bo'lgan ishonchlari ko'paygani sari u kishida bir nimalar o'zgara boshladi. Kundan kunga yolg'iz qolishni istardilar. O'zlarini odamlardan olib qochardilar. Ibrohim alayhissalom tomonidan yakkaxudolik uchun qurilgan Ka'ba endi butlar bilan o'ralgan edi. Barcha turdagi buzuqchilik, adolatsizlik, shavqatsizlik va hayvonga xos hislatlar shaharni qamrab olgandi.

Makkada bo'layotgan ishlarni ko'rib u zotning ichki dunyolarida ziddiyatlar bo'lardi. Ortiq chiday olmasdilar. Qat'iy qaror qabul qildilar. Ba'zida u kishi jamiyatdan uzilib nur tog'iga boradigan bo'ldilar. U yerda nima qilardilar? Sokinlik qidirardilar. Chunki ruhlari azobda edi. Yolg'izlik u kishiga ko'p yoqardi. Shu sabab o'y hayollari bilan yolg'iz qolishni afzal ko'rdilar. Robbisiga ibodat, duo qilar hamda koinot haqida tafakkur qilardilar. Bu uchun eng qulay joy Hiro g'ori edi. Alloh u zotni risolat uchun kelishi kutilayotgan nur uchun tayyorlayotgan edi. Nur tog'ining tepasigacha bo'lgan 621metr masofa juda tik va mashaqqatli.

Qiyin bo'lsada u zot o'sha yerga chiqishdan to'xtamas edilar. Ushbu safarning oson bo'lishi uchun rafiqalari Xadichaning o'zi qo'llab quvvatladi. Onamiz doim u kishining yonlarida bo'ldilar. Ushbu safar 40 yoshga to'lgunlariga qadar davom etdi. Ana shu tog' u kishining yaqin hamrohiga aylandi. Bu orada olam jim kutardi. Ancha yillardan beri kutardi. Hammayoqni yorituvchi nurni kutardi. Yerda, osmonda, va har bir kichik zarraning ortida ham yashirin hikmat bor. Ammo odamlar ko'rmasdi. Har bir maxluqot Alloh tomonidan yozilgan maktubdek edi. Ammo sanoqli insonlar uni o'qiy olardi. Uzoq vaqt davomida bu haqiqatni ochib berguvchi kishi topilmadi.

Ular o'zidagi haqiqatni o'qiy oluvchi kishini kutishardi. Vaziyat o'ta og'ir. So'ngra o'sha kecha keldi. 610-yil. Ramazon oyi, dushanba kechasi edi. Tun esa Laylatul qadr kechasi edi. Ana shu kechada dunyodagi barcha qorong'ulik yo'q bo'ldi. Payg'ambar alayhissalom 40 yosh edilar. U zot Hiro g'orida vaqtlarini chuqur tafakkur va ibodat bilan o'tkazardilar. Hammayoqqa jimjitlik cho'mdi. Tun butunlay qorong'u edi, faqatgina oy xuddi chiroqdek yonib turardi. Bo'ladigan ishdan butunlay bexabar edilar. So'ngra buyuk uchrashuv onlari keldi. To'satdan g'orni nur qopladi. Yorqinligidan ko'zni qamashtirardi. Ana shu nur ichida bir siymo paydo bo'ldi. Bu vahiy farishtasi Jabroil alayhissalom edilar.

Inson shakliga kirib Allohning oliy buyruqlarini olib kelardi. Bu so'ngi payg'ambar uchun edi. Payg'ambar alayhissalom hayajonga to'ldilar, nima bo'layotganini tushuna olmadilar. So'ngra birinchi buyruq keldi. Birinchi xushxabar. Jabroil "O'qi" dedi. Payg'ambar "Men o'qishni bilmayman" dedilar. Farishta uni quchoqlab qattiq siqdi. Qo'yib yuborgandan so'ng yana "O'qi" dedi. Payg'ambar alayhissalom yana o'sha javobni aytdilar. Jabroil yana bir bor qattiq siqib turib "O'qi" dedi. Ammo qo'lida hech qanday yozuv yo'q edi. Payg'ambar yana bir bor o'qiy olmayman dedilar. So'ngra Jabroil uchinchi marta siqdi. Shu darajada qattiq siqdiki payg'ambar alayhissalom kuchim qolmadi deb o'yladilar.

Ana shu paytda u zot noiloj "Nimani o'qiy?" dedi. So'ngra Jabroil alayhissalom qiroat qildi. Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi! U insonni alaq(yopishqoq modda)dan yaratdi. O‘qi! Robbing esa eng karamli zotdir. U qalam bilan yozishni o‘rgatgan zotdir. Insonning bilmagan narsalarini unga o‘rgatdi. G'or ichini vahiyning ovozi qoplab qoldi. "Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi." U insonni alaqdan yaratdi. O'qi, Robbing karamlilarning karamlisidir U qalam bilan ilm o'rgatgandir. U insonga bilmagan narsasini o'rgatdi." Mana shu oyatlar payg'ambar alayhissalomga ilk nozil bo'lgan oyatlardir. U kishi o'qishni ham yozishni ham bilmasdilar.

Ammo o'sha ondanoq butun dunyoga o'qi degan so'zning asl ma'nosini ko'rsatdilar. Qalblariga Qur'on jo qilingan bo'lib u zot olamlar tarjimoniga aylandilar. Har bir yaratilgan asarda uning asl yaratuvchisi Allohning belgilari bor. Endi ayon bo'ldiki, guldagi chiroy Allohning go'zal sifati ya'ni "Al-Jamil"ning aksi ekan. Onaning mehr-shafqati Allohning Ar-Rahmon, ya'ni "Eng rahmli" ismining aksi sifatida ma'lum boldi. Ona yeydigan ovqat bolasi uchun toza va to'yimli sutga aylanganda, bu Ar-Razzoq, ya'ni "Rizq beruvchi" ismini aks ettirardi. Odamlar haqida hech narsa bilmasdan turib, asalari guldan gulga uchib, inson tanasi uchun shifo vositasiga aylangan asalni ishlab chiqardi.

Bu esa o'z o'rnida Ash-Shafi, ya'ni shifo beruvchi ismining aksidir. Odamlar koinotni maqsadsiz yaratilgan bo'lib, tasodiflarga boy deb ishonishar edi. Ular dunyoni qayg'u va yo'qotish maskani deb bilishgan. O'lganlar abadiy o'lib, hech qachon qaytib kelmaydi deb o'ylashgan. Ammo endi johillik zulmati asta sekin yo'qola boshladi Koinotning sirlari tushunila boshlandi. Uning yopilgan eshiklari birma bir ochila boshladi. Endi u zot Allohning elchisi edi. Muhammad. U kishiga salovot va salomlar bo'lsin. Bir tasavvur qilib ko'ring-a. Qattiq qo'rquvda edilar. Nima qilishni bilmasdilar. Faqatgina, uylariga iloji boricha tezroq borishni o'ylardilar xolos. Hiro tashqarisiga chiqdilar.

Qo'rquvdan yuraklari dukkillab urmoqda. Tog'dan yel kabi tushdilarda eng havfsiz bo'lgan joyga yugurdilar. Ya'ni Xadichaning oldiga. Faqat u Rasulullohni tushuna olardi. Unga uning taskin beruvchi so'zlari kerak edi. Unga uning mehri kerak edi. Nihoyat uyga keldilar. Butkul terga botgan va zo'rg'a gapirardilar. Lablaridan faqat bir gap chiqardi. Meni o'rab qo'ying. Meni o'rab qo'ying. Xadicha onamiz nima qildilar? Nima desalar shuni qildilar. Allohning payg'ambarini hafa qilishni umuman istamasdilar. O'rinlariga yotqizib, to'shak bilan o'rab qo'yib yonlariga o'tirdilar. So'ng unga nima bo'lganini aytib berdilar. "Qo'rqaman Xadicha" dedilar. "Menga yomonlik yetadi deb qo'rqaman" dedilar.

Onamiz vahima qilmasdan, u zotning havotirini oshirmasdan javob berdilar. Uning so'zlari payg'ambarga oro bo'ldi. Hech qachon. Allohga qasamki, Alloh sizga hech qanday zarar yetkazmaydi. Mana shu gapning o'zi yetarli edi. So'ngra davom etdilar. Oilangiz bilan yaxshi aloqa qilasiz. Kambag'al bechoralarga yordam qilasiz. Mehmonlaringizga xushmuomilalik qilasiz, qiynalib qolganlarga esa yordam berasiz. Har gapirganida u zotga yana ko'p taskin berardilar. Shu sabab u kishi Xadichaning yonida ko'p bo'lardilar. Xo'sh, endi nima bo'ladi? Xadicha savollariga javob olishi kerak. Payg'ambar alayhissalomni amakisi Varaqa oldiga olib bordi. Varaqa o'zi kim edi?

Varaqa ibn Navfal ilmli kishi bo'lib avvalgi vahiylar ilmidan xabardor edi. Xristianlik, yahudiylik va payg'ambarlik haqida ko'p narsalarni bilardi. 80 yoshli nasroniy mo'ysafid. Balki yordam bera olar. Varaqaning uyiga kelishdi. Unga bo'lgan ishni bayon qilishdi. Varaqa esa qiziqib eshitdi. Quloq solar ekan qiziqishi yanada ortaverdi. Xuddi ko'z o'ngida yosharayotgandek. U bor ovozda "Quddus! Quddus!" deb Allohning ismlaridan birini aytdi. Bo'lgan voqeani eshitgach gap boshladi. Sen ko'rgan farishta Ruh ul-Quddus. Uni Alloh Musoga ham jo'natgan edi. Albatta u Nomus ul-Akbar. Sen esa ushbu millatning payg'ambarisan. U davom edi. Aytayotgan so'zlari Payg'ambar alayhissalomni larzaga solardi.

Eh, qaniydi qavming seni o'z yurtingdan haydab chiqarganda yosh va navqiron bo'lsam edi. Qo'rqib ketib payg'ambar "Meni haydab chiqarishadimi?" dedilar. Ishongilari kelmasdi. Chunki 40 yoshlarigacha hech kim bilan janjallashib dushmanchilikka bormagan edilar. Hamma u kishiga ishonardi. Varaqa: "Sen olib kelgan xabarni keltirganlarning hech biri o'z qavmi qarshiligiga uchramay qolmagan" dedi. Agar o'sha kungacha tirik bo'lsam, seni himoya qilish uchun qo'limdan kelganini qilaman. O'sha tun mana shunday o'tdi. Mana shuncha ishdan so'ng uylariga qaytishdi. Keyingi kuni Jabroil alayhissalom Allohning payg'ambari oldida paydo bo'lib uni Makka tashqarisidagi Abu Dub nomli joyga olib bordi.

Jabroil oyog'i bilan yerni tepgan edi musaffo suv otilib chiqdi. So'ngra tahorat qilishni o'rgatdi. So'ngra namoz o'qishni ko'rsatdi. Ana shu yerda Rasululloh (s.a.v) birinchi bor ikki rakat namoz o'qidilar. Birinchi kundayoq koinotdagi eng buyuk haqiqat o'rgatilgan edi. Ya'ni Iymon. Keyingi kuni esa ikkinchi ulug' amal, namoz o'rgatildi. Ha, namoz Allohning Rasuli uchun tayanch ustuniga aylanadi. Duch kelinadigan qiyinchiliklarga qarshi ruhiy qalqon. Ibodat hayotlarining bir qismiga aylanganidan so'ng, u payg'ambarlikning og'ir yukini ko'tarishga quvvat bo'ldi. Uyga qaytganlarida esa birinchi bo'lib birga ibodatga buyurilgan kishi Onamiz Xadicha edi.

Payg'ambarimiz namoz o'qidilar, Xadicha onamiz esa orqalaridan iqtido qilib namoz o'qidilar. Onamiz bu o'rinni boshqasi egallashini istamasdilar. So'ngra farzandlari qo'shilishdi. Birgalikda yagona Robbilari uchun ibodat qilib ruku qilishardi. Ular qalblarini oziqlantirib, ruhlariga hayot bag'ishladilar. Alloh bergan son-sanoqsiz ne'matlari uchun shukrona aytishardi. Yana bir bor mana shu uy butun Makkadagi eng yaxshi xonadonlardan biri bo'ldi. Ular ibodat qilib turishar ekan, bir bolakay orqadan kuzatib turardi. U 10 yoshli edi. Uning ismi esa Ali. U payg'ambarimizning amakilari Abu Tolibning o'g'li edi. Ko'rgan narsasi biroz g'alati, ammo yoqimli tuyulardi.

Ibodatlari tugagach u payg'ambar alayhissalom oldilariga kelib dedi. "Bu nima?" So'ng payg'ambar alayhissalom uni Islomga da'vat qildilar. Ali dar hol qabul qilmadi. Avval otasi bilan gaplashib ko'rmoqchi bo'ldi. Ammo chuqur o'ylab ko'rgach: "Alloh meni yaratganda Abu Tolibdan ruxsat so'ramadi. Nega Allohga ibodat qilish uchun undan ruxsat so'rashim kerak?" dedi. Shunday qilib payg'ambar oldiga qaytdida darhol iymon keltirdi. Shunday qilib Islomga kirgan birinchi yosh bola Ali bo'ldi. Birinchi kunlarda Allohning payg'ambari payg'ambarliklarini oshkor qilmadilar. Hammani da'vat qilmadilar. Faqat ba'zilarni da'vat qildilar. Uni sir saqladilar.

Lekin bu gap og'izdan og'izga o'tib Quraysh sayyidlari qulog'iga yetib bordi. Illiyyun xalqi bilan Asfala Safilin xalqining ajralib chiqish vaqti keldi. Boshqacha qilib aytganda, eng past kishilardan eng baland kishilar ajraldi. Abu Bakr va Abu Lahab qalbidagi salohiyat va asl mohiyat tez orada ayon bo'ldi. O'sha kunlarda Abu Bakr Yaman shahridan safardan qaytib kelgandi. U Qurayshdagi eng hurmatli kishilardan edi. Omadli savdogar va yakka xudo edilar. Ko'p yillar mobaynida Payg'ambar alayhissalomning eng yaqin do'sti bo'lib bor yo'g'i ikki yoshga kishkina edilar xolos. Abu Jahl va boshqa Quraysh sayyidlari uning oldiga kelishdi. Abu Bakr so'radi: Yo'qligimda Makka nimalar bo'ldi?

Muhim xabarlar bormi? Katta ishlar bo'ldi. Abu Tolibning asrandi o'g'li Muhammad o'zini payg'ambarman deb yuribdi. Yamandan qaytguningcha kutganimiz yaxshi deb o'yladik. Do'stingni oldiga borib o'zing gaplashib qo'ymasang bo'lmaydi. Payg'ambarimizni fikrlaridan qaytaradi deb o'ylashdi. Ammo Abu Bakrning qalbida umuman boshqa narsa bor edi. Yaqin kunlarda u kishi ko'p ajib tushlar ko'rgan edilar. Eshitgan gaplari esa o'ylagan narsalarining isboti bo'ldi. Tush tabirchilarining gaplarini ana endi anglagandek bo'ldi. Tushining tabiricha Makkadan bir payg'ambar chiqib unga ergashishini aytishgan edi. Endi hammasi oydinlashdi. Quraysh sayyidlarining gaplari haqida o'yladi.

Allohning payg'ambarini anchadan beri bilardi. Ikkisi yaqin do'st edilar. Unga butunlay ishonardi. U kishi umuman yolg'on gapirmasligini bilardilar. Og'izlaridan birgina ishonchsiz so'z ham chiqmagan edi. Bundan tashqari u kishi Allohning ismi bilan hech qachon yolg'on gapira olmasligini bilardi. Allohdan juda qattiq qo'rqardi. U kishi juda hikmatli bo'lib, ahmoqona, bema'ni va yomon ishlarni umuman qilmasdilar. Abu Bakr kechinmalarini mehmonlarga ko'rsatmadi, ammo u xursand edi. Ketishlari bilan payg'ambarning uyiga yugurdi. Nima bo'layotganini bilishni juda xohlardi. Ey Abul Qosim, o'zingizni payg'ambarman deb da'vo qilganingiz rostmi?

O'zingizni qavmingizdan ajratib ota bobolarimizning tutgan yo'lini tark qilganingiz rostmi? Payg'ambar alayhissalom sodiq do'stining haqiqatdan yuz o'girmasligini bilardilar. Shu sabab uni Islomga da'vat qildilar. Keyinchalik bu voqeani payg'ambar alayhissalom shunday tasvirladilar. "Kimni dinga da'vat qilsam boshida biroz ikkilanardi. Ammo Abu Bakr ikkilanishsiz iymon keltirdi." Abu Bakr boshidayoq iymon keltirdi va birinchilardan bo'lib Islomga kirganlardan bo'ldi. Umrining oxirigacha Payg'ambarni hech qachon yolg'iz qoldirmadi yoki bu ishdan voz kechmadi. Abu Bakrning Islomga kirishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Musulmonlar soni kundan kunga ko'payaverardi. Chunki jim o'tira olmas edilar.

Ertasi kuniyoq ishongan do'stlariga Islom haqida gapira boshladi. Islom tarixiga oltin harflar bilan yozilgan ba'zi ism egalari Abu Bakrning sa'y-harakatlari bilan Islomni qabul qilishdi. Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Abdurrohman ibn Avf. Saad ibn Abu Vaqqos, Usmon ibn Ma'zun. Va boshqa ko'plab kishilar u sabab iymonga keldi. Bir vaqtning o'zida ayollar orasida ham Islom avj oldi. Payg'ambarimizning rafiqalari Xadicha, qizlari Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum va Fotima, amakilari Abbosning rafiqasi Ummu Fazl, Umarning singlisi Fotima va Abu Bakrning qizi Asmo. Ularning har biri qalblarini uyg'otgan haqiqatga o'zini bag'ishlardi.

Ayollar bu iymon ne'matini boshqa ayollar bilan, erkaklar esa boshqa erkaklar bilan qanday baham ko'rish mumkinligi haqida o'ylardi. Qalblaridagi barcha jarohatlarning davosini topishgan edi. Bu Iymon. Qanday qilib jim tursinlar? Xudbin bo'la olishmasdi. Atrofda ko'pchilik mana shu da'voga muxtoj edi, ammo buni o'zlari ham bilishmasdi. Bu nur har birlarining qalblariga yetib borishi lozim edi. Lekin ular qadam qo'yayotgan narsa ko'ringani kabi oddiy emasdi. Bu ish butun Makkaga qarshi chiqish degani edi. Buning badali oson bo'lmasdi. Bu dinni qabul qilish hammaga ham emasdi.

Johiliyat rahbarlari barcha dahshatli odatlari bilan, bu o'zgarishni umuman yoqtirmasdilar va unga qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Musulmonlarni qiyinchilik kunlari kutib turardi. Kimning qalbi olmosdek yorqin, kimning qalbi ko'mirdek qora ekanini vaqt ko'rsatadi. Sendan faqatgina Muhammadga kufr keltirib mana bu budga ibodat qilishingni so'rayman xolos. Muhammadga ergashganlarning holi mana shunday bo'ladi. Hammangiz ogoh bo'ling! Keyingi qismda musulmonlar qanchalik qiyin sinovlardan o'tgani va Islom bugungi holatga osonlikcha kelmaganiga guvoh bo'lasiz. Payg'ambar alayhissalomning hayot qissalari insoniyat tarixida keskin burilish yasadi.

Bugungi kunda ham, u toza qalb bilan tinglaydigan va uning saboqlari haqida mulohaza yuritadigan kishi uchun hayotini yangidan boshlashga turtki bo'lmoqda. Insha Alloh, ushbu 11 qismli videolardan so'ng avvalgi holatingiz bilan undan keyin holatingiz o'rtasidagi aniq farqni ko'rasiz. O'zingizni qayta kashf qilasiz. Videoni do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang. Har safar uni ko'rganlarida sizga ham savobi tegib turadi, inshaAlloh. Keyingi qismlarda ko'rishguncha.
