# "Hind Qiz Do‘stim Meni Islomga Qaytardi" — @Sunnat Yigitining Ta’sirli Hayotiy Hikoyasi

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/my-hindu-girlfriend-led-me-back-to-islam-emotional-life-story-of-at-the-sunnah-guy
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=A-xPS0uZY7c
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Sevgilim boridi, u hindu edi Oilam to'satdan dindor bo'lib qoldi, men esa buni hohlamadim, dindan nafratlanardim Din meni nazorat qiladi, men erkinlikni hohlayman. Lekin otam juda qattiqqo'l bo'lib har kuni bomdodga, ya'ni tonggi ibodatga uyg'otardi. Pastga tushib yuzimni yuvardimda, yotoqxonamga kirib uxlardim. Besh yil mobaynida umuman namoz o'qimadim. Qattiq kasal bo'ldim. Tinmay qayt qilavrdim, qilaverdim. O'laman deb o'yladim. Men "Yo Alloh, meni kechir" der edim. Shubha ichida qolib ketdim. Shayton har lahza quog'imga shivirlardi: "Islom yolg'on din bo'lsa-chi?" Anashunda izlanishim kerakligini anglab yetdim. O'zimga "Nahotki umrim davomida manashu dinni inkor qildimmi?", derdim.

Assalmomu Alaykum, Shuayb Husayn, shuningdek Sunnat Yigiti sifatida tanilgansiz. Loyhamizda sizni ko'rib turganimizdan xursandmiz. Shuayb Husayn o'zi kim deb boshlasak. O'zingiz haqingizda aytib bersangiz. Va Alaykum Assalom Va Rahmatullohi va Barokatuh, birodar. Alhamdulillah, bu yerda bo'lish men uchun sharaf Ismim Shuayb Husayn, kelib chiqishim Pokistonlik, Buyuk Britaniyada yashayman Unchalik boy bo'lmagan, oddiy oilada tug'ilganman. Xullas Buyuk Britaniyadagi oddiy bir oila. Tan olib aytadigan bo'lsam, yoshligimdan ota-onam va oilamga qarshi juda ham isyonkor ruhda o'sganman. Yoshim ulg'ayganim sari oilam dindorlashib borardi.

Men esa buni istamas edim Meni nazorat qiladigan dinni yomon ko'rardim doim erkin yashashni istardim. 16 yoshimda Islomni qayta kashf qildim. Shundan keyingi so'ngi 16 yil umrimni esa Islomni davat qilshga baxshladim. Toki imkon qadar ko'p odamlarga yordam beray, yaxshi tomondan ta'sir qilay deb. Keling, Islomni anglashdan oldingi kunlaringizga qaytamiz, o'sha paytlardagi muhit, umuman, qay darajada edi? Qanday qiziqishlaringiz mavjud edi? Maktab davrimni eslaydigan bo'lsam, bir kuni Pokistonlik bolalar musulmon bo'lmagan bolani haqorat qilishayotganini ko'rdim. "Axir bu noto'g'riku" derdim. Chunki maktabda pokistonlik bolalar ko'p edi.

Qarasam sumkasini besabab tepishayapti, o'zini esa kamsitishyapti. "Bu noto'g'ri-ku, nega bunday qilishyapti?" derdim. "U nima yomonlik qildi?" Uni himoya qilganim uchun meniyam kaltaklashdi. Boshlang'ich maktabda ham, hatto o'rta maktab paytlari ham meni kamsitishdi, chunki ularga o'xshamasdim. Keyinchalik, besh yashar paytimda, otam o'zi uchun dinni kashf qila boshlagandi. Shunda kutilmaganda juda qattiqqo'l bo'lib qoldi bu qattiqqo'llik va qo'pol muomala yoqmas edi. Namozga majburlashardi, men esa buni istamasdim, aytardimki, "Xolamni uyida doim erkin edim, men shunga o'rganganman! Men buni xohlamayman! Menga yoqmaydi bu!" Otam ham juda qat'iyatli edi.

Maktabdan keyin har kuni ikki soat davomida, sakkiz yoshdan o'n to'rt yoshgacha, xullas, olti yil davomida madrasaga qatnardim. U yerga borib shunchaki o'tirardim, o'lgudek zerikar edim. Ketar vaqti, soat olti yarimgacha soniya sanardim juda ham qiyin edi. Allohga qasam, o'sha soatni ko'rinishi hali ham esmda. Kumushrang soat edi, unga qarab o'tirardim. Soat olti yarim bo'lishi bilan "Xudoga shukr, ketaman." derdim. Maktab esa otamdan qochish makonim edi. Otam doim "Maktabda ham tahoratingni ol-da, namozlaringni o'qi" derdilar. Umuman o'qimaganman, doim qochardim, o'tkazib yuborardim. To’rt-besh yil namoz o’qimadim. Otam esa o’qiyapti deb o’ylardi. Nega? Chunki isyonga o’rganib qolgan edim.

Aslim shunaqa edi, shunday ulg'aygandim,otam buni bilmasdi. Menimcha ziddiyat ham shundan kelib chiqqan edi. Chunki qalbimda bir ma’naviy nur bor edi. Doim to'g'ri ish ish qilishni istardi, yuz foiz to'g'ri ishni. Lekin otam juda qattiqqo’l, va har kuni, tong saharlab bomdodga uyg'otardi. Pastga tushib, yuzimni yuvib, yugurib borib yana uxlardim. Besh yil davomida umuman namoz o'qimadim. U meni namoz o’qiyapti deb o’yladi. Qizlar bilan gaplashishimni umuman bilmasdi. Bularni otamdan berkitardim. Onam esa, Subhanalloh, ba'zi narsalarni bilar edi. Otamdan kaltak yemasligim uchun sirlarimni yashirar edi. Bu voqealar 2008-yillda bo'lyapti. U paytda Peace TV juda mashhur edi.

Bu kanal da'vat va Allohning payg'ambari haqida gapiradigan ilk inglicha kanal edi. Skay TVda bo'lardi, Doktor Zakir Nayikdan Alloh rozi bo'lsin. Onam o’sha kanalni qo’yib berardi. Subhanalloh, qachonki Doktor Zokir Naykni ko'rganimda, har safar menga "Qara! Kuzat! Yaxshilab qara, gaplarini uqib ol!" derdilar. Anashu paytlari onam "Qaniydi unga o'xshasang" derdilar. Men esa ketib qolardim va o'zimga: "qanaqasiga Qo'ysangizchi. Shu odanga o'xshaymi. Tovba-tovba! Hech qachon bunday bo'lmaydi" derdim. Keling endi burilish nuqtasiga o'tsak, ya'ni turmush tarzingizni savolga tutganingiz va hayotingiz o'zgara boshlagan paytga. 2010-yillarda bir qiz bilan gaplashardim. 2009-2010-yillar.

U hindu edi. Uni sevib qoldim deb o'ylardim, shuni "sevgi" derdim-da. Keyin shunday voqea bo'ldi, bir kuni, bu yetti yillik munosabatlardan keyin yuz bergan edi, U bilan telefonda gaplashardim qor yog'ardi. Qor yog'di degani, maktabga ham bora olmaiz degani. Rajdestvo bayrami sabab ta'til berildi. Maktab yo'q ekan, telefonda gaplashar edik. O'sha tun uxlamadik, ta'til oxiri, ikkalamiz ham maktabga qaytish arafasida edik. Bomdoddan keyin gaplashib o'tirardim. Oyim xonamga kirmoqchi bo'lgan, gaplarimizni eshitishi bilan suhbatni tinglashga qaror qilgan. O'sha yerda taxminan, yigirma daqiqa bizni eshitib turgan. Avval bunaqa bo'lmagan edi.

Oyim esa eshitavergan, eshitavergan, Oxiri xonasiga kirib ketgan. Uyg'onishim bilan oyim "Telefondagi kim edi?" dedilar. Buni tushuntirib berolmayman, tanam ham qizib, ham sovib ketardi. "Telefondagi kim edi?", va men faqat... qanaqadir bahonalar topishga harakat qilardim. Oxiri portladim. Yetti yillik alamlarimni barini to'kib soldim. Oyimga: "Sevgi nimaligini hech qachon tushunmaysiz! U nimaliginiyam bilmaysiz," vahokazolar dedim. Ota-onamga, ikkalasiga ham baqirdim. Otam meni uradi deb o'ylagandim, ammo u shunchaki sukut saqladi. O'sha kuni shunaqa baqirib yig'ladimki... chunki qalbum sinib bo'lgan. Hammasi tamom, deb o'ylardim.

Oyim qizning g'ayridin ekanligini tushungandek bo'lib uning ismini so'radi. va menga Birdaniga menga baqirib keta boshladilar. "U g'ayridinmi? Senga shunday tarbiya berganmidim bolam?" Va hokazolar Shundan so'ng o'tirib o'yladim. Bu hali burilish nuqtasi emasdi, chunki haliyam yolg'iz qolib g'amgin qo'shiqlar eshitardim. Chiqib do'stlarim bilan vaqt o'tkazardim. Do'stlarim doim "Hammasi yaxshi bo'ladi, o'ylanma! Axir u sen bilanku, o'zingni qiynama. U yaxshi qiz, albatta seniki bo'ladi"deyishardi. Keyin qizga ota-onam bilib qolganini aytdim. Unga agar birga bo'lishni istasak musulmon bo'lish shartini qo'ydim. U esa, "Kechir, unday qilolmayman. Oyimni diniga qarshi chiqa olmayman," dedi.

Va shundan keyin yana qayta va qayta uni ko'ndirishga harakat qildim Bir necha kunlik urinishlarimdan keyin ham natija bo'lmagach, "Biroz izlanishlar qildim. Uni ishontirishim kerak edi, oddiy gapimga ishonmasdi. Islom haq din ekaniga ishontirishim kerak edi. Shunday qilib Googlega, keyin Youtubega kirdim. "Qanday qilib hindu insonni islomga ishontirish mumkin" deb qidirdim. To'g'risi, Googlega shunaqa deb yozdim. O'shanda paydo bo'lgan inson bu Doktor Zokir Nayk edi. Anashundagina uni chindan eshitdim. Shuncha yillar oyim menga uni eshittirishga urinib kelgan edi, bu safargisida o'zim qiziqdim. Birinchisini qo'ydim, keyin to'xtovsiz uning barcha ma'ruzalarini eshitib chiqdim.

Birin-ketin, birin-ketin, oldin-ma keyin, so'ng narigisi, yana keyingizi, xullas, tinimsiz. Shunda u turli ilmiy narsalar, xususan embrion, Katta Portlash, Qur'ondagi ilm-fan haqida gapirganida og'zim lol qoldi. Chunki bu kabi narsalarni u Peace TVda ham gapirar edi, lekin men e'tibor bermas edim. Umuman eshtmasdim. Eshitaridim, ammo quloq solmasdim. Ammo uni diqqat qilib, e'tibor bilan chinakamiga tinglay boshlaganimda hayronidim, "Nahotki shu dinni inkor qilib yurgan bo'lsam?" dedim. Hayron qoldim. Nahotki shunchalik g'aflatda qolgan edim? Qanday qilib bularni eshitmadim? SubhanAlloh! Beixtiyor "Yo Xudoyim!" derdim 2-3 hafta davomida hammasi haqida tafakkur qildim.

O'sha haftalar ichida qattiq kasal bo'ldim. Ovqatdan zaharlandim. O'lib qolaman, deb o'yladim. Keyin joynamozim borligi esimga tushib, boshimni sajdaga qo'ydim. Tezda tahorat olib chiqqach, namoz o'qiy boshladim. Shundan so'ng dedim: "Yo Allohim! Yo Allohim, tovba qildim, qilgan gunohlarimni Ozing kechir!" SubhanAlloh, taqdir ishlarini qarangki, kasallik davrim Doktor Zokir Nayk videolarini rostakam ko'ra boshladim. Keyin o'zim Islom haq din ekaniga ishona boshladim. Sekin-sekin maktabda do’stlarimni da’vat qila boshladim. Ustimdan kulishdi, shundan so'ng ulardan uzoqlashdim Keyin Alloh menga yana bir kasallik yubordi. Olti kun betob bo'ldim.

Faqat qusardim, qusardim, va qusardim, -Jismoniymi? -Shunaqa, jismoniy kasallik. O'laman deb o'ylagandim. O'zimni tutib turolmasdim, quvvatim deyarli qolmagandi. Shundan so'ng yana aytdim "Yo Alloh, meni kechir tovba qildim!" Juda-juda hayajonda edim. O’sha kuni shunday deganlarim esimda: "Endi namozlarimni xech qachon qazo qilmayman." O'sha kuni Alloh Subhana va Taologa shunday deb qasamyod keltirgan edim. Va shundan beri qasamimni buzmadim. SubhanAlloh, hayotimdagi burilish nuqtasi edi. O'shanda Islom haq din ekanligini butunlay anglab yetdim. Chindanam haq din, SubhanAlloh, Alloh mavjud. Payg'ambar alayhissalom, u ham mavjud U Alloh yuborgan haqiqiy Payg'ambar!

Xudo unga farishta Jabroil orqali vahiylar yuborgan. Qur'on Allohni kalomi! Yana nima kerak? Haqiqatni topgan edim. O'zimga derdim: "Eh, hayotim davomida nima balolar qilib yurgandim?" SubhanAlloh, o'shanda o'zgargan edim. Do’stlaringizni yangi holatingiz, yangi qiyofangizga munosabati qanday bo'ldi? Ularga ba'zi narsalar harom ekanligini, tovba qilib, namoz o'qish kerakligini aytim. Kulishdi, tirjayishdi, ustimdan kulib masxara qilishdi. Bizda bitiruv kechasi degan narsa boridi. Bitiruvchilar bayram qilishar. Hamma chiroyli kiyinardi. Limuzin chaqiriladi, Londonga boramiz. Borib kalyan chekamiz, biroz ko'ngil ochamiz, keyin qaytamiz deyishdi.

Do'stlarim Limuzin ijaraga olishdi, bari Islomga amal qila boshlaganimdan bir necha oy o'tib bo'layapti. Namoz o'qiy boshladim, o'zgardim. Do'stlarim menga "Kelmasang bo'lmaydi," deyishdi. Men esa "endi bunaqa narsalarga qo'shilmayman, namozimni o'qishim kerak. o'qimasam bo'lmaydi, borsam ko'pi qazo bo'ladi" dedim. "O'ylanma, hech qaysi namozlaring qazo bo'lmaydi" deyishdi. Qanday ahvolga tushib qoldim, bilasizmi? Mashinada qaytayotganimizda bomdod vaqti bo'lib qoldi. Meni tushirib qoldirishgani esimda, tezda uyimga kirib, bomdodni kech o'qidim. Ular meni uyimdan 20 daqiqa uzoqlikda qoldirishgandi. Piyoda bordim. "Uyimgacha olib boring," deganimda ular: "Yo'q, vaqt yo'q!

limuzinni qaytarishimiz kerak, deyishdi. Shunday qilib, piyoda qaytdim. Egnimda smoking, o'zim 16 yoshli o'smir. Quyosh esa chiqa boshlagandi. O'zimga "Bu yigitlar bilan boshqa ko'rishishni istamayman" dedim. Keyin nima bo’ldi? Kollejga borgandingiz, shunaqami? Din va iymonda qanday o’sib bordingiz? Maktabni bitirgach, futbol kollejiga bordim. Ham futbol o'ynab, ham bilim olsa bo'ladi. 45-50 ta g’ayridinlar orasida yolg'iz men musulmon edim Kollejda dinim uchun kamsitildim. Alloh aytadi, haqiqiy musulmon bo’lishni xohlasang, Asr surasidagilarni bajarish lozim.

"Aamanu wa amilus salihati watawa saubil haqqi watawa saubis sabr." Ya'ni ishonishing, solih amallar qilishing, odamlarni haqqa va sabrga chaqirishing kerak. Odamlarni yaxshilikka chaqirmagan, haqiqiy musulmon bo’lolmaydi. Men: "Demak, da’vat qilishim kerak", dedim Da'vat bu farz, lekin qanday qilishni bilmasdim. 16 yoshda edim. Da’vat qutilarini tarqatar, Avtobusda turib eslatmalar berardim. Xullas, nima to'g'ri deb o'ylasam o'sha ishni qilardim. Ular esa ustimdan kulib, masxara qilishdi. Umuman hech narsani jiddiy qabul qilishmadi. Nafaqat meni, Alloh va Uning Rasulini ham. Keyin, Subhanalloh, hayotimda shunday voqea bo'ldiki, shubhalarga tushib qoldim. Shubuhot.

Uyga qaytarkanman, hayotimni butkul o'zgartirgan bir fikr hayolimga keldi. Bu fikr: "Islom yolg’on bo’lsa-chi?" degan fikr edi. Go'yo shayton har soniya qulog’imga shivirlardi. Shivirlardi. Bu hayotimdagi eng og’ir davr bo’lsa kerak menimcha. Ko'zlarimda g'alati bir og'riq paydo bo'ldi Huddiki, ko’zimning terisi qurib qolgandek, chunki o’sha bir necha yil davomida g’ayridin bo'lib qoldim deb har kuni yig’lar edim. Chunki Allohni kim yaratgan degan savoni berib qo'ydim. Buni hayolimdan chiqara olmadim. Sajdaga bosh qo'yardimu, fikrlarim shunday bo'lardi: "G’isht devorga sig’inyapman. Xudo mavjud emas" Namoz o’rtasida sajdadan turib, tomirimni ushlab ko’rardim "Subhan Alloh.

Buni kim yaratgan?" derdim. Keyin xushu bilan, iymon bilan yig'lardim. Do’zaxga mahkum bo’lganim, Xudoning yo’qligi, hozir namozimni to’xtatishim kerakligi va ichimda bir nur paydo bo'lgani o'rtasidagi farq sabab yig'lardim. Bu tinimsiz, to'xtamasdan, qayta-qayta davom etardi. Hayotim ostin-ustun bo'lib ketgandek edi. To'xtovsiz boshim aylanar, Qalbim har yerga sochilgandi. Keyin ko'nglimga taskin bergan hadishni eshitib qoldim. Allohga qasam. Payg’ambar alayhissalom aytganlaridek "Mo’minlarning qalblari Ar-Rahmonning qo’lidadir. Uni O'zi istagan ko'yga sola oladi." Keyin yana bir hadis: "Mo’minning qalbi qaynayotgan suv kabidir" debdi. Doim o’zgarib tepaga chiqib pastga tushib turadi.

Iymoningiz tepaga chiqib pastga tushib turadi tushinyabsizmi. "Falyas'alillaha an yujaddidal eemana fee quloobikum." Allohdan qalbimizdagi iymonni doim yangilab turishini so’rash kerak. Men bu gaplarni eshitib, tasalli olardim. Islomga o’zim amal qilardim va ma’ruzalar eshitardim. Shayx Bilol Assad kabi insonlarni eshitardim Avval tanimagan olimlarni ham. Keyin No’mon Ali Xonni ko’p eshitadigan bo’ldim... Qur’on mo’jizalari haqidagi gaplari meni mo'min sifatida tutib turardi. Allohga qasam, Alloh No’mon Ali Xonga hamma qilganlari uchun baraka bersin. Uning gaplari men uchun juda katta ahamiyatga ega.

Konferensiyalar, tadbirlar, darslar, ma’ruzalarga borardim Xorijdan kelgan Shayx Navid Azizni ko’rishga bordim. U Kanadadan kelgan edi. Buyuk Britaniyada ma'ruzalar qilish istagida ekan. Unga aytdim: "Shayx, men bu turli vasvasalardan qiynalib ketdim" U: "Birodarlikni top", dedi Men: "Shayx, atrofimdagilar menga birodar emas", dedim. U: "Unda borib, birodarlikni yarat", dedi. Shunday qilib, sajdalarimda bir duo qilardim: "Ya muqallibal quloob, thabbit qalbi alaa deenik" "Ey qalblarni to'ldiruvchi Zot, qalbimni diningda sobit qil". Bundan keyin yana bir duo qo’shildi: "Yo Alloh, o’z shahrimda birodarlik yaratishga yordam ber". Bu ikkinchi duoim edi. 2011-yil noyabr.

Keyin 2012-yil fevral oyida, Otam Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi bir ayolni tanirdi. Facebookda do'stlashishgan. U ayol menga Shayx Bilol Assaddan xabar yubordi. Tasavvur qiling, birorta musulmon do’stlarim yo’q. Shayx Bilolning hamma ma’ruzalarini onlayn ko’rganman. Va endi undan video xabar olyapman. "Assalomu Alaykum, Shuayb" so'ng gap boshladi, "Ayollar menga sen haqingda ko’p gapirishadi" Men hayratda qoldim dedi. "Nima? Shayx Bilol meni taniydimi?" Keyin u: "Sen mening Buyuk Britaniyadagi eng sevimli insonimsan, duolarim sen bilan", dedi. Bo'ldi, endi o'sha qisqa video umrimni oxirigacha qadirlayman. Uni doim qalbimda saqlayman. Bu 2012-yilda bo'lgandi.

U mening kimligimni bilmaydi. Shunchaki oddiy video yuborgan xolos. Subhan Alloh, Va o’sha video menga juda ko’p yordam berdi. O’zimni boshqacha his qildim. Shundan so’ng, Subhan Alloh... bu meni ko’proq da’vat qilishga undadi. Da’vat rastasi bo'lardi. Keyin yo’qolib ketgandi. O'shani qayta tikladim. Birodarlarni to’play boshladim. Da’vat qildim Keyin bunga ishtiyoqim yanada ortib ketdi, Da'vat ortidan da'vat. 2012-yil oxirida, iyul oyida kollejni bitirishni sabrsizlik bilan kutardim. U yerdan tezroq ketgim kelar, Kollejni bitirib: "Ertalabdan kechgacha davat qilaman", dedim. Shunday qilib, men buni haftada uch marta shahar markazida qildim.

Ba’zan shunchaki yolg’iz turib varaqalar tarqatardim, odamlar bilan gaplashardim. Bir yil ichida 170 dan ortiq kishi shahodat keltirdi, lekin hammasi ketib qoldi. Tushindimki infratuzilma kerak. Odamlarni go'yo mebelsiz uyga taklif qilgandek. Shundan so’ng birodarlarni rivojlantirishni, ularni tarbiyalashni, yosh musulmonlar bilan gaplashishni boshladim. Ularni futbolga, ovqatlanishga olib boraman, hammasini birlashtiraman, ko’ngilli bo’lishga undayman Tadbirlarga, konferensiyalarga olib boraman. Mashinalarimizga o’tirib, safarlarga, oromgohlarga boramiz, xullas, shunday. Maqsad, ya'ni niyatimiz bir: odamlarni do’zax olovidan qutilishiga yordam berish. Keyin kovid boshlandi.

O’shanda men chorrahada edim. Doim onlayn da’vat qilishni hohlaganman. Shu tariqa ko’proq odamlarga ta’sir o’tkazishni xohlardim. Islom xabarini ko'proq insonlarga yetkazishni orzu qilardim. Doimo bilardimki, agar bu xabarni qanchalik ko'p odam bilsa, do'zah olovidan qutiladiganlar soni ham oshardi. Shu tariqa "Sunnatli yigit" loyihasini boshladim, va qisqa islomiy filmlar ola boshladim. Bu ishlarimning samarasi katta bo'ladi deb o'yladim. "Qasoskorlar" kinosini tomosha qilganim esimda. Kinoning yakuniy qismida yig’lagandim. Garchi yig’lagan bo’lsam ham: "Bu juda ta’sirli. Nega hatto menga ham ta'sir qildi?" derdim.

Keyin angladimki biz birodarlar bilan gulxan atrofida o’tirganimizda, sahobalar hayoti haqida hikoyalar bo'lardi. Ularga jannat va do’zax haqida eslatmalar berar edik. Bir ikkitasi yig'lardi. Subhan Alloh u yerdagi ovoz, olov yonishi, musulmonlar, o'sha davrning muhiti birlashsa, qalbga ta'sir o'tkazish mumkin ekan. Hissiyotga ta'sir qilish mumkin ekan. Anashunda "Subhanalloh, agar shu ishni videolarda qilishni iloji bo'lsa jon deb qilardim." dedim. Shu orqali buni kinoteatrlarda ko'rsatish istagi paydo bo'ldi. "Albatta qila olamiz. Ilojisi bor axir." dedim. Men va operatorimiz o’tirdik, gaplashdik, rejalashtirdik Yana to’rtta, beshta, sakkizta, o'nta.

Shu paytgacha ko'p kardlar suratga oldik. Juda ham ko'p Va bu Buyuk Britaniyadagi kinoteatrlarda namoyish etilgan birinchi islomiy kino bo’ldi Bu Buyuk Britaniyadagi kinoteatrlarda o’sha zangori ekran qarshisida musulmonlar namoz o’qigan birinchi namoyish edi. Bu juda katta voqea edi Meni haligi "Nur ustiga nur" konferensiyasi sahnasida "Iymon kanali" loyihasini taqdim etishga taklif qilishdi. Bu ajoyib kun edi. Shayx Bilol Assad o’sha konferensiyada mehmon ma’ruzachi edi Sahnadan tushdim, keyin boshqa ma’ruzachi chiqdi Undan keyingina shayxga navbat keldi. U sahnadan tushganida, yoniga borib qo'lidan ushlab. "Sizga bir narsani ko’rsatishim kerak", dedim U shunchaki: "Nima?" dedi.

So'ng unga bolalarining eski tushgan rasmlarini ko'rsata boshladim. Chunki haligi ayol menga videodan tashqari bolalarini rasmlarini ham yuborgandi. O'sha rasmda bolalarini ko'rib, "Voy, demak bolalari shunaqa ekanda!" degandim. Ularni Qur'on o'qigan videolarini ko'rib Shayx menga qaradi va yana hayron qoldi. "Bular senga qayerdan keldi, hatto men ham oldin ko'rmagandim!" dedi. "Seni qo'lingga qayerdan tushdi?" Va Subhan Alloh, unga 11 yil oldin o'zi yuborgan o'sha videoni ko'rsatdim. Shundan so'ng u "O'sha senmiding?" dedi. "Ha, menidim. Oradan 11 yil o'tdi. Menga shu videoxabarni yuborgandingiz" Shu tariqa unga o'sha bo'lgan voqealarni aytib berdim.

Qalbimdagi shubhalar bilan kurashganimdan tortib shu oddiy videoxabarni meni qanday ta'sir qilganigacha. Men va u, ikkalamiz bir xonada o’tirib, to’yib-to’yib yig’ladik. Subhan Alloh! Oradan 1 yil o'tgach, mana, Avstraliyada, Shayx Bilol Asad bilan bitta sahnadamiz. - Ma shaa Alloh. - Melburndagi hamma bizga qaragan, so'ng haligi ayol sahnaga, yonimizga chiqdi. U ham kelganini bilmas edim. U bilan ilk bor uchrashdik. Yer dumaloq deydilarku. Hayot nihoyat doirani to'ldirgandek bo'ldi va hamma zanjirlar tutashdi. Agar Payg'ambarimiz (s.a.v.) shu xonaga kirib kelsalar, nima degan bo'lardingiz? Harakat qilyapman, Yo Rasululloh. Qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Shunday der edim...

Albatta, unga rahmat aytib, oyoqlaridan, peshonasidan o'pib bo'lgach, Duo qiling, Yo Rosululloh, maqsadimizga yetishaylik! derdim. Andi ozgina qisqa savol- javoblarga navbat bersak. Savollarimiz ham tugay deb qoldi. Sunnatli yigit qaysi ishdan ko'proq zavq oladi? Insonlarning qalblariga ta'sir qilib Alloh taologa yaqinlashtiradigan, uni ko'proq tanishga sabab bo'la oladigan kontent yaratish holos. Ularni yuz va ko'zlaridagi nurni ko'rish. Allohni taniganlaridan so'ng albatta, bundan yaxshisi bo'lishi mumkinmas emas. - Sunnatli yigit umri davomida qilgan eng yaxshi qaror? - Islomdan voz kechmaganim. Ha, Allohga qasam. Islomda sobit turib yanada ko'proq bilim va izlanish qilganim.

Bundan-da ortiq to'g'riroq qaror bo'lishi mumkin emas, birodar. In shaa Alloh, Sunnatli yigit jannatga tushsa, birinchi bo'lib nima qilardi? Payg'ambarimiz va uning sahobalari qarshisiga chiqib, ularga rahmat aytardim. Masalan Umar ibn Hattobga Forsga qo'shin yuborgani uchun, va Xolid ibn Validga Qodisiya jangida qilgan qahramonliklari uchun rahmat aytardm. Hamda peshonalaridan, oyoqlaridan o'pardim negaki ular sabab ota-bobolarim shirk va kufrdan yuz o'girishgan. Birinchi qilgan ishim shu bo'lardi. - In Shaa Alloh. O'zingizga yoqmaydigan shaxsiy xislatingiz bormi? Ba'zan shoshqaloqlik qilib qo'yaman. O'ta qiziqqon xulqqa egaman, bu ba'zida yaxshi ba'zida yomon narsaga sabab bo'ladi.

Ha, ha, shu ikkalasi ashaddiylari. Google so'nggi qidirgan narsangiz nima? - Qarasam maylimi? - Ha, albatta! Qani To'g'risi o'zimga ham qiziq. Istanbulda Quyosh chiqish vaqti. Ha. - Kelganingizga hali ko'p bo'lmadi, bu tabiiy holat. - Ha. Hech qachon esingizdan chiqmaydigan va uyalishingizga sababchi bo'lgan biror kulgili vaziyat bo'lganmi? Yosh edim, Masjidda o'tirgandim. Sharqiy Londonda konferensiya bo'lishi kerak edi. Sharqiy London men yashaydigan joydan mashinada 2 soatlik masofada. Konferensiya ertasi kuni. Masjidimiz imomi juda-juda qattiqqo'l, o'ta jiddiy imom edi. Konferensiyaga mashinada borishim kerak. 17 yoshdaman.

Konferensiyaga ketishi mumkin bo'lgan boshqa hech kimni bilmayman. Namozdan keyin, o'rnimdan turdim va e'lon qildim. "Ertaga ajoyib konferensiya bo'lishi arafasida! Falon, falon, falon shayxlar keladi. Agar borish istagidagi birodarlar bo'lsa iltimos, ma'lum qiling, ko'pchilik bo'lib birga boramiz!" degandim. Masjidimiz imomi ham shayx edilar. Boyagi shayxlarni fikriga mutlaqo qo'shilmas edilar. Hatto ularga omma oldida raddiya ham berganlar. U menga qaradida "Birodar, Masjid sizga istagan paytingiz o'rningizdan turib nimadir e'lon qiladigan sirk emas. Bu hech kimga qiziq emas. iltimos, o'tirib oling." dedi. Butun jamoat oldida.

Va tashqariga chiqqach devordek qotdim Allohga qasam, ba'zi birodarlarimiz "Shunaqasi ham bo'lib turadi," deyishgandi. Shunga qaramay o'zimga kelishga muvaffaq bo'ldim, Bilsangiz, musulmon yoshlar orasida ham hayotdagi maqsadlarini topishga qiynalib qolib turli xil moddalarga o'rganib qolayotganlar bor. Sizningcha aslida nima bo'lyapti va bu yoshlar nimalarni boshdan kechirishmoqda? Avvalo yoshlarda g'ayrat va shijoatning yetishmasligini, birorta xayrli yo'lning himoyachisi bo'lolmayotgani muammosini hal qilish kerak deb o'ylayman.

Ularni ichki quvvatlarini to'g'ri yo'naltirishning eng yaxshi yo'llaridan biri ularga shayton va uning qo'shini tanitib, e'tiborlarini shu mavzuga qaratishdir deb o'ylayman. Bu orqali ularda o'zlarini va hatto boshqalarni ham jahannam olovidan qutqarish payiga tushishadi. Ammo ularga o'z maqsadlarini topish yo'lida eng kerakli narsa avvalo muhitdir. Va bu yo'lda ularga haqiqiy do'stlar kerak. O'sha do'stlar ham hayot maqsadini topish yo'lida yordam berishadi. O'zi buning tub ildizi nima? Tub ildiz bu ularda yo'nalish va maqsadning yo'qligidir. Ularga maqsad bering. Chunki toki o'zlarida maqsad bor ekan, boshqalarga ham maqsad bera olishadi.

Ammo siz ularga faqat "hoy, bor-da namoz o'qi!" yoki "manabuni tuzat" desangiz bu shunchaki boshlanish, dvigatelni o't olishi xolos. Faqat dvigatel bilan cheklanmang, mashinani yurg'azing. Ekran qarshisida "Atrofim harom bilan o'ralgan, ularni orasida oxiratimni qanday qutqaray?" deb qiynalayotgan bor. Manashu insonlarga nima degan bo'lardingiz? Unga to'rt bosqichli formula berardim. Avvalo Alloh bilan bog'lanish. Alloh Azza va Jalla bilan chuqur va samimiy aloqa o'rnating. Ikkinchisi esa Allohning Kalomi yozilgan kitob bilan aloqada bo'lish. Xoh tarjimasi, xoh o'zingiz tushunadigan tilda, farqi yo'q! Qur'on o'qing! Uni o'qishni o'rganing.

Olti oyingizni shu ishga qarating, Shundan keyin ustoz yoki sizga o'rgata oluvchi kimnidir topishingiz kerak. Ular bilan birga o'tirib, o'qing, izlaning. Va oxirgisi, birodarlikni bir qismiga aylaning. Alloh yo'lida harakat qilayotganlar davrasida bo'ling. Va berishim mumkin bo'lgan so'nggi maslahat, qachonki, o'zingizni o'nglab olganingizdan keyin boshqalarni ham jahannam olovidan qutqarish payida bo'ling. Tasavvur qiling sizni kuzatib gaplaringizni eshitib o'z hayoti haqida o'ylanib qolsa. O'sha insonga nima degan bo'lardingiz? Birodar, boshingizdan o'tayotgan hozirgi qiyinchiliklar ulg'ayganingizda oddiy xotiraga aylanib qoladi.

Yuragingizdagi hozirgi barcha havotirlaringizni Allohga topshirishingiz lozim. Toki siz Alloh bilan hech kim bilmaydigan, faqat siz va Uning o'rtasidagi shaxsiy va yaqin aloqani o'rnatmas ekansiz, hech narsa sizga xotirjamlik va xavfsizlik hissini bera olmaydi. Shu xolos. Buni bajargandan keyin hayotingizni Uning Kalomi yozilgan kitob bilan bog'lang va mustahkamlang. Allohga qasamki, Allohning kitobisiz yer yuzida boshqa najot yo'qdir. O'qib izlaning, va solih hamroh, do'stlar topib, ularni mahkam ushlang. Solih do'stlaringizdan ayrilmang. Bularni qilish barobarida aks ta'sirlarni bitta-bitta yo'q qiling.

Ya'ni Alloh taolo bilan bog'langandan keyin U bilan orangizni buzishi mumkin bo'lgan boshqa yomon narsalardan uziling. Ilm izlashga kirishar ekansiz, dangasalik yo Netfliks ko'rib o'tirish kabi illatlardan umuman voz keching. Solih hamrohlar topganingizda esa, hayotingizdagi boshqa illatli do'stlaringizni chiqarib tashlang. Aytadigan gapim shu.
