# "Portugaliyalik cherkov talabasi musulmon bo'ldi! U Islomni qanday qabul qildi!- Towards Eternity

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/portuguese-church-student-became-muslim-how-he-accepted-islam-towards-eternity
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=XCN6O7QibMM
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Shunday qilib, men o‘ziga xos bir nasroniy muhitida ulg‘aydim. Onam katolik edilar. Men ingliz cherkovi maktabida o‘qirdim. Agar Do‘zax va Qiyomat kuni mavjud bo‘lsa, men noto‘g‘ri dinga yoki noto‘g‘ri e’tiqodlarga ergashganim uchun xudo tomonidan jazolanishni istamayman, buning oqibati yomon bo‘lishi mumkin. Men xudo tomonidan jazolanishni istamayman. Agar hayotning maqsadi mavjud bo‘lsa, va hayotning maqsadi – insonlar uchun bo‘lsa, u, shubhasiz, inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi kerak. Men Islom haqida bilardim va u juda sodda tuyulardi. Faqat, keyingi izlanishlardan so‘ng, bir qator boshqa din, e’tiqod va falsafalarni o‘rganib chiqqanimdan so‘ng, yana Islomga qaytdim.

Islom... men aslida Islomni inkor qilishga harakat qildim, xuddi undan oldingi har qanday boshqa din, e’tiqod yoki falsafani inkor qilishga uringanimdek, Islom esa menga yanada chuqurroq javoblar berishda davom etardi. Shuning uchun men uni qabul qilishga majbur bo‘ldim. Assalomu alaykum, birodar Abdulloh al-Andalusiy. taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Bundan juda xursandmiz. Keling, suhbatni Abdulloh al-Andalusiy kim degan savol bilan boshlasak? Va bizga hayotingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz. Xo‘p. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Meni taklif qilganingiz uchun rahmat. Hmm, Andalusiy kim?

Shunchaki Alloh Subhanahu va Taoloning bir quli, barchamiz shunday bo‘lishga harakat qilamiz. Men Buyuk Britaniyaning London shahrida tug‘ilib o‘sdim. Kelib chiqishimga ko‘ra, men yarim portugaliyalik, yarim shimoliy afrikalikman. Xullas, men asosan nasroniy, o‘ziga xos nasroniy oilada o‘sdim, 14 yoshimda esa musulmon bo‘ldim. Taxminan 18-19 yoshlarimda ommaviy da’vatda faolroq ishtirok eta boshladim, Natijada ommaviy munozaralar va muhokamalarda qatnasha boshladim, universitetlarda ma’ruzalar o‘qidim va videolar tayyorladim, maqolalar chop etdim va shunga o‘xshash ishlar qildim. 14 yoshda Islomni qabul qilganingizni aytdingiz. Bizga o‘sha davr haqida gapirib bera olasizmi?

Shunchalik yosh paytingizda izlanishlar boshlashingizga nima turtki bo‘lgan? Eng oddiy javob qiziquvchanlik bo‘lardi, lekin oddiy qilib aytganda, men turli dinlar haqida bilib oldim. Shunday qilib men o‘ziga xos bir nasroniy muhitida ulg‘aydim. Onam katolik edilar. Men ingliz cherkovi maktabida o‘qirdim, va ularda messa (katolik ibodati), non va vino totish marosimi va shunga o‘xshash narsalar bor edi. Menga ham boshqa o'quvchilar qatori Injil hikoyalarini o‘rgatishardi. Ammo turli dinlar mavjudligini bilganimdan so‘ng, o‘zimga shu savolni berdim: men to‘g‘ri dinga ergashayotganimni qanday bilaman? Agar Xitoyda tug‘ilganimda, ateist yoki buddist bo‘larmidim?

Agar Hindistonda tug‘ilganimda, hindu bo‘larmidim? Geografik tasodif haqiqat nima ekanini aniqlay olmaydi, va turli xil g‘oyalar mavjud. Xo‘sh, o‘zim tekshirib ko‘rishim kerak. Shuningdek, agar Do‘zax va Qiyomat kuni mavjud bo‘lsa, noto‘g‘ri dinga yoki noto‘g‘ri e’tiqodga ergashganim uchun men xudo tomonidan jazolanishni istamayman, buning oqibatlari yomon bo‘lishi mumkin. Qisqasi, o‘zimcha tekshirishni xohladim va taxminan 10 yoshga to‘lganimda, mahalliy kutubxonaga borishga qaror qildim, garchi menga doim kutubxonaga borish yoqardi. Bu Internetdan oldin, odamlar kutubxonalarga boradigan paytlar edi. Agar o‘sha davrlarni eslasangiz.

Men esa ancha-muncha kitobni o‘qiganman, nafaqat zamonaviy, balki tarixiy dinlar, tarixiy falsafalar, xullas, hammasini tadqiq qildim. Bilasizmi, qadimgi Misrliklarning o‘limdan keyingi hayot haqidagi tasavvurlaridan tortib, Tibet buddizmigacha, hatto G‘arbdagi “New Age” ma’naviyatigacha va hokazo, tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan har qanday oqim. Hammasini o‘rganib chiqdim. Biror e’tiqod, din yoki falsafaning keng tarqalgani uning haqiqat ekanini anglatadi deb taxmin qilmayman. Bilasizmi men shunchaki, turli g‘oyalar nima ekanini ko‘rib chiqaman. Unga biron dalil bormi? U mantiqqa to‘g‘ri keladimi?

Unda biron muammo topa olamanmi, masalan, qarama-qarshiliklar yoki shunga o‘xshash narsalar? Xullas, bosqichma-bosqich istisno qilish jarayonidan o‘tdim. Ishni Islomdan boshladingizmi yoki Islom siz ko‘rib chiqqan oxirgi din edimi? Men Islom haqida bilardim va u juda sodda tuyulardi. Unga birinchi marta duch kelganimda “O, bu juda oddiy. Ehtimol, uning asoslariga yuzaki qarab men bilgan chuqur haqiqatlar unda mavjud emasdir”, deb o‘yladim. Men turli dinlar haqida kitob o‘qiyotgan edim. Unda Islom juda oddiy va o'ta sodda taqdim etilgan edi.

Faqat keyingi izlanishlardan so‘ng, bir qator boshqa din, e’tiqod va falsafalarni o‘rganib chiqqanimdan keyin, yana Islomga qaytdim, u haqida savollar bera boshladim. Buni kichik narsa deb o‘ylashingiz mumkin, unda Islom haqida gap borardi... Ya’ni, Islomda ayollarning hijob o‘rashi haqida. Va bu majburiyat ekanini ko‘rib “Nima uchun Islom ayollarning hijob o‘rashini xohlaydi?” Buning nima keragi bor? deb o'yladim Shunday qilib, bu haqida juda ko'p o‘yladim, Nihoyat javob topdim.

Bilasizmi, G‘arbda, ko‘ryapmizki, ish joylarida ko‘plab jinsiy siyosat yuz beradi, jinsiy keskinlik va jinsiylik keyinchalik tovarlarni hamda mahsulotlarni reklama qilishda va shunga o‘xshash narsalarda ham ishlatiladi. Jamiyat jinsiylashib bormoqda. Bu ko‘plab muammolar, munosabatlardagi buzilishlar, odamlarning o‘z juftlarini tashlab ketishi, xiyonat va bir talay boshqa narsalarga olib kelyapti. Islomdagi hijob tushunchasiga qaraganimda “Xo‘sh, bundan maqsadi nima?” dedim So‘ng o‘zimga o‘zim “Xo‘sh, seningcha, bundan maqsad nima bo‘lishi mumkin?” Ehtimol, ular ayollarning kamtarona ko‘rinishini, omma oldida jinsiylikni namoyon qilmasligini xohlashadi deb o‘yladim. Hijob, jilbob va hammasi.

“O, yaxshi. Demak, Islom jamiyatda jinsiylikni omma ko‘zidan panada saqlashni xohlarkan. Uni shaxsiy hayot uchun asrang, chunki siz ommaviy joyda jinsiylik bilan hech nima qila olmaysiz. Siz ishga borishni xohlaysiz, universitetga borishni xohlaysiz. Nima uchun jinsiylik sizni chalg‘itishi kerak? Nima uchun omma oldida u sizni chalg‘itishiga yo‘l qo‘yish kerak? Bu adolatsizlik. Bu jamiyatda muammolar keltirib chiqaradi, men buni G‘arbda o‘sib-ulg‘ayganim uchun bilardim. Shunda “O, bu mantiqqa to‘g‘ri keladi” dedim.

Yana meni hayratga solgan narsa shuki, agar hayotning maqsadi bo‘lsa va hayotning maqsadi insonlar uchun bo‘lsa, unda, shubhasiz, u inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi kerak, nafaqat haftada bir marta Juma yoki yakshanba kunlari cherkovda, balki hayotning har bir qismini, shu jumladan, jamiyatning ham. Shunday qilib, Islom yaxlit tuyuldi. Agar haqiqiy din va haqiqiy e’tiqod mavjud bo‘lsa, unda bu unga ancha o‘xshash yoki yaqin ko‘rinardi. O‘zimga yanada ko‘proq savollar bera boshladim. Islomni faqat shunga asoslanib qabul qilmadim, yanada ko‘proq savollar berdim va yanada ko‘proq javoblarga ega bo‘ldim, Ular meni lol qoldirdi.

Men aslida Islomni inkor qilishga harakat qildim, xuddi undan oldingi har qanday boshqa din, e’tiqod yoki falsafani inkor qilishga uringanimdek, Islom esa menga yanada chuqurroq javoblar berishda davom etardi. Shuning uchun, men uni qabul qilishga majbur bo‘ldim. Buni o‘qishdan oldin sizda Islom haqida hech qanday noto‘g‘ri tasavvur, yanglish fikrlar bo‘lmaganmi? Buni o‘qishdan oldin sizda Islom haqida hech qanday noto‘g‘ri tasavvur, yanglish fikrlar bo‘lmaganmi? Meni dinga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarim umumiy, liberal va dunyoviy qarashlar edi. Din siyosat haqida gapirmaydi. Din jamiyat, iqtisodiyot yoxud inson muammolari haqida gapirmaydi.

Din – bu shunchaki siz e’tiqod qiladigan, xohlagan narsalaringiz uchun duo qiladigan va ehtimol ularga erishadigan, yoki u sizni yaxshi his qildiradigan, biror narsadan qo‘rqqaningizda yordam beradigan narsadir. Bu noto‘g‘ri tasavvur edi. Bu 90-yillarning boshlari edi. 11-sentyabrdan ham oldin, bularning hammasidan oldin edi, shuning uchun... Bu menga singdirilgan barcha dinlarga qarshi umumiy noto‘g‘ri tasavvur edi, to‘g‘rirog‘i, menga dunyoviy liberal jamiyatdagi shaxs sifatida singdirilgan edi. Qisqasi, men Islomga duch kelganimda, u juda ham yaxlit edi. Mana shu meni hayratga solgandi, chunki menga din bunday narsalar haqida gapirmaydi, deyishgandi.

Va aynan shunday qilishini bilganimda, uning o‘sha narsalar haqida gapirishi yanada mantiqliroq tuyuldi. U bunday narsalar haqida gapirishi kerak. Demak, siz inkor etish jarayonidan o‘tgansiz, shundaymi? Bu haqiqat bo‘la olmaydi. Qanday qilib o‘sha boshqa dinlar haqiqat emasligiga qaror qildingiz? Albatta. Ya’ni, xo‘sh, bu 10 - 14 yoshgacha bo‘lgan davrda edi. Shunday qilib, men turli dinlarni ko‘rib chiqdim va bir qator savollar berdim, masalan: "Bunga dalil bormi? Isbot bormi? U insoniyatning aksariyati uchun mavjud bo‘lganmi, yoki tamomila yangi xabarmi, u doim mavjud bo‘lganmi?" degan.

Agar, nasroniylikka kelsak, inson qiyofasidagi mavjudot Yerga tushishi va u go‘yoki, xudo bo‘lishi, keyin o‘lishi, garchi xudo o‘lmasa ham, uning qurbonligi, sizning gunohlaringizni kechirishi, garchi undan keyin ham gunohkor bo‘lib qolib baribir tavba qilishingiz kerak bo‘lsa ham. Bu kabi narsalar nasroniylik borasida men uchun mantiqsiz edi. Yahudiylikka kelsak, albatta, Yaxudiylik yakkaxudolikka ishonadi, biroq u tarix davomida faqat ma’lum bir qabilaga, xalqqa cheklangandek tuyuldi. Tarixdagi boshqa qabila yoki odamlar nima qilishi va nimaga ergashishi kerakligi haqida esa tushuntirish yo‘q edi.

Buddizmga kelsak, insonlar aslida dunyoda tug‘ilishadi va ular doimiy ravishda qayta tug‘ilish jarayonida bo'lishadi, toki ma’rifatga erishmaguncha. Men shunday deyman: “Xo‘p, ma’rifat nima?” Ma’rifat – bu hayot maqsadini bilish yoki, biror chuqur haqiqatni. “Xo‘sh, siz insonlarni maqsadi ma’rifatli bo‘lish deysiz, men ma’rifatli bo‘lish o‘z maqsadini bilishni anglatadi”, deyman. Ammo men unda o‘z maqsadimni bilaman. Mening maqsadim – ma’rifatli bo‘lish. Va bu aylanma mantiqqa aylanadi. Qolaversa, boshqa savollar ham bor, masalan, agar buddizmda xudo bo‘lmasa yoki buddizmda xudo muhim bo‘lmasa, qayta tug‘ilishlar tizimini kim o‘rnatgan? Birinchi inson bo‘lganmi?

Chunki o‘tmishda odamlarning cheksiz regressiyasi bo‘lishi mumkin emas... Xo'sh, birinchi ruhingiz, siz tug‘ilgan birinchi tana qanday edi? Undan oldin qayerda edingiz? Ular buddizmda bu savollarga javob berishmaydi. Hinduizm ham shunga o‘xshash g‘oyaga ishonadi, Zero buddizm, hinduizmdan kelib chiqqan. Hinduizmning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, biz kelib chiqqan bir xudo bor, lekin biz... Biz xudoning bir qismi edik, qandaydir yo‘l bilan xudolar bo‘laklarga bo‘linishi mumkin bu bo‘laklar johil va kuchsiz sanaladi. Demak, xudoning bir qismi johil va kuchsiz. So‘ngra siz qayta tug‘ilishga kirasiz, tug‘ilasiz, o‘lasiz, tug‘ilasiz, o‘lasiz, toki xudoga qaytish yo‘lini topmaguningizgacha.

Lekin siz xudoning bir qismisiz. Bu umuman hech qanday ma’noga ega emas. Demak, xudo bo‘linishi mumkin... Cheksiz, chegaralanmagan Yaratuvchi bo‘laklarga bo‘linishi mumkin va u bo‘laklar cheklangan, chegaralangan. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bu kabi jarayonlardan men ko‘plab turli din va e’tiqodlar orqali o‘tganman. Ateizm ham ro‘yxatda bor edi? Shundaymi? Yo siz uni ham chiqarib tashlaganmisiz? Ha, men bir paytlar fan barcha savollarga javob bera oladi, degan oddiy va noto‘g‘ri fikrga ergashganman. Ya’ni, meni doim fan qiziqtirgan. Hali ham qiziqaman. Baholarim doim yaxshi bo‘lgan, fizikaga oid fanlarni o‘qiganimda, universitetga kirishda va hokazo.

Biroq fanlar barcha savollarga javob bera oladi, degan fikr menga jamiyat tomonidan o‘rgatilgan taxmin edi. Illo fanlar moddiyatdan tashqaridagi narsalar haqida gapirmaydi. U modda o‘zini qanday tutishi haqida gapiradi, vassalom. Qanchalik tez harakatlanishi va qanday ishlashi haqida. U aslida nimadan iborat ekani haqida gapirmaydi. U qayerdan kelib chiqqani haqida gapirmaydi. U hammasi qayerga ketayotgani haqida gapirmaydi. U faqat modda o‘zini qanday tutishi haqida gapiradi. Keyin esa olimlar ekstrapolyatsiya qilishga urinishadi, “Oh, modda doimo bir xil bo‘lib qoladi, yoki modda doimo u yerda mavjud bo‘lgan” deb. Ammo bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki yana cheksiz regress.

Agar siz, hozirgi vaqt nuqtasiga yetib kelish uchun, cheksiz vaqt kutishimiz kerak bo‘lsa... Xo‘sh, cheksizlik tugamaydi. Biz hech qachon bu vaqt nuqtasiga yetib kelmasdik. Demak, hozir shu yerda, sizning oldingizda o‘tirganim, menga xudo borligini isbotlaydi, yoki moddani harakatga keltirgan, o‘zgartirgan va hokazo ishlarni boshlagan yaratuvchi bo‘lganini. Shuning uchun men bularning hammasini rad etdim. Islom haq din ekaniga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, Nima qildingiz? Aytmoqchimanki, Islomni qabul qilish yo‘lingiz qanday kechdi? O'sha bosqichlar haqida aytib bera olasizmi? Ho'p!

Qur’onni, qolaversa, tafsirlarni, ya’ni tushuntirishlarni Qur'onga sharhlarni, hamda Islom haqida topa olgan barcha turli kitoblarni o‘qir ekanman... Mantiqsiz tuyulgan biror narsani topganimda, u haqida uzoq vaqt o‘ylab ko‘rgach, angladimki, matn mantiqsiz emas, unga bir taxminni kiritganman, va o‘sha taxmin meni uni to‘g‘ri tushunmaslikka olib kelgan ekan, Shunday qilib, Qur’on orqali o‘tish jarayonim meni o‘zim bilan olib kelgan taxminlarimdan, Islomga olib kelgan yukimdan tozalay boshladi. Shu tariqa, Alhamdulillah, meni Islomga duch kelish va musulmon bo‘lish qadamlarim darhaqiqat avval qiziqishdan boshlandi. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin degan fikr meni juda qiziqtirdi.

Shu bosqichgacha uni gipoteza sifatida qabul qildim. Demak, gipoteza – bu siz eng yaxshi tushuntirish deb hisoblaydigan, lekin 100% ishonchingiz komil bo‘lmagan narsa. Ehtimol yaxshiroq tushuntirish bo‘lishi mumkin, ammo sizda mavjud bo‘lgan barcha dalillarga ko‘ra, u yagona... Eng yaxshisi. Bundan o‘tgandan so‘ng esa, bilimim tobora ortib borgani sari, shunday savollar bera boshladim: “Agar bor bo‘lsa edi Aytaylik, men bir din yaratmoqchi va Islomni asos qilib olmoqchiman, lekin uning ba’zi qismlarini o‘zgartirmoqchiman.

U ham shunchalik yaxshi yoki yaxshiroq bo‘larmidi?” Ushbu jarayonni amalga oshirganimda, angladimki, Agar siz Islomga biron-bir o‘zgartirish kiritsangiz, u qarama-qarshilik yoki mantiqsizlikka olib keladi. Islomning koinotni, inson mavjudligini, hayvonlar mavjudligini, sayyoralarni, hamma narsani tushuntirishi, xoh u rohat xoh u azob bo‘lsin, Bizning cheklangan umrimiz, bularning barchasiga Islomda shunday javob berilgan ediki, boshqa hech qanday mumkin bo‘lgan javob yo‘q edi. Shunda men oxir-oqibat Islom voqelikning yagona mumkin bo‘lgan izohi degan xulosaga keldim. O‘shanda menda qat’iy ishonch paydo bo‘ldi, o‘shanda menda Islom diniga nisbatan mutlaq aniqlik paydo bo‘ldi.

Xo‘p, endi ertaga musulmon bo‘laman deyishingizga sabab bo‘lgan oxirgi narsa nima edi? Qaror qilishingizga nima turtki bo‘ldi? Bu 14 yoshimda yuz berdi, men Islomni gipoteza sifatida qabul qildim, ya’ni bu men bilgan eng yaxshi tushuntirish edi. Qisqasi, maqsad izlayotgan inson sifatida, o‘zimga taqdim etilgan eng yaxshi tushuntirishga ergashishga majburman. Bunda men hech qanday qarama-qarshilik ko‘rmayapman. Shunday ekan, uni rad etishga asosim yo‘q. Men shahodatni rasmiy ravishda guvohlik berish ekanini bilmasdim. Men buni shunchaki ishoniladigan narsa deb o‘ylagandim. Keyin shunday dedim: “Xo‘p, men bunga ishonaman, xullas, ha”.

mening shahodatim shunchaki onamning oldiga borib, “Ona bilasizmi, men musulmon bo‘laman”, deyishim edi. Shu mening asosiy shahodatim edi. Bilasizmi, onam dunyoviy nuqtai nazarga ega edi, ammo liberal dunyoviy qarashli odam uchun din uncha muhim emas. Shuning uchun ular buni katta voqea deb o‘ylamadilar. buni shunchaki o‘tkinchi bir davr deb o‘yladilar, chunki, bilasizmi, ota-onalar farzandlarining turli bosqichlardan o‘tishini, turli narsalar yoki turli sevimli mashg‘ulotlarni sinab ko‘rishini bilishadi. Shunday qilib, ular buni shunchaki mening bir sevimli mashg‘ulotim deb o‘yladilar.

Deyarli 30 yil o‘tgach, o‘ylaymanki, bu shunchaki sevimli mashg‘ulotdan ko‘ra, jiddiyroq narsa ekanini onam endi tushunadilar, to‘g‘rimi? Hayotning o‘zi. Ha. Ha, Alhamdulillah. Siz odamlarni Islomga da’vat qilganingizda, atrofingizdan, yoki oilangizdan kimdir musulmon bo‘ldimi? Bilasizmi, men... Islomni o‘rganishni boshlaganimda, bu haqida doim onamga aytib berardim, albatta, o‘z-o‘zidan otamga ham. Vaqt o‘tishi bilan esa, Alhamdulillah, ular mendagi o‘zgarishlarni ko‘rishdi. Ular uchun yaxshiroq o‘g‘il bo‘ldim. Men dunyoviy, liberal jamiyatdan chiqqanman. Bilsangiz, isyonkor bolalar bo‘ladi.

Bu siz o‘ylaganingiz isyonkor bolalardan farq qiladi, chunki hamma bolalar qandaydir ma’noda isyonkor. Biroq G‘arbdagi isyonkor bolalar o'zga madaniyat va e’tiqodlarga qaraganda ota-onalariga nisbatan ancha hurmatsizroq. Xullas, hayotdagi maqsadim nima ekanini anglaganimda, o‘z yo‘limdagi xatolarni ko‘rdim, ota-onam qilgan ishlar uchun esa minnatdorligim oshganini ko‘rdim. Ota-onam buni ko‘rganlarida, o‘g'lining ko‘proq mehnat qilayotganini, xushmuomala, yaxshiroq xulqli bo‘lganini sezishdi... Men mukammal emasdim, lekin ular menda keskin o‘zgarishni ko‘rishdi. Bundan qanday nafratlanish mumkin, to‘g‘rimi? Bundan qanday qo‘rqish mumkin?

O‘ylaymanki, odob ba’zan g‘oyalardan ko‘ra ko‘proq narsani zabt etadi. Odamlar shunchaki sizning odobingiz va axloqingizdagi o‘zgarishni ko‘rishadi, bu esa ularni hayratga soladi va ularning qalbini sizga yanada moyil qiladi. Bu siz qila oladigan har qanday soatlab da’vat yoki nutqdan ko‘ra samaraliroq. Yagona muammo shundaki, ota-onalarga farzandi ularga hayot haqida o‘rgatayotganini ko‘rish qiyinlgi. Ular “Men sening tagliklaringni almashtirganman, to‘g‘rimi, endi menga hayotda nima qilishim kerakligini o'rgatyabsanmi?” deyishadi. Shunday gaplar ham bo‘lgan. Lekin natijada, otam o‘zlari uchun Islomni qayta kashf etdilar, deyishim mumkin. Onam esa nomigagina musulmon bo‘ldilar.

Bu 100% mukammal emas deyish mumkin, gap shundaki, ularning atrofida musulmonlar deyarli yo‘q. Ularning barcha do‘stlari, ya'ni ko‘pchilik do‘stlari katolik yoki dunyoviy shxs va hokazo. Qolaversa bu juda qiyin, chunki biz ijtimoiy mavjudotlarmiz. Inson sifatida sizga rag‘bat kerak. Lekin, Alhamdulillah, ular shahodat keltirdilar. Ba’zi odamlarning hikoyalarini biroz romantikroq, deyish mumkin. Meniki esa, ham o‘zim uchun, ham natijada ota-onam uchun bosqichma-bosqich anglash bo‘ldi. Qur’onga nazar tashlaganingizda, o‘z qiziqish sohalaringiz nuqtai nazaridan qanday kitobni ko‘rasiz? Qur’on kitobini o‘qiganingizda, u siz o‘qigan boshqa hech bir kitobga o‘xshamaydi.

Hatto tarjimalarini o‘qiganingizda ham. U o'ta qobiliyatli inson erisha oladigan narsaga o‘xshamaydi, chunki odatda kitob yozishda va umuman yozuvchilikda juda mohir bo‘lgan odamlar, ma’lumotni joylashtirish kerak deb hisoblaydigan juda cheklangan tuzilmalarga ega bo‘lishadi. Masalan, faqat bir nechta fikrni o‘z ichiga olgan boblar, xullas keyingi bobga va undan keyingisiga o‘tishadi. Qur’onning o‘ziga xosligi shundaki, oyatning, ma’nosi siz qanday savol berishingizga qarab o‘zgarishi mumkin. siz yuzaki qaraganda bog‘liq emasdek tuyuladigan narsalarni o‘qishingiz mumkin undan, biroq ongingiz ostida bir tuzilma borligini his qilasiz.

Qur’on o‘qiyotgan har kimga mening maslahatim – Qur’on bilan suhbatlashing, shunchaki passiv o‘qish bilan cheklanmang. Savollar bering. Siz: “Men kitobga savol beryapman, u menga qanday javob berishi mumkin?” deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo hayron qolasiz, siz juda oddiy deb o‘ylagan, unchalik tushuntirishga loyiq emasdek tuyulgan bir oyat qanday qilib siz hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan savollarga javob berishi mumkinligini ko‘rib. Bu shunday kitobki, uni qayta-qayta o‘qishda davom etishingiz mumkin. Bugungi kunda musulmonlar Qur’onning ma’nosidan ko‘ra uning tovushi bilan ko‘proq band bo‘lib qolganlar. Bu haqida hatto hadis ham bor.

Ya’ni, U juda qiziq narsalarni bashorat qilganga o‘xshaydi. Unda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) davridagi musulmonlar Qur’onning ma’nosiga ko‘proq qiziqishgani aytilgan. Ammo shunday vaqt keladiki, musulmonlar Qur’onning ma'nosidan ko'ra talaffuzi va tovushiga ko‘proq e’tibor berishadi, deyilgan. Fikri ojizimcha, buni o‘zgartirish kerak. Qur’onga savollar bering. Muhokama qiling, savollar bering. Nima uchun Qur’onda boshqa so‘z emas, aynan shu so‘z ishlatilgan? Qur’onda hammasi aniq. Bu juda aniq kitob. Nima uchun aynan shu so‘zlardan foydalanilgan? Bu savollarni berganingizda, Qur’on sizga yanada ko‘proq ochiladi. Qisqasi, bu mening sizga maslahatim.

Bir da’vatchi sifatida, odamlarning Islomga nisbatan eng keng tarqalgan noto‘g‘ri tasavvuri qanday va siz unga qanday javob qaytarasiz? Muammo shundaki, bu siz qaysi jamiyat haqida gapirayotganingizga bog‘liq. Masalan, hozir G‘arbda 11-sentyabrdan keyin, Islom zo‘ravon, vahshiy, uning jazolari ham vahshiyona degan tasavvur bor, va u hamma narsani cheklaydi, ayollarni, “erkin” bo‘lishni, u nimani anglatishidan qat'iy nazar. 11-sentyabrgacha Islomga nisbatan qarash shunday ediki, U shunchaki bir din, barcha dinlar go‘yo o‘tmishga asoslangan va ular zamonaviy muammolar haqida gapirmaydi. Bu juda keng tarqalgan noto‘g‘ri tasavvur. Hatto bugungi kunda musulmon dunyosida ham mavjud.

Mustamlakachilikdan so‘ng, G‘arb ta’lim tizimlari, yoki hatto ta’siri tufayli, musulmonlarning o‘zlarida ham Islom haqida shunday noto‘g‘ri tasavvur bor. Ular Islom o‘tmishga asoslangan va zamonaviy muammolarga javob bera olmaydi, deb o‘ylashadi. Islom zamonaviy muammolarga, ya'ni bugungi kun muammolariga G‘arb taklif qila oladigan yechimdan yaxshiroq javob berishi mumkin. Lekin biz buni tushunmaymiz. Biz o‘ylaymizki, bu faqat kuniga besh mahal namoz o‘qish. Jumaga borish. tajvid, Qur’on talaffuzi va hokazo Islom bundan ancha kengroq. U to‘laqonli hayot tarzi. Ba’zi odamlarni ko‘ramiz, aniq dalillarni ko‘rishlariga qaramay, musulmon bo‘lishmaydi. Sizningcha, buning sababi nimada?

Islomga qarshilik ko‘rsatadigan odamlarning ikki toifasi bor, deyman. Ulardan birini, hissiy sabablarga ega odamlar deb atash mumkin. Demak, ular allaqachon sarmoya kiritishgan. Bu “cho‘kib ketgan xarajatlar xatosi” deb ataladi. Siz sarmoya kiritganingiz... Siz shunchalik ko‘p vaqtingiz, kuchingiz, hayotingiz, umidlaringiz va orzularingizni yolg‘on narsaga sarflagansizki, undan voz kechishni istamaysiz, Zero juda ko‘p sarmoya kiritgansiz. Va sarmoya kiritishda davom etishni xohlaysiz. Ikkinchi turdagi odamlar esa, aynan shular meni qiziqtiradi. Ular shunday odamlarki... Ularning taxminlari bor va o‘sha taxminlar ularni Islom haqiqatini ko‘rishdan to‘sib qo‘yadi.

Odamlar taxmin qilishlari mumkin, ular: Juda turli dinlar bor, xudo haqida shunchalik ko‘p turli fikrlar bor. Demak, ularning hammasi noto‘g‘ri bo‘lishi kerak”, deyishadi. To‘g‘rimi? Bu bir taxmin. Bu ko‘plab ateist va boshqalar orasida ancha keng tarqalgan. Lekin men ularga ishora qilib aytaman: “Xo‘p, o‘tmishda Quyosh nima ekani haqida juda ko‘p nazariyalar bo‘lgan. Ha. U yassi diskmidi? U ag‘darilgan, olovli kosamidi? Yoki u sharmi?” Kimdir ayta oladimi: Quyosh haqida shuncha ko‘p turli, nazariyalar bor, xullas, "Quyosh mavjud emas” deb. Yo‘q, ulardan biri to‘g‘ri. Qolganlari noto‘g‘ri. Turli xil g‘oyalar borligi ularning hammasi noto‘g‘ri degani emas. Ha, bu bir taxmin.

Qisqasi, Islomda biz har bir madaniyatda, butun tamaddun davomida xudo, ya'ni yagona xudo uchun aytilgan har bir so‘z yolg‘on demaymiz. shunchaki, ilohiylik haqidagi barcha g‘oyalar ham to‘g‘ri emas deymiz. Agar siz muqaddas uchlikka ishonsangiz, yoki xudo bo‘laklarga bo‘lingan deb hisoblasangiz, yoki ko‘p xudolar bor desangiz, ha, yoki xudoning oilasi bor desangiz, bu yolg‘on. Ammo agar siz yagona xudoga ishonsangiz, tarix davomida uni qanday atashingizdan qat’iy nazar, Elox, yoki Alloh, Dios, yoki Tangri deb atasangiz ham, to‘g‘rimi? Bularning bari... bir xil so‘z. Siz bir xil narsani turli tillarda tasvirlayapsiz xolos.

bu odamlar e’tiqod qiladigan taxminga bir misol va u bizga to‘siq bo‘ladi. Xullas, biz ateistlar, deistlar yoki turli din vakillari bilan uchrashganimizda, ular orasidagi samimiy kishilarning musulmon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan yagona narsa – bu ularning taxminlaridir. Shunday ekan, inshaalloh, da’vatchining vazifasi o'sha taxminlarni yo‘q qilishdir. Shahodat nima qiladi? Shahodat avvalo inkordan boshlanadi. Unda “La ilaha” deyiladi, to‘g‘rimi, demak, yo‘q... Bu barcha butlar, insonlar, haykallar, yog‘och bo‘laklari, barchasi, U xoh siz sig‘inadigan vulqon bo‘lsin, xoh siz sig‘inadigan Quyosh yoki Oy bo‘lsin, bari sohta, to‘g‘rimi?

Bularning barchasi sohta xudolar, Chin Allohdan tashqari. Siz o‘sha paytlarda qanday kuch topgansiz? Yolg‘iz va atrofingizda hech kim musulmon bo‘lmaganida, qayerdan kuch olgansiz? Musulmonlar, musulmon oilalarida tug‘ilgan, bugungi musulmon dunyosidagi odamlar beradigan eng katta savollardan biri shuki, ular o‘z dinlarida kuchli bo‘lish haqida so‘rashadi, agar siz diningizni ommaviy ravishda namoyon qilmasangiz, yoki unga da’vat qilmasangiz, bu sizda zaiflik borligi yoki o‘zingizda kelishish qiyin bo‘lgan kurash borligidandir. Menga doim bu g‘alati tuyulgan. Agar siz hayotingizning maqsadi nima ekanligini tushunsangiz, bu dinga ergashasiz. Yaratuvchi bor. U sizni yaratgan.

Hayotda Unga itoat qilish, Unga ergashish, Uning aytganlariga, Uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilishdan o'zga ma’no yo‘q. Boshqa har qanday narsa qilish ma’nosiz. Agar men ota-onamga yoki jamiyatga ergashishga harakat qilsam, bu narsalar o‘tib ketadi. Ular mening xudoyim emas. Ular meni yaratmagan. Shunday ekan, bunda ma'no yo‘q. Musulmonlarni shunday narsalar bilan ovora bo‘lishini ko‘rganimda, bu meni rostdan ham hayratga soladi, zero menda bitta taxmin bo‘lgan... Ko‘plab dinga qaytganlar va yangi kirganlar shunday qilishadi. faqat mendan emas. Dinga yangi kirgan har qanday kishidan so‘rang.

Ular musulmon dunyosini ko‘rganda hayratda qolganliklarini aytishadi, chunki ular hidoyatdan oldin hayot qanday bo‘lganini va hidoyatga kelganlarini bilishardi. Hidoyat shunchaki, “oh, mana buni qilish kerak ekan” degani emas. Bu inson mavjudligining yagona ma’nosidir. Bunga ega bo‘lgan va endi buni biladigan insonlar uchun boshqa har qanday narsaga ergashish ma’nosiz bo‘lardi. Aytaylik, kimdir ish yuzasidan suhbatga bordi, yirik yuridik firmaga yoki boshqa joyga. U kostyumda keldi va suhbatda juda yaxshi qatnashdi. U ishni oldi va ko‘p pul ishlaydigan bo‘lib katta hurmatga sazovor bo'ldi. keyin u kelib ofisda futbol o‘ynay boshlaydi. Boshqa hech narsa qilmaydi.

Unga: “Sen bu ishni qilishing kerak edi. Sen bu yerda ishlash va shu ishni bajarish uchunsan. Nima uchun ofisda futbol o‘ynayapsan?” deyishadi. Bu xuddi o‘sha musulmonlarning holatiga o‘xshaydi... Ularning hayotdan maqsadi bor, ammo ular hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan bolalarcha narsalar bilan band, masalan, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatchilik, oilaviy sha’n, shunchaki pul topish yoki ommaviy madaniyatga ergashish. Bu narsalarning hech qanday ma’nosi yo‘q. Nima uchun siz bunga ergashasiz? Buni hech qanday ma’nosi yo‘q. Bu butlarga ergashib o‘lganingizda, hayotingiz ma’nosiz bo‘ladi. Qisqasi, mening kuchim haqida so‘rasangiz. O‘ylashimcha, bunga ko‘p kuch kerak emas.

Shunchaki, Islom dinini hamma narsada amal qilishdan boshqa har qanday narsani qilish ma’nosizdir. Agar sizda dunyodagi barcha g‘ayrimusulmonlar bilan gaplashish uchun bir daqiqa imkoniyatingiz bo‘lganida, ularga nima degan bo‘lardingiz? O‘ylashimcha, dunyodagi musulmonlarga aytmoqchi bo‘lgan gapimni aytardim, ya’ni: ota-onangiz, madaniyatingiz, jamiyatingiz sizga o‘rgatgan narsalarga ko‘r-ko‘rona ishonmang. O‘zingizga savol bering. Siz ergashayotgan narsa haqiqat ekanini qayerdan bilasiz? sizga o‘rgatilgan barcha narsalar to‘g‘ri ekanligini qayerdan bilasiz? Men faqat ilmiy savollar yoki boshqa narsalar haqida gapirmayapman, bular haqida biz baribir savol beramiz.

Gap siz nima qilishingiz kerak va nima qilmasligingiz kerakligi haqida. Sizga hayot nima uchun berilgan? Shu haqida savol bering. Sizga o‘rgatilgan narsa haqiqat ekanini qayerdan bilasiz? Agar shunday qilsangiz, uni tekshirsangiz va haqiqatni topsangiz, nega uni hayotingizning barcha sohalarida qo‘llamaysiz? Shunday qilib, savollar bering va ko‘r-ko‘rona ergashmang.
