# U 18 kishini Islomga olib keldi! - Kar ayolning ajoyib hayot hikoyasi.​

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/she-led-18-people-to-islam-a-deaf-womans-incredible-life-story
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=jX0vZtJ41q0
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Nogiron bo‘lib tug‘ilganingizni anglaganingizda nimalarni his qilgansiz? Bomdod namoziga qanday uyg‘onasiz? Men kar bo‘lib tug‘ilganman, onam esa bundan sho'kka tushib qolgan. U doim meni: “Rebekka, Rebekka” deb chaqirardi. Men esa sezmay yuraverardim. Ota-onam men bilan qanday muloqot qilishni bilishmasdi. Sarosimada edi, nima qilishni tushunishmasdi. Keyin maktabga bordim. Bu oddiy maktab edi. Va u yerda yagona kar o‘quvchi men edim. O‘qituvchimga bu yoqmadi va u meni ura boshladi, juda qattiq urardi. Uyga qaytgach onamga ko‘kargan joylarimni ko‘rsatdim, u orqamni ko‘rdi. Va qichqirib yubordi. U judayam darg‘azab edi. Jannatda ilk eshitishni xohlagan tovushingiz qaysi?

Assalomu alaykum, Rebekka Husayn opa, taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur. Towards Eternity jamoasi, sizni ko‘rganidan juda xursand. Intervyu davomida Sandra Labbadia opa surdotarjima qiladi. Suhbatni Rebekka Husayn kim? -degan savoldan boshlamoqchiman: Hayotingiz haqida qisqacha so‘zlab bera olasizmi? Bismillahir rohmanir rohim Men Rebekkaman. Bu mening imo-ishora tilidagi ismim. Bangladeshda tug‘ilganman, tug‘ma karman. Ota-onam ahvolimga qarab, men bilan qanday muloqot qilishni tushunishmasdi. Ular dovdirab qolishgan, nima qilishni bilishmasdi. 7 yoshimda ular meni Amerikaga olib ketishga qaror qilishdi.

Keyinroq karlar maktabiga berishdi, u yerda men birinchi marta imo-ishora tilini o‘rgana boshladim, imo-ishoralar, mimika, ifodalar. O‘zimni juda baxtli his qilardim! Bilimlarni o‘zlashtirardim, o‘rganardim, rivojlanardim. Birinchi marta menda muloqot tili paydo bo‘ldi. Bundan o‘zimda yo‘q xursand edim. Birinchi marta o‘z tilimda muloqot qilish juda ajoyib edi, o‘zimni juda qulay his qilardim. Keyin men universitetga o‘qishga kirdim. RTI – Nyu-Yorkdagi Rochester texnologiya universiteti. Uni tamomlab, diplom oldim. Endilikda imo-ishora tilida erkin so‘zlasha olaman. Bolaligingiz qanday o‘tgan? Bizga o‘z hikoyangizni aytib bersangiz.

Men kar bo‘lib tug‘ilganman, onam esa bundan sho‘qqa tushib qolgan. U doim meni: “Rebekka, Rebekka” -deb chaqirardi. Men esa sezmasdan yuraverardim. U tinmay: “Rebekka, Rebekka!” derdi. Men esa hech narsani eshitmasdim. Bu judayam g‘alati edi. U sarosimaga tushib, nima bo‘layotganini tushunmasdi. Men yuraverardim, u esa chaqiraverardi. Shunda u amakimni chaqirdi. Amakim unga qarab: “Bola eshitmayapti” - dedi. Onam chinqirib: “Unga nima bo‘lgan?” -dedi. Keyin maktabga bordim. U oddiy maktab edi, u yerda yagona kar o‘quvchi men edim. O‘qituvchim esa... U menga bengal va ingliz tillarini o‘rgatmoqchi bo‘ldi. Birinchi navbatda bengal tiliga e’tibor qaratishimni xohladi.

Lekin men matnga qarardim va ko‘zlarim ingliz tiliga o‘tib ketardi. O‘qituvchimga bu yoqmadi va u meni ura boshladi. Juda qattiq urardi. Meni bengal tilini o‘rganishga majburlamoqchi edi. Lekin men inglizcha matnga qarayverardim. Bengal tilini tushunmasdim. U men uchun osonroq tuyulayotgan ingliz tili bilan bog‘lanmas edi. Ustozim esa meni urishda davom etdi. Menga og‘ir edi. Uyga qaytgach, onamga ko‘kargan joylarimni ko‘rsatdim, u orqamni ko‘rdi. Va qichqirib yubordi. U juda darg‘azab edi. Darrov qo‘limdan ushlab, maktabga olib bordi. O‘qituvchimga: “Qizimga nima qilganingizni ko’ring!” – dedi. Buni direktorga ham aytdi. Ular uyalib qolishdi. Keyin otam bilan gaplashishdi.

Va, otam o‘ylab ko‘rib, bir to‘xtamga kelgach: “Biz Amerikaga ko‘chib ketamiz” -dedi. Ular meni karlar uchun maktabga topshirishga qaror qilishdi. Shu tariqa, biz Amerikaga ko‘chib ketdik. Men umuman eshitmasdim. Shifokor meni quloqlarimni tekshirib: “U yura oladi, imo-ishoralar bilan muloqot qila oladi” -dedi. Shunda otam bir qarorga kelib: “Uni karlar maktabiga joylashtiramiz”. “U o‘qishni uddalaydi” -dedi. U maktabga borganimdan judayam xursandman. Chunki imo-ishora tilidan foydalanishni o‘rgandim. Uni yordamida muloqot qila olardim. Onamga “pechene”ni qanday qilishni ishora orqali o‘rgatishim, fikrimni unga ifodalay olishim mumkin edi. Onam shunchaki hayratda edi.

U imo-ishoralarimni oz-ozdan tushuna boshladi. Menam, onam ham judayam baxtli edik. O‘sib ulg‘aydim... va keyinchalik RTI – Rochester texnologiya universitetiga o‘qishga kirdim. Aynan o‘shanda tilim qanchalar go‘zal ekanini chindan ham his qildim. Doimo imo-ishora tilidan foydalanardim va u men uchun foydali edi. Odamlar bilan erkin muloqot qila olardim, osongina do‘stlar topardim. Aytingchi, nogiron bo‘lib tug‘ilganingizni va bu umrbod ekanini anglaganingizda... nimalarni his qilgansiz? Alhamdulilloh. Alhamdulilloh. Alloh menga hayot berdi, menga eng yaxshi sovg‘ani taqdim etdi. Eshitamanmi yoki yo’q, baribir baxtliman. Kar bo‘lganimdan baxtliman. Men baxtliman. Hammasi Allohning qo‘lida...

unga taslimman. Hayotingizda hech eshitishni xohlagan paytlaringiz bo‘ladimi? O, bilasizmi, suvga qaraganimda, uni eshitishni, ayniqsa, to‘lqinlar ovozini eshitishni judayam xohlayman. Yoki Allohni madh etayotgan, uning so‘zlarini aytayotgan qushni tinglashni xohlardim. Men tabiatni ovozini eshitishni istardim. Kimningdir ovozini eshitishni, musiqa tinglashni istayman. Men bularni barini eshitishni xohlayman, lekin hech nimani eshitmayman. Inshaalloh, jannatga tushganingizda, birinchi navbatda nimani eshitishni xohlardingiz? Inshaalloh. Men Allohning ovozini eshitishni xohlayman. Yolg’iz uni ovozini eshitishni istayman. Aytingchi, eshita olmasligingizni birinchi marta qachon angladingiz?

Ikki yoki uch yashar paytingizdami? Ha. Ota-onamga, qarindoshlarimga qanday qaraganimni eslayman. Ular o‘zaro gaplashishardi, muloqot qilishardi. Men ularni kuzatardim, lablari qimirlayotganini ko‘rardim. Ular qanday muloqot qilayotganini shunchaki tomosha qilardim. Lekin o‘zim hech narsani tushunmasdim. Nima bo‘layotganini bilmasdim. Ularni lablari qanday harakatlanayotganini, qanday gapirayotganini ko‘rardim, bir-birlari bilan qanday salomlashayotganini, o‘zaro muloqot qilayotganini ko‘rardim. Lekin men hech narsani tushunmasdim. Hayron edim. Chunki hech narsani eshitmasdim. Taxminan 7-8 yoshda bo‘lganimda, o‘ylay boshladim, fikr yurita boshladim, ma’no izlay boshladim.

Miyamda juda jiddiy fikrlar paydo bo‘ldi: Meni kim yaratgan? Men kimman? -degan. Tushunmasdim va bu savol menga tinchlik bermasdi. Keyin ukamdan so‘radim: “Hoy?” -dedim. U hali ancha kichkina edi. Men 8 yoshda edim. Ukam esa 4 yoshda. Undan so‘ray boshladim: “Meni kim yaratgan?” “Meni kim yasagan? -deb, men terimga, qo‘llarimga tegardim. U esa: “Alloh, Alloh”, – derdi. “Kim?”– deya undan yana so‘rardim. “Alloh kim?” U: “Uni kimligini bilmayman”. “Sen uni ko‘ra olmaysan”, – deya javob berardi. Men: “Qayerda u? Qani u?” -derdim. Avvaliga qo‘rqib ketdim. Keyin: “Seni-chi, kim yaratgan?” -dedim. U yana: “Alloh” -dedi. Men terim, suyaklarim, yuzim... Tana a’zolarimni kim yaratganini bilmasdim.

Men qayerdan kelganman? Qanday paydo bo‘lganman? Men shu yerdanmanmi? Hech narsani bilmasdim. Barini o‘zimdan ancha kichik bo‘lgan ukamdan o‘rganardim. Imo-ishora tilini qachon o‘rgandingiz? Bolaligimdan imo-ishoralardan foydalanganman, lekin bu imo-ishora tili emasdi. Masalan, “pechene”, “ism”, “sut”, “suv” va shunga o‘xshash narsalarni... Aytaylik, qozonda ovqatni aralashtirishdek gap... Ovqat yegim kelganida, buni imkon qadar ko‘rsatishga harakat qilardim. “Jahlingiz chiqyaptimi?” -derdim. Men odamlar yuzlariga qarardim, ularning ifodalarini tushunishga harakat qilardim. Biroq Amerikaga kelib, hammasini tushunishni boshladim, men imo-ishora tilini Amerikada o‘rgandim.

Uni o‘rgana boshlaganimda taxminan 10-11 yoshda edim. Men oddiy imo-ishoralar va imo-ishora tilini birga qo‘llardim, Shu jarayonda men ko‘rish orqali idrok qilishni rivojlantirdim, mimikalar, imo-ishoralar. Bu esa menga imo-ishora tilini yanayam yaxshiroq o‘zlashtirishimga yordam berdi. Va men bundan baxtiyorman. Tushingizda hech eshitasizmi? Yo‘q, tushimda eshitmayman, lekin ranglarni ko‘ra olaman. Men rangli tushlar ko‘raman. Tushingizda odamlar imo-ishora tilidan foydalanishadimi? Ha. Ilgari men tushlar haqida ko‘p o‘ylardim. Aksariyat karlar o‘z tushlarini aytib bera olmaydilar. Men ulardan harakat qilib ko‘rishlarini, imo-ishora tili, mimikadan foydalanishlarini so‘rardim.

Va o‘ylardim, o‘zimda bu qanday sodir bo‘lishini tasavvur qilardim. Ularga ko‘rsatardim. Va nihoyat, ular o‘z tushlarini qanday tushuntirishni angladilar. Imo-ishora tili yordamida amalga oshirdilar. Oddiy imo-ishoralar bilan ham. Ba’zan biz imo-ishoralar bilan muloqot qilamiz, ba’zan esa imo-ishora tili bilan. Ba’zan ikkala usuldan ham foydalaniladi. Lekin bu barcha kar odamlarda shunday bo’ladi. Barcha qulog‘i og‘ir odamlarda. Aytishlaricha, bir sezgi a’zosining buzilishi boshqa sezgilarni kuchaytiradi. Karlik sizga biron bir ustunlik berdimi? Ha, ko‘rish men uchun juda muhim. Meni ko‘rish qobiliyatim juda rivojlangan.

Imo-ishoralar va holatlarni ko‘rish orqali idrok etish men uchun juda zarur. Ko‘rish menga his-tuyg‘ularni o‘qishga, odamlarni tushunishga yordam beradi. Ba’zi narsalar e’tiborimdan chetda qoladi. Men ularni payqamayman. Lekin gap imo-ishoralar, mimika, yoki boshqa vizual aloqa vositalari haqida ketganda, men ularni darhol o‘qiyman. Ko‘chada yurish va yon-atrofda biron bir xavf bor-yo‘qligini eshitmaslik masalan, mashinalar harakatini eshitmaslik qanday? Siz qachondir qiyin vaziyatlarga tushib qolganmisiz? Men doim sergak turaman. Hamma narsani payqayman, tushunyapsizmi? Doim atrofimga qarayman, hamma narsani kuzatib boraman. Bu men uchun tabiiy hol. Mashina haydayman, yaxshi haydovchiman.

Juda tajribaliman. Odamlar gaplashadi, tovushlarga chalg‘iydi, telefonda gaplashadi, berilib ketib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Men esa juda sinchkovman. Men diqqatli va o‘zimga ishonganman, chunki diqqatimni jamlayman. Demak, u mashina hayday oladi. Ha? Ha. Aslida, kar odamlar eshitadiganlardan yaxshiroq haydashadi. Bu hammaga ma’lum. Hatto statistik malumotlar ham bor. Yoshligingizda turmush qurish borasida tashvishlaringiz bo‘lganmi? Qolaversa turmushga qanday chiqdingiz? Bunga ota-onam sababchi... Ular turmushga chiqishimni juda xohlashgan. Menga mos odamni izlashgan. Xullas, ota-onam juda yaxshi bir erkakni topishdi. Bizni tanishtirib qo‘yishdi. U Bangladeshdan.

Lekin Kaliforniyada yashardi. U otamni do‘stining qaynisi edi. Keyin bizni tanishtirishdi. Ota-onam menga bu haqda e’lon qildi va o‘zimni noqulay his qildim. Bu qanday bo‘larkin, deb o‘ylardim? Ya’ni muloqot masalasida tashvishlanardim. Ular menga to‘g‘ri odamni tanlashganmi-yo‘qmi, bilmasdim. Agar u meni tushunmasa-chi. Men uni tushunmasam. Biz qanday muloqot qilamiz? -derdim. Ota-onam: “Sen uddalaysan, hammasi yaxshi bo‘ladi. Shunchaki harakat qilib ko‘r”, – deyishardi. U eshitadi, lekin bu qo‘rqinchli emas. U yordam beradi va senga osonroq bo‘ladi. Mana ko‘rasan, sizlar aloqa o‘rnata olasizlar. Shunday qilib, bo‘lajak erim bilan tanishdim. Men unga imo-ishora tilini o‘rgata boshladim.

Va u... U yaxshi inson. Uni yonida o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Turmush o’rtog’im bilan oila qurganimizga 37 yil bo‘ldi. Hozircha hammasi yaxshi... Eringiz bilan qanday muloqot qilasiz? Avvaliga u meni eshitishi uchun gapirishga harakat qilardim. Lekin uni tushunmasdim. Eshitmasdim va lablaridan gapini o‘qiy olmasdim. Bu juda qiyin edi. Lablardan gap o‘qish qo‘limdan kelmasdi... Uni nutqini tushunmasdim. So‘zlarni ajratib olishim uchun yetarlicha aniq gapirmasdi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, men so‘zlarni, u aytayotgan so‘zlar qanday ko‘rinishini eslab qoldim. Qolaversa biz imo-ishora tilidan foydalanamiz. Men ko‘p imo-ishoralar va mimikadan foydalanaman, shunda u meni yaxshiroq tushunadi.

Men uchun u o’z nutqida imo-ishoralardan ko‘proq foydalanishi kerak edi. Shunda uni aniqroq tushuna olardim. Demak, siz gapira olasiz, lekin bizchalik ko‘p emas, shundaymi? Ovozim baqanikiga o‘xshaydi. Yo‘q-yo‘q, umuman unday emas. Ovozingiz juda chiroyli. Xa shunday. To’g’ri aytyapsiz. Shunchaki bir-ikki og‘iz so‘z ayting. Keyin biz intervyuni davom ettiramiz. Men gapira olaman, lekin ravon emas. Ba’zilarni nutqini labidan o‘qib tushunaman. Ammo umuman eshitmayman. Ularning og‘ziga qarayman va ba’zi narsalarni tushunaman. Shu xolos. Fotiha surasining tarjimasini imo-ishoralar bilan ko‘rsatib bera olasizmi? Bismillahir rohmanir rohim. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.

Barcha hamdu sanolar olamlar Robbisi bo’lgan Allohga bo’lsin. U Rahmon va Rohiymdir. Jazo va mukofot kunining egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz. O’zing bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin. O‘zing ne’mat berganlarning yo‘liga. G‘azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas. Alloh bizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin. Mashalloh, mashalloh. Imo-ishora tilida “Alloh” so‘zini ko‘rsatib bera olasizmi? Alloh. Yagona. Muhammad sallallohu alayhi vasallam uning rasulidir. Qur’on-chi? Qur’on. Ramazon? Ramazon. Ibodat-chi? Namoz? Mashalloh, juda yaxshi. Ka’ba-chi? Ka’ba. Bu Makka. Makka. Bu Makka. Bu yoqqa kel. Men seni chaqiryapman. Makka. Ha, bu Makka.

U seni chaqiryapti. Ro‘za? Ro‘za. Gunoh-chi? Shayton? Do‘zaxchi? Olov. Olov. Jannat? Endi esa Farishtalar? Ajoyib. Halol, bu halol. Bunisi harom. Harom. Ha Harom. Tongda Bomdod namoziga qanday uyg‘onasiz? O‘zim! Alloh taolo menga vaqt bo‘lganini aytadi va men uyg‘onaman! Soat kabi! Shunchaki uyg‘onaman. Lekin namoz vaqti yil davomida o‘zgaradi-ku? Ba’zan shunchaki uyg‘onaman. Ba’zan esa chaqnashni his qilaman, xuddi chiroq o‘chib-yonayotgandek. Menda shunday hissiyot bo‘ladi. Shutariqa, namoz vaqti kelganini tushunaman. Ya’ni, qandaydir ma’noda, Alloh sizni uyg‘otadimi? Ha, xuddi Alloh uyg‘otayotgandek bo’ladi.

Qachondir musulmon bo‘lmagan kar odamga Islom haqida aytib berishga harakat qilganmisiz? U sizga qanday javob qaytargan? Bir kuni, onlayn, kompyuter orqali. Internetda men bir erkak bilan gaplashdim, tanishdik, suhbatlashdik. Men uni kimligini bilmasdim... U raqamimni ISTHH, ya’ni bizni tashkilotimiz orqali topibdi. U menga murojaat qilib, islom haqida savollar bera boshladi. Ra’yini qaytarmay: “Yaxshi, senga tushuntiraman”, – deb javob berdim. Men aytib berishni boshladim, u esa: “Men nasroniyman”, – dedi. Bu gapiga: “Men musulmonman”, – deya javob berdim. U: “Senga Isoning haykalchasini olib kelsam bo‘ladimi? Unga ibodat qilasanmi?” deb so‘radi.

Men bumi butga sig‘inish bilan barobarligini aytdim. Men butlarni tashlab yuborardim... Shunday dedim. Barcha butlardan qutulish kerakligini aytdim. Bizning xudomiz uning oldida paydo bo‘lgan har bir butni yo‘q qilishga qodir, ularni rad etish kerak, chunki biz faqat bir zotga sig‘inamiz dedim. U dovdirab qoldi. U hech qachon bunday talqinni eshitmagan edi. Men bilan gaplashib, islomni o‘rganib, uni haq yo‘lga yo‘naltirayotganimni nihoyat tushundi va islomni qabul qildi. Mashalloh, mashalloh. Aytingchi yana shunday holat bo‘lganmi? Yoki faqat shumi? Yana bir ayol bor edi, uyam kar edi. “Men Isoga ishonaman. Iso xudo ekaniga ishonaman”, – dedi.

Men esa: “Kel, senga bir narsani tushuntirib beray”, – dedim. “Sen filga sig‘inarmiding?” “Jirafaga sig‘inarmiding?” “Yulduzlarga-chi, sig‘inarmiding?” -dedim. Ko‘p narsalarni sanab o‘tdim. “Sen shu narsalarga sig‘inasanmi? Odamga-chi?” “Yo buddaga sig‘inasanmi?” “Bular bir xil emasmi?” “Sen menga sig‘inasanmi? Men senga sig‘inishim kerakmi?” -dedim. Bunga u: “Yo‘q”, – deya javob berdi. Menga sarosima to‘la ko‘zlari bilan qaradi. U o‘ylanib qoldi va oxir-oqibat mening haq ekanimni tushundi. Sen Allohdan boshqa hech narsaga sig‘inmaysan dedim. Alloh uni ko‘rishini, lekin u Allohni ko‘ra olmasligini tushuntirdim. Illo dalil bor: o‘zingga boq, uning yaratganini ko‘rasan.

Va bu seni yaratuvching borligiga dalilingdir dedim. Sen filga sig‘inmasliging, shunga o‘xshash mavjudotlarga sig‘inmasliging kerak dedim. Men ularning hammasini sanab o‘tdim va u to‘satdan anglab yetdi. Aftidan, o‘zini noqulay his qildi. Men uni o‘qitishda davom ettim va oradan taxminan uch oy o‘tgach, u islomni qabul qildi. Mashalloh. Siz ularga islom haqida aytib berganingizdan keyin necha kishi shahodat keltirdi? Taxminan 18 ta. Siz tufayli 18 kishi musulmon bo‘ldimi? Ha. Ular kar odamlar edi, ha, karlar. Sizni da’vat bilan shug‘ullanishga nima ilhomlantirdi? Men hech qachon da’vat haqida o‘ylamaganman. Meni bunga odamlarni doim savollar berishi undadi.

Menga tez-tez turli narsalar haqida savollar bilan murojaat qilishadi. Lekin men voiz emasman. Bunday bo‘lishni ham xohlamayman. Bunga ko‘nglim tortmaydi. Biroq agar Alloh taolo menga bir musulmonni olib kelsa, unga bilim kerak bo‘lsa, mayli... Bunday odamlar yonimga doim kelishadi. Shunday men: “Shukr, Allohim. Bilaman, sen ularni menga yo‘naltirding, men ularga o‘rgataman” -deyman. Alloh menga yo‘naltirganlarga albatta o‘rgatishga tayyorman. Bu hayotda sizga eng ko‘p nima yoqadi? Menga islomni o‘rganish juda yoqadi. O‘rganish va Allohga yaqinroq bo‘lish, shuningdek, odamlarga yordam berish yoqadi. Erimga, boshqa odamlarga va oilamga yordam berish yoqadi.

Lekin eng muhimi, Allohga yaqinroq bo‘lish. Menga eng ko‘p yoqadigan narsa shu. Meni dinim, meni e’tiqodim. Bir kar odam aytgandi, “Azon ovozini eshita olmaymanu, lekin ba’zan uni his qilaman” -deb. Siz ham qachondir shunga o‘xshash narsani boshdan kechirganmisiz? Biz Al-Aqsoga bordik, Sandra ikkimiz. Sandra azon ovozini imo-ishora tiliga tarjima qildi. U imomning ovozini takrorlab, qo‘llari bilan harakatlar qilib, tebranish hosil qildi. Bu tebranishlardan men ham titray boshladim. Uning qo‘llaridagi tebranishni his qildim, U “Allohu Akbar” deganda. Hamma takrorlardi: “Allohu Akbar, Allohu Akbar”.

Bu qudratli energiyani uning qo‘llari uzatardi, u shu darajada kuchli ediki, va men uni his qila olardim, atrofimdagi odamlarni va ularning yuz ifodalarini ko‘rdim. Allohning buyukligini ko‘ra olardim va buni ich-ichimdan his qilardim. Bu o’zgacha tuyg’u. Aytingchi, siz odamlarning lab harakatlaridan ular nima deyayotganini tushuna olasizmi? Ko‘pchilik kar odamlar labdan o‘qiy olmaydi. Lekin men...men labdan o’qishni bilaman. Va odamlar bundan hayratlanadi, labdan o‘qish bilan imo-ishora tilini birga qo‘llayman, bu esa ular uchun kutilmagan hol. Bu Alloh taoloning menga in’omi. Bundan xursandman. Shu savolning davomi sifatida: hozir nima deyayotganimni tushuna olasizmi?

Keling, urinib ko‘ramiz. Nima deyayotganimni tushunyapsizmi? Uyingizga taklif qilganingiz uchun minnatdormiz. Unga ko‘proq his-tuyg‘u kerak. Ko‘proqmi? Yaxshi. Sizga ko‘proq his-tuyg‘u kerak. -His-tuyg‘u. -His-tuyg‘ular. Sizdan intervyu olish imkoniyati bo’lganidan juda xursandmiz. Men ham sizga intervyu berganimdan juda xursandman. Ha, mashalloh, mashalloh. Rebekka opa, musulmonlar uchun va ayniqsa G‘azodagi birodarlarimiz va opa-singillarimiz uchun duo qila olasizmi? Bismillahir rohmanir rohim. Butun dunyo uchun. Falastin uchun. Barcha mamlakatlar uchun. Azob chekayotgan va yig‘layotgan barcha bolalarni o‘zing asragin. Qo‘llarimizni senga ko‘taramiz, bizga baraka, tinchlik ber.

Hammani og‘riq va vayronagarchilikdan asra. Barchamizni kechir, Alloh. Sendan so‘raymiz, omiyn, bizga rahm qil. -Mashalloh. Rebekka opa, javoblaringiz va bizga ajratgan vaqtingiz uchun katta rahmat. Bizni juda ilhomlantirdingiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Towards Eternity bardavom bo’lsin. Hech qachon tugamasin. -Mashalloh. Ishingizga omad. -Hammasi uchun sizga katta rahmat. Sog’ bo’ling.
