# Buni Ko'rgandan Keyin Hech Kim Agnostik Bo'la Olmaydi

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/the-new-100-proof-for-god-the-end-of-agnosticism
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=RTl9zoAjR0Q
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Balki bu videoni hech kim yuklamagandir? Bilib bo'ladimi? Bema'ni tuyuladi to'g'rimi? Bu videoni ko'rayotganingizni o'zi kimdir uni joylaganiga aniq isbotdir. Demak shubhaga o'rin qolmadi. Yuklovchini ko'rmaganingiz uchun mavjud emasligini bildiradimi? Yoki uni mavjudligini bilib bo'lmaydimi? Yo'q albatta. Olam ham xuddi shunday. U xam xuddi video kabi yaratilgan ekan, qanday qilib "Uning yaratuvchisi majvudligini bilmaymiz" deya olamiz? Bu ham bema'ni emasmi? Yaratuvchining mavjudligi ishonchgagina bog'liq emas. Bu faktni dalil, sabab va mantiqqa tayanib qabul qilishimiz lozim. Agnostiklar "Xudo bormi, yo'qmi bila olmaymiz" deyishadi. Eng g'alatisi mana bu.

Ular bu videoni shunchaki ko'rishmayapti, balki o'zlari ham ishtirok etishyapti. Bir narsa yo bor yoki yo'q bo'ladi. Ikkisining o'rtasida turish mumkin emas. Demak, kimdir "Ikkisining o'rtasidaman" desa, aslida, ehtimol o'zi ham sezmagan holda, inkorga, ateizmga moyil bo'lmoqda. Mantiqan, bu chiqarib tashlangan o'rta qonuni deb ataladi. Bu biror narsa A yoki A emasligini anglatadi. Biror narsa yo qora, yoki qora emas. Uchinchi holat yo'q. Xuddi shuningdek, biror nima yo mavjud yoki mavjud emas. Demak agnostik falsafa oddiy mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Shuningdek, Xudo borligini aniqlash murakkab masala yechishdek mashaqqatli emas.

Bu bizning ichimizga, ham tabiatimizga, ham qanday yaratilganimizga singib ketgan haqiqatdir. Bu borada Oksford universiteti professori Justin L. Barret tomonidan ko'zni ochadigan tadqiqot mavjud. Barret va boshqa 57 nafar olim 20 xil mamlakatda tadqiqot olib borishdi. Ular uch yosh atrofidagi bolalar tabiiy ravishda g'ayritabiiy kuch, yaratuvchi borligiga ishonishlarini aniqladilar. Shunday qilib, uch yosh atrofidagi bolalar, hatto kattalar ularning barchasi juda aqlli deb o'ylamasalar ham, o'z madaniy tushunchasidagi barcha g'ayritabiiy holatlarga deyarli bir xil munosabatda bo'lishadi.

Lekin yosh bolalar ularning barchasiga juda aqlli deb munosabatda bo'lishadi; Juda qudratli, juda bilimli va o'lmas yaratuvchi Xudo borligi haqidagi g'oyani rivojlantirish nuqtai nazaridan qo'llab-quvvatlash mavjud. Yaratuvchi borligiga ishonish hayot davomida tushunib olinadigan g'oya emas. Bu allaqachon bizning fitratimiz, tug'ma tabiatimizning bir qismi bo'lgan tabiiy moyillikdir. Bu mavzuda boshqa tadqiqotlar ham bor. Mana bu tomondan o'ylab ko'ring. Dengiz bo'yida yuribsiz, qumda chizilgan yurakni ko'rdingiz. Ikki tomonida ikki harf va ostida "Seni sevaman" deb yozilgan. Tabiyki buni ko'rib kimdir sevgi izhor qilibdi deb o'ylaysiz.

Agar birortasi kelib "Kimdir buni chizdimikan?" "Balki hech kim chizmagandir" desachi? Nima derdingiz? Gapiga qo'shilarmidingiz? Yoki arxeologik kavlash davomida ming yil oldingi sanchqini topib olsangiz, o'sha zahoti uni ishining ustasi ustasi yasaganligiga shohid bo'lasiz. To'g'rimi? Biz oddiy vilkaning yaratilishi tabiatga, jismoniy qonunlarga yoki tasodifga bog'lamagan bo'lar edik. Biz uning ortida niyat borligini aytardik. Niyat esa ongli mavjudotga ishora qiladi. Lekin bizning dunyomiz, barcha odamlari, tizimlari va tirik mavjudotlari bilan, vilkadan ancha murakkab emasmi? Unda nega uning ortida yaratuvchisi borligini inkor etishimiz kerak?

Tasavvur qiling: futbol o'yini natijasini eshitdingiz. 1-0 bo'libdi. Ana shunda kimdir: "Kim go'l uribdi?" deydi. "Kim urganini bilmaymiz, chunki uni o'zini ko'rmadik." Bunga nima derdingiz? Hisob 1-0 bo'lsa kimdir gol urganligiga shubha qilishni o'zi bema'nilikku. Gol haqqoniy, natija ko'rinib turibdi. Kimdir uni urgan bo'lsa kerak, to'g'rimi? Olam uchun ham shunday. U ko'z oldimizda mavjudligicha turibdi. Ya'ni bu 0dan 1ga o'zgartirishdek gap. Gol sodir bo'ldi. Butun olam yaratildi. Qanday qilib buni kimdir yaratganini bilmaymiz deyishimiz mumkin? Agnostitsizm kuchli iymon, zaif iymon va boshqalar kabi toifalarga bo'linadi. Lekin bunga hozircha to'xtamaylik.

Asosiy masalaga e'tibor qaratsak. Risolai Nur kitobida juda mantiqiy dalil keltirilgan. Mavjudlik haqiqiy ekan demak uning ortida sabab bo'lishi kerak. Har kuni, yuzlab, minglab jonzotlar ko'z o'ngimizda dunyoga kelishmoqda. Tog`rimi? Buni 4dan bir usulda tushuntirish mumkin. Olamni atomlar yaratgan va hali ham yaratmoqda. Hamma narsa o'z o'zidan yaralgan va yaralmoqda. Tabiat qonunlari hamma narsani yaratgan va davom etmoqda. Yoki bir yaratuvchi hamma narsani yo'qdan bor qilgan va shunday qilmoqda. Agar avvalgi uchtasining mantiqiy imkonsizligini isbotlasak to'rtinchisini qabul qilishdan boshqa choramiz qolmaydi. Keling ko'rib chiqamiz. Atomlar hamma narsani yaratgan bo'lishi mumkin emas.

Chunki ular keyinchalik yaralgan. Materiya hali mavjud bo'lmagan holda qanday qilib o'zini paydo qilishi mumkin? Va atomlar jonsiz, aqlsiz, ilmsiz va irodaga ega emaslar. Bunday mukammallikni yaratish uchun ularda na ilm na qudrat bor. Ular hayotni yarata olmaydi, chunki o'zlari hayot emas. Ular olamimizdagi uyg'unlikni yarata olmaydi. Demak atomlar javob bo'lolmaydi. Ikkinchisi. Narsalar ham o'zidan o'zi paydo bo'lolmaydi. Chunki ular o'zini o'zi yarata olmaydi. Masalan bir ona o'zini o'zi tug'ishi mumkinmi? Aytkanimizdek, mavjud bo'lish uchun avvaldan mavjud bo'lishi kerak. Shunday emasmi? Ammo modda abadiy emas. U doim o'zgarib turadi. O'zgaruvchi narsa esa abadiy bo'lolmaydi.

Undan tashqari, atomga qarasangiz, u kuchsiz, ko'rmaydi, bilmaydi, va tirik ham emas. Demak, uni yo'qdan bor qilgan va boshqaradigan, iroda va kuchga to'la, o'zgarmas, abadiy, bilimga to'la o'lmas mavjudot bo'lishi kerak. Tabiat qonunlari ham buni mustaqil ravishda amalga oshira olmaydi, chunki tabiat qonuni jismoniy narsa emas. Bu shunchaki moddalarning ma'lum xususiyatiga berilgan nom xolos. Qizil chiroqda to'xtash bu qonun, lekin qonunning mashinalarni to'xtatishga kuchi yo'q. Qoida hech kimni jazolay olmaydi yoki o'zi mustaqil bo'lolmaydi. Qoidalar o'zidan o'zi amal qilinmaydi, balki majburlik bilan amal qilinadi.

Demak, tabiat qonunlari, agar ularning ortida ongli iroda bo'lmasa, hech narsa qila olmaydi. Demak birinchi uchta javob butkul noto'g'ri. Allohning borligi esa aql inkor eta olmaydigan haqiqatdir. Qizig'i shundaki agnostiklar "Bila olmaymiz" deyishadi. Lekin ular biz yuqorida aytib o'tgan dastlabki uchta variantdan birini qabul qilaverishadi. Atom, tasodif, tabiat qonunlari. Bu sohani chuqurroq bilmoqchi bo'lganlar uchun keling agnostisizmning asosiy g'oyalariga diqqat qilsak. Agnostik fikrlashda uchta asosiy da'vo mavjud. Ularning birinchi da'volari mana bunday. Insonning aqli yaratuvchini borligini bilishga qodir emas. Demak uning borligini bilib bo'lmaydi. Lekin nega? Kim bunday dedi?

Xudo borligini bilish bilan Uning boqiylik kabi barcha sifatlarini to'liq anglash o'rtasida farq bor. Tog`ri emasmi? Albatta, cheklangan ong cheksizlikni to'liq anglay olmaydi, lekin bu biz Uning borligini bila olmaymiz degani emas. Masalan, bir elektr tokining mohiyatini to'liq tushunmasligingiz mumkin, lekin uning mavjudligiga hech qachon shubha qila olmaysiz, chunki uning ta'sirini, yorug'ligini va kuchini ko'ramiz va buning ortida biron bir manbaa bo'lishi kerak, deymiz. Mavjudlikning uch darajasi bor: "vojib" ya'ni zaruriy mavjudlik, "mumkin" ehtimoliy mavjudlik va "mumtani" imkonsiz mavjudlik. Allohning borligi mantiqan zarur va biz buni vojib ul-vujud zaruriy mavjudlik deb ataymiz.

Tasavvur qiling, elektr bo'lmasa televizordagi tasvirni ko'ra olamizmi? Asosiy manbaa yo'qolsa qolganlari ham yo'q bo'ladi. Shunchaki o'chmaydi, balki ishga tushmaydi ham. Xudo barcha narsalarning manbaasi, Usiz hech narsa haqida gapira olmasdik. Tutun olov borligini bildiradi. Soya esa nur borligini. Xat esa o'z yozuvchisi borligini. Rasm esa rassomga ishora qiladi. Bu koinotni yaratish harakatining ham ijrochisi bor, u esa Allohdir. Risoli Nurda ajoyib bir gap bor: "Biror sifat o'zi tasvirlaydigan narsasiz mavjud bo'la olmaydi." Ya'ni, sifat bor ekan u kimgadir tegishli bo'lishi kerak. Masalan dengiz yuzidan nur taralishini ko'rdingiz va negaligini tushuntirishingiz kerak.

Siz yo quyosh nuri tushib akslantiryapti deysiz yoki har bir tomchining o'z quyoshi bor deysiz. Shuning uchun kimdir "Xudoning bor yoki yo'qligini bilmaysiz" desa, u barcha atomlarni Xudo sifatida qabul qilgan bo'ladi. Lekin koinotda aks ettirilgan hayot, rahm-shafqat, donolik, saxovat va boshqa narsalar atomlardan tashqarida bitta Xudoga tegishli bo'lishi kerak. Agnostik falsafasining ikkinchi asosiy da'vosi quyidagicha: Hech narsa jismoniy kuzatilmaguncha yoki ilmiy jihatdan tekshirilmaguncha uning borligi ma'lum bo'lmaydi. Nega? Kim aytdi buni axr? Nega ilm fan faqat tadqiqotlardan kelsin? Biror nimani ko'ra olmasak uni mavjud emas deb yubormaymizku.

Bu shunchaki o'zimizni o'zimiz belgilagan chegaralar bilan cheklash orqali haqiqatni inkor etishdir. Bir paytlar Yevropaliklar barcha oqqushlar oq bo'ladi deb ishonishgan, keyin Australiada qoralari topildi. O'zimizni ko'z bilan ko'ra oladigan narsalar bilan cheklab, keyin esa biror narsaning mavjud emasligini umumiy tarzda da'vo qilish fikrlashdagi jiddiy xatodir. Yo'qlikni isbotlab bo'lmaydi va shuning uchun yaratuvchining mavjudligini inkor etish boshidanoq hech qanday isbotsiz falsafadir, shunchaki bo'm-bo'sh da'vodir. Bundan tashqari, Xudo moddiy mavjudot emas, shuning uchun nega Uni eksperimental sharoitda kutishimiz kerak? Juda ko'p narsani ko'rmasak ham bor deymiz.

Masalan hech kim gravitatsiyani ko'rmagan. Ammo uning efektlarini kuzatamiz, natijasini ko'ramiz va hech bir shubhasiz borligini qabul qilamiz. Yoki bizning qalbimiz, his-tuyg'ularimiz, xarakterimiz, fikrlarimiz, adolat, qonun, axloq, birodarlik, sevgi, mehr-oqibat, rahm-shafqat, saxovat, hasad, bular ham moddiy narsa emas-ku. Lekin ularning mavjudligini hamma qabul qilgan. Shuncha ko'rinmas narsalarni borligiga ishona turib faqat ko'rganimizga ishonamiz deyish to'g'ri bo'ladimi? Xatto mantiqni o'zi ham ko'rinmas narsa. Ikki turdagi bilim mavjud: o'zini o'zi anglash va dedaktiv.

Masalan, sizning mavjudligingizni, ochligingizni, chanqaganingizni, qayg'uli yoki baxtli ekanligingizni bilish uchun tashqi dalillar kerakmi? Yo'q albatta. Bu narsalarni hech bir isbotsiz shundoq ham bilamiz. Ular aniq bilim. Ya'ni hamma narsaga ham ilmiy yondashaverilmaydi. Intuitiv bilim bu bizning tug'ma yo'lboshchimizdir. Odamlar ongsiz ravishda ma'lum haqiqatlarni bilishadi. Masalan odob ahloq qoidalari: birovni sababsiz urish noto'g'ri. Buni shundoq ham bilamiz. Yoki odam go'shtini yeyish noto'g'ri va jirkanch to'g'rimi? Bu bilim bizga tug'ma o'rnatilgan. Yoki mantiqiy ilm: biror nima bir vaqtni o'zida ham to'g'ri ham noto'g'ri bo'lolmaydi. Yoki butun doim qismdan kattaroq bo'ladi.

Buni to'g'ridan to'g'ri bilamiz. Yoki matematik bilm: masalan 5 1dan katta. Yoki tarixiy bilm: Tarix borligini va uni kimlardir yashab o'tganini bilamiz to'g'rimi? Demak ilmiy dalilni keragi yo'q. Bunaqa misollarni ko'pini keltirish mumkin. Odamlar nafaqat tashqi dunyodan balki ichki dunyolaridan ham o'rganadilar. Xuddi shuningdek yaratuvchining mavjudligini ham bilish mumkin. Bu nega imkonsiz bo'lsin? Bundan tashqari ilm fan o'zgarib turadi. U xato qilishi yoki yangicha g'oyalar keltirishi mumkin. Masalan avval ilm fan atom bo'linmaydi degandi, lekin ikkiga bo'lindi. Shuningdek koinotni turg'un ekani aytilgandi, lekin uning boshi borligi va kengayayotgani aniqlandi.

O'zgaruvchan ilmga asoslanib Xudoning borligini inkor etish oxiratning kuyib ketishiga olib keladi va bu mantiqiy ham emas. Aslida, ilm-fan shunchaki Allohning koinotni qanday boshqarishini tushunishga urinishdir. Retseptni topish uni yozgan oshpazni inkor qilish degani emas. Olamning qanday ishlashini tushunish ham shundaydir. Agnostik falsafaning uchinchi da'vosi quyidagicha: Biz Xudoning bor yoki yo'qligini bilolmaymiz, shuning uchun din haqida tashvishlanishga hojat yo'q. Lekin haqiqatni tan olaylik: o'lim haq va u muqarrardir. U ertami kechmi hammaning eshigini qoquvchi haqiqat.

Ishdagi kichik stress haqida ham xavotirda bo'lgan odam o'limdan keyin abadiy azob xavfini qanday qilib e'tiborsiz qoldirishi mumkin? Inson tabiati abadiylikni istaydi, yaqinlaridan umuman ajralishni istamaydi. Onangiz, otangiz va sevganingizni yo'qotish qanday qilib ahamiyatsiz bo'lishi mumkin? Agar biz: "Bu savollarga javob izlash yoki Islomni o'rganishning hojati yo'q. Keling, shunchaki hayotdan zavqlanaylik", desak, o'zimizni o'zimiz aldaymiz xolos. Bundan tashqari inson zoti hayotini hech nimadan havotirlanmay yashay olmaydi. Bu haqiqatdir.

Bir o'ylab ko'ring: uyingizdan tutun chiqyapti va kimdir sizga: "U yonayotgan bo'lishi mumkin", deydi, siz esa: "Bilmasam, balki hadir, balki yo'qdir", desangiz. Yoki yomg'ir quyyapti, kimdir sizga "Uyingni suv bosgandir" desa siz "Bilmasam, balki bosgandir balki bosmagandir. Suhbatni davom ettiraylik" desangiz. Shu javoblar mantiqiymi? Yo'q albatta. Chunki bunaqa vaziyatlarda odamlar shoshib qolishadi, harakat qilishadi. Endi o'ylab ko'ring, yo'qdan bor qilingan bir olam bor. Yaratuvchisi bo'lishi kerak va so'zlari vaqt sinovidan o'tgan payg'ambar ham bordir. Endi sizga abadiy do'zax borligining xabari berildi. Lekin mana bunday javob eshitdingiz, "Bilmasam, balki bordir balki yo'q.

Menga baribir, yashayveraman." Video davomida biz ko'plab asosli dalillarni keltirdik. O'zi bitta misol ham yetarli, lekin muammoni oydinlashtirish uchun hammasini tushuntirdik. Aslida, birgina asosli dalil Islomni qabul qilish uchun yetarli. Nega? Masalan, xavfdan panoh vazifasini o'taydigan yuzta eshikli saroyni tasavvur qiling. Tashqarida qolishning hech qanday foydasi yo'q. Tashqarida esa cheksiz azob uqubat yotibdi. Saroy eshiklaridan bittasi ochilib qolsa nima qilardingiz? O'sha bitta eshikdan kirib ketardingiz a? Chunki ichkarida havfsizlik va himoya bor. Islomda esa minglab eshiklar ochiq. Nega inson unga kirishni istamaydi?

Undan tashqari butun koinot Allohning mavjudligini isbotlab turibdi. Shunchaki unga diqqat bilan samimiy nigoh tashlasak kifoya. Ruhimizning mavjudligi. U qayerdan paydo bo'ldi? O'zida ruh bo'lmagan atomlardanmi? Yoki koinotni boshqaradigan qoidalarmi? O'zi bu qoidalar nima? Yoki aniqlashtirilgan dalillarmi? Bu Allohning borligiga aniq ishora qilmaydimi? Bundan tashqari, Payg'ambarimiz savodsiz bo'lishlariga qaramay, ehtiyoj, imkoniyat va cheklov, hamkorlik, maqsad dalillar, Qur'ondagi ilmiy va adabiy, tarixiy, ijtimoiy mo'jizalar orqali asrlar davomida qimmatli bo'lib kelgan yechimlarni keltirdilar. Bu ham Allohning borligini ko'rsatadi. Qaror qabul qilmay turishning ilojisi yo'q.

Xo'sh, xayoliy noaniqliklar bilan band bo'lish oqilona qarormi yoki aql va qalb birlashadigan haqiqatga, yani Islomga qadam qo'yishmi? Hayot bir ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi. Bir kuni u to'satdan tugab qoladi. O'sha kun kelganda sizda hech qanaqasiga "Bilmayman" deyishga uzr qolmaydi. Nafas olayotgan ekansiz hozir fikrlash payti. O'zgaring. Agar abadiy hayot haqida gap ketayotgan bo'lsa, eng katta imkoniyatga ko'z yumish qanchalik oqilona qaror? Rostan ham bo'lsa-chi? Sizni yaratgan zot sizni kutayotgan bo'lsa-chi? Sizni sevuvchi, sizni yaxshi biluvchi va kechirishga tayyor Xudo bor bo'lsa-chi? Unda o'zingizga bir yaxshilik qiling. Haqiqatga tik boqishga qo'rqmang.

Agnostitsizm sizni o'sha saroy eshigi ostonasida turishingizni xohlaydi. Lekin agar siz bir qadam oldinga tashlasangiz dunyoga nega kelganingizning asl sababini tushunib yetasiz. Ixtiyor o'z qo'lingizda.
