# Mashhur Jurnalistning Islomni Qabul Qilishi Tarixi! @laurenboothUK

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/the-story-of-the-famous-journalist-who-converted-to-islam-at-laurenboothuk
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=O5fbyEV36pU
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Islom haqida birinchi marta qayerdan eshitgansiz? Islomni qabul qilish yo'lidagi oxirgi qadamingiz qanday edi? Oila a'zolaringiz bunga qanday munoosabat bildirishdi? Men liftda ketayotib, "Xudoyim, qurolli ulkan arab, yanada kattaroq arab qurol bilan keyin esa oq tanli ayolni o'ldirdi" deya o'yladim va bu hayollar miyamga boshqa bir hayolni berdi, "Biz keyinroq oq tanli ayolni o'ldiramiz." Va men "Yo'q, men hech qanaqasiga musulmon bo'la olmayman, faqat men emas." dedim. Qur'onni yopdim va "ey xudoyim, yaxshi odamlarni aqldan ozdiradigan kitob.", deb o'yladim. Assalomu alaykum, singlim Louren, taklifimizni kabul qilganingiz uchun rahmat. Sizni bu yerda ko'rib turganimizdan mamnunmiz.

Louren But kim degan savol bilan boshlamoqchiman. O'zingiz haqingizda qisqacha aytib bera olasizmi? Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mening ismim Louren But. Men jurnalist, yozuvchi va aktrisaman. Men 1967-yil Londonning shimoliy qismida, Hempsted shaxrida tug'ilganman. Onam model, otam esa aktyor bo'lgan. 20 yoshimga qadar Londonda yashaganman. Men aktyorlikka o'qir edim. katta orzuyim Gollivudga borish bo'lgan Shunday qilib, 7 yillik aktyorlik faoliyatimdan so'ng, 1997-yil jurnalist sifatida qayta o'qidim. Shuningdek, televidiniyada va "sky news"da chiqa boshladim men asosan jurnalistika soxasida edim.

"kundalik pochta" kabi nashriyotlarda ishlaganman. Buning uchun meni muhokama qilmang. "Yakshanba habari" Men BBC va 5 - kanalga o'xshagan ko'plab teleko'rsatuvlarda va radio ko'rsatuvlarida ham boshlovchilik qildim. Alhamdulillah Shundday qilib, 2010-yilda Islomni qabul qildim. Va bu, Falastinga bir qator sayohatlar, u yerdagi odamlar bilan uchrashuvlar va avval jurnalist, keyin esa activist sifatidagi faoliyatimdan so'ng sodir bo'ldi. Islom haqida birinchi marta qayerdan eshitgansiz? O'ylashimcha, men birinchi marta 2001-yilda, 11-sentyabr voqealaridan keyin islom diniga e'tibor qaratganman.

Egizak minoralarga samolyotlar urilayotgan kadrlarni ko‘rganimni eslayman, o'sha paytda men yosh bola bilan o‘tirgandim, uchun qaysi kambag'al davlat pul to'lashi kerak deb o'ylab qoldim Mening hayolimda, men sotsialist edim va G'arb hokimiyat uchun ma'lum odamlar bilan urushayotganini tushundim. Menimca Amerika ushbu hodisaga aloqasi bo'lmagan qandaydir qashshoq davlatni tovon to'lashga majbur qilmoqchi edi. Bingo, Afg'oniston. Nahotki, islom G'arb uchun tahdid solgan bo'lsa, axir u 1400 yildan beri mavjud va milliardlab odamlar unga ergashgan. Ular shunchaki G'arbni mag'lub qilishi mumkin edi.

Axir, kichik bir guruhning ishi uchun tushuning, butun boshli musulmon olami javobgar bo'la olmaydi. Bu nima degani? Bu musulmon xalqiga ta'sir qilish uchun siyosiy qaror edi. Buning ortida nima turganini esa tushunmasdim. Yuragim qaridan bu narsani tushuna olmasdim. Siz jurnalist sifatida Falastinda ko‘p marta bo‘lganingizni bilamiz. Nega aynan u yerga borishga qaror qildingiz? Men bir qo'lni, orqamda ko'rinmas bir qo'lni his qildim, u meni Falastinga olib bordi. Buni tushuntira olmas edim. Men arab tilida gapirmasdim, birorta falastinlikni tanimasdim, lekin, haqiqatdan bir qo'l meni u yoqqa yetaklayotganini his qilardim, "Falastinga bor, Falastinga bor." degan ovozni eshitardim.

So'ngra, men o'zimni tayyorgarliksiz G'arbiy sohilda ko'rdim. Falastindagi hayotiy tajribangiz haqida aytib bera olasizmi? O'ylashimcha, Iso alayhissalomning ortidan borish va buni tushunish juda muhim va men uchun qiziqarli edi. Bu menga xuddi hajga borgandek tuyuldi. Hamma joyda shunday ovozlar: "Ey, Xudoyim, Iso (a.s.) shu yerda bo'lgan bo'lishi mumkin". Bu esa ajoyib. Men hech qachon Iso alayhissalom xochni ko'tarib yurgan Quddusga borishimni tasavvur qilmagandim. U yerda men muqaddas qabrga borishim kerak edi.

"ey xudoyim, bu yerda Iso (a.s.) bo'lgan." "Bu juda ajoyib." "Va bu rostdan sodir bo'ldi." Ammo men yaqin Sharqda bo'lgan barcha nasroniylar yashaydigan joylarda musulmonlarni ko'rganim meni juda chalkashtirib yubordi. Masalan, Iso alayhissalom mohovlarni o'ldirgan joy Livandagi g'or bo'lib, uning yaqinida cherkov joylashgan. Uni ochgan odam esa musulmondir. Men undan, "Nega bu yerning kalitlari senda?" deb so'radim. U esa, "Bu kalit avlodlar davomida mening oilamda bo'lgan.", dedi. Men esa, "Oilangiz kalitni nasroniylardan o'g'irlanganmi?, Balki, ular kalitni qo'lga kiritish uchun nasroniylarni o'ldirgandir.", deb so'radim. U esa, "Senda bu haqida yetarli ma'lumot yo'q ekan.", dedi.

"Yo'q, nasroniylar uni bizga ishonadi, chunki Iso (a.s.) haqida biz ham qayg'uramiz." Ha, birinchi marta bunday holatni ko'riishim edi. Men unga, "Iso (a.s.) sizning payg'ambaringizmi?", dedim. Musulmonlar ham u haqida ko'p narsalarni bilishadi shekilli. ikki hafta davomida sayohat qildim, Yaqin Sharq haqida bilganimning hammasi yolg'on ekanligi meni hayratga soldi Sizda islomga nisbatan noto'g'ri tushunchalar bo'lganmi? Agar bo'lgan bo'lsa, qanday xalos bo'ldingiz? Mahmud Abbos bilan uchrashmoqchi bo‘lganimda, bu meni partiyalar haqida yozadigan g'arblik jurnalistligim, va "ey xudoyim, katta qurolli arab", degan vaqtlarim edi.

Eslayman, keyinroq liftda ketayotganimda bir arab keldi va *Arabcha taqlid* qildi. u ortimdan kelib arabchada... mening qulog'imga shunday eshitildi. Mening aqlim esa uni so'zlarini katta harflarda "Biz keyinroq oq tanli ayolni o'ldiramiz", deya tarjima qildi. To'g'ri. Va men tushundim, "ey Xudoyim". Men bu yerga keladigan darajada adolatli odam emasdim. Menda mutlaqo noto'g'ri fikr bor edi. Men falastinlikdan ko'proq qo'rqaman, men qurolli isroillikdan ko‘ra qurolli falastinlikdan Nima sababdan? Ularni ikkalasini ham tanimayman. Xullas, nohaqligimni tan olishim kerak edi. Ammo bu mo'jiza edi.

G'arbiy sohilda 72 soatni yolg'izlikda o'tkazganimdan keyin har qanday ayol, bola yoki erkakni himoya qilish uchun jonimni berardim, chunki men ularda ko'rgan sevgi, mehribonlik, bular hammasi ularning dini ekanligini tushundim. Sizda unutib bo'lmaydigan xotiralar bormi? 2005-yilgi safar yakunida men barcha esdalik sovg‘alarimni tayyorladim va men bilan birga xarid qilayotgan yigitdan “Iltimos, menga ingliz tilida Qur’on topib bera olasizmi?” deb so‘radim. U esa, "Yaxshi, lekin, bunday kitob yozilgan deb o'ylamayman", dedi. Nima uchun kimdir Yaqin Sharqning kichik dinini tarjima qilishi kerak? Nega ular ingliz tiliga tarjima qilish bilan ovora bo'lishlari kerak?

uni topishidan umid qilmagan edim. Va u "Quran Inglizi, "Quran Inglizi", deya qidira ketdi, va qaytib keldi. Qo'lida ingliz tilidagi qur'on bilan, men esa, "Ajoyib!" dedim. Keyin qarasam, 600 sahifaga o‘xshaydi. Men buni hech qachon o'qiy olmayman deb o'ylayman. Keyin, men Qudduslik yosh yigitdan "Sizdan qancha qarz bo'ldim", deb so'radim. Chunki, u men bilan do'kon aylangan edi. Va u shunday boshladi, "Bu 100, ... va 50..." "Ah, hozir meni aldaydi", deb o'yladim Shunday deyishga tayyor turgandim. Keyin u, "Bo'ldi unuting. umuman qarzdor emassiz.", deb qoldi. Nima? sizdan iltimosim, ketganingizdan so'ng Falastin haqida unutmang. Biz haqimizda ham unutmang.", Ha, subhanAllah.

bu haqiqatda ta'sirli Siz uchun Falastindagi eng hayratlanarli voqea nima bo'ldi? Misol uchun, men borgan payt yanvar oyi edi, yaqin Sharqda bu oy sovuq bo'lishini bilmagan edim, shuning uchun meni issiq kiyimlarim yo'q edi. Men Ramallah ko'chasida yurganimni eslayman. Bir hijobli kampir menga qaradi va arab tilida nimadir dedi. Va u birdan mening qo'limdan tutdi, men "Kampir meni tunamoqchimi", deb o'yladim. U menga boshimdan oyog'imgacha razm solib qaradi, so'ng uyiga olib bordi, shkafni ochib katta paltoni oldi va menga kiydirdi, so'ngra "Yallah", dedi. Men esa, "Nima uchun?", dedim. U o'z raqamini yozdi va "siz so'ragan narsa mana", dedi. Men esa, "Nima?", dedim.

Men shunchaki paltoni kiyib ketishim mumkin edi. Uning shkafida palto bo'la turib ushbu shaharchada sovuq qotayotgan odam bo'lishiga chiday olmas edi. Men nima deyotganimni tushunyapsizmi? Allahu Akbar. Qayerga bormay, shunday yumshoqlik, sizga faqat yaxshilik ravo ko'ruvchi insonlar. Meni hayratlantirgan narsa shuki, men o'sha paytda fransuzcha uy, fransuzcha ombor qurayotgan edim. Menda basseyn va 4 kv m maydonga ega bog' bor edi. chiroyli farzandlarim, ajoyib turmush o'rtog'im va hamma narsam bor edi. Lekin, nimadir noto'g'ri bo'lsa, ichimdan bezovta bo'lar edim. agar o'z ishimdan mamnun bo'lmasam, butun uy ostin-ustun bo'lar edi. "ey xudoyim, men stresdaman.

Men stresdaman." Bilasizmi, Hamma narsa mukammal bo'lishi kerak, yo'qsa men hotirjam bo'la olmas edim. Bu odamlar, askarlar o'ldirilgan bolalar, bosqinchilar tarafidan olib qo'yilgan uylar... Shunchaki, har kuni o'z hududlariga bo'lgan e'tiborsizlik va zulm, ular esa "Assalomu alaykum". "Salomatmisiz?" "Bizning taomimizdan oling.", deydilar. ularda... hotirjamlik bor edi. nega bunday sahiysizlar? "Nega bu ishlarga rozisizlar?", deb so'radim. Ular esa, "Bu qur'on sababli.", deyishadi. "Alloh hammasini bilib turguvchi." Shunday qilib, Islomga bo'lgan qiziqishni qachon his qildingiz?

Esimda, 2008-yilda musulmon bo‘lmagan odamlar bilan qamal ostida qolganman, ular esa hozirgacha qamalda Auzubillah, Ramazon edi, guvohi bo'ldimki, odamlar kambag‘al bo‘lsalar ham, bir-birlari uchun yaxshilik qilyaptilar. Xullas, bir kuni hayrli ish sifatida Rafah qochqinlar lageridagi bir oilaga qo'zichoq olib borishni niyat qildim. Va bu ehsonni qochqinlar lageridagi musulmon oilasiga olib bordim. Ona eshikni ochdi, "Tafaddhal, Salam alaikum!" Xona yorug'lik va nurga to'la edi. Ular kichik bir xonada yashar edilar. Ichishga va yeyishga hech vaqosi yo'q edi. Men undan "Nega ro'za tutyapsiz?" deb so'radim.

Yana aytdimki, "Menimcha, xudoyingiz sizni yaxshi ko'rmaydi." "Buni aytganimdan afsusdaman. "Nega u siz g'azoliklarni 30 kun tashna qiladi?" 31-kun sizlarda suv bo'ladimi?" U esa, "Yo'q, bizda suv yo'q dedi." Men, "xo'sh keyinchi?" "Sizlar G'azoda 30 kunni suvsiz o'tkazasizlar. Nima, 31-kuni muzlatkichingiz ovqatga to'lib qoladimi?" deb so'radim. U esa, "Yo'q, to'lmaydi." menga ro'za tutishingiz uchun bitta yahshi sabab ayting dedim U esa, hech vaqosi yo'q xonada bo'la turib, "Men kambag'allarni eslash uchun ro'za tutaman.", dedi. Ana o‘shanda o‘yladim, agar bu Islom bo‘lsa, musulmon bo‘laylik.

Chunki xudoga ishontirgan va shunday kunda sizga hech narsa bermasada undan minnatdor bo'lishingiz iymon bo'lsa. bir kosa ovqatingni begonaga beraolsang! ey xudoyim, ajoyib. Aslida, shunday bo'lishi kerak. Ular sizga qur'on berishganini aytdingiz, keyin nima bo'ldi? Siz uni o'qidingizmi? Xa, menga muqaddas qur'on kitobini sovg'a qilishdi, farzandlarim ishda paytida uni ochdim va birdan o'ylab qoldim, "qo'llarimni yuvib olishim kerak." "Men bilaman, ular qo'llarini yuvadilar." uni ehtiyotkorlik bilan oldim bu mening yozuvim emas balki, bu oyat edi. Shunday qilib uni hurmat bilan o'qiyman. Fotiha surasini o'qidim va "Yaxshi, bu xudoning duosiga o'xshaydi", deb o'yladim.

Va unda "Yolg'iz xudoga ibodat qiling, yolg'iz Undan so'rang, yolg'iz Unga rahmat ayting. Yomon bo'lmang, yaxshilik qiling." deyilgan Men yaxshiman. Al-Fatiha surasi ajoyib edi. Bu mening nasroniylik e'tiqodimga mos edi. Keyin esa Baqara surasiga keldim. Unda aytilishidan oldin tushunasiz, "Va odamlardan "Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik", deydiganlar bor. Holbuki, ular mo'min emaslar." Aytmoqchimanki, u yerda meni ikkiyuzlamachilikka chaqirib, do'zaxga borishim aytildi. Men Xudoga ishonardim, lekin hech narsa qilmas edim, yomon qarorlar qabul qilardim, yaxshi odam bo'lmaganman, ibodat qilmas edim va bu haqda havotir olmasdim, yolg'on ham gapirardim.

Men qur'onni yopdim va o'yladim, "ey xudoyim." Tanam muzlab ketdi. Kun issiq edi, lekin, juda qo'rqinchli. Va qur'on daxshatli tuyuldi men uchun. Men uni oldim va javonning yuqori qismiga qo'ydim, "Qoyil, odamlarni aqldan ozdiradigan kitob." Xudoni oldin bunchalik g'azabli holatda uchratmagan edim, Musulmonlar sizni davat qilishganmi? Sayohatim davomida haqiqatdan ham da'vat qilishgan Menga juda yaxshi munosabatda bo'lgan bir guruh odamlar bor edi. Somali taksi haydovchilari. Ular yanglishishmaydi Ular o'yin qilib o'tirmaydi. Ular meni da'vat qila boshladilar. Men "Assalomu alaykum", der edim. Falastinda bo'lganman va bu salom ma'nosini anglatgan.

"Vaalaykum assalom, musulmonmisiz?" "Yo'q, lekin qiziqyapman." "ey xudoyim. Ehtiyot bo'l, chunki sen buning ortidan jazolanishing mumkin bu yerda." Haydovchingizdan xutba olasiz. Bu menga juda yoqdi. Ular aytishlari mumkin, "Payg'ambarimiz (s.a.v.) Oisha (r.a.) onamizga aytar edilar." Men ulardan 1400 yil oldin Arab sahrosida yashagan, o'qish va yozishni bilmaydigan, lekin odamlarga o'zlarini va dunyoni o'zgartirishni o'rgatgan ajoyib odam haqida bilib oldim. Va men Muhammad (s.a.v.)ni sevib qoldim. Islomni qabul qilish yo'lidagi oxirgi qadamingiz qanday edi? Taxminan 2007-yilda Islomiy kanalda ish taklif qilishdi, chunki men Falastin va Iroq xalqi uchun adolatni himoya qilgandim.

Islom kanalidan Muhammad Ali menga ish taklif qildi va men “bir-ikkita shartim bor”, dedim. "Birinchisi, menga islom haqida gapirmaysan." "Bilaman, bu juda yoqimli, sizlar esa juda yaxshi odamsizlar. Lekin bu men uchun emas." "Ikkinchidan esa, televideniyangizda hijob kiymayman." "Chunki bu narsa ayollarni kamsitadi va boshqaradi, deb o'ylayman, va men ikkiyuzlamachi bo'lishni xohlamayman." U aytdi, "Alloh hal qiladi siz musulmon bo'lasanmi yoki yo'q." "Bu mening qo'limda emas." Men esa: “Yo‘q, men musulmon bo‘lishim mumkin emas, buning umuman iloji yo'q.”, dedim. Muhammad Ali "sen musulmon bo'lishing mumkin.", dedi. Men, "Bunday bo'lmaydi.", deb aytdim.

U javoban, "Alloh bilguvchidir.", dedi. Men esa, "Yaxshi.", deb qo'ya qoldim. Yana so'radim, "Xijob nima bo'ladi?" U, "Mayli, hijob kiymang, lekin iltimos, yopiqroq kiyim kiying va biz buni qabul qilamiz.", dedi. Shunday qilib, men dunyo bo'ylab sayohat qila boshladim, ma'ruzachilar, shayxlar bilan suhbatlashdim, ko'proq musulmonlar va Islom haqida gapiradigan odamlar bilan uchrashdim. Men 2010-yilda muxbir sifatida Al-Kurd davlat mitingini reportaj qilish uchun jurnalist sifatida Eronga bordim. Bu doim meni Falastin bilan bog'laydi. Shunday qilib, men Eronda edim, uzoq safardan so'ng biz sayohat qildik, bu paytda Ramazon vaqti edi. Va men masjid ichiga kirdim.

u yerga kirganimda, “Yaxshi”, men to‘liq tahorat olgan bo‘lishim kerak, deb o'yladim va men bilan birga sayohat qilgan do‘stim bilan tahorat oldim Ostonadan o‘tganimdan so‘ng, shunday deya duo qildim: “Yo Alloh, menga bergan hamma ne'matinga shukur, sendan boshqa hech narsa so‘ramayman,chunki sen menga juda ko‘p ne'mat berding, iltimos, Falastinni o'zing qo'lla." Keyin atrofga qaradim va yashirincha axborot berishga ketdim. Menda iPhone bor edi va men: juda soz deb o'yladim. Siz Ramazonda Eron ziyoratgohidasiz. Sizda ajoyib hikoya bor. Siz uni butun dunyo bo'ylab sotishingiz mumkin. Ya'ni, men diniy yoki ruhiy holatda emasdim. "men musulmon bo'lishni xohlayman" deydigan kayfiyatda emas edim.

men tanishib va yashirin suratga olmoqchi edim xolos ammo asosiy maydonga kelganimizda, o'tirib qoldim va xuddi tinchlik sharsharasi ostida o'tirgandek bo'ldim. Go'yo meni har qanday tashvishlar tark etgan edi. Qalbim butkul hotirjamlik qarida edi. Hatto o'z ismimni ham unutayozgandim. Men mutlaqo Louren But emasdim. Nima bo'lishidan qat'i nazar, o'sha ijod, o'zini hurmat qilish, bema'ni tuyg'ular, hammasi yo'q bo'lib ketdi. Bu eng yaxshi tuyg'u edi, men sokinlikni istadim. Shunday qilib, masjidda tunab, ertalab tahorat oldim va bomdod namozini o'qidim.

Men o'sha paytda qalban musulmon ekanligimni Xudoning yagonaligi, va Muhammad (s.a.v.) payg'ambar ekanligini 100% angladim Va keyin nima sodir bo'ldi? Atrofingizdagi odamlar bunga qanday munosabat bildirishdi? Shahodat keltirmay Londonga samolyotga chiqishni istamadim, parvozim tongi soat 6 daligi sabab buning uchun hechkimni topa olmadim va men Londondagi masjidga kirdim. Bilasizmi, nima? SubhanAllah, shahodat keltirganimda “ashhadu..." Og‘zimdan sement plitalari tushganday bo‘ldi. Tilimdan chiqib ketayotgan tillalardek, "ashhadu alla ilaha illalloh" Zilzila bo'lgandek edi, "ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu" Va men yerga yiqildim. Ajoyib. Hammasi bir lahzada sodir bo'ldi.

O'zimni birdan katta paxta to'pga tushgandek his qildim. Bu huddi momiqdek paxtaga o'xshardi. U juda mayin edi. Va hamma narsa uzoqlashib ketdi. Ertasi kuni bolalarimni maktabga olib ketayotganimda ular oldimdan yugurib o'tib ketishdi va men ham sekin uydan chiqdim. Birdan, "Hijobingni olmading.", degan fikr keldi. Yana bir fikr, "Qo'ysangchi, axir Eronda emassanku", deyotgan edi. qalbim esa:"Hijobing yo'q, hijobing yo'q, yalang'ochsan." uyimning old eshigidan chiqa olmay qoldim. Men borib, kimdir menga sovg'a qilgan sharfni topib, uni qandaydir g'alati, noqulay tarzda kiyishim, qizlarni esa ro'molda maktabga olib borishim kerak edi.

Qizlarim, "Onajon, nega hijob o'rashimiz kerak?", deya so'rashardi. Men ularga, "Axir sovuqku.", deb javob berdim. Ular qarshilik ko'rsatib, "Havo issiq.", deyishdi. Men "Nima bo'lsa ham, borib o'ynaysiz, o'rmonga borasiz.", dedim. Men maktabga kelganimda, yahudiy yilnomasida ishlaydigan otalardan biri shunday dedi, "Xa, bu katta yangilik". Men unga, “Nimasini aytasiz, men hozir juda qiyin ahvoldaman.”, dedim. U esa, "Ha.", deb qo'ya qoldi. Huddi, unga barcha yangi yil bayrami bir vaqtda kelgandek edi. Lekin, men ahamiyat bermadim. Uyga bordim va keyingi 7 kun ichida hammasi tubdan o'zgardi. Men ibodat qilishni hohlardim. Allohga nola qilishni istardim.

Boshimni huddi musulmonlardek yerga qo'ydim va ikkita narsani tinmay takrorladim. Men faqatgina "Rahmat" va "Meni kechir" der edim. yana menga bu hayotni va barcha narsani berganing uchun rahmat", der edim. Bilasiz, "Chiroyli qizlarim. Meni muhabbatim, imkoniyatim bor edi, sendan minnatdorman meni kechir deb bir hafta yig'ladim Ammo keyin yana Qur'onni oldim, bu esa qo'rqinchli edi. Xullas, men juma kuni shahodat keltirdim va farzandlarim otasi bilan qoldi, biz ajrashdik va alohida yashay boshladik. O'sha juma oqshomida men, "Yaxshi, ajoyib bolalar...", deb o'yladim.

Shahodat keltirdim, uyga bordim va o'ylab o'tirdim, "Juma kuni tunda yigit do'stimni uyga taklif qilaman" Yo'q, siz bunday qila olmaysiz, axir bu... "Sigaret bering menga." Allohga ibodat qilish va Uning ismini aytishni o'rganganimdan so'ng chekishni ham hohlamay qoldim. Muzlatgichga yaqinlashganimda esa, u yerda vino borligini ko'rdim. O'yladimki, "Bu hayot zerikarli bo'ladi." Haqiqatdan, qiladigan ishim yo'q. Qur'onni qo'limga oldim va pichirladim, "Ey Alloh, bu holatim yakuni hayrli bo'lsin. Yakunida borar joyim jahannam bo'lmasin. noto'g'ri yo'ldan asra. senga ishonaman. Qur'on esa go'yo "Xush kelibsan, qayerda eding?", der edi.

"Xudo seni yaxshi ko'radi." "to'g'ri yo'lni tanlading" Juda ajoyib. Oilangizni sizga nisbatan munosabatlari qanday bo'ldi? Oilam musulmon ekanligimni bilishsa, katta janjal bo'lishini o'yladim, onam juda qattiqqo'l edi, u jinnilarga aqldan ozganlarga qo'shilibsan terrorchi bo‘lasanmi?” dedi. U ko'p narsadan qo'rqar edi, men esa, inshaAlloh, yaxshi farzand bo'ldim. Men onamning hayoti so'ngida uni yanada yaxshiroq ko'rishga, barchasini to'g'rilashga intildim. Otam esa, shunchaki qo'rqar edi. "ozod ayol sifatida nega bunday kiyinishing kerak?" "Nega erkak kishiga buni o'zinga kiydirishiga ruxsat berding?" "Chunki xudo buni kiyishingni hohlamaydi.

Erkaklar buni kiyishingni aytishgan." Men esa, "Men buni xudo uchun kiydim, hammasi yaxshimi?", dedim. Dadam esa, "sen baribir xudoning oldiga borishing mumkin. lekin bunday borishing shart emasku.", dedi. U mening nikohimdan havotirda edi. "Sen xizmatkor bo'lasanmi?" Bilasanmi, "Sen xizmatkor bo'lishing mumkin." yana u "Mening barcha qizlarim kuchli ayollardir." Men unga, "Siz buni tushunmaysiz.", dedim. Lekin subhanolloh, dadam bilan o'lim to'shagida gaplashib oldim. SubhanAllah, men unga Fotihani o'qib berdim, uning qo'llaridan ushlab, ko'zlariga boqib Allohga bo'lgan sevgimni va ma'naviyatni u bilan bo'lishdim.

Otam xudo bitta, Muhammad (s.a.v.) xudoning oxirgi payg'ambari, va Iso (a.s.) ham payg'ambar ekanini aytdi. Shunday qilib... Alloh hamma narsani bilguvchidir. U bularni arab tilida aytmadi, men esa majburlamadim. Lekin u menga doimo: “Bir Xudo bor, Iso (a.s.) payg‘ambardir”, deb aytar edi. Men esa: “Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarlar ichida eng , dedim. U esa: ha, men bunga ishonaman dedi. Otam vafotidan so'ng tushimga kirdi, u kishini uch imom yuvayotgan edi, undan esa nur taralardi. InshaAllah. Siz o'sha paytda ingliz yangiliklar kanalida ishlar edingiz. U yerda nimalar sodir bo'ldi? Sky Newsga hijobda birinchi kuni ertalab borgan holatim kulgili edi.

Chunki, mijozlar darslarini o'zlashtirgan. Studiyaga kim kirishidan qat'iy nazar... Lekin hammaning, "Yo xudoyim, ko'rdingmi..?", degan gapini eshitasiz. Odamlar yonidan o'tkaningizda, "Salom, Louren", deyishadi, o'tib ketganimdan keyin esa nima bo'layotganini sezardim. Ikki kundan so'ng, qo'ng'iroq qilishdi: "Louren, biz o'zgartirish kirityapmiz". "Bizga sizning ishingiz kerak emas" Aloqa tamom. Mening ularga keragim yo'q edi. Endi hijoblar Sky Newsdami? Ha, mashalloh. Hijob endi yangiliklardami? Huddi shunday. Yangiliklarda hijob bo'yicha tushgan murojaat ko'rganmisiz? Hech bo'lmasa bir marta. Endi bu dunyoviy kurash edi.

Chunki agar Islom dini sizning e'tiqodingiz, Alloh sizning Robbingiz ekanini qabul qilsangiz, media me'yorlariga ko'ra, siz asabiy va tushkunlikka tushgan hisoblanasiz. Men esa bunday emasligini yaxshi bilaman. Qanday qilib ular sizni hayotingiz o'rtasida: "Xayrli tong, hammaga. Mening ismim Louren But, men Allohning yagona ilohligiga va Muhammad (s.a.v.) oxirgi payg'ambar bo'lganiga ishonaman", deb fikrlaydigan, aqlli, ishonchli inson sifatida ko'rsatishlari mumkin. "Ob havoga qarab", bilasizku. Bunday qila olmaysiz.

Ular hijob kiygan jigarrang odamlarni taklif qilishi mumkin, chunki bu "ularning an'anasi hisoblanadi." Lekin siz asosiy oqimdan bo'lsangiz, Xudo va Islom haqida, va musulmon dunyosiga qanday munosabatda bo'lishimiz haqida gaplashmasdan buni qanday qilib normallashtirish mumkin? Men shu suhbat uchun keldim va qabul qilaman. Alhamdulillah qabul qildim. Sizning hayotingizda islom bilan tanishgan va hayotini o'zgartirgan odam bormi? Men bir necha yil oldin Qatardan qaytayotgan samolyotda qarshimda alkogol hidi anqib turgan jilet kiygan britaniyalik erkakga duch keldim shunda ichimda, "Iltimos, xudoyim, men bu odam bilan 4 soat o'tirmoqchi emasman." Mening biletim 21G, uniki esa 21F edi.

Biz yonma-yon ketyapmiz va men u haqida unutishim kerak. U esa menga huddi jirkanch narsaga qaraganday qarab turibti. Ovqat olib kelishdi, u, "Men ichmoqchiman, aroq yoki pivo olib keling dedi ishtaham bo'g'ildi. Men faqatgina suv ichdim va Ey Allohim, meni kechir, bu hayotimdagi eng yomon parvoz" deb o'ylayman. "Suv hohlaysizmi?", dedi. Xuddi men ingliz tilida gapir olmaydigandek. "katta Rahmat", dedim. "Mayli, men unga biror bir yaxshi ish qilishim kerak.", dedim. unga qarab: pishloq hohlaysizmi? dedim U esa, "Rahmat "Qayerdansiz?", deb so'rab qoldi. "Birodar, men Londondanman, o'zingizchi?" U esa ajablanib, "Nima?" "Siz? Shunday kiyim bilan Londondan?" U o'girilib g'alati bir ish qildi.

U joyida o'tirar va birdan turib ketardi, "Uzr, uzr, uzr" Men undan "Hammasi yaxshimi?", deb so'radim. "Ha, men siz haqingizda daxshatli narsalar o'ylagan ekanman, meni kechiring deb uzr so'radi "Siz bu gapni aytmadingiz. Maylimi? Xullas, hammasi joyida xavotir olmang, dedim. Qisqasi, 4 soat suhbatlashib ketdik. Bilishimcha, u depressiyada va yashashni hohlamaydi. U yomon odam. Men uni tinchlantirib, "Bunday vaziyatlar har birimizda bo'ladi va biz xudoga ibodat qilamiz", deb aytdim. kimga ibodat qilasiz? va qo'shimcha qildi. bularning hech biriga ishonmayman "Bunday holatda murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan kimdir bor", deb taskin berdim.

U esa, "Ha, menda onamning surati bor, ba'zida unga qarab yig'layman va yordam so'rayman", dedi. Bu 40 yoshlik erkakning dardi edi. "Yaxshi. Onangizning dini nima edi?", so'radim. U esa, "Xa." "U juda ko'p ibodat qilar edi." Yana so'radim, "Onangiz kimga ibodat qilar edi?" U, "Xudoga.", dedi. "Balki, yana shunday holat bo'lganida onangizga emas, u ibodat qilgan zotga ibodat qilarsiz?", deb so'radim. Va birdan uning chiroyi ochildi. "Ha, siz haqsiz, haqsiz. To'g'ri." O'sha payt sumkamda Allohning mehribonligi bilan ingliz tilidagi qur'on bor edi, u kishiga berdim. u esa samolyotdan "Rahmat, rahmat!", deya tushib ketdi. SubhanAllah, odamlar yordamga muhtoj.

Biz bunday insonlar uchun yo'l yorituvchi bo'lishimiz kerak. Biz yosh musulmonlarimizni qo'llab-quvvatlovchi, faxrlanishga arziydigan meroslarni yaratishimiz va nimaga erisha olishimizni ko'rsata olishimiz kerak. Shuningdek, musulmon bo'lmaganlar va shubhasi borlar uchun bu juda yaxshi ko'rsatkich bo'ladi, inshaAlloh. Qilgan va rejalashtirayotgan loyihalaringiz haqida aytib bera olasizmi? Bilasiz, mening katta loyiham musulmonlar dunyoga qanday yondashganini ko'rsatish. Tayyib nima, yaxshilik nima, uni hozir qanday yaratishimiz va hayotimizga qanday tadbiq qilishimiz mumkin? Alhamdulillah.

Tabiiyki, meni hayajonlantiradigan katta loyihalardan biri musulmonlarga bizning merosimiz naqadar buyuk ekanligi va bu haqda fikr yuritib, yana buyuk bo‘lishimiz haqida gapirishdir. Alhamdulillah “Muqaddas yurt izlab” nomli kitob yozdim, va uni Allohning marhamati bilan odamlar tinglashi uchun audio kitobga aylantirdim. Buni onlayn tinglasa bo'ladi. Shunday qilib, men kitobimni asar qilish uchun prodyuser bilan ishladim va biz uni ijro etdik. Bu "Tasodifiy musulmon" deb ataladi. Biz Edinburg Fringe festivalida 900 nafar, asosan musulmon bo'lmaganlar uchun ijro etdik. Zero, men islomni jamiyatga ijobiy namoyon qiladigan tarzda ko'rsatishni yaxshi ko'raman.

Agar sizda dunyodagi musulmon bo'lmagan barcha insonlar bilan gaplashish imkoni bo'lsa shu daqiqalarda ularga nima degan bo'lardingiz? Shunday holatlar bo'ladi, siz uyda o'tiribsiz va nega tirikligingizni bilmaysiz. Sizda qayg'u, yo'qotish va mahzun vaqtlar bo'ladi, lekin o'yin-kulgi avvalgidek ko'ngilga sig'maydi. Sizda og'riq bor, ehtimol nega tirikligingizni bilmassiz, kimdandir yordam so'rashni xohlaysiz, lekin qanday so'rashni bilmaysiz, hamma narsa g'alati va soxtadek tuyuladi. Yaratgan bitta. O'zingizni shunday his qilganingizda, bog'dagi atirgulga qarang, u bizga hid berishini o'ylang.

O'zingizni shunday his qilganingizda, asalarilarga qarang, uning asali qanchalik mazali ekanligini fikr qiling. Shuningdek, bu asal shifodir. Biz uni tomoq og'rig'ida ishlatamiz. Tabiat biz uchun qanday yordam berishini o'ylab ko'ring. Osmondan yomg'ir yog'ishi, daraxt ildizigacha yetib borishi va daraxtdan barglar yoki gullar unib chiqishi, keyin esa biz yeydigan mevaga aylanishi, barchasida biz uchun foyda borligi, naqadar go'zal. Robbingizning mehribonligini va sevgisini his qiling. Louren singlim, mehmonimiz bo'lganingiz uchun tashakkur. Boshqa loyihalarda ham siz bilan yana uchrashamiz Inshaallah. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.
