# G‘or egalari! AI Talqinida— Ular qanday qilib 300 yil uxlashdi? (Ashobul Kahf)

- Language: uz
- Published: 2026-08-17
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/they-slept-for-309-years-the-incredible-story-of-ashab-al-kahf-ai-visualized
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ZkPLWivmPYg
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Siz qorong'u g‘ordasiz. Biroz uxlagani ko‘zlaringizni yumasiz. Ammo siz bu uyqu... siz o‘ylagandan ancha uzoq davom etishini hali bilmaysiz. 309 yil davomida. Bugun biz Ashobi Kahfning sirli qissasi haqida gaplashamiz. "Hamma joyni qidiringlar! Har bir toshning ostini qaranglar!" Bu ertak ham, afsona ham emas. Bu Qur’onning o‘zida zikr qilingan haqiqiy voqea. "Agar ularga nazar solsang, ortingga qarab qochgan va daxshatga to‘lgan bo‘larding." Xo‘sh, bu odamlar kim edi? 300 yildan ortiq davom etgan uyquga olib kelgan voqea nima edi? "Menga aytishlaricha, sizlar boshqa bir zotga sig‘inar ekansiz. Bu qanday Xudo o‘zi?!" Bu qanday xabar ediki hatto Qur’on uni zikr qildi?

Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Keling, Qur’on va tarixiy manbalar orqali bu ajoyib qissani birgalikda o‘rganamiz. Ularni uyg‘oq deb o‘ylaysan, holbuki ular uxlab yotibdilar. Ular o‘ng va so‘l tomonlarga ag‘dariladi. Ularning iti esa ostonada oldingi oyoqlarini yozib yotadi. Agar ularga nazar solsang, ortingga qarab qochgan va daxshatga to‘lgan bo‘larding." Ha, bu tarixdagi eng ta'sirli voqealardan biri bo‘lishi mumkin. Ammo bu odamlar kim edi? Boshqa bir oyatda Alloh aytadi: "Biz senga ularning xabarini haqiqat ila hikoya qilib bermoqchimiz. Ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir va Biz ularga hidoyatni ziyoda qildik." Bu voqea Islomdan oldin bo‘lgan.

Payg‘ambar (s.a.v.) hali yuborilmagan edi. Nasroniylik ham hali batamom buzilmagandi. O‘sha paytda Rim imperiyasi ko‘pxudolik e’tiqodiga ega edi. Ularga qo‘shilmagan va Allohga ishonganlarni ham shafqatsizlarcha jazoladilar. Jazolardan biri xochga mixlash edi. Ba'zan esa odamlarni tiriklayin yoqishardi. Shunga qaramay, Iso alayhissalomning haqiqiy izdoshlari, hali ham bor edi. Ular Allohning mo‘jizalariga imon keltirgandilar. Ularning aksariyati nochor, kuchsiz va himoyasiz odamlar edi. Lekin hammasi ham nochor emas edi. Ba'zilari boy, ba'zilari esa hokimiyat egasi edi. Ularning ayrimlari bu qissaning bosh qahramonlaridir. Bir guruh yigitlar Rim imperiyasida yuqori lavozimlarni egallagandi.

Ular Allohga imon keltirishsa-da buni yashirishardi. Mo‘minlarga qilinayotgan zulmlar ularning qalbini og‘ritardi. Ular chora izlashni boshlashdi. Qamchining zarbasi ularga ham tegayotgandek edi. Ular nimadir qilishlari kerakligini bilishardi. Ammo nima qila olishardi? Qo‘llaridan nima kelardi? Ular ojiz holda kuzatishardi. Chunki ular imperatorga qarshi chiqadigan darajada kuchli emas edi. Agar gapirishsa, o‘zlariga nima bo‘lishini bilishmasdi. Boshqa muammo ham bor edi. Bu yigitlar bir-birlarini ham tanishmasdi. Ular turli kunlarda, turli joylarda imon keltirishgandi. Hech biri boshqalar ham imonli ekanini bilmasdi.

Ularning har biri rimliklarning butparast marosimlaridan yiroq yurardi va ularda qatnashmasdi. Tez orada ular bir-birlarining Allohga iymon keltirgan birodar ekanliklarini bilishdi. Ularning butlarga sajda qilmasliklar sir bo‘lib qololmasdi. "Qirolim, ular marosimni tark etganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Ular xudolarimiz uchun o‘tkaziladigan muqaddas marosimlarning hech birida qatnashmaydi." "Bu xudolarimizga nisbatan og‘ir haqoratdir! Ularni zudlik bilan huzurimga keltiring!" U yerda, taxt zalining sovuq marmar polida, bu yigitlar yelkama-yelka turishardi. Bir-birlariga begona bo‘lsalar-da, qalblaridagi bir xil ko‘rinmas olov ularni birlashtirib turardi.

"Menga aytishlaricha, sizlar boshqa bir zotga sig‘inar ekansiz. Bu qanday Xudo o‘zi?!" Faqat sukunat hukm surardi. Ilk bor ular bir-birlariga nazar tashlaganlarida, o‘zlarining yashirin haqiqatlari aksini ko‘rishdi. Qo‘riqchilar tayyor holda buyruq kutishardi. Imperator esa ularning titrashini yoki rahm-shafqat so‘rashini istardi. Ammo bu mo‘min yigitlar qo'rqishmasdi. Rimning qudrati endi ularning qalbidagi haqiqat oldida arzimas ko‘rinardi. Bu haqiqatni oshkora aytish vaqti edi. Ulardan biri imperator qarshisida, Alloh qalbiga joylagan jasorat bilan shunday dedi: Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o‘zga ilohni aslo chorlamaymiz.

Unday qilsak, albatta, noto'g'ri gapni aytgan bo‘lamiz. Hamma hayratdan qotib qoldi. Imperator oldida bunday gapni qanday aytdi? Ushbu jasoratli harakat boshqalarga ham jasorat berdi. So'ng barchasi oldinga qadam tashlab, yashirib kelgan imonlarini oshkor qila boshlashdi. Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o‘zga ilohni aslo chorlamaymiz. Unday qilsak, albatta, noto'g'ri gapni aytgan bo‘lamiz. "Qavmimiz esa Undan o‘zga ilohlarni topgan. Nega ular haqida ochiq dalillar yo'q? Alloh nomidan yolg‘on to‘qigan kishidan ham zolimroq kim bor?" Imperator bir guruh yigitlar tomonidan sharmanda qilingandi.

Imperator ular oddiy fuqarolar emas, qudratli va nufuzli oilalarning farzandlari ekanligini bilardi. Hozir qatl ettirsa xalq ularni qahramon deb bilishi va ularning oilalari taxtga qarshi chiqishi mumkin edi. Shuning uchun u boshqacha yo‘l tutishga qaror qildi. Uning ovozi muloyim va otalarcha tus oldi. Ularga yuksak mavqeini, boyligini va yo'qotishi mumkin bo'lgan kelajaklarini eslatdi. "So‘zlaringizni yoshlik nodonligi deb bilaman. Sizlarga bir kun muhlat. Aqlingizni yig‘ib, Rimning qadimiy urf-odatlariga qaytsangiz, sizlarni afv etaman. Ketishingiz mumkin." Yigitlar taxt zalini sukutda tark etishdi. Endi ular nima qilishadi?

Saroy darvozalaridan chiqayotganda ular boyliklari haqida o‘ylashmasdi. Uzoq muhokamalarga hojat yo‘q edi. Ular bu shahardan qochish imonlarini saqlashning yagona yo'li ekanini bilishardi. Hech narsa ularni e'tiqodidan qaytara olmasdi. Ammo imperator askarlari hamma joyda edi. Shu sabab ular darhol biror boshpana izlay boshlashdi. Ular o‘ngga, chapga qarashdi, qayerga burilishmasin ularni sotadigan odamlar ko‘p edi. Shunday bo'lsa-da ular shahardan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Yo‘lda Qitmir ismli bir it ularga qo‘shildi. It ularning yonidan ketmasdan ergashib bordi. Ular ko‘pchilik Pion tog‘i deb hisoblaydigan joydagi g‘orga yashirinishdi. Ba'zilar esa buni Ankilus tog‘i deyishadi.

O‘sha g‘orda Robbilariga tavakkal qilib, shunday duo qilishdi: "Ey Robbimiz, bizga O‘z huzuringdan rahmat ato etgin, va bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin." Bu paytda imperator allaqachon ularni tutib kelishlarini buyurgandi. "Darhol keng ko‘lamli qidiruvni boshlang. Bu yigitlar tezda topilishini xohlayman." Ular hamma joyni, yuqori va pastni qidirishdi. Ammo ularning Robbisi ularni himoya qildi va dushmanlari qo‘liga tushishidan saqladi. "Hamma joyni qidiringlar! Har bir toshning ostiga qaranglar!" O‘sha g‘orda Alloh u yigitlarni mo‘jizaviy tarzda 300 yildan ortiq uxlatdi.

Kahf surasida, Alloh ularning holatini g‘or ichida shunday tasvirlaydi: "Quyosh chiqqanida, ularning g‘oridan o‘ng tomonga og‘ib o‘tganini ko‘rardingiz. Botayotganda esa, ularning chap tomonidan o‘tardi, ular esa g‘orning keng joyida yotardilar. Bu Allohning belgilaridandir." 309 yil o‘tib ketdi. Shuncha yillardan so‘ng, Ashobi Kahf, ya'ni G‘or egalari uyg‘onishdi. Ammo ular nima bo‘lganini bilishmasdi. Ular qancha vaqt uxlaganlari haqida o‘ylay boshlashdi. "Biz qancha uxladik? Balki bir kun yoki kunning bir qismidir. Buni Alloh yaxshiroq biladi." Aslida esa... asrlar o‘tib ketgan edi. Uzoq uyqudan so‘ng, ular och qolishdi.

"Kimdir shaharga ovqat olib kelgani borsin." "Men shaharga boraman." "Ehtiyot bo‘l. Hech kim seni ko‘rib qolmasin." "Sezdirmasdan bor. Askarlar seni tutib olishlari mumkin." "Ehtiyot bo‘laman." Ammo yo‘lda u g‘alati bir narsani payqadi. Shahar butunlay o‘zgarib ketgan edi. Ma'badlar o‘rnini cherkovlar egallagan edi. U hech qanday butlarni ko‘rmadi. Nima bo‘ldi o'zi? U odamlar orasidan o‘tayotganda, ular Yagona Yaratuvchi haqida gaplashayotganini angladi. Ularning imperator roʻparasida haqiqatni tik aytgan oʻsha jasoratli lahzalar. bugungi kungacha moʻminlarga ilhom bagʻishlab kelmoqda. Yigit shahar ichkarisiga oldinga yurishda davom etdi. U hayratda edi. Shu bilan birga och edi.

So'ng non olish uchun do‘konga kirdi. "Assalomu alaykum." U o‘zi va boshqalar uchun non sotib oldi. So‘ng non uchun to‘lashga kumush tangani uzatdi. Nonvoy tangaga tikilib qoldi. "Bu tanga..." U hayratda edi. "...uni qayerdan olding?" U yigit qandaydir xazina topgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladi, chunki bu tanga yuzlab yillar oldingi davrga tegishli edi. Nonvoy darhol uni hokimiyatga xabar qildi. "Uni sharqiy darvoza yonida ko‘rdim. Niyati yomon emasdi." -"U qaysi tomonga ketdi?" -"Bozor tomonga." Yigit so‘roq qilingani saroyga olib borildi. O‘sha paytda u nihoyat anglab yetdi. Ular bir kun uxlamagandi. Ular asrlar davomida uxlagandilar. Bularning barchasi Allohning irodasi bilan edi.

Agar U xohlasa, bandani O‘zi istagan tarzda hayotda saqlab turishi mumkin. U biror kishini yuzlab yillar uxlatib, so‘ng yana uyg‘otishi mumkin. Xuddi bu yigitlar bilan qilgani kabi. Agar Alloh xohlasa, qabrlarga kirib, o‘lim uyqusiga ketganlar ham yana hayotga qaytarilishi mumkin. Bu u uchun aslo qiyin emas. Alloh bu haqiqatni ushbu oyatda bayon qiladi: U sizlarni kechasi vafot ettiradigan va kunduzi nima qilganingizni biladigan, soʻngra belgilangan muddat mukammal boʻlishi uchun unda sizlarni qayta uygʻotadigan Zotdir. Qaytish joyingiz Ungadir. Keyin esa sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur.

Yana bir oyatda Alloh o‘limdan keyin yangi hayot qanday unib chiqishini tushuntiradi, xuddi yer qa'ridan o‘simlik o‘sib chiqqani kabi. "Alloh sizlarni yerdan xuddi o‘simliklar kabi undirib chiqaradi. Alloh sizlarni yerdan o‘stirib chiqardi. So‘ngra sizlarni unga qaytarur va yana chiqarur. Shahar ahli haqiqatni anglab yetdi. Ular bu yigitlarning holatini ko'rganlarida barini tushunib yetishdi. Yillar davomida ularni uxlatgan va yana uyg‘otgan Alloh, bizni ham o‘limdan keyin qayta tiriltirishga qodirdir. Ular 300 yildan ortiq vaqt o‘tib uyg‘onganida, o‘sha davr odamlari oxiratga shubha qilishardi. Ular o‘limdan keyingi tirilish qanday mumkin bo‘lishi haqida bahslashishardi.

"Balki Qiyomat kuni shunchaki afsonadir." "Yo‘q, Robbimiz buni va’da qilgan." O‘sha davr hukmdori odamlarni Allohning yagonaligi bo‘lgan Tavhidga chaqirar, Qiyomat kunidagi tirilish sirini tushuntirayotgandi. Ammo ba'zi odamlar hali ham shubhada edi. Ular o‘limdan keyingi hayotga ishona olishmasdi. U bundan xafa bo'lib, Allohga duo qilardi. "Ey Robbim, ular inkor qilayotgan haqiqatning bir belgisini ko‘rsatgin." U Ashobi Kahfdan bir yigitni qarshisida ko‘rganida, atrofidagi odamlarga buni xursandchilik bilan e'lon qildi va Allohga shukr qildi. Chunki u kutayotgan belgi nihoyat kelgan edi. "Hali ham Alloh o‘liklarni...

qayta tiriltira olishiga shubha qilyapsizlarmi?" Shu ondan boshlab, minglab odamlar Ashobi Kahfni ko‘rgani g‘orga oshiqishdi. "Ularning 300 yil davomida uxlaganiga ishonish qiyin." Shu onda odamlarning oxiratga va Allohning o‘liklarni qayta tiriltirish qudratiga bo‘lgan ishonchi har qachongidan ham kuchaydi. Odamlar ularni ko‘rganlaridan so‘ng, yigitlar yana g‘orga qaytishdi. So‘ngra ularning barchasi birgalikda sajdaga ketishdi. Ammo bu safar ular Qiyomat kunigacha davom etadigan o‘lim uyqusiga ketishdi. O‘z vazifalarini bajarganlaridan so‘ng, Ashobul Kahfning bu dunyodagi sinovi nihoyat yakunlandi. Ular Robbilariga chin dildan ishongan bir guruh yoshlar edi.

O‘z hayotimizdagi qiyinchiliklar, tashvishlarga nazar tashlaganimizda, dunyodagi adolatsizliklarni ko‘rganimizda, Tashvishga tushib so'rash oson "Qachon bari yaxshilanadi?" "Qachon xotirjamlikni his qilamiz?" Ashobul Kahf esa hech qachon umidsizlikka tushmaslik kerakligini ko‘rsatadigan eng buyuk misol Ular eng chorasiz vaziyatlarda ham Alloh najot eshigini ochishi mumkinligining isboti emasmi? Ular bizga o‘zimizni yolg‘iz va ojiz his qilganimizda eng buyuk tayanchimiz — Alloh ekanligini ko'rsatdi. Ular bizga yechim — Unga tavakkal qilish ekanini isbotladi. Yana bir kuchli misol sifatida Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ni ko‘rsatish mumkin.

Avvaliga u zot ham yolg‘iz edilar, yonlarida juda oz inson bor edi. Ammo u zotning da’vatlari milliardlab insonlarga yetib bordi. U zot Robbilariga ishondilar, Unga bo‘ysundilar va zulmat nurga aylandi. Alloh Qur’onda nima deganiga nazar tashlaylik: "Alloh iymon keltirganlarning Himoyachisidir. U ularni zulmatdan nur sari olib chiqadi." Besh vaqt namozni muntazam o‘qishga qiyinnalasizmi? Qur’onni arab tilida o‘qib, Robbingizga yaqinroq bo‘lmoqchsiz-u nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Bizda ajoyib yangilik bor. Biz bu yo‘lda yordam beradigan ikkita mutlaqo bepul, reklamasiz ilovani ishlab chiqdik.

Bizning ilovamiz bilan siz 40 kun davomida ibodatlaringizni nazorat qilib, namoz o'qish odatini shakllantirasiz. Lamelif ilovasi yordamida esa qisqa, oddiy va qiziqarli darslar orqali Qur’onni noldan o‘qishni o‘rgana olasiz. Buni keyinga qoldirmang. Bugunoq ilk qadamni qo‘yib, tavsifdagi havolalar orqali ilovalarni yuklab oling.
