# Nouman Ali Xonning ko'pchilik bilmaydigan hayot hikoyasi! - "Men ateist edim!"

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/unknown-life-story-of-nouman-ali-khan-i-was-an-atheist
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=IgWlhlZaYkA
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Bir muddat, ha, men ateist edim. Dinda ma'no ko'rmagandim. Men dinni odamlarni baxtli bo'lishdan to'xtatish, istaganlarini qilishga yo'l qo'ymaslik usuli deb bilardim. Ishlarim, ishim meni aqldan ozdirardi. U Puerto Rikoliklar hududi edi. Hafta oxirida koʻcha oʻsmirlar bilan toʻlardi. Salsa, merenge va baland musiqalar Hammasi raqsga tushayapti. Algov-dalgov. Bu "Queens"ning aqldan ozdiruvchi jihati edi. Uxlab qoldim va tush koʻrdim. Qabrda yotardim, juda aniq ko'rinardi. Hozuv yoki ko'zadan oqqan kabi yonlaridan suv oqib tushardi. Goʻyo qabr devorlarida kran ochilgandek edi. Ammo suv oʻrniga olov oqib kirardi. Qabr ochiq edi. Osmonni koʻra olardim.

Samodan ovoz keldi: "Bu namoz oʻqimaganing uchun!"—degan. "Bu namoz oʻqimaganing uchun!" Esimda, yuzim yigʻidan jiqqa hoʻl edi. Tushimda yigʻlayotgandim. Uygʻonsam haliyam yigʻlayapman. Ammo oʻtirib, oʻylab qoldim. U odam ma’ruza qilmasdi. U shunchaki Qurʼon oʻqir edi, xolos. Oldida Mus’haf bor edi. Nima deyotganiga ahamiyat bera boshladim. "Va qachonki Paygʻambarimiz (s.a.v.) Qurʼon oʻqiganlarida, tinglayotganlar buni darrov his qilib: ‘Voy, bu men haqimda-ku,’—derdi. Oʻzimni u odam bilan muloqot qilayotgandek his qila boshladim. Lekin aslida muloqot kim bilan edi? Alloh bilan. Goʻyo Doktor Sami gʻoyib boʻlib, men Alloh bilan suhbatlashayotgan edim.

Assalomu alaykum, Ustoz Nouman Ali Xon Sizni oramizda ko'rganimizdan juda xursandmiz. Xush kelibsiz! Shu yerda ekanimdan xursandman. Va alaykum assalomu va va rohmatullohi va barokatuhu Suhbatimizni odatiy savol bilan boshlayman. Nouman Ali Khan oʻzi kim? Ba'zan o'zim ham bilmayman. Bu savolga javobim hozir — doimiy oʻrganuvchi. Menimcha, o'rganishni qadrlashni tushunib yetdim. Boshqalar kabi, men ham koʻp qirraliman. Men bir savdoyi insonman. Bolalarni yaxshi ko'raman. Alhamdulillah, ajoyib kichik oʻgʻlim bor. Yaqinda oilamizga qo'shildi. Meni zeriktirgani qoʻymaydi. Avval ateist bo'lganingiz rostmi? Bir muddat, ha, men ateist edim. Dinda ma'no ko'rmagandim.

Men dinni odamlarni baxtli bo'lishdan to'xtatish, istaganlarini qilishga yo'l qo'ymaslikning bir yo'li deb. Erkinlikni nazorat qilish usuli deb hisoblar edim. . Va, qachonki dindan kechsang, u bilan birga Xudodan ham kechasan. Kollejda bir necha falsafa darslarini o'qiganim ham yordam bermadi. Nima fikringizni oʻzgartirdi, qanday hodisa yuz berdi? Ba'zi hodisalar, bir nechta voqealar bo'ldi. Ko'rgan tushim oʻsha hodisalardan biri edi. Xullas, Yomon odatlarim bor edi. Do'stlarimning ko'pi musulmon emasdi, asosan Nyu-Yorkdagi hind o'rtoqlarim. Bir-ikkita yahudiy. Va bitta musulmon yigit bor edi. Nyu-Yorkda yashardim, "Queens"dagi uyimizni yertoʻlasi bor edi. Men oʻsha yerda yashardim.

Ota-onam yuqori qavatda turishardi. Yertoʻladagi xonamni alohida chiqish eshigi boʻlardi. Bazm-ziyofatlarga qochib chiqishga juda usta edim. Eski usulni qoʻllardim. Karavotda yotganday tana shaklimni yostiqlar va adab bilan oʻxshatar edim, ventilyator yoqib qoʻyardim va hokazo. Xullas, bazmga ketdim. Kechasi 2-3 gacha koʻchada yurib, saharlar uyga yashirincha kelardim. Buni bilib qolishgan, kaltak ham yeganman. Ammo unchalik qattiq emas. Bilasizmi, bu pokistoncha tarbiya usuli edi. Ba’zida foydasi tegardi. Ammo bu safar bari silliq oʻtdi. Uyga kelib politsiya va ota-onamning qahridan qutulib qolganimdan xursand edim. Uxlab qoldim va bir tush koʻrdim. Qabrda yotardim, juda aniq koʻrinardi.

Hovuz yoki koʻzadan oqqan kabi yonlaridan suv oqib tushardi. Goʻyo qabr devorlarida kran ochilgandek edi. Ammo suv oʻrniga olov oqib kirardi. Qabr ochiq edi. Osmonni koʻra olardim. Samodan ovoz keldi: "Bu namoz oʻqimaganing uchun!"—degan. Esimda, yuzim yigʻidan jiqqa hoʻl edi. Tushimda yigʻlayotgandim. Uygʻonsam haliyam yigʻlayapman. Bilganimcha tahorat oldim va namoz oʻqishni boshladim. Besh mahal namoz borligini esladim. Lekin har biri necha rakatdanligini aniq bilmasdim. Chunki namoz oʻqimas edingiz-a? Men koʻp yillardan beri namoz oʻqimasdim. Taxminan, bu yerga koʻchib kelganimizdan keyin toʻrt yilcha namoz oʻqimadim. Ulgurib qatnashadiganim faqat juma namozi edi.

Lekin dars paytiga toʻgʻri kelgani uchun uni ham oʻqiy olmasdim. Asosan namozga faqat hayit yoki Qurbon bayramlarida borardim. Otam olib borar edi. Boshqa vaqt masjidga umuman bormas edim. Men u tushni kutmagandim. Uni bunday ta’sir qiladi deb ham oʻylamagandim. Ammo toʻsatdan uygʻondim namoz oʻqiy boshladim. Esimda, namozlarimdan birida sajdaga bosh qoʻyib yigʻlardim. Shu holatda uxlab qolganman. Va oʻsha holatda uygʻondim. Keyin doʻstlarim bilan vaqt oʻtkazishni toʻxtatdim. Ularga nima boʻlganini, oʻzlarini nima uchun bunday tutishayotganini tushunmasdim. Shunchaki hammadan qochardim. Toʻgʻri uyga borardim. Esimda, semester tugaganidan keyin ham hali ispanlar mahallasida ishlardim.

Spanish Junctionda Ishim meni aqldan ozdirardi. U Puerto Rikoliklar hududi edi. Hafta oxirida koʻcha oʻsmirlar bilan toʻlardi. Salsa, merenge va baland musiqalar... Hammasi raqsga tushayapti. Algov-dalgov. Bu "Queens"ning aqldan ozdiruvchi jihati edi. Kiyim doʻkonida ishlardim. Doʻkon asosan koʻcha bezorilari kiyadigan kiyimga ixtisoslashgan edi. 90-yillarda odamlar kiyinadigan kabi... Juda keng shimlar va Karl Kanidan etiklar kiyar edik. Men oʻsha doʻkonda ishlardim. Namoz vaqti kirganda, oyoq kiyim omboriga yugurib borib, tezda namoz oʻqib qaytib kelib ishlardim. Asr vaqtida yana borardim. Qaytib kelardim. Xullas, namozlarimni muntazam oʻqiy boshladim. Hamkasblarim ispanlar edi.

Ular meni Nouman emas, Ali deb chaqirishardi. "Hoy, Ali, nima qilyapsan? Nega gʻalati harakatlar qilyapsan? "Hoy, nega menga qaramayapsan?"— deyishardi. Ibadat qilayotman deb ularga tushuntirishga toʻgʻri kelardi. "O! Demak, sen Xudo bilan gaplashayapsan? Hoy, undan lavozimimni koʻtarishlarini soʻrab ber. Maoshimni oshirsin,"— deyishardi. Keyin, ular menga savollar bera boshlashdi. Oʻzim ham Islom haqida hech nima bilmasdim. Doʻstlarimning koʻpi shu yerlik Dominikan, Puerto Riko va Kubaliklar edi. Hamkasblarim: "Men doʻzaxga tushamanmi?"—deb soʻrashardi. Men: "Bilmasam,"—derdim. "Hoy, sen choʻchqa goʻshti emayapsan-a?"—deyishsa, "Yoʻq!"—derdim. "Undamen yeyman.

Bunga nima deysan?"—deyishardi. Shunaqa hazillar qilishardi. Qisqasi, namoz hayotimning bir qismiga aylandi. Lekin mening Islomim shundan boshqa narsa emasdi. Balki yaxshi insonlar davrasi yoki eng kami yomon davralardan qochish. Kollejda oʻqish boshlandi va... "Towards Eternity" sifatida, bizga yordamingiz kerak. Biz hayriya tashkilotimiz. Islomni butun dunyoga 10 tilda tarqatishni maqsad qilganmiz. Bizni qo'llash orqali siz odamlarni Islomni qabul qilishiga, haromdan kechishiga, ibodatni boshlashiga, hijob kiyishiga, Qur'onni o'rganishiga hissa qo'shasiz. Va yaxshi amallardan o'z hissangizni olasiz, Inshaalloh.

"Towards Eternity"ga hayriya qiling Bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Kollej boshlandi va ilk marotaba Musulmon do'stlar orttirdim. Oldingilari boshqa din vakillari edi. Lekin meni musulmon doʻstlarim kampusdagi eng bazmsevar insonlar edi. Bilasizmi, bu xuddi oldingi hayotimga oʻxshardi. Faqat musulmon doʻstlarim bilan. Endi oʻzimni kamroq aybdor his qilardim. Zero ular musulmon edi-yu, ammo namoz oʻqishmasdi. Meni namozimga ham e’tiroz qilishmasdi. Qolgan hammasida oʻzimni xuddi avvalgi hayotimga qaytgandek his qilardim. Faqat men endi namoz oʻqir edim. Menimcha, Ramazonda ulardan biri sizni Qurʼon oʻqiladigan davraga chaqirardi.

Keyin sizda Qurʼonga muhabbat uygʻonadi, shundaymi? Ha, u meni shunday davraga olib bordi. Umar, seni eslab oʻtmoqchiman. Uning ismi — Umar Baig. Endi ismingni hamma biladi. Ha, mayli. U bilan haliyam gaplashib turaman. Uni juda yaxshi koʻraman. U meni Qurʼonni oʻrganishga urinayotganimni koʻrgan edi. Yusuf Alining Qurʼon tarjimasi doim yonimda yurar edi. Oʻshani oʻqir edim. U men uchun juda murakkab edi. Lekin oʻqirdim, oʻzimcha qaydlar qilar edim. Chunki menda boshqa iloj yoʻq edi. Va u: "Qurʼon oʻrganmoqchimisan? Bir yerda shunday joy bor..."—dedi. Biroq oʻzi u mahallada yashamasdi. U: "Yur, borib koʻrib kelamiz,"—deb. Meni u yerga olib bordi.

U yer Flushing ko'chasi, Flushing Musulmonlar markazi, Queensda joylashgandi. Ma’ruza Doktor Abdul Sami oʻqir edi. Ikki qavatli masjid edi. Birinchi qavatda 20 rakat taroveh tezda tugatilar edi. Ko'p joylardagi kabi. Tepa qavatda biz toʻrt rakat oʻqir edik, keyin imom oʻqiganlarimizni oyatma-oyat tushuntirar, tarjima qilar va qisqacha izohlar berardi. Keyin yana toʻrt rakat oʻqib izohlardi. Yana toʻrt rakat va izoh. Shu tariqa biz bir juzni tugatar edik. Ertasiga keyingi juzni. Indiniga undan keyingisini. Bu har kuni kechki soat 9.30 dan tungi 1 gacha boʻlardi. Dam olish kunlari yana uzunroq oʻqir edik. Ba’zan 2, 2.30 hatto 3 gacha qolib ketar edik. Deyarli tuni bilan oʻqir edik.

Tanaffus ham qilar edik. Bir soat ma’ruza, keyin 4 rakat namoz. 1 soat ma’ruza, 4 rakat, 1 soat ma’ruza, 4 rakat. Borardi-ku, lekin ma’ruzani eshitgim kelmasdi. Ammo oʻtirib, oʻylab qoldim. U odam ma’ruza qilmasdi. U shunchaki Qurʼon oʻqir edi, xolos. Oldida Mus’haf bor edi. U oyatlarni oʻqir edi. Nima deyotganiga ahamiyat bera boshladim. Uning ajoyib qobiliyatlaridan biri, meni ma’ruzalarimdan farqli oʻlaroq shunday ediki, men soʻz va iboralarga chuqurroq toʻxtalar edim. U esa bunday qilmasdi. Shunchaki oyatni oʻqib, uni tarjima qilar edi. Ammo oyatni tarjima qilayotganda, yozma matnni oʻqimasdi. Xuddi biz bilan gaplashgandek boʻlar edi. Gaplari nutq emas, soʻzlashgandek eshitilar edi.

Bu oʻqishga oʻxshamasdi. Juda tabiiy chiqardi. Va buning ta’siri katta edi. Agar uni 10-20 daqiqa eshitsangiz, oʻzingizni u odam bilan suhbat qurayotgandek his qila boshlardingiz. Lekin aslida muloqot kim bilan edi? Alloh bilan. Goʻyo Doktor Sami gʻoyib boʻlib, men Alloh bilan suhbatlashayotgan edim. Bu aql bovar qilmas voqea edi. Men Qurʼonni umuman bunday deb oʻylamagandim. Chunki inglizcha tarjimada oʻqir edim va uni umuman his qilmasdim. Bu hal qiluvchi daqiqa edi. Qurʼon butun bir kitobdan suhbatga oʻzgardi. Men unga butunlay bogʻlanib qoldim. Har kecha oʻsha yerga borar edim. Har kecha. Bir kuni u meni ortda turganimda payqab qoldi. Yonimga kelardi-yu, lekin hech narsa demasdi.

Shunchaki elkamga urib qoʻyib, oʻtib ketardi. "Assalomu alaykum, koʻrganimdan xursandman,"—desam. Meni payqardi-yu, ammo hech nima demasdi. Menimcha, bu haqida bir videoimda ham aytgan edim. Uni yoniga borib: "Siz qilayotgan ishni qilishni istayman,"—dedim. U: "Mayli, dushanba kuni keling. Arabcha oʻrganing,"—dedi. "Xoʻp, oʻrganaman," dedim. Bir marta: "Qurʼonga butunlay oshiq boʻldim,"—deganingizni eshitganman. Qurʼonning qaysi jihati sizni shunday deyishga majbur qildi? Bu, u mendagi tugunlarni yechgani edi. Agar shunday deyish joiz boʻlsa. Xudo va hayotiy maqsad haqidagi fikrlarimni barchasini yechdi.

Islomga bogʻliqligim boʻlishiga qaramay, Qurʼondan koʻra aqlim oʻqishni bitirish va ish topish bilan band edim. Hatto ishim boʻlsa ham. Karyerada oʻsish, uylanish, pul topish, mashina, uy... Hayolim shularda edi. Doim shu haqda oʻylar edim. Ota-onamni mendan faxrlanishlarini istar edim. Hayotimga Qurʼon kirib keldi va: "Bular yaxshi, lekin mayda ishlar,"—dedi. "Nega dunyong bu qadar tor? Mana, sening asling. Sen muhimroq vazifalar uchun yaratilgansan,"—dedi. Va birdan dunyom kattalashgandek boʻldi. Chunki Qurʼonni eshitayotgandim. Oʻzimni qanchalik kichik ekanimni his qildim. U meni tor oʻylashdan qutqardi. Va yana bir jihati shuki, buning qanday sodir boʻlganini bilmayman.

Bu Qurʼon tufayli sodir boʻldi. Ishonch. Maktabda jim yuradigan bola edim. Ovozim chiqmasdi hatto. Juda uyatchan edim. Kollejdagi birinchi semestrda notiqlik darsidan deyarli yiqilgan edim. Omma oldida chiqish qilishni xohlamasdim. Lekin bitta dars olishim kerak edi. Jadvalimga mos keladigan yagona dars shu edi. Men: "Yo Xudoyim, notiqlik! Buni qanday eplayman?"—derdim. Hatto biroz vaqt oʻtib Doktor Abu Sami mendan xutba oʻqishni soʻraganida, birinchi marta shunday titrayotgan edim, bilasizmi. Qurʼonni yana bir jihati u meni oʻzgalarning fikriga bogʻlanib qolishdan ozod qildi. Boshqalarning men haqimdagi fikri muhim emas. Alloh bilan yaxshi boʻlsam bas. Alloh meni umidsiz sifatida koʻrmaydi.

Qolganlar nima deyversin. Bu juda katta yengillik beradi. Biz musulmonlarda shunday odat bor doim: "Odamlar nima deydi?"—deymiz. Bir gal Nyu-Yorkning markazida edim. Shom vaqti boʻlib qoldi, Park Avenueda yurgandim. Boradigan joyim yo'q. Qoʻlimdagi suv bilan tahorat olib, koʻchaning chetida namoz oʻqidim. Odamlar kulib oʻtib ketishardi. Kimdir nimadir deb oʻtardi. Menga baribir edi. "Chunki namoz oʻqiyapman,"—derdim. Boshida boshqacha tuyuldi. "Yo Xudoyim, odamlar nima deb oʻylaydi? Nima deyisharkin?"—dedim. Keyin dunyo koʻrinmas boʻlib qoldimi, bilmayman? Hammasi yoʻqoldi. Men va Alloh. Bundan ortik yana nima boʻlishi mumkin?

Qurʼonni sevib qolganimni yana bir jihati shunda ediki, u meni ozod qildi. Eng muhim jihati Qurʼonni oʻqish davomida sezdimki, goʻyo men Qurʼon oʻqimasdim. Qurʼon meni oʻqirdi. Alloh men bilan shaxsan gaplashardi. Kimmanki bunday muhim boʻlib Alloh menga gapirsa, men bilan shaxsan suhbatlashsa? Men hech kimman. Oʻziga ishongan odam emasman. Mashhur emasman. Muvaffaqiyatli emasman. Nega Alloh menga gapirsin? Nega u uchun muhim boʻlay? Men bilan bunday gaplashib, Alloh menga katta ahamiyat berganini his qildim. Qurʼon vositasida gaplashish orqali. Bu bir paytni oʻzida ham yoqimli, ham ruhlantiruvchi edi, SubhanAlloh. "Kunduzi oʻqib, keyin ishlar edim,"—dedingiz.

Lekin arabcha oʻrganishga ham vaqt topgansiz. Bunga sizni nima undadi? Bunda Doktor Samining xizmati katta. Uni Qurʼon hikmatlarini his qilayotganini koʻrardim. Va u Qurʼon nima deyotganini menga ham his qildira olardi. "Men ham u kabi his qilishim kerak," deb oʻyladim. Bu bogʻliqlikdan voz kecholmasam-da, Doktor Samiga bogʻlanib qolmoqchi emasdim. Qurʼonni oʻqiyotib uni qanday his qilishiga qiziqdik. Va tushunib yetdim, chunki men allaqachon tarjimalarda qiynalayotgan edim. Qur’onga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishim kerak edi. Xullas, shu fikrga berilib ketdim. Arabcha men uchun Alloh bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashish uchun bir zina kabi edi.

Zero bu mas’uliyatni birovga yuklamoqchi emasdim, u faqat menga kerak edi. Sezardimki, Qur’onni yoʻqotmasam, Allohni yoʻqotaman. Xudo haqida tushunchaga ega boʻlishingiz mumkin, toʻgʻrimi? Turli dinlarda Xudo tushunchasi oʻziga xos. Hatto falsafiy jihatdan oliy kuch bor deya olasiz. Koinot mavjud. U yerda nimadir bor. U yerda borliq mavjud. Odamlar unga farqli nomlar berishadi. Biroq Qur’on bu shunchaki Xudoning mavjudligi haqidagi kitob emas. Gap aslida Qur’onning mavjudligi emas, Uni siz bilan bevosita munosabatda boʻlishini xohlashida. Siz Uni bilishingizni xohlaganida. Uni nimaga oʻxshashini falsafiyashtirish oʻrniga, U nima boʻlishi, nima xohlash kerakligini nazariyashtirish oʻrniga.

Bu yerda nima qilyapman? Uni oʻzi menga buni aytayapti. Muhabbat bilan gaplashayapti. Odamlar Xudo bilan ruhiy aloqasi borligini aytishadi. Ehtimol, fitrat bor boʻlishi mumkin. Lekin shaxsan men uchun Qur’on qilgan narsani boshqa hech kim qila olmaydi. Alloh Qur’onda aytadi. Qur’ondagi eng sevimli joylarimdan biri "Oli Imron" surasida. "Va barchangiz Allohning arqoniga bogʻlaning!" Qur’onga ishora qilinadi. Chunki uning bir uchi Alloh bilan, boshqa bir uchi esa biz bilan. Qur’onni yana boshqa bir yerida "Haj" surasida: "Allohga bogʻlaning!"—deyilgan. Shu ikki jumla. "Allohning arqonini mahkam tuting. Allohga bogʻlaning." Ikki soʻz ham bir-biriga oʻxshash.

Rostdan ham Allohga bogʻlanishni xohlaysizmi? Unda Uning arqonini mahkam tutishingiz lozim. Sizning yordamingiz bilan hayoti butunlay oʻzgarib ketgan koʻplab odamlar bor. Eslay olganlaringiz ichidan qaysi biri sizga kuchli ta'sir qilgan? Farqi yo'q, musulmon bo'lgan yoki yo'q. Oldingizga kelgan va gaplashgan. Kopengagenda dars bergan paytim bir voqea boʻlgan edi. Ota qizi bilan meni darsimda qatnashish uchun kelishgan edi. Qizi yosh va yaqinda universitetni bitirgan ekan. Ular ma’ruzalarimni birgalikda tinglashdi. Xullas, kelishdi, darsimni eshitishdi. Juda ajoyib ota edi. Meni rosa duo qildi. Ochigʻi, tinmay duo qilar edi.

Oradan 6 oy oʻtgach qaytib borib yana darslarimni davom ettirishim kerak edi. Xullas, qaytib borganimda qizi shu yerda edi-yu, lekin ota yoʻq edi. Shunda qizi yonimga kelib, menga moʻjazgina joynamoz tutqazdi-da: “Otam vafot etdi. Lekin vafotidan oldin doim sizni eshitar va duo qilar edi. Bu sovgʻani siz uchun sotib olgandi. Afsuski, ulgurmadi,” dedi. Va men... Bilasizmi, bu kabi holatlar boʻlib turadi. Tushunaman, ularga loyiq emasman. Ular ajoyib qalb egalari. Qanday bebaho insonlar bor. Vatsap guruhimizdagi jamoamizda bizning ishlarimizni tarjima qilayotgan ba’zi odamlar bor. Ayrimlari turkchaga tarjima qilayapti. Ularidan biri zilzilada uyidan ajralgan ayollardan.

U uysiz boʻla turib ham tarjima qilayotgan edi. Ko'ngilli o'laroq. Bu insonlarga qarab, ularning haqqiga duo qilaman. Chunki ularning xayri menikidan ulugʻ ekanligini bilaman. Ular Allohga yaqinligi, Allohni sevishi. Men ularga ilhom uchun dilda boʻlishim kerak edi, aksincha, ular meni ilhomlantirishyapti. To'g'risi shunday deb o'ylayman. Duo qilaman, nafaqat men ularga foyda beryapman, Oxiratda ular ham menga foyda keltiradi. Chunki bilaman ular mendan ancha ustun. Subhanalloh. Samimiy va ochiq javob berishingizni xohlayman. Agar siz hozir vafot etsangiz, qay biriga yaqinman deb o'ylaysiz, Jahannamgami yoki Jannatga? Oh, Jahannamga. Jahannam Toʻgʻrilashim kerak bo'lgan ko'p narsalar bor.

Yaxshiroq qilishim kerak boʻlgan ishlar. Ha, men shunday deb o'ylayman. Ko'plarni hayotini o'zgartirgansiz, sizdan umidvorroq javob kutgan edim. Bu muhim emas. Bu mening xizmatim ham emas. Bari Allohdan. Mendan emas. Buni menga aloqasi yo'q. Gaplarimdan millionlab odam foyda oladi. Ammo buni men qilmaganman. Lekin siz sababchisiz. Ha, biroq barini Alloh qilayapti. Sabablar qalbimning holatiga bogʻliq. Men bugun “ulush”larimdan mahrum boʻlishim mumkin, toʻgʻrimi? Ya'ni, qancha yaxshilik qilganingiz, yoki qilmoqchi bo'lgan yaxshiliklaringiz bu ajoyib. lekin bu hech nimani kafolatlamaydi. Yagona himoyangiz bu hozir boʻlayotgan jarayon. Menimcha, uni takomillashtirishga harakat qilish kerak.

Endi qisqa savollarimiz bor. Javob berish uchun bitta soʻz ham etarli. Zo'r, bitta so'z — bu menga yoqadi. Menimcha, bu yaxshi boʻlmaydi. Ajoyib javoblar olishga umidvorman. Nouman Ali Xonni yoqtirgan sevimli mashgʻuloti nima? Ping pong. Ha. O, juda soz. Nouman Ali Xon qabul qilgan eng yaxshi qaror? O, qabul qilgan eng yaxshi qarorimmi? Qurʼonni oʻrganish deb oʻylayman. Xoʻp. Eng yomon qaror-chi? Aytishni xohlamayman. Roʻyxati juda uzun. Agar jannatga kirsangiz, Nouman Ali Xonni birinchi qiladigan ishi? Muso (a.s.)ni qidirib topgan boʻlardim. Nouman Ali Xon qabul qilgan eng yaxshi va eng yomon izoh?

Men olgan eng yaxshi izoh bu: “Allohdan xatolaringizni kechirishini va boshqalarga foyda keltirgan har turli yaxshilishingiz uchun sizni mukofotlashini soʻrayman.” Shu men olgan eng yaxshi izoh. Va eng yomoni? Eng yomoni. Eslolmayman. Aslida, yomon izohlardan odatda mazza qilaman. Menimcha bu, Sen Qur'on haqida umuman og'iz ochma- degani edi. Oʻzingizga yoqmaydigan shaxsiy hislatingiz? Mojarodan qochishga harakat qilaman. Googledan izlagan oxirgi narsangiz? Oxirgisi Istanbuldagi Pokiston oshxonasi edi. Ochigʻini aytasam, menga yoqdi. Mazali taomlari bor ekan. Sizni juda xijolatga qo'ygan kulgili lahza, umuman unuta olmaydigan lahzangiz? O, bir voqeani aytib bermoqchiman.

Juda yomon boʻlgan edi. Juda. Bilmayman, ehtimol, YouTube buni ta’qiqlashi mumkin. Angliyada edim. Ey, Xudoyim, buni sizga aytayotganimga ishonmayapman. Ma’ruza oʻqiyotgan edim. Kechada birodarlarim va singillarim bor edi. Odatda, koʻp hazil qilaman. O'zimni to'xtata olmayman. Savollar berayapman, odamlar baland ovozda javob berishyapti. Biroq singillarim yigitlarga nisbatan baqirib javob berishardi. Yigitlar esa jim. Ayollar tarafdan esa kuchli ovozlar kelardi. Men: “Mashallah, singillarim, ular juda ham… ekan,” deb bitta soʻz aytdim. Amerika inglizchasida bu gap yaxshi energiya, ishtiyoq ma’nosida keladi. Yomon soʻz emas. Lekin bu soʻz… hozir qaysiligini aytmayman.

Chunki kamera yoniq, Angliyada boshqacha ma’noda ishlatiladigan yomon soʻz ekan. Chunki Angliya inglizchasi Amerikanikidan farq qiladi, toʻgʻrimi? Xullas, aytgan zahotim, meni uni energiya, ishtiyoq ma’nosida ishlatgan edim. Butun jamoat birdaniga: “Oh!” deb yubordi. Men: “Nima boʻldi?” dedim? Kimdir yonimga kelib: “Bu soʻz Angliyada shunaqa ma’no beradi,” dedi. Men ham: “Voy!” deb yubordim. Mayli, oʻtgan ishga salovat. Davom etamiz. Soʻzning ma’nosi boshqa ekanmi? Umuman boshqa. Hech qachon yoʻq deya olmaydigan ovqatingiz? Tovuq qarahi Yaxshi pishirilgan pokistoncha tovuq qarahisi Ayniqsa sarimsoq ta’mli boʻlsa, non bilan yoʻq demayman. Desert-chi? Suji ki kiir.

Bu guruchli pudingning bir turi, Suji deb ataladigan narsadan qilinadi. Qachondir laqabingiz boʻlganmi? Yo'q, ularni yoqtirmayman. Kimdir menga laqab qo'ysa ular bilan urushib ketaman. Nomiy, Nomes, Norman. yoki NAK laqab emas. Bu bir qisqartma, xolos. Yaxshi ma’noda. Hech oʻlim bilan tahdid qilinganmi? Kimdir sizga faoliyatingiz sabab zarar yetkazmoqchi boʻlganmi? To'g'ridan-to'g'ri emas. IShIDning bitta videosi bor edi. Bundan tashqari, odamlar yomon gaplar aytishgan, xolos. Bir yigit: “Jahannamda koʻrishguncha,” degan edi. Unga: “Seni u yerda nima ishing bor?” deganman. “Nega bunday dedim,” deb oʻzim ham hayron qolganman. Qolganlari unchalik jiddiymas. Bir yigit meni urmoqchi boʻlgan edi.

Lekin juda sekin qimirlarkan. Ruhiy zoʻriqish, xolos. Bilasizmi, odamlar meni urishga urinmaydi. Faqat gʻalati qiliqlar qilishadi. Yonimga kelib deyishadi: “Xutbada menga gapiryotgan edingiz-a?” Men: “Siz Shri-Lankadasiz. Men esa Xutbani Avstraliyada oʻqidim,” deyman. U: “Ha, lekin videoyingizni koʻrdim. Menga gapiryotgandingiz. Mana, savol bergani keldim. Nimaga menga gapirdingiz? Xabarimni oldim va keldim. Bilaman,” dedi. Men: “Nimani bilasiz?” dedim. Xullas, turli toifadagi har xil odamlar bor. Gʻalati odamlar oʻzlarini men bilan gaplashgandek his qilishadi. yoki meni videolarimda ularga kodlangan xabar bordek. Ular: “Maxfiy kodni yecha olamiz. Bu bizga atalgan xabar,” deb oʻylashadi.

Gʻalati uchun magnitman. Bori shu, boshqa gap yoʻq. Tahdid yoʻq, Alhamdulillah. Liftda bir odam sizni koʻrib, tanib qolib: “Menga nimayiki kerak boʻlsa, hammasi hayotimda bor. Nega endi men oʻzimni din bilan chegaralashim kerak?” desa. Bir daqiqa ichida unga qanday javob berardingiz? Liftdasiz, shunday ekan... “Hamma narsangiz bor deb oʻylashingiz bilan oʻzingizni allaqachon chegaralab boʻlgansiz. Siz uchun hamma narsa bu shu liftdagi boʻsh joychalik. Menda hamma narsa bor deyishni oʻzi gʻalati. Aslida sizda hech nima yo'q. Siz buyukroq ish uchun yaratilgansiz.” Bilaman, ba’zan tanlash juda mushkul. Lekin qaysi oyat sizga kuchliroq ta’sir qiladi? Bu qaysi surani oʻrganayotganimga bogʻliq.

Hozir “Val-Mursalot” surasini oʻqiyapman. Alloh aytadi: “Biz yerni harakatli qilmadikmi?” Kifot — harakatlanuvchi, oʻzgaruvchi, panoh degani. Alloh yana aytadi: “Biz dunyoni doimiy oʻzgaradigan qilmadikmi?” Siyosat oʻzgaryapti. Hokimiyat oʻzgaryapti. Jamiyatlar oʻzgaryapti, koʻchishlar sodir boʻlyapti. Jamiyatlar tugʻiladi va oʻladi. Alloh aytadi: “Biz togʻlarni paydo qildik. Baland togʻlarni.” Jamiyat harakatiga buning nima aloqasi bor? Bilasizmi, geosiyosatni togʻlar bilan bogʻliqligi bor. Togʻlar doim bir milatni boshqa bir milat tomonidan bosib olinishidan saqlab kelgan. Togʻ tizmalari tabiiy himoyalarni yaratgan. Togʻ tizmalari ma’lum imperiyalarni yanada kengayishidan toʻxtatgan.

Dunyo hozirgi holatiga togʻlar tufayli keldi. Rossiya kabi tsivilizatsiyalar, masalan, ortidan Antarktika bilan tabiiy himoyalangan. Toʻgʻrimi? Togʻlar va dengizlar. Ular dunyoning tabiiy toʻsiqlarini yaratdi. SubhanAlloh, toʻgʻrimi? Endi eshiting. “Sizlarni chuchuk-totli suv bilan sugʻordik.” Suvning tavsifi “furot”dir. Endi, arabchada furat, shirin ham degani, zilol ham degani. Lekin aslida furat arabchaga akkad tilidan kelgan edi. bu aslida Furot daryosining arabcha versiyasidir. Dajla va Furot arabchada "Ikki Furot" deganidir. Furatan. Odamzod sivillizatsiyasi Dajla va Furot atrofida boshlangan.

Alloh buni surada aytyapti, "Avvalgilarni halok qilmadikmi, so'ngra keyingilarni ularga ergashtirmadikmi?" U sivillizatsiyalarni qanday o'zgarishi, tog'larni roli haqida aytadi. Va U suvni ya'ni furotni ta'kidlayapti? bir nechta oyatlarda, Alloh butun odamzod sivilizatsiyasi tarixini tasvirlab bergan. Mana shunaqa men, yo Alloh! Qanday qilib... Buni qanday qilding? deyman Subhanalloh. u yana aytadi, Subhanalloh Sizningcha, Qur'onning eng katta mo'jizasi nima? Hech kim e'tiroz bildira olmaydigan mo'jizasi? Fikrimcha, Qur'onning har bir mo'jizasiga doim kimdir e'tiroz bildiradi. Qur'on shunday yaratilgan..

Alloh mo'jizalarni yaratdi Musoning Aso voqeasi, kimdir uni sehr deyishi mumkin Qur'onning mo'jizalari cheksiz. Bir mo'jizani eng buyuk deb aytolmaysiz. Odamlar, agar men Qur'on tilida gapirsam, demak til Qur'onning eng katta mo'jizasi deb o'ylaydi. Yo'q, ulardan biri xolos. Psixolog bir oyatda nafs haqida o'qib qoladi, bu uning uchun mo'jiza. Geolog uchun boshqasi Tarixchi uchun boshqasi Sotsiolog uchun boshqasi Faylasuf uchun boshqasi Ular uchun bu mo'jiza bo'lishi mumkin. Tilshunos uchun boshqasi Qiyosiy din mutaxassisi uchun boshqasi Qur'onning mo'jizalari aslida unga qanday qarashga bog'liq.

Qur'on mo'jizalaraning hayratlanarli jihati shuki, bu bir tayoq emas ilonga aylanadigan, to'g'rimi? Bu kitobdan har bir inson o'z mo'jizasini topa oladi. Va Doktor Fadl Samerayning bu boradagi qarashlariga qo'shilaman. U aytadi, okeanga sho'ng'idim. Dur topdim, juda katta dur. Kichik emas, kattagina. va "Buni okeanning eng katta hazinasi deyman " deydi. Ha, bu okeanning katta xazinasi siz uchun eng kattasi. Boshqa birov borib, boshqa dur topib yo'q, bu eng eng kattasi deydi. Yo'q, yo'q, bu siz uchun eng kattasi. Ushlab turganim men uchungina mo'jiza, men uchungina xazina. Lekin kimdir: "Men durlarni yoqtirmayman" deydi Bo'lishi mumkin? To'g'rimi?

Yana kimdir, "Qur'onda ilmiy mo'jiza bor." desa Boshqasi, "Yo'q, bu jiddiy narsa emas" deydi Kimdir: "Qur'on tilini o'zi mo'jiza" deydi. Boshqasi: "U mo'jiza emas, yo'q" deya rad qiladi. Rad qilish uchun odamlar sabablar topishadi. ularning raddiyalari to'g'ri demayapman, ammo inson hamma narsani rad qila oladi. Va kimdir haqiqiy javobni topishga intilsa, nafaqat bitta javob, balki cheksiz mo'jizalar topadi Qur'ondan. Alloh bu kitobni shunday yaratgan. Agar sizda 17 yoshli o'zingizga gapirish imkoni bo'lganda, nima degan bo'lardingiz? O'qishga jiddiyroq yondashish derdim. Aytadigan ilk gapim shu. Ikkinchisi, chegara qo'yishni o'rgan.

Shoshqaloqlik qilma, yaxshi gumonda bo'l, lekin kimdir senga beradigan zararni ko'rmaslikka olma. Dunyoda ehtiyotkorlik bilan harakat qil. Dunyo yaxshi va yomon odamlar bilan to'la. Qolaversa yaxshi niyatli yaxshi odamlar hatto o'zlarining yaxshi niyatlarida ham ko'p zarar keltiradilar. Shunday ekan, hammaga ham ishonavermaslik lozim. Payg'ambarimiz (s.a.v.) shaxsiyatlariga qaraganingizda, sizni nima hayron qoldiradi? U kishining turli xil shaxslarni ilhomlantirish qobiliyati. Biz sahobalarni yaxlit bir guruh sifatida bilamiz, lekin unday emas. Ular turli fe'l-atvorli odamlar. Ular haqiqiy liderlar.

Bilasiz, ular uyatchan kamgap , ekstravert, introvert, zakiy va hissiyotga beriluvchan, turli fe'l-atvor sohiblari bo'lishgan. U kishi ularni nafaqat ilhomlantirdi, balki birlashtirdi. bir-biri bilan ishlata oldi, birini-biriga yaxshi ko'ra oldi. Buni qanday izohlaysiz? Rasululloh (s.a.v)ning aql bovar qilmaydigan jihatlaridan biri shundaki, u odamlar o'rtasida butun dunyoni o'zgartirib yuborgan rishtalarni o'rnata oldilar. Agar Payg'ambar (s.a.v.) bu xonaga kirib kelsalar, hozir shu eshikdan, u kishiga nima degan bo'lardingiz? O'lib qolardim, balki kechirim so'rardim, Katta ehtimol bilan tilimni yutib yuborardim.

To'g'risini aytsam, nimadir deya olardim deb o'ylamayman, Chunki menimcha Rasululloh (s.a.v) Qur'on yukini o'z zimmalariga oldilar. Keyin uni bizga yuklab ketdilar. Hozir nima qilayotgan bo'lsak ham, bilaman bu yetarli emas. Sizga mas'uliyat yuklagan insonga qanday qaraysiz? Agar imkoni bo'lsa, Payg'ambarimiz hayotlaridan qaysi kunda yashagan bo'lardingiz? Hudaybiya. Muzokaralar. Rasululloh (s.a.v)ni Makka kofirlari so'roq qilib noto'g'ri va aqldan ozgan deb atadilar. 13 yil davomida. Hudaybiyada, u kishi o'ziga ishongan odamlar tomonidan so'roq qilindi. Dushmanlaringiz tomonidan so'roq qilinish boshqa narsa, ammo, sizga ergashganlar tomonidan so'roq qilinish butunlay boshqa narsa.

o'sha payt u kishi iymonda qat'iyat va ishonch bilan turganlar. Hech kim u kishini to'g'ri ish qilayotganiga ishonmasada, harakatda davom etganlar. Hech kim ishonmadi, hatto eng vafodorlari ham, hayotini xavf ostiga qo'yganlar ham, U kishining to'g'ri qilayotganiga ishonishmadi. Boshqa paytlari maslahat qilardilar, to'g'rimi? Uhud jangidan avvalgi kengashni eslang, Ahzabdan avvalgisichi. Lekin o'shanda kengashmadilar. Boshqalar "Bunday qilmang" deyishdi, u kishi bilganlaridan qo'lmadilar. Hech kimni eshitmadilar. Shunchaki o'sha yerda o'tirib jamollariga qaramoqchiman, aynan shu iymondir. Bu ishonch. Qachonki nimanidir to'g'ri deb bilsangiz, bosimga qaramaysiz.

Bunday bosimni tasavvur qila olmayman. Alloh o'sha paytdayoq Fath surasini nozil qila olardi. Lekin bunday yol tutmadi. Alloh kutdi. Alloh u kishiga, sahobalari bilan bu tuyg'ularini his qilishlariga qo'yib berdi. Darhaqiqat, Fath surasi muzokaralardan avval nozil bo'lishi mumkin edi. Shunda ancha oson bo'lardi, to'g'rimi? Ammo Allohning rejasi boshqa edi. Menimcha, o'sha sura nozil bo'lgach sahobalarning Rasululloh (s.a.v)ga bo'lgan hurmatlari u kishining rahnamolik qobiliyatlaridan hayratga tushib Allohga bo'lgan e'tiqodida sobit turishlarini ko'rib yanada oshib ketgan Sahobalar nima bo'lganini tushunishdi u kishi bunday bo'lishini bilmasdilar hatto.

Lekin Alloh shunday qilishni buyurganini bilardilar holos va u kishi Alloh amrini bajo etdilar. Subhanalloh. Bilasiz, G'arbda va hatto musulmon o'lkalarda ateizm o'sa boshladi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Va bu bilan kurashishning eng samarali usuli nima deb o'ylaysiz? Holis javobim shuki bunga turli omillar sabab. Lekin bittasi haqida gapiraman. Biz dinimizning go'zalligiyu qudratini ko'rsatib bera olmadik. Aslida dinimizda ustuvor bo'lmagan narsalarni birinchi o'ringa qo'yib xato qilyapmiz To'g'risi, biz ko'pincha dinimiz haqida aqlsiz tarzda gapiryapmiz, o'zingizni 16 yoshdagi ateistni o'rniga qo'yib ko'ring, u juda kulgili narsalarni tinglayapti.

O'zining asosli savoliga mantiqli javob ololmayapti. Natijada, bola dindan yuz o'giryapti. Uni ayblay olamanmi? Yo'q. Qisqasi, sizlar va boshqalarning harakatilar Alhamdulillah, bunga qarshi kurashyapti Ha, biz kurashishimiz kerak. Da'vatchilar buni tushunishi lozim Biz hammani himoya qilish uchun bu yerda emasmiz. Biz haqiqatni himoya qilish uchun bu yerdamiz. Demak, dinimizda har qachongidan ko'proq haqiqat izlovchi bo'lishimiz kerak. Har bir da'vatchi avvalo dinning talabasi bo'lishi lozim. Ya'ni ular gapiradigan har bir masala ilm makonidan chiqsin. Agar bilishmasa, shunchaki bilmayman deyishsin.

Chunki ilmsiz gapirgan kishi, dinni himoya qilmaydi, aksincha, vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Qarabsizki, bir birga zid yolg'on va kuchsiz dalillar beradi, oqibatda uni rad qiladilar. Lekin aslida siz rad etilasiz, Islom emas. lekin ateist buni Islom rad etdi deb tushunadi. Bu sizning aybingiz, zero dalillarni to'g'ri talqin qila olmadingiz Biz har bir masalada zukko bilishimiz kerak. Og'zimizni ochishimizdan oldin nima haqida gapirishimizni bilishimiz lozim. Yolg'on ishonchga berilmang. Har bir masalada izlaning. Islomni go'zal ko'rsating, Islomni aql bilan, chuqur ko'rsating.

hatto oddiy so'zlardan foydalansangiz ham, o'sha so'zlarning ortida sizning tog'dek izlanishlaringiz yotsin Ateizmning o'sishi, vazifamizni yetarlicha bajarmayotganligimizning dalilidir. Shu xolos. Ateizm jozibali emas. Agar aniq qabul bo'ladigan bir duoga haqqingiz bo'lsa, nima so'ragan bo'lardingiz? Ha duoda aytilganidan ko'p narsa bor. Alloh xatolarimni kechirmasdan, barcha yaxshi amallarimni qabul qilishini iloji yo'q. Chunki amallarimni qabul qilinishi albatta mukofotlanishimini bildiradi. Biroq jazoga loyiq bo'lsam, mukofot olmayman. Bilaman, harakatlarim, ishlarim, yaxshi amallarim, namozlarim, ibodatlarim, bularning bari nuqsonsiz bo'lmaydi. Albatta, ularda xatolar bo'ladi.

qolaversa ibodatlardan tashqari, Ko'plab boshqa xatolarim bor. Lekin agar U qabul qilsa, men mukofotlanaman eng katta umid shu, to'g'rimi? Robbimiz tomonidan qabul qilinamiz. Agar sizga millionlab odamlarga Qur'on haqida gapirish uchun bir daqiqa berilsa, nima degan bo'lar edingiz? Bu haqida o'ylab ko'rishim kerak. bir daqiqa gapirishim uchun katta ehtimol bilan fikr mulohazalarga bir necha kunlar kerak bo'ladi. Qisqasi, bu superkubok va millionlab Amerikaliklar buni to'mosha qilishadi Odam Ato haqida aytkan bo'lardim va Iso payg'ambarni Najotkorligini zero bular nasroniy ilohiyotining asosiy qismidir.

Aytardimki, bilsangiz Qur'on Odam Ato, Iso va iblis haqida gapiradi, va unda Injil haqida siz bilmagan narsalar bor O'sha mavzulardan birini tanlashdan avval , astoydil o'ylab chiqardim chunki atiga 1 daqiqam bor axir Amerikaliklarni Nasroniylarni e'tiborini tortishim zarur. Aytish muhumki, Odam ato la'natlanmagan, u yerga jazo sifatida jo'natilmagan. U o'ksik emasdi. Siz o'ksik emassiz. Sizga buni isbotlay olaman. Bu haqida qo'shimcha savolim bor, qisqaroq javob bersangiz. Sizningcha 2.3 milliard nasroniyni Islomni qabul qilishdan to'xtatyotgan eng katta sabab nima? Najot. Muqaddas Uchlik emas. Najot. Najot tushunchasi aslida Nasroniylikning asos tushunchasidir.

Bilasizmi, hammasi ular buni qanday talqin qilishlariga bog'liq. Odatda biz Qur'onni Nasroniylikka qarshi deb bilamiz. Bu ortiqcha soddalashtirish. Qur'on Nasroniylikda noto'g'ri talqin qilingan tushunchalarni o'z ichiga oladi. Bilaman bunga ikki daqiqa vaqt ketadi. Qur'onda mushriklar va Kitob ahli bor. Illo kitob ahli ham mushriklardan edi, to'g'rimi? Xo'sh, nega ularni ham mushrik deyilmadi. Nega? Chunki mushrik beshta Xudo bor yoki Xudolarni shuncha qizlari bor, deydi. Bu shirk chunki ular ko'p xudolikka sig'inadi. Agar nasroniyga nechta xudoga ishonasan desangiz, nima deydi? Bitta lekin 3 xilda. Yo'q, u 3 ta demaydi. U "Xudoga ishonaman" deydi Hech qachon "Xudolarga ishonaman" demaydi.

Biroq u, Xudo uchlikda deb noto'g'ri talqin qiladi. Tushuning, mushrik ko'plab Xudolar bor, deydi. Nasroniy, "Xudo bitta men buni shunday talqin qilaman" deydi. Ya'ni mushrikning shirkidagi farq bilan nasroniyning shirkidagi farq shuki Nasroniyning talqinida shirk bor. Buni katta farqi bor. Birisi to'g'ridan-to'g'ri shirk ikkinchisi talqindagi shirk. Qur'on nima qiladi? Ular yanglish talqin qilgan joylarni ko'rsatib beradi. Bir xil nuqatadan boshlanadi va to'g'ri yo'nalishda talqin qiladi. Bitta misol keltiraman. Ular avvalda Xudo borligiga ishonishadi, va keyin Logos, ya'ni so'z borligiga. Iso Xudoning so'zi.

Xudoning so'zi abadiy bo'lgani va Iso Xudoning so'zi bo'lgani sababli, Iso ham abadiydir, deb ishonishadi Bu Logos mantig'idir, to'g'rimi? Logos arabchada nimani anglatadi? Kalimani, to'g'rimi? Iso Qur'onda kalima deb ataldimi? Ha bu nasroniy ilohiyotining boshlanish nuqtasi. Qur'on buni ishlatdi, bu xavfli. Lekin keyin, Alloh kalimaga "Kun faya kun" - ya'ni Bo'l, deydi va U ham bo'ladi Ya'ni kalima ilohiylashtirilmadi. qachonki Alloh so'z desa u voqeylikda mujassam bo'lardi. Shu tariqa so'z abadiy mavjudotga yoki Xudoga emas, mo'jizaga aylandi Alloh ayni kalimani oldi va talqin yo'nalishini o'zgartirdi. Va Alloh buni qayta-qayta qildi. U buni bibi Maryamga ham. Isoga ham qo'lladi.

Odam Atoga nisbatan ham ishlatdi. Nasroniylikni butunlay rad etish o'rniga, U barcha ajralish nuqtalarini oldi va go'zal tarzda qayta talqin qildi. Bu naqadar go'zal Nasroniy ilohiyotini o'qib keyin Qur'onda buni qanday talqin qilganini o'rgansangiz Hayron qolasiz. Men, Odam (a.s.) hikoyasini o'rganganman. Odam (a.s.) hikoyasining Eski Ahddagi talqini, Odam (a.s.)ning Eski Ahddagi nasroniycha talqinini, Odam (a.s.)ning Eski Ahddagi yahudiycha talqinini, va Qur'ondagi talqinini ham. bu bir hikoya Qur'onda, Injildagi nasroniycha va yahudiycha talqinga, bir vaqtda ham izoh berilgan, ham to'g'rilangan. Bir necha ming yillardagi izlanishlar Baqara surasining bir necha oyatlarida.

nuqtama nuqtasigacha o'zgartirib chiqilgan Bu aqlga sig'maydi. Agar misollar keltirishni boshlasam, juda uzoqqa cho'ziladi. Lekin Nasroniylik dunyosi hali Qur'onni sinab ko'rmagan. Va bizning da'vomiz "Aslida siz Injilni ham sinab ko'rmagansiz chunki Qur'onni sinab ko'rmadingiz" bo'lishi kerak. U Injilni tushunishingizga yordam beradi" Mana meni nasroniylarga aytar gapim. Keling, Injildan gaplashamiz. Va nihoyat, Towards Eternity haqida nima deya olasiz va qanday tajriba oldizngiz? Menimcha sizlar ajoyib ish qilyapsizlar. Chin dildan aytyapman. O'ylaymanki, samimiyatingiz, mehnatingiz, va ehsoningiz o'z natijasini beradi. Allohdan shuni so'rayman.

Hozirgacha erishgan narsangiz kelayotganlariga nisbatan okeandan tomchi, InshaAlloh. Allohdan butun dunyo ahliga va haqni izlayotganlarga ishonch va iymon berishini so'rayman. U sizni iymon va haqga erishish uchun vosita qilsin. Alloh buni sizning hasanatingizga qo'shsin. Bu yerda ko'rib turganim, vaqti va energiyasini bu ishni qilishga sarflagan birodarlarimni duo qilaman, Alloh hayotlariga va oilalariga barokot bersin. ularga yaxshi jufti halol, solih farzandlar bersin. Bu juda ajoyib fikr. Sizni bu yerda qurgan kampusingiz va sharoitlaringiz, dunyo standartiga mos. Bu nihoyatda e'tiborga molik jihat. menimcha bu taqlid qilishga arzidi.

dunyodagi odamlarga ilhom berishingizni, duo qilaman Xuddi videolaringizni turli tillarga tarjima qilayotkaningiz kabi. Duo qilaman bu loyiha ham tarjima qilinib Afg'oniston, Bangladesh, va Indoneziyaga ham yetib borsin, butun dunyoga tarqalsin, InshaAlloh. Ustoz Nouman Ali Xon, vaqt ajratganiz uchun, katta rahmat biz bilan birga bo'lganingiz biz uchun sharaf. Alhamdulillah. Aksincha bu men uchun sharaf. Alloh sizni panohida asrasin. Omin, sizlarni ham panohida asrasin Alloh sizga so'nggi nafasizngizgacha dinga, Qur'onga xizmat qilishni nasib etsin. Omin, Alloh barcha xatolarimizni kechirsin.
