# Nega Islom? - 10 Ta Osiyolik Yangi Musulmon Javob Berdi!

- Language: uz
- Published: 2026-08-17
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/we-asked-10-asian-converts-why-did-you-choose-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=_Q59CdQANUU
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

O'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Men shunchaki shuhrat va pul izlardim. Sehrgarlikda ham xuddi shundayligi uchun. Doim o'zimdan Kimman? Eliza kim o'zi? O'zimni taniy olmay qoldim. Maktab bizga fan, matematika va boshqa ilmlarni o'rgatadi. Lekin nega yaratilganimni, kimligimni va qayerga ketayotganimni o'rgatmaydi. O'lganimdan keyin qayerga boraman? Va Xudoga murojaat qila boshladim. "Haqiqiy Xudo kimligini bilmayapman, Seni izlayapman to‘g‘ri yo‘lga boshla meni" dedim. Buddist sifatida yashayverdim, ammo yuragimda mana shu savollar doim bor edi. Keyin Musulmon do'stimdan so'radim. "Xudoying qani? Uni ko'ra olmayapman-ku." U dedi: "Xudo bor, lekin uni ko'rolmaysan".

Keyin birdan Qur’onni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim kuchayib ketdi. Uning aniqligini ko'rmaslik imkonsiz. Barcha muammolaringizga oddiy javob bor. Bu haqiqiy ozodlik edi. Islom bu erkinlik. Ong erkinligi, fikr erkinligi, tanlov erkingligi. Islom boshqa dinlar ichida eng yengil din. Buddist bo'lib o'sganman, lekin Alhamdulillah 22 yoshimda musulmon bo'ldim. Musulmon bo'lishdan avval men ateist edim. Hech qanday e'tiqodim yo'q edi. Yaponiyaliklar kabi na buddizmga, na hinduizmga e'tiqod qilardim. Men Janubiy Koreyada tug'ilib, voyaga yetganman. Men o'zi o'zgacha odam ham emasman... Koreyada oddiy hayot kechirganman. Universitetda musiqa yo'nalishida o'qiganman.

Bir necha yil oldin Islomni qabul qilib, hozir ham bu yo'lda davom etyapman. Otam cherkovda ruhoniy edilar. Bobom ham ruhoniy edi, amakim ham ruhoniy edi. Shunga qaramay Tailandda ularning mavqelari baland edi. Otamning juda qattiqqo'l ateist faylasufi bo'lganliklari sababdir. Xudojo'ylar bilan qanday kurashishni yillar davomida uqtirib kelardilar. Ularga qanday javob qaytarishni, Xudoga bo'lgan ishonchlarini mensimaslikni, Iso keltirgan xabar haqida uqtirmoqchi bo'layotgan nasroniylarga qarshi qanday qarshi turishni o'rgatganlar. To'g'risi juda yoshlik paytimdan beri, taxminan 10 yoshimdan beri menga Xudo bor deb e'tiqod qilishning o'zi noto'g'ri deb o'rgatilgan.

E'tiqodimga 11 yoshimdan boshlab shubha qila boshlaganman. Undan tashqari men o'zim juda qaysar va qiziquvchan bo'lganman. Xullas bobom olamdan o'tdi. U kishi vafot etganlarida Xitoyliklarga xos bo'lgan marosimni qildik. Bu marosimga ko'ra rasm-rusum qilish uchun bir ruhoniyni chaqirishadi. Lekin uning tiliga tushunib bo'lmasdi. Uydagi kattalardan savol so'ray boshladim. "Nega bularni qilyapmiz o'zi?" Ular esa "Bu ishlar bobong jannatga kirishi uchun qilinadi" deyishdi. Men esa "Yaxshi" dedim. Lekin shu bilan birga, biz ibodat qog'ozini, va do'zax banknotalarini buklaydigan rasm-rusumlarni qilar edik.

Masalan Turkiyaga yoki AQSHga bormoqchi bo'lsam Malayziya pulini AQSH dollariga aylantirardim. Endi esa bizda Jahannamda foydalaniladigan banknotalar bor. Shunda o'ylab qoldim. "Agar bobom jannatga kirsa, jannatda hammasi tekin bo'lsa, unda bu pullar kim uchun?" Ular esa "Bu pullar ham bobong uchun. Agar mobodo jannatga kira olmasa, jahannamda kerak bo'ladi." Bu javob meni battar chalkashtirdi. Ularga baribirdir, lekin men chalkashyapman. Mendagi tushunmovchiliklar ko'paydi, chunki Xitoyda biz ba'zi tushunchalar bilan ulg'ayganmiz. Masalan bu dunyoda yaxshi odam bo'lsangiz jannatda, rohatda yashaysiz. Lekin bu dunyoda yomon odam bo'lgan bo'lsangiz jahannamga borasiz va jazolanasiz.

Jannatdagi mukofot va jahannamdagi azob miyamda qolib ketgan. Lekin ularni gapiga qaraganda, jahannamga pul bilan kirsang undan qutulish mumkin ekan. Unda dunyoda ezgu amal qilish va yomonlikdan uzoq yurib yaxshi inson bo'lishdan nima ma'ni? Ularni shunchalik ko'p so'roqqa tutganimdan oxirida "Bas! Yetar! Boshqa so'rama!" deyishdi. Savol berishni to'xtatdim. Javob qoniqarli bo'lgani uchun emas, bobomga sherik bo'lishdan qo'rqqan edim. Chunki kattalarni jahli chiqdimi demak o'sha zahoti jim bo'lish kerak. Buddist sifatida yashayverdim, ammo yuragimda mana shu savollar doim bor edi. Qancha ko'p savol so'rasam shuncha kam javob olardim. O'zimiz Xitoylikmiz, Xitoy ma'budlariga sig'inamiz.

Ular esa o'zimizga, xitoyliklarga o'xshaydigan ma'budlar. Ularning qosh ko'zlari ham bir xil, o'lchami ham. Bir xilmiz umumiy holatda. Musulmon bo'lishimdan avval bir do'stim bilan gaplashgan edim. Undan "Bu kim o'zi?" deb so'radim. "U Xudomi? Qachon Xudo bo'lgan?" "Haykalga ibodat qilishadimi?" Hurmat yuzasidan so'radim. Beodoblik qilmoqchi emasman. U javob qildi. "U tirikligida Xudo emasdi. O'lganidan so'ngina Xudoga aylandi." Mayli dedim. Ya'ni u tirik paytida ma'bud ekanligini o'zi ham bilmagan. O'lganidan keyin Ma'budga aylangan. Keyin menda boshqa savol tug'ildi. Undan so'radim. "Xo'p shunday ekan.

Unda nega uni ma'bud qilin tayinlaganlarga ham ibodat qilmaysiz?" "Chunki faqat o'shalar birortasini ma'budlikka tayinlash qudratiga ega-ku." Oddiy hayotiy misol. Men sizni kompaniya direktori sifatida ishga tayinlab so'ng bo'shata olsam unda kim kuchliroq bo'ladi? Albatta men. Xo'sh nega ularga ham ibodat qilmaysiz? "O'ylab ko'rmagan ekanmiz" deyishdi. Buni endi qizig'i yo'q. Maktab davri o'gir o'tgan. Do‘stlarim yo‘q, meni mazax qilishardi. Tortinchoq edim, o‘zimga uncha ishonmasdim. Keyin sport va musiqa menga odamlarning hurmatini qozonishimga va meni jiddiyroq qabul qilishlariga yordam berdi. Keyin sehrga qiziqa boshladim. Turli fokuslar ko'rsatardim.

Professional illyuzionist yoki shoumen bo‘lishni istardim. Mehmonxona, restoran, bar va klublarda chiqishlar qilardim. Ammo fikrimni o'zgartorgan narsa, rep aytganimda yoki futbol o‘ynaganimda... men shunchaki odamlarning e’tirofi va ma’qullashini kutardim. Shunda hayotda bundanda muhimroq narsalar borligini angladim Keyin dinni chuqurroq o‘rganishga kirishdim. men doim "Men qayerdan kelganman?" deb o'ylardim. Maktab bizga fan, matematika va boshqa ilmlarni o'rgatadi. Lekin nega yaratilganimni, kimligimni va qayerga ketayotganimni o'rgatmaydi. O'lganimdan keyin qayerga boraman? Bularning javobi yo'q. O'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Doim o'zimdan "Kimman o'zi" deb so'rardim.

O'ziga ishongan Amerikalik qiz bo'lganim sabab ichimda depressiya kuchayayotganini his qilardim. Ichimni zulmat qamrab olayotgandek edi, shunda ruhimni oziqlantirishim kerakligini tushundim. Va Xudoga murojaat qila boshladim. "Haqiqiy Xudo kimligini bilmayapman, Seni izlayapman to‘g‘ri yo‘lga boshla meni" dedim. Bitta narsani aytamanki, Xudoga ibodat qilaman, u biladi, men Uni qidiryapman. Endi ism ishlatmayman. “Ey Xudo, sen bilasan, Seni izlayapman" dedim. Keyin birdan Qur’onni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim kuchayib ketdi. Keyin yapon tilida Qur’onni topdim. Bu Islom haqidagi asosiy manba edi. Shunday qilib yaponcha tarjimasini o‘qishni boshladim.

Keyin oxirat haqidagi juda noyob tushunchalarni topdim. O‘limdan keyingi hayot, Tavhid — Allohning yagonaligi yoritilgan edi. Bu tushunchalar men uchun yangi edi. Bu haqida hech o‘ylamaganman. Chunki Yaponiyada odamlar juda band. O‘limdan keyingi hayot haqida o'ylashga vaqt yo'q. Bir kunda bir soniya ham buni o‘ylashmaydi. Xudo tushunchasini ham. Yaponiya mashhur ko‘pxudolik jamiyati, ya'ni politeizm mavjud. Yaponiyada Xudoning ta’rifi yo‘q. Hech kim Xudo kimligini o‘rgatmaydi. Izlanayotganimda Qur’onda Xudoning ta’rifi borligini topdim. Aniq zikr qilingan. Masalan, Ixlos surasida. A’uzu billahi minash shaytonir rojim, Qul huvallohu ahad — Ayt: U Alloh yagonadir, to‘g‘rimi? Juda sodda.

Ammo men uchun hayratli edi. Oh, Xudoning ta’rifi bor ekan. Suhbatlashishni boshladik. Xudoni qanday tasavvur qilishini so'radim. Xudo nima o'zi? U butun olammi? Yoki u bulut ustida o'tiradigan soqolli kishimi? Sen uchun Xudo nima o'zi? Uning javobi shunday ajoyib bo'ldiki. "Bir narsa ko'rsataymi?" dedida menga Ixlos surasini ko'rsatdi. Biz shunga ishonamiz dedi. Unda u koinotmi? Yo'q, uni tasavvur qila olmaysan. Uni hech qanday tengi yo'q. Xristianlarning U haqidagi gaplariyam bekor. Ya'ni, u yaratilmagan, tug'magan ham, tug'ilmagan ham dedi. Aniq javob. Ha, gapingda jon bor, dedim. O'shanda shundoq ham Xudoga ishonib yurganimni payqadim.

O'tmishimga qarasam, o'ylashimcha hayotim davomida Xudoni borligiga ishonganman. Lekin nimadir sabab bu haqiqatdan qochaverardim. Keyin Musulmon do'stimdan so'radim. "Do'stim, men xitoylikman. O'tkan safargi suhbatimizda oldimizda biznikilar ibodat qilgan ma'bud haykali turgan edi. Sen kimga ibodat qilasan?" "Biz Xudoga ibodat qilamiz" dedi. O'ng va chap tomonimga qaradim. "Xudoying qani? Uni ko'ra olmayapman-ku." U dedi: "Xudo bor, lekin uni ko'rolmaysan". "Bu nima deganing? Ko'rish bu ishonish emasmi? Ko'rmagan narsamga qanday ishonaman?" Keyin u menga bir usulni o'rgatdi. "Shamolni his qilasanmi?" dedi. Men "Ha, his qilaman" dedim. "Uni ko'rganmisan?" Men esa "Qo'ysang-chi og'ayni.

Daraxtga qara, shoxlariga qara, barglariga qara. Ular qimirlayapti-ku. Demak shamol bor. Yana qanday isbot kerak?" dedim. U esa "Yo'q. Sen ko'rayotgan narsalar shamol emas balki uning ta'siridagi narsalardir. Shamolning o'zi emas" dedi. O'zimni bosib biroz o'ylanib qoldim. Mayli. Mayli. Gapida jon bor. Lekin "Xudo kim?" degan savolimga javob bermadi. Keyin davom etdi. "Tasavvur qilib ko'r, tasavvur qil. " "Shamolni Xudo yaratgan. Shamolni ko'ra olmaysan, ammo uning ta'sirini ko'rasan, tanaga urilishini his qilasan. Xo'sh nega endi shamolni yaratgan Xudoni o'zini ko'ra olaman deb o'ylayapsan? Uning borligini his qilasan.

O'zini ko'ra olmasang ham u yaratgan maxluqotlarning ta'sirini ko'ra olasan." Ichimda "Mana bu Xudo mantiqiy ekan" deb o'tiribman. Yaratuvchi, Alloh hammasini yaratgan va ularni bilguvchi Zotdir. Bu boshqotirmaga o'xshaydi. Noldan boshlab hammasini tushundim. Xatto men bilmagan hamma narsani u biladi. Bu yagona haqiqat. Ana shunda musulmon bo'lishga qaror qildim. Allohni ko'ra olmasam ham, tana tuzilishimdan, olamni yaratilishidan, osmon, yomg'ir, hamma narsada uning borligini his qilishim mumkin edi. Ko'p koreyslar Islomni biroz xavfli deb o'ylashadi. Lekin men Islomda ko'p yaxshi tomonlarni ko'rdim. Shu haqida gapirdim. YouTube'da hislarimni bo'lishdim.

Shundan keyin birdaniga ko'p odam qiziqib qoldi. Ko'pchilik menga Islom haqida maslahat bera boshladi. "Islomni o'rganmoqchi bo'lsangiz, falon kishidan so'rang, imom bilan gaplashing." "Koreyada masjid topishingiz mumkin. U yerda namoz o'qishni mashq qiling yoki Ramazonda ro'za tutib ko'ring." Men asta-sekin amal qila boshladim. Nega bilmadim, lekin hammasi tabiiy ravishda sodir bo'ldi. Masjidga borardim, u yerda namoz o'qirdim. Ramazonda ro'za tutardim. Shu jarayon davomida iymonim asta-sekin kuchaya boshladi. Masjidga kirgach xuddi kichik olamga tushib qolgandek bo'ldim. Chunki masjidga har xil millat vakillari kelardi, hammasi bir dinga sig'inardi.

Bu hissiyotni tasavvur qilish juda qiyin. Ibodatxonada ham, maqbarada ham bunday bo'lmagan. Hech qanday cherkovdayam bunaqasini ko'rmaganman. Ko'plab millatli odamlar bir joyga yig'ilib bir safda turib ibodat qilishyapti. Ana shunda bu dinning haqiqatini anglab yetdim. Keyin bilib oldimki, Islom juda amaliy va muvozanatli dindir. Albatta, qiladigan va qilinmaydigan narsa bor, lekin qilinmaydigani juda oz. Ibodat qilasiz, lekin qattiq ishlashingiz ham kerak. Oila qurishingiz mumkin, nikoh, savdo-sotiq ishlari qilishingiz mumkin, hammasi juda yaxshi muvozanatda. Chuqur o‘rganganim sari Islomning naqadar mukammalligini ko‘rdim.

A dan Z gacha tushuntirib beradi, va har bir bosqichning tartibi bor. Endi o‘z yo‘lingizni o‘ylab topishingiz shart emas. Shunchaki ergashasiz. Qanday ovqatlanish, qanday ichish, qanday kiyinish, qanday gapirish, qanday ishlash — hammasi batafsil aytilgan. Allohu Akbar va lillahil hamd. Boshqa hech bir dinda bunday narsani ko‘rmaganman. Qur’onda ko‘plab ilmiy mo‘jizalar zikr qilingan, bu meni hayratga solgandi. Chunki taxminan 1400 yil avval, cho‘lda yashagan, savodsiz bir inson bu ilmiy haqiqatlarni qayerdan bilgan? Axir odamlar ularni yaqindagina, so‘nggi 100 yoki 150 yil ichida kashf qilishgan. Bu ham meni hayratga solgan narsalardan biri . Uning aniqligini ko'rmaslik imkonsiz.

Barcha muammolaringizga oddiy javob bor. U "Nima seni to'xtatyapti?" dedi. Shunda unga Arabchani o'rganishim kerak, Qur'onni o'qishim kerak, ibodat qilishni ham o'rganib olishim kerak dedim. Hech bo'lmasa bir ikkita hadis o'rganishim kerak. Shunda menga qarab turdida keyin bir savol so'radi. Hali ham esimda. O'sha zahoti u, balki avvaldan bilgandir, xullas mendagi mukammallikka intilishni ko'rdi. Balki menga shunday tuyulgandir. "Shu ishlarni hammasiga qancha vaqt sarflamoqchisan? dedi. 20 yilmi? 30 yilmi? 50 yilmi? Bilmadim balki bu sizga va kuzatuvchilarga kulguli eshitilishi mumkindir. Ko'zlarimga yosh keldi. Bilasiz, allaqachon ko'plab izlanishlar qilganman.

Bu ishlarga taxminan 3 oylarcha vaqt sarflagandim, shundan keyin esa... Ilm olishni shu darajada hohlagandimki. Hammasini tushunsam shundagina yaxshi musulmon bo'laman deb o'ylardim. Shunda u menga: "Eliza, Alloh subhanahu va taolo sen hohlaganchalik ilmni faqatgina musulmonning qalbiga joylab qo'yishini bilmasmiding?" dedi. Shu gapni eshitganimdan so'ng, yuragim titrab ketdi, yaralandi. Ungacha ko'zim yoshga to'lgan edi, chunki men hech qachon mukammal bo'la olmasligimni anglab yetgandim. Lekin tushundim. O'sha damda men tushundim. Alloh subhanahu va taolo qalbimga bir ilhom berdi.

"Eliza, Alloh seni mana shu safarga olib chiqqan bo'lsa, hayoting davomida musulmon bo'lganingni ko'rsatgan bo'lsa, otangga ham to'g'ri yo'lni ko'rsata olmaydi deb o'ylaysanmi?" "Oilangni ham to'g'ri yo'lga boshlashi mumkin-ku" Hammasi osonlashdi. Aslida Ramazondan keyin iymonim paydo bo'ldi. Allohga qalbimdan ishondim. Chindan ishondim. Ammo... Shahodat haqida o'ylamagandim. Chunki ishonsam ham musulmon bo'lolmayman derdim. Axir Koreyada yashayman, koreysman. Hayot tarzi boshqacha. Bu oson emasdi. Musulmon bo'lmasang, buning ne'matlaridan bahramand bo'la olmaysan. Ammo shahodat keltirsang, musulmon bo'lib, o'zingni asta-sekin, qadam-baqadam o'zgartirishing mumkin.

Shunda Alloh seni ko'proq mukofotlaydi. Chunki Alloh taolo mehribon va kechiruvchidir. U Zot eng Buyukdir. U senga yordam beradi. Avvalo musulmon bo'l. Chunki hech kim bilmaydi... Men hozirning o'zida ham yurak xurujidan yoki avtohalokatda vafot etishim mumkin. Bugun o'lib qolishim ham mumkin. Kelajakni hech kim bilmaydi." dedi. Shundan keyin "Unday bo'lsa, musulmon bo'lishim kerak." dedim. Masjidni topganimda, u yerda Koreyadagi eng ilmli imomlardan biri bor edi. O'sha yerda shahodat keltirdim. U yerdagi hamma meni tabriklab, samimiy kutib oldi. "Islomga xush kelibsiz", deyishdi.

Bilasizmi, shahodat keltirganingizda avvalgi barcha gunohlaringiz kechiriladi va siz go'yo yangi tug'ilgan chaqaloqdek yangi inson bo'lib qolasiz. O'sha paytdagi tuyg'ularimni ta'riflab bera olmayman. Bu chinakamiga ajoyib edi. Shahodat keltirganimdan keyin esa, o'shanda peshin bo'lgan ekan. O'sha paytni o'zidayoq darrov tahorat qilib peshinni o'qidik. Umrimda birinchi marta sajdaga bosh qo'yganimda o'zimni shunaqangi yaxshi his qildimki. Sizning oilangiz Islomga o'tganingizni qanday qabul qildi? Onangiz, otangiz nima dedi? "Oyi, Kuala Lumpurga qaytgach Musulmon bo'lmoqchiman" dedim. Shu gapni aytishim bilan uzoq vaqt jim bo'lib qoldilar. Biroz jim turib keyin "Ixtiyor o'z qolingda.

Lekin e'tiqod bilan o'ynashma. Jiddiy bo'l" dedilar. Oyimga niyatim jiddiyligini aytdim. U shunday dedi "Endo mening o'g'lim emassan", deb. Bu gap menga juda og'ir botdi. Ulardan birortasi keyinchalik Islomni qabul qildimi? Afsuski, yoʻq otam vafot etdi. Ammo , vafotidan sal oldin, u menga shunday degandi agar sen bilan yashashni boshlasam, Islomni qabul qilishga ham tayyor boʻlardim, Lekin oilaviy sharoitim bunga yoʻl qoʻymadi So‘ng otam menga bitta savol berdi. Nega soqol qo‘ygansan? “Soqol”, dedi. Bu... juda qiziqarli, kutilmagan savol edi. Bu Islom bilan bog‘liq edi. Ehtimol, kutib yurgan savolim ana shu bo'lgandir.

Lekin bu savolga to'g'ridan-to'g'ri javob bermadim, balki shunday dedim: “Hozir bergan savolingizni va javobini yaxshiroq tushunishingiz uchun, avval Islom asoslarini tushunib olishingiz kerak.” Bunga 10 daqiqa vaqtingiz ketadi. Otam: “Mayli,” dedi. Bu degani — endi men Islom haqida gapirishim mumkin, hatto 10 daqiqa bo‘lsa ham, Alhamdulillah. Avvallari bir necha daqiqani ham ko‘tara olmasdi. Ammo endi 10 daqiqa, Alhamdulillah. Eng zarur narsalarni aytishim kerak edi. Bizda GORAP metodi bor — Xudoning borligi, Yagonaligi, vahiy va payg‘ambarlik — eng asosiy qismi. Buni ilgari o‘rganganim uchun oson yaponcha qilib gapirdim. Shunda ular tinglashdi, onam ham tingladi.

Keyin otam menga: “Xo‘sh, sen nimani xohlaysan?” — deb so‘radilar. Oxiri shunday dedi: “Nima xohlaysan?” O‘sha paytda ayolim yonimda o‘tirgan edi. “Nimadir bo‘lyapti”, deb o'yladi. Shunda ayolim “Hammamiz birga Jannatga kirishimizni istayman” deb qoldi. Ha buni ayolim aytgandi. Shunda otam: “Qanday qilib?” dedi. Vaqtdan foydalanib: “Shahodatni ayta olasizmi?” dedim. Chunki GORAPning mohiyati ham shahodatga borib taqaladi, ya’ni “Ibodatga loyiq zot faqat Allohdir, va Muhammad alayhissalom Allohning elchisidir”. Mana shu xabar. Buni allaqachon tushuntirdim va ular uni qandaydir darajada tushundi. Endi faqat uni tasdiqlash yoki iqror bo‘lish qolgandi.

Men xohlagan narsa — sizlar shuni tasdiqlashingizdir. Ya'ni hozir tushuntirganimni. Shunda otam va onam bir-biriga qarashdi va: “Mayli,” deyishdi. Shu sababli biroz muddat iymonimni qo'limdan kelgancha yashirib yurdim. Odamlar oldida namoz o'qimasdim. Ro'za tutsam birovga aytmasdim. "Doktor qabuliga borishim kerak, doktor ovqat yemay turing dedi" kabi shunga o'xshash bahonalar qilardim. Suv ichgandek bo'lardim lekin ichmasdim. Uzoq muddat yashirib yurdim. Balki ayolimga munosabatimni o'zgartirsam, to'satdan yaxshi erga aylansam, yoki turmushimiz yaxshilanganini ko'radigan bo'lsa, balki o'zi mendan "Nega birdan yoqimli er bo'lib qoldingiz" deb so'rab qolar deb o'yladim.

"Sizga nima bo'ldi" deb. Lekin o'ylaganim bo'lmadi. Har bir kichik o'zgarishga alohida e'tibor berishim lozim edi. Masalan namoz, ertalab bomdodga uyg'onish. Buni shovqinsiz qila olamanmi? Xullas, hozir ham odamlar kuladi. Qo'ng'iroq chalishi bilanoq, shunga o'rganganman, sakrab turamanda, qo'ng'iroqni birinchi tovush tugamasidan o'chiraman. Aslida 3 4 marta chalishi kerak. Men esa birinchisidayoq... Juda tez edim. Keyin ayolim musulmon bo'lganimni payqab qoldi. Islomga ko'ra ro'za tutardim, hech nima ichmayotgandim. Ovqatlarda cho'chqa go'shtini ishlatmaslikni aytgandim. Shunda u Islomga qarshi bo'lib qoldi. Meni Islomdan qaytarish uchun o'zi Islomni juda chuqur o'rgana boshladi.

Ayolingiz qanday muslima bo'ldi? Xullas ahvol juda jiddiylashdi. Xatto ajrashish to'g'risida gaplasha boshladik. Men buni xohlamadim. U esa "Mayli ajrashmaymiz, lekin siz boshqa joyga borib yashang" dedi. Boshqa xonada yoki boshqa uyda yashang. O'sha yerda musulmon bo'lavering. Rasmiy jihatdan biz er xotinmiz. Har hafta bolalarni ko'rishga kelishingiz mumkin, lekin boshqa joyda musulmon bo'ling. Bizni aralashtirmang. Hayotimizni qiyinlashtiryapsiz. Xullas hammasi chalkashib ketdi. Bir kuni kechqurun uyga keldim. Ikkinchi qavatda turardik. Kvartiramiz zinalari yonida turardim. Birinchi pilla poyaga oyoq qo'ygani kuch topolmadim. Zina oldida turar ekanman, juda charchagan edim.

Janjallardan charchadim. E'tiqodimni himoya qilishdan charchadim. Soqolingni olib yur degan odamlardan charchadim. Juda ko'p narsalardan charchagandim. O'sha yerda turar ekanman, birinchi marta Allohga yuzlandim. Ortiq bunday qilolmayman, dedim. Menga yo'l ko'rsat. Bilmadim, ayolimni to'g'ri yo'lga boshlaysanmi, iltimos bir yengillik ber. Unday bo'lmasa mayli, menga nima yaxshiligini o'zing bilasan. Ortiq chidolmayman. Juda charchadim. Boshida men ham kasallandim. Shunda bir muddat xonamga qamalib oldim. Nima bo'layotganini bilmagandik. Lekin tuzala boshladim. Men tuzalar ekanman ayolim kasal bo'la boshladi. Tana haroratim umuman tushmadi. Tinmay yo'talardim.

Narsalarni ta'mini umuman his qilmay qo'ydim. Atrofimdagi odamlar havotirlana boshladi. Ulardan uzoqda turishim kerak edi. O'zimni xuddi g'alati va tushunarsiz kasallik yuqtirib olgandek his qilardim. Hayolimdan bir fikr ketmasdi. "Agar bu holat davom etaveradigan bo'lsa, balki rostan ham o'larman" "Agar shunday bo'lsa unda erimni va bolalarimni boshqa ko'rmaymanmi?" Hech tuzalavermadi. Ikki hafta o'tdi, u esa battar bo'laverdi. Uch hafta o'tdi. Yo'tali to'xtamadi. Va bu tabiiyki yaxshi holat emasdi. O'zimni qarashimdan kelib chiqsak juda havotirda edim. Nafas olish darajasi yomon emasdi shu sababli unchalik ham qattiq havotir olmadim. Agar shu holimda o'lib ketadigan bo'lsam...

O'zi musulmon bo'lish niyatim yo'q edi. Shahodat keltirishni xohlamagandim, lekin ortiq o'yin o'ynashga toqatim qolmagandi. Keyin esa shu savolni berdim. Ko'zlarimga qarab turdida "Ha. Agar o'ladigan bo'lsam, siz va bolalar boradigan joyga borishni istayman" dedi. "O'lsam sizlar bilan bo'lishni xohlayman" Chunki 8 yil davomida oilamizdagi barcha kelishmovchiliklarga qaramay men hech nima qilolmadim. Men shunchaki "Ey Alloh, iltimos, mushkulimni o'zing hal qil" dedim xolos. Ikki hafta o'tib shu holat bo'ldi. To'g'risini aytadigan bo'lsam, bu shu darajada to'satdan keldiki, yillar davomida ayolim musulmon bo'lganini hazm qilish ham qiyin edi.

Bomdodga turib olardimda kelib uyg'otsammmikan yo uyg'otmasammikan deb turardim. Uyg'otaymi yo uxlayversinmi? Uyg'otsam so'kib bermasmikan? Rostan musulmon bo'ldimi yo bu tushimmidi? Mana shunday qilib turganimda birdan ko'zlarini ochib qolardi. Va menga qarab "Bomdod bo'ldimi?" desa "Ha" derdim. Keyin ibodat qilardik. Islomdan oldin va keyingi hayotingizda qanday farqlar bor? Ha, farqni bitta so‘z bilan aytsam — qalb yoki ongning barqarorligi. Alloh nimani rejalashtirsa — hammasi yaxshidir. Ammo natijasini bilmaymiz, chunki U butun manzarani ko‘radi, inson esa faqat bitta pikselni ko‘radi.

Shuning uchun ba’zan nimadir yomon bo‘lib tuyuladi, lekin 10-15 yildan so‘ng ortga qaraganimizda nima uchun u voqea bo‘lganini anglaymiz. Har bir voqea bir sababligini bilamiz. Oxir-oqibat biz oladigan muhim narsa — qalb barqarorligidir. Hozirda Koba Muslim masjidida imomman. O'sha masjidda 10 yil avval 2014-yil shahodat keltirganman. O'shanda Sentabr edi. 2024-yil Sentabr o'sha oy, sentabr oyida Allohni irodasi bilan masjid imomi etib tayinlandim. Islom hayotimga kirib kelganida, albatta avvalo qadriyatlarga moslashdim, keyin esa ko'rinishimni moslashtirdim. Topgan narsam shu bo'ldiki, hijobga kirishim bilanoq, odamlar gaplarimni eshita boshlashdi. Menga quloq solishdi.

Odamlar menga quloq solishdi chunki shu paytgacha hech kimga hech nimani ayta olmasdimda. Tanlovlarimni, fikrlarimni bildira olmasdim. Bu haqiqiy ozodlik edi. O'sha qullikdan ozodlikka chiqdim. Islom bu erkinlik. Ong erkinligi, fikr erkinligi, tanlov erkingligi. Islom boshqa dinlar ichida eng yengil din. Yuzingizga bir narsalar surtib, soch turmaklab, har xil kiyim va taqinchoqlar taqib baxtli bo'laman deb o'ylasangiz, demak o'z baxtingizni o'sha begona odamlarda deb o'ylar ekansiz. Sizningcha baxtingiz ular sizni qabul qilish qilmasliklarida deb o'ylaysiz. Hammasi ularni qo'lida. Sizni qadringiz ular bilan. Unda mashxurlik-chi? Mashxurlik sizni rostan ham qoniqtira oladimi?

Mashxurlik ham tashqi omil. Chunki u boshqa odamlardan keladi. Boshqalar sizga sen zo'rsan demagunlaricha mashxur bo'la olmaysiz. Xo'sh o'zingizga rostan shu narsani ravo ko'rasizmi? Balki shundaydir, lekin mashxur bo'lishni boshqa yo'llari ham bor. Farishtalarni orasida mashxur bo'lishingiz mumkin. To'g'ri, ularni ko'ra olmaysiz. Amallaringiz sababli mashxur bo'lishingiz mumkin. Qay darajada halol insonligingiz bilan ham mashxur bo'la olasiz. Agar shunda ham o'zingizga ishonsangiz, har qanday holatda ham, har qanday ko'rinishda ham ovozingizni eshitishlari, sizga qiziqishlari mumkin. Mayli shunda sizga ishonaman.

Qadringizni avvalo o'zingizdan toping va Islomni o'rganing, chunki Islom sizga o'z sharafingizni qaytarib beradi. Islom sizga erkin ovozingizni qaytaradi, qadr-qimmatingizni qaytarib beradi. Qadringiz kiygan kiyimingizda va soch turmagingizda emasligini tushunasiz. Javoblarni o'z ichingizdan izlang va topmaguningizcha taslim bo'lmang. U muslima bo'lgach, men bilan birinchi Ramazonini kutib oldi. Meni ro'za oylarim judayam, judayam qayg'uli o'tardi. Juda qayg'uli holat edi. Butunlay bir o'zingiz, juda qiyin va qayg'uli bo'lardi. Yolg'iz saharlik qilasiz, yolg'iz iftorlik qilasiz. Unchalik quvonchli emasdi. Ayolim bo'lsa Instagramda postlar ko'rib o'tirardi.

Odamlar iftor qilish uchun dastuxron yozib hursandchilik qilishardi. Ular Ramazon oyini xuddi festival kabi o'tkazishardi. Ayolimni jahli chiqdi. Menga qarab "Men shunaqa Ramazonni xohlayman. Bizni Ramazonimiz dabdalaku" dedi. O'sha paytlari u bir tashkilotda ishlayotgan edi. Biz esa mana shu yerdagi Yaponiya Musulmonlar Birlashmasida ishlay boshladik. U yerda biz Tokyodagi turli xil bayramlar va Yokohamadagi masjid bilan tadbirlarda yordam ko'rsatamiz. Yana koreys xalqi uchun ham nimadir qilishni xohlayman. Koreya jamiyatida g‘azab va depressiya juda ko‘p. Buning asosiy sabablaridan biri — ularning e'tiqodi yo‘qligidir. E'tiqodsiz umid ham bo'lmaydi.

Depressiyaga tushganlarida hech kim ularga yordam bermaydi. Siz... tayanadigan hech kimni topa olmaysiz. Suitsid darajasi yuqori. Koreyada bu ko‘rsatkich eng yuqorilardan. Men musulmonman. Yaxshi narsa yuz bersa, "Bu Allohning marhamati", deyman. Shukr qilaman. Agar yomon narsa yuz bersa, "Bu Allohning rejasi, bu bir sinov", deyman. Ateist bo‘lsangiz, hech narsaga ishonmasangiz, yaxshi narsa bo‘lsa: "Men o‘zim erishdim", deysiz. Keyin odam kibrga beriladi. Qiyinchilik kelsa "Nega aynan menga shunday bo‘ldi?" deb o‘zini ayblaydi. Depressiyaga tushib, hatto o‘z joniga qasd qilishgacha borishi mumkin. Menimcha, Koreya jamiyatiga haqiqatan ham... e'tiqod juda kerak.

Menga o‘xshab islomni qabul qilgan ko‘plab insonlarning ota-onalari hali ham musulmon emas. Bizning haqqimizga duo qiling. Rahmat. Men sizga Qur’onni o‘qishni tavsiya qilaman. Agar boshqa dindan, ya'ni nasroniy, hindu yoki yahudiy bo‘lsangiz, Muqaddas kitoblaringizni Qur'on bilan qiyoslab ko'ring. Injil, Bhagavad Gita, Vedalar, Puranalar kabi manbalarda Arabistondan keladigan bir payg‘ambar, barcha insoniyat uchun yuboriladigan so‘nggi elchiligi haqida ishoralarni ko'rasiz. U insoniyatga Xudo yagonaligini aytgani keladi. Inshaalloh, bu video sizga haqiqatni topishingizga yordam beradi. Katta rahmat. Islomni qabul qildingiz lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Yoki musulmon bo‘lgansiz-u, endi barini boshidan boshlab Islomni o‘rganmoqchimisiz? Biz siz uchun Step Islam ilovasini ishlab chiqdik. Bu Islomni tushunarli va tizimli tarzda o‘rgatuvchi, mutlaqo bepul hamda reklamasiz ilovadir. Ilovada iymonning asosiy poydevorlarini, Qur’ondagi muhim atamalarni osonlikcha o‘rganib, odatlarni shakllantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarasiz. Shayton buni kechiktirishiga yo‘l qo‘ymang. Quyidagi havola orqali “Step Islam” ilovasini yuklab, abadiy saodat sari ilk qadamlaringizni bugunoq qo‘ying.
