# Biz Islomga kirgan 10 nafar ayoldan so'radik: Nega Islomni tanladingiz?

- Language: uz
- Published: 2026-08-26
- Canonical: https://blog.towardseternity.com/uz/blog/we-asked-10-female-converts-why-islam
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=qc3s8FHAnq4
- Channel: Towards Eternity

This is the cleaned transcript of the source video. The speech is unaltered.

---

Avvallari kalimani eshitsam, qo‘rqib ketardim "Allohu Akbar". Ko'pgina tushunchalarim xato edi. Muslima ayollarni ezilganlardan deb o'ylardim. Nega ro‘mol o'rashlari kerak? Buni noto'g'ri hisoblardim. Ko'plab tushunmovchiliklar bo'lgan. Ko'chaga chiqqanimda odamlar menga e'tibor berishini xohlardim, lekin shu bilan birga noto'g'ri odam qarasa, jahlim chiqaverardi. Takabburligim juda kuchli bo'lganligi sabab Qur'on o'qishni boshlaganman. Rostini aytsam, undan ziddiyatni topmoqchi edim. Islom ayollarga turli tomonlama erkinlik beradi. Aslida, ularni yuksak maqomga ko‘tarib beradi. Hayolimda, ayollar zulm ostida edi.

Keyin Islomni o'rganishni boshladim va aslida jamiyat ayollarni ezayotganini tushundim. Topganim faqat mukammal hayot tarzi edi. Qur’onda topgan narsalarim faqat ilmiy dalillar edi. Tadqiqotim davomida Qur’on betakror adabiy uslubga ega kitob ekanligini bildim. Hech qanday zidlik yo‘q edi. Ko'chada yurishdan rohatlana boshladim, ya'ni oddiy yurishdan, tomoshabop emasligim yoqa boshladi. Birinchi marta odamlar men haqimda nima deb o'ylayapti degan xavotirlarsiz yashay boshladim. Islom menga shu lazzatni berdi. Ismim Loren Bus. Men jurnalist, yozuvchi va aktrisaman. 1967-yil Londonning shimoliy qismida, Hampsted shahrida tug'ilganman. Shunday qilib, 2010-yilda Islomni qabul qildim.

Alhamdulillah. Men Sikh diniga e'tiqod qilib ulg'aydim. Ota-onam hindlar edi. Men Buyuk Britaniyada tug'ilib o'sdim. Taxminan 24-25 yoshimda musulmon bo‘ldim. Alhamdulillah Londonda tug'ilib, o'sganman. O‘zimni aslida ateist bo‘lganman deb hisoblayman. Sharqiy Londonda tug'ilib, o'sganman. Onam Italiyalik. Onam bilan cherkovga borganimni eslayman. Cherkovga borganimda, ruhan va ma'nan qoniqqanimni his etardim, lekin savollarim bor edi. Ya'ni aqlan va mantiqan boshqa bir insonga qanday qilib sig‘inishim mumkinligini tushunolmasdim. Yoshligimdan bu narsa menga noto'g'ridek tuyulardi. Shubham bor edi.

Bir kunni hech esdan chiqarmayman, o'shanda cherkov ruhoniysi bilan gaplashib, unga shu savolni bergandim. Bilasizmi, shu savollarni so'raganimda, u "Faqat ishoning" dedi. Buvimga bo‘lgan yuqori hurmatim sababli ularga juda ko‘p savollarni berolmasdim. Ulg'ayganim sari ulardan, "Nega ular uchta?" deb so'rashdan to'xtamadim. Ular esa, “Shunchaki ishonishing kerak,” deyishardi. Xullas bu mavzu doim yopiq eshikdek edi. Javobini bilolmagan savollarim bor edi, va Iso alayhissalom Xudoning o‘g‘li ekanligini qabul qilishda qiynalardim. Xudo qudratli va hamma narsaga qodir bo‘lsa, nega, nima uchun... Iso bizning gunohlarimiz uchun o‘lishi kerak degan fikrda edim. Nega Iso?

Nega Isoga ibodat qilishimiz kerak? Bu tushuncha menga g‘alati tuyulardi. Tushunolmasdim. Shuning uchun shunday savollar berardim va go‘yoki bunday savollar bermasligim kerakdek meni to'xtatishga harakat qilishardi. Bundan aniq jahllari chiqqan deb aytolmayman, lekin meni jiddiy qabul qilishmagan. Agar u Xudo bo'lsa, nega u o'lishi kerakligini tushunolmasdim. Chunki Xudo o'lmaydi. Buni tushunish juda qiyin edi. Nega Xudo o‘z farzandiga bunday qilishi kerak? Farzandi ekan, nega uni qiynagan? Nega qutqarmagan, yoniga olib ketmagan? Bola bo'lsam ham shularni o'ylardim. Qanday qilib Xudo o‘z farzandiga bunday qilishi va bunga yo‘l qo‘yishi mumkin? Islom haqida birinchi nima deb eshitdingiz?

Salbiy fikrlaringiz bo'lganmi? Ha, bo'lgan. Biroz Islomofob ham bo'lgandirman. Bilasiz, o'sha vaqtlarda ko'proq voqealar Iroq va shu kabi davlatlarda sodir bo'layotgandi. Avvallari kalimani eshitsam, qo‘rqib ketardim "Allohu Akbar". Bu meni qo'rqitardi. Musulmon erkaklari meni nazdimda judayam qattiqqo‘l, ayollarni uradi deb o‘ylardim, ya’ni shunday noto'g'ri tushunchalarim ham bor edi. Muslima ayollarni siquv ostida deb o'ylardim. Nima uchun ular ro'mol o'rashlari kerak? Bu to'g'ri emasku derdim. Juda ko'p savollarim bor edi. Islomda nima sizda eng ko'p taasurot uyg'otdi?

Qizig‘i shundaki, muslima ayollar haqidagi barcha noto'g'ri tushunchalarimga qaramay, Islomda birinchi bo‘lib o‘rgangan mavzuyim, aynan ayollarning Islomdagi o‘rni bo‘ldi. Shuning uchun juda ko‘p ma’ruzalarni tingladim, internetda juda ko‘p maqolalar o‘qidim. Darussalam nashriyotidan “Islomdagi buyuk ayollar” kitobi haqiqatan judayam zo'r edi. Fikrimcha ayollar bosim ostida edi. Keyin Islomni o'rganishni boshladim va aslida ayollarni jamiyat ezayotganini, Islom esa bu borada rivojlangan din ekanligini tushundib yetdim. Aslida, Islom shu darajada mukammalki hozir ham jamiyat sifatida unga yetib olish uchun kurashyapmiz. Insha'Allah, u yanada kuchliroq bo'lib qaytadi.

Chunki hozir biz duch kelayotgan barcha jinsga va shaxsga aloqadar muammolarning barchasi, barchasiga Islomda yechim bor. Ehtimol, biz endi bunga ham erisharmiz, chunki Islom ayollarga har tomonlama erkinlikni beradi. Aslida, u ayollarni juda yuksak maqomga ko‘taradi. Jamiyat buni men tushunganday, men ko'rganday tushunganda edi, SubhanAlloh, ular Islom ayollarga nihoyatda ko‘p huquqlarni berganini bilardi. Bilasizmi, bu musulmon mamlakatlarida ilgari hech qachon ega bo'lmagan huquqlardir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bizga ayollarni qanday hurmat qilishni o‘rgatganlar. Masalan, avval aytganimdek, bu narsa oddiy mahr berish orqali bo'lishi mumkin.

Avvallari ayollar erkaklarga pul berishlari kerak bo'lsa, endi esa buning butunlay aksi. Odatda qiz tug'ilganida, og'ir tushkunlikka tushib qoluvchi insonlar uchun bu juda og'ir yuk edi, hatto qizlarini o'ldirar edilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom “Kimki bir qiz farzandini yaxshilab tarbiyalab, o'stirsa o'sha insonga Jannat eshiklari ochiladi, va Jannatda men bilan yonma-yon bo'ladi", deganlar. Bularning hammasi dengizdan bir tomchi xolos. Agar bir ayol siz bilan janjal qilsa, bahslashsa, jim turing. Ular shunday qilganlar. Ular jim turganlar. Umar ibn Hattob buni o'rgandi. U ayollari bilan bahslashishni xohlardi, lekin bilasizmi, u o'rgandi. U jim turishni o'rgandi.

Ayollarga o'z his-tuyg'ularini namoyon qilishga albatta imkon berishingiz kerak. SubhanAllah , qaysi din sizga buni o'rgatadi? Menda juda ko'p misollar bor, o'ylaymanki bular sizda bir umr saqlanib qoladi. 2008-yilda, hali musulmon emasdim va G‘azoda o'sha paytda ham, hozir ham qamal ostida yashayotgan odamlar bilan birga qamalda qolib ketgandim. A’uzu billah. O‘sha payt Ramazon oyi edi va odamlar bir-birlariga yaxshilik qilayotganini ko‘rdim. Kambag‘al bo‘lishsa ham, yordam berishardi. Shunda Rafah qochqinlar lageridagi bir oilaga go'sht olib borib yaxshilik qilay deb o'yladim. Keyin qochqinlar lageridagi bir musulmon oilaga ovqat olib bordim.

Onasi eshikni ochib, “Marhamat, assalamu alaykum,” dedi. Shu qadar yuzi nurli ayol ediki, yeyish-ichishga hech nimasi yo'q edi. Unga “Nega ro‘za tutyapsiz? Menimcha, Xudoyingiz sizni sevmasa kerak”, dedim. Aytayotganim uchun uzr! Nega siz G'azoliklar 30 kun tashna holingizda ro'za tutasiz? Shunda 31-kun sizda suv bo'ladimi?" dedim. U, "Yo‘q, bizda suv yo‘q”, dedi. Men, “Xo'sh nega?”, dedim. "G'azoda 30 kun davomida ovqatsiz o'tirasiz, shunda 31-kun muzlatkichingiz to'ladimi?" dedim. "Yo'q, to'lmaydi," dedi. "Demak, Xudoyingiz sizni yaxshi ko'rmaydi", dedim. “Ro‘za tutishingizga bitta yaxshi sabab ayting-chi,” dedim.

U hech narsasi yo‘q xonasida turib, “Ramazonda kambag‘allarni eslash uchun ro‘za tutaman”, dedi. Va o‘sha paytda o'ylab qoldim, “Islom shu bo‘lsa, men musulmon bo‘laman”. Chunki Xudoga ishontirgan va shunday kunda sizga hech narsa bermasada, undan minnatdor bo'lishingiz iymon bo'lsa, agar och bo'la turib bir kosa ovqatingizdan begonaga berolsangiz, ey Xudoyim, bu juda ajoyib. Alloh meni bir inson bilan uchrashtirdi, u o'rta maktabdagi mening sinfdoshim edi va amallarni qoldirmaydigan musulmon edi. Men Islomni o‘rganishga qiziqa boshladim, maqolalar o'qirdim. O‘sha davrda audiokassetalarni tinglardim.

Biz Qur’onni o‘qishni bitta juda takabbur sabab bilan boshladik, ya’ni bu dinda qandaydir zidlik topib, o'sha qizni “qutqarish”ni xohlagandim. Chunki ro‘mol o'rash noto‘g‘ri narsa deb o‘ylardim. Hijob uni yuqori martabaga erishishdan va yaxshi hayotdan to‘sadi, deb o‘ylardim. Men ulg'aygan jamiyatda, sayr vaqtida va ko'chada erkaklar doimo oldinda, ayollari esa ulardan 2 metr orqada yurardi, shu sabab menda shunaqangi noto'g'ri tushuncha shakllangan edi. Bir tomonlama menga bu juda qiziqarli tuyulardi, chunki bu e’tiqod unda qandaydir ichki go‘zallik, tinchlik va osoyishtalik uyg‘otayotganini ko‘rardim.

Boshqa tomonlama esa, bu unga to'sqinlikni tug'dirardi, ezardi, orqaga tortardi, imkoniyatlarini cheklardi. Shunday qilib bu borada ko'p bahslashishni, suhbatlashishni boshladik. Vaqt o‘tishi bilan, Islom haqiqat ekaniga tobora ko‘proq ishona boshladim. Va bu meni qo'rqitardi. Asta-sekin ishona boshladim. Qalbim, tushunchalarim o'zgarishni boshladi. Hech nima topolmadim. Topganim esa har tomonlama mukammal hayot edi. Men Qur’ondagi barcha ilmiy dalillarni topgandim. Tadqiqotim davomida Qur’on betakror adabiy uslubga ega ekanligini bildim. Ziddiyatlar yo'q edi.

Bu meni juda qo'rqitardi, chunki o'sha vaqtlarda yosh bo'lishimga qaramay, agar biror narsani borimcha qabul qilsam, unga 150% bor kuchimni berardim. O‘zimdagi o‘zgarishlar boshlanayotganiga asta-sekin ishonch hosil qilayotganimda, bu hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborishini o'ylardim. Bu meni qo'rqitardi. Faqat Islom haqida va topgan narsalarim haqida o'ylardim. Xuddi miyamga tinimsiz fikrlar yomg‘iri yog‘ilayotgandek edi. Bilasizmi, Qur’ondagi ilmiy va mukammal dalillar, Xudoning mavjudligi, bundan tashqari, payg‘ambarlikning isbotlari... fikr ustiga fikr, biri ketidan biri to‘xtamay aylanardi. Keyin fikrlarimni jamlab, toza havo olish uchun uyim yaqinadagi ko'chaga aylangani chiqdim.

Doim kesib o'tadigan ko'cha ro'parasiga keldim. U yerda to‘xtab, “yashil chiroq” yonishini kutdim. Yashil chiroq yondi, odamlar yo'ldan o‘ta boshladi, lekin men o‘ta olmadim. Go‘yo oyoqlarim yerga mixlanib qolgandek tuyuldi. O'sha payt meni hayollarim chalkash, xuddiki shu yo'lni, yoki boshqa yo'lni kesib o'tayotganimda, mashina urib, hozirgi holatim, bilganlarim bilan o'lsam, bu men uchun qanday ahamiyatga ega?" deb o'yladim. O'shanda birdaniga hammasi menga ayon bo‘ldi. Nega qalbimga allaqachon kirib kelgan haqiqatga guvohlik bermayapman?

Meni Islom haqiqat ekaniga ishontirgan eng katta dalillardan biri, Qur'on hech qachon o‘zgartirilmaganligini va millionlab insonlar uni yoddan bilishi edi. Hech qachon millionlab odamlar Injilni yod olgani haqida eshitmaganman. Shuning uchun, bu mo'jiza edi. U kichkina kitob emas, u anchagina katta kitob aslida. Shu sabab bu meni e'tiborimni tortdi. Nima sizni Payg‘ambarimiz alayhissalom haqida eng ko‘p hayratga soldi? Ularning xulqi. Eng hayratga solgani shu bo'ldi. Ularning go‘zal xulqi. Avvalo, ayollarga bo‘lgan munosabatlari. Ayollarga bo‘lgan munosabatlari shunchalik nozik ediki, hatto qizini o‘pmagan erkak bilan gaplashishni ham istamaganlar.

Ayollarining hissiyotlarini tan olishlari va bunga eng chiroyli tarzda munosabat bildirganlari meni juda hayratlantiradi. Payg'ambarimiz alayhissalom bir sahobaning uyiga Oisha onamizni taklif qilmaganlari uchun ziyofatga bormaganlar. Hammasi, ularning muloyimligi, ayollariga nisbatan adolatlari, barchasi meni ta’sirlantirdi. Men qoyil qoldim. Uyda mehribon va muloyim, jang maydonida esa jasur va kuchli. U kishining Toifda bo'lganlarida qilgan yana bir ishlari, yordam so'rab borganlarida ko'rsatilgan zaifliklar. Bu ta'sirli qilib yoritilgan. U inson ham yig'lay olishlari haqidagi dalil. Hozirgi erkaklar, "Yig'lay olmaymiz, shunday katta bo'lishimiz kerak" deb o'ylashadi.

Yo'q, u kishi yig'ladilar. Gender, ayol va erkaklar o'rasidagi farq haqida gapiramiz. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga nazar soling. Hozir Nosir Qoriy yozilgan "Payg'ambarimiz siyratlari" haqidagi kitobni o'qiyapman va har bir bandidan nimadir o'rganyapman. Bu juda ham ajoyib kitob ekan. Barchaga tafsiya qilaman. Hamma narsa, hattoki payg'ambarimiz o'lim to'shagida yotgan paytlarida ham Oisha onamiz bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotganlari ham keltirilgan. Shikoyat qilganlarida, payg'ambarimiz hazil bilan, "Meniki-chi? Mening boshim og‘riyapti-ku, o‘lyapman axir,” degan ekanlar.

SubhanAlloh, ular boshlaridan kechirgan barcha narsalar shunchaki biz yaxshiroq inson bo‘lishimiz va Jannatga erishishimiz uchun edi. U kishining barcha qurbonliklari, oilalari, boyliklari boshlaridan kechirgan barcha sinovlar, nima uchun? Biz uchun. Qanday qilib shahodat keltirdingiz? Rostini aytsam bu hayotimdagi eng quvonchli kun edi. Juda hayajonli bo'lgan. Kechinmalarimni so'z bilan ifodalay olmayman. Go'yo yelkamdan to'g ag'darilganday bo'lgan. O'zingizni yengil, yangi tug'ilganday his etasiz. Bu hayotimdagi eng quvonchli kun edi, to'g'risi. Hech qachon masjidda yoki boshqa joyda shahodat keltirmaganman, chunki tushunishimcha, bu men va Alloh o‘rtamizda edi.

Empayr-Steyt binosining eng tepasiga chiqib, “Qur’onni olib va uni o‘qib, hali hech narsa bilmaysizlar!” deya odamlarga qarab baqirgim kelgandi. Shu Kitobni o‘qisangiz, dunyo haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsani bilasiz! Jiddiy aytyapman. Shunday qilib, o‘sha masjidga keyingi safar shahodat keltirishga borganman. Ha, alhamdulillah. U yerda tahminan 60-70 kishi bor edi. O‘sha paytda shahodat keltirishimga guvoh bo‘lganlar hozirgacha eng yaqin insonlarim bo‘lib qolishgan. Alhamdulillah. Shahodat keltirish juda ajoyib edi. Yaxshi eslayman, juda qattiq hayajonlanganman, hattoki titragandim. Lekin bu juda yoqimli edi.

Shahodat keltirishim uchun g'usl olganim ham yodimda, o'shanda men uchun butunlay yangi hayot boshlanganini his qilganman. Yangi boshlanish edi. Alloh barcha gunohlarimizni kechiradi, lekin oldingi yaxshi amallarning ajrini baribir beradi, shu haqiqat qalbimni larzaga soladi. Bu juda ajoyib tuyg‘u edi. Men muslima ayol sifatida yangi hayotimni boshlashga tayyor edim. Shunday qilib o'qishni boshladim, o'qish, o'qish, o'qish... Uyga qaytdim va keyingi yetti kun davomida hamma narsa o‘zgardi. Namoz o‘qishni Allohga yig'lashni istardim. Musulmonlar qilganidek boshimni sajdaga qo‘ydim va ikki gapni qayta-qayta takrorladim. Faqat "Rahmat" deb, keyin esa "Kechir", dedim.

"Bu hayotni berganing uchun, hayotimdagi barcha mehr-muhabbat, meni hali anglamagan ne’matlarni berganing uchun rahmat dedim. Bilasan, chiroyli qizlarim bor, muhabbatni tanidim, imkoniyatlarga ega bo‘ldim, yaxshi oilam bor. Endi Seni tanidim — buning uchun rahmat, kechir meni” dedim. Uzoq uzr so'radim. Va haftalar davomida yig'ladim. Oila va atrofingizdagilar bunga qanday munosabat bildirishdi? Shahodat keltirganimdan keyin hammaga musulmon bo'lganimni aytganim yo'q, albatta. Odamlar bilib qolishidan cho‘chimadim, bilishsa ham muammo yo'q edi. Lekin ayniqsa Islomni qabul qilganimning dastlabki davrlarida, atrofimdagilarga "musulmonman” deb ochiq aytmasdim.

Shuning uchun bu haqida oilamga umuman aytmadim. Bunday qilishimga sabab menimcha ba'zi paytlarda ayniqsa yolg'iz qolganimizda o'zimizda kuch topa bilishimiz bo'lsa kerak. Avval o'zingni kim ekanligingni anglay olishing kerak, va bilimingni mustahkamlashing shart, shundan keyin bunday og'ir suhbatlarga tayyor bo'lasan. Shaxsan o'zim hech qanday bahslarga aralashishni xohlamadim. Odamlarning fikr bildirishi, bu noto‘g‘ri deyishi, “Nega bunday qilding?” "Bu to'g'ri, bu xato" degan gaplarni gapirishlari... Menga, g‘amxo‘rligidan aytayotgan bo'lsa ham, eshitishni istamasdim. Bilaman, sevganlaridan, qayg‘urganlaridan gapirishadi. Men uchun havotir olishardi. Chunki bular uchun yangilik edi.

Lekin nima qilayotganimni bilardim. Va avval aytganimdek, bu men bilan Alloh o‘rtasidagi narsa, va men bu yo‘lda hech kimning aralashishini istamadim. Oxir-oqibat, Yaratganning huzurida bugun qilgan va undan keyin qiladigan amallarim uchun yolg‘iz o‘zim javob beraman va bu yo'lda hech kim menga kafil emas. Shuning uchun ham hech kimga aytmadim. Balki odamlarga aytishdan biroz qo'rqqandirman. Lekin oilam bu haqida qanday bilib qolganini aniq eslayman. Ular eslaydimi-yo‘qmi, bilmayman-u, hammamiz birga kechki ovqatga o'tirdik, va biz bir restoranda o‘tiribmiz, va men oilamizdagi yagona qizman. To'ng'ich qiz farzandman. Otamning esa jajji kichkina qizalog'iman.

Ular to'yim haqida gaplasha boshlashdi. Otam “Alma turmushga chiqqanida, men chiroyli bir cherkovda, uni qo‘lidan ushlab yo‘lakdan olib o‘taman,” deb aytdi va to'yim haqida otam juda ko'p rejalar tuzayotgandilar. Men esa jim o'tirib, ovqatimni yeb o'tirardim, hech narsa demasdan, suhbatlashishlariga qo'yib berdim. Keyin onam menga qarab, “Bu hech qachon bo‘lmaydi,” deb aytdi. Shunda otam, albatta, hayratlanib, "Nega endi bunday bo'lmas ekan?" deb so'radi onamdan. Keyin, "Chunki qizingiz Musulmon", dedilar. Shu payt ovqatimni yanada tezroq yeya boshladim.

U namoz o‘qiyotganimni ko‘rgan, Ha, u xonamda namoz o'qiyotganimda ko'rgan va men allaqachon, shahodat keltirib musulmon bo‘lganimni tushinib yetgan. Lekin menimcha ular buni vaqtinchalik holat deb o'ylashgan bo'lsa kerak. Ehtimol, yoshim tufayli yoki o‘sha paytdagi xarakterim sababli shunday o'ylashgandir bilmadim. Agar nimagadir chin dildan qiziqsam va bu aynan o'sha narsa bo'lsa, uni borlig'im bilan himoya qilardim. Shuning uchun, dinimni doim himoya qilardim. Dinimni yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim. Endigina topganimni yo'qotib qo'yishdan havotirlandim. Shu sababli, qilgan qarorimga hurmat bilan munosabat bildirishdi. Nimagaligini tushunishmasada, ular mening oilam edi.

Buvim meni yoniga chaqirib, “Baxtlimisan?” deb so‘radi. "Ha, men baxtliman" deb aytdim. U “Yaxshi, unda o‘zing xohlaganingdek qil”, dedi. Oilamga, “Unga tegmanglar" deb aytdi. U ichmasa, chekmasa, kechasi ko‘chada yurmasa, bolasi bilan shug‘ullanadi, kiyinishi ham yaxshi. "Hammasi joyida” dedilar. Oxir-oqibat, ular meni qabul qildilar va, butun oilamdan yangi e’tiqodimga hurmat bilan qarashni so‘radi. Musulmon bo‘lish va ro‘mol o'rash erkinligingizni chekladimi? Islomni qabul qilganimdan so‘ng, asl erkinlikka erishdim. Chunki erkinlik bu odamlar tomonidan qo‘yilgan zanjirlardan halos bo‘lishdir.

Agar siz chin dildan Yaratgan bilan bog‘lansangiz, hayotning maqsadini anglasangiz, faqat U uchun yashaysiz, boshqalar uchun emas. Mana shu haqiqiy erkinlik. Ha, hozir ro'mol o'rayman, va ha, Allohim roziligi uchun qilishim kerak bo‘lgan ba'zi majburiyatlarim bor. Ammo erkinman, chunki qarorlarim, qayerga borishim, nima qilishim yoki qilmasligim barchasi meni yaratgan Zot uchundir. Bu men bilan bir yo‘ldan ketayotganlar uchun emas. Demak ha, erkinman. O‘zimni erkin his qildim, go‘yoki hijob meni to‘liq ozod qilgandek tuyuldi menga. Ya'ni o'zim, kim meni ko'ra olishi-yu, kim meni ko'ra olmasligini o'zim tanlayman.

Go'yoki spirtli ichimlikni reklama qilayotgan yarim yalang‘och ayol tasviri men uchun haqoratliroq. Bu esa - ozodlikdir. Bu, albatta, oson bo‘lmagan, chunki doim ko'chaga chiqqanimda atrofdagi insonlar menga e'tibor berishlarini xohlardim, lekin shu bilan birga noto'g'ri odam qarasa jahlim chiqardi. Keyin shu odatimni ortda qoldirdim, bu judayam qiyin bo'ldi. Chunki odamlar menga qarayaptimi yo'qmi, shu orqali o'zimga baho berardim. Bu judayam og'ir bo'lgan. Chunki Angliya ko'chalaridan yurib ketayotganimda, endi xuddiki yo'q edim, ko'rinmas bo'lib qolgandim. Aktrisa bo'lishni istagan, doim o'zgacha kiyinishga odatlangan odam uchun bu istaklarga qarshi borish edi.

Bu men uchun juda, juda katta o'zgarish bo'lgan. Lekin o'zimga qarshilik qila boshladim. Bu kiyinishlardan rohatlanishni boshladim. Ko'chada yurayotganimda, hech qanday tomoshabop odam emasligim yoqa boshladi. Birinchi marta odamlar men haqimda nima deb o'ylayapti degan xavotirlarsiz yashashni boshladim. Islom menga shu lazzatni berdi. Musulmon bo‘lish haqida o‘ylayotganingizda, Alloh bilan bog‘lanishga, u bilan aloqa qurishga e'tibor berishingiz kerak. Shuning uchun bu yerda ma’lum bir jarayonlar mavjud, ularni his qilish kerak. Ular sizga nega sochingizni yopishingiz, nega tanangizni yopishingiz, nega ayrim narsalardan tiyilishingiz kerakligini tushunishga yordam beradi.

Shuning uchun, musulmon bo‘lishni istayotgan, “Allohga ishonaman, musulmon bo‘lishni xohlayman,” deb o‘ylayotganlarga beradigan maslahatlarimdan biri shu. “Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga ishonaman, lekin sochimni yopishni xohlamayapman” yoki “Bu narsadan voz kechishni istamayman” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz... Hammasining o'z vaqti bor. Alloh bilan bog'liqlik o‘rnatsangiz, albatta o'zgarishlar ro‘y beradi. Ba'zi narsalarni hayotda qilaman deb o'ylamaganman. Masalan, hijob kiyish. Kechki bazmlardan voz kechaman ham deb o'ylamaganman. Lekin Alloh bilan munosabatim va dinni o'rganishim chuqurlashgani sari bu o‘z-o‘zidan yuz berdi. Allohni rozi qilishni istay boshladim.

Asosiy e’tibor, Alloh bilan bog‘lanishga qaratilishi kerak. Allohning rahmatini tushunishga, Uning muhabbatini anglashga, Alloh kim ekanini bilishga harakat qilishimiz kerak. Shoshilmang, kimga ibodat qilayotganingizni tushuning, nima uchun Unga sajda qilayotganingizni anglang. Qolgani o‘z yo‘liga tushadi. Har bir odamning o'z yo'li bor, buni ko‘plab islomni qabul qilgan insonlarda ko‘rganman. Hatto Payg‘ambar Muhammad alayhisalom davrida ham odamlar dinni turli yo‘llar bilan qabul qilishgan. Hammasi asta-sekin bo‘ladi, hatto spirtli ichimliklardan voz kechish ham oson bo'lmaydi. Hech narsa birdaniga sodir bo'lmaydi.

Odamlar mendan juda ko'p marotaba "Islom og'ir, qiyin din emasmi?" deb so'rashadi. Va men hech ikkilanmasdan "Islomsiz hayot, bu qiyin hayot" deb aytaman. Rahimli zot bizga bu dinni ne’mat sifatida berdi, lekin hech kimni majburlamadi. U shunchaki dedi “Mana, bu, sening tanloving. Qaror seniki, natija ham seniki. Aql bilan tanlov qil. Odamlar musulmon bo‘lsang, arabga o'xshab qolasan, ismingni, kiyimlaringni, urf-odatlaringni o‘zgartirishing kerak bo‘ladi, deyishadi. O‘z madaniyatingizga sodiq qolgan holatda musulmon bo‘lish mumkinmi?

Odamlar orasidagi eng katta noto‘g‘ri tushunchalardan biri Islomni qabul qilganingda, go‘yoki arabga aylanib qolishing, yoki o‘z madaniyatingga yot bo‘lgan boshqa urf-odatlarni qabul qilayotgandek bo‘lishingdir. Va ochig‘ini aytsam, Islomga kirganimda, ya'ni bundan 20 yil avval hech qanday musulmon tanishim, yoki islomni qabul qilgan Lotin Amerikalik musulmon yo'q edi va bu men uchun juda ham qiyin bo'lgan. Hozir esa hammasi mutlaqo boshqacha. Mutlaqo boshqacha. Zamon o‘zgardi. Ijtimoiy tarmoqlar, turli platformalar va guruhlar va Islomning keng tarqalishi orqali endilikda musulmon bo‘lish uchun arab bo'lish shart emas. Hind yoki bo'lmasa rus bo‘lish ham shart emas.

Qayerdan bo‘lishingizdan qat’i nazar, o'zligingizni saqlagan holda musulmon bo‘lishingiz mumkin. Bu din butun insoniyat uchun nozil qilingan va u, sizni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘pchilik orasida Islomni qabul qilgandan keyin ismini o‘zgartirishi kerak degan noto‘g‘ri tushuncha bor. Bu xato. Agar ismingiz yomon ma'noni bildirmasa hech qanday uni o'zgartirish kerakligi aytilmagan. Bemalol Mariya, Filip, Pablo bo‘lib qolishingiz mumkin, hech nima bo'lmaydi. Eng muhimi shundaki, bu sizning kimligingiz. Mana shu muhim. Albatta, o‘z madaniyatingizdagi go‘zal jihatlarni saqlab qolishingiz mumkin. O‘zim hali ham "mole" sousini, "tako", "flauta" tayyorlay olaman.

Madaniyatimdan to‘liq zavq olib yashayapman. Iso alayhissalomni sevishni yoki ularga ishonishni to‘xtatishimiz shart emas, hatto Maryam onamiz uchun Qur’onda alohida bir sura bag‘ishlanganini ham ko'rishimiz mumkin. Bu narsalar bizga mutlaqo begona emas. Ularni sevamiz, hurmat qilamiz sevib, hurmat qilishni to'xtatishimiz ham shart emas. Aksincha, Islom hayotimizni ko‘plab jihatlarini boyitishga yordam beradi. Shuning uchun takolarni yeb, madaniyatimizni boricha sevib yashashda ham davom etishimiz mumkin. Islom dinini o‘rganishda ham davom etamiz, chunki Islom - bu hayot tarzimizdir.
