Qur'ondagi Olimlarni Hayratga Solgan 7 ta Kelajak Texnologiyasi
Nashr sanasi
Bir asr avval, video qo'ng'iroqlarni hatto tasavvur ham qila olmasdik. Lekin Qur’onda bu texnologiyaga 1400 yil avval ishora qilingan deb aytsam-chi? Va nafaqat bu, balki odamlarni bir qit'adan boshqasiga samolyotlarda olib o'tish, ko‘rlikni davolash va yana ko‘plab texnologik yutuqlar haqida ham. Qur'on — ko‘plab sirlarni o‘z ichiga olgan kitobdir. U har bir davr uchun mos xabarlar va belgilarni o'zgacha yashirgan kitobdir. Hozirgacha biz uning ko‘plab ilmiy mo‘jizalariga guvohi bo‘ldik.
Koinotning kengayishidan tortib, embrion rivojlanish bosqichlarigacha, Chuqur dengiz ostidagi zulmatdan tortib, atmosferaning qatlamlarigacha, va ya'na ko'plab boshqa ilmiy faktlar ular kashf etilishidan asrlar avval Qur'onda zikr qilingan. Lekin agar bundan ham ko‘prog‘i bo‘lsa-chi? Balki biz faqatgina yuzasiga guvohi bo'lib, hali ochilishi kerak bo'lgan juda ko'p narsalar qolgan bo'lsachi? Agar uning oyatlarida kelajak texnologiyalari haqida ham ishoralar bo‘lsa-chi? Agar tayyor bo'lsangiz, keling barini birma bir ko'rib chiqsak. "An'am" surasidagi quyidagi oyatni ko‘ramiz.
وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ Ma'nosi, Yer tubida bir dona don bormi, ho'lu quruq, barchasi ochiq kitobda bordir." Demak, ushbu oyatga ko‘ra, hamma narsa Qur’onda mavjud. Biroq tafsilotlari yoki nomlari bilan emas. Balki qisqacha mazmun va asosiy tamoyillar orqali keltirilgan. Mashhur islom olimi Badiuzzamon shunday deydi: Bu kashfiyotlarning ba'zilari payg'ambarlar haqidagi hikoyalarda va ularning mo‘jizalarida yashiringan. Albatta, Alloh bizga ularning ba'zilari haqida hikoyalar orqali ma'lum qilgan. Bir kun kelib odamlar texnologik yutuqlar cho'qqisida yashashini va shunday ixtirolar bir kun yaratilishiga ishora qilgan.
Endi Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlarning yetti mo‘jizalariga va ularda yashiringan ishoralarga ham nazar solsak. Oxirgilarga yaqinlashganimiz sayin, bu ishoralar sizni yanada hayratda qoldiradi. "Naml" surasining 38-40-oyatlarida, bir qiziqarli voqea tasvirlangan. Ushbu oyatlarga ko‘ra, Sulaymon (alayhissalom) Sheba malikasining taxtini juda uzoq bir yerdan o‘z oldiga olib kelishni so‘raydi. Va Kitobdan ilmga ega bo‘lgan bir kishi u ko‘z ochib yumgunicha olib kelinishi mumkinligini aytadi. Va darhol taxt Sulaymon (alayhissalom)ning oldida paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, Yamanda bo'lgan taxt qandaydir yo‘l bilan minglab kilometr uzoqlikdagi Damashqda jismonan yoki tasvir shaklida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ular taxt atrofidagi odamlarni ko‘rishlari va ularning eshitishlari mumkin edi. Qur'on bu yerda ajoyib ishoralarni beryapti. 1400 yil oldin nozil qilingan bo‘linishiga qaramay, u buyumlar yoki ularning tasvirlari uzoq masofalarga tezda yetkazilishi yoki uzatilishi mumkinligini aytadi. Va buni haqiqiy tarixiy voqea orqali ifodalaydi. Va bugungi kunda biz internet va televideniya orqali tasvir va tovushlarni bir necha soniya ichida uzata olishimiz mumkin.
Qur’onda keltirilgan bu voqea bugungi kunda mavjud bo‘lgan jonli efirlar, proyektorlar, kameralar yoki hatto zamonaviy gologrammalarga juda o‘xshamaydimi? Lekin 1400-yil avval bunday narsalar umuman tasavvur qilinmas ekan qanday qilib Qur'onda keltirilgan bo'lishi mumkin? Bunda yana bir bor aniq amin bo'lamizki, Qur'on inson so'zi bo'la olmaydi. Qur’onda Sulaymon (alayhissalom)ning hayvonlarning tilini bilganligi va ular bilan muloqot qila olganligi yozilgan. "Naml" surasining 18-oyatida uning chumolilarning tilini tushuninishi, 22-oyatida esa qushlarning tilini anglagani zikr etilgan. Xo'sh, bu qanday belgiga ishora bo'lishi mumkin?
Aslida, hayvonlar tilini tushunish kelajakda insonlar hayvonlarning qanday muloqot qilishini va nimalarga qodir ekanligini anglay olishini ko‘rsatadi. Axir, biz bilamizki, Sulaymon (alayhissalom) ularning tilini bilgan, qobiliyatlarini kashf qilgan va ishlarida ulardan foydalangan. Va agar bu haqida mulohaza qilsak, agar biz hayvonlarning imkoniyatlarini to'liq tushunsak ularni kundalik hayotimizning ko‘plab sohalariga jalb qilishimiz mumkin bo‘ladi. Aslida, biz buni allaqachon amalga oshirishni boshlaganmiz. Kabutarlardan maktublar va xabarlarni yetkazish uchun foydalanganmiz. To'tilarni gapirishni o'rgatganmiz. Ipak qurti yordamida kiyim tayyorlash usulini aniqladik.
Xuddi shunday, biz ma'lum darajada itlarning tilini o‘rganib, ularning kuchli hid sezish qobiliyatidan giyohvandlikka qarshi kurashda foydalana boshladik. Ba'zi sichqon turlarida o‘ta sezgir burni bo'lgani uchun minalarni aniqlashda qo'llaniladi. Va biz kemalarni qidirish va qutqarish missiyalarida, shuningdek, dengiz minalarini topishda delfinlarning rivojlangan sonar qobiliyatlaridan foydalanamiz. Shunday qilib, Sulaymon (alayhissalom)ning hayvonlar tilini tushunishi va ularni ma'lum vazifalarda qo‘llash mo‘jizasi kelajakda hayvonlarning yanada ko‘proq qobiliyatlarini kashf etishimiz va ulardan foydalanishning yangi yo‘llarini topishimiz mumkinligini ko‘rsatadi.
Yer yuzida minglab mavjudotlar mavjud. Ularning tillarini o‘rganib, yanada chuqurroq bilganimiz sari, ular bilan erishadigan yutuqlarimiz tasavvuqimizga ham sig'masligi mumkin. Sulaymon (alayhissalom)ga berilgan yana bir mo‘jiza shamolni boshqarish qobiliyati edi. Shu orqali, u juda qisqa vaqt ichida, uzoq masofalarga sayohat qila olardi. “Saba” surasida Alloh taolo ayadi: "Va Sulaymonga shamolni (bеrdik). U(shamol)ning ertalab kеtishi bir oylik, kеchqurun qaytishi bir oylik yo‘l edi." Ushbu oyat odatda bir oy davom etadigan safarni bir kunda tugatish mumkinligi tasvirlanadi. Bu kelajakdagi texnologiyalar, masalan, samolyotlarga aniq ishora emasmi? O'ylab ko'ring.
Bugungi kunda yangi texnologiyalar yordamida biz shamoldan qanday foydalanishni o'rganib, to‘g‘ri materiallarni birlashtirgan holda samolyotlar quryapmiz. Va oyatda ko‘rsatilgan ishora kabi, biz hozir uzoq masofalarni juda qisqa vaqt ichida bosib o'tyapmiz. Hatto bir kun ichida bir nechta mamlakatlarda bo‘lishimiz mumkin. Avvallari bir oy davom etgan safarlar hozir bir necha soatga tengdir. Yana bir mo‘jiza, Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlanganlarida, o't ularni yondirmagan edi. Zulmkor hukmdor Namrud unga g‘azablanib, odamlariga katta o‘t yoqishni buyurdi. Lekin Ibrohim (alayhissalom) olovga tashlanganida, hayratlanarli bir voqea yuz berdi. Olov ularga hech qanday zarar yetkazmadi.
Albatta, bu buyuk payg‘ambarga kelgan mo‘jizadir. Lekin shu bilan birga, biz bu mo‘jizada kelajak uchun ham ishoralarni ko‘rishimiz mumkin. Ibrohim (alayhissalom) olovda yonmay qolishi bilan birga, uning kiyimlari ham kuymagan edi. Va yana bir bor aytamizki, bu insoniyat erishishi uchun maqsad yaratadi. Kelajakda odamlarni olovdan himoya qilishi uchun olovga chidamli materiallar ishlab chiqilishiga ishora edi. Va aslida, XX asrning o‘rtalarida birinchi marta, o‘t o‘chiruvchilar uchun olovga chidamli kiyimlar ishlab chiqarila boshlandi. 1960-yillarda Nomeks va Kevlar kabi maxsus materiallar kashf etildi.
Nomeks 370°C gacha bo‘lgan haroratga va o‘tga qarshi yuqori chidamlilikka ega, Kevlar esa 450°C gacha haroratga bardosh bera oladi. Ushbu kashfiyotlar yordamida, o‘t o‘chiruvchilar endi olovga qarshi ancha samarali turishlari mumkin. Bu ularga qutqaruv operatsiyalarda bir necha daqiqa himoyalangan holda turishga yordam beradi. “Baqara” surasida Muso (alayhissalom) tayoqchalari bilan toshga uradi va birdaniga o‘n ikki buloq oqib chiqadi. Tasavvur qiling. Tayoqchani bir marotaba tekkizishi bilan cho‘lda qurib qolgan, joni bo‘lmagan tosh mo‘l suv manbaiga aylanadi. O‘n ikki buloq oqib chiqadi va chanqoqlikdan aziyat chekayotgan odamlar nihoyat ulardan suv ichadilar.
Lekin bu mo‘jizada yana qanday boshqa xabarlar yashiringan edi? Bu yerda aslida, yer ostidan suv olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Boshqacha aytganda, bu biz bugun qo‘llayotgan burg‘ulash texnologiyasiga ishora qilayotgandek edi. Ushbu usul 19-asrga borib taqaladi. U kashf etilganidan beri, burg‘ulash mashinalari yer ostidagi suv, neft va boshqa tabiiy boyliklarga kirish imkonini berdi. Shunday qilib, tayoqchani toshga urganda suv chiqishini ko‘rish odamlarni kelajak texnologiyalarini tasavvur qilishga ilhomlantirgan. Oyatda burg‘ulash mashinalarining ixtiro qilinishidan ancha oldin ishora mavjud edi.
“Oli Imron” surasida, Iso (alayhissalom), shunday deydi: "Alloh izni bilan tug‘ma ko‘r va peslarni tuzataman va o‘likni tiriltiraman." Bu Iso (alayhissalom)ning eng mashhur mo‘jizalaridan ba'zilaridir. Endi keling, ularning biri — tug‘ma ko‘rlikni davolashga yaqindan nazar tashlaylik. Bugungi kunda, gen terapiyasi va regenerativ tibbiyot yordamida, tug‘ma ko‘rlikning ba’zi turlari haqiqatan ham davolanishi mumkin. 20-asrgacha moxovlikning davosi yo‘q edi. Lekin bugungi kunda, u 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan davolash kursi bilan dorilar yordamida davolanadi. Aslida, hozirgi kunda, ayrim hududlardan tashqari, moxovlikka chalinganlar soni deyarli nolga tushgan.
Badiuzzamon bu oyat quyidagi xabarni beradi deb tushuntiradi. Eng surunkali kasalliklar va og‘ir sog‘liq muammolariga ham davo topilishi mumkin. Qanday kasallik bo'lishidan qat’i nazar, davosi bor. Izlanishni davom eting va siz topasiz. Eng so‘nggi va eng hayratlanarli ishora Sulaymon (alayhissalom) jinlarni o‘z boshqaruvlariga olgani va ularni yaxshilik uchun ishlatgani mo‘jizasidir. Alloh izni bilan, Sulaymon (alayhissalom) jinlarni dengizga sho'ng'ib, qimmatbaho toshlarni olib chiqishga, ulug‘ inshootlar qurishga va ularni turli murakkab ishlarni bajarishga majbur qildi.
Badiuzzamon bu mo‘jizalarda ko‘plab ishoralar bor deb aytadi va jinlar aslida boshqarilishi, odamlarning ishlarida xizmatkor bo‘lishi mumkin. Lekin albatta, bu bashorat qilish, sehrgarlik yoki islom tamoyillariga zid bo‘lgan boshqa amallar orqali sodir bo‘lmaydi. U Qur'onda yashiringan ba'zi sirlar orqali sodir bo'lishi mumkin deb aytadi. Albatta, biz hali buni qanday amalga oshirilishi mumkinligini bilmaymiz. Ammo bugun sir bolgan narsa, kelajakda haqiqatga aylanishi mumkin. Shu yerda, "Nega Qur'on bu narsalarni aniq aytib o'tmagan?" deb so'rashingiz mumkin. Sababi, Qur’onning asosiy maqsadi ilm-fan yoki texnologiya haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuncha berish emas.
Axir, u ilm-fan haqidagi darslik emas. Qur'onning asosiy mavzulari, tavhid, Allohning yagonaligi, oxirat, payg'ambarlik, adolat va ibodatdir. Ammo texnologik kashfiyotlar ham Allohning ne'matlaridan bo‘lib, ular inson hayotining muhim qismiga aylangani uchun, Qur’on ularni butunlay e'tiborsiz qoldirmaydi. Shuning uchun, donolik sohibi Alloh ularni ishoralar va belgilar orqali zikr qilgan. Bundan tashqari, buning yana ikki muhim sababi bor. Birinchidan, agar Qur’onda texnologik ixtirolar va ilmiy kashfiyotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olinganida, bu so'ngi bir-ikki asrni qamrab olishi mumkin edi, oldingi 12-asrda yashagan odamlar uni to‘liq tushunolmas edi.
Ba'zilari buni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi degan bo‘lardi. Bu esa Qur’onning keng qamrovli kitob bo‘lish xususiyatiga zid bo‘lardi. Ya'ni, o‘ylab ko‘ring. Yuz yil oldin, odamlar bilan video qo‘ng‘iroqlar qilish mumkin bo‘ladi deb aytganingizda, hech kim sizga ishonmasdi. Shuning uchun bu kashfiyotlar Qur’onda aniq aytilmay, balki ishoralar orqali anglatilgan. Agar barcha texnologik va ilmiy kashfiyotlar ochiqchasiga tilga olinganida, bu sinalish tushunchasiga zid bo'lgan bo'lmasmidi? Bilamizki, hayot — bu sinovdir, va hamma narsa ochiq bo‘lganida, shubha uchun joy qolmas edi. Hamma ishonardi.
Bu esa erkin tanlovni chegaralardi, chunki haqiqatan iymon keltirganlar bilan ilojsizlikdan ishonganlarni farqlash imkonsiz bo'lardi. Shuning uchun bu narsalar odamlarning o‘ylashi, izlanishi va o‘zlari qaror qilishi uchun shunday tarzda tilga olinadi. Asosiysi, bularning baridan xulosa chiqarishimizdir. Qur’ondagi kelajak haqida berilgan barcha bu belgilar bizga yagona aniq xabarni yetkazadi. Ya'ni bu so'zlar inson so'zlari bo'la olmaydi. Hech bir inson barcha odamlar, barcha davrlar va joylarga mos keladigan ma'lumot bera olmaydi. Oddiy inson so‘zlari abadiy donolik va har bir jamiyat uchun mos saboqlarni o‘z ichiga ololmaydi.
Bu so‘zlar faqat hamma narsani hech narsadan yaratgan zot, vaqt va zamondan yiroq hamma narsani biluvchi, Allohgagina tegishli bo'lishi mumkin. Biz Qur’ondagi mo‘jizalarning juda kichik qisminigina kashf qilgan bo‘lishimiz mumkin. Yangi kashfiyotlar amalga oshgani sayin, bu abadiy kitobdagi mo‘jizalar yanada ochilib boradi. Va shunday bo‘lganda, ba’zi odamlarning iymoni yanada mustahkamlanadi, boshqalar esa haqiqatni inkor etish uchun bahonalar topishda davom etadi.