Towards Eternity
Blogga qaytish

Islom irqchilikka 1400 yil avval yakun yasagan! - Qora bo‘lasizmi, oqmi — farqi yo‘q!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Bu suratga qaraganingizda nimani ko‘yapsiz? Bu surat 1906-yilda Koni Aylendda, Nyu-Yorkda olingan. Bu insonlar hayvonot bog‘i. Markazda mahalliy filippinlik bolakay, uning inson ekaniga shubha ila boqib turgan odamlar qurshovida. Lekin shunisi aniqki, ular o‘zlarini ustun hisoblashadi. Barcha suratlarga qaraganingizda, faqat bir so‘z xayolga keladi irqchilik. 2025-yil. Biz sun’iy intellekt, koinotga sayohat kabi sohalarda katta yutuqlarga erishmoqdamiz va boshqa ko‘plab sohalarda ham. Ammo shu bilan birga, bu yutuqlarga qaramay, biz hali ham irqchilik muammosini hal qila olmadik. Ming-minglab odamlar sizni hatto inson deb ham bilmaydigan vaziyatni tasavvur qiling.

Hatto o‘limingiz ham ahamiyatsiz hisoblanadi, chunki siz ularga o‘xshamaysiz. Irqchilik qanday paydo bo‘lgan? Tarixda bu borada nimalar yuz bergan? Bugungi kunda nimalar bo‘lmoqda? Va nihoyat, ko‘plab asrlar oldin Islom Insoniyat uchun eng yirik isnodlardan biriga qanday qilib yechim topganiga nazar solasiz. Agar tayyor bo‘lsangiz, boshlaymiz. Boshida sizga ko‘rsatgan suratlarga qaytaylik. Sizningcha, bu bolakay qanchalar baxtli? U qayerda ekanini ham bilmaydi. Buni birinchi marta ko‘rganingizda, bunday mentalitetni tushunish deyarli imkonsiz tuyuladi. “Senga qiladigan barcha yomon muomalam va shafqatsizligimga to‘liq loyiqsan. Nega?

Chunki sening ranging yoki irqing meniki bilan bir xil emas.” Ha, ular aynan shunday o‘ylashadi. Ularning nazarida bu odamlar ibtidoiy. Ularni bemalol masxara qilish mumkin, chunki ular yovvoyi odam hisoblanadi. Ularni notavon va arzimas deb bilishadi. Insonlar hayvonot bog‘i insoniyat qanchalar shafqatsiz bo‘lishi mumkinligining fojiali misollari. U ko‘plab yirik shaharlarda juda mashhur bo‘ldi, masalan, Parij, Gamburg, London, Milan, Nyu-York va Chikagoda. 1906-yilda Medison Grant, Nyu-York Zoologiya Jamiyati prezidenti, shu darajaga yetib bordiki, u kongolik Ota Benga ismli odamni Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida qafasda namoyish etdi.

Qolaversa, uni orangutan, gorilla va shimpanze bilan bir qafasga solib qo‘ishgacha bordi. Bilasizmi nega? Chunki qafasdagilar insoniyatning qadimgi ajdodlari deya ta’riflangan. Shunday qilib, bu kongolik odam evolyutsiyadagi “yo‘qolgan bo‘g‘in” deb atalgan. U yerda o‘zini qanday his qilishidan qat’iy nazar, qolgan barcha ham uni aynan shunday ko‘rishi kerak edi. Ammo Amerikada sodir bo‘lgan voqealar faqat qora tanlilarga qarshi bo‘lganmi? Afsuski, yo‘q. Endi mahalliy Amerika xalqini qiynoqqa solish davriga qaytaylik. Hindular qirg‘ini. Amerika mustamlaka qilina boshlagan davrga. Afsuski, o‘ldirilgan odamlar soni bugungi kunda ham ma’lum emas.

Kimdir okean ortidan kelib, seni o‘z vataningda begonaga aylantiradi. Irqingni etnik jihatdan tozalashga harakat qiladi. Tarix sahifalari bunday misollarga to‘la. Sizningcha, bu irqchi odamlar, Ularga misollarni hali hanuz ko‘rib turamiz, ko‘zlarini ochadigan ongga muhtoj emasmi? Ishonchim komil, agar o‘sha odamlarda 1400 yil oldin mavjud bo‘lgan ong bo‘lganida, bu voqealar hech qachon sodir bo‘lmasdi. Ammo 1400 yil oldin nima bo‘lgandi? 100 000 dan ortiq odam Alloh ularga o‘z elchisi qilib yuborgan bu insonning og‘zidan chiqadigan so‘zlarni kutib turibdi. Bu voqea tarixda Vidolashuv xutbasi sifatida ma’lum.

Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam, qarshisidagi ulkan olomon hamda asr odamlariga qarab shunday xitob qiladilar Jamiki odamzod Odamato va Momo Havvodandir Arabning ajamdan ustunligi yo‘q, ajamning ham arabdan ustunligi yo‘q. Shuningdek, oq tanlining qora tanlidan ustunligi yo‘q, qora tanlining ham oq tanlidan ustunligi yo‘q, Ustunlik faqat taqvo bilan yaxshi amalda. Bu va’zda insoniyat uchun yana ko‘plab xabarlar bor. Shu yerda to‘xtab, o‘ylab ko‘raylik. Agar bu jinoyatlar ortida turgan odamlarda Muhammad payg‘ambar va o‘sha kuni uni tinglaganlarning ongi va tushunchasi bo‘lganida, bu voqealar sodir bo‘larmidi? Menimcha, yo‘q.

Hujurot surasining 13-oyatida Alloh aytadi: “Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik, va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz- Bu eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir, har narsadan xabardordir”. Xo‘sh, nega biz turli millatlarga bo‘linganmiz? Tanishish, bir-birimiz bilan uchrashish uchun. Bir-birimizni chetlatish yoki kamsitish uchun emas. Biz bir-birimiz bilan uchrashish uchun turli millatlarga bo‘linganmiz. O‘ylab ko‘ring. Agar butun insoniyat bir xil teri rangiga va bir xil tilga ega bo‘lganida, boshqa odamlar bilan tanishishga qiziqarmidik?

Biz ular baribir bir xil-ku, derdik, shunday emasmi? Lekin Alloh bizni turlicha qilib yaratdi, toki biz bir-birimizdan ijobiy Ma’noda ilhomlanaylik. Lekin nega bizda bunday yaqinlik bo‘lishi kerak? Chunki oyatda aytiladi: “Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik.” Hammamiz bir avloddan, Odam Ato va Momo Havo farzandlari ekanmiz, demak, biz bir-birimizga aka-uka va opa-singilmiz. Biz bir-birimizga jigarmiz. Oyatdagi mantiq go‘zal emasmi? Masalan, tasavvur qiling, jiyaningiz bor, lekin ikkingiz ham buni bilmaysiz. Yillar o‘tib, nihoyat bir-biringiz haqida eshitgandan so‘ng uchrashganingizda, yaqinlik rishtasini tiklashni xohlardingiz, shunday emasmi?

Irqchilikka to‘la tarix sahifalarida, Islom qayerga yetib bormasin, o‘sha joylarni chiroq misol yoritib, birodarlik tamoyilini olib kelgan. U borgan har bir zaminda irqchilikni rad etgan va bunday tafakkur tarziga qarshi kurashgan. Tarixda bunga misollar juda ko‘p. Ulardan faqat bittasini keltiray. 15-asrda, Ispaniyada misli ko‘rilmagan farmon chiqarildi. Barcha yahudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilindi. Gap 100 000 dan ortiq odam haqida ketmoqda. Ular u yerda yuzlab yillar yashagan edilar. Keyin birdaniga ularni haydab chiqarishdi. Qayerga borishni va nima qilishni bilmay turganida, bir musulmon davlati ularni qabul qiladi. Usmonlilar saltanati.

U minglab yahudiylarni qabul qiladi va o‘z yerlarida yashashga ruxsat beradi. Albatta, ularning Falastin musulmonlariga qilayotgan vahshiyliklarini ko‘rgach, Isroilning bu katta yaxshilikdan Qanchalar “minnatdor” ekanini aniq ko‘ramiz. Ammo Islom dini eng ko‘p irqchilikka qarshi turadigan din bo‘lsa-da, ayni paytda irqchilik orqali eng ko‘p ta‘qib qilinadigan din ekanini ko‘rish juda achinarli emasmi? Dunyoning turli burchaklarida musulmonlarning irqiy kamsitilishi haqida eshitamiz. Sionist bosqinchilar tomonidan yerlari o‘g‘irlangan va ayollar-u bolalar bilan birga qirg‘in qilingan falastinliklar. Myanmadagi buddist rejimi tomonidan uylaridan ko‘chirilgan musulmonlar.

Ularning soni 1 milliondan oshadi. Hindistondagi to‘dalar yirik norozilik namoyishlarida shunday gaplarni aytishmoqda: “Agar do‘koningizda musulmon ishlasa, uni darhol ishdan bo‘shating. Agar biror do‘kondor bunday qilmasa, ularning do‘koni tashqarisiga boykot plakatini yopishtiramiz.” Xitoy tomonidan Shinjon-uyg‘ur provintsiyasidagi uyg‘urlarga nisbatan amalga oshirilayotgan aql bovar qilmas genotsid va assimilyatsiya. Ming-minglab ibodatxonalar vayron qilindi va son-sanoqsiz bolalarga diniy ta’lim olish taqiqlandi. Siz hayron bo‘lishingiz mumkin, musulmonlarga yoki boshqa biror guruhga bunday irqchilik harakatlarini qilayotgan odamlar aybdorlik hissini tuyishmaydimi?

Masalan, Isroil begunoh chaqaloqni bombardimon qilayotganida vijdonini qanday tinchlantiradi? Bu yerda psixologiyadan bir tushuncha sahnaga chiqadi. Yovuzlashtirish (Demonizatsiya). Boshqacha aytganda, begunoh odamni yomon yoki past qilib ko‘rsatish. So‘ng bunga ishonib, ularga qilinayotgan vahshiyliklarini oqlash va normallashtirish, shu orqali vijdonlarini tinchlantirish. Isroil hukumatining tafakkur tarzi aynan shunday. “Biz odamsimon hayvonlarga qarshi kurashyapmiz” deb aytganidan keyin tinch aholi ustiga bomba tashlashi va boshqa manfurliklar uchun ular tabiiy hol tusini oladi. Ammo bu kasallik tafakkurning shakllanish yo‘li ham 1400 yil oldin Qur’onda tushuntirilgan.

Psixologiya sohasi ham, irqchilik so‘zi ham hali paydo bo‘lmagan bir paytda. Qur’on buni “Asliy gunoh” tushunchasi bilan tushuntiradi. Bu atama ishlatilganda, odamlar odatda nasroniylikni o‘ylashadi, bu esa har bir bola gunohkor tug‘ilishi haqidagi e’tiqoddir. Ammo buni nasroniylik aytganlari bilan adashtirmang. Chunki Islomdagi “Asliy gunoh nima?” degan savolni berganimizda, javob juda boshqacha. Hikoyani qisqacha eslab o‘taylik. Xudo birinchi inson Odam Atoni yaratganida, farishtalar va Iblis deb ataluvchi, Shayton nomi bilan ham tanilgan jin ham bor edi. Ajablanarlisi, Shayton xudoga Odam haqida bizga juda tanish tuyuladigan quyidagi jumlani aytadi. U: “Men undan yaxshiroqman.

Sen meni olovdan yaratding, uni esa loydan” deydi. Bu juda aniq irqchi bayonot. U o‘zining ustunligini o‘zi yaratilgan olovga asoslaydi va tuproqdan yaratilgan Odamga past nazar bilan qaraydi. Shu tariqa Shayton xudoga isyon qildi. Shu gunoh bilan esa oqibati tayin bo‘ldi. Agar Qur’ondagi o‘sha qissaga e’tibor qaratsak, quyidagi voqealar zanjirini ko‘ramiz. Odam yaratilayotganda, Shayton boshqa turdagi mavjudotni ko‘radi. Uni begona deb o‘ylaydi va unga sovuq munosabatda bo‘ladi. Keyin u o‘zini undan ustun deb o‘ylay boshlaydi. Nihoyat, u o‘zida yashirib kelayotgan narsani oshkor qiladi.

O‘z ustunligini isbotlash uchun, Odamning boshqa fazilatlarini e’tiborsiz qoldiradi va unga moddiy xususiyatlari asosida hujum qiladi. Bularning barchasi aslida irqchilikning shakllanish tartibidir. Demak, Qur’on aslida insoniyat uchun asrlar davomida sharmandalik va isnod bo‘ladigan jinoyatning psixologiyasini tasvirlab bermoqda. Buni esa Allohning dushmani bo‘lgan shaytonning sifati shaklida toki mo‘minlar bu gunohning xunukligini ko‘rib, undan uzoqlashsinlar. Bu qanchalar ajoyib? Hatto birinchi inson, bizning birinchi ajdodimiz ham irqchilik qurboni bo‘lganini ko‘rish juda g‘alati emasmi? Shunday ekan, odamlar bu xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun hidoyatga muhtoj.

Hujurot surasining 13-oyatidagi hidoyatga. Boshqacha aytganda, Islomda sizning qadringiz siz nazorat qila olmaydigan, siz tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan narsalar bilan belgilanmaydi. Aksincha, taqvodor mo‘min bo‘lish uchun qo‘lingizdan kelganini qilib, uni o‘zingiz belgilaysiz. Bu oyatni eshitganimda, xayolim dunyodagi faqat bir joyga ketadi. 2 milliard musulmonning uchrashuv nuqtasiga, ular jismonan u yerga bora oladimi yoki yo‘qmi, baribir. Makkadagi Kabaga. Biz hozir musulmon dunyosining qalbidamiz. Biz Makkadamiz. Kaba. Bu yerga dunyoning to‘rt burchagidan turli millatga, turli kelib chiqishga, turli madaniyatga, turli irqqa mansub musulmonlar kelishadi.

Va ular bu yerga bir umumiy maqsad bilan kelishadi. Erkaklar bir xil kiyingan, ikki bo‘lak oq mato. Ayollar kamtarona kiyingan. Va ular bu yerga faqat bir umumiy maqsad bilan kelishadi. O‘z robbilariga ibodat qilish va unga yaqin bo‘lishga harakat qilish. Endi men bu muqaddas zaminga kelganimda butun dunyosi o‘zgargan bir kishi haqida gapirmoqchiman. Malkolm Iks. Uning ismini avval eshitgan bo‘lishingiz mumkin. U Islomni qabul qilgan qora tanli Amerika fuqarosi edi. U 1900-yillarning o‘rtalarida yashagan va butun mamlakatda taniqli shaxs bo‘lgan. Yillar davomida u ko‘plab irqchilikka guvoh bo‘lgan va bundan qattiq iztirob chekkan. Shu sababli u bu masalaga yechim izlayotgan edi.

Musulmon bo‘lganidan keyin, 1964-yilda Haj ziyoratini ado etish uchun Makkaga borganida, u hech qachon tasavvur qila olmagan narsalarni ko‘rdi. Maktubining bir qismida, u o‘z tuyg‘ularini quyidagi jumlalar bilan ifodalaydi. “Hech qachon bu qadimgi muqaddas zaminda barcha rang va irqdagi odamlar tomonidan amalga oshirilayotgan haqiqiy birodarlikning bunday samimiy mehmondo‘stligi va ulkan ruhini ko‘rmaganman. Atrofimdagi barcha ranglardagi odamlar tomonidan namoyon etilayotgan marhamatdan mutlaqo lol va maftun bo‘ldim.

Amerika Islomni tushunishi kerak, chunki bu din o‘z jamiyatidan irq muammosini yo‘qotadigan yagona dindir.” U buni irqchilik bugungidan ancha kuchli bo‘lgan bir paytda aytmoqda. Islom Amerika jamiyatidan irq muammosini yo‘q qilishga qodir yagona dindir. Rang ustunlik belgisi ekanligi haqidagi e’tiqodga Islom chek qo‘yadi. Begunoh bolalarga irqchilik hujumlariga ham Islom chek qo‘yadi. Sizningcha, hammasi juda aniq emasmi? Inson sifatida, biz bu dunyoda qarovsiz qoldirilganimizda sodir etishimiz mumkin bo‘lgan shafqatsizlik va adolatsizliklarning chegarasi yo‘q. Ko‘p hollarda esa biz jinoyatlarimizni yovuzlashtirish kabi asoslar bilan oqlashga yoki normallashtirishga moyilmiz.

Nima qilayotgan ishimiz noto‘g‘ri ekanini ham anglamaymiz. Ammo shu bilan birga, biz shunday insonlarmizki, son-sanoqsiz noto‘g‘ri tanlovlar ichidan to‘g‘risini tanlay olamiz. Ya’ni, insonlar ham shafqatsizlikda, ham yaxshi axloqda haddan tashqari chegaralarga borishga qodir. Sizningcha, ularni yaratgan va bu dunyoga yuborgan zot, albatta, ularni hidoyat qilmaydimi? Hatto biz insonlar bir narsa yaratayotganimizda ham, uning go‘zal bo‘lishini istamaymizmi? Shunday ekan, albatta, bizni yaratgan zot ham bizning eng go‘zal darajaga yetishimizni istaydi. Alloh har doim payg‘ambarlarga bergan vahiylari orqali bizni har narsada eng yaxshisiga yo‘naltirishni istagan.

Boshidan beri gaplashayotganimiz, narsamiz, so‘nggi payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) butun insoniyatga olib kelgan xabarning faqat bir qismidir. Qur’onning 6000 dan ortiq oyatidan faqat bittasi. Qur’on juda donolik bilan hal qiladigan o‘nlab masalalardan faqat bittasi. Agar o‘sha bittagina yechim ham shunchalar noyob darajada kuchli bo‘lsa, bu kitob insoniyat juda muhtoj bo‘lgan eng oliy hidoyat ekani aniq emasmi?