Towards Eternity
Blogga qaytish

“Otam Islomni qabul qilganimdan so‘ng meni rad etdi" — Nasroniy qamoqda Islomni topdi!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Meni Vashingtondagi kuchli nazorat qiladigan qamoqxonaga yuborishdi. Bir yigit menga ko'p qarashini sezdim. U oq tanli yigitga o'xshardi. Qalin mo'ylovi bor edi. O'rnidan turib, to'g'ri men tomon yurib keldi. Men esa kelaver degandek turaverdim. Va nihoyat o'girildim Keyin esa u yigit: “Hoy, hoy, hoy, hoy, yo‘q Assalomu alaykum" dedi. Xayron qoldim:"Nima" "Menga qarang"-dedi. Sizni, Jumaga taflif qilsam, nima deysiz" Imom Qur’on tilovat qila boshladi. O'shanda, birinchi qatorga borib o'tirdim. Atrofni kuzattim. Kuchli, baquvvat, odamlarni ko'rdim. Ammo ular Yaratganning huzurida, odob saqlardilar. Alloh qachon qalbimni ochdi? Bu xodisa Sajda qilganimda bo'ldi. Aynan o'shanda qalbim ochildi.

“Umar, men bugun musulmon bo‘laman” dedim. Assalomu alaykum Birodarim Ali, sizni Maliki Klik ismi bilan ham tanishadi. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Ali aslida kim degan savoldan boshlasak. Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz, iltimos? Mening ismim Ali. 51 yoshdaman. Janubiy Kaliforniyada tug'ilib o'sganman. Hozir esa Oklahoma shahrida yashayman. 19 yoshimgacha Yevangelist nasroniy sifatida tarbiya ko'rganman. Ya'ni 1991-yil, 32 yil oldin, musulmon bo‘ldim. Yuk mashinasi haydovchisiman. Undan tashqari kanal yuritaman. Maliki Klik nomli TikTok kanalim bor, meni 372 000 ga yaqin odam kuzatib boradi. Bilimlarimni bo'lishib boraman.

Kanalimni yuritishdan asosiy maqsad musulmonlarni Islomga qaytarishdir. Chunki ko‘pchilik islomdan uzoqlashgani uchun o‘zini islomga qaytishga noloyiq deb hisoblaydi. Men esa ularga: Alloh rahmlidir, qaytinglar deyman. Agar namoz o'qimasangiz yoki o'zingiz o'ylagandek yashamasangiz ham, qayting Sekin sekin iziga tushadi deb aytaman. Ular har doim shunday qilishadi. E'tiqod borasida hayotingiz qanday kechdi? Nasroniylikka va Isoning Xudo va Xudoning O'g'li ekanligiga ishonardim. Chunki shunday tarbiya ko'rganman. E'tiqodingizni shubha ostiga qo'ygan narsa nima? Yevangelist bo'lgan yillarimni boshidan boshlaganim yaxshi. Menimcha, xo'sh bir yoshga to'lganimda ota-onam ajrashib ketishdi.

Juda yosh edilar. Men onam bilan yashardim. Yoz kelganda otamnikiga borgandim, "Cherkovga boramiz" deb qoldi. Onam bilan hech cherkovga bormaganman. Balki Rojdestvo, ehtimol Pasxa, yiliga ikki marta borgandirman. Yoki hayotimizda yomon voqea bo'lsa cherkovga borardik, ha. Ammo, bu safar boshqacha edi. Otamnikiga tashrif buyurganimda, u o'z hayotini Masihga bag'ishlagani haqida aytdi. Umrimda bunaqa gapni eshitmagan edim. Hayotini Masihga bag'ishlash nima degani? - dedim Otam esa Isoning qoni, undan najot topishi, va boshqa narsalar haqida gapira boshladi. Yetti yoshda edim. Yetti yoshli bola sifatida: “U nima haqida gapiryapti?” deb o‘ylardim.

Shunda otam: «Senga nima haqida gapirayotganimni ko'rsataman», dedi. Keyin cherkovga bordik. Hatto cherkovga kirishimizdan oldin eshik oldida turganimizda, baqirish, qichqirish, musiqa, yig'i ovozlarini eshitdim. Cherkovdan yugurib chiqdim. “Bular meni qo'rqityapti. Bularga qo'shilishni istamayman" dedim. Keyin otam orqamdan yugurdi. Yo'q, yo'q, yo'q, qo'rqma qara U nima qilayotganlarini menga tushintirishga urinardi. Ammo yetti yoshli bola sifatida, buni tushunmasdim. Hayotimning ilk onidanoq doim Allohga ishonganman. Umrim davomida hech qachon “Hm, Alloh aslida mavjud bo'lmasachi?” demaganman. Qalbimda shunday shubha bo'lmagan.

Injilni o'qirkanman, Yoqub haqidagi bir bandiga keldim, U yerda Yoqub shunday degan edi. O‘qigan birinchi bandim: “Hech kim Xudoni ko‘rolmaydi, agar ko'rsa yashay olmaydi.” Ammo odamlar Isoni Xudo deydi va hamma Isoni ko'rganku, deb o'ylardim. Hech kim Isoga qarab o'lmagan. Demak, band shunday edi: “Inson Xudoni ko'rolmaydi, ko'rgan o'ladi. Boshqa sahifani ochib, Yoqub haqidagi boshqa hikoyani o'qidim. Yoqub nafaqat Xudoni ko'radi, balki Xudo bilan kurashadi. U kurashayotgan vaqtda, Xudoni mahkam ushlab olib, Unga: “Meni duo qilmaguningcha qo‘yib yubormayman”, deydi. Nima? To'xtang. Agar inson Xudoni ko'rsa, yashay olmaydi deb aytilgan. Nega unda Yoqub tirik qolgan?

Qanaqasiga u Xudoni mahkam ushlashi mumkin? Xudo qudratli, nega Yoqubni itarib tashlamaydi? Hikoya davom etardi. 14 yoshda edim, nima qilishni bilmay qo'limni ko'tardim. Ruxoniy: “Qanday yordam bera olaman?” dedi. Unga ikkita bandni ko'rsatdim, u esa mana shunday dedi: "Hm, bu Injilda borligini ham bilmasdim, hayratda qoldim". Nima? Axr cherkov ruhoniysi sizku! Bizga Muqaddas Kitobni Injilni o'rgatishingiz kerak. 14 yoshli bola sifatida undan so'radim: "Buni qanday tushunaman? "Qanday xulosaga kelaman?" "Bu qarama-qarshilikni o'qib, nasroniy sifatida qanday yashayman va ishonishim mumkin bularga?" dedim. Keyin hayotingiz qanday davom etdi va Islomga qanday kirib keldingiz?

Otamning uyidan chiqib ketib, onam bilan yashay boshladim. Bu endi hayotimda deyarli din yo'q, xohlagan narsamni qilish mumkin egani edi. Keyin mana bunday davom etdim. Hayotimda yashar ekanman Xudoga ishonardim, lekin nasroniy dinida emas, Uchbirlik, Iso, Xudo yoki Iso Xudoning O'g'li ekanligiga ishonmasdim. Shunchaki yashab kelardim. Atrofimda yomon odamlar bor edi. Shunchaki maqsadsiz vaqt o'tkazardim. Menda axloqiy mezon yo'q edi, chunki hech bir din, xususan, nasroniylik o'zini isbotlay olmadi. Shunday davom etdim. Menimcha, buni, yo'nalishsizlikni monoteizm deyishingiz mumkin. Hayotim shunday edi. Xullas, bu odamlar ichida yurganimda 19 yoshda edim.

Ya'ni, keyin esa bir kuni kechasi ko'pgina yomon ishlarni qilib qo'ydik. Hamtovoqlarimdan biri esa shunday dedi: "O‘g‘irlik qiladigan joyni bilaman, to'pponchalaringizni olinglar, ketamiz - deb qoldi. Bir narsani aniq aytishim kerakki, mening ishim bor edi, hisobimda pul bor edi. Menga o'g'irlik kerak emas edi. Ammo hayotimda nimadir yetishmayotgandek edi. Hayotimda Xudo yo'q edi. Aytmoqchimanki, Hayotimda umuman tartib yo'q edi. Va o'g'rilik qildim. Agar kimdir mendan nega o'g'irlik, bosqinchilik qildingiz deb so'rasa, qiziqqanim uchun degan bo'lardim. Chunki ichim bo'sh, hech narsa yo'q edi. Menga hech kim aytmagan edi ... Oxiri voyligini bilmasdim. Hech qanday ishonch yo'q edi.

Zo'rg'a turardim. Xullas, o'g'irlik qildim. 24 soatdan keyin bizni hibsga olishdi. Men umrim davomida hibsga olinmaganman yoki qamoqda bir kun ham o'tirib chiqmaganman. Towards Eternity jamoasi sizning yordamingizga muhtojmiz. Biz islom dinini butun dunyoga o‘ndan ortiq tilda yoyishni maqsad qilgan xayriya tashkilotimiz. Yordamingiz bilan odamlar islomni qabul qilishlari, haromdan kechishlari, namozni boshlashlari, hijob o'rashlari, Qur'on o'rganishglari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin. Bu amallarni barchasidan siz ham savobga ega bo'lasiz, Inshaalloh. Towards Eternityga ehson qiling va bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Menda to‘pponcha ham yo‘q edi.

Qurol ham hech kimni garovga olmadim, qurol o'qtalmadim. Vazifam faqat kompyuterlar, taqinchoqlar va pullarni mashinaga tashish edi. Keyin, advokat oldimga kelib: "Taxminan 8-10 yilga ketasiz", dedi. "Nima haqida gapiryapsiz? Qamoqxonagami?, 8 dan 10 yilgachaya? - dedim. Men qonunbuzarlar, hayvonlar, bezorilar ichida edim. O'zim ham bir hayvon kabi edim. Hech kimga parvo qilmasdim. Ichimdagi bo'shliqni to'ldirish uchun hayotimga nimadir kerak edi. Meni Gladiator maktabiga, Vashington shtatidagi eng daxshatli qamoqxonaga yuborishdi. O'sha qamoqxonaning nomi Volla - Volla edi. Shunday qilib, Volla - Vollaga kirgan kunim qo'rqib ketdim. Endi 19 yoshda edim. Umrimda hech qamoqda bo'lmaganman.

Qamoqxona hayotini bilmasdim, esankirab qoldim. U yerda yuqori darajali va uning ostida qattiq nazoratli turma bo'lardi. Yuqori darajalisi terrorchilar, seriyali qotillar va vahshiy jinoyatchilar uchun edi. Keyin, meni Volla - Volladagi qattiq nazoratli qamoqxonaga qo'yishdi. Qamoqxonaga kirgan birinchi kunim. "Oq tanli ko'rinyapsan, chindan shundaymi?" - deyishdi. “Oq tanlilar birodari”, ya’ni qamoqxona bezorisi oldimga kelib: Sen oq tanli ko'rinyapsan" Rostdan oq tanlimisan" dedi. Menmi- deb so'radim. Meni atigi 1,2 ta oq tanli do'stim bor edi. Ko'pchilik do'stlarim filippinlik, qora tanli yoki ispanlar edi. Savol g'alati tuyuldi, lekin javob berdim: "Ha. Albatta" dedim. U “Yaxshi!” dedi.

Uning yonida yana uchta yigit bor edi, ko'rpalarim va sochiqlarimni olib o'rnimga hamma narsani kameramga olib bordi. Zinadan tushayotib pastdagilarga e'lon qildi. Safimizga, yangi oq tanli yigit qo'shildi. Keyin "Bu yigit biz bilan" dedi. Hammaga bildirib qo'yish uchun aytgan edi. Xullas, oylar shu tarzda o'tdi. Cherkovga borishni xohlaysizmi, deb so'rashdi. Rad qildim. Injil o'qiysizmi? Yo'q dedim. Boshqa dinlar haqida o'qiyotgan edim. Yahudiylik haqida o'qidim. Hinduizm haqida atigi besh daqiqa o'qidim. Kitob o'qidim va shunchaki aytdim: Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Oradan, olti, yetti, sakkiz oy o'tib yolg'iz hovlida yurardim, bu juda xavfli ish edi. Yuraverdim, bu haftalab davom etdi.

Bir yigit menga ko'p qarashini sezdim. U oq tanli yigitga o'xshab ketardi. Qalin mo'ylovi bor edi. U oq tanli bo'lib ko'rindi, lekin u qora tanlilar bilan o'tirardi. U doim menga qarardi va men bilan urushmoqchi deb jiddiy o'yladim. Baxtsiz hodisa chiqadi deb o'yladim. Kunlarning birida hovlini aylanib chiqarkanman, o'sha yigit hovlidagi stollarda o'tirardi. Tinmay menga qarardi. Uning orqasida beshga yaqin afro-amerikalik bor edi. U esa to'g'ri men tomonga qarab yurdi. Men esa kelaver degandek turaverdim Stollar oralab ularga qarab yurdim. Ularni men bilan muammosi bor edi. Doim onamga va’da berganman. Shunday qilib, ular mendan o‘n yardcha qolguncha to‘g‘ri yonimga kelishdi.

Nihoyat, o'girildim va urushishga shaylanib maydonga tushdim. Bitta yigit "Hoy, hoy, hoy sen o'ylaganingdek emas, yo‘q"- dedi. "Assalomu alaykum." Hayratda qoldim. "Nima?" U esa ortiga qarab: "Biz urushmaymiz" dedi. Orqasida odamlar bor, kuchli, baquvvat erkaklar va biz faqat bitta odamga qarab turardik. U siz bilan bir daqiqa gaplashmoqchiman", dedi. "Faqat siz bilan bo'lsa, mayli", dedim. Bu meni aybim, bu xato edi. Sizni qo'rqitib yubordik. Kechiring, bu bizni xatoyimiz. Keyin, birga yo'lak bo'ylab yurdik. Ismi Umarligini va Turkiyadan ekanligini aytdi. "Siz men uchratgan birinchi Turk odamsiz" dedim. U: “Islom haqida nima bilasiz?” dedi. Men esa hatto bu qanday so'zligini bilmasdim.

Hatto ularga: "Islommi? Buni inglizchada nima degani?" dedim. U: “Islom dinidir”, dedi. Men esa: “Ha, buni bilmasdim”, dedim. U menga Islomni o'rganishni taklif qildi. Ancha vaqt suhbatlashdik. Va nihoyat, bir kun u kitob olib keldi. Kitob sochiq bilan o'ralgan edi. qandaydir jiddiy ohangda shunday dedi: “Qarang, sizga kitob beraman, uni toza saqlashingiz, behurmat qilmasligingiz shart va zarur." "Uni yerga qo'ymaysiz. Xo'pmi? Va'da berasizmi?" -dedi. "Shu kitobni sizga sovg‘a qilmoqchiman” dedi. Men “Albatta, Umar, bu o'zi qanday kitob?” dedim. U uni ochdi, bu oltin yozuvli ko'k rangdagi Qur'on edi. “Bu mendan sizga sovg‘a, bu endi sizning Qur’oningiz”, dedi.

Men esa uni o‘rab oldimda: “Xo‘p, rahmat, Umar, katta rahmat” dedim. Kameramga qaytib, bu kitobni ochdim. Qilgan birinchi ishim - jadvalni ochib, ismlarni qidirish bo'ldi. Muso, Iso, Ibrohim, Ishoq, Yusuf, Yoqub, ularning barchasi bor edi. Birinchi fikrim, ey Xudo, bu xuddi Injilga o'xshaydiku. Agar u Injilga o'xshasa, bu noto'g'ri. Unda qarama-qarshiliklar bo'ladi.. Xuddi odamlarga o'xshab Umar ham yaxshi narsalarni aytgan edi. Hozir esa bilmadim. Xullas, Qur'onni ochib o'qib chiqdim. Ochgan birinchi suram ar-Rahmon edi, uni o'qib chiqdim va shunchaki... Qur'onning tili, tushuntirishi juda go'zal o'ziga xos edi, bu kitobning yozilish usuli hayratlanarli ekan deb o'yladim.

Shunday qilib Qur'onni o'qishda davom etdim. Uchinchi kuni esa Qur’onga rostdan ham qiziqib qoldim. Uni soatlab o'qishga qaror qilgandim. Shu payt kameradoshim: “Hoy, oshna hoy, kechki ovqatga bormaysanmi?” dedi. “Kechki ovqatmi?” dedim. Qur’onimdan boshimni ko‘tarib qarab Kechki ovqat"-deyapsanmi? Keyin u: "Ha, sen nonushtadan beri o'sha kitobni o'qiyapsan. Ovqatlanasanmi yoki yo'qmi?"-dedi. “Mayli unda boraman” dedim. Qur'onni yopdim, ketayotib o'yladim: "Bu kitobga juda qiziqib qolibman". Nega? Nega bunday bo'ldi? Bu nasroniylik emas. Ammo bu xuddi shunga o'xshash voqealar haqida. Nimalar bo'lyapti o'zi? Oradan haftalar, balki 2 yoki 3 oy o'tdi.

Umar yonimga kelib dedi: Birodar, sizni jumaga taklif qilmoqchiman? “Umar, Juma nima u? Nima haqida gapirayotganingni tushunmadim" dedim. Ha, Juma, bu... siz biladigan Yakshanba namozidek... Musulmonlar uchun bu juma kuni. "Borasizmi?" Keyin unga aytdim: "Albatta, ammo ruxsat so'rashim kerak". Unda qatnashish uchun komandirning ruxsati kerak edi. Ruhsat so'rab xat yozdim. Juma marosimida qatnashmoqchiman" dedim. Juma haqidagi iltimosimdan bir necha soat o'tmay, Komandir meni shaxsan ko'rishni xohladi. “Yaxshi, lekin nimaga?” dedim. Shunday qilib, komissar xonasiga kirdim va u iltimosimni qabul qildi. "Bu senmisan? Bu iltimosnoma senikimi?" dedi. Unga qarab “Ha, meniki”, dedim.

— Jumaga qora tanlilar bilan bormoqchimisan? Komandirga “Ular qora tanlimi, ispaniyalikmi, osiyolikmi, nima qilishlarini, metodologiyasini, qanday sig‘inishlarini ko‘rmoqchiman", dedim. Men uchun hayotimda bo'lgan boshqa madaniyatlar va odamlarni bilish g'alati emas edi. "Xo'p menga qara" - dedi u "Senga ochig'ini aytaman Agar ular bilan ketsang bilib qo'y g'aroyib so'zlar ishlatishadi. Agar bu odamlar bilan birga bo‘lishni istasang, bilib qo'y, ular sizni urishsa yoki kaltaklashsa seni himoya qilmaymiz. Agar qora tanlilar safida bo'lsang, qo'riqchilarimni u yerga yubormayman" dedi. "Xo'p, nima bo'lsayam boraman" dedim. Unda qo‘l qo‘yib, “Janozangga jo'na Jumaga bor”, dedi.

Hech qachon qora tanlilar, ispaniyaliklar va boshqalardan, ayniqsa dindorlardan qo'rqmaganman. Shunchaki bilmoqchi edim. Nasroniyligim sabab ilk marta Jumaga musulmon emas, nasroniy sifatida kelganman. Mana, men, qora tanlilar va bir necha oylardan beri meni taklif qilayotgan bir turk yigiti orasidayoq oq tanli yigitman. Jumada birinchi bo'lib duch kelganim azon bo'ldi. Birinchi marta azonni eshitganimda, yuragimm, yuragim juda hapqirib ketdi. Umarga qarab so'radim: Umar, bu odam aytayotgan go‘zal qo‘shiq nima? U esa: “Qo‘shiq emas, bu azon”, dedi. U azonda aytilganlarni tarjima qildi. Men esa ajoyib, juda chiroyli derdim. U: "Endi, sizga nima qilishimizni ko'rsataman. Tahorat olamiz", dedi.

Keyin, u menga tahorat olishni o'rgatdi. Men esa nasroniy sifatida tahorat oldim. Amalini to'liq bajardim. Nasroniy, mushrik sifatida tahorat oldim. Keyin Umar bilan birga o‘tirdim. Shunday qilib, xutbani tingladik. Keyin namoz o'qish vaqti keldi Shunda Umar: "Quloq soling, yonimda turing, Endi namoz o'qiymiz" dedi. “Bir daqiqa shoshmang, savollarim bor edi, sizlar namoz o‘qiyotganingizda, imom oldinda turib Qur’on o‘qiydi, deysizlar. U kitobdan o'qiydimi? U sizlarga ya'ni odamlarga qarab o'qib beradimi? deb so'radim. “Yo‘q, bu imom Qur’onni, to'liq hammasini yod olgan”, dedi. Men esa: “Umar, sen bergan o'sha qalin kitobni, hammasini to'liq yod olganmi?” dedim.

Ha “U, millionlab odamlar, musulmonlar, uni yetti yoshda, o‘n yoshda 12 yoshda, ayollar, erkaklar, hamma yod oladi”, dedi. Qoyil qoldim. Keyin hammasi xayolimdan o'tdi. Bu odamlar boshqacha. Chiroyli ohangdor ovozda bizni namozga chaqirishdi. Bu odamlar Allohga sajda qilishdan oldin yuzlarini, qo'llarini, tirsagini, kaftini, oyoqlarini yuvdilar. Biz esa hech qachon bunday qilmaganmiz. Nega nasroniy sifatida bunday qilmaganmiz? Nega bizda bunga o'xshash narsa yo'q edi, Nega gitara va baraban olib, cherkov ichida qo'shiq aytardigu bunday jozibador ohangizmiz yo'q edi? Axir bu juda go'zalku. U menga juda tabiiy tuyuldi. Aslida, juda oddiy.

Jumaga borgan nasroniy sifatida o'zimni uyimdagidek his qildim, lekin musulmon emasdim. Shunda Umar: “Quloq soling, mana bu yoqda o‘qiymiz, Turing, o'tiring, qator bo‘lib namoz o'qiymiz keyin gaplashamiz. Agar savoling bo'lsa, keyin so'rashingiz mumkin" dedi. Men “Xo'p”, dedim. Ibodat qilishni boshladilar. Imom Qur’on tilovat qila boshladi, O'shanda “U nafaqat o‘qiyapti, balki tilovat ham qilyapti”, deb o‘yladim. Bu odamlar bir-birlarini yaxshi ko'rib, namozga chorlaydi. Va bir birlariga o'rgatadilar. Ali, yuragingizni nima o'zgartirdi? Bu qachon bo'ldi? Qanday sodir bo'ldi? Sababi nima edi? Oddiy. Hozir aytaman. Hammasi sizga aytib o'tganimdek. Azon, Qur'on yodlash, bularning hammasi.

Bular menda eng katta taassurot qoldirgan, yuragimni o'zgartirgan narsa edi. O‘rnimdan turdim. Bunday qilmasligim, o'tirishim kerak edi. Lekin tajriba uchun kelgandim. Bilishni xohlardim. Shunday qilib, birinchi qatorga chiqdim va atrofni kuzatdim. Masjidning birinchi qatoriga qaradim. Bu rost yoki yo'qligini ko'rmoqchi edim. Bu rostdan shundaymi? Namoz o'qiyotganida qanday ko'rinadilar? Kuchli, baquvvat erkaklarni ko'rdim. Ammo Yaratganning huzurida juda kamtarin bo'lib, haybatlari yo'qolgandi. Ko'zlar Yaratganga to'liq tavoze bilan boqardi. Turgan joyimda qotib qolib, ularga qaradim va "ajoyibku" dedim.

Ammo yana aytamanki, kimdir Alloh qalbimni ochgan lahzani bilmoqchi bo'lsa, Bu sajda qilingan vaqt edi. Sajda qilganlarida men ularni ko'rdim. Azon aytib, tahorat olib, Qur'oni karim tilovat qilib, tavozeli bo'lib, keyin yuzlarini yerga qo'yishadi. Xuddi shunday bo'ldi. O'sha paytda :"Bular oddiy odamlar emas va men umrimda hech qachon Allohga sajda qilishganini ko'rmaganman", dedim. Ular aytganimdek azon, tahorat, Qur'on o'qishdan boshlab hamma narsa qilishdi, keyin sajda qilishdi. Hammasi shu. Men: “Umar, bugun men musulmon bo‘lishim kerak, siz esa... Yer yuzida boshqa oq tanli musulmonlar bor-yo‘qligini umuman bilmayman, lekin bugun menga yordam berishingiz kerak deb aytdim.

Agar musulmon bo‘lishni o‘rgatmasangiz, bu yerdan umuman ketmayman, dedim. Men bugun musulmon bo'laman. Yer yuzida boshqa oq tanli musulmonlar borligini umuman bilmasdim. Buning sababi esa Faqat qora tanlilar va bir turk yigitini ko‘rganim edi. Islom dinini umuman bilmasdim. U esa boshini quyi qilib, ya'ni yig'lay boshladi. Umar: «Subhanalloh, Subhanalloh. Albatta, musulmon bo'lishingiz mumkin" dedi. Aynan o'sha kuni, 1991-yilning bir Jumasida, Allohdan o'zga iloh yo'q. Muhammad uning rasulidir dedim. Va o'sha kuni men musulmon bo'ldim. Ha o'sha kuni musulmon bo'ldim. Shahodat kalimasini aytganda o'zingizni qanday his qildingiz? Bu, bu juda g'ayrioddiy tuyg'u edi. Bu nafaqat birodarlik edi.

Hayotimda birinchi marta Allohga yaqin bo'lgandek bo'ldim. Haqiqatan ham, Allohga yaqin, Allohning huzurida, Aslida, Xudoga sig'ingan haqiqiy narsaning bir qismi. Aynan shu lahza tug'ilishimning sababi edi... Shuning uchun yashashim va musulmon bo'lishim kerak edi va men bo'ldim. Islomga kirganingiz haqida ota-onangizga qanday aytdingiz? Ular qanday munosabatda bo'lishdi? Yaxshi deyolmayman. Doimgidek, qamoqxonadan otamga qo‘ng‘iroq qildim. Shunda unga musulmon bo‘lganimni aytdim. Otam, u o'ta ketgan nasroniy xristian va qattiqqo'l odam, "Nima qilding?» dedi. Men esa: “Musulmon bo‘ldim”, dedim. — Oy xudosiga sig‘inasanmi?

– Yo‘q, oy xudosiga ham, oyga ham sig‘inmayman, yagona Allohga, Isoning Xudosiga, Muso va Ibrohimning Robbisiga sig‘inaman. U: "Yo'q, bunday qilmaysan", dedi. Eshit. Sen kirgan bu Islom deb haqorat qila boshladi. Oxirgi gapimni aytaman- dedi. Qulog'ingga quyib ol, barcha daromading, olti xonali uy merosing, hammasidan mahrum bo'lasan. Mendan keyin meros qoladigan hamma narsangdan ayrilasan” dedi. Oilam neft sanoati bilan shug'ullanardi, shu sabab anchagina boy edi. Men esa: "Mendan voz kechasizmi? dedim. Otam: “Bugundan keyin yana Islom dinida qolsang, men uchun o'lgansan va barcha merosingdan ayrilasan" dedi. Va u: “O‘g‘lim, sabrimni sinama.

Ertagayoq advokatim oldiga borib, vasiyatnomani o‘zgartiraman, sen esa sariq chaqasiz qolasan. Hech qanday daromading qolmaydi. Hech nima bermayman. Men uchun o'lasan. Ukalaring va singling uchun o'lasan. Gapim shu. Endi yaxshilab o'ylab, qaror qil.. Hoziroq Islomni tark etasanmi yoki bu soxta dinda qolasanmi?" Men esa: “Bunga javob berishdan oldin, sizga bir gapni aytishim kerak, shu narsadan tashqari hamma narsada sizga itoat qilaman" dedim. U: "Voz kechishimdan avval negaligini aytchi?" Men esa: “Ota, men o‘zim qaror qabul qilishim kerak 6 xonali merosdan ham ko'proq narsa bor. Mulkni meros qilishdan ham muhimroq ishlar bor. Bu hayotdan keyin yana nimadir bor.

Menga esa bu hayotning qizig'i yo'q. Meros masalasiga kelsak, pullaringizni o'zingizda qolaversin. Ularni ukamlarga va singlimga bering. Uni xayriyaga qiling, menga baribir. Men musulmon bo‘ldim va musulmon bo‘lib qolaman." Mana, 32 yildan buyon musulmonman. Alhamdulillah. Shundan so'ng, musulmon bo'lishni va Islomda qolishni talab qildim, ya'ni ikki haftadan keyin, pochta orqali xat oldim. U aytaganini qilgan edi. U advokatining oldiga boribdi. Menga meros bo'lib qoladigan summa 600 000 dollar edi. Bu 90-yillarning boshlarida edi. Qisqasi, bu katta miqdordagi pul edi. Nega narxiga ahamiyat berishim kerak? Axir 600 million dollar bo'lganda ham menga baribir edi...

Qarang, biz qabrga tushgach, Alloh taoloning huzurida bo‘lamiz. Yolg'iz, bir o'zimiz. Hayotda nima qilganimiz haqida so'roqqa tutilamiz. Shundaymi? Onangiz, ukalaringiz hamda singlingiz-chi? Xullas, onam tushunmadi. Ammo butun oilam mendan voz kechganda, u qo'llab-quvvatladi. Bu 15 yil davom etdi. 15 yil onamdan boshqa hech kim men bilan gaplashmadi. Qamoqdan chiqqanimdan keyin bir necha oy onam bilan birga yashadim. Qamoqdan chiqqanimdan so‘ng, birinchi marta qamoqdagi emas, balki haqiqiy masjidga bordim. Xullas, birinchi bo‘lib imom kirib keldi. Men unga oilam hamda merosim haqida aytib berdim. Unga hammasini aytdim.

Ammo bilmasdimki, Saudiya Arabistonidan kelgan ikki aka-uka orqamizda butun voqeani tinglayotkan ekan. Hayotimdagi vaziyat shunday edi. Musulmon, oq tanli amerikalik musulmon sifatida o‘z o‘rnimni bilmasdim. Buni bilmasdim, chunki 11-sentabrgacha oq tanli amerikalik musulmon bo'lish odatiy hol emas edi. O'sha aka ukalardan biri Xolid, ikkinchisi Abdulrahmon edi. Ikkovi ham yonimga kelib: "Buyumlaringizni olib biz bilan ketsangiz, bu biz uchun sharaf bo‘lardi, uyimizda o‘z xonangiz bo'ladi. Mehmonimiz bo‘lasiz. Pulingiz kerak emas. Hammasini o'zimiz to'laymiz" deyishdi. Istagan narsangizni olamiz... Biz sizga Islomni, hammasini o‘rgatamiz” dedilar. “Albatta, roziman”, dedim.

Xolid va Abdulrahmonning uyiga ko‘chib o‘tdim. Menga Islom dinini o‘rgatishdi. Yashash uchun joy berishdi. Qisqasi, bir yildan so‘ng oyoqqa turib, uyli bo'ldim. Xolid va Abdulrahmon Saudiya Arabistoniga qaytib ketishdi. Ular Saudiya Arabistoniga ketishganda, "Bu ikkisi kimligini bilasizmi?" deb so'radi. Men esa: “Ha, Xolid va Abdulrahmon”, dedim. U: “Lekin aslida kimligini bilasizmi?” dedi. “Nima haqida gapiryapsiz?” dedim. Bir yildan beri siz birga yashab kelayotgan b u ikki kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oilasidan bo‘lib, siz Ahli Bayt mehmoni bo‘ldingiz. Siz ular bilan birga yashadingiz va Islomni o‘rgandingiz” dedi.

Kimlar bilan yashaganimni bilmasdim, lekin ular hayotimda shu kungacha uchratgan eng muloyim, eng mehribon, eng samimiy odamlar edi. Butun vaqt davomida ular bilan yashadim. Men uchun bu Allohning sovg'asi edi, lekin buni keyinroq bildim. Musulmon bo'lganingizdan keyin nasroniy dinida yana qanday qarama-qarshilik topdingiz? Eng katta qarama-qarshilik - bu Injilning o'zi, hamma narsasi. Nega? Nasroniylik Aqidasi shunday deydi: Iso Masih sizning gunohlaringiz uchun o'lganini tilingiz bilan tan olishingiz kerak va siz kechirilasiz. Iso haqida Injilda shunday deyilgan: " Hech kim Isosiz jannatga yoki Xudoning Qirolligiga erisha olmaydi". Yaxshi, lekin bir muammo bor.

Payg'ambarlarning ko'plari, aslida payg'ambarlarning 99,9 foizi Isodan oldin bo'lgan. Ular uning nima deganini hech qachon bilishmagan Uning aqidasiga ko'ra, uni gunohingiz uchun o'lganini e'tirof etishingiz kerak. Musulmon va sobiq nasroniy sifatida, rostdanmi deb qiziqdim. Ishongan narsangizga qanday ishonishingiz mumkin? Rostini ayting, Islomga imkon berarmidingiz? Siz ham inson sifatida, Odam alayhissalomning o'g'li sifatida haqiqatga qiziqqan bo'larmidingiz? Islomga amal qilishingiz shart emas. Musulmon bo'lishingiz shart emas. Bularsiz kimligimiz haqida o'rganmasmidingiz? Islom nimaligini o'rganmaysizmi? Bizni tinglamaysizmi? Javob odatda yo'q bo'ladi.

Aytganimdek, ular buni bilishni xohlamaydi. Uyingizga kelganimizda, burchakda juda eski Injilni ko'rib qoldik. Nega buni sotib olganingizni ayta olasizmi? Bu Injil. Uni antiqa buyumlar do'konidan sotib oldim. Bu taxminan, 1825 yoki 1836 yillarda yozilgan. Bu Kitobda e'tibor bergan birinchi narsam, bu birinchi sahifa bo'ldi. Bu Falastin xaritasi. Bu Isroil emas, tushunyapsizmi, balki Falastin xaritasi. Bu juda qiziq. Bandlarini ko'rib chiqayotib bir narsa e'tiborimni tortdi. Mening sevimli bandlarimdan biri Matto 7, 21 dan 23 gacha. Ammo ba'zi bandlari yo'qolgan. Ular endi yo'q. Ularni qidirdim, ammo ular umuman yo'q edi. Bu bandlar nima haqida edi? Bu band Matto 7, 21-band haqida.

"Ko'pchilik menga bu haqda aytadi ..."" Buni Iso aytyapti.. Bu nasroniylik haqidagi yana bir muhim nuqta va buni Iso gapiryapdi. "O'sha kuni ko'plar menga aytadilar: Rabbiy, Rabbiy ..."" Isoni aytishyapti. — Yo Rabbiy, biz Sening noming bilan duo qilardik. Iso nomi bilan. Sening noming bilan mo‘jizalar yaratdik, Sening noming bilan jinlarni quvib chiqardik." Xudoning emas, Isoning nomi bilan. Iso nima deydi? Mendan ketinglar, yovuzlar, qonunbuzarlar, nopoklar, mendan uzoqlashinglar! Qiyomat kunida O'z xalqidan voz kechgan Isodir. Nega? Chunki ular Xudoga sajda qilmaganlar. Ular hamma narsani Iso nomidan qilganlar. Nasroniylarning bunga javobi bor.

Nasroniylar, bir daqiqa shoshmang, bu soxta masihiylar haqida gapiryapti, deyishadi. Nasroniylikni ixtiro qilgan Pavelga o'xshaganmi? Soxta masihiylar deganda Pavelni nazarda tutyapsizmi? Lekin qizig‘i shundaki, Iso: “Ey mushriklar”, deb aytgan Agar Iso nomidan ibodat qilsangiz, Iso nomidan sehr qilsangiz, Isoning nomi bilan jinlarni quvib chiqarsangiz ham, Iso hamon shunday deyapti: Siz mushriklar fatvolarni buzdingiz. Meni qanday qilib Xudo deyapsiz? Nega nomim bilan ibodat qilyapsiz? Hech qanday sherik yo'q. Eshitinglar, Isroil, Robingiz Xudo bittadir”. Birida uchta emas, uchtadan biri emas, ota, o'g'il, Muqaddas Ruh emas. Nega nasroniylik shunchalik sirli va tushunarsiz bo'lishi kerak?

Yahudiylar: “Eshitinglar, Isroil, Robbingiz Xudo bittadir”, deyishadi." Musulmonlar “La ilaha illalloh” deyishadi. Nasroniylar: “Iso: “Men ham shundayman”,-dedi" deyishadi. Nega Injilda Iso: "Men Xudoman, sajda qilinglar, Men bittaman. Men Isoman, Menga Faqat Menga sig'ininglar", demagan" Hech qachon bunday bo'lmaydi. Lekin bu suhbatdan oldin sizga aytganimdek, shu kitobni qanchalik ko'p o'qisangiz, nasroniy bo'lishingiz shunchalik ilojsizdek tuyulaveradi. Iso (a.s.)ning izdoshiman deyishning iloji qolmaydi. Otaningiz bilan munosabatingiz haqida nima deysiz? 15 yildan keyin u o'zgardimi? Men... Hali ham gaplashyapmizmi, bilmayman.

Odamlar so'rashganda, bu savolga javob berishim men uchun qiyin. Oddiy gaplashamiz, ortiqcha gapirmaymiz. Oilam meni ko'rishni xohlamaydi.. Alhamdulillah. Sahobalar ham xuddi shunday narsani boshdan kechirishdi. Hammasi joyida, garchi qiyin bo'lsa ham. Albatta, oilam men bilan bo'lsa yaxshi bo'lardi. Ayniqsa, o‘tmishda boshimdan kechirgan moliyaviy qiyinchiliklarni bilasiz. Yonimda bo'lsalar edi. Lekin Allohga va Islomda o'zimning aka-ukalarim va opa-singillarim deb ataydigan 2 milliard kishiga suyanish yanada yaxshiroqdir. Hikoyangiz va TikTokdagi postlaringizni ko'rganidan so'ng, kimdir musulmon bo'lganmi? TikTokda odam juda ko'p. 32 yildan beri musulmonman.

TikTokda olti kishi men tuvayli musulmon bo'ldi. Ulardan bIttasi 125 kishini musulmon qildi. Uning ismi Rob va u shahodat keltirdi. U haqida qiziq hikoyam bor. TikTokda jonli efir qilayotgandim, birodarim Rob esa... shuning uchun bu haqda gapirmoqchiman. Shuning uchun odamlar bilan qanday munosabatda bo'lishingiz juda muhim. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirimga musulmon bo‘lmagan shaxs sifatida kirgan va og‘zidan "chiqqan birinchi so‘z: “Men sizni kuzatib borardim...Ko'rishinigiz mumkin Hatto mening YouTube kanalimda ham og'izdan chiqqan birinchi so'zlar "Men sizni kuzatib borardim.." edi. Sizlarga nima degandim, birodarlar? Hamma sizni kuzatyapti, to'g'rimi?

Men hatto birodarim Rob tasodifan kirgani ham bilmasdim. Tasodifan emas. Bu Alloh taoloning ishi edi. Uning hikoyasiga ko'ra, xuddi shu kechada o'zini o'ldirmoqchi bo'lgan. U o'zini o'ldirmoqchi bo'lganini videoga ham olgan. Hozirgacha, uning o'zini takliflari bilan, 6 oy ichida 125 kishini Islomga kirishiga u sababchi bo'ldi. Tushunyapsizmi? Bu juddda katta kuch. Bu ham Allohning bir irodasi Agar sizga duo qilish imkoni berilsa, u qabul qilinishini bilsangiz, nima so'rab duo qilgan bo'lar edingiz? Deyarli har kuni qiladigan ibodatim shu. Allohim, Falastin xalqiga g'alaba ber! Allohim, foydali ilmlarni olaylik.

Lekin asosan Falastin xalqi uchun, Uyg'ur xalqi uchun, butun dunyoda ezilgan har bir musulmon uchun duo qilaman. Alloh taolodan ularga ofiyat berishini so‘rayman. Ularga nafaqat yengillik, balki ularga zolimlar va zulm ustidan g‘alaba berishini so'rayman. Chunki mana shuni so'ragan bo'lardim. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni tushingizda ko'rganmisiz? Ikki marta. Alhamdulillah. Tushimda tepasida qoyalar bor shamol esayotgan yo‘lda qum ustida ketayotgan edim. Yerga qaradim va oyoq izlarini ko'rdim. O'zimga o'zim: “Toshda oyoq izi borligi qanday g‘alati”, dedim. Tushimda baland ovozda aytdim: "Kim iz qoldirgan?

Kimning oyoq izi bu?" So'ng orqamdan bir ovozni eshitdim: Bu otang Ibrohimning izi. Men esa: “Otamning ismi Ibrohim emas”, dedim. Ibrohim payg‘ambar», dedilar. Ortga o‘girildim, Subhanalloh, ul zot o'sha yerda edilar. Rasululloh (s.a.v.). U kishining oldiga borishdan oldin, tizzalariga yiqilib, ul zotni quchoqlashni xohlardim. Ammo tushim tugadi. Xullas, u kishini yana tushimda ko‘rishni orzu qilib, tushdan uyg‘ondim. Ko'p yillar o'tgach, yana shunday bo'ldi. Cho‘lda edim, uzoqdan ko‘rdim.. Qo'limdan ushlab, shunday dedilar: "Boshqa odamlar bilan tanishishingni xohlayman." U kishi o'tirdilar, men esa yonlariga o'tirdim..

Keyin shunday dedilar: "Endi qara, mana Abu Bakr Siddiq.." Mana bu yerda Umar ibn al-Xattob, Bu Usmon ibn Affon,, Bu Ali ibn Abu Tolibdir. Ularning hammasi seni yaxshi ko'radi." Tushimda nega ular meni yaxshi ko'rishadi deb o'yladim? Men hech kimman. Nega ular meni sevadilar? Lekin Alhamdulillah, bu hayotimdagi eng ajoyib tushlarimdan biri edi. Sizni yaxshi ko'raman, Rasululloh. Sizni yaxshi ko'raman Birodar Ali, hikoyangizni baham ko'rganingiz uchun rahmat. Biz sizdan ko'p narsani o'rgandik va sizdan ilhom oldik. Jazakalloh. Bu din yo'lida qilgan barcha sa'y-harakatlaringizdan Alloh rozi bo'lsin. Va iyyak amin. Taklifingiz uchun tashakkur, bu men uchun sharaf.