Towards Eternity
Blogga qaytish

"Jinoyiy sherikim meni Islomga yetakladi!"- Sobiq nasroniyning Islomga oʻtishi haqida ajoyib hikoya!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Darhol kamarimni yechib, qo'limga o‘radim-da yigitchaga musht tushirgani bordim. Musht tushirish uchun unga qarab borayotganimda, orqadan politsiya mashinasihani kelayotganini ko’rdim. Demak, politsiya hammasini kuzatib turgan. Nimadir sodir bo'ldi-yu, avtohalokatga uchradik. Xullas biz mashinada chekayotgan edik. Endi, politsiya keladi, men esa qamoqqa ravona bo‘laman. Ammo politsiya kelmadi. Ular kechikishdi negaligini bilmayman. O‘zimcha o‘ylayman, nega qochmayapman? Mashinani tashlab ket keyinroq yangisini sotib olasan bo'laqol dedim o'zimga. Xuddi shunday qildim. Mashinani qoldirib, yugurdim Keyin do‘stimnikida yashirinish uchun o‘rmon hududidan yugurib o‘tayotgandim.

Go‘yo Gollivuddagi filmda o‘ynayotandek edim. Yuguryapman, daraxtlar, itlar, vertolyot. Lekin men qo'lga tushmadim Alhamdulillah. U jinoiy sherigim, bilasizku. U bilan giyohvand moddalar sotardim. Otasi “Pastda, yerto‘lada kutib tur”, dedi. O‘sha yerda, uning yerto‘lasida dam olardik. Ichkariga kirganimda otasi Qur'on tinglayotganini payqadim. bergan birinchi savol: "Oq tanli sifatida musulmon bo‘lishim mumkinmi?" U kuldi va “Albatta”, dedi. “Sen qora, oq, jigarrang hatto binafsha yoki pushti tanli bo‘lsang ham Musulmon bo'lishga rangingni umuman aloqasi yo'q dedi. Assalomu alaykum Shayx Abdurrahim Makkarti. Tashrifingiz uchun rahmat, juda mamnunmiz.

Suhbatimizni Abdurrahim Makkarti kim degan savoldan boshlamoqchiman, hayotingiz haqida gapirib bersangiz. Meni taklif qilganingiz uchun rahmat. Men amerikalik birodaringiz Abdurrahim Makkartiman. 1994 yili Amerikada, 18 yoshimda Islomni qabul qildim. Bir necha oydan so'ng, taxminan 6 oy o'tgach, Islomni o'rganish uchun Sudanga, keyin Saudiya Arabistoniga safar qildim. Keyin esa Madinada Alhamdulillah 10 yil o'qidim. Madinada o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng, davatga qo‘shilib, “Tinchlik” va “Huda” telekanallari orqali sun’iy yo‘ldosh kanallari va ommaviy va ommaviy axborot vositalarida ishladim. Dunyo bo'ylab sayohat qildim, bugun siz bilan Turkiyadamiz Alhamdulillah.

E'tiqod borasida hayotingiz qanday edi? Nimaga e'tiqod qilardingiz? Men nasroniy, katolik bo'lib tug'ilganman. Va katolik sifatida tarbiyalanganman. Katoliklar cherkoviga qatnaganmiz. Men ikkinchi sinfgacha katolik maktabida o'qiganman. Ular meni haydab chiqarishguncha. Meni maktabdan haydab yuborishdi. Ular meni kechirishlari mumkin edi, ammo men ancha to'polnchi edim. Maktabda o‘qib yurganimda ko‘p muammolarga duch keldim. Bolaligimdan va hatto keyinchalik ham. Lekin biz katolik va nasroniy sifatida tarbiyalanganmiz. Men har hafta cherkovga borishni nazarda tutyapman, ayniqsa buvim va ammam, ular doimo borishardi. Biz ham ba'zan borardik. Katta marosimlarda qatnashardik.

Ba'zan haftada bir marta borardik. Nasroniylar sifatida uyimizda xoch belgisi, Injil, tasbeh turardi, biz ham doim shunday xochli tumor taqardik. Ular doim o'sha yerda edilar. Bizni dindor deb hisoblayotgan bo'lsangiz kerak. Haddan ortiq dindor emasdik, lekin shu bilan birga, bu shaxsiyatimiz va kundalik hayotimizning bir qismi edi. Avvalgi hayotingiz haqida gapirib bera olasizmi? Ya'ni Islomga qadar hayotingiz qanday edi? 18 yoshimda muammoli ishlarga aralashib qolganini eslayman. Giyohvand moddalarni sotish bilan shug'ullanardim. Xullas, o'sha paytdagi eng yaqin do'stim, o'sha turmush tarzidan kelgandi.

Hatto uning amakivachchasi ham bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi, chunki u kimnidir o'ldirgan. shuning o'zidan uni kelib chiqishini tasavvur qilish mumkin. O'sha paytlar bizda chekish juda avj olgan paytlar edi. Lekin u qadar keng tarqalgan emas edi. Esimda, bu men ular bilan birinchi uchrashuvim edi, u biz tamaki deb ataydigan sigarani chiqardi va uni o‘rab chekishga tayyorladi. U shunday dedi: "Hamma gangster, hamma kuchli, bu yerdagi, hamma chekadi." Shuning uchun u menga ham berdi. Men o'sha paytda sportchi bo'lganim uchun bunga qarshi edim. Lekin men "Mayli" dedim. Bu ajoyib ishdek tuyildi. Shunday qilib, men u bilan birga chekishni boshladim. Va ularni turmush tarziga kirdim.

Sizningcha, qanday qilib bashang kiyim kiygan holda ular bilan munosabatda bo'lishingiz mumkin edi ... Men bunga qarshi edim, lekin o'sha doiradigi hamma shu ishni qilayotgan edi. Shunday qilib, men u bilan birga chekishni boshladim. Chekishni yoqtirish haqida gap ketganda ham, men sigaret chekishga qarshi edim. Ammo keyin do'stlarim sigaret chekishni boshlashdi. Men ham keyin ichish. Shubhasiz, irlandiyalik amerikalik sifatida, bu yoshligimizdan, hatto Amerikada ichish yoshidan oldin ham madaniyatimizning bir qismi edi. Men bularning barchasiga juda yoshligimda aralashdim. Bu noto'g'ri yo'l meni tubanlikka tushirdi.

Muayyan turmush tarzida yashash uchun, ayniqsa, qarama-qarshi jinsda bo'lganingizda, sizda qimmatbaho kiyim va qimmatbaho odatlar bo'lishi kerak. Bu turmush tarzini qanday qo'llab-quvvatlaysiz? U: “Hoy, amakivachchamni ko‘ryapsanmi, ukam, sen ham shunday qilasan, ular qimmatbaho mashinalar haydab, tilla taqib yurishibdi”, dedi. Men ham o'sha turmush tarziga o'ralashib qoldim. Bu boshida shunchaki basketbol edi, lekin keyin men noto'g'ri muhitda bo'lib, bu turmush tarziga singib ketdim. 11-sinfdan boshlab maktabga borishni to‘xtatdim. Hatto bir muncha vaqt maktabga boradigan bo'lsam, qurol bilan borishga majbur bo'ldim. Chunki boshqa raqib mahalla bilan muammomiz bor edi.

Bir to'da odam bo'lib kelib ularni o'z mahallasidan haydab chiqardik. Shubhasiz, bu ular uchun tahqirlash edi. Shuning uchun qasos olishlari aniq. Kim bu yigit? Mashina haydovchi bo'lgan oq tanli yigit. Ular meni tanib oldilar, shu sabab meni nishonga olishdi. Va ular meni o'ldirishmoqchiliklarini aytishdi. Endi nima qilishim kerak? Do'stlarimdan biri darsdan keyin meni uyiga taklif qildi. Va u "O'zingni himoya qilishing kerak" dedi. U ko'rpasini ko'tardi va menga to'pponcha berdi. "Yo sen yoki ular o'lishadi", dedi. Va har doim bitta o'q saqlab qo'y.

Shuning uchun har kuni maktabga borishdan oldin yotog'im ostidan to'pponchani olardim, qurolimni kamarimga qistirib, keyin maktab oldida o‘tirib, ularning maktabga kelishini kutardim... Ular bir marta kelishdi. Maktabdagi o'rtoqlarimiz bilan ularni quvib, haydashga muvaffaq bo'ldik. Bu o'sha paytda meni o'ziga tortgan hayot tarzi edi. Xo'sh, hayotingiz qanday o'zgara boshladi? Siz uchun burilish nuqtasi nima bo'ldi? Bunday tazrda uzoq vaqt yashab bo'lmasligini tushundim. Lekin ayni vaqtda undan chiqib ketishni ham xohlamasdim, chunki undan zavqlanardim. Rostdan shunday. Bu xuddi “Ruhingni shaytonga sotgansan” deganlari kabi. Ular bu haqda eshitganlar.

Siz Shayton bilan rasman uchrashib, shartnoma imzolamaysiz, lekin siz qilgan ish xuddi shunaqa. Endi aniq bilasizki, yo qamoqqa tushasiz, yoki o'lasiz. Ikkisidan biri, to'g'rimi? Oxir-oqibat natija shunday bo'ladi. Ammo, shoxona hayot kechirish uchun Men 17 yoshdaman va kuniga 1000 dollar ishlayapman, bu yoshda bu summa juda zo'r edi. Ancha kibor odam edim, kamharj emasdim. Mehmonxonalarda yashardim. Uyga ham bormasdim, maktabga ham bormasdim. Oxir-oqibat maktabga borishni butunlay to'xtatdim. O'zimga yoqadigan hayotda yashardim. Alaloqibat shunday odam bo'laman deb o'ylardim. Ammo bir muncha vaqt o'tgach, bu hayot boshimga balo bo'ladi deb o'ylay boshladim.

Bir vaqtlar juda ko'p chekishimni va asosiy dushmanlarimdan biri bo'lgan odamga duch kelganimni eslayman. U men bilan xohlagan ishini qilishi mumkin edi. Meni qattiq urib, yomon ahvolga solishi mumkin edi. Lekin menimcha, u rahm qildi, vaziyatni ko'rib Men chindan ham juda mast edim,. chunki narkotik chekkandim. U esa meni qo'yib yubordi. Keyin “Ahvolingga qara, naqadar notovon bo'lib qolding”, dedim o'zimga. Men hech qachon o'tkir giyohvand moddalarni sinab ko'rmaganman. Kokain yoki geroin kabilarni. Bular sotadigan narsalaringiz a... Hech qachon uni sotmaganman, lekin sotishim mumkin edi. Chunki bu insonni qanchalik zaiflashtirishini ko'rgandim.

Lekin tamaki sipirtli ichimliklardan foydalanardim. Lekin o'zimni himoya qila olmaydigan darajada mast bo'lganimda, "Ey, bu seni xarob qiladi" deb o'ylab qoldim. "Sen juda ojizsan." Men esa zaif va ojiz bo'lishni yoqtirmayman. 18 yoshimda o'tirib, "Endi, o'z oldingga aniq maqsad qo'yishing kerak" dedim. Keyin o'z oldimga 6 ta aniq maqsad qo'ydim. Ularning aksariyati yaxshi emas edi. Ammo ulardan biri noqonuniy giyohvand moddalarni sotish bo'yicha nomaqbul imperiyamni qandaydir kengaytirish boyib ketish edi. Men oilam bilan yashardim. Chiroyli mashinam bo'lishni istardim. Oddiygina mashinam bor edi. Bu ishni qilmoqchi bo'lsangiz, ehtiyot bo'lish kerak.

Yoshi kattalardan o'rganadigan juda ko'p narsalar bor, musulmon bo'lganimdan keyin ham yoshi katta insonlardan maslahat so'rashda davom etdim, chunki ular ancha yo'lni bosib o'tib, muammolarni boshdan kechirishgan. Shunday ekan, xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun ulardandan maslahat oling, tajribasidan foydalaning. Chunki politsiya: “Bu yigit ishsiz, 17-18 yoshida bunday mashinani qayerdan olgan?” degandek bo‘ladi. Hibsga olinganimda, 15 yoshda edim”, dedi u. Haydovchilik guvohnomam yo'q edi. Ammo u Yaguarni boshqarayotgan edi. Xo‘sh, bu yigit nima bilan shug‘ullanadi? Ular menga o'rgatishgan, shuning uchun yaxshi edim. Lekin ba'zi joylarga yaxshi mashina bilan borishingiz kerak.

Shu asnoda men 2 raqamiga o'xshab qolgandim: Eng yaxshi joy, o'zimning joyim Shubhasiz, siz hech qachon turmush qurish haqida o'ylamasligingiz mumkin, lekin munosabat qiladigan odamingiz bo'ladi. Va beshinchi narsa sog'ligim edi. Sog'ligimni qaytarib olish uchun ichish, chekish menga salbiy ta'sir qilishini bilardim. Bir voqeani eslayman. Men buni hech qachon, efirda aytmaganman, ammo hozir sizlarga birinchi marta aytib bermoqchiman, o'sha payt ko'chada yurgan edim, do'stim bilan. ikki meksikalik yigit turgan ekan. Ular mast edi. Kutilmaganda ular bizni haqorat qilshdi, hatto og'ziga olib bo'lmaydigan gaplar bilan.

Shunday qilib, ular haqoratli so‘zni aytishi bilanoq kamarimni yechib, qolimga o‘rab oldim-da, yigitga musht tushirgani bordim. Uni mushtlash uchun ichkariga kirganimda, orqamdan politsiya mashinasi kelayotganini ko'rdim. Demak, politsiya hammasini kuzatib turibdi. Men yigitga musht tushiraman, u pivo shishasini tashlab yuboradi. Keyin esa politsiyani ko‘rganim uchun. O'zim o'sib ulg'aygan maktab hududi yurganman. Agar politsiya bizni ta'qib qilsa, yoshligimizda sportchi bo'lganimiz uchun to'siq oldiga kelib quyon yoki bug‘uga o‘xshab, muammosiz sakrab o‘tib ketgan bo'lardik. Ammo men panjaraga yetganimda ... Chekayotganim uchun nafas ololmay qoldim.

Xullas men o'tirib kutishim kerak edi, lekin politsiya bu ikki meksikalik yigit bilan ovvora edi. Shunday qilib, biz qochishga muvaffaq bo'ldik. Lekin endi sog'lom odam emasman, shunday emasmi? Qisqasi sog'ligimga e'tibor qaratmoqchi bo'ldim. Kuchliroq bo'lish uchun. So'nggi, men qo'ygan oltinchi maqsad ko'proq dindor bo'lish edi. Men Yaratganim bilan shunday munosabatda bo'lishim kerakligini his qildim. Ammo mening dinga bo'lgan munosabatim mafiyadagi yigitlarni ko'rganimga o'xshardi. Ular hafta davomida mafiya yigitlari qiladigan ishni qilishadi. Yakshanba kuni ular cherkovga borishadi. Ozgina sadaqa, xayr-ehson qilishadi.

Ularning Alloh bilan bir oz aloqasi bor, keyin olti kunlik jahannam va do'zzax, to'g'rimi? Shunday qilib, bu nima qilishim haqidagi fikrim edi. Men Injilni o'qirdim, oltin xochli zanjirim bo'lardi. Dinga nisbatan dunyoqarashim, dindor shakillanishini xohlardim. Shuningdek hayotimning ma'naviy jihatga ham ega bo'lishim kerakligini bilardim. Shu sabab buni oltinchi raqamga qo'yganman. Bu ro'yxat bilan hidoyatingiz o'rtasida bog'liqlik bormidi? Xo'sh, Islomga sayohatingiz qanday boshlangan? Bu ro'yxat va hidoyatingiz o'rtasida bog'liqlik bormidi? Xo'sh, Islomga sayohatingiz qanday boshlangan? Buning yaxshi sabablari bor Alhamdulillah. Bilasizmi oltinchi raqam birinchi raqamga aylandi.

Bu aynan o'sha paytlar Vashingtonning ichki shaharchasidagi afro-amerikalik do'stimning otasi bilan uchrashuvga borganimda sodir bo'ldi. U mening jinoyatlardagi sherigim edi. U bilan giyohvand moddalar sotardik. Shuning uchun uchrashuvga bordim, do'stim yo'q ekan. Otasi: "Yerto'laga tushib kut" dedi. U yerda SEGA bo'lardi, PlayStationlardan oldingisichi? Do'stim unutuvchan edi, bu esa men uchun yaxshilikka bo'ldi. U uchrashuvni unutib qo'ygandi. Men esa o'tirib uni kutayotgandim Otasi “Pastda, yerto‘lada kutib tur”, degandida. Uning yerto‘lasida bugungi kunda PlayStationga aylangan SEGA o'ynashingiz mumkin edi. Men pastga tushdim, ammo o'tog'im yo'q edi, uni onasi uyiga olib ketgan ekan.

U yerda o‘tirishdan juda zerikdim. Ichkariga kirib qarasam, otasi Qur'on tinglayotgan ekan. U Qur'onni tinglardi va ... U musulmonmidi? Ha, otasi musulmon edi Alhamdulillah. U Qur'onni arabcha tinglardi, qori arabcha o'qigandan keyin inglizcha tarjimasi ham berilgandi. U Qur'onning ingliz tilidagi tarjimasinini kuzatib borardi. Nima deganimni unutmang! Malkolm X. Xayolimda u. Islom. Shu yerda o‘tirganimda Islom dinini esladim. Men zinapoyaga chiqdim va tinglay boshladim. Keyin ichkariga kirib, “Menga qarang,” “siz bilan o‘tirishimga qarshi emasmisiz, islom haqida bir qancha savollar bermoqchiman”, dedim. U "Marhamat" dedi.

Qilgan birinchi ishim, Timberland botinkalarim bilan uning joynamoziga qadam qo'yish bo'ldi. U -"Bu joynamoz"-dedi Bu yerga bunday chiqma" dedi. Buni bilmasdim. Qisqasi o'tirdim. Bergan birinchi savolim "Men musulmon bo'la olamanmi?"-edi. Nega odamlarda "Fundamentalist", "Terrorchi", "Ekstremist musulmonlar" degan noto'g'ri tushuncha bor? U paytlarda ham bor edi, lekin hozirgichalik emas edi. Bundan tashqari, Islom dini qora tanlilar uchun bo'lib, oq tanlilar musulmon bo'lolmasdi. Shunda men: “Oq tanli sifatida musulmon bo‘la olamanmi?” dedim. U kulib, "Albatta".

“sen qora, oq, jigarrang hatto binafsha yoki pushti tanli bo'lsang ham musulmon bo'lishingga rangini umuman ahamiyati yo'q- dedi Islom hamma uchundir. U menga Islom haqida bir oz gapirib berdi. Men “Bu juda qiziq”, dedim. O‘qishim mumkin bo'lgan biror kitobingiz bormi deb so'radim? Men gangsterlar hayot tarzi bilan yashardim. Biz ko'cha hayoti bilan yashasak ham, lekin o'qirdik. Men Malkolm X haqidagi kitobni o'qigandim. O'qishing kerak bo'lgan kitoblar bor, masalan, "Urush san'ati" Makiavellining "Shahzoda" asari. Aytmoqchimanki, ular har birida o'ziga xos mazmun bor, ularni o'qishingiz kerak. O'sha paytlarda ham o'qiganmiz.

Men: “Islom haqida o‘qishim mumkin bo‘lgan kitoblaringiz bormi?” dedim. Alhamdulillah menga Islom haqida to'rtta kitob berdi. Men ularni javonimga qo'ydim. Musulmonlar Iso haqida nimaga ishonishlari mumkinligi to'g'risida o'qidim. Shubhasiz, bu men bilmoqchi bo'lgan asosiy narsa edi. Men metroga qaytayotgandim. Bu haqida taxminan 20-30 daqiqacha o'qidim. Lekin keyin men uni yon tomonga qo'ydim subhanolloh, ajabtovur voqealar sodir bo'ldi. Musulmonmisiz yoki g‘ayridin, o'zingizga rahbar izlayotganingizda xuddi hidoyat izlayotgan bo'lasiz. Alloh basharga ochiq belgilar berib, bilishingiz uchun barcha eshiklarni ochadi.

Hozir davat qilganingizda ko'pgina odamlar kelib "nimanidir kutyapman” deyishadi. Bugun bu yerga kelganingizni o'zi siz uchun hech narsani anglatmaydimi? Ajoyib bir hikoya bor, oxirrog'ida sizga yaqinda tanishganim 6 yoshli bola va uni onasi islomni qabul qilgani haqida gapirib beraman. Keyin nima bo'ldi, nihoyat Islomni qabul qildingizmi? Ikki oy o'tgach, avtohalokat sodir bo'ldi. Men haydab ketayotgan edim, ammo guvohnomam olib qo'yilgandi. U paytda suratlar bo'lmasdi. Ular faqat ma'lumotlaringizni, ijtimoiy sug'urta yoki ID raqamingizni yozib olishardi. Tavsifini olishardi. U vaqtlarda kompyuterda odamning rasmini ko'rolmasdingiz.

Faqat uning bo'yi, vazni, soch rangi haqida ma'lumot bo'lardi. Do'stimning bo'yi ham, sochining rangi ham men kabi bilan bir xil edi. Xuddi shu tavsif sabab meni to'xtatishganida uning ismini aytardim. Bu ahmoqlik edi, men jarimani to'lab, litsenziyamni qaytarib olishim kerak edi. Lekin buni hali qilmagan edim. Uning litsenziyasidan foydalanardim. Shubhasiz, biz mashinada, tamaki va shunga o'xshash narsalarni chekardik. Shunday qilib, avtohalokatga uchradik. Politsiya keladi, men esa qamoqqa tushaman. Tushunarli. Men uning litsenziyasidan foydalana olmayman va uning nomi bilan hibsga olinmayman.

Politsiyaning kelishini kutayotganim sababi, bu hudud jinoyat zonasi bo'lib, politsiyachilar juda ko'p bo'lardi bu yerda. Politsiya kelmadi. Ular kechikishdi, lekin negaligini bilmayman. shunda nega qochmayapman deb o‘yladim. Shunchaki mashinani qoldir. Keyinroq boshqa mashina sotib olasan. Shunday qildim. Men mashinani qoldirib, qochdim. Do‘stimning uyiga borib, u yerda yashirinish uchun bu kichik o‘rmon hududidan yugurib o‘tayotgan edim. Go‘yo Gollivuddagi filmda o‘ynayotgandek edim. Yuguryapman, daraxtlar itlar, vertolyot. Lekin qo'lga tushmadim Alhamdulillah. Ammo bu voqea boshqa mashina sotib olmagunimcha, mashinasiz qolishimga sabab bo'ldi. Men bobom va buvimn bilan yashardim.

Ular esa juda eskicha fikrlaydigan, zerikarli odamlar bo'lib, uylarida ham aytarli ish yo'q edi. Keyin "Oh, ha. Kitoblar."-dedim. Menda Islom haqidagi kitoblar bor edi. Maqsadimdagi oltinchi nuqta ko'proq dindor bo'lishmidi? Kel, unda din haqida o'qiymiz dedim o'zimga o'zim. Islomga oid kitoblardan birini o'qib chiqdim, U “Haqiqat dini” deb nomlanardi. Oh, bu men bilmoqchi bo'lgan narsam edi. Uni ochdim va kitobning boshidanoq unga mixlanib qoldim. Kitobni o'sha kuni kechqurun o'qidim, payshanba kuni edi. Laylatul Juma ya'ni Juma kechasi. Payshanbadan Jumaga o'tar kechasi. Men kitobni to‘liq o‘qib chiqdim. Chamasi 80 sahifali edi. Men butun kitobni bir o‘tirishda o‘qib chiqdim.

Meni hayratga slogan va katta ta'sir ko'rsatgan 4 narsa bor edi unda. Birinchisi Tavhid edi. Islom yakkaxudoligi. "La ilaha illalloh". Bu haqiqatan ham ko'zimni ochdi, musulmonlar va biz nasroniylikka ishongan narsa o'rtasidagi farqni anglashim uchun. Uchlik masalasi. Va yana aytishdiki, musulmon bo'lganingizda, o'rtada vositachi bo'lmaydi. Siz bilan Alloh o'rtasida vositachi yo'q. To'g'ridan-to'g'ri unga murojaat qilasiz. Nasroniylik va katoliklikda esa biz cherkovga borishimiz va gunohlarimizni tan olishimiz kerak. Siz buni oldin ko'rganmisiz yoki yo'qmi, bilmayman. Kichkina qutiga o'xshash narsa bo'lib, o'rtada kichik deraza bo'ladi va u tomondagi ruhoniyni zo'rg'a ko'rasiz.

Va men o'sha odamga qilgan gunohlarim va yomon ishlarimni aytib berishim kerak. Shaxsiyatim juda kirlanganini unga aytib beraman. U: “Tur, men seni kechirdim”, deydi. Sen o'zi kimsan? Lekin Islomda biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaratganning o‘ziga mag‘firat so‘rab boramiz, vositachi odam bizga kerak emas. Shu menga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu juda muhim narsa edi. Shundan so'ng yana 3 ta narsa e'tiborimni tortdi. Ulardan biri namozga tayyorgarlik haqida gapirgani edi. Namozga tayyorgarlik ko'rayotganida Musulmon, avvalo, o'z o'zini tarbiyalaydi. U boshqalarning oldida hojatxonadan foydalanmaydi. U kiyimiga nopok narsalar tushmasligi uchun o'tirib hojatini chiqaradi.

Bu menga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Ko'pchilik buni xatto tushunmaydi ham. Mening YouTube kanalimda musulmon bo'lishni istagan singh haqida video bor. Unga hidoyat bo'lgan narsa shundaki, uning hamkasblaridan biri sunnatga muvofiq Shim balog'ini to'piqdan yuqori qilib qo'ygani edi. Bu haqiqatan ham hozirgi kunda hipsterlar orqali modaga aylandi. Ammo o'sha paytda bunday emas edi. Shunda u: «Nega shimingni balog'ini to'piqdan yuqori qilib kiyasan?»- deydi. “Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday kiyinardilar va bizga ham to'piqdan yuqori kiyishni buyurdilar”, debdi. Shunda u: «Ular payg'ambarlariga shunchalik ergashadilarmi? Men musulmonlarni ham, islomni ham yomon ko‘rardim”, deydi.

Ammo u Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning Islomni yaxshi ko'rganlari haqida o'qiy boshladi va Islomni qabul qilishni xohladi. Bu nomutanosibliklar haqida o'qiganimda musulmon musulmon bo'lmaganim uchun o'zimni juda g'alati his qildim. Garchi yoshligimizdan hojatda yonma-yon turish odati bo'lsa-da, Lekin insonni bu vatqda holi qo'yish kerakligini his qilardim. Ko‘ryapsizmi, g‘arbdagi g‘ayridinlar “Oh, havoni ko‘ryapsizmi, bugun biroz sovuq bo‘ldi”. "Kechagi o'yinni ko'rdingizmi?"-degan savollarni berishadi. Ammo bunday savollarni vaqti emas u payt. Bu insonni shaxsiy vaqti. Shuning uchun o'zimni juda noqulay his qildim. Yana bir narsa bizning urf-odatlarimizda yomon ko'rilgan o'tirish qismi haqida.

Tushundimki, musulmonlar bunday qilmaydilar va o‘zlarini yolg‘iz qoldiradilar, bu bir misol. Bizda erkak kishini o'tirib xojat chiqarishiga juda g'alati qaraladi. O'tirdingizmi, demak siz ayolsiz. Buning foydasini keyin tushundim. Nega turib bunchalik qiyinlash kerak? O'tirish ancha qulayroq. O‘sha paytdan boshlab, vaqti-vaqti bilan o‘tiraman. Musulmonlar ham shunday qilishganini bilganimda, bu menga katta ta'sir qildi. Boya bir voqea ya'ni G'arbdagi bir ayol haqida gaplashgandik. U 20 yil davomida talabalar kirini yuvib, birinchi marta bunaqa narsaga duch kelgandi. U talabalarning barcha ichki kiyimlari dog' bo'lganini payqaydi. Hamma joyi dog' bo'lgandi.

Najas yoki peshob dog'i bo'lishi mumkin. Chunki bu odamlar tahorat olishmas, poklanmas va o‘tirmasdi. Agar o'tirib va o'zingizni suv bilan poklanmasangiz, kiyimingizda iflosliklar paydo bo'ladi Albatta, keyin u musulmon talaba bo'lgan bir o'quvchi kiyimida umuman dog' yo'qligini payqadi. Ayol har safar o'sha talabaning kiyimiga qarashini odat qilib oladi. Va har doim toza. U bunga ishonmaydi. qanday qilib? nihoyat ayol undan so'raydi. "Bu nima? 20 yil davomida bunday holni hech qachon ko'rmaganman desa. Yigit: “Chunki men musulmonman”, deydi. “Bizga buni Islom o‘rgatgan, Payg‘ambarimiz ham o‘rgatganlar. Biz o‘tiramiz,va tahorat olamiz”.

Tamom Bu ayolga ta'sir o'tkazdi va u Islomni qabul qildi Alhamdulillah. Faqat bu bizda madaniyatga aylangani uchun ahamiyat bermaymiz. Bu ikkinchi narsa edi. Uchinchisi Islomdagi tizim. Bu meni Malkolm Xga qaytaradi. Intizom. Bu uning hayotini qanday o'zgartirdi. Bu juda aniq edi. Islomning besh ustuni. Hammasi, La ilaha illalloh Muhammadur Rasulullohning bilan boshlanadi. Keyin 5 vaqt namozingiz o'qiysiz. Agar pulingiz o'z qiymatiga yetsa, zakot berasiz. Yiliga bir oy ro'za tutasiz. Imkoniyatingiz bo'lsa, umringizda bir marta Haj ziyoratiga borasiz. Go'zal. Halol aniq, harom aniq. Xullas shu kerak, dedim. Menga xuddi Malkolm X kabi bu intizom kerak.

Bu menga hayotimni to'g'rilashga yordam beradi, Bu menga yoqdi, va hatto, Subhanalloh. Chunki fitrat, tabiiy mayl ya'ni, asl istakni anglashimiz uchun nima kerak, Hamma uchun yaratilgan qonun ishlaydi. Biz boshqalarni da'vat qilamiz, musulmonni Islomga qaytarishga harakat qilamiz, fitrat aynan o‘sha yerda. U buni qalban his qiladi. Onangiz, rahimalloh haqidagi hikoyangizni aytganingizda, ichingizda his qildingiz. Bu fitrat. "Men ko'proq dinni o'rganishim kerak." Bu musulmonlar uchun. illo, Musulmon bo'lmaganlar ham bu yerda. Bu biroz ko'proq izlanish, ko'proq poklanish demakdir. Men harbiy xizmatga borganimda ham shunday hisni tuyganman.

Keyin dengiz piyodalar qo'shiniga qo'shilish uchun ketdim. Otam “Bir oz kutgin”, “Keskin qaror qabul qilma, ya'ni o'ylab ko'r”, dedi. Men jaholatga, ko'cha hayotiga kirdim, va shu sabab Islomni tanidim Alhamdulillah, bu men uchun yaxshilikka ekan. Lekin hayotimda shunday tartib kerakligini bilardim. Va bu Islomda ekan. oxirgi narsa, musulmon sifatida faqat ishonishning o'zi yetarli emasligi masalasi edi. Bu ko'pchilik musulmonlar tushunishi kerak bo'lgan farqdir, chunki aksariyat musulmonlar "shahodat kalimasini aytdim, shuning o'zi kifoya" deb o'ylaydi, ammo unday emas.

Muallif, juda aniq aytgan: “Agar unga ya'ni kalimaga amal qilmasangiz va u harakatlaringizda ko'rinmasa, musulmon bo'lishning o'zi yetarli emas. Shunda siz ham do‘zaxga tushishingiz mumkin”. Nasroniylikda unday emas, agar Iso gunohlarimiz uchun o'lgan bo'lsa, biz yaxshiroq joyda bo'lamiz. Messaga boradigan, sadoqatli, xayriya ishlari bilan shug'ullanadigan yaxshi nasroniy, vafot etganida, u ham yaxshiroq joyda bo'ladi. Mafiyada qotilliklar qilsa ham, lekin u e'tiqodli nasroniy bo'lsa, o'lganida yaxshi joyga tushadi. U holda do'zaxga kim tushadi? O'sha kitobni o'qiganimdan so'ng darhol Islomni qabul qilmoqchiman degan qarorga keldim.

Ertasi kuni Alhamdulillah, o'rtog'imning otasiga qo'ng'iroq qildim. U meni Vashingtondagi Islom markaziga olib bordi. Va men shahodat keltirdim. Shahodat keltirganingizda nimani his qildingiz? Bizga shu haqida gapirib bersangiz? Shahodat keltirishdan oldin juda asabiy edim. Chunki u menga “guvohlik beramanki...” deb emas, “Allohdan boshqa iloh yo‘q...” degan shahodatni berishim kerakligini aytdi. Shahodat aytish va Allohni qabul qilish, buni inglizcha aytamanmi deganimda, “Yo'q, Arabcha aytishing kerak”, dedi. "Eshede... nima degay?" Men uchun u aytayotgandek edi ... Men bu so'zlarni ayta olmayman dedim. 1-darajali ispan tilini o'rgangandim. Men buni uddalay olmayman.

Men bu begona tildagi so'zlarni qanday aytaman, bu juda qiyin bo'ladi, dedim. Shuning bois men juda asabiy edim. Tepaga chiqib, u yerdagi musulmonlar bilan birga shom namozini o‘qidim. O'sha paytda musulmon emas edim. Vashingtondagi Islom markazida namoz o'qirkanman, yonimda namoz o'qiyotgan boshqa odamlarga qaradim. Bo'ynimda oltin xochli zanjir bor, qulog'imda esa oltin va olmos sirg'alar. Musulmonlar bilan namoz o‘qiyapman, o‘rnimdan turganimda juda asabiylashdim. U "Xavotir olmang, bu juda oson Mendan keyin takrorlang”, dedi. Ular, arabcha talaffuzda “Asal kabi, asal kabi” deyishayotgandek edi. Va u tilga asal kabi chiqdi.

Tilimdan juda oson chiqqanidan, ichimda ajoyib tuyg'uni his qildim. Og'irlik olib tashlanganini ham his qildim Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadur Rasululloh degan kalima aytayotganingizda ichingizda nimadir sodir bo'ladi va atrofingizdagi hamma birodaringizdek tuyiladi. Siz bilan gaplashishadi, tabriklashadi va quchoqlashadi. Qisqa qilib aytganda, ajoyib tuyg'u Alhamdulillah. Islom dinini qabul qilganingizga oilangizning munosabati qanday bo‘ldi? Men musulmon bo'lganimda oilamdegilar juda xursand bo'lishdi. Islom tufayli emas, Undan keyingi o'zgarishlar tufayli. Ijobiy o'zgarishlar. Alhamdulillah islom dini menga go'zal ta'sir qilganini ko'rdilar.

Qisqasi, ular bundan mamnun edilar. Ehtimol,uzoq davom etadi deb o'ylashmagandir. Ammo meni qisqa muddatda o'zgarganim, ular uchun yaxshi edi Alhamdulillah. Hali ham ular meni qo'llab-quvvatlashadi. oilam bilan munosabatlarim juda mustahkam Alhamdulillah. Ular boshidanoq qo‘llab-quvvatlashdi. Yaxshi, eslayman, bobom, AQSh armiyasida xizmat qilgan. U aslida piyoda askarlardan edi, Ikkinchi jahon urushida Germaniyada Gitler tuzumi qulaganidan keyin urushga kirgan birinchi piyoda askarlardan edi ular. U baz'an armiyadagi og'aynilari bilan Internetda gaplashardi. Onlayn emas, telefonda. U "Men ularda nima borligini bilmayman" deb aytar edi. “Musulmonlarda masjid bor, .

Qur’on bor”, "Uni nima ekanligini bilmaymanku Lekin menga yoqdi" “Nabiram o‘zgarib qolgani uchun ham", der edi. "Nabiram hozir yaxshi. uyda o'tiradi. Kechqurun tashqariga chiqmaydi. uy ishlarida ko'proq yordam beradi.", der edi U menda o'zgarishlardan juda xursand edi Alhamdulillah. Musulmon bo'lganingizdan keyin qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? Shu meni hayotim edi. Eski turmush tarzini tark etish juda qiyin edi. U shunoqqina eshigimni oldida edi. Unga osongina qayta olardim. Lekin, bir oshnam menga nimadir deb, falonchiga qara”, dedi. Chunki islomni qabul qilganimdan keyin bir-ikki kun ko‘cha hayotiga qaytdim. Musulmon bo'lganimdan taxminan 9 kun o'tgandi.

U: “Uni qaranglar, ozini musulmonman, deyapti Lekin u bilan oramizda hech qanday farq yo‘q”, dedi. Uni bu gapi menga juda kuchli ta'sir qildi. Xuddi ko‘ksimga chaqmoq urilgandek bo‘ldi. O'zimga o'zim nega musulmon bo‘lding?” dedim. Allohga yaqinroq bo‘lish uchun, iymonli bo‘lish uchun musulmon bo‘lmadingmi? Men aslida bir oy, balki bir yarim oy davomida o'zim bilan ichki kurashda bo'ldim. oshqozonim kasal bo'lib, qusgim keldi. tashqariga chiqmoqchi bo'lardim, eski hayotim eshik o'rtida turardi. Lekin o‘zimni ko'cha hayotidan voz kechib, masjidga borishga majburladim.

Kimki o'zgarish qilishni xohlasa, o'zi uchun yaxshilikni xohlaydi, nima bo'lishidan qat'i nazar, bu qiyin narsani boshdan kechirishingiz kerak. Formaga kirishni istasangiz ham, qiyinchilikni yengishingiz kerak bo'ladi, shirinliklar va boshqa narsalarni cheklash lozim. Ammo zavqni keyinroq topasiz. Shunday ekan, bu zavqga erishish uchun ba'zan qiyinchiliklardan o'tishga to'g'ri keladi. Bu yo'l Men uchun Alhamdulillah u qadar uzoq bo'lmadi. Bir, bir yarim oy. Lekin aytganimdek, o'sha muhitda bo'lish hech qanday narsa emas edi.. Bu menga juda yordam berdi. Musulmonlar atrofida bo'lish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada birinchi bunyod qilgan narsalaridan biri Dorul-Arqam ibn Abu al-Arqam edi. Yangi musulmonlar uchun o'sha kichik markaz bor edi. Makkadagi yangi musulmonlar uchun bu uzlat bo'lib, ular birlashib, iymonlarini mustahkamlaydilar. ba'zan ortga qarab o'sha muhitda bo'lmaganimda hozir nima bo'lardi, deb o'ylab qo'laman Alhamdulillah. Birinchi bo'lib kimni davat qilganingiz haqida gapirib bering? Ilk bor davat qilganim yaqin do'stim edi. Bizga yomon narsalaru, barcha muammolarni keltirib chiqargan kishi. Men uni yaxshilikka chaqirdim Alhamdulillah. U Islomni qabul qildi mi? Ha u Islomni qabul qildi, lekin Biz giyohvand moddalar savdosi haqida gaplashdik.

Menga islomni o'rgatgan narkotik sotuvchini o'g'li emas. Boshqasi, avvalari Menga akasi va amakivachchasini barcha yomon illatlarni o'rgatgan odam. Shunday qilib, u men davat qilgan birinchi odam bo'ldi. Alhamdulillah, munosabatlarimiz yaxshi edi. U shahodat keltirdi. Ammo uni sayohati meniki bilan bir xil emas edi, u biroz adashib qoldi. Lekin umid qilamanki, u ham bir kun qaytib keladi. Ko'p do'stlarimni ham da'vat qildim, ularning ko'pchiligi deyarli Islomni qabul qilishdi ba'zilari tinglashdan bosh tortdi. Ba'zilari esa jim tingladi. Ulardan biri menga bir yildan keyin Islomni qabul qilishini aytdi. Chunki u ayollar va shunga o'xshash narsalar bilan juda band edi.

Men oilam bilan ham gaplashib turaman. Ammo buvimga ko'proq e'tibor qarataman. Chunki meni buvim tarbiyalagan. Ota-onam 5 yoshimda ajrashgan ekan. Shuning uchun u har doim yonimda bo'lgan. O'sha paytda biz 6 kishi edik. Amakivachchalar, aka-uka, hammamiz birga edik. 4 tasi onamniki, 2 tasi xolamniki Bizning oila 4 kishi edi. men esa hali yosh bola edim. Keyin ortimdan ukam, uni ortidan singlim tug'ildi Ammo men yosh bola bo'lganligim uchunmi. Biroz erka edim. Chunki buvimga juda yaqin edim. Bu vaqtda u ancha qarib qolgan va nogironlar aravachasida yurardi. men Qur'on o'qiyotkanimda, Qur'on bilan sayohat qilayotkanimda, uni ovoz chiqarib o'qishga harakat qilardim. U o'qiyotganimni tinglardi.

Bu unga musulmonlar sifatida Iso (a.s.)ga qanday ishonishimizni aytganimda juda hayratda qoldi. Arvohni ko'rganda qanday ahvolga tushasiz Uni holati huddi shunday edi, hozirgiday esimda. Bir gal cho‘milishiga yordam berayotganimda unga: “Biz, ya'ni, meni aytganlarimga ishonasizmi, uni haqiqat ekaniga ishonasizmi?” dedim. u ha dedi. Unday bo'lsa, mendan keyin takrorlang" dedim. Iymon shahodatini unga tushuntirdim, Alhamdulillah Unga arab tilida qanday aytishni o'rgatgan edim va u men bilan birga aytdi, Alhamdulillah. Shundan keyin sayohatga ketdim. Men u bilan ko'p vaqt o'tkaza olmadim.

Lekin ulamolardan so‘ragaanimda, ular: InshaAlloh, u musulmon bo‘lib vafot etdi va iymon keltirdi, deyishdi. U amallarda ko'rsata olmasdi buni, chunki o'sha paytda juda keksayib qolgandi. Bir-ikki yil o'tib, vafot etdi. U meni uchun muhim inson edi shahodat kalimasini keltirdi Alhamdulillah. Siz turli mamlakatlarga da'vat qilish uchun borgansiz. Hech unuta olmaydigan biror narsaga duch kelganmisiz? Alhamdulillah ko'p narsa bor. O'ylaymanki, bittasini aytsam ham, uni butun bir epizod qilishimiz mumkin. Lekin hozir sizga, Jahon chempionatida roy bergan ikkita voqeani aytib bermoqchiman. O'zingizga ma'lumki, yaqinda Jahon chempionatida da'vat ishlarida qatnashdim.

Da'vat davrida men bilan faol ishlagan singillarimizdan biri qo'ng'iroq qildi. Qatarlik edi u. aytishicha, Islomni qabul qilmoqchi bo'lgan 6 yoshli amerikalik bola bor ekan. 6 yoshlik bola? U nimani tushunadi. hazillashayapsizmi, dedim. “Kelishingizni xohlaymiz”, deyishdi. Men esa juda band edim. Men u yerga boramanu, 6 yosh bola bolsa, qanday bo'larkin, deb o'yladim. Abdurrahim Grin va boshqa birodarlar bilan bog‘langdim. Bu haqida Jon Fontenga ham gapirib berganman. Menga yaqin bo'lgan boshqa birodarlardan. Bu borada tajribaningiz bormi, dedim bizda hatto da'vat guruhiham mavjud, Kimnidir bu ishda tajribasi bormi?"-dedim. "Boladan nimani kutishim kerak?" -dedim.

Men nima kutishni bilmasdim. Shu bois u yerga kirib, o‘ylanib turib, “Xo'sh bu, uni onasi, shekilli juda qo‘llab-quvvatlayapti. Islom haqida o‘zi ham bilishi kerak" dedim Nega onasi emas, o'g'li qabul qilyapti? Qisqasi, ona va o'g'li bilan gaplashdim. Onasi menga Quvaytda anchadan beri dars berishini aytdi. Hozir Qatarda ekan U bu yerni sevib qolganini va hech qachon Amerikaga qaytishni istamagasligini aytdi. Bilsam, o'g'li musulmon bolalar davrasida kop bo'lar ekan. Do‘stlari ham musulmonlar. U islomiy darslarga qanday qatnashgani, 1-sinfi, hullas hammasi haqida gapirdi. Bu unga katta ta'sir qilgani ekan. va musulmon bo'lishga qaror qilgani haqida aytdi.

Onasi: «o'glim mendan tadqiqot qilishimini, Islom dinini unga o'rgatishimni talab qildi», dedi. Ayol tadqiqot bilan shug'ullanardi. Tadqiqotlarni unga berdi, va u ayolga ishondi. Keyin u yigitga savol bera boshlabdi. U: "Nima uchun ibodat qilamiz?"-dedi. Chunki Alloh bizga hamma narsani beradi, u bizning ibodatimizga loyiqdir. Bilasizmi, uning Xudoga bo'lgan ishonchi. Meni hayratda qoldirdi. 6 yoshli bolakay Islom haqida ancha bilimga ega. Haqiqatan ham yaxshi bilimga ega, xuddi katta odamlardek. U juda aqlli edi, Mashallah, Tabarakalloh. Shunday qilib, yaxshi dedim. U nima qilishni istayotganini aniq tushungandi. Aytishicha, u musulmon bo'lishni xohlasa, men uni qo'llab-quvvatlarkanman.

Xo'sh keyin nima bo'ldi? Ajoyib dedim. U nasroniy, men uni qo'llab-quvvatlamoqchiman dedi. U buni xohlasa, men uni himoya qilaman. Agar u shunday qilmoqchi bo‘lsa, uni musulmon bo‘lishini xohlayman. Onasi: "Men unga o'rgatganman. U biladi Men u bilan uzoq vaqtdan beri gaplashaman U buni xohlaydi, men uni qo'llab-quvvatlamoqchiman." dedi U Islom nimaligini tushungan va nima qilayotganiga amin edi. Ko'pgina noto'g'ri tushunchalarga ham javob berdi. Bu yoshda buncha bilim meni lol qoldirdi. Alhamdulillah, shahodat keltirdi. Bu ajoyib edi. Yana bir singlim men bilan birga edi, Efiopiyalik. Darhol onaga o'girildik, va "sizchi?"-deb so'radik. Men bu savolni boshidanoq bergandim.

"U bilan juda ko'p ishlar qildingiz, tadqiqot o'tkazdingiz. Islom haqida ham bilishingiz kerak." dedim U shunday dedi: “Men Islomga ishonaman, haqiqatan ham ishonaman. Lekin ko'proq tadqiqot qilmoqchiman. Men maxsus vaqt kelishini kutyapman." dedi Ko'pgina musulmonlarda shunday noto'g'ri tushuncha bor, maxsus vaqt kelishi, nima degani u. Men esa : "Bundan go'zalroq vaqt bo'lmaydi. Menga ishoning", dedim. O'g'lingiz hozirgina shahodat keltirdi, agar siz ham hozir shahodat keltirsangiz, bu ajoyib ish bo'lardi." dedim Men ham shahodat keltiraman." dedi Va bir lahzada shahodat keltirdi. Subhanalloh bu yangi hikoya, men hali uni hech kimga aytamaganman, shuning uchun uni birinchi siz eshitdingiz.

Bu ajoyib hikoya edi Subhanalloh. Yurakni entiktiradigan. Atrofda odamlar bor edi, hamma yig'ladi, keyin men ajoyib sur'at oldim. Uni sizga berishi mumkin. Maktabida bola uchun bazm uyushtirishdi. Unga bir nechta sovg'alar berishdi. Judayam chiroyli bo'ldi, Alhamdulillah. Hozir qanday loyihalarni amalga oshiryapsiz? Men hozir Istanbuldaman, biz mashg'ulotlarga qaratilgan Sahaba akademiyasini yurityapmiz. Biz ko'p ishlarimizni arab tilida qilamiz, ba'zi dasturlarni ingliz tilida olib boramiz. Men ingliz tili kafedrasi mudiriman va Akademiyaning asosiy odamlaridan biriman. IERA bilan turli da'vat loyihalarida ishlayman. Biz hozir koʻproq Janubiy Amerika bilan Afrikaga eʼtibor qaratmoqdamiz.

Boya aytganimdek birodarimiz Adnan Rashid bilan Afrikada bo'ldim. Afrika, Tanzaniya va Malaviga chiroyli sayohat qildik. Shuningdek, men One Ummah bilan ishlayapman. Men ularning elchisi va shayximan. Bu xayriya fondi hisoblanadi. Men ham ular bilan juda ko'p ish qilaman. Biroz oldin Livanda suriyalik qochqinlar bilan chegarada bo'ldik. Alhamdulillah, bular menda mavjud bo'lgan asosiy narsalar va ijtimoiy tarmoqlardaham onlayn ishlab turaman, Alhamdulillah. Agar dunyodagi barcha musulmon bo'lmaganlarga murojaat qilish uchun bir daqiqa vaqtingiz bo'lsa, ularga nima degan bo'lardingiz.

Men boshdan kechirgan tajribalarim orqali: Yangi musulmonlar boshidan kechiradigan iymonday totli ta'mni qanday topganimiz haqida. Kelib, o'zingiz uchun o'rganish haqida aytmoqchiman. Boshqalarga quloq solmaslik haqida gapirmoqchiman. Menda ham shunday bo‘lgan. Oilamizga juda yaqin bir bo'lgan ayol "Musulmonlarning gapiga quloq solmanglar, ular unaqa, bunaqa", degandi. U juda ko'p salbiy narsalarni aytdi. Lekin quloq solmadim, borib o‘qidim. Va haqiqatni o'z ko'zim bilan ko'rdim. Ko‘plar Islomni qabul qilmasalar ham, hech bo‘lmaganda Islom nimaligini tushunishlarini ko‘rdim. Men ulardan doim shuni so'rayman. Iltimos, OAV biz haqimizda nima deyishayotganiga quloq solmang.

Boshqalarning biz haqimizda nima deyishini eshitmang. Biz deyarli ikki milliardmiz. Shu qadar ko'pmiz. Hamkasbingiz, qo'shningiz sifatida nimaga ishonishimizni tushunish uchun bizga shunday huquq bering. Musulmon sifatida bizni tinglang eshiting. Biz bilan muloqot qiling, uyimizga tashrif buyuring Shuning uchun biz hozir markazlarga ega bo'lishga ko'p e'tibor qaratmoqdamiz. Ular kelib tinglashlari uchun eshiklarimizni ochamiz. Bizda da'vat stollari bor Ma'lumot do'konlarimizni esa odamlarni da'vat qilishingiz va ular kela olishi uchun dunyoning turli markazlarida ochyapmiz. Bu yerda Turkiyada, masalan, Sulaymoniya, Ayasofyada ma'lumot markazlari mavjud.

U yerga odamlar kelib, musulmonlar bilan o‘tirib, ularni tinglashlari mumkin. Keyin o'zlari uchun qaror qabul qilishadi. Hammamiz kabi. Agar buni haq din deb ishonsalar bismillah, unga ergashadilar. Va hech bo'lmaganda musulmonlardan to'g'ridan-to'g'ri Islom nimaligini o'rganadilar, Alhamdulillah.