Ko‘cha Tungi Hayotdan Islomga! - "Pul va Qizlar, Hech narsa meni baxtli qilmadi!" @Ibothepro
Nashr sanasi
Pul, ayollar, alkogol va kuch-qudrat. Ilgari men o'zimda hudoga o'xshash ustunlik bor deb o'ylardim va men boshqa odamlardan ko'ra yaxshiroqman deb o'ylardim, Menga hech narsa dahl qila olmasdek edi go'yo va Men o'zimni qandaydir ahamiyatga egaman deb o'ylardim, Ulg'ayganim sari yuqoriroq darajaga erishdim, ko'proq narsalarni qo'lga kiritdim Men dunyodagi barcha boylikka ega chiqa olardim. Atrofimda o'nlab ayollar bo'lishlari mumkin edi. yonimda juda katta pullar bo'lardi. ularning hech biri meni baxtli qilmadi. Munosabatlarim ham yahshi emas edi. U klublarga borishimni va ichishni to'xtatishimni hohladi, bilasizmi...
Men esa u yerga borishni davom ettirdim, va yana xudbinlarcha borishni davam ettirdim. U meni tashlab ketdi. Men o'g'limni ham yo'qotdim. Meni otam vafot etdi. Men otamni ham yo'qotdim. Men hamma narsamni yo'qotdim. Men "Qasoskorlar 2" keyingi haftada chiqishini aytdim. Biz Marvelni yoqtirar edik. U ham Marvelni yoqtirardi. Menimcha, u o'layotganini bilgandek edi. U o'layotgan edi... Otam bilan birga bo'lish keyin bularni barchasini boshdan kechirish, Hayotim to'satdan o'zgarib ketdi. men uysiz qoldim va o'g'irlikham qildim, na bir hujjat, na bir ishsiz rivojlana olmadim. Shunday qilib Birmingham ko'chalarida uysizman.
Bilasizmi, meni kichkina jemferim bor edi, men uni boshim uzra o'rab olardim. Huddi qishga o'xshardi, men esa muzlab borardim. Men egnimga jemferimni kiyib olishga muvaffaq bo'ldim, va, hali ham titrayotgan edim. Muhsin degan bir kishi menga sekin yaqinlasha boshladi, va meni yerda yotganimni ko'rib, "Nima bo'ldi?" dedi. Men esa "Birodar, iltimos meni tinch qo'ying", "meni yolg'iz qoldiring", dedim, Va u "yo'q, yo'q, yo'q" dedi, u "keling men bilan yuring" dedi. Men esa, "Nega, nima uchun axir?" dedim. U "Alloh uchun, Alloh uchun", deb aytdi. hayotimda birinchi marta kimdir menga chin yurakdan yordam berisini hohladi. Va ular men uchun yaxshi bo'lishini hohlashdi. nega men?
Men juda bahtiyor edim. Assalomu alaykum, birodarim Ibrohim. Abadiyat sari jamoasi nomidan siz biz bilan birga ekanligingizdan behad xursandmiz. Ibrohim Fotih kim, degan savol bilan boshlashni hohlar edim. Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bera olasizmi? Vaalaykum assalom va rahmatullahi va barakatuh. Mening ismim Ibrohim Fotih, ilgari Jozef Jonson sifatida tanilganman. Men Buyuk Britaniyaning shimoli-g'arbiy qismidagi Blekpul shahrida nasroniy oilasida tug'ilganman. Katta bo'lgan sarim mening muammolarim ko'payib borardi. Meni o'rta maktabdan haydab yuborishgan. Men hech qachon kollejda o'qimaganman. Alkogol, ziyofatlar, narkotik hayotimning mazmuni edi.
Men juda ko'p o'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Men 2018-yilda islomga dinini qabul qildim, va umuman olib qaraganda yaxshi odam, yaxshi ota, va yaxshi inson bo'ldim. Alhamdulillah, hammasi shunday boshlandi. Diniy e'tiqodingizga ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimalarga ishonar edingiz? Bolaligimda men nasroniy edim. Lekin Alloh mavjudligiga va, xudoga ishonar edim. Hattoki bolaligimda ham men doim xudoga ishonganman. Men nasroniyligimda hech qachon Xudodan qo'rqmaganman, lekin, hudoga va payg'ambarlarga ishonardim. Lekin, ulg'ayganim sari Isoning masih bo'lganiga ishonchim yo'qolib bordi. Hattoki, maktab davrida ham shubham bor edi.
Hatto o'rta maktab davrida ham bir qulog'imdan kirib, ikkinchi qulog'imdan chiqib ketardi. Nasroniylikda menga mantiqsiz tuyulgan narsa Isoning hudo ekanligi edi va Men bunga ishonmasdim. Men bolaligimdan nasroniylik diniga amal qilib kelganman. biz yakshanba kunlari cherkovga borardik. nasroniylar faqat yakshanba kuni cherkovga borishadi, o'zlari uchun ommaviy tarzda yakshanba kuni. siz u yerga borasiz va uyga qaytasiz. Bilasizmi, nasroniylikda intizom unchalik mavjud emas. haftada bir marta ibodat qilasiz va ortga qaytasiz. Ko'pchilik odamlar gunoh ishlar qiladi va dam olish kunlari ular cherkovga qaytib kelishadi.
Ularning ko'pchiligi, ular qanday gunoh qilishidan qat'iy nazar gunohlarni kechirilishiga va jannatga kirishiga ishonadi. Bu esa juda ham... Sizning o'smirlik yillaringiz qanday o'tgan? O'smirlik yillari men uchun juda og'ir kechdi, chunki o'sib ulg'ayganimda bu narsalar meni bahtli qiladi deb o'ylardim. Ko'chalarda sayr qilish, ziyofatlar, alkogol va qizlar. Men 18 yoshga to'lganimda pul, ayollar, alkogol va kuch-qudratga ega bo'ldim. Ilgari men o'zimda hudoga o'xshash ustunlik bor deb o'ylardim va men boshqa odamlardan yaxshiroqman deb o'ylardim. menga, hech narsa dahl qila olmasdek edi, go'yo. Men o'zimni qandaydir ahamiyatga ega deb o'ylardim. Va bu juda noto'g'ri g'oya edi.
O'zligimdan juda ham nafratlana boshladim. Bu narsalar meni baxtli qiladi deb o'ylardim, lekin men baxtli bo'la olmadim. Bu dunyodagi hech narsa meni baxtli qilolmadi. Men hech qachon ozimni baxtli his qilmasdim. Men dunyodagi barcha boylikka ega chiqa olardim. Atrofimda o'nlab ayollar bo'lishi mumkin edi. yonimda esa juda katta pullar bo'lar edi. Ularni hech biri meni baxtli qilmadi. Nima qilishimdan qat'iy nazar hech narsa baxtli qilolmasdi. Ulg'ayganim sari yuqoriroq darajaga erishdim, ko'proq narsalarni qo'lga kiritdim lekin baxtli bo'la olmas edim. Bilasizmi, hattoki vaziyat yomonlashdi, o'yladimki Agar meni bular baxtli qila olmasa, hech narsa baxtli qila olmaydi.
Men achinarli ahvolda edim. Men mutlaqo ayanchli ahvolda edim. Men o'zimni yo'qotib qo'ygan edim, yo'lboshlovchim yo'q edi. Kechalari o'lib qolgudek ichardim. Og'ir kunlarimda hech kim meni yonimda emasdi, Va hech kim chinakkam do'st sifatida yonimda turmasdi. bilasizmi, ular faqatgina birga vaqt o'tkazish uchungina do'st edi. Hammamiz jarlikka qarab ketayotgan edik. Do‘st deb o‘ylaganlarim esa, umuman do‘st emas edi. Men buni hozir ham bilaman. Mening o'g'lim bor. Oilaviy munosabatlarim ham yahshi emasdi. U klublarga borishimni va ichishiimni to'xtatishimni hohladi, bilasizmi... Men esa u yerga borishni davom ettirdim, va yana xudbinlarcha borishni davom ettirdim. U meni tashlab ketdi.
Men o'g'limni ham yo'qotdim. Mening otam vafot etdi. Men otamni ham yo'qotdim. Men hamma narsamni yo'qotdim. Bilasizmi, otam meni xursand qilar edi. O'g'lim ham meni xursand qilar edi. Va men bu moddiy narsalarning barchasi meni baxtli qiladi deb o'ylardim. Bizni o'sha damlarga olib bora olasizmi, Otangizni qanday qilib yo'qotdingiz? Bu qanday sodir bo'ldi? Bizni o'sha damlarga olib bora olasizmi, Otangizni qanday qilib yo'qotdingiz? Bu qanday sodir bo'ldi? Va otam olamdan o'tganda men 20 yosh edim. Bilasizmi, u to'satdan vafot etdi. Men uning eng yaqin do'sti edim O'sha paytda men yoqtirgan qizimning uyida edim va...
Ha, men yoqtirgan qizimning uyida edim va o'g'lim taxminan ikki oylik edi, otam esa uyda u bilan birga edi va u yerda singlim ham yashardi. U menga qo'ng'iroq qildi va dadamning yiqilib tushganini aytdi. U insultga chalindi. Uning yuzining bir tomoni ishlamay qoldi. Shunday qilib, uning yuzining yarmi, bilasizmi, xuddi osilib qolgandek edi. Va u bundan haqiqatan ham juda xavotirda edi. Men bu haqda hech o'ylamagandim. Dadam har doim kasalxonaga yotar, davolanib chiqardi. U qandli diabet bilan kasallangan va o'ziga unchalik g'amho'rlik qila olmas edi. hattoki ba'zan ukollarini qabul qilmasdan o'tkazib yuborar edi. Men bu haqda hech o'ylamagandim. Va men otamni kasalxonaga olib bordim.
Bilasizmi, uni hushiga keltirish uchun anestezika bilan ukol qilishgandi. Meni hamma aka-ukalarim va opa-singillarimg kelayotganlarini eslayman... Biz ko'pchilik edik, taxminan olti kishi. Va keyin u bizni xonaga chaqirdi va xuddi shunday dedi: "Men buni sizlarga qanday aytishni bilmayman. Meni onam ham xuddi shunday kasallikdan vafot etgan”. dedi Men esa "Nima haqida gapiryapsiz?" deb so'radim. Dadamning miyasiga qon quyilgan edi. Hamma birdan yig'lab yuborganini eslayman. Nima bo'lganini anglash uchun menga biroz vaqt kerak bo'ldi. Bilasizmi, u kasalxonada yotgan edi. Men ham barcha opalarim kabi o‘sha kechani yahshi eslayman...
Barcha opalarim ertasi kuni ishga borishlari kerak va bolalari borligi uchun uylariga ketishdi. Men esa kasalxonada bir o'zim qoldim, Kasalxona bo'ylab tun bo'yi nima qilishimni bilmay aylanib yurardim. Va men otam bilan birga qoldim va men unga oxirgi marta qarayotgandek edim. buni qilganimdan afsuslanaman, chunki ... U bilan qolmaganimda. Va ba'zida men o'tmishga qaraganimda, Bilasizmi? ko'z oldimda uning yuzlari tasvirlanadi. Shunday qilib u bilan tuni bo'yi qolish orqali men yahshi ish qilyapman deb o'ylagandim va keyin ... Lekin men o'zimni qiynaganman deb o'ylayman. o'sha 24 soat bir yildek tuyuldi menga. Va ertasi kuni ertalab otam vafot etdi. U hushini yo'qotdi. yoki u hushida edimi?
men uni oxirgi marta hushiga kelganida ko'rganimda, ikki hafta oldin menga quyidagi so'zlarni aytish uchun qo'ng'iroq qilgan edi va u menga: "Men seni yaxshi ko'raman, bilasanmi?" dedi. U: "Men seni juda yaxshi ko'rishimni bilishingni xohlayman", dedi. Men undan "Nima haqida gapiryapsiz?" deb so'radim. U esa: “Men sen bilan faxrlanaman”, deb aytdi. Bilasanmi, men nabiram bilan ham faxrlanaman”. Va men: "Jim bo'ling, Nima haqida gapiryapsiz?" dedim. Men "Qasoskorlar 2" filmi keyingi haftada chiqishini aytdim. Biz Marvelni yoqtirardik. U ham Marvelni yoqtirardi. Menimcha u o'layotganini bilgandek edi. U ham buni sezgandek o'sha gaplarni menga aytdi. Ha, u o'layotgan edi.
Hech qanday alomat yoki belgilarsiz. U buni his qilgandi. U bir necha hafta oldin shifokorlarga borgan bo'lishi mumkin deb o'yladim u bizga bu haqida aytishni istamagan edi. Men tayyor emas edim. Men hayot uchun tayyor emas edim. Bilasizmi, u vafot etganidan keyin... o'sha paytda men 20 yoshda edim, lekin hayolimda esa 16 yoshdaman deb o'ylardim. Bilasizmi, u vafot etgandan keyin men juda qattiq kurashdim. Men qanday yashashniham bilmasdim. bizni uyimiz ham ijaraga olingan edi. men do‘stlarim bilan ko‘chaga chiqsam doim muammoga duch kelardim va boshqa ishlar bilan shug‘ullanishni hohlardim. men uysiz qoldim va o'g'irlik ham qildim. Do'konlar yoki odamlarni emas, balki ...
Bilasizmi, u vafot etgandan keyin men juda qattiq kurashdim. Men qanday yashashniham bilmasdim. bizni uyimiz ham ijaraga olingan edi. men do‘stlarim bilan ko‘chaga chiqsam doim, muammoga duch kelardim va boshqa ishlar bilan shug‘ullanishni hohlardim. men uysiz qoldim va o'g'irlik ham qildim. Do'konlar yoki odamlarni emas, balki ... Bilasizmi, men katta qimmat univermag yoki shunga o'xshash joylarga borishni hohlardim, bu faqat millionerlardan boshqa, hech kimga nasib qilmasdi. mening pasportim ham yo‘q edi, o‘sha paytda bankda hisob raqamim ham, o'z davlatimda yashash uchun guvohnomam ham yo‘q edi. Shunday qilib na bir hujjat na bir ishsiz shu holatda qolib ketdim, rivojlana olmadim.
Bankda hisob raqami ochish uchun esa pulim yo‘q edi. shuning uchun men qilishni xohlamagan narsalarni qilishim kerak edi. Keyin meni yashashga joyi yo'q yoki qamoqdan chiqqan odamlar joylashtiriladigan umumiy yotoqxonaga joylashtirishdi. Lekin eslayman, ular meni Hull shahrida Uilyam But degan joga joylashtirishgan. Nega uyingizni tark etishga majbur bo'ldingiz? Sizning uyingiz yo'qmidi? Chunki u garovga olıngan uy edi. O'sha uy menga garovga berilgandi va u uy ham sotildi. otam vafot etganida, men qarzga botib qoldim. Bizni aslida 5000 funt sterling qarzimiz bor edi. Dadam katta qarz olgan edilar, va Shuning uchun biz uni to'lashimiz kerak edi. Shuning uchun sizning uyingiz sotildi.
Ha uyimiz bir hafta ichida sotilgan. - Va keyin siz uysiz bo'lib qoldingiz - shundaymi. Butun oilangiz bilanmi? Mening oilamni o'z uylari bor. singillarimning turmush o'rtoqlari va farzandlari bor edi. Men ularni oilasiga aralashmoqchi emasman. Men opalarimning oldiga borishni xohlamadim, va o'zim uchun o'zim harakat qildim. Ular meni Villi Butning oldiga olib borishdi. Bu juda ham yomon joy edi, keyin men, u yerdan umumiy yotoqxonaga o'tib ketdim. va o'shanda men asta-sekin hovurimdan tusha boshladim chunki men turli xil odamlar bilan birga vaqt o'tkazishni boshlagan edim. Va mening hayotim to'satdan o'zgarib ketdi, masalan, otam bilan bo'lish, keyin bularni barchasini boshdan kechirish.
Oxir-oqibat, men klublarga borishni boshladim, chunki men u yerlardan ketishni va bankda o'z hisob raqamini ochish va shaxsiy guvohnomamni olishni xohlardim. Shunday qilib, men hatto ichishga ham odatlandim. Men juda ko'p ichishni boshladim, otam vafot etgani sababli men kasal va xorg'in edim, chunki men hammasidan charchadgandim, men og'riyotgan edim va bu ahvolim tobora yomonlashdi. Va keyin hayotimga boshqa narsalar ham kirib keldi, ziyofatlarga borish va boshqa narsalar bilan shug'ullanish, klublarga borishni boshladim. Buni aytishni hohlamayman, lekin shuni aytmoqchimanki, men klubda bo'lganimda ichishdan tashqari boshqa narsalarni ham qila boshladim, Siz hech ko'chada uxlaganmisiz?
- Ha, uhlaganman. - Nimani his qilgansiz? Yaxshi emas, do'stim. Yaxshi emas. Shunday qilib, Blekpul meni mahalliy shahrim. Men Klivlidanman va u yerda uysiz odamlar uchun ommaviy yotoqxonalar yo'q, chunki u yerlar judayam chiroyli joylar. Shunday qilib, men o'zimni mutlaqo uysiz his qildim. Va keyin mening hukumatim va konsullik, menga uy-joy topishda yordam berishdan bosh tortishdi, Shunday qilib, men Birminghamga ko'chib o'tdim. Birminghammda undan ham yomon kunlarni ko'rdim. Men Birminghamdagi Villi Butdagi yotoqxonaga va Vashington sudiga borardim, Birminghamdagi to'p o'yini mutlaqo boshqacha. Bilasizmi, u yerdagi Ulkan sherlar, u yerdagi odamlar unchalik yaxshi emas.
Men bu ommaviy yotoqxonadan chiqib ketdim. ko'chalarida yolg'iz qoldim. Men bu joylarda qolishni hohlamasdim ... Men o'tmishda bo'lganim kabi insonlar orasida bo'lishni hohlardim. Men endi ortiq bunday yashamoqchi emasdim, va endi o'zimga yordam berishni xohlardim. Shunday qilib, men Birmingham ko'chalarida uysizman. Bilasizmi, meni kichkina jemferim bor edi, men uni boshimga uzra o'rab olardim. Huddi qishga o'xshardi, men esa muzlab borardim. Va men egnimga jemferni kiyib olishga muvaffaq bo'ldim va hali ham titrayotgandim. Bilasanmi, boshim toshga borib urildi. Ertalab umurtqa pog‘onamning pastki qismi og'riyotgan edi. Og'riq, og'riqli edi.
Va men Briminghamda Mac Donalds ko'chalaridagi Buqalar oldia edim. Muhsin degan bir kishi menga sekin yaqinlasha boshladi. U pokistonlik musulmon kishi edi, va meni yerda yotganimni ko‘rib, “Nima bo‘ldi?” dedi. Men esa: Birodar, iltimos, meni tinch qo‘ying”. "Meni yolg'iz qoldiring", dedim. Va u: “Yo‘q, yo‘q, yo‘q”, dedi. Men “siz bu yerda bo‘lmasligingiz kerak”, dedim. U menga qaradi. «Bu yerda nima qilyapsiz?» dedi. Keyin men unga otam haqidagi va uy bilan bog'liq voqeani aytib berdim, so'ngra Alhamdulillah, U “Keling, men bilan yuring”, dedi. Men esa: “Men sizni tanimayman”, “Sizing o‘z uyingiz bor”, dedim. u “Mening uyim bor”, va "Biz ko'plab uysizlarga yordam beramiz." deb aytdi.
Bir uy bor edi va ular har bir xonaga bittadan odamlarni joylashtirishdi. Ichkarida hech kim yo'q bir bo'sh xona bor edi va u o'sha xonaga joylashishimga ruxsat berdi. Men esa “Nega, Nima uchun axir?” dedim. Va u: “Alloh uchun, Alloh uchun”, deb aytdi. U buni aytganida esa men beixtiyor tabassum qildim. Men buni o‘shanda tushunmagandim, chunki hayotimda men bilan birga bo‘lgan insonlar, agar ular evaziga biror narsa olishmasa, hech qachon hech narsa qilishmasdi. va ular hech qachon o‘zlarining mehribonliklari uchun hech narsa talab qilishmasdi. Bilasizmi, bu, juda yoqimli edi.
Hayotimda birinchi marta kimdir, menga chin yurakdan yordam berishni xohladi, va ular men uchun yahshi bo'lishini xohlashdi. Keyin nima sodir bo'ldiki, siz Islom tomon qadam tashladingizmi? Ha. O'sha paytda men islom haqida ko'p narsa bilmasdim. Men o'rta maktabni Konstantinopolda o'qiganman. Birodarim Muhsin, men u yerda bo‘lganimda bir oyga yaqin vaqt islom haqida gapirmadi. Odamlarning fikricha, meni Islomga kirishim uchun, Yoki hiyla nayrang qilishgan emish. Yoki odamlar meni qamoqda bo'lgan deb o'ylashadi. Bilasizmi, bu juda noto'g'ri. Ammo birodarlar, ular meni hayotga qaytarishdi, va qo'llab-quvvatlay boshladilar.
Va meni inson sifatida hayotga qaytarishdi Qur'on haqida hozircha hech narsa yo'q edi. Qasam ichamanki, ular bu haqida bir marta ham tilga olishmadi. Vallohi ular buni bir marta ham eslatishmadi. Va ular shunchaki meni qayta hayotga qaytardilar, Ular meni sport zallariga qatnashimga yordam berdilar. men har doim ma'nan juda kuchli edim. Lekin men o'zimni yo'qotib qo'ygandim, Shunday qilib, sport zaliga qatnashim o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Va keyin meni birodarlarim asta-sekin Birminghamga olib borishni boshladilar. Men Xodj tepaligidan pastga tushayotgan edim va barcha birodarlarim mening musulmon emasligimni bilishar edi.
Ular esa meni birodar deya atashardi va bag'rilariga bosishardi. Mashallah, bu ajoyib va yoqimli edi. Umrim davomida men shunchaki meni quchoqlashlarini xohlardim. Va keyin bildimki, Islomdagi birodarlik munosabatlari meni haqiqatan ham Islomga jalb qildi. Musulmon jamoasini orasida his qilganim kabi birodarlikni hech qachon his qilmaganman. Men hech qachon do'stlarimga ishonmaganman. Bilasizmi, mening do'stlarim doim meni ustimdan mag'zava ag'darishga harakat qilishardi. Meni noto'g'ri tushunmang, musulmonlar ham mukammal emas. Lekin bilasizlarki, ularning ko'pchiligi Xudodan qo'rqadi. Biz din haqida gapira boshladik va vaholanki men diniy va falsafiy bahslarni yaxshi ko'raman.
Men nima bo'lishidan qat'iy nazar, inson aqliga sig'maydigan bahs-munozaralarni yaxshi ko'raman. Biz xristianlik haqida va dinlar haqida gaplashdik. Bu xuddi o‘zimizning kichik auditoriyaga ega bo‘lgandek. Va ular menga “Ali Dava” va “Hamza Den”, “Muhammad Hijob” filmlarini tomosha qilishimni aytishdi. Men ularga injil nega haqiqiy ekanligini aytishga harakat qirardim Va bilasizmi, Alhamdulillah. Men hech narsa deya olmayman. - Bilasizmi, men roziman. - Siz injilni himoya qilmoqchi edingizmi? Men uni himoya qilmoqchi emasdim, lekin aytmoqchimanki, ular menga Qur'onni eshittirishga harakat qilayotgandek tuyuldi.
Ya'ni, o'sha paytda, bilasizmi, va men qandaydir himoya bilan chiqishga harakat qildim, chunki o'sha paytda men haliham nasroniy edim, lekin hech narsa deya olmadim. Men ular aytgan hamma narsaga rozi bo'ldim. Islomdan oldin biz bir xil Xudoga va ba'zi payg'ambarlarga iymon keltirishimizni bilmasdim. Haqiqatan ham, ular boshqa narsaga ishonishadi deb o'ylardim. Men esa "davat"ni eshitishni boshlaganimdan keyin hammasi menga mantiqiy bo'la boshladi. va o'zingiz bilasiz, Mashallah. biz bir xil Payg'ambarlarga ishonishimiz bu shunday go'zal tuyg'u ediki, Men juda ham hayratda qoldim, qanday qilib bu butun umrim davomida men uchun sirli bo'lib qoldi? Buni qanday bilmasligim mumkin?
butun umrim davomida aldaganman. Vallohi, bilasizmi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalarning gaplarini tinglashdan boshlab, o'zim ham butun hayotim davomida yolg'on gapirganman. Men juda johil va juda adashgan kimsa edim Va bilasizmi, men haqiqatni Qur'ondan topdim, Bu yerda men Qur'ondagi haqiqatni topdim va men "Bu sahih va bu haqiqat", deyishim mumkin edi. Qur'onni to'liq yodlaganlarga Hafiz degan nom beriladi Kim Qur'onni o'zgartirmoqchi bo'lsa, musulmon buni darhol sezadi. Siz bir masihiydan injil sahifalarini o'qishni boshlashni so'rasangiz, bilasizmi, ular buni qila olmaydi.
sevgi va ishtiyoq, siz bilgan hafizlar orqali Alloh Kalomining haqiqiy himoyachilari va shaxsan men uchun Hafiz bo'lish edi, bilasizmi, bu odamlarning ushbu Kalomga juda kuchli muhabbati borligidan dalolat beradi bu Kitob. Ular buni yod olishadi va o'z hayotlarini bunga bag'ishlaydo Va men uchun bu katta haqiqat edi. Men boshqa birodarlar bilan uchrashishni va davatlarni eshitishni boshladim, keyin namoz o'qishni o'rganish uchun, va ko'proq o'rganish uchun masjidga birishni boshladim. Va bu musulmon bo'lishimdan oldin sodir bo'layotgan edi. Men buni sinab ko'rishni va o'z ko'zlarim bilan ko'rishni xohlardim, va qiziqib qolgandim. Masjidga kirish uchun musulmon bo'lishingiz shart emas.
Barcha hohlovchilar kirishi mumkin. Siz nasroniy bo'lishingiz mumkin. Har kim kirishi mumkin, bu yaxshi. Alhamdulillah. Va men shunchaki borib ko'rishni xohlardim. Birinchi marta masjidga borganimda juda hayajonlandim va men qo'rqar edim. Ular meni qabul qilmasliklaridan qo'rqqanim uchun ham asabiylashar edim. Men u yerga kirganimda, odamlar kelib, meni quchoqlab, peshonamdan o'pishdi va meni shunchaki quchoqlashdi va ular: «Assalomu alaykum», deyishadi. Siz tashqi ko'rinishingiz tufayli ikkilangansiz, lekin ular... Men avvaliga tatuirovkalarim sababli biroz havotirlangandim, chunki islom dinida tatuirovkalar ta'qiqlangan deb eshitgandim.
meni musulmon sifatida ular qanday qabul qilishlari mumkin deb o'ylayotgandim Men uchun qiyin sinov bo'ladi. Men musulmonlar menga muammo yaratishadi deb o'ylagandim, lekin mutlaqo bunday bo'lmadi. Ular to'g'ridan to'g'ri "al-G'afur, ar-Rohiym" deyishardi. Alloh taolo kechirimli zotdir. Sen oldin nima qilganing ahamiyatli emas. Agar siz islomni qabul qilsangiz yangi tug'ilgan chaqaloqdek bo'lasiz. Sizda mutlaqo oppoq qog'oz, barcha gunohlar o'chirilgan. Men sobiq giyohvand moddalar sotuvchisi, jinoyatchi, qotil bo'lgan ko'plab odamlarni uchratdim va ular ozodlikka chiqishdi va tavba qilish uchun Xudoga qaytishdi.
Va bu insonlar Vallohi, musulmon bo'lib tug'ilganlar, va ular menga ishtiyoqmand edilar. Bilasizmi, menda katta ishtiyoq bor edi. O‘zaro tushunish orqali ularni tingladim. Buyuk Britaniyada biz ko'pchiligimiz bir joydanmiz, va Islom orqali o'z hayotlarini isloh qilgan bu odamlar menga ham yoqdi. Men odamlarni ruhiy masalalar bo'yicha suhbatlardan o‘tganini ko‘p marta ko‘rganman. Men ushbu suhbatlardan o'tgan odamlarni sinab ko'rganini guvohi bo'ldim, u ruhiy kasallik bo'ladimi, giyohvandlik bo'ladimi, ularning hech biri ish bermaydi.
Mening shaxsiy tajribam shuni ko'rsatadiki, islom insonni o'zgartirishi, uni qorong'u joydan olib chiqish va uni chin yurakdan o'zgartira oladigan yagona holatga olib keluvchi yo'ldir. Va uni faqat sevgi bilan to'ldirish lozim. Va vallohi, Alhamdulillah. Va men buni hech qachon ko'rmaganman. Bular esa, bilasizmi, Mashallah. Mashallah. Bu menda katta taassurot qoldirdi. Bu vaqtda men Doktor Zokir Naikni kuzatayotgan edim. Men do'ppimni kiyganman va egnimda yaktagim bor. Men hali ham musulmon boʻlganim yoʻq. Men Maula Ya Salli Va Sallimni eshityapman, bilasizmi, hammasini eshityapman, Alhamdulillah. Va men “Muhsin” dedim. Uni Zakir ismli o'g'li bor edi.
"Men shahodat kalimasini aytmoqchiman, men musulmon bo'lishni hohlayman," dedim. Va keyin siz shahodat keltirdingiz, keyinchi... Men shahodat keltirish uchun... Men buni kechagidek eslayman. Men Birminghamdagi yashil yo'lak masjidiga bordim. Men o'zim bilan birga shahodat keltirish uchun Muhsinning o'g'lini boshlab oldim. chunki u meni o'z akasidek yahshi ko'rardi. Va men uning homiysiman. U otasi unga o'rgatgan narsalarni menga o'rgatayotgan edi. U menga islom va qur'onni o'rgatdi. Va men uni qattiq hurmat qilaman. U mening dinimning bir qismi.
Shunday qilib, men u yerga kirdim va xudoga qasamki, Dadam vafot etgan vaqti cherkovda bo'lgandim, bu yomon ishlarni qilganimdan keyin xristian cherkovida, men u ishlarni yomon deb aytdim, bular uchun tavba qilishga harakat qildim va bilasizmi: "Ey, Xudo, menga yordam ber. Meni shunday vaziyatga qo'yginki, men bundan qutulib, yaxshi yo'lga o'ta olay". Va men tavba qilishga va xatolarimni tan olishga harakat qildim. Men tavba qilish uchun bordim va yonimda turgan qutidagi bir odamga iqrorlarimni aytdim. Va men bu to'g'ri emas deb o'yladim. ha, bu to'g'ri emas edi. Xudo meni kechirganini his qilmadim. Xudo mening ibodatlarimga javob berganini his qilmadim.
Men shahodat keltirganimda esa, ashhadu alla ilaha illallah, wa ashhadu anna muhammadarrasulullah Bilasizmi, men kechirilganimni, va o'zimni yangi tug'ilgandek his qildim. Men yangi tug'ilgan go'dakdek xursand bo'ldim. Va men cheksiz sevgini his qildim. Va hamma birodarlarim kelib meni bag'riga bosishdi. Lekin eng muhimi, o'zimni kechirilganimni his qildim. Va bu men izlayotgan narsa edi. O'tmishim ortda qolib meni qiynoqqa solmaydigan yangi hayotni boshlashim mumkin bo'lgan holatda kechirilganimni his qildim. Bilasizmi, nima meni qiynaydi? Alhamdulillah, Alloh taolo mag'firatli, mehribondir.
Siz islom dinini qabul qilganingizda oilangiz va yaqin atrofingizdagilar qanday munosabat bildirishdi? Dastlab onam keyin esa opalarim habar topishdi Ular meni terrorchi bo'lib qoladi deb o'ylashdi. Ular buni tushunmaydi, shuning uchun dastlab buni qo'llab-quvvatlamadi. Salbiy ma'noda emas. va mening opalarim ham. Ularning hammasi meni qo'llab-quvvatlashadi, onam esa, mashalloh, men bilan qanchalik faxrlanayotganini aytadi. onangiz siz bilan faxrlanishini aytishi va oilangiz siz bilan birga bo'lishni xohlashlari qanchalik yoqimli, Alhamdulillah, Islom va Qur'on orqali men oilamni qaytarib oldim va oilam meni yaxshi ko'radi.
Musulmon bo'lganingizdan keyin odamlar tatuirovkangizga qanday munosabatda bo'lishdi? Shunday qilib bu fikrlar juda aralash. Hozir ko'p odamlar, al-G'afur, ar-Rahim, juda yaxshi fikrda. Ular Qur'on va Alloh taoloning siyratlarini yaxshi bilishadi. Al-hakam qozidir. Hech kim hukm qila olmaydi. Lekin gohida umra ziyoratiga borsam, yoshi katta ayollar ham bo‘ladi... Ular “kechirasiz, Astag‘firulloh” deb ketishadi. Yoshi katta tog'alar ham... Lekin, bilasizmi, ba’zi xolalar va amakilar shunday qilishgan, lekin men islom dinga kirganman, desam, “Mashallah, Mashallah, Jazakalloh xayr” deb ketishadi. Men: “bunday demaslik kerak”, deb o'ylayman. Chunki men haq yo'lga o'tganman.
Xato qilgan odam musulmon bo'lib tug'ilgan bo'lsachi. “Kelinglar”, dedim. "Al-hakam". Musulmon bo'lganingizdan keyin eski yomon odatlaringizdan voz kechishingiz qiyin bo'lganmi? Nima deb o'ylaysiz, musulmon bo'lmoqchi bo'lgan inson hayotidagi barcha yomonliklardan voz kechishga tayyor bo'lmasa, bunday qilmasligi kerakmi? Demak, dinga qaytishni o'ylagan va qaytgan yoki amal qilmaydigan musulmonlar uchun chaqaloqdek qadamlarini tashlash kerak. Bunday narsalar haqida o'ylamang. Bilasizmi, siz borgan sari o'rganasiz. siz uringaningiz uchun ikki barobar mukofot olasiz. Ha, shunday, 100%. Va shaxsan men uchun katta hayot tarzi o'zgarishi bo'ldi. Bu bir necha yil davom etdi.
sunnat bo'lgan ishlarni qilishga moslashish, Bilasizmi Kichik narsalar juda ko'p, to'g'rimi? Lekin o'zingizga ortiqcha bosim qilmang, buni faqat niyat bilan qiling. Va asta-sekin, u yerga yetib borasiz. Mo'minlarning turli xil darajalari bor, e'tiqod qiluvchi. Shuning uchun qanday bo'lishni xohlayotganingizga bog'liq. Har kimning martabasi bor. Bu oson bo'lishi mumkin. Kuniga besh vaqt namoz o‘qib, o‘z ishingiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin, Alhamdulillah, shunda siz men ko‘p xayrli ishlar qildim, Inshoolloh, jannatga kiraman”, deb aytishingiz mumkin. Do'stlarimdan biri menga aytdiki... Hech birimiz yaxshi amallar bilan jannatga kirmaymiz. Lekin Alloh taoloning rahmati.
Bilasizmi, biz Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni qanchalik sevsak, vaqt o'tishi bilan shunchalik yahshi ko'rgan insonlarga aylanamiz. Ammo bu o'z vaqtida keladi. Shuning uchun men aytaman, hatto tatuirovkangiz bo'lsa ham, Islom hamma uchun. U muhtoj odamlar uchun ajratilgan. O‘tmishda nima ishlar qilgan bo‘lsangiz ham, qayerdan ekanligingiz ham muhim emas. Agar siz ichsangiz ham... Shunchaki namoz o'qing va Astag'firulloh deng. Vaqti kelib, agar siz haqiqatan ham Jannatni, oxiratni xohlasangiz siz unga erishasiz, bilasizki, Islom hazil emas. Biz namoz o'qiyotganimizda va Qur'onni ko'proq o'rganganimizda, buni beihtiyor sevib qolasiz va buni Alloh uchun qilishni xohlaysiz.
Shunday ekan, hatto ichgan bo'lsangiz ham tashvishlanmang ishonchim komilki, Alloh bizni hidoyat yo'liga yetaklaydi, InshoAlloh. Alloh bilan o'ziga xos bog'lanish borligini his qilgan g'ayrioddiy voqeani boshdan kechirganmisiz? Eng g'ayrioddiy voqealardan biri, o'tgan yili men juda, juda yolg'iz edim. Men Hull shahrida edim. Men Hullga ko'chib o'tgan edim va Hulldagi masjidga bora boshladim. Va keyin men shunday bir... Tiktokda, to'qqiz oydan buyon men musulmonman degan video tayyorladim Keyinchalik qaraganimni va Tiktokda obunachilarim soni 100,000 taga yaqinlashganini eslayman. Keyin esa bu virusga aylandi va menda kuchli muhabbat uyg'otdi.
ushbu sevgi sababli mening dunyoyim yorishdi, lekin, men haligacha odamlar meni qabul qilmasliklaridan qo'rqar edim. Bilasizmi, men ham hohlardim sevishni, sinab ko'rishni va ... Men islom diniga juda qiziqib qoldim. Men boshqalarga ham islom tinchlik dini ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ldim. Internetga kirganimdan beri bilasizmi, minglab obunachilarim meni tatuirovkam haqida duolar qilishdi va bu shunchaki... menga yanada kuch va, qalbimga yanada taskin berdi.
Va o'shandan beri menga mingdan ortiq insonlar elektron-pochta orqali shahodat keltirganliklari haqida xabar yubordilar, bilasizmi, chunki men videolarim orqali ularga islom tinch din ekanligini ko'rsatganman va keyinchalik bu narsani jonli va to'g'ridan to'g'ri ko'rganim menga yordam berdi, Bunday videolarni birinchi marta suratga olganimdan beri mening auditoriyamdagi mingdan ortiq musulmon bo'lmagan insonlar shahodat keltirganliklarini, qur'on sotib olganliklarini va islom dinini o'rganayotganliklarini xabarini berib kelishmoqda. Ular mendan o'rgatishni va bunga harakat qilib ko'rishlarini so'radilar. Men esa ularni islom diniga o'tish uchun yo'naltirdim.
Alloh taolodan ularni qutqarishini va agar menda biron bir imkoniyat bo'lsa, ular bilan birga bo'lishga harakat qilishini xohlayman, InshoAlloh, men ular bilanman. Umra ibodatiga ko'p marta borgansiz, lekin, birinchi marta Umraga borganingizda sizga ko'proq nima ta'sir qilgan edi va nima uchun? Masjidul Haramga borganimda. Bu yerda juda ko'p odamlar, barcha irqlar, barcha rangli insonlar, har xil mamlakatdan kelishgan. Va men bu javob ekanligini bilardim. Odamlar bu yerda Alloh uchun haj ibodatida edilar. U yerdagi odamlar yaratganni ko'rish uchun yoki ... Ular xudo uchun shu yerda edilar. ular haqiqiy taqvodorlardir. va bu irqchilikning davosi, javobi edi. Bu tinchlik dunyosi edi.
Va bu men uchun katta fursat edi. Islom hamma narsaga davodir. Unda har qanday muammoga yechim bor. u hayot uchun qo'llanma. u hayot tarzi. Men Dog‘istonlik Anas ismli birodarimni eslayman, men uni yaxshi ko‘rar edim, U menga Makkadagi Shvetsariya mexmonxonasidan qo'ng'iroq qilar va Kabani ko'rsatar edi. “Bu Ka’bada, sening haqinga duo qildim. men sen uchun umra ziyoratini ado etdim." Meni avval Madinaga olib borganini eslayman. Shunday qilib, biz teskari hijratni amalga oshirdik. Biz Masjid an-Nabaviyga bordik, lekin Madinada niyatimizni amalga oshirdik va keyin mashinada butun yo'lni bosib o'tdik. Va faqatgina mashinada sayohat qildik.
U joylarda qanday safar qilganimizni, pit-stoplarga kirganimizni va boshqalarni, shunchaki suhbatlarimizni va qanday qilib ibodat qilish haqida so'zlab berganlarini hech qachon unutmayman. Bilasizmi, bu juda noodatiy bo'lgan, birinchi marta buni his qilishim edi, "Nega men? Men juda baxtiyor edim. Islom diniga kirishingizdan oldingi hayotingizdagi maqsadlaringiz qanday edi? Va Islomdan keyin qanday bo'ldi? Bilasizmi, islomdan oldingi hayotiy maqsadlarim? menda birorta ham, bitta dona ham maqsad bo'lmagan. Men hayotda qaysi tarafga borishni bilmas edim. Men hattoki nima qilishni ham bilmas edim. Uyg'onganimda nima qilishni bilmay qoldim. Men qanday o'ylashni bilmasdim.
Men odamlar atrofida qanday bo'lishni bilmasdim. men juda adashgandim. Men nima qilishni bilmas edim. Bilasizmi, juda, juda, adashgan edim. o'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Lekin endi, Lekin endi, inshoAlloh, asta-sekin tatuirovkamdan qutulmoqchiman. Bu esa vaqt talab etadi. Men hozirda sayohat qilyapman va qachonki Indoneziyaga kelganimda u yerda to'xtayman va Tatuirovkadan lazer orqali qutilishga harakat qilaman. Men hafiz bo'lmoqchiman. Men Qur'on tilovat qilmoqchiman. Men bir kun kelib imom bo'lmoqchiman va odamlarni davat qilmoqchiman. Men Ali Davah bilan, Oxi Ayman bilan davat qilmoqchiman. Shunday ekan, inshoAlloh, bu narsalarni o'rganaman.
Va men ma’ruzachilar burchagiga borib, da’vat qilaman. Men hafiz bo'lmoqchiman va men qur'onni sevaman. Bilasizmi, men birinchi marta Tiktokga kirganimda Saudiya Arabistoni, Iroq va juda ko'p joylardan bo'lgan birodarlarim mening jonli efirimga qatnashishdi va menga qur'onni tilovat qilishdi, meni qur'on o'qishga oshiq qilishdi, haqiqiy go'zallikni ko'rsatishdi. Ular asta-sekin qur'on tilovat qilishgani sayin mening qur'onga bo'lgan muhabbatim ortib borar edi. Yosin surasi, Yusuf surasi va boshqa barchasi suralarni o'qiy boshladim. Va baribir Qur'on o'qishni davom ettirdim va men Qur'onga oshiq bo'la boshladim. Tushunyapsizmi, bu o'zgacha hikoya, Inshallah.