Towards Eternity
Blogga qaytish

“Men Muhammad (s.a.v.) Dajjol deb o‘ylagan edim” – Ruhoniydan imomga: Yusuf Riosning hikoyasi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Isoga bo‘lgan muhabbatim... Iso Masih aslida kimligini bilmoqchi edim. Isoga bo‘lgan muhabbatim uni kimligini bilishimga sabab bo'ldi. Allohga bo‘lgan muhabbatim esa Iso Alloh bo‘la olmasligini ko‘rsatdi. Odamlar musulmon dunyosi haqida o‘ylamagandek, islomni erkin qabul qilayotgan kishilar haqida ham o‘ylamaydi. Islom qilich bilan yoyilgan deb o‘ylashadi. Men uchun, Lotin Amerikalik bo'lgan odamlar uchun bu juda muhim, chunki qilich bilan bizni xristianlikni qabul qilishga majburlashgan. Shahodat kalimasini keltirganimda, uning yarmini aytgandim: La ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yo‘q) Keyin menda savollar tug‘ildi. Muhammad Payg‘ambar “Dajjol” emasmi? Alloh asrasin.

Chunki o‘rgatilishicha, Isodan keyin kim kelsa, sohta payg'ambardir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam iymon va adolat asoslangan jamiyatini, ummatini tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Musulmon jamiyati mening oilamga aylandi, ular men uchun panoh bo‘ldi. Assalamu alaykum, Imam Yusuf Rios. “Towards Eternity”dan taklifimizni qabul qilganingiz uchun sizga katta rahmat. Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh, birodar Ahmad. Men ham xursandman. Xo'sh, birinchi savolim: Imam Yusuf Rios kim? Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bera olasizmi? Qisqacha qilib aytsam, men AQShda tug‘ildim. Katolik va protestant oilasida o‘sdim.

Shunday qilib, xristianlikning ikki yo‘nalishi orasida ulg‘aydim. O‘smirligimning dastlabki davrlarida, ba’zi qiyinchiliklarga duch keldim, keyin esa 20 yoshlarimda oxir-oqibat musulmon bo‘ldim. Shunday qilib, so‘nggi 25 yil davomida, ikki yarim yillik ta’limdan so‘ng, ruhoniy bo‘lish uchun o‘qiyotgan edim, lekin Islomni qabul qildim va e’tiborimni musulmon jamiyatiga xizmat qilishga, dinga chaqirish va ta’limga qaratdim. Xo‘sh, e’tiqod borasida hayotingiz qanday kechgan? Nimaga ishonardingiz? Juda diniy muhitda, ancha dindor oilada ulg‘ayganman. Otam tarfdagi qarindoshlarim protestant edilar, ular hatto cherkovlarning asoschilari ham bo‘lishgan.

Lekin onam tarafdagilar esa katolik nasroniylar edi. Ular katolik cherkoviga juda sodiq edilar. Men esa xristianlikning rim-katolik yo‘nalishiga ko‘proq moyil edim. Shuning uchun o‘smirlik chog‘larimda tobora dunyoviylashib borayotgan jamiyatda dindor bo‘lishni tushunishda biroz qiynalganman. Ulg‘aygan shaharimda vaziyat juda keskin edi. Bilasizmi, biz jinoyatchilik va giyohvand moddalar muammosiga duch keldik, hatto musiqa ham insonlarning yangicha fikrlashlari, va jamiyatda odatiy bo‘lmagan xatti-harakatlarni yuzaga chiqara boshladi. O‘smirlik chog‘larimda inson bo‘lishning juda qorong‘u tomonini boshdan kechirdim.

Keyin o‘smirlik chog‘imda bu holatdan chiqishni boshlaganimda, asosan dindor bo'lishga urindim. Dunyoqarashim juda salbiy edi. Oxirzamon yaqinlashmoqda deb o‘ylardim. Oxiratga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi va hokazolar. Shunday qilib, ziddiyatlikka duch keldim. Aksincha, hamma narsadan voz kechishni xohlardim. O‘zimni faqat cheklangan ibodatga bag‘ishlashga qaror qildim. So'ng, tarki odat qildim. Bu sayohatning bir qismi ruhoniy bo‘lish edi. Aslida undan oldin rohib bo‘lmoqchi edim. Lekin o‘sha yo‘lni tanlamadim, va oxir-oqibat ikki yarim yil ruhoniy bo‘lish uchun o‘qidim. Keyin esa Islomga kirishga qaror qildim. Ushbu ikki yarim yil siz uchun qanday o‘tdi?

O‘sha yillarda qanday tajribalar orttirib, musulmon bo‘lishga qaror qildingiz? Ruhoniy bo‘lish uchun o‘qiyotganda, faqat diniy ta’limotlarni o‘rganmaysiz, balki falsafa va boshqa dinlarni ham o‘rganishingiz kerak, faqat o‘z diningizni emas. Shunday qilib, falsafiy tadqiqotlarimdan kelib chiqqan fikrlar qiyinligi uchun savol berishga majbur bo'ldim. Bu meni o‘ylashga undadi. So'ng his-tuyg‘ularim jihatidan, sizga aytganimdek, dunyoga unchalik berilib ketmagandim. Shunday qilib, o‘zimdan “Din hayotda nima degani?” deb so‘ray boshladim. Shunda ko‘rdimki, xristianlikni amalda qo‘llashim oilaviy hayot, jamiyat va boshqa sohalarga haqiqatan ham to‘g‘ri yondasha olmasligini anglab yetdim.

Dindorlik haqida berilgan fikr shunday edi: Dunyodan uzoqlashib, ajralib turish kerak. Uylanganlar yoki jamiyatdagi odamlarning martabasi dinda kamroq edi. Menga bu mantiqsiz tuyuldi. Payg‘ambarlar Banu Isroilga Allohning birligini o‘rgatishga uringanlar, va oxirida esa, Alloh inson deb e’lon qilingan. Lekin, siz ham, Ibrohim alayhissalom va Muso alayhissalomning kurashlarini bilasiz. Shuning uchun bu oxirida menga unchalik mantiqli tuyilmadi. Shuningdek, ruhoniy bo‘lish uchun tayyorlanayotganda faqatgina ular bergan Zaburni o‘qirdik. Zaburda Xudoning yomonlikni yaratgani haqida savol juda aniq edi. Lekin nasroniy dinida bu boshqacha talqin etilgan.

Shuning uchun Allohning yagona ekanligi men uchun juda muhim savolga aylandi. Yagona aslida nima degani? Iso kim ekanini bilish ham muhim edi, buni boshqa intervyularda ham aytganman. Iso kim ekanligi haqida aniq tushuncha yo‘q edi. Biz musulmonlar uchun Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotidagi kabi emas. Bizda tarixiy ma’lumotlar bor. Bu faqat hissiyot emas, tasavvur ham emas. Shu tariqa, savol tug‘ildi, boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi millionlab odamlarni nima deysan? Ular do‘zaxga kiradi deb aytasanmi? Haqiqatga qanday qaraysan? Mana shu fikrlar meni chuqur o‘ylashga majbur qildi. Mana shu narsalar meni Islomga olib keldi. Siz Islomga qanday kirib keldingiz?

Sayohatingizni nima boshladi? Isoga bo‘lgan muhabbatim. Iso kim ekanini bilishni xohlardim. Islomga o'tganda ko‘plab turli haqiqatlarni ko‘rasiz. Islomga o'tish bitta voqea emasligini tushunasiz. Ko‘plab turli voqealar bor, lekin doim nimadir yuragingizni jumbushga keltiradi. Isoga bo‘lgan muhabbatim meni Islomga yaqinlashtirdi. Iso kim ekanini haqiqatda bilishni istadim. Shu meni Falastinga e'tibor berishimga undadi. Meni shu haqiqatni o‘rganishga undadi, keyin esa Azon eshitishni boshladim. Azon eshitishni boshlaganimda, Islomga yanada ko‘proq yaqinlashdim.

Lekin haqiqatan ham Allohga ibodat qilish va Iso‘ni bilishni xohlashim meni o‘zimga savol berishga majbur qildi: bu nima degani aslida? Shunday qilib, bunday masalalarni ko‘proq o‘rganishimga to'g'ri keldi, masalan, Iso ibodatda qanday namuna, Iso aslida kim, Iso‘ning haqiqiy ta’limoti nima edi? Iso o‘zini Xudo deb aytdimi yoki Iso bizga yagona Xudoga itoat qilishni o‘rgatdimi? Hatto nasroniy olimlari orasida ham, so‘nggi 200 yil ichida Iso o‘zini Xudo deb atagan degan fikr shubha ostiga olingan. Bu faqat nasroniylar orasida edi. Bu musulmonlar yoki yahudiylar tomonidan berilgan fikr emas.

Buni nasroniy olimlarining o‘zlari aytmoqda, ularning ilmiy ishlarida bunday dalillar yo‘q, bizda aniq, qo‘lga olinadigan isbotlar yo‘q. Balki shunday ko‘rinadigan narsalar bor, lekin aniq, isbotlab beradigan dalillar yo‘q. Bunday savollar Protestant nasroniyligi tomonidan paydo bo‘lgan. Isoga bo‘lgan muhabbatim uni kimligini bilishga undadi. Allohga bo‘lgan muhabbatim Iso Xudo bo‘la olmaydi, degan xulosaga keltirdi. Chunki bu shirk bo‘lardi. Lekin qiziq bir narsa bor. Ibodatlarimni boshlaganimda, aytishim kerakki, katolik dinini qabul qilganimda, dindor bo‘la boshladim, chunki bolaligimda qiyin davrlarni boshdan kechirdim.

Lekin nasroniyligimni savol ostiga qo‘yishga majbur qilgan kishi amakivachcham edi, chunki u mendan shunday savol so‘radi: "Nasroniy diniga ishonasan, lekin bir savol bor." Chunki amakivachcham musulmonlar bilan aloqada edi. U: "Lekin bu millionlab musulmonlarga nima deysan?" dedi Seningcha, ular do'zoxga kiradimi? Ular solih insonlar.’ Shunday qilib, amakivachcham ko‘p musulmonlar bilan aloqada bo‘lgani uchun, u meni musulmonlar davrasiga olib kirardi. Ular mendan savol so‘rardi, bu meni nasroniylikni chuqurroq o‘rganishga majbur qildi, va amaliyotim ilmiy izlanishga yo‘naltirildi. Lekin ko‘plab jihatdan, u menga Islom haqida yanada yaqinroq tasavvur berdi.

Bir muddat shahodat kalimasi haqida aytmadi. Shahodat kalimasini aytganimda, uning yarmini aytgandim: La ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yo‘q) Chunki o‘rgatilishicha, Isodan keyin kim kelsa ham, sohta payg'ambardir. Shuning uchun menda savollar tug‘ildi. Muhammad Payg‘ambar Dajjol emasmi? Alloh asrasin. Islomni tushunishimiz bo‘yicha, u yolg‘onchi payg‘ambar bo‘ldimi? Chunki shunday o‘rgatiladi Isodan keyin kim kelsa, sohta payg'ambardir. Qo'rqa boshladim, “Xoy, bir oz to‘xtaylik”. Lekin Allohning Yagona bo‘lishi, Injilga qarasangiz, u yerda shunday deyilgan: “Eshit, Isroil, sening Robbing yagona”.

Va 10 ta Amrini o'rganib chiqasan, u senga Allohdan boshqa hech qanday iloh bo‘lmasligini o‘rgatadi. Bu asosan Shahodatga o‘xshaydi. Keyin shunday dedim: “Faqat yarim shahodatni aytaman” Buni musulmonlar qabul qilmaydi, to‘g‘rimi? Chunki ular shahodat kalimasini to'liq keltirishingizni xohlashadi. Lekin: “Faqat yarim shahodatni aytaman, qolganini keyin o‘ylayman.” dedim Chunki bunga ishondim — bu haqda ishonchim komil. Ruhoniy bo‘lib o‘qishni tashlaganimda inqirozga duch keldim. Allaqachon Buddizm va boshqa nasroniylik shakllarini o‘rganib chiqqandim. Payg‘ambarlarni tan olardim. Shuning uchun buni tashlab ketishni xohlamadim, lekin qaysi yo‘nalishda borishni bilmasdim.

Ateist bo‘lishni ham xohlamadim. Yahudiylarning irqiy e’tiqodi tufayli, bilasizmi, o‘zimni yahudiy jamoasiga mansub deb hisoblamaganman. Ha, bu haqiqat. O'zimga o'zim: “Faqatgina Islom qoldi.” dedim. Shunday qilib, shahodatni yarmini aytaman va qolganini keyin o‘ylayman. Keyin ko‘proq o‘rganishni boshladim, hamma narsalar mening uchun tobora aniqroq bo‘la boshladi. Iso kimligi haqida aniq bilmasdim, Payg‘ambar Muhammad sollolohu alayhi vasallam haqida ham aniq bilmasdim. Lekin Allohdan boshqa iloh yo‘qligi haqida aniq bilardim. Keyinroq Muhammad alayhissalom haqida tobora aniqroq tasavvurga ega bo‘la boshladim.

Unda Payg‘ambar Muhammad sollolohu alayhi vasallam Allohning payg‘ambari ekaniga nima sizni ishontirdi? Nimani o‘rgandingizki, shunday o‘ylay boshladingiz? Payg‘ambar Muhammad sollolohu alayhi vasallamning hayotini o‘rganishni boshlaganimda bu burilish nuqtasi bo‘ldi. Bilasizmi, siyratni o‘rganish usulimiz bo‘yicha o‘zimning ayrim fikrlarim bor. Siyratni o'rganishda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Bu musulmonlar uchun juda muhim. Chunki biz Siyratni... ya’ni Payg‘ambarning butun hayoti, uning Payg‘ambar sollolohu alayhi vasallam sifatida tug‘ilgani, uning yoshligiini ko‘rsatadi.

Keyin u ma’lum bir paytda Alloh bilan uchrashadi, va shundan so‘ng, u payg‘ambar bo‘ladi va Islomni tarqatishni boshlaydi, so‘ngra jamiyat tashkil etadi. Va shundan so‘ng, butun bir jamiyatni tashkil etilish jarayonida, qilingan yurishlar, ko‘p janglar tilga olinadi. Shunday qilib, Payg‘ambarni shu tomonlama jangchi sifatida ko‘rsatadi. Bu bir o‘lchamdir, lekin biz musulmonlar uchun ham muhimki, Payg‘ambar odamlar, dushmanlari, boshqa din vakillari bilan qanday muomala qilganiga katta e’tibor berishimiz kerak. Bu muhim, to‘g‘rimi?

Shunday qilib, Payg‘ambar Sollolohu alayhi vasallamning rahm-shafqati, yo'lboshlovchi sifatidagi roli, adolat o‘rnatishdagi ishtiroki meni Payg‘ambar kimligi haqida tobora ko‘proq ishontirdi. Shuningdek, bizda hujjatlangan dalillar ham bor. Hech bir boshqa payg‘ambar yoki inson haqida bunday darajada hujjatlangan va tekshirilishi mumkin bo‘lgan dalillar yo‘q, bilasiz. Tasdiqlay olamiz. Bu tasavvur yoki ishonchsiz iymonga asoslangan narsa emas. Dalilsiz ishonish emas. Lekin shuningdek, Islom nimani o‘rgatadi degan masalada ko‘p noto‘g‘ri tushunchalar borligini bilishimiz kerak. Islom qanday tasvirlanayotgani hali ham “Islom dunyoga qarshi” degan fikr doirasida shakllanmoqda.

Bilasizmi, Genri Kissinjyer shunday ta’lim bergan: "Islom faqat urush, urush dinidir" degan. Sharqshunoslar Islomni qanday tasvirlaganligi hali ham ma’lum darajada ustunlik qiladi. Odamlar musulmon dunyosi haqida o‘ylamagandek, islomni erkin qabul qilayotgan kishilar haqida ham o‘ylamaydilar. Islom qilich yordamida tarqaldi, deb o‘ylashadi. Bu juda keng tarqalgan fikr. Shuning uchun uning tarixiy, madaniy va sivilizatsion jihatlari haqiqatan ham yetarlicha e’tiborga olinmaydi. Men uchun, Lotin Amerikalik bo'lgan odamlar uchun bu juda muhim, chunki qilich bilan bizni xristianlikni qabul qilishga majburlashgan. Oilangiz va atrofdagilar Islomga kirishingizga qanday munosabatda bo‘lishdi?

Bu juda qiyin edi, chunki nasroniy oilasidan edim. Bir necha yil o‘tib, 11-Sentabr voqeasi yuz berdi. So'ng bu qarama-qarshiliklar yanada kuchaydi. Musulmon bo'lganimga ko'p bo'lmadi, lekin 11-Sentabr sodir bo‘ldi, va oilam bilan munosabatlarim yaxshimas edi. Shuning uchun onam mendan, ayniqsa turmush qurganimda, butunlay voz kechdi.. Shunday paytlar bo‘ldi, onam mendan voz kechgananida, va men u bilan gaplashganimda doim diniy masala ko‘tarilar edi. Oldin bunday bo‘lmasdi, lekin u doim suhbatlarimizda Iso Masih Xudodir degan mavzuga kelishini oldindan reja qilib qo'yardi. Agar Iso Masih Xudodir deb qabul qilmasam, muammo bo'lardi. Chunki uning ko‘zida men murtad edim.

Iymonimni yo'qotgan bo'lardim. Puerto-Riko madaniyatida, ayniqsa katolik madaniyatida, ikkalasi ham bitta narsa. Yani katolik dinini tark etsangiz, bu xristianlikni tark etgandek hisoblanadi. Puerto-Rikolik sifatida demoqchi edim, kechirasiz. Shuning uchun bu katta mojaro edi. Turmush qurganimda, rafiqamni buvim bilan tanishtirdim, chunki buvim chuqur e’tiqodli, faol katolik edi. U faqat oddiy dindor emas, balki cherkovda faol edi. Nafaqat faol, balki rahbarlik roli ham bor edi. U rafiqamni hijob bilan ko‘rganda, “U to‘g‘ri yo‘lda”, dedi. Boshida u menga gapirmas edi, kam gaplashardik, vaqt o'tgach biroz o‘zgardi. Keyin bu farzandlarim bilan bog‘liq edi.

Farzandlarim tug‘ilganda, ma’lum bir vaqt davomida buvim ularni qabul qilmadi, keyin ular bilan yarashish uchun kurashishimga to‘g‘ri keldi. Keyin vaziyat o‘zgardi. Munosabatlarimiz ancha yaxshilandi. Musulmon ummati mening onamga aylandi. Bu hozirgacha juda qiyin bo‘ldi. Bu meni boshqalarga nisbatan sezgir bo‘lishga majbur qildi. Mana shu holat meni boshqalarga nisbatan sezgir qildi. Hali bu sohada o‘sishim mumkin, lekin bu meni aniq sezgir qildi. Musulmon jamiyatiga ko‘p tayanishimga to'g'ri keldi, ehtimol keragidan ham ko‘p. Lekin bu meni musulmon jamiyatiga tayanishimga yanada undadi, chunki ular oilamga aylandi. Musulmon jamiyati mening oilamga aylandi, ular menga panoh bo‘ldi.

Keyin oilangizdan, qarindoshlaringiz orasida biror kim, sizdan keyin musulmon bo‘ldimi? Amakivachcham musulmon bo‘ldi, u meni Islomga ilhomlantirgan edi. U akamdek edi. U amakivachcha-akam edi. Biz birga ulg‘aydik, va musulmon bo‘lganimda u hali ham musulmon bo‘lmagandi. Shuning uchun uning musulmon bo‘lishini kutgandim. Lekin u hali ham ko‘p narsalar bilan kurashardi. Men o‘z yo‘limda edim, Islomni o‘rganishda va tarqatishda davom etardim. Shunday qilib, to'xtamaslikka to‘g‘ri keldi. Bu qiyin edi. Qiyin edi, chunki oilamdan ajralgan edim, jamiyatdan va hamma narsamdan ajraldim. Yana bir kishi musulmon bo‘libdi, deb o‘ylaganda, bundan ta'sirlanasiz.

Oxirgi savollar: Muhammad alayhissalomning hayotida eng ko‘p taassurot qoldirgan narsa nima edi? Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallam iymon va adolatga asoslangan jamiyatini, ummatini tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu hozir hammaga eng katta muammo bo‘lib qolgan narsa. Hayot ma’nosi nima? Adolatni qanday o‘rnatish kerak? Har darajada: siyosiy, iqtisodiy. farqlarni qanday hal qilamiz? Zamonaviy dunyo Muhammad sollollohu alayhi vasallamning hayotini shu nuqtai nazardan o‘rganishi yaxshi bo‘lardi. Yaxshi rahbarlik qanday bo‘lishi kerak? Chunki iymon va hayot o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor. U esa namuna. Kurashim mana shu edi.

Ko‘p dinlarni izlaganingizni aytdingiz, nega yuzlab dinlar orasidan aynan Islomni tanladingiz? Iymonning soddaligi, manbalarning haqqoniyligi, hayot bilan bog‘liq amaliy jihatlar. Islom yer yuzidagi insonning har bir jihatini qamrab oladigan yagona din deb ishonch bilan ayta olaman, Insoniyatni butunlay o‘z ichiga oladi. U faqat bitta etnik guruh, qabila yoki irq asosida emas, balki butun insoniyat uchun hayotning har bir sohasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Hayotni qadrlaydi. Hayot juda go‘zal va ijobiydir. Inson yaxshi mavjudot. Insonning kelib chiqishi... Bu jihatdan insonning kelib chiqishi juda umidvor va optimistik.

Tasavvur qiling, bir nasroniy kelsa, unga Islomni qanday qilib faqat bir daqiqada, qisqacha ta'riflab berasiz? Har doim shunday deyman: Islom kapsula shaklida. bizda "O‘n Amr"da berilgan narsalarni bilasiz- Faqat Xudoga ibodat qilish, Xudodan boshqa hech kimga emas. Va ma'budlarga ibodat qilmaslik. Iso haqiqatini tasdiqlash, Iso ta'limotlarini tasdiqlash, Iso missiyasini bajarish. Iso sevgini va rahmdillikni targ‘ib qilgan. Va shuning uchun buni mukammal o‘rganasiz Payg‘ambar Muhammad sollollohu alayhi vasallam hayotida, u butun insoniyat uchun. Va Iso Allohning yagona ekanligini o‘rgatgan, Allohga ibodat qilishni va oddiy iymon, oddiy hayotni o‘rgatgan.

Shu narsalarning barchasi Islomda yanada ravshan keltirilgan. Iso musulmon edi. U Allohga bo‘ysungan. Musulmon— Allohning irodasiga bo‘ysunadi degani. Iso shunday qilgan, ha. Oxirgi savol, dunyodagi barcha g'ayrimusulmonlarga gapirish imkoniyatingiz bo‘lsa, ularga faqat bir necha daqiqada, nimani aytgan bo‘lardingiz? O‘zingizni Qur’ondan bahramand bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilmang. Bu dunyoda eng haqiqiy va o‘zgarmas vahiydir, boshidan hozirgacha butunlay saqlangan. Va uning tili ham tushunarli va yaqin. Payg‘ambar Muhammad sollollohu alayhi vasallam kimligini haqiqatan tan olish imkoniyatidan mahrum bo'lmang. Ularga Allohning salomi bo‘lsin. Bular ikki muhim asoslardir.

Oxirgisi esa Islom madaniyati haqida. Faqatgina diniy amal sifatida emas, balki sivilizatsiyaga ta’sir ko‘rsatgan islom butun insoniyatga ko‘p narsalar taqdim etadi. Faqatgina foyda oling. Menimcha, bu dunyo bo‘ylab odamlar uchun beriladigan uchta ishonchli xabar. Menimcha, bu uchta asosiy va muhim xabar. Bularni butun dunyo odamlariga yetkazgan bo‘lardim.