Ateist jarroh Islomni qabul qildi "Qizimni qutqarishi uchun Allohga yolvordim"
Nashr sanasi
Ateist bo‘lib ulg‘ayganman. Tibbiyot maktabiga o‘qishga kirdim, muvaffaqiyatli edim, pul topardim, hayotimdan xursand edim. Har doim. Tug‘ma yurak nuqson kasali bilan qizim dunyoga keldi. Tanasining quyi qismi o‘layotgan edi, chunki... tanasiga kislorod yetib bormasdi. Meni xonadan olib chiqib ketishdi. Keyin to‘g‘ri shifoxonadagi ibodatxonasiga yo‘l oldim. "Ey Xudo, agar bor bo‘lsang, menga yordam kerak. Agar qizimni qutqarsang, senga ergashaman", dedim. Hamma narsani o‘rganishga kirishdim. Taoizm, Buddizm, Hinduizm. Bir kuni akam menga Qurʼon ma'nolarining tarjimasini yubordi. Bularni o‘qiganimda, hamma narsa o‘z o‘rniga tushdi.
Musulmon bo‘lganimdan so‘ng, 14 yillik suyukli turmush o‘rtog‘im men bilan ajrashdi. Ota-onam ham mendan voz kechdi. "Uyimdan yo‘qol va boshqa qaytib kelma!" Bir kecha tushimda Payg‘ambarimiz sollolohu alayhi vasallamni ko‘rdim. U zot nurli chehra bilan qarshimda turardilar. Qo‘llari bilan ulkan tog‘larni ko‘rsatib, shunday dedilar: "Tog‘larga bor". Assalomu alaykum, doktor Loren Braun. Kelganingiz uchun sizga katta rahmat. Juda minnatdormiz. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Suhbatni doktor Loren Braun kimligidan boshlamoqchiman. Hayotingiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi? O'zim haqimda...
Oftalmologman, yozuvchiman va hozirgi kunda Saudiya Arabistonida yashayman va ishlayman. Men aslida kvaker bo‘lgan, lekin diniy amal qilmaydigan oilada tug‘ilganman. Kvekerlar protestant xristianligining bir mazhabi bo‘lib, tinchliksevarligi bilan dunyoga tanilgan. Taxminan 30 yildan ko‘proq oldin musulmon bo‘lganman. Bu meni Saudiya Arabistoniga olib keldi va o‘shandan beri shu davlatda yashayman va ishlayman. Ha. E’tiqod borasida hayotingiz qanaqa edi? Nimaga ishonardingiz? Ateist bo‘lib ulg‘ayganman. Yoshligimda Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘sganman. Aniqrog'i, San-Fransiskoda tug‘ilib o‘sganman.
Akademik litsey, kollej, tibbiyot maktabida o‘qiganman, shifokorlarning malaka oshirish muddatini o‘taganman, va bu akademik muhitda, professorlarning, hamkasblarimning, talabalarning aksariyati ateist edi, hammasi va bilasizmi, bu ziyoli qatlamdagilarning e’tiqodi hisoblanardi. Chunki ziyoli odamlar Xudoning borligini aql bilan inkor qilishardi. Shunday qilib, bu... bu mening e’tiqodim edi, to... ma'nan uyg'onmagunimcha. Bu tajriba haqida aytib bering. Nima sababdan e'tiqodingizga shubha qilib, yangi sayohat boshladingiz? Bu haqda aniq aytish biroz qiyin. Uzoq o‘qish va malaka oshirish davridan so‘ng oliy toifadagi ixtisoslashgan oftalmolog bo‘lib ishlab yurardim. Undan tashqari...
Muvaffaqiyatli edim, pul topardim, asosan o‘zimga kerakli bo‘lgan hamma narsani sotib olardim, hayotimdan xursand edim, va atrofga qaray boshladim va undan ham ko‘proq narsa bo‘lishi kerak deb his qildim. Ammo menda ro‘y bergan voqea shuki, mening tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan qizim bor edi. Bu aslida yurak nuqsoni emas, balki yurakdan chiquvchi asosiy tomir – aortadagi nuqson edi. U aortaning koarktatsiyasi bilan tug‘ilgan edi. Shunday qilib, tug‘ilganda uning tanasi... quyi tanasi to‘q-ko‘k rangda, men kiygan jarrohlik kiyimlaridan ham to‘qroq rangda edi, tushunyapsizmi? Shunday qilib, uning tanasi ... kislorod yetib bormagani uchun xuddi o‘layotganga o‘xshardi.
Va, albatta, buni ko‘rib turgan shifokor sifatida men juda ham qo‘rqib ketdim. Hamda... Yuqorida aytganimdek, men o‘sha paytgacha ateist edim, garchi o‘zimda Yaratuvchining borligini his qila boshlagan bo‘lsam-da, bu tuyg‘u u faqat Yaratuvchining o‘zidan kelishi mumkin. Butun hayotim davomida hamma narsani nazorat qilib kelganman. Hayotimda o‘zimni nazoratdan chiqqandek his qiladigan birorta ham vaziyatga duch kelmaganman. Hayotimda birinchi marta hech nima qila olmasligimni his qilishim edi. Hech narsa qila olmasdim. Doimgidek, agar menga pul kerak bo‘lsa, ko‘proq ishlardim. Agar menga kerak bo‘lsa, harakat qilardim. Har doim hayotimni nazorat qilardim.
O'sha yerda o‘zimni hech narsa qila olmaydigan holatda, ojiz va notavon his qilib, shu bolani og‘ir ahvolda ko‘rib turgan edim. O‘sha damda faqat bitta haqiqatni angladim — bu bolani faqatgina Yaratuvchim marhamati ila qutqarishi mumkin. Meni xonadan olib chiqib ketishdi. Shunday qilib, intensiv terapiya bo‘limidan chiqdim va yuragimda nimadir paydo bo‘ldi. Keyin to‘g‘ri shifoxonadagi ibodatxonaga yo‘l oldim. Ibodatxonaga kirdim va shunchaki... juda oddiy duo qildim. Skeptik duosi haqida hech eshitganmisiz? Skeptikning duosi shunday bo‘ladi: 'Ey Xudo, agar Sen mavjud bo‘lsang, va mening jonim ham mavjud bo‘lsa, uni qutqar.' Bilasizmi nima..?
Ko‘plab skeptiklar, ko‘plab ateistlar mana shunday duo qilishadi. O‘sha paytda "Skeptik duosi"ni bilmasdim, lekin men qilgan duoga juda yaqin edi. Aslini olganda, men qilgan duoga "Al-Fotiha" surasi yanada yaqinroq edi. Bu, aslida, Yaratuvchimni tan olishim edi. Men "Ey Xudo, agar bor bo‘lsang, menga yordam kerak", dedim. Men faqat Yaratuvchimga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xudoga murojaat qilib, dedim: "Agar qizimni qutqarsang va meni O‘zingga eng ma’qul, eng suyukli bo‘lgan dinga yo‘naltirsang, menga emas, balki Senga eng yoqadigan dinga va senga butun qalbim bilan ergashaman" dedim. Keyin ibodatxonadan chiqib, intensiv terapiya bo‘limiga yana qaytib keldim.
Shifokorlar holatni diqqat bilan tekshirib, aniq qarorga kelishlari uchun taxminan 10–15 daqiqa holi qoldirdim. Bilasizmi, neonatal intensiv terapiya bo‘limiga kirishning o‘zi ham alohida bir jarayon. Avvalo yuvinasiz, so‘ng xalat, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim va boshqa zarur kiyimlarni taqasiz. Bularni bajarayotgan vaqtimda, oynadan qarab, xonaning uzoq burchagida shifokorlarning qizimning atrofida to‘planganini ko‘rdim. Ular ko‘zlarini ko‘tarib menga qarashar, va men ularning chehralaridagi ifodadan... Men... ...ularning chehralaridagi ifodadan nimadir o‘zgarib qolganini sezdim. Xonaga kirgan vaqtimda, va... ...bilasizmi... taxminan...
35, 36 yil o‘tdi, lekin bu voqeani bo‘g‘ilmay aytib bera olmayman. Shunday qilib, shifokorlarga yaqinlashganimda, yuzlaridagi ifoda jiddiy edi, pediatrik kardiolog-jarrohi menga qarab, sokin ohangda shunday dedi: "U tuzalib ketdi". Ularning barchasi bu izohni to‘g‘ri deb hisoblayotganini angladim, lekin yuragimda his qilayotgan narsam shuki, ular bir necha daqiqa oldin Yaratuvchimga bu bolani qutqarishi uchun duo qilganimda, men bilan birga emas edi. Va bu haqiqatan ham qalbimga iymon kirgan lahza edi. Ha. Keyin qizim, qizim Hanna... u butunlay sog‘ayib ketdi, hammasi ortda qoldi." Unga na dori kerak bo‘ldi, na jarrohlik, na hatto eng kichik tibbiy aralashuv ham zarur bo‘ldi.
U butunlay sog‘ayib ketdi. Buni mo‘jiza deb atashingiz yoki shifokorlarning izohini qabul qilishingiz mumkin, lekin men uchun, Yaratuvchimga va’da berganimni angladim. Undan so‘ragan edim, agar u farzandimni qutqarsa, va meni o‘ziga eng ma'qul bo‘lgan dinga yo‘naltirsa, unga ergashishga va’da bergandim. Davom etish uchun biroz o'zimga kelib olishim kerak. Shundan keyin esa, taxminan to‘rt-besh yil davomida men uchun chinakam ruhiy sinov, ichki kurash va og‘ir psixologik jarohatlar davri bo'ldi. Chunki Alloh meni o‘ziga eng ma'qul bo‘lgan dinga yo‘naltirsa, ergashishga va’da bergan edim. Lekin uni topa olmadim. Aytmoqchimanki, men...
Hamma narsani o‘rganishga kirishdim: Taoizm, Buddizm, Hinduizm. Va oxir-oqibat, albatta, G‘arbdagi ko‘pchilik qiladigan ishni qildim. Injil kitobini oldim-da, Eski Ahdni o‘qishga kirishdim. Eski Ahdni o‘qishni boshlaganimda, o'zim kutmagan bir narsa duch keldim. "Eski Ahd o‘rgatadigan ko‘p narsaga ishonaman", dedim. Shunday qilib, Yaratuvchimizning mohiyati haqida ishonishim mumkin bo‘lgan ko‘p narsani topdim. Ammo shu bilan birga, Eski Ahd undan keyin keladigan uchta payg‘ambarni bashorat qildi. Lekin keyin ongimda savol qoldi: bu uchinchi payg‘ambar qayerda? Injilda 'uchraydigan Parakletos' so‘zi haqida ko‘p bora so‘z yuritiladi.
Ko‘pchilik "Parakletos" so‘zini Ahmed deb tarjima qilish mumkinligini aytadi, bu Muhammad sollolohu alayhi vasallam ismlaridan biri. "Parakletos" Injilda atigi besh marta uchraydi. Injilda bir marta shu joyda va boshqa bir joyda Iso alayhissalom "Parakletos" deb atalgan. Ha. Endi "Paraklet" kimligini bilamiz. Iso ulardan biri edi va u o‘zidan keyin keladigan, soni ko‘p bo‘lgan boshqa bir payg‘ambar haqida gapiradi. Endi, agar bu payg‘ambarlik zanjirining oxirgi payg‘ambariga ishora qilmasa, boshqa nima bo‘lishini bilmayman. Buni ko‘rgan onimda, qalbimda izlanadigan oxirgi payg‘ambar borligiga bo‘lgan ishonch mustahkamlandi. Tushunyapsizmi? Menda har doim bir xil tuyg‘u bo‘lardi.
Har doim "Xudo birdir va bu yerda bir bog‘liqlik bor", deb o‘ylardim, "Xudoning yagonaligiga ishonish, payg‘ambarlik zanjiriga ishonish, vahiy zanjiriga, farishtalarga, Qiyomat kuniga ishonish, Allohning hamma narsaga qodirligiga ishonish". Ha, hammasini tushundim. Lekin keyin bu boshqa narsa, Iso Xudoning o‘g‘li degan tushunchasi, yo‘q, men... Bunga ishonmayman. Uchbirlik – uchta bitta, bittada uchta, teng huquqli, bir tabiatli va abadiy. Yo‘q, men... Buni qabul qila olmayman. Ruhoniylardan, pastorlardan, vazirlardan va hokazolardan savollar so‘rardim. Ulardan doimo so'rardim: "Bularga dalilni qayerdan topasiz?
Iso o‘zini Xudoning o‘g‘li deb qayerda aytgan?" Menga bir parchani ko‘rsatishardi, men esa: 'Yo‘q, yo‘q, yo‘q, yo‘q', Injilda Iso o‘zini 88 marta "Inson o‘g‘li" deb ataydi. Injilda u o‘zini "Xudoning o‘g‘li" deb atagan birorta ham parcha yo‘q. Ya'ni nega u haqida boshqalar aytgan gaplarga ergashyapsan? Nega o‘zi aytgan gaplariga ergashmaysan? U o‘zini Inson o‘g‘li deb atagan-ku. Nega bu majoziy atamani ishlatyapsan? Injilda barcha mo‘minlar Xudoning farzandi sifatida tilga olinadi. Nega bu majoziy atamani ishlatyapsan? Nega Iso aytgan so‘zlarni aynan ishlatmaysan? Shunday qilib Yaratuvchimga faqat shunday derdim: "Men...
Izlayapman, lekin topa olmayapman." Keyin esa akam bilan bog‘liq voqea yuz berdi... U mendan 21 oy katta va, alhamdulillah , u musulmon bo‘ldi. Ha. Men va akam hech qachon yaqin bo‘lmaganmiz. Yaqin emas edik, balki uzoq edik. Biz... Bilasizmi, musulmon bo‘lganimdan beri shuni aytamanki, biz islomda aka-uka bo‘lgunimizcha, aslida hech qachon haqiqiy aka-uka bo‘lmaganmiz. Islomdan keyingina haqiqiy aka-uka bo‘ldik. O‘sha paytda nega bunday bo‘lganini ham bilmasdim. Faqat juda g‘alati tuyulgan edi. Ammo taxminan bir yil o‘tgach, menga Qur’on ma’nosining tarjimasini va siyrat kitobini, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom tarixi haqidagi kitobni yubordi.
Aniqrog‘i Martin Lingsning eng qadimiy manbalarga asoslangan Muhammad biografiyasi edi. Ularni o‘qiganimda hammasi joyiga tushdi. Bu go‘yo bir nechta bo‘lagi yetishmayotgan pazlga o‘xshardi, o‘sha bo‘laklarni topib joyiga qo‘ygandek butun manzara to‘liq bo‘ldi. Hayotimda ilk marta to‘liq manzarani ko‘rdim. Bu oxirgi payg‘ambar edi, bu oxirgi vahiy edi, va u o‘tmishdagi payg‘ambarlik zanjiri bilan uyg‘un edi, ya'ni, u Eski Ahdning oxirgi payg‘ambarning sifatlari haqidagi bashoratlariga mos kelardi. O'sha onda musulmon bo‘ldim. E'tiqod yo'li — bu faqat aql bilan boriladigan yo'l emas, balki qalb bilan his qilinadigan, yurakdan chiqadigan yo'l deb o'ylayman.
Esda tutish kerakki, Alloh xohlagan kishisini hidoyat qiladi. U qanday hidoyat qiladi? Ya’ni, qalb orqali ham, vahiy orqali ham hidoyat qiladi. Ya'ni, bu albatta, vahiy – bu aql bilan anglab yetiladigan jarayon. Uni chuqur o‘rganish, undagi dalillarni tushunib yetish orqali vahiy va dinni tasdiqlaydi. Bizga shu tuyg‘uni tasvirlab bera olasizmi? Asosiy tuyg‘u bu tinchlik edi, menimcha. O‘sha vaqtlarni eslaganimda, ko‘plab odamlar mening ancha tinchlanib, o‘zimni erkinroq his qilayotganimni sezganini ko‘rib hayron qoldim. Boshqa tuyg‘ularni boshdan kechirdim, lekin bitta narsa esimda: tahorat qilib, “Subhanalloh, bu qanchalar sokinlashtiruvchi amaliyot ekan,” deb hayratlangandim.
Bu sizni sekinlashishga majbur qiladi va qilayotgan ishingizdan vaqt ajratib yuvinishga undaydi. Bu insonni nimaga bu ishni qilayotganini chuqur o‘ylab ko‘rishga va namozdan oldin to‘liq poklanishga qaratishga undaydi. Butun jarayon esa qalbimizga orom baxshida etadi. Islomga kirganingizda atrofdagilar nima dedi? Oilangiz qanday qaradi? Musulmon bo‘lganimdan keyin, 14 yillik suyukli xotinim men bilan ajrashdi. Shunday qilib, men xotinimni yo‘qotdim, farzandlarimni ham yo‘qotdim, chunki sud ularni onasiga berdi, chunki men musulmon edim. Sud ularga vasiylikni berdi. Ya'ni vasiylikni onasiga berdi.
Jarayon aniq ravishda menga qarshi og‘ib ketgan edi, chunki, masalan, hozirda sobiq xotinim bo‘lgan ayol ajrim uchun sudga murojaat qilganida, sudya ajrashuv jarayonini boshlash hujjatini rasmiylashtirdi, ammo shu bilan birga menga qarshi taqiq ham qo‘ydi, ya’ni, uyga 100 futdan yaqinlasha olmasligimni aytdi, o‘z uyimga 100 fut, xotinimga 100 fut, farzandlarimga 100 fut masofa belgilandi. Buni qilishdan oldin sud xotinimdan so‘radi: "Bu odamdan qo‘rqyapsizmi?" U esa: "Yo‘q", dedi. "U sizni hech urganmi?" dedi. U: "Yo‘q", dedi. "U sizni og‘zaki haqorat qiladimi?" dedi. U yana: "Yo‘q", dedi. Bugungi kunda ham sobiq xotinimdan so‘rashingiz mumkin, u bunga guvohlik beradi.
Ya'ni keyin esa sudya: "Unda nega ajrashmoqchisiz?" deb so‘radi. U esa faqat: "Birga yashamoqchi emasman xolos. Yo‘llarimiz boshqa-boshqa. U musulmon bo‘ldi, men esa nasroniyman", dedi. Va sudya, bilasizmi, bu taqiqni menga faqat men musulmon bo‘lganim uchun qo‘ydi. Ha. Sobiq rafiqam va sudya o‘rtasidagi suhbatdan kelib chiqib, menga aytilganlarga asoslangan holda, mening xulosam shunday. Natijada, bolalarimni hatto ko‘ra olmaydigan qiyin davrni boshdan kechirdim. Jarayon qanchalik tahqirli bo‘lganini to‘liq ko‘rsatish uchun aytaman: sudya shunday qaror chiqardiki, men farzandlarimni ko‘rishim uchun majbur bo‘lib qo‘riqchi yollashim kerak edi.
Farzandlarimni mendan "himoya qilish" uchun yonimda qo‘riqchi bo‘lishi kerak edi. To'g'ri eshitdingiz qo'riqchi. O'sha vaziyatda otalikni chidab bo'lmas darajada tahqirlashardi. Vaholanki, na og‘zaki haqorat bor edi, na jismoniy zo‘ravonlik, hech... hech qanday qo‘rqituvchi xatti-harakat bo‘lmagan. Xotinim esa shunchaki bunga rozi bo‘ldi. Sababini undan so‘rashingiz mumkin, lekin jarayonning tahqirli bo‘lgani aniq. Xullas, yana nimani yo‘qotdim? Ha, demak... yo'qotganlarim: uy, xotin, bolalar, mashina, mulklar... Bilasizmi, uyning o‘zida ham menda chorak million dollarlik san’at asarlari bor edi, faqat devordagi asarlar. Barchasini yo‘qotdim.
Ajrashishdan soʻng faqatgina oʻzimning yoʻltanlamas avtomobilim va 5 ming dollar pulim qoldi xolos. Bundan tashqari, ko‘p do‘stlarimni ham yo‘qotdim. Otam va onam mendan voz kechishdi. Ular menga xat yozishdi: "Uyga kelma, bizga qo‘ng‘iroq qilma, umuman yozma, sen bilan aloqani uzamiz. Vasiyatdan ham chiqarildingiz" va hokazo gaplar. Va shu bilan tamom. Ammo bu hikoyaning yaxshi tomoni shundaki, ko‘p yillar o‘tgach, biz yana muloqot qila oldik. Yoshlari ulgʻaygan sari munosabatlarimiz shunchalik yaxshilangan ediki, hatto ikkalasi ham vafot etishdan oldin mustaqil ravishda shahodat kalimasini keltirishdi. Bundan juda ham xursand bo'lgandim. Hozirda ikkalasi ham vafot etgan.
Har biri alohida shahodat keltirdi va umid qilamanki, Alloh buni qabul qiladi. Hozir Payg‘ambarimiz sollolohu alayhi vasallam shahri Madinada yashar ekansiz. Payg'ambarimiz alayhissalomning xulq-atvoridagi eng hayratlanarli jihat nima? Menimcha, bu uning xarakterining kuchiga va risolatining haqiqatiga asosiy guvohliklardan biridir.
Payg‘ambar sollolohu alayhi vasallam boylik yoki ayollarga, hokimiyatga yoki podshohlikka intilgan deb aytuvchi insonlar bunga javob topa olmaydi, chunki agar u islomdan voz kechishga tayyor bo‘lganida, Quraysh qabilasi uni oralaridagi eng boy inson qilishni, Islomning cheklovlarisiz, xohlagancha xotin olishi mumkinligi holda shohi etib tayinlashni taklif qilishgan edi. U dunyodagi eng go‘zal ayollardan iborat eng katta haramga ega bo‘lishi mumkin edi, va hokazo. U xohlagan hamma narsaga ega bo‘lardi, agar u da’vatni to‘xtatganida, davom ettirganida emas. Oldinda kutayotgan yo‘l azob-uqubat va qiyinchilik yo‘li edi, lekin u o‘zini shu yo‘lga bag‘ishlagan edi.
Demak, bu vahiy haqiqatiga va Parvardigoriga xizmat qilishga sodiq bir insonning ibratidir. Menimcha, bu favqulodda taassurotli. Bu biror odam hech qachon erisha olmaydigan daraja. Payg'ambarimiz alayhissalomni hech tushda ko‘rganmisiz? Ancha qiyin ahvolga soldingiz, to'g'risi. Ha... ko‘rganman, alhamdulillah. Bir kecha tushimda Payg‘ambar sollolohu alayhi vasallam huzurlarida bo‘ldim. Uning huzurida edim va xuddi Amerika kovboy filmlarida bo‘lganidek, eski shaharchalardan birida edik. Shunda menga Payg‘ambar sollolohu alayhi vasallam tog‘larni ko‘rsatib: "Tog‘larga boringlar", dedilar. Tog‘larga qaradim va bu menga g‘alati tuyuldi. Bunday tog‘larni hech qachon ko‘rmaganman.
U zot: "Tog‘liklar oldiga bor, u yerda kurash bor," dedilar. Hammamiz bilamiz, kurash albatta jang degani emas, balki tortishuv yoki shaxsiy kurashni ham anglatadi. Men: "Xo‘p, lekin bizning davrimiz sizning davringizdek emas. Agar menga biror narsa bo‘ladigan bo'lsa, xotinim va bolamni hech kim boqmaydi", dedim. Payg‘ambar sollolohu alayhi vasallam dedilar: "Men xotining va bolangni boqaman." Xuddi kino sahnasi almashgandek bo‘ldi. Birdan yonimizdagi yog‘och binoning ichida edik. Xuddi odatiy do‘konga o'xshardi. Peshtaxtada katta-katta turli xil shisha idishlar, ichida esa konfetlar bor edi. Ha.
U zot shunday katta idishlardan birini oldi-da, u dumaloq konfetlarga to‘la edi, o'sha olgan idishini o‘ng qo‘limga qo‘ydilar. Shundan keyin esa yana bir katta shisha idishni oldilar, ichida dumaloq saqichlar bor edi, uni boshqa qo‘limga qo‘yib dedilar: "Bularni tog‘lik xalqqa olib bor". Tush shunday edi. Bu 1999-yilda bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Madinaga kelishga qaror qildim. Saudiyada menga ish taklifi berildi. Qaror qabul qilib, Saudiya Arabistoniga ikki yillik shartnoma bilan keldim. Va, albatta, hammasi joyida edi. Mana, 26 yil o‘tdi. Hozir ham Madinadamiz, alhamdulillah. Lekin tushim haqida bir narsani aytaman. Kunlardan bir kuni uyim balkonida turib, Uhud tog‘iga qaradim.
Uni oldin ham ko‘p marta ko‘rganman, ammo o‘sha paytda, kun vaqti, quyoshning joylashuvi, tog‘ga tushgan nur — hammasi mukammal edi va men birinchi marta angladim: Subhanalloh, bu mening tushimda ko‘rgan tog‘im edi, ya’ni bu o'sha tog‘lik xalq — Madina ahli edi. Shunday qilib tushim o'ngidan kelganini angladim. Bu voqea shu bilan tugamadi, chunki men bu hududga bog‘lanib qolganman. Aytganimdek, qizim hozir 27 yoshda. U kollejga boradigan vaqt kelganida, men ishimdan ketishga ham tayyor edim. Qizim G‘arb taʼlimini olishi uchun butun oilam bilan G‘arbga qaytmoqchi edim. Shundan keyin ayolim, o‘rnim shu yerdaligini bildirgan tushimni eslatdi. Shu sababli, u qizim bilan birga Amerikaga ketdi.
Hozir xotinim falastinlik. U qizimga qarash uchun Amerikaga ketayotgan edi, ammo haqiqat shuki, ikkalasi ham Amerikaning turmush tarziga o‘rganishi, yo‘l topishni, jamiyatning ichki tartiblarini o‘rganishi kerak edi, qizim universitetga borganda esa xotinim unga yordam berib, qo‘llab-quvvatlashi, moslashishiga ko‘maklashishi uchun kelgandi. Bir kuni u Amerikada bo‘lgan paytida, eng qiyin bo‘lgan narsalardan biri — har kuni qizim bilan universitetga Uberda borishi va yana Uberda qaytishi edi. Kun oxirida ham Uber olib borar, keyin yana qaytar edi. Xotinimni doimo xavotirga solgan narsalardan biri ham ana shu Uberlar edi.
Chunki tanimagan bir erkak haydovchi bilan mashinada yolg‘iz qolishi kerak edi. Bir kuni u tush ko‘ribdi: Tushida Uber mashinasiga chiqish uchun unga yaqinlashib borayotgan manzarasini ko'ribdi. Shundan keyin haydovchi tushib, unga eshikni ochib beribdi. O‘sha haydovchi... Kechirasiz. O‘sha eshikni ochgan haydovchi Rasululloh sollolohu alayhi vasallam ekan. Keyinroq, yoki darholmi eslolmayman, xotinim menga qo‘ng‘iroq qilib hayratlanarli ohangda shunday dedi: “Orzu qilganing amalga oshdi.” “Nimani nazarda tutyapsan?” dedim. U dedi: Rasululloh sollolohu alayhi vasallam menga va qizingga sen yo‘qligingda g‘amxo‘rlik qilishni va’da qilgandi.
Ana shu tush unga kuch berdi, qo‘rquvlarini yengdi va yo‘lida yana davom etdi. Alhamdulillah. Naqadar go‘zal voqea. Ikki tushning ushalishi, ajablanarlisi, yana boshqa bir tushda sodir bo‘ldi. Yana bitta savol bersam bo'ladimi? Men ham shifokorman, ammo umumiy amaliyotchiman. Sohangizda inson tanasidagi eng hayratlanarli narsa nima? “Bu Allohning ajoyib mo‘’jizasi” deydigan darajada lol qoldirgan narsa nima? Ayniqsa inson ko‘zi haqida nima sizni maftun etdi? Musulmon bo‘lishimdan avval meni ruhiy izlanishlarimga turtki bo'lgan narsa — o‘limga yaqin tajribani boshdan kechirgan odamlar bilan uchrashuv edi.
O‘limga yaqin holatdagi odam o‘z tanasidan chiqib, xuddi o'ziga tepadan qarab turgandek bo‘ladi, yuqoriga koʻtarilib, butun manzarani kuzatish, odamlarning nima deyayotganini aniq eshitish va nima qilayotganini koʻrish kabi oʻta oydin hislarga ega boʻladi. Hatto uzoqda bo‘lgan odamlarning gaplarini ham eshita oladi. Masalan, bir ayol... U piyoda edi, mashina urib yubordi. Zarba shunchalik kuchli ediki, ko‘kragi yorilib, yuragi va o‘pkasi ko‘rinib qoldi. Paramediklar voqea joyida uni o‘lik deb e’lon qilishdi, ammo u tirik qolgan.
U o‘zini bulutlar balandligiga ko‘tarilganini his qildi, lekin baribir hamma narsani aniq ko‘rib, uning tanasiga nisbatan aytilayotganlarni eshitdi va qilinayotganlarni ko'rdi. Shundan keyin esa hatto bir necha ko‘chalar narida turgan odamlarning gapirgan gaplarini ham eshita olgan. Ha xuddi shunday. Shifokor sifatida men buni izohlashga ojiz edim, ammo qiziqib qoldim. O'sha paytlarda Londonda 2000 dan ortiq o'limga yaqin holatni boshdan kechirgan insonlar haqidagi ma'lumotlar to'plangan maxsus birlashma faoliyat yuritardi. Shu narsa meni ruhiy izlanishga boshladi. Inson tanasida faqat moddiy emas, yana boshqa bir dunyo narsalar bor edi. Bu esa — ruh edi.
Ba’zi odamlar buni tan oladi, boshqalar esa yo‘q. Hech qachon. Ammo shunday bo‘lsa-da... savolingizga javob qilib shuni ayta olamanki: bizning ichimizdagi eng mo‘’jizaviy, go‘zal narsa bu — takrorlanmas ruhimizdir. Yana shuni aytishim mumkinki: hayot. Bu shunchaki bizdagi go‘zallik, ya’ni tirik ekanligimiz haqidagi javob emas, balki bu ayni damda ateizmga qarshi kuchli raddiya hamdir. Ateizm tushunchasi, katta portlash va tabiiy tanlanish asosidagi evolyutsiya nazariyalari orqali qanday paydo boʻlganimizga qisman izoh berishga harakat qiladi. Ammo bu izoh to‘liq emas, chunki uning o‘zida ham javobsiz qolgan savollar juda koʻp.
Lekin ular javob bera olmaydigan yagona narsa — hayotning qayerdan kelganidir, to'g'rimi? Qisqa qilib aytganda, agar siz bu tushunchaga ishonsangiz, hammasiga ya'ni evolyutsiya qilgan o‘sha ibtidoiy hujayra yoki organizmning tirilishiga nima sabab bo‘ldi? Nima? Uni nima tiriltirdi? Hech o'ylab ko'rganmisiz? Alloh bizni hayot bilan sinaydi. Bilasizmi nima, U kofirga shunday deydi: "O‘lik tanani ol. Uni qayta tiriltir. Ruhni unga qaytadan joylashtir. Ruhini qaytarib, uni tiriltir." Insoniyat urinib ko‘rdi. "Frankenshteyn" uslubini sinashga harakat qilishdi. O‘lik hayvonlarni olib, ularning qismlarini bir-biriga qo‘shib ko‘rishdi, ammo ularni tiriltira olishmadi. Yo'q.
Eshitishimcha, Rossiyada ham xuddi shunday tajribani insonlar ustida o‘tkazishga harakat qilishgan. Bu rostmi, yolg‘onmi bilmayman. Uni tiriltira olmaysiz. Shunday ekan, hayotni qayerdan olasiz?