Towards Eternity
Blogga qaytish

“Men Xudo bilan shartnoma tuzdim!” - Rahim Jungning ta'sirli Islomga kirish hikoyasi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Esimda: "Ey alloh sen mavjudmisan yoki yo'q bilmayman, lekin men senga o’z turmush tarzimdan voz kechmoqchi emasligimni aytmoqchiman Meni hayotim juda ham yaxshi." Agar buni men uchun xohlasang, menga ko'rsatishing kerak. Boshim yorilib miyam ko'rinib qolgandi. Boshimning orqa tomoni butunlay ochilib qolgandi. Aytmoqchimanki bu aql bovar qilmas darajada edi. Keyin, tez yordam keldi. Men shunchaki o'tirgandim. Xushimni yo'qotmay yo'l yo'qasida o'tirgandim. Boshimga choyshab yopib qo'yishgandi. Keyin u choyshabni ko'tardi va mening boshimdagi jarohatlarni ko'rdi va shu zahoti uning ovozi o'zgardi. Menga zudlik bilan havo transporti kerak. Vertalyot kerak.

Assalomu aleykum birodarim Rahim, Taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur! Rahim Yang aslida kim? va bizga hayotingiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi? Men Londonda tug'ilganman. Mening kelib chiqishim tuil xil. Men juda ko'p sanoatlarda, turli xil lavozimlarda, turli xil ishlarni qilganman. Alhamdulillah, Alloh meni hayotning turli yo'nalishlari va vaziyatlariga yo'naltirdi. Va Inshallah, umid qilamanki bugungi munozara davomida bularning barchasini birma-bir ko'rib o'tamiz. Inshalloh. -O'sha paytda hayotingiz qanday edi? -U vaqtlarda men hechnarsaga ishonmayman deb o'ylardim Shunday qilib, biz haqiqatdan ham juda ochiq fikrli bo'lib tarbiya ko'rganmiz.

Shunday qilib meni otam, u islom diniga e’tiqod qilgan, lekin u biz anglagn va men hozir anglab yetgan, islom an’analariga ishonmagan. Onam esa faol ravishda dindan nafratlanardi. U dastlab bir Irlandiyalik bilan turmush qurgan va keyin ajrashgan, Katolik dini e'tiqodiga ko'ra ajrashishga ruxsat berishmaydi. Shuning uchun u cherkovdan chiqarib yuborilgan. Uni katolik dini e'tiqodidan butunlay chiqarib yuborishdi. Va keyin u otam bilan uchrashganida, odamlar buni qabul qilishmagan Va u dindor odamlarga qaraganda ularni ikkiyuzlamachi sifatida ko'rardi. U ularni faqat da'vat qilishadi ammo amal qilishmaydi deb bilardi. Shuning uchun biz uyda haqiqiy e'tiqod bo'lmagan bir muhitda ulg'aydik.

Shunday qilib, biz yaxshi fe'l-atvorga va yaxshi xulqqa ega bo’lishga va o’zimizni yaxshi tutishga o'rgatilganmiz, din esa ahamiyat ahamiyat kasb etmagan. Agar hozir o'tmishim haqida o'ylasam ehtimol men Xudo borligi yoki yo'qligiga, yoki boshqa diniy e'tiqodlar mavjudligiga shubha qilgan vaqtlarim bo'lgan. Yoshlik yillaringiz haqida gapirib bersangiz. Men 18 yoshimda har tomondan muvaffaqiyatsiz edim. Men maktabdagi barcha imtihonlarimda muvaffaqiyatsizlikka uchraganman Va men hohlagan narsa iloji boricha musiqa biznesida ishlash edi. Va Alhamdulillah, imkoni tug'ildi. Mening otam biznes bilan shug'ullangan va u bilan ishlagan odamlardan biri musiqa biznesida juda ko'p aloqalarga ega edi.

Va men u bilan gaplashdim va "iltimos menga qarang, Meni qo'lingizdan kelganicha shu sohaga olib kiring, meni shunchaki eshikdan kiriting, Qolganini o'zim eplayman, meni shunchaki eshikdan olib kiring dedim Va u kimdir bilan bu haqida gaplashdi va men musiqa reklamasi kompaniyasida ishlashni boshladim. Men judayam baxtli edim. Bu huddi dunyo eshiklari menga ochilgandek bo'ldi. Va bu meni, juda ham ajoyib bo'lgan keyingi ishim tomon yetaklab keldi. Men ishlayotgan kompaniya, Stevi Vonderni reklama qilish uchun shartnoma tuzdi, va uni boshqarayotgan asosiy shaxs, loyiha menejeri, menga qo'ng'iroq qildi va "Siz hozir ishingizni tashlab, men bilan ishlashni xohlaysizmi?" deb aytdi.

Men esa: "yahshi, bu nima bo'lishiga bog'liq", deb aytdim. U esa: "Biz shu yerda, Buyuk Britaniyada Motown Records kompaniyasini ochyapmiz" deb aytdi. Bu shunchaki orzuim amalga oshganidanda ko'prog'i edi. Motown - tarixdagi eng yirik yozuv kompaniyasi. Motown nomini shunchaki bo'lishi, ya'ni shunchaki Motown Records nomi tushirilgan tashrif qog'oziga ega bo'lish. Qayerga bormang siz bu tashrif qog'ozini ko'rsatasiz va u sizga eshiklarni ochib beradi. Va men ushbu kompaniyasining yangi versiyasini boshlash imkoniyatiga ega bo'ldim. Sizni Islomga yaqinlashishga olib kelgan eng muhim lahza qanday bo'lgan? O'ylaymanki, men uchun eng muhim lahzalardan biri men tom ma'noda bir bazm kechasda edim.

Musiqa va odamlar va hamma o'sha yerda edi, va bu katta bazm kechasi edi. Mening yaqindagina dindor bo'lgan amakim, o'shanda Ramazon oyi edi. Men hatto Ramazon oyi ekanligini bilmasdim ham. u kelib bazm kechasi o'tkazilayotgan uy eshigini taqillatdi va u meni u yerda ekanligimni bilar edi. Va u meni chaqirib,"Men bu kecha seni masjidga borishingni xoxlayman." deb aytdi. Men esa:"Men bu yerda o'rtoqlarim bilan o'tiribman", "Amaki, iltimos, qo'ying endi, boshqa kun" deb aytdim. U esa, "Yo'q, shu kecha" dedi. "Men bularni tark etolmayman" deb aytdim. U esa, "Men sen bilan bahslashayotganim yo'q, Senga aytyapman" dedi. men Laylatul-Qadr kechasi ekanligini bilmasdim.

Va u meni mahalliy masjidga olib ketdi. bu men Motown Records kompaniyasida bo'lganimda sodir bo'lgan. o'sha paytda mening hayotim umid qilganimdan ham yaxshiroq ketayotgandi deya olishim mumkin. Va men Qunutdagi duoni eslayman. men unga qo'shilmadim. Men masjidning orqa tomonida o'tirganddim va qandaydir kuchni his qildim. Amin, amin, amin... O'sha yerda o'tirib "Menga qara ey Xudo, sen u yerda bor yoki yo'qligingni bilmayman, Lekin senga shun aytamanki, Men o'z turmush tarzimdan voz kechmayman. Voz kechmayman. Hayotim juda ham yaxshi" deb aytganimni eslayman. "Agar sen buni men uchun xoxlayotgan bo'lsang, unda sen menga buni ko'rsatishinga to'g'ri keladi, deb aytdim.

"O'sha kundan boshlab, O'sha kundan boshlab, barchasi shunchaki orqaga, orqaga va yana orqaga ketishni boshladi. Men aqlimni yo'qotayotganimdan chin dildan qo'rqmagunimcha. Meni ishlarim yurishmayotgandi. Men ishlarimni uddalay olmayotgandim. Men buni uddalay olmadim. munosabatlarim yomonlashdi, hammasi chappasiga ketdi va mening karyeram ham chappasiga ketdi. Hammasi chappasiga ketdi. Va haqiqatan ham, hayotimni ostin-ustin qilib yuboradigan chalkashlikka kirib qoldim. Butunlay adashib qolgan edim. Va bir kuni amakivachchalarimdan biri meni olib, yana o'sha ishni qilganini eslayman. Xuddi o'sha narsa, amakimning o'g'li meni masjidga olib bordi.

U meni qandaydir bir imon bilan uchrashtirishga olib bordi. Va imon ham menga xuddi o'sha narsalarni aytishda davom etganini eslayman. U so'zlab berayotgandi. U aniq maqsadsiz sayohat qilishni aytishda davom etardi. Va men harakatlanayotganimni his etardim, lekin qaysi tomonga ketayotganimni bilmasdim. Hayotdan maqsadimni nima ekanligini bilmas edim. Men nima muhimligini bilmas edim. Esimda men o'sha ishda bo'lgan vaqtimda o'z stulimda uxlab qoldim. Va men shunchaki uyg'onganimda eslayman, Va birodar, men tushuntira olmyadigan bir shunaqangi his tuydimki. Men koinotning o'rtasida hech narsasiz suzib borayotgandek his qildim o'zimni. Kimligimni bilmasdim, qay tomonga ketayotganimni bilmasdim.

Nima sodir bo'layotganini ham bilmasdim. Shunchaki shu tanazzulni, tanazzulni his etdim. Islomda sizni eng ko'p ta'sirlantirgan narsa nima edi? Ikki narsa, boshida meni juda ham ta'sirlantirdi. Birinchisi, Men ko'rgan odamlarda. O'z oilamda, yon atrofda, e'tiqodiga amal qilmayotgan odamlarni bilardim. Ularning hech biri dinga amal qilmasdi. Biz kengroq oilada ulg'aymaganmiz. Hech kim. Lekin men o'zgargan odamlarni ko'rganimda, ularda doimo boshqalarni tark etgan mamnuniyat va tinchlikni ko'rardim. Bu menga juda ham katta ta'sir o'tkazdi, ayniqsa jiyanim, men uni yo'qlagani borganimda. Aytib o'tganimdek, u bolali ayol bilan turmush qurgandi. Uning bir chaqasi bo'lmasada mendan baxtliroq edi.

Va men musiqa biznesida juda ko'p pul va mashhurlar bilan ishlayman, u esa mendan baxtliroq. Keyin nima bo'ladi? Ikkinchisi, u men bilan gaplashganda. men unga "yahshi, bunisiga nima deysan? bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi" Xudo qanday qilib buni qiladi? Va nima uchun Xudo bunday qildi va nima uchun payg'ambar? Men undan bularni so'rashimni sababi ishonishni xohlamas edim. U doimo javoblarida,"Alloh taolo Qur'onda bunday deb aytgan. Pay'g'ambarimiz (s.a.v) bunday deb aytganlar. U men bilan biror marta ham o'zining aqli bilan yoki sabablari bilan kelib chiqib bahslashmagan. Va bu doimo eng to'g'ri javob bo'lar edi. Va men... Qanday qilib u doimo to'g'ri javobga ega bo'lishi mumkin?

shu haqida uylardim, bu juda ham hayratlanarli edi. Bilasizmi, u hech qachon fikridan kelib chiqib bahslashmasdi, Qur'on yoki sunnatdan misol keltirib gapirardi. Qanday hodisalar sizni o'zgarishga majbur qildi? Hamma narsani o'zgartirgan o'sha lahza esimda. Kunini ham aytishim mumkin. 1993 yil 5 oktabr sanasi edi. Bardaa ba'zi do'stlarim bilan edim va qanaqadir qo'rquv iskanjasida qolganimni his etdim. Birinchidan, hech qachon bunday narsani boshdan kechirmagandim. Shunchaki bundan qochib chiqib ketishni xohladim. Shundan so'ng qayerga qochaman deb o'yladim. Va men u yerga borganimda, o'zimni xuddi shunday his qilganmanki. O'zimni xuddi yer yorilib meni yutib yuborayotgandek his qildim.

Va uyimga qarab mashinamda yo'l oldim. Hatto uyga qanday qilib yetib borganimni bilmayman. Birinchi martta duo qildim va men nima deyayotganimni bilmas edim. Nima qilayotganimni bilmas edim. Lekim buning bir qiziq tomoni bor. Bu hayotimni qaysi nuqtasida bo'lganimni ko'rasatadi. Men,"Yo Alloh, iltimos, menga yordam ber" deb aytdim. Va men kelishuv tuzdim. "Menga quloq tut, agar sen meni hozir qutqarsang, aqldan ozishdan qutqarsang, Ikki hafta ichida barcha harom narsalarni tark etaman" deb aytdim. Buni aytganimni sababi, bundan ko'ra ko'proq narsa uchun taslim bo'lish men uchun aql bovar qilmas edi.

Va men, "Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, bu yetarli emas, "Ey Alloh, agar sen meni qutqarsang, 1 oy ichida barcha harom narsalarni tark etaman" deb aytdim. Keyin esa, "Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q. Bu juda uzoq, juda uzoq, juda uzoq" deb aytdim. So'ng, "Xop, yaxshi uch hafta" deb aytdim. Men "Ey Xudo, agar sen meni hozir qutqarsang , Men barcha harom narsalarni kelayotgan uch hafta ichida tark etaman" deb aytdim. Men harom bo'lgan biror narsaga yaqinlashmayman. Bu men haramni tark etishga qaror qilgan birinchi kunim edi. Va albatta, uch haftadan so'ng bu juda daxshatli edi. Yaxshi tomonga o'zgarmagan edim.

Shunday qilib, keyin ayta boshladim, chunki o'sha paytda men dua qilishni boshlagan edim va xatto Qur'onni ochgan edim. Men birinchi marta Qur'onni ochganimni eslayman, albatta, hanuzgacha hayotimdagi eng muhim sanalgan oyatlardan birini eslayman. "Fa inna ma'al usri yusran, inna ma'al usri yusra". Shunday qilib, siz duch kelayotgan qiyinchiliklar nihoyasiga yetadi. Bularning barchasi oʻz yakuniga yetadi. Va men shunchaki o'shanigina saqlab qolib, yodimda tutganimni eslayman. Hamma narsa singari, men ham bu oyatga yopishib, ehtimol bu inqirozdan keyin biroz yengillik bo'lar degan o'yga bordim. Sizni Islom 100% haq ekanligiga ishontirgan narsa nima edi? Sizga rostini aytaman.

O'ylaymanki, agar siz biz kabi turli xil mafkuraviy kelib chiqishi bilan o'sgan bo'lsangiz va hozir ham mening akam, u agnostik, balki ateistdir. Mening singlim Buddist. Bilasizmi, mening qaynotam Yahudiy. Qaynonam Ateist. mening oilamdagi eng yaqin insonlarimning aksariyati dindor emas, va mening eng yaqin do'stlarim bilan ham ahvol shunaqa. Lekin men uchun, e'tiqod sari yo'l - bu doimiy sayohatdir. Bu muntazam ravishda imtihonlardan o'tish va shayton qulog'ingizga shubhalar shivirlashi demakdir. Shunday qilib, rostini aytsam, mening sayohatim to'g'ri yo'nalishda bo'lmagan. Bu shunchaki to'g'ri bo'lmagan. Yana, yana va yana.

Mening xayolimda u goh tepaga, goh pastga, goh tepaga va yana goh pastga tushdi va men Islomning to'g'ri yo'liga amal qilyapmanmi yoki haqiqatan shunchalik taqvodor bo'lishim kerakmi, degan savollar iskanjasida qolgan inqirozli davrlarini boshdan kechirganman. Yoki bu kichik gunohlar unchalik yomon emasdir? Yoki, gap, har doim Qur'onda bo'lgandir. Qur'on. Qanday qilib bu kitob qodir bo'lishi mumkin? Qanday qilib biz o'z qo'llarimizda mo'jizani tutib turishimiz mumkin? Qanday qilib Muhammad (s.a.v) hammasini bilishi mumkin? U o'qishni ham, yozishni ham bilmasdiku, uning ma'lumoti yo'q eduku.

Qanday qilib u o'nlab yillar va asrlar davomida ro'yobga chiqadigan juda ko'p narsalarni bashorat qilgan bo'lishi mumkin? Bu qanday bo'lishi mumkin axr? Demak, men uchun har safar, ya'ni, meni qaytaradigan narsa, shubhasiz bu Qur'ondir. Qur'on haqida qancha ko'p bilimga ega bo'lsak, ilm-fan, matematika va kompyuterlar haqida ham shuncha ko'p bilimga ega bo'lamiz. Uni qancha ko'p tahlil qilsak, shuncha ko'p mo'jizalari, chiqib keladi. Demak, shayton kelganida, men shunday deyman: Auzu Billahi Minash Shaitan Rajim to'g'ri kelgan eng so'ngi narsalar nima edi? Haqiqatan ham, men munosabatlarimni tark etishga qaror qilgan payt edi o'shanda.

Menda bo'lgan munosabatlar, uyga qaytish va ota-onam bilan yashash. o'sha payt men uchun muhim bo'lgan, chunki men allaqachon ibodat qilardim. ro'za tutardim va ko'pgina harom bo'lgan narsalarni tark etgandim. Lekin men hali ham avvalgi munosabatlarda edim. Esimda, "men qila olmasdim, bomdod namozini o‘qish uchun uyg'ona olmasdan keyin yana yotib uyquga ketardim. Bu, shunchaki, men boshqa qila olmaydigan narsa edi. Ongimda, sen buni qila olmaysan buni qila olmaysan, buni qila olmaysan, degan habarlar bor edi. Lekin men hali ham buni qilayotgan edim, bilasizmi? Ammo men o'zimni shunday his qilardim.

Men buni juda aniq his qildim va men bunga e'tibor bermaslikka harakat qildim, lekin bu men uchun juda aniq edi. Ayni damda men Islomda o'z yo'limni topishga 100% ishonardim. Boshqa, ortiq umuman haromga bormayman. Men bunday narsalarni tark etishim lozim. Va men uhchun bu hal qiluvchi nuqta edi. Oila a'zolaringiz va yaqinlaringiz bunga qanday munosabatda bo'lishdi? Xo'p, otam xavotirda edi. Uni Islom xavotirga solmasdi, balki mening ekstremizmga qo'shilishimdan xavotirlangan. Onam uchun bu juda katta narsa edi. Haqiqatda juda katta narsa edi. Va bu bizning munusabatlarimizga bir necha yillar davomida ta'sir o'tkazib keldi. Onam bundan chindan ham zarar ko'rgan edi.

Musulmon, nasroniy yoki boshqa din vakillari bo'lishidan qat'iy nazar, u dindorlar bilan bo'lgan munosabatlardan zarar ko'rgandi. U bundan zarar koʻrgan. u musulmonlarni uchratganida, ko'pincha ular unga nisbatan juda tajovuzkor bo'lishardi va u chindan ham xafa bo'lardi. u menga baqirardi, men aqldan ozganimni, hayotimdagi zaif bir lazhzasida ekanligimni va odamlar mendan foydalanayotganini aytardi. Hatto men ibodat qilayotganimni ko'rganida ham, u har doim xafa bo'lardi, agar u meni kimdirga "Assalomu alaikum" deyishimni eshitsa ham, "Ey Xudo, sen sen butunlay aqldan ozgansan” deb aytardi. U uzoq vaqt davomida mendan xafa bo'lib yurdi. Onangiz bilan munosabatlaringiz qanday davom etdi?

Vaqt o'tishi bilan u o'z fikrini o'zgartirib o'zini Islomga yaqinroq his qildimi? Bu mening hayotimdagi eng ajoyib mo'jizalardan biri. Onamning qalbida doimo nimadir bor edi. dinga, e'tiqodga va dindor odamlarga qarshi bir narsa edi. Va bu narsa o'zgarmadi. Hattoki 15 yildan keyin ham. Agar men ibodat qilsam, u o'sha yerdan "Ohh!" deb o'tib ketardi, Ammo u kasal boʻlib qoldi, saratonga chalindi. Unda saraton kasalligi bor edi. Va bu shunchaki tasodif edi. Bu haqiqy tasodif edi. Men kasalxonaga uni ko'rishga bordim va u yerda faqat men va u edik. Shifokor yomon xabar bilan kelib, uning qo'lini tutdi va u "Menda yomon xabar bor" dedi Va onam unga shunchaki qaradi va "Qancha qoldi?" deb aytdi.

Doctor esa, "bir narsa deyish qiyin" dedi. Men o'sha yerda o'tirgandim. Menimcha, biz oylar emas, haftalar haqida gaplashyotgan edik. Bu juda dahshatli edi. Men oyimga "Alloh sizni kechiradi" deya ayta olmayotgandim. Keyingi hayotimda Alhamdulillah. Men oyimga, "Alloh sizni sabringiz uchun mukofotlaydi" deb ayta olmasdim. Men hech narsa deya olmas edim sababi u ishonmasdi. Men unga: "Bizning kelib chiqishimizda bir an'ana bor, ya’ni biz hammamiz sayohatchilar ekanligimizga ishonamiz" - deb aytdim. "Bu hayotda biz shunchaki daraxt ostida o'tirib, biroz dam olamiz va bir nuqtada barchamiz o'rnimizdan turib, sayohatimizning keyingi bosqichiga o'tishimiz kerak" deb aytdim.

U menga qarab: "Menga bu yoqdi", dedi. Va bu, uning qalbiga taʼsir qildi. So'ng keyingi voqea sodir bo'ldi. Mashallah. Mening amakivachcham, o’sha biz juda yaqin bo'lgan odam. U elektron xat jo'natdi, chunki onam unga onasi kabi bo'lib qolgandi. Bilasizmi, elektron pochtangizning pastki qismida sizda kichk bir shior bo'ladi. O'sha paytda u Nobel mukofoti sovrindori Jorj Bernard Shouning iqtibosini keltirgandi. Va mening onam Bernard Shouni yoqtirardi. U doimo Bernard Shouning iqtiboslarini keltirardi. Va gapning xoshiyasidagi iqtibosda Jorj Bernard Shou bu iqtibosni payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) haqida keltirib o’tgandi.

U: "Agar kimdir bu dunyoning muammolarini hal qila olsa, bu insonlarning najotkori Muhammad (s.a.v) dan boshqa hech kim bo'la olmaydi" deb aytgan edi. Va mening amakivachcham bu iqtibosdan imzo sifatida foydalanardi. onam mendan "Bu nima?" deb so'radi. Va u oldimga kelib, "Jorj Bernard Shou Muhammad (s.a.v) haqida shunday deb aytganini bilarmiding?" deb so'radi. Men "Ha" deb aytdim. Shunday qilib, asta-sekin, asta-sekinlik bilan, eshik ochila boshlagandi. Lekin shunga qaramay men haliyam u Musulmon emas deb o'ylardim. Shundan so'ng u oldimga kelib "Sen bilan jiddiy gaplashib olishim kerak" deb aytdi.

U shunday dedi: "Menga qara, akang bilan singlingga, o‘lganimdan keyin meni kuydirishlarini xohlashimni aytganman. Bu mening xohishim." "Bilaman, sen buni qiyin deb bilasan", deb aytdi. Men: "Muammo yo'q" bu xohishingiz deb aytdim. "Lekin shoshmang" "amaliy jihatlari haqida o'ylab ko'rdingizmi? dedim. U: "nima nazarda tutayapsan?" deb so'radi, Men esa "Agar siz shu yerda, bizning uyimizda jon taslim qilsangiz, "Sizni olib ketish uchun notanish kishilar kelishadi" dedim, U esa, "Kim u odamlar?" deb so'radi.

Men: "Ular shunchaki pul evaziga dafn etuvchilardir va Ular kelib, sizni olib ketishadi", "So'ng ular sizni yechintirishadi", "Shundan so’ng ular tanangizni saqlab turish maqsadida kimyoviy moddalar bilan to'ldiradilar", Va yana "ular yuzingizni pardozlashadi, so'ng sochingizni turmaklashadi, keyin esa sizga ko'ylak kiydirishadi", "Va bu jarayonga odatda bir yoki ikki hafta vaqt ketadi" dedim. U menga: "Hmm!" dedi, va "Boshqa qanday yo'li bor?" deb so'radi.

Men esa: "O'g'illaringiz sizni ko'tarib ketadi va hech kim sizni ko'rmaydi va qadr-qimmatingiz har doimo saqlanib qoladi", "U holda sizni mahalliy markazga olib borishadi", "Qizlaringiz sizni yuvadilar", "Va siz oddiy oq matoga o‘ralgan bo‘lasiz", "Bir kun ichida yerga ko‘milasiz", deb aytdim U esa:, "Bu aynan men xoxlagan narsa" dedi, "Men aynan shuni xoxlayman" dedi. Va Alhamdulillah, u singlim bilan akamga qo'ng'iroq qildi va ular bunga ishona olishmasdi. Sababi ular onamni na Islomni va na dinni xushlamasligini bilishardi. endi, menda bir muammo tug'ilgan edi. U Musulmon emas axir, mana shu menga myammo bo'ldi. Yaxshi. "Endi nima qilsam bo'ladi deb o'ylayotgandim".

Bularning hammasi mening hayolimda, "Endi qanday yo'l tutaman?" - degan savol aylanardi. Onam musulmon emas lekin u musulmoncha dafn etilishini xohlayapdi. Men imomning oldiga borib, onamning janozasini o’qib bering deb aytolmayman chunki u musulmon emas. Qanday yo'l tutsam ekan? Shunday qilib, men barcha imkoniyatlarimni ishga solishga qaror qildim. Bu juda qiyin edi sababi juda ko'p odamlar tashrif buyurayotga edi. Men shunchaki hamma ketishini xohlayman. Chunki onam bilan yolg'iz gaplashishim kerak edi va men birinchi imkoniyatga ega bo'ldim chunki u hamshira edi. Uning sevimli narsasi tibbiyot edi. U inson tanasidan hayratlanardi.

Bir kuni unga shunday dedim: "Bilasizmi, inson tanasi qanchalik ajoyib ishlaydi". "Sizningcha, bu shunchaki tasodif emas, balki mohir ijodkor tomonidan yaratilgan boʻlishi mumkinmi?" - deb soʻradim. "Ha, menimcha shunday", deb javob berdi u. "Yaxshi" dedimda, Men uni tark etdim". Keyingi safar yana keldim. Yana odamlar kelib-ketar, kunlar o'tib borardi. Uning to'rt yoki besh kunlik umri qolganmi yo'qmi buni bilmasdim. Men gaplashish uchun imkoniyat qidirayotgandim. Men: "Bilasizmi, biz oxirgi marta yaratganning imkoniyati haqida gaplashgan edik" dedim.

Fikringizcha, yaratgan bizga yo'l ko'rsatishi uchun Iso kabi, Ibrohim kabi, Muso kabi va Muhammad (s.a.v) kabi yaxshi va solih odamlarni yuborgan bo'lishi mumkinmi?" deb savol berdim. U "Yo'q, yo'q" deyishidan juda qo'rqardim. U esa: "Menimcha, ha" deb aytdi. Ana endi, mening qalbimga bu yetarli edi. chunki agar men unga Shahodat keltiring deb aytsam, u "Nima?” deyishi mumkinligidan qo'rqardim? Men buni aytmayapman." Va keyin men qotib qoldim. Qalbimning tub-tubida bu yetarlideb o‘yladim. Alhamdulillah. Men imomga mening onam Muhammad (s.a.v) ga va Allohga iymon keltirganini aytaman, Alhamdulillah. Bu yetarli. Biz uni dafn qilishimiz mumkin.

Shunday qilib men pastga tushib xotinim va o'g'limga: "U xudoga ishonaman” - deb aytdi, Alhamdulillah”, U paygʻambarlar borligiga ishonishini aytdi. shuni o'zi yeatdi". dedim. O'g'lim esa: "Bu yetarli emas, men borib gaplashaman dedi. Va u tepaga chiqib ketdi. U yerda 5 soat qolib ketgandek tuyuldi. Men shunchaki u yoqdan, bu yoqqa yurardim. Va u keldi. Men buni qancha uzoq davom etganini bilmayman. Va "Nima bo'ldi?" deb so'radim. U, "Ha, hammasi joyida, U Shahodat keltirdi" deb aytdi. Allohu Akbar. Allohu Akbar. Shunday qilib u Shahodat keltirdi, Mashallah. Arab tilida. -Alhamdulillah Bu mening hayotimdagi eng buyuk mo'jiza. Va Alhamdulillah u Musulmonlar qabristoniga dafn etildi.

Alhamdulillah. Musulmon bo'lganingizdan so'ng siz duch kelgan eng qiyin vaziyatingiz qanday bo’lgan? Men uchun eng katta muammo bu musiqa biznesiga qayta olmasligimni bilish edi. Bu mening orzuim edi. Mening hayotim, karyeram edi. Men bilgan hamma narsa shu edi. boshqa biror ish qilib ko'rmagandim. Men pitsa yetkazib berish va shu kabi boshqa ishlarni qilib ko'rganman. biroz muddat taxi haydovchisi bo'lib ham ishlaganman. lekin men to'g'ri karyera qilgan yagona soha bu musiqa biznesi edi. O'sha vaqtarda men u sohaga qayta olmasligimni bilardim. buning sababi... Ishimning ko'p qismi tungi klublarda o'tardi.

qaysidir ma'noda unga yana qaytishdan qo'rqardim, orqaga qaytishdan qo'rqardim, chunki men uchun u yoki buni tanlash kerakligini bilardim, agar musiqa biznesiga qaytsam, Islomni yo'qotgan bo’lardim. Bu men uchun eng qiyin narsa edi. Hech qanday malakasiz, hech qanday tajribasiz hayotimni yangitdan boshlashim kerak edi. Yangi karyera, yangi yo'l topish uchun harakat qilishim kerak edi. Va bu juda ham qiyin edi. Ancha vaqt mobaynida bu qiyin bo'ldi. Islomga kirishingizdan avval hayotdagi maqsadingiz qanday edi? va keyin qanday bo'ldi? Islomga kirishimdan oldingi hayotdan maqsadim bo'lmagan. Bu menga o'sha imom aytib bergan narsa, manzili yo'q tomonlarga sayohat qilish.

Siz shunchaki hayvondan farqingiz yo'q. Hayvon nima qiladi? Hayvonda ochlik hissi bor. U oziqlanadi. Cho'milish xonasiga borishga ehtiyoj sezsa, boradi. Hayvon qo'rqqanda, qochadi. jahli chiqsa, baqiradi. Shunchaki nafsiga, xohish-istaklariga javob qaytaradi. Mana hayvonlar nima qilishadi. Alhamdulillah. Alloh ularni shunday yaratgan. Muammosiz va Yo'l-yo'riqsiz, biz hammamiz shunday qilyapmiz. Biz faqatgina keyingi keladigan ta'sirga javob beramiz. Men hayotimda band bo'lgan narsalarning hammasi shundan iborat. Baxt ortidan quvish, hayotdan rohatlanish, tengdoshlarning bosimiga javob qaytarish. Alhamdulillah, Islom bilan esa, abadiy istiqbolga ega bo'lasiz.

Yuvinish xonasiga qanday kirishimga ta'sir qilishi mumkin. Mening stol oldida o'tirish usulimdan maqsadim bor. Men ohista o'tirmoqchimanmi? Men kimnidir bezovta qilamanmi? Men o'ng qo'lim bilan ovqatlanmoqchimanmi? Sizda maqsad, yo'nalish va ma'no bor, bu siz tomoningizdan emas, vahiy tomonidan, yo'l-yo'riq orqali boshqariladi. Sizda Alloh bilan o'zgacha bog'lanish, ayniqsa siz uning himoyasi borligini his qilgan g'ayrioddiy voqea bo'lganmi? Ha, Allohga hamd bo'lsin, uning yo'l-yo'rig'i bilan, lekin men tanlagan narsa orqali emas. Men ko'plab musulmon hayriya tashkilotlari bilan ishlash sharafiga mavaffaq bo'ldim. Men doimo sadaqa qilishdagi mo'jizani ko'raman.

Men hayriya ziyofatida edim va ziyofatda muayyan sabab uchun pul yig'ilayotgandi. Va men sizga bu sabab nima bo'lganini aytaman. Men ma'lum miqdorda pul bermoqchi edim. Ma'lum miqdordagi pulni berish uchun tayyorlab keldim. Bu hayriya ziyofati ekanligini bilardim. Va men xotinimga: "qarang, bu juda noyob narsa, Tasavvur qiling biz bir insonni qutqaramiz. Aslida biz faqat bittasini qutqaramiz", "Keling ko'proq beramiz" deb aytdim. U ham, "Yaxshi, keling ko'proq beramiz" dedi. Biz bermoqchi bo'lgan miqdorimizdan 6 barobar ko'proq berdik. Bir necha kundan so'ng, men sayohatga chiqdim.

Biz Yangi-Zelandiya va Avstraliyada bir nechta filmlarni suratga olayotgandik va xayriya ishlari bilan shug'ullanayotgandik. Yangi Zelandiyaga qaytayotganimizda bir kun bo'sh vaqtimiz boor edi va u yerda sayohat qilib ajoyib g'orlarga bordik. Bular Maori g'orlari edi. Biz u yerdan qaytayotgandik va bir baxtsiz hodisa yuz berdi, men mashinadan otilib chiqib ketdim, eshik ochildi va men 100 kilometr/soat tezlikda harakatlanayotgan mashinadan otilib chiqib ketdim, va boshim bilan yerga urildim, Mening boshim yorilib ketganini sezdim. Boshimning orqa tomoni butunlay ochilib qolgan edi. Aytmoqchimanki, bunga aql bovar qilmaydi, chunki men yo'l bo'ylab dumalab ketdim. Yo'l bo'ylab...

Hamshira kelgani esimda, tez yordam keldi, men u yerda o'tirgan edim. Men xushumni yo'qotmagandim. Men o'sha yerda, yo'l bo'yida o'tirgandim. Boshimga cho'yshab tashlab qo'yilgan edi, va dastlab u kelib meni orqa tominimdan ko'targanini eslayman, va orqamnimg terisi butunlay sidirilib ketgandi. U: "Bu juda og'riqli bo'ladi", dedi. So'ng u mening boshimdan choyshabni ko'tardi, u boshimdagi jarohatlarni ko'rdi va darhol uning ovozi o'zgardi va u "Zudlik bilan menga havo transporti kerak” dedi. Zudlik bilan bizga vertolyot kerak. Yo'lning yoqasida keng ko'lamli bosh jarohatlari.

Zudlik bilan menga havo transporti kerak." Va ular vertolyot jo'natishdi va meni vertolyotda olib ketadigan bo'lishdi. Falokat sodir bo'lgan paytdan boshlab Alloh taolo mening yaxshi ekanligimni biladi. Mening yuragim hotirjam edi. Meni ko'rgan har bir doktor menga bir xil narsa aytardi. Ular: sen mo'jizaviy tarzda omon qolding, deb aytishardi. Kasalxonada bo'lganimda, meni miyam shikastlangan yoki yo'qligini tekshirib ko'rishdi. Ular umuman miya shikastlanish alomati yo'q deb aytishdi.

Va men qalbimda bu mo’jiza nima uchun ekanligini 100 foiz bilardim, chunki men Yangi Zelandiya va Avstraliyaga kelishimdan bir necha kun oldin bo'lib o'tgan xayriya kechasi G'azo aholisi uchun exson qilganman. Bu 2014 yil sodir bo'lgan. Siz 2014 yilda G'azoga qilingan hujumlarni eslay olasizmi, hayriya G'azo aholisini miya shikastlanishidan himoya qilish uchun miya bosimini o'lchovchi sensorga edi. Bu hayru-ehson aynan shuuning uchun edi. Bu ularni himoya qilish uchun edi. Va men xotinimga: "Tasavvur qiling, biz bitta odamni miya shikastlanishidan qutqaramiz" deb aytgandim. Alhamdulillah! Men bilaman, Men 100 foiz bilardimki, mening hayr-ehsonim o'zimni qutqardi, Alhamdulillah.

Bu mening sadaqam edi. Payg'ambarimiz (s.a.v) qaysi fazilatlari sizni ta'sirlantiradi? Ikkitasi, haqiqatdan ham. Bilasizmi, U payg'ambarlar podshohi bo'lishi mumkin edi. Bu uning tanlovi edi. U Dovud alayhi salaam va Sulaymon alayhi salaam kabi bo'lishi mumkin edi va shoh bo'lishi mumkin edi, saroylari bo'lishi mumkin edi va Dunyo taklif qiladigan barcha boyliklarga ega bo'lishi mumkin edi. Va u shunda ham Allohning (eng suyukli) bo'lishi mumkin edi. Uning fazilatlaridan biri shundaki, u bu dunyoga hech qanday muhabbat yoki bog'liqlik tuymagan. U bor narsasini boshqalarga berdi. Allohning Rasuli "Kambag'al bo'lib, miskinlar bilan qolishni" so’rab duo qilganlar.

Va u kishi: "Men bu dunyoda ham, oxiratda ham ular bilan bo'laman" deb aytganlar. Subhanalloh. Bu qanday... Qaanday xislat? Shunday inson bo'lishi mumkinmi? Subhanalloh. va uni... Kechirasiz, va Uning rahmdilligi, mehribonligi va rahm-shafqati. Bu qanday bo’lishi mumkin axir, siz ustingizdan axlat ag’dargan odamning sog'lig'i haqida qayg'urasiz, ayol sizning ustizdan axlat ag’daradi siz esa uning farovonligi, sog'lig'i haqida qayg'urasiz? Qanday qilib bunday narsa inson qalbida boʻlishi mumkin? Bu darajada rahm-shafqat, bu darajada hamdardlik.

Qanday qilib eng sevikli qarindoshlaringiz, sizga yaqin bo'lgan odamlar, eng yaxshi do'stlaringiz azob-uqubatga duchor bo'lsa va o'ldirilsa, qanday qilib siz hech qanday qasos olmaysiz, ularni kechirasizmi? Qanday qilib? Subhanalloh. Rahm-shafqat darajasi, uning qalbidagi poklik darajasi. Subhanalloh. Ayni damda qanday loyihalar ustida ishlamoqdasiz? Xullas, Alloh meni yorlaqadi. Ayni damda men bir qator hayriya tashkilotlari bilan ishlamoqdaman. Men "o'qish asoslari" jamg'armasi nomli hayriya tashkilotining elchisiman. Ular ta'limga ixtisoslashgan. Ular Suriya qochqinlari bilan ishlashadi. Ularda avtobusda joylashgan maktablar bor. Chunki, lagerlarda maktablar yo'q.

Shunday qilib, ular avtobus maktablarini qurdilar va avtobus barcha qochqinlar lagerlariga borgan. Mashallah. Bu avtoobuslar lagerdagi bolalar uchun to'liq sinf xonasini ta'minlaydi. Alhamdulillah, men bu loyihada ishtirok etyapman. Shuningdek, men yaqinda Islomiy kanal bilan birgalikda eshittirishlarni boshlayman. Shu bois, Allohni ulug'lab, buni intizorlik bilan kutyapman. Chunki biz bu qanday bo'lishini va aynan qanday ko'rinishga ega bo'lishi ustida ishlayapmiz. Xullas, Buyuk Britaniyada ingliz tilida "Oddiy Siyrat" deb nomlangan kitob chop etildi. Bu kitob dinga unchalik Amal qilmaydiganlar yoki endigina kirib kelganlar va Payg'ambarimiz hayoti haqida ko'p narsa bilmaydiganlar uchun.

Ular audio kitob yozishni istaydilar va buni hikoya qilib berish uchun Inshalloh, meni ovozimni tanlashdi. Men ham bu loyihani orziqib kutyapman. Alhamdulillah. Oxirgi fikrlaringiz sifatida nimalarni aytmoqchisiz? Alhamdulillah. Men o’zimga haqiqatdan ham maslahat sifatida eng avvalo asosiy narsalarga qaytishga davom etishim kerak deb aytaman. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning hayotlari. Bizga ilhom kerak bo'lganda, u kishi odamlar bilan qanday munosabatda bo'lganlarini ko'rib chiqamiz, u kishi bolalarga qanday munosabatda bo'lganlar? xotinlariga, oilalariga qanday munosabatda bo'lganlar?

Uni misolini qanchalik ko'p o'rganishimiz mumkin bo'lsa, shuncha yaxshi va biz buni osmos usuli bilan o'rganmaymiz. Biz o'qishimiz kerak. Biz buni o'rganishimiz kerak. Siz bu haqida o'qishingiz kerak. Siz Alloh sari, Uning Rasuli(s.a.v.)ga yaqinlashishga harakat qilishingiz kerak, shunda Alloh biz tomon yugurib keladi. Hayotimdagi tajribam shuni ko'rsatadiki, har safar siz Alloh tomon kichik qadam tashlaganingizda Alloh sizga qarab yuguradi, va qiyinchilik paytingizda, u sizni yorlaqaydi. Bu Alloh taolo sizga bergan turtkidir va u yana va yana qaytib kelib sizga turtki beraveradi. Va bilasizmi, yoshlar orasida men ko'rgan eng katta narsa bu shaytonning hiylasidir.

Chunki mening qiz do'stim bor, yoki marixuana chekaman, yoki spirtli ichimliklar ichaman, yoki tungi klubga boraman yoki shunga o'xshash... shundan so'ng Islom men uchun emas. Men to'la e'tiqodaga ega bo'la olmayman, buni qila olmayman. Bu yolg'on. Hech kim undan narida emas. Darhaqiqat, gunohkorlar uchun Islom bor, adashganlar uchun ham Islom bor. Bu hech narsasi bo'lmagan odam uchun. Bu umidsizlikka berilgan kishilar uchun. Mana u kimlarga atalgan. Alloh doimo, doimo bor. Shuni unutmaylik. Agar siz biron narsa qila olmasangiz, hech narsa qilmang. Qo'lingizdan kelsa yaxshilik qiling, hatto bir qadam tashlagan bo'lsangiz ham, siz yaqinlashasiz.

Bu qadamni qo'shishda davom eting, Inshoalloh, Alloh bu ishni sizga oson qiladi.