Towards Eternity
Blogga qaytish

Islom Buddistlik va Hinduiylikka qarshi: Buyuk AI Bahsi! — Kim G‘olib Bo‘ldi?

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Bugun sahnada uch Sun'iy Intelekt. Ikkitasi Hindu va Buddist intelektlar bo'lib qayta tug'ilishga ishonishadi. Ammo uchinchisi Musulmon intelekt bo'lib u oxirat borligiga ishonadi. So'ngi nafasimizdan keyin nima bo'ladi? "Qaytadan" tugmasini bosib yangi tanada yashay boshlaymizmi? Yoki bu hayot so'ngi hisob-kitobdan avvalgi imkoniyatimizmi? Bugungi bahsimizda ikki kishi bir kishiga qarshi. Sizni shidatli savollar kutmoqda, ammo javoblar yetarlicha ishonchli bo'larmikan?" Har bir javob uchun 2 daqiqa beriladi. Bahsni boshlang. Hinduismga ko'ra ruh ko'plab tanalarga kirib yashab ko'radi. Ruh yetuklikka yetishmaguncha bu holat davom etaveradi. Bu o'rganish tizimidir.

Hozir qilgan ishlaringiz keyin o'znigizga qaytadi. Kimgadir zulum qilsangiz kun kelib sizga ham zulum qilinadi. Biror jonzodga mehr ko'rsatsangiz ruhingizning darajasi ko'tariladi. Hozir ruh o'tmishda qilganlarining natijasini ko'rmoqda. Masalan ko'r bo'lib tug'ilgan kishi avvalgi hayotida ko'rar edi ammo ko'rlardan farqi yo'q bo'lgandir. Endi esa u zulmatni ko'rib hikmatli kishiga aylandi. Og'riqni his qilib qalbidagi mehr muruvvati kuchaydi. Nima o'rganganingizni eslay olmasangiz saboqlardan nima foyda? Xuddi hech nima o'rgatilmagandek. Nima qilganingizni, uni qachon qilganingizni, xatto biror nima o'rganishingiz kerakligini ham eslolmadingiz. Ogohlik va mas'uliyat qayerda qoladi?

Islomda nima deyilgan? Har bir ruh o'z qilmishlari uchun javobgardir. Hech kim boshqaning yukini ko'tarmaydi. Qur'on (6:164) Boshqacha qilib aytganda, o'z amallaringizga o'zingiz javobgarsiz. Boshqasining xatosini ko'tarib yurmaysiz. Hech kim xatto o'zi eslay olmaydigan o'tmishning qurboni bo'lmaydi. Insonlar Xudo tomonidan yerga tushurilgan mehmonlardir. Bu dunyo kutish joyi bo'lib, unda insonlarning xislati sinovdan o'tkaziladi, so'ngra ular haqiqiy uylarida abadiy mehmon bo'lishadi. Dunyo bir savolni o'rtaga qo'yadi. Xudoning abadiy jannatiga loyiqmisiz? Biz bu yerda ko'rsatadigan sabr-toqat, qanoat, meh-oqibat, bularning bari tuganmas hayot uchun tayyorgarlikdir.

Qayta tug'ilish, shuningdek, "reinkarnatsiya" deb ham ataladigan g'oyaga ko'ra, xotira emas, balki ong oqimida qoldirilgan iz muhimdir. Masalan yosh bolalar. Ba'zilari o'ta mehribon, ba'zilari jahildor, Ba'zilari o'ta mehribon, ba'zilari jahildor, ba'zilari esa yoshligidan o'ta adolatli bo'lishadi. Qayta tug'ilish bu holatni oldingi hayotdagi umr yo'lining ta'siri deydi. Hammasi o'tmish tufayli deysizmi? Ularga berilgan tarbiya qayoqda qoladi? Ota-onasichi? Bularni chetga suramizmi? Ba'zi bolalar tabiatan mehribon yoki jahldor deyish oddiy kuzatish xolos, qayta tug'ilish isboti emas. Bu mantiqiy dalillarga emas, balki solishtirishga asoslangan e'tiqoddir.

Tasavvur qiling, siz farzand ko'rdingiz. Bola kasal bo'lib tug'ildi, odamlar esa "Bu unga avvalgi hayotida qilganlari uchun jazo." desa. Demak qo'lingizdagi bola oddiy bola emas balki o'tmishdan kelgan jinoyatchi bo'lib qoladi. Uyingiz endi tinch uy emas balki jinoyatchi uchun qamoqdir. Undan ham yomoni ona o'z farzandiga qarab, "Bu menga berilgan jazo" desa. Bu ta'limot rahm-shafqat tushunchasini ayblash tushunchasiga aylantirmoqda. Muhabbatni ayb bilan almashtirmoqda. Hotirjamlik, shifo, bular yoga va meditatsiyaning eng mashhur so'zlari, ammo bu fikrlash tarzi ularga chinakam mos kelishi mumkinmi? Qayta tug'ilish bolaga jinoyatchi sifatida emas sayyoh sifatida qaraydi.

Bu hayot siz uchun ham u uchun ham o'zgarish safaridir. Qayta tug'ilish jazo emas balki ruhiy poklanish jarayonidir. Har yangi hayot o'tmishdagi amallaringiz bilan shakillanadi. Demak har biriga chuqur mas'uliyat bilan qarash lozim. Inson xatolaridan saboq olmasa uning yuki og'irlashadi. Savob uchun bu dunyoda ham javob qaytadi. Bolakay o'tmish hayotidagi hikmatni o'zida mujassam qilishi mumkin. Bu izoh og'riqni yengillashtirmaydi. Shunchaki chiroyli so'zlarga o'raydi xolos, ammo aslida bu bolakay o'tmishdagi xatolar uchun javob bermoqda degani. Oxiratga bo'lgan ishonch esa adolat va rahm-shafqatga bog'langan. Kimdir ko'r bo'lsa bu jazo emas ilohiy sinovdir.

O'zi uchun sabr, atrofidagilar uchun mehr-muruvvat ko'rsatish imkoniyati. Oxirat hayotiga nisbatan bu dunyo ko'z ochib yumgudek. Ular agar manashu hayotda sabr qilishsa oxiratda beriladigan mukofot tufayli bugungi og'riqlari hech nima bo'lmay qoladi. Bu g'oya kuchiga kuch qo'shadi, umid beradi, yukini yengillashtiradi. Ularning qalbida istaklar shunchalik kengki, hatto butun dunyo ham ularni qondira olmaydi. Ularning tasavvurlari shunchalik keng, cheksizki, ko'zlarini yumganlarida, koinot bo'ylab sayohat qilishlari mumkin. Ne'matlarning asl ko'rinishi bu dunyoda yo'q, ammo ishoralari bor. Haqiqiy hayot oxiratda bizni kutmoqda.

Sizning fikringizcha mukofot qancha katta bo'lmasin, oxirda ular qayerga qaytishadi? Shu dunyoga. Bu dunyo vaqtinchalik bo'lib og'riqlar va ikkilanishlarga to'la. Bu dunyoda eng toza qalblar ham yig'laydi. Oqko'ngil odamlar ham jabr ko'radi. Shunda ham ayriliq, kasallik va adolatsizlikka uchraymiz. Nahotki siz shuni mukofot deya olsangiz. Islom aniqlikni taklif qiladi. Bir hayot, bir o'lim, va yagona oxirat kuni. Ammo qayta tug'ilish inson ongini birgina hayot chegarasiga keltirmaydi. U hayotni davomiy safar deb biladi. Unda sanoqsiz bosqichlar va ichki o'zgarishlar mavjud. Har bir hayotda inson ongi yangi narsani o'rganadi Ba'zida sabr, ba'zida kechirimlilik, ba'zida esa muhabbatni.

Bu nimaga yetaklaydi bilasizmi? E'tiborsizlikka, dangasalikka, ishlarni keyinga qoldirishga. "Bugun zolimman. Xo'sh nima qilibdi? Balki ertaga yaxshi inson bo'larman." "Balki yettinchi hayotimda sahiy bo'larman." "O'n ikkinchisida esa rahm-shafqatni o'rganarman." Ushbu sanoqsiz bosqich sanoqsiz bahonalarga sabab bo'ladi. Ammo Islom bu hayot yagona imkoniyating deydi. Sinvo ikkinchi bor kelmaydi. Har qadamingni o'ylab bos. Chunki ikkinchi marta urunish imkoni bo'lmagandagina mas'uliyat his qilinadi. Sizning tizimingizda, o'lim jasadning yo'qolishi emas. Balki u barcha xotiralaringiz, yaqinlaringiz, o'tmishingiz qabridir. Bu nima degani bilasizmi?

"Onamni ortiq ko'ryamyman, akalarimni eslamayman, butun hayotim yo'q bo'ldi" degani. Ammo Islomda Jannatda hamma qayta topishadi. Bir umr. Boshqa ayrilishmaydi. Turmush o'rtog'idan ajralgan ayol nihoyat uni topadi. Otasining bag'riga bosh qo'ya olmagan go'dak unga erishadi. Bu dunyodagi onangiz keyingi hayotingizda singlingiz, do'stingiz yoki o'qituvchingiz bolishi mumkin. Tizim tasodifiy ishlamaydi. U taqdiriy aloqalarga asoslangan. Ruhingiz avvalgi hayotida qattiq bog'langan boshqa ruhlar bilan birga bo'ladi. Ammo bu safar ular kim bo'lganini taniy olmaysiz. Chunki bu hayotda qonunlar boshqacha. Shunday bo'lsada ruh oradagi rishtani sezib turadi.

Bu butun hayotiy xotirani o'chirib yuborish degani. Bir paytlar siz uchun ko'z yosh to'kkan, sizga ism qo'ygan, kechalari bedor bo'lgan ayolni unutib yuborasizmi? Uni ortiq ko'rmaslik haqida o'ylasak qanday qilib hursand yashash mumkin? Yaratuvchi insonning qalbiga shunday ulug'vor istaklarni joylashtirgan ekan nega ularni ro'yobga chiqarish uchun muhit yaratmasin? Tasavvur qiling, bir inson och, tashna va muxtoj. Boy kishi esa uning ochligini ziyoda qilish uchun ziyofatlar bersa. Uning yuziga eshikni yopsa. Qayta tug'ilish ham xuddi shunday emasmi? Qayt tug'ilish o'zi menga nima beradi? Har safar yutqazaversam, har safar negaligini bilmay azoblanaversam. Bu qachon tugaydi o'zi?

Hech kim bilmaydi. Qaysi hayotimda nima bo'ladi? Buni ham hech kim bilmaydi. Inson jimgina aybdorlik hissi bilan to'la hayot kechiradi, "Qaysi gunohim uchun" deb yashaydi. Bu e'tiqod tasalli berish o'rniga yukni og'irlashtiradi. Har bir qiyinchilik aybdorlik hissi bilan og'irlashadi. Ammo Islomda boshqacha: Bir insonni Alloh uchun yaxshi ko'rgan bo'lsangiz, u bilan Jannatda birga bo'lishing mumkin. Yangicha o'brazlar yo'q. O'sha shaxs o'shaligicha qoladi. Rishtalar yo'qolmaydi, balki mustahkamlanadi. Hindiston, Tibet va Shri-Lankada ba'zi bolalar o'zlarini ilgari ham yashagandek tutishadi. Avvalgi hayotidan ismlar, voqealar va shahar nomlarini eslashadi.

Doktor Yan Stivensn kabi tadqiqotchilar taxminan 2500 ta shunday holatni o'rganishgan. Ba'zilari esa xatto ilmiy doiralarda ham muhokamalarga sabab bo'ldi. Jeyms Leynerning mashhur hikoyasini olaylik. AQShlik yigit, Ikkinchi Jahon Urushi uchuvchisiman deb da'vo qilgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha ota-onasi uni yoshligicha uchuvchilar muzeyiga olib borgan. O'zi o'yinchoq samalyotlarga qiziqqan, shuningdek urushga aloqador kontentlarni ko'p ko'rgan. Yosh bolalar hayol va hayot o'rtasini farqlay olishmaydi. Ular ko'radigan, eshitadigan narsalar hayollarinig bir qismiga so'ngra xotiraga aylanadi.

Ayniqsa qayta tug'ilishga ishonadigan mamlakatlarda, duch kelgan bolakayning aytgan gaplari darrov "Balki bu bola qayta tug'ilgandir" degan da'voga aylanadi. Lekin keyin nima bo'ladi? Kattalarning so'zlari bolaning xotiralarini shakillantiradi. Takroriy takliflar, yetakchi savollar, mahalliy e'tiqodlar bolaning ongida o'tmishdagi hayot haqidagi ishonchni shakllantira boshlaydi. Shu sabab qayta tug'ilishga qattiq ishonadigan hududlarda bunday holatlar ko'p uchraydi. Yevropa va AQSh kabi mamlakatlarda bunday holatlar o'ta kam. Bor bo'lsa ham ularning o'zlari Hinduizm yoki Buddizm oilalaridan bo'lgan.

Ko'p holatlarda tadqiqodlar shuni ko'rsatadiki, bolaning o'zi ko'plab "o'tmish hayotdagi voqealar" mavzusi bilan o'stirilgan bo'ladi. Bir narsa juda qiziq. Qayta tug'ilish tizimida ushbu jarayonni kim boshqarib turadi? Agar bu tizim adolatli bo'lsa u o'zidan o'zi bo'lmasligi lozim. Hinduizmda Brahmat butun olamning tuganmas aql zakovati hisoblanadi. U hamma narsaning manbaasidir. Ammo qayta tug'ilish nazariyasida, ba'zilar insonni yangi tanaga Xudo emas taqdir joylaydi deb ishonadi. Boshqalar esa, jarayon mutlaq Xudo tomonidan boshqariladi, deb hisoblashadi. Buddizmda Xudo timsoliga ishonilmaydi. Qayta tug'ilish taqdir qonuniyati asosida amalga oshadi, ilohiy iroda bilan emas.

Demak sizningcha bunday: dunyoda minglab ruhlar bor. Har birining o'z o'tmishi, o'z tanlovlari, o'z xato-kamchiliklari bor, har safar kimdir o'lganda, anashu ruhlar qayta va qayta yangi tanalarga joylashib boradi. Manashu jarayon o'zidan-o'zi amalga oshadimi? Rejasiz, ongsiz, boshqaruvshiz-a? Shunda ham hech qanday xatoga yo'l qo'ymaydimi? Adashishlarsiz, chalkashishlarsiz, xatoliklarsiz. Nahotki shu gap ishonarli bo'lsa? Sizning e'tiqodingizga ko'ra inson o'lgandan so'ng uning jasadi yo'q bo'lib ketgan bo'lsa ham qaytadan tiklanadi. Ammo bir savol tug'iladi. Tana butunlay yo'q bo'lib tuproqqa aylanib ketganidan keyin, qanday qilib anashu tana o'z holiga qaytarilishi mumkin?

Ba'zilar okeanda cho'kib o'ladi, boshqalarni esa hayvonlar g'ajib tashlaydi-ku. Oddiy savol bilan boshlaylik. Bizni kim bir tomchi suvdan yaratdi? Atomlarni birlashtirib, go'sht, suyak, ong va ruhni kim yaratdi? Aytingchi, qaysi biri qiyinroq? Bir narsani birinchi bor yaratishmi yoki shu ishni takrorlashmi? Agar Xudo bizni bir marta yo'qdan bor qilgan bo'lsa, bu ishni nega takrorlay olmasin? Bu xuddi qo'mondon o'z qo'shinini sur ovozi bilan chaqirgandek bo'ladi. Qur'onda bunga aniq javob berilgan. Sen: «Ularni ilk marta yo‘qdan bor qilgan zot tiriltirur va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

Qur'on (36:79) Tadqiqodlarga ko'ra tanadagi hujayralar yillar davomida o'lib qayta tiklanadi. Tanangizdagi atomlar to'xtovsiz almashtirilmoqda. Ammo siz hamon o'sha insonsiz. Demak Xudo bizni har doim boshqattan yaratib turibdi, biz esa buni sezmaymiz ham. Axir u har yili Bahorni keltirib yerni yashnatadi. Qish bo'yi jonsiz turgan daraxtlar birdan gurkiray boshlaydi. Qur'on aynan shuni dalil qilib keltiradi. "Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o‘lib yotganidan keyin qanday tiriltiradi?! Albatta, U zot o‘liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir." Qur'on (30:50) Nega insonni qaytadan yaratmasin? O'zi va'da bergan-ku.

Uning adolati, hikmati va rahm-shafqati manashuni talab qiladi. "Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radir. Va kim zarra og‘irligida yomonlik qilsa ham ko‘radir." Qur'on (99:7-8) Yakuniy ballar.