Towards Eternity
Blogga qaytish

Alloh Havoda Hashirgan Hayratlanarli Mo‘jizalar — Ateizmning Yakuni!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Eng yashirin sirlar ba'zan ko'z oldimizda bo'ladi. Har doim ko'raverganimiz sabab e'tibor bermaymiz. Nafas olamiz, gapirish orqali nafasni chiqarib suhbatlashamiz. Ko'rinishidan hammasi oddiy. Lekin, havoning o'zida yashiringan qandaydir sir bo'lishi mumkinmi? Havo molekulalari qanday qilib minglab chaqirim masofaga tovush tarqatadi? Hozir ovozim sizga yetib borishi odatiy holmi? Bitta havo molekulasi bir vaqtning o'zida yuzlab vazifalarni chalkashtirmay bajara oladimi?

Bir vaqtning o'zida son sanoqsiz ovozlar, suhbatlar, signallar, qo'ng'iroqlar, video qo'ng'iroqlar, rasm, hid, harorat, va yana ko‘plab boshqa narsalar uchun yo‘l yani uzatish vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.v Alloh bu olamni har lahzada qanday idora qilib turganini bilib olishga tayyor turing. Video davomida, atrofimizni o'rab olgan, ammo ko'zga hech qachon ko'rinmaydigan havo orqali yaratilishning eng hayratlanarli mo'jizalarini bilib olasiz. Bugun, chegaralarni biroz kengaytiramiz. Keling katta xonadasiz deb tasavvur qilaylik. Siz tanigan hamma o'sha xonada. Hammalari baravariga gapiryapti. Albatta hech nimani tushunmaysiz. Balki bir ikki so'zlar.

Ammo o'sha xonada, ongingiz farqlashga qiynalgan barcha so'zlarni farqlay oladigan narsa bor, bu havo. Barchaning ovozi bir xil havo molekulalarida tarqaladi. Ammo so'zlar hech ham aralashib ketmaydi. Barcha ovozlar birdaniga chiqsa ham, ularning yo'li chalkashmaydi. Biri ikkinchisini kechiktirmaydi. Ularning har biri alohida bo'lib borishi kerak bo'lgan joyga yetib boradi. Tovush harakati siz o'ylagandan boshqacharoq bo'lishi mumkin. Gapirganimizda og'zimizdan chiqqan havo, havo bilan aralashadi. Ammo o'q kabi to'g'ri yo'nalmaydi. Aksincha havo molekulalari biridan ikkinchisiga o'tkazadi. Xuddi bir biriga g'isht uzatayotgan odamlardek.

Necha milliardlab havo molekulalari bo'lsa ham-ki, har biri o'z ishini bajaradi. Har biri to'g'ri yo'l bilan qabul qiladi va to'g'ri yo'l bilan uzatadi. Ana shuncha odam bilan telefon o'yinini o'ynashni bir tasavvur qiling. Iloji yo'q. Bir deganda chalkashib ketiladi. Vaholanki molekulalar nafaqat ovozni tashiydi. Narigi shahardagi oyingizga qo'ng'iroq qilsangiz, ana shu signallar havodan o'tadi. Do'stingizga video qo'ng'iroq qilsangiz, tasviringiz ham ovozingizni tashiyotgan ana shu havo orqali o'tadi. Wi-Fi, radio signallar, Bluetooth, gigabaytlab fayllarning bari ovozingizni tashiyotgan ana shu havo orqali o'tadi, ushbu mikroskopik chorrahada hech qanday to'qnashuvlarsiz.

Harorat va hid ham shunaqami? Mana shuncha ish bilan birgalikda havo nafas olish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. U o'simliklarni ko'paytirish uchun gulchanglarni tashiydi. Qanday qilib hammasini uddalay oladi deysizmi? Aytganimizdek, bular vazifalar xolos. Demak havo bularni o'zi bajara olmaydi. Bu faqat u tayanadigan kuch tufayli sodir bo'lishi mumkin. Masalan, bitta odam bir mahallaga borib 300 kishini politsiya mahkamasiga jo'nata oladimi? Yo'q albatta. Agar u odam yuqori darajali mansabdor shaxs bo'lsa unda boshqa gap. Shaxsiy qobiliyatlari sabab emas, balki ortida turgan hukumatning ta'siri sabab.

Xuddi shuningdek, ilohiy kuchga tayanmay turib yuqoridagi vazifalarni bu darajada aniq bajarishning iloji yo'q. Atomlarning sirli dunyosida biz uchun ko'plab narsalar bor. Ularga ko'z yummaslik kerak. Endi ko'zlarimizni boshqa joyga, pastga ya'ni tuproqqa qaratsak. Tasavvur qiling-a, bir parcha tuproq olib, unga yuzlab urug'larni ketma-ket ekamiz. Har safar har xil urug' ekkanimizda ana shu tuproqdan mo'jizalar unib chiqishini ko'ramiz. Atirgul, limon, olma, apelsin, va hokazo. Har bir urug'ni qandaydir kod, yoki dastur deyish mumkin. Shu mayda tuproq zarrasida chindan ham shuncha bilim yashiringanmi? Xuddi millionlab retseptlari bor-u, hammasini o'z o'rnida qo'llaydigandek.

Buni qayerdan o'rgangan? Suv va quyosh ham shunaqa. Shuncha ehtimoliyliklarga qaramay, har safar har bir o'simlikni o'ziga xos qilib pishiradi. Atirgul poyasida biror marta pomidor o'smagan. Lola uchun zarur bo'lgan elementlar bir marta ham pomidorga o'tib qolmagan. Agar bularning bariga tuproqni sabab desak, demak uning ichida yashirin kompyuterlar, labaratoriyalar va mashinalar bor ekanda? Har bir o'simlik uchun alohida zavod, shundaymi? Ammo aslida, tuproqni na bunday ishlar uchun, na ehtimollarni farqlash uchun ilmi yetarli emas. Uni kuchi yetmaydi. O'ta sodda qilib aytganda u tirik ham emas. Fizikada bir qoida bor. Natija bo'lsa, demak shunga yarasha kuchli sabab bo'lishi lozim.

Aparatni tasavvur qiling. Bir parcha yog'ochni solasiz, orqasidan esa chiroyli narsa chiqib keladi. Bu mantiqiy, tushunsa bo'ladi. Lekin, agar yog'och solsangiz-u, orqasidan pomidor chiqsa, demak nimadir mantiqqa zid. Tuproqdan unadigan o'simliklar ham shunday. Ichiga nima kiradi? Tuproq kabi ta'msiz, hatto achchiq narsa. Hidi yo'q, rangi yo'q, aqli yo'q, joni yo'q, narsalarni farqlash qobilyati yo'q. Urug'ga qarasak u ham xuddi shunaqa. Izlagan narsamizni na suvda, na quyosh nurida topamiz. Lekin natijasi nima? Rang-barang, yoqimli hidli, mazali shox asar. Bu tayyor maxsulot oddiy urug'ning o'zidan chiqishi mumkin emasdi. Bu o'ziga qarama qarshi bo'lgan narsadan paydo bo'lishdir.

Bularning bari yaratuvchisiz o'zidan o'zi sodir bo'ladi desak, quydagilarni ham qabul qilishimiz lozim. Bu xuddi Badiuzzamonning mashhur dorixona misoliga o'xshaydi. Javonlari bankalar bilan to'la dorixonani tasavvur qiling. Har birida har xil kimyoviy modda bor. O'simta uchun dori tayyorlashimiz lozim. Deraza ochiq qolgan ekan shamol g'uvvillab kirdi. U javondagi ba'zi idishlarni tushurib yubordi. Mana shu voqea sabab, o'simtaga kerak bo'lgan o'sha qo'shimchalar bir-biriga qo'shilib, dori hosil qildi. Undan chiqqan maxsulot aynan bizga kerak bo'lgani ekan. Bu misol bilan u shunday demoqchi. Yerga ko'milgan har bir urug' uchun kerakli elementlar bor.

Har biri kerakli miqdorda ishlatilinishi kerak. Ko'p ham, kam ham emas. Lekin atomlarda na jon bor, na iroda. Ya'ni ular tirik emas. Unda hayot qayerdan kelgan? O'zingizda bo'lmagan narsani kimgadir bera olasizmi? Bu aniqku. Atomlar oddiy sabablar xolos. Ularni boshqarib turuvchi kuch umuman boshqa. Ajoyib emasmi? Atomlar qayoqqa bormasin, qanday vazifa bajarmasin uni aniq bajarishadi. Boshqacha misolni ko'rsak. Bu biroz kulguli. Tasavvur qiling bolaning og'zida arqon bor. O'sha arqon samolyotga bog'langan. Bola oldinga emaklarkan, samolyot ham yura boshlaydi. Nahotki shuni ko'rib "Qoyil, anavi bolani qarang, samolyotni o'g'zi bilan tortib ketyapti" deysizmi? Bunga hech kim ishonmaydi.

Shunday qilib miyamiz boshqa sabab izlay boshlaydi. Albatta "samolyot ichida uchuvchi bor, u samolyotni boshqaryapti" deymiz. Aql va mantiq bizni parda ortidagi ilohiy kuchga yo'naltiradi. Haqiqatni anglash uchun bizga mana shu tamoyil kerak. Bo'lmasa har qanaqasiga aldanib qolaveramiz. Bola ulg'ayar ekan atomlar tishning sirtiga chiqadi. Eng qattiq materiallardan biri bo'lgan emal qatlamini hosil qiladi. Miyada esa ana shu atomlar ulkan tarmoqni hosil qiladi. Bir zumda milliardlab neyronlar orqali o'tadigan signallarni uzatadilar. Ular fikrlar, orzular, xotiralar, matematika va hatto sevgi tuyg'ularini o'tkazadi.

Bir uyum atomlarda koinotdagi aql bovar qilmas murakkab ishlarni qiluvchi kuchni ko'ramiz. Hazm qilish tizimidagi bakteriyalardagi atomlarni misol qilaylik. Oddiy chiqindiga o'xshagan oziq-ovqatdan vitaminlar ishlab chiqaradigan, immunitettizimingizni qo'llab-quvvatlaydigan va sizni himoya qiladigan ajoyib tizimni yaratadilar. Go'yo axlat qutisida yashirin dorixona bordek. Buni kim ham tasavvur qilibdi deysiz? Yurak ichida esa, charchamasdan, to'xtamasdan ishlashadi, har daqiqada litrlab qonni haydab berishadi. Yurakning barcha funksiyalarini xatosiz bajarishadi. O'pkada kislorod va karbonat angidrid almashinuvini qilishadi. Ko'zlarda esa ko'rish vazifasini.

O'simliklarda esa fotosintez jarayonini amalga oshirishadi. Lekin oxirida atomlarga qarasak ularning hammalari bir xil. Na joni, na ilmi, na o'z irodasi bor. Bu ishlarni hech birini qilishga kuchi yo'q. Qanaqasiga shunday bo'lishi mumkin? Bizda ikkita yo'li bor. Birinchisi, yo biz bu ishlarni Allohdan ekanini tan olamiz. Ushbu vazifalarni bajarayotgan atomlar esa faqatgina Uning buyrug'i, irodasi, ilmi va qudrati bilan buyurilgan. Yoki har bir atomni o'zicha Xudo deb tan olamiz. Bu ularning har biri tizimning mukammal bilishlarini va qayerga borsalar ham, ularning qoidalariga amal qilishlarini bildiradi. Sanoqsiz ehtimolliklardan eng keraklisini o'zlari tanlashadi.

Masalan tuproqdan oddiy qorishmalar bilan ajoyib mevalarni chiqarishadi. Havo molekulalari shaklida esa bir vazifani boshqasi bilan chalkashtirishmaydi. Kech ham qolishmaydi, ko'plab boshqa mo'jizalarda ham qatnashishadi. Islom aynan mana shu muammoni "La Ilaha Illalloh" kalimasi bilan yechgan. Birinchisi, "La ilaha" ya'ni xudo yo'q degani. Bu mavjudotlarga ilohiylikni nisbat berishni rad etadi va son-sanoqsiz xudolar g'oyasini yo'q qiladi. Bu ularning kuchsiz tabiatlarini eslatadi. Atomga ilohiylik maqomini berib bo'lmaydi. Undan keyin "Illalloh". Allohdan boshqa iloh yo'q. Qisqasi, Allohni rad etadiganlar sanoqsiz xudolarni qabul qilishadi.

Shunday qabul qilingan taqdirda ham, atomlar tizimni to'g'ri boshqarishi baribir imkonsiz bo'lar edi. Chunki yagona nazorat organi bo'lmasa, tartib bo'lmaydi. Demak, atomlar kimga tegishli bo'lsa, mavjud hamma narsa ham unga tegishli. Ana shundagina u boshqa atomlar bilan bir xil uyg'unlikda harakatlanishi mumkin. Mukammal saf tortib kelayotgan armiyani ko'rsak nima deymiz? Buyruq bergan qo'mondon bo'lsa kerak. Shuning uchun tartib bilan qadam tashlashyapti. Ularning boshida o'sha qo'mondon bo'lmaganda-chi? Unda har bir askar ham qo'mondon ham askar bo'lardi. Shunda tartib bo'larmidi? Menimcha yo'q. Bir biriga yordamlashish o'rniga halaqit berishlari mumkin.

Shu sababli barcha atomlar bitta kuch nazorati ostida bo'lib, bir-birining tartibini buzmaydi, balki bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Mana shunday sabablar bilan Islom tavhidni, ya'ni Allohning birligini qanoatlantiradi. Islom dini sof va ravshan yakkaxudolik g'oyasi bilan boshqa dinlardan ajralib turadi. Tarix mobaynida ba'zilar bu haqiqatni inkor qilishdi. Ular, ilm fan rivojlanib, odamlar o'zgargani sayin, Xudoning keragi bo'lmaydi deyishdi. Hamma narsa materiyaning ishi sifatida tushuntirilardi. Ammo natijalar esa ular kutganlaridek bo'lib chiqmadi. Buni o'rniga ko'p sirlarni topishdi. Biz Allohning borligini inkor etib bo'lmasligini ko'rdik.

Inkor etishimiz uchun xatto atomchalik ham o'rin qolmadi. Ularning har biri, har soniyada uni eslatadi. Uning borligi va birligiga dalolat qiladi. Xatto har bir nafasingiz ham "Hu" deya uni eslatadi. Xo'sh, endi o'zingiz harakat qilib ko'rsangizchi? Chuqur nafas oling... va shunday deng. "La ilaha illa Hu". "Undan boshqa iloh yo'q."