Islomda va Xristianlikda Ayolning O‘rni – Huquqlar, Ko‘pxotinlik, Ro‘mol... @DrSabbelAhmed
Nashr sanasi
Nasroniylar, ayniqsa ayollar, ko‘pincha islom haqida so‘rashadi. Nega musulmon ayollar ro'mol o‘raydi? Bu cheklov emasmi? Butun dunyodagi eng qadimgi hali beri yopilmagan universitetga hijobdagi muslima ayol asos solgan. Payg‘ambar kelishidan oldin ayollar ezilgan, mulk sifatida ko‘rilgan, hatto meros bo‘lib qoldirilgan. Afsuski, odamlar Islomni madaniy urf-odatlar, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rganlari asosida baholashadi. Ammo Islom ayollarga berilgan huquqlar va imkoniyatlar asosida baholanishi kerak. Qariyb barcha Tavrot payg‘ambarlari ko‘p xotinli bo‘lishgan. Cheklanmagan ko‘pxotinlilik hech qanday javobgarlik, hech qanday cheklov yo‘q edi. Islom esa ko‘pxotinlikni chekladi.
Bu mamlakatda 18 000 ga yaqin musulmon bo‘lmagan ayollar islomdagi ayollar huquqlarini o‘rganib, Islomni qabul qilishmoqda. Assalamu alaykum birodar Sabil Ahmad. Yana bir bor "Towards Eternity"ga xush kelibsiz. Oxirgi videomizda nasroniylarni Islom haqida qiziqtirgan savollari haqida suhbatlashdik. Ijtimoiy tarmoqlardagi o'sha videoyimiz izohlarida tez-tez uchraydigan savollarni jamladik. Tayyor bo‘lsangiz, boshlaymiz. Tarix davomida ayollar turli jamiyatlarda adolatsizlikka uchragan va ikkinchi darajali deb qaralgan. Ko‘p xristianlar bu holat Islomda ham xuddi shunday deb o‘ylashadi. Islomda ayollarning o‘rni haqida aytib bera olasizmi?
Ba'zi odamlar Islomdagi ayollar haqida o‘ylaganda, ularni ezilgan, huquqsiz, erkinliksiz, ikkinchi darajali deb tasavvur qilishadi. Ammo asl holat butunlay boshqacha. Afsuski, odamlar Islomni madaniy urf-odatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinishlar asosida baholashadi. Ammo Islom dini ayollarga bergan ko'rsatmalar, huquqlar va imkoniyatlar asosida baholanishi lozim. Allohning kalomi bo‘lmish Qur’oni karimda hamda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ibratli hayotlariga kelsak, aytganingiz to‘g‘ri – tarixga nazar solsak, Payg‘ambar kelishidan oldin ayollar ezilgan, mulk sifatida ko‘rilgan, hatto meros bo‘lib qoldirilgan.
Ammo Islom kelgach, Alloh Muhammad sollolohu alayhi vassallamga vahiy yuborganidan keyin, ayollarga kuch va huquqlar berildi, mukofotda tenglik ta’minlandi va erkinliklar berildi. Keling ba'zilarini aytib o'tay. Qisqa qilib sanayman. Eng avvalo – ta’lim olish huquqi. Bu mamlakatda, ya'ni Amerika davlatida ayollar 1844-yilgacha oliy ta’lim, universitetga kirish va bitirish huquqiga ega bo‘lishmagan. Islom esa bu huquqni ayollarga milodiy 7-asrda bergan. Islom bu ta'lim olish huquqini nafaqat bergan, balki ta’lim olishni erkak va ayol uchun ham majburiy qilgan.
Bu huquq ayollarni shu darajada kuchlantirdiki, dunyodagi eng qadimgi hali hanuz yopilmagan universitetni ham bir muslima ayol tashkil qilgan. Iboraga e’tibor bering: "Dunyodagi eng qadimgi hali yopilmagan universitet." Uning poydevori hijob kiygan muslima ayol tomonidan qurilgan. Ismi – Fotima al-Fihriy. 859-yilda, Marokash davlatining Fas shahrida qurilgan. Buni kim aytgan? Ginnes rekordlar kitobi va YuNESKO. Islom dinida ayollarga berilgan ikkinchi huquq - ayollarning meros olish huquqiga ega bo‘lishidir. Agar tavrot kitobiga qarasak, agar bir otaning ikki o‘g‘li va bir qizi bo‘lsa, o‘g‘illar butun merosni oladi, qiz esa hech nima olmaydi, chunki o'g'il farzand ustun.
Qizga umuman meros berilmaydi. Faqat o‘g‘illar bo‘lmasa, unda qizlar biroz meros olishadi. Ammo Islomda ayollar meros olish huquqiga egadirlar. Xoh xotin, xoh ona, xoh qiz, xoh opa-singil bo'lsin. Islom ayollar uchun meros huquqini kafolatladi. Mulkka egalik qilish haqida gap ketganda, bu mamlakatda 1800-yillarning o‘rtalariga qadar, faqat oq tanli ayollar; qora tanli emas, osiyolik emas, hind emas, faqat oq tanli, turmush qurgan ayollar 1861-yilda Illinoys shtatida, ya'ni Chikagoda, mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishdi. Islom bu huquqni ayollarga 7-asrdayoq bergan, to‘g‘rimi? 7-asrni 13-asrdan keyin berilgan huquqlar bilan solishtiring.
Islom bergan yana ikki muhim huquqdan biri – ayol eridan taloqni so'rashi mumkinligi. Tavrotga e’tibor bering, unda ayollar bunday huquqqa ega emas. Katoliklarda ham bu huquq yo‘q. Ammo Islom bu huquqni bergan. Chunki bilamizki, har bir nikoh har doim baxtli bo‘lavermaydi. Ba'zan nizolar bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Ba'zi odamlar ajrashishni istasa ham taloq tushirolmaydi. Islom amaliy dindir. Shuning uchun Islom ayolga o'z talog'ini so'rash huquqini bergan. Boshqa dinlar emas, Islom bu huquqni ayollarga bergan. Bundan tashqari u... Ayol uyda farzand va xonadonga g‘amxo‘rlik qilishga mas'ul, lekin moliyaviy mas'uliyat uning zimmasida emas – umuman. U Bill Geyts bo‘lishi mumkin.
Ayollar orasidagi Jeff Bezos bo‘lishi mumkin. U dunyodagi eng boy inson bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, u oilaga bir tiyin ham sarflashga majbur emas. Sarflashi mumkin, to‘g‘rimi? Ha, mumkin. Ammo majbur emas. Bu erkak kishining 100% moliyaviy mas'uliyati. Islom ayollarga bergan huquqlardan ba'zilari shular. Maslahatim – Islomni madaniy amaliyot yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali emas, dinni Qur'oni Karim va Muhammad sollolohu alayhi vassallamning hayotini o‘rganib baholang. Ajoyib fakt, yaxshi mi? Bitta fakt aytaymi? Islom haqidagi eng keng tarqalgan noto‘g‘ri tushuncha ayollar mavqei haqida.
Shunga qaramay, musulmon bo'lmagan ayollar va erkaklar Islomdagi huquq, hurmat va undagi adolatni ko‘rib, Islomni qabul qilishmoqda. Shunday qilib, Bu mamlakatda har yili 18 mingga yaqin musulmon bo'lmagan ayollar aynan ayollarga berilgan huquqlarni ko‘rib, Islom dinini qabul qiladi. Buyuk Britaniyada esa bu raqam yiliga taxminan 5 ming. Islom qonunlariga ko‘ra, ayollar merosdan erkaklarga nisbatan yarim ulush oladi. Bu adolatga zid emasmi? Ayolni kamsitmaydimi? Ba'zilar meros haqida shunday deydi: ya'ni... o'g'il farzand ko‘proq, qiz farzand esa kam oladi. Sababi esa shunday: erkak ulg‘aygach, uylansa, moliyaviy jihatdan oila uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.
Ya’ni, oilaning barcha xarajatlari erkakning bo‘ynida. Ayol esa, umuman javobgar emas. Xotin moliyaviy mas'ul emas. Shuning uchun erkak ko‘proq meros olsa mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, chunki u oilani boqadi. Ayol esa, deyarli xarajat qilmaydi. Shuning uchun ham unga kamroq miqdorda beriladi. Shu sababli, bu masalada tafovut mavjud. Agar siz Injil va Islom nuqtayi nazaridan qarasangiz, baribir yana Islom yondashuvi ancha adolatliroq, mantiqiyroq va oilaning amaliy jihatlarini hisobga oladi. Nasroniylar, ayniqsa ayollar, ko‘pincha islom haqida so‘rashadi. Nega musulmon ayollar ro‘mol o‘raydi? Bu cheklov emasmi? Bu zulm emasmi? Kolumbusga borganimda, ochiq eshiklar kuni edi.
U yerda bir nasroniy ayol menga savol berdi. “Nega ayollar hijob kiyishga majbur?” “Eronga qarang, hijob bilan bog‘liq bahslar ketyapti.” dedi. Men unga shunday dedim: hammamiz kiyim kiyamizku. Nega kiyim kiyamiz? Bilaman u ham biladi, bu odob va hayo uchun. Demak, hijob kiyish ham odob va hayo uchun. To'g'rimi? Chunki u bilan mantiqan gaplashmoqchi edim. Shunda men o‘sha nasroniy ayolga aytdim: odamlar, qizlarimiz, o‘g‘illarimiz — kattalarimiz, hamma xohlagancha kiyinishi mumkinmi? Yoki jamiyatda qandaydir hayo chegaralari bo‘lishi kerakmi? U esa: hayo qoidalari bo‘lmasa, odamlar yalang‘och yoki, ayollar futbolkasiz yurishlari mumkin. Shuning uchun hayo qoidalari bo‘lishi kerak-dedi.
Xo'sh, bu hayo qoidalarini kim belgilaydi? Madaniyat belgilaydimi? Bu mantiqiy emas, chunki bir kishi bir narsa deydi, boshqasi boshqa narsa. Bu subyektiv bo‘lib qoladi. Demak, hayo va boshqa qoidalar bizni yaxshi biladigan, bizga va jamiyatga nima foydali ekanini biladigan yaratuvchidan bo‘lishi kerak. Islomda hayo qoidalarini aynan U – Yaratuvchi bergan. Shuning uchun ayollar hayo belgisi bo‘lgan hijobni kiyib Yaratuvchiga itoat qilishmoqda. Bu ular uchun majburiyat. Bu Qur’onning ikki joyida keltirilgan: 24-sura 31-oyat va 33-sura 59-oyat. Shundan so‘ng odamlar uchun bir oddiy misol tariqasida o‘xshatish keltirdim: maktab va kollejda kiyinish qoidalari bor.
Masalan, siz ma’lum uzunlikdagi shim kiyishingiz mumkin, lekin juda kalta shim bo‘lmaydi. Ba’zida kapyushonli kiyim ham mumkin emas. Bu kabi qoidalar hatto maktab va kollejda ham mavjud. Agar siz shifoxonada ishlasangiz, u yerda ham belgilangan kiyim-qoidalar bor. Restoranga kirsangiz ham: futbolkasiz, oyoq kiyimsiz xizmat ko‘rsatilmaydi, deyiladi. Xuddi shunday, Alloh bizga hayo qoidalarini belgilagan. Nasroniylar va yahudiylarga ham shuni aytaman: hayo qoidalari faqat ayollar uchun emas, erkaklar uchun ham. Islomda hayo faqat kiyinish bilan bog‘liq emas. Bu ko‘zning ham hayosi men bir ayolga qarab, shahvat bilan termulib turolmayman. Ammo hayo qoidalari faqat islomda emas.
Masalan, yahudiylik dinida ham bor. Turmush qurgan yahudiy ayollar sochini ko‘rsatishi mumkin emas. Nasroniy ayol ham, ayniqsa cherkovga borayotganda, sochini ko‘rsatmasligi kerak. Demak, hijob tushunchasi qadimgi va yangi Tavrotda ham bor. Masalan, Birinchi Korinfliklarga xat, 11-bob, 5-6-bandlar: nasroniy ayol hijob taqishi kerak, sochini ko‘rsata olmaydi. Agar u sochini ko‘rsatsa, bu sharmandalik hisoblanadi. Go‘yoki u sochini kestirishi kerak bo‘ladi. Iso onasi Maryam-poklik timsolidir, u ham hijob kiygan. Shuning uchun musulmon ayollar hijob kiyganida, ular Iso onasi Maryamni o‘zlariga ibrat qilishadi. Bir safar men ma’ruza berayotgan edim. Amish cherkovidan nasroniylar kelishdi.
Shunday qilib, ma’ruzadan keyin ularni ko‘rdim — har bir ayol sochini yashirgandi. Shunda ulardan so‘radim: aziz opa-singillar, sizlar ham musulmon ayollar kabi hijobdasizlar-ku. Sababini aytolasizmi? Ular: “Biz Injilga ergashyapmiz. Injil bizga hijob taqishni, sochimizni yashirishni buyuradi" deyishsa bo'ladimi!? Demak, hijob barcha madaniyatlarda bor, hatto dunyoviy jamiyatlarda ham, aynan shu sababli. Ular o‘zlarining hayo, iffatlari, shaxsiyati Va Alloh bergan ne’matlari bilan baholanib, qadrlanishi kerak. Islomda erkak xohlasa to‘rt ayolgacha uylanishi mumkin, hozirgi davr uchun bu qanchalik to'g'ri? Nega bunday qoida mavjud? Bu juda muhim.
Qur’onning hidoyati 7-asrda insoniyatga kelishidan oldin, har bir madaniyatda, har bir dinda ko‘p xotinlilik ya’ni bir nechta turmush o‘rtoqqa ega bo‘lish tushunchasi mavjud edi. Hech qanday cheklov yo‘q edi, javobgarlik ham yo‘q edi. Islom kelib, ko‘p xotinlilikni chekladi. Qur’onda, 4-sura 3-oyatda aytiladiki, “ikki, uch yoki to‘rt nafariga uylaning”. Lekin agar adolat qila olmasangiz, faqat bittasiga uylaning. Demak, Islom nima qildi, Alloh nima qildi, Qur’onning hidoyati nima qildi? Eng avvalo, ko‘p xotinlilikni cheksiz holatdan to‘rtgacha chekladi bu birinchi jihat. Ikkinchi jihat esa Islom erkakka javobgarlikni yukladi.
Bir nafar yoki undan ortiq ayolga uylansa, ularni to‘liq ta’minlashi shart. Moliyaviy jihatdan, yashash joyi, kiyim-kechak, oziq-ovqat bular hammasi teng bo‘lishi kerak. Ko‘p xotinlilik cheklangan va erkakka mas’uliyatlar yuklangan, ayollarga esa huquqlar berilgan. Bu majburiyat emas, targ‘ibot ham emas, ba’zi holatlar uchun ruxsat xolos, masalan, Afg‘onistondagi holat. Ko‘plab erkaklar urushda halok bo‘lgan. Natijada ayollar soni ortgan. Ular hayotlarini yolg‘iz o‘tkazishlari mumkin, ammo bu ularni farzandlar, oilaviy baxt va erning ko‘magidan mahrum qiladi. Ular bulardan mahrum qoladi, lekin Islom hammaga foyda bo‘lishini va himoya topishini xohlaydi.
Bundan tashqari, Eski Tavrotga qarasangiz ham, unda yozilishicha deyarli har bir payg‘ambar ko‘p xotinlik qilgan. Muso alayhissalom bo‘lsin, Ibrohim alayhissalom bo‘lsin ikki yoki uch xotini bo'lgan. Dovud alayhissalom ham shunday. Eski Tavrotda Xudo ko‘p xotinlilikni man qilmagan. Xudo cheklamagan ham, uni qoralamagan ham. Agar birorta yahudiy yoki nasroniy menga “ko‘p xotinlilik noto‘g‘ri” desa, shunday deyman: “Agar bu noto‘g‘ri bo‘lsa, unda Eski Tavrotda nega bu man qilinmagan?” Iso alayhissalomning zamonida ham u ko‘p xotinlikni taqiqlamagan. Bunga cheklov qo'ymagan. U o‘sha jamiyat madaniyatiga amal qilgan, xolos.
Amerika madaniyatiga qarasak, “Chikago Tribun” e’lon qilgan bir so‘rovnoma bor. Bu mamlakatdagi oddiy erkaklar kamida yettita qo‘shimcha qiz do‘stga ega nikohdan tashqari yoki nikohgacha bo‘lgan munosabatlar. Hindistonga qarasak, u yerda musulmon erkaklar uchun bir nechta xotin olishga ruxsat berilgan. Shunga qaramay, Hindular orasida bir nechta xotinga ega bo‘lganlar soni musulmonlardan ko‘proq. Demak, ruxsat berilgan bo‘lsa-da, bu holat kam uchraydi. Chunki agar erkak uylansa, u 100% javobgar bo‘lishi kerak. Aks holda, Qiyomat kunida buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.