Qur’on Mo'jizalari: Siz Buni Birinchi Marta Eshitasiz!
Nashr sanasi
Shunday bir kitob borki, sodda aql uchun tushunarli, ammo bir umrga aqllarni lol qoldiradi. Bu kitobdagi so'zlar eskirmas va unga teng hech bir narsa yaratilmagan. Qur'on. Qur'on murakkab kitob. Bir qarashda oddiy ko'rinsada, aslida uni tushunish juda qiyin. Shu darajada murakkab-ki, uning dushmanlari unga teng biror nima keltirganlarida, Islom butunlay yo'q bo'lib ketishi mumkin edi. Badr, Uhud va Xandaq g'azotlarining ham keragi bo'lmasdi. Sizga tushuntirmoqchi bo'lganlarimiz 14 asrdan buyon javobsizligicha qolmoqda. Xo'sh u nima o'zi? Keling o'tmishga qaytsak. Arabiston. She'riyat va notiqlik yurti. So'z mulkining asl egalari yashovchi zamin. Bir kun keldi-yu hammalari gum bo'ldi.
Mag'rur ovozlar ham titradi. Ularni Qur'ondagi ushbu oyat gum qilgandi. Balki, Qur'onni o‘zi to‘qidi, derlar? Yo‘q, ular iymon keltirmaslar. Agar ularning gapi rost bo‘lsa, unga o‘xshash biror so‘z keltirsinlar. Xabar aniq. Topshiriqni barajing yoki yutqazasiz. Qizig'i shunda ediki, ana shu so'zlarni keltirgan Muhammad alayhissalotu vassalom na o'qishni, na yozishni bilar edilar. Umrlarida she'riyat va adabiyotga aralashmagan edilar. Ammo Qurayshni o'z sohalarida da'vat qildilar. Video davomida nima uchun bu chaqiriq javobsiz qolganini va nima uchun Qur'on barcha kitoblar ichida eng yaxshi kitob ekanini bilib olasiz. Bir narsani so'rasam. Bu chaqiriqdan keyin nima bo'lgan deb o'ylaysiz?
Qur'onda qancha chaqiriqlar ko'paygani sari Qurayshning sukunati battar og'irlashaverdi. Dastlab, ular Payg'ambar alayhissalom kabi savodsiz odamdan Qur'onga teng keladigan narsani olib kelishlari kerak edi. Buni qila olmagach, ulardan ziyoli kishidan shunday so'zlarni keltirish so'raldi. O'tmishda yozilgan barcha kitoblardan foydalanishlari, barcha resurslarini to'plashlari, o'zlaridagi barcha adabiy siymolarni birlashtirishlari mumkin edi. Yetmaganiga o'z ma'budlarini yordamga chaqirishlari so'raldi. Butun Qur'onchalik yoza olishmasada, undan 10ta sura keltirishsin. Buni ham qila olishmasa bitta sura. Sukunat qilganlari sari sharmandaliklari ziyoda bo'ldi. Endi nima qilishadi?
Yengilish emas balki katta inqirozni boshdan kechirdilar. O'zini she'riyatda zo'rmiz deb yurgan millat uchun bu o'ta katta sharmandalik bo'ldi. So'zlari bilan bas kelolmagach, qilich qalqon olib kuch ishlatishdi, ko'plab janglar bo'ldi. Masalaning nozik jihati shu-ki, ushbu chaqiriq boshqa dinlarga ham qaratilgan. Butga sig'inuvchilar butlaridan yordam ololmasligi aniq. Ammo Hinduizm, Xristianlik va Yahudiylik kabi dinlar ilohiy ta'limotga asoslangan deb ro'kaj qilinadi. Lekin, hech qanday din va ideologiya bu chaqiriqqa javob bera olishmadi. 14 asrdan beri hammalari jim-jit. Bu o'sha aqida vakillari uchun o'ta jiddiy savol.
Axir bu chaqiriq qandaydir ideologiya tomonidan qilinmadi, balki dunyoning yarmini egallagan din tomonidan qilindi. Bu dinga dunyo aholisining 4 dan bir qismi e'tiqod qiladi. Qur'on nimasi bilan boshqa kitoblardan ustun bo'ldi? Millionlab kitoblar ichida unga tengi nahot yo'q bo'lsa? Ulamolar Qur'onning 40 xil mo'jizaviy tomoni bor deydilar. Albatta ularni bitta videoga sig'dirish qiyin. Keling to'rttasini ko'rib chiqaylik. Qur'on mo'jizalarining 4 eshigi. Birinchsi: Qur'onda tilning go'zal va kuchli ravishda ishlatilishi. Ikki: uning purma'noligi va keng qamrovliligi. Uch: so'zlaridagi o'zgacha izchillik. Va to'rtinchi: endigina kashf qilinayotgan sirlarning unda allaqachon keltirilganligi.
Qur'ondagi birgina harf ham mo'jiza bo'lishi mumkinligini bilarmidingiz? Yasin surasiga qaraymiz. Bir oyatda shunday deyiladi. "Quyosh o‘z istiqrori uchun jarayon etar" Oyatdagi Li harfi hamma narsani o'zgartiradi. Chunki u orqali bir jumladan uch xil ma'no olish mumkin. Shunday qilib bu oyatda quyosh to'g'risida uch xil haqiqat keltirilgan. "limustaqor" ning bir ma'nosi, "aylana yo'nalishda". Ya'ni quyosh aylana bo'ylab harakatlanmoqda degani. Bugungi tadqiqodlar quyoshning aylana harakat bilan Somon yo'li bo'ylab harakatlanishini ko'rsatadi. Lamning ikkinchi ma'nosi "manzil"ga ishora qiladi. Bu oyatni "yakuniga ega bo'lmagan manzil tomon harakatlanmoqda" deb tarjima qilsak ham bo'ladi.
Boshqacha qilib aytganda, quyosh energiyasi bir kun tugab qolishi sababli, manziliga yetguncha harakatlanadi. Bu shuningdek quyoshning yadroviy va fizik xossalarini ko'rsatadi. Lam harfining uchinchi ma'nosi "sabab, natija". Quyoshning harakati barqarorlikka ishora qiladi. U sabab gravitatsion barqarorlik vujudga keladi. Yer kabi sayyoralarni o'z orbitasida saqlaydi. Uchala ma'noni birlashtirganimizda Alloh taolo birgina harf bilan quyoshni turli nuqtalardan zikr qilganini ko'ramiz. So'zlarni shunday mahorat bilan qo'llashni o'zi mojiza emasmi? Ilm fan bu haqiqatlarni endigina kashf qilayotgan bo'lsa, Qur'on ularni 14 asr oldin aytib qo'yibdi. Bu uning mo'jizasi.
Agar birgina harfda shuncha ma'no bo'lsa, endi butun boshli kitobni tasavvur qiling. Bilaman deb o'ylagan oyatingizni o'qidingiz, lekin bu safar yangicha ma'noni tushundingiz. Xuddi xazinani topgandek gap. Qur'onda yana ko'plab harflar o'zida ko'p ma'nolarni mujassam qiladi. Yana bir misolni ko'rsak. Qur'ondagi biror so'z ham shunchaki tanlanmagan. Har bir so'z barcha sinonimlari ichida eng hikmatlisi. Masalan mana bu oyatni qarasak. "Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa..." Oyatning davomida jazoning natijasi aytilgan. Tildan mohirona foydalanishning yaqqol misoli. Azobning qanday ayanchli ekanini ko'rsatish uchun uning eng kichkinasi ta'riflanmoqda.
Bu bilan o'quvchi to'liq azobni tasavvur qilishi mumkin bo'ladi. Oyatdagi qiziq narsa shuki: undagi har bir so'z "yengillik" degan ma'noni bildiradi. Xuddi uning asl mohiyatidek. Masalan "La'in", "agar" degani. "Qachonki shunday bo'lsa" deyishni o'rniga shubhali so'z "agar" ishlatilgan. U yengil narsaga ishora qiladi. Undan keyingi so'z "tegmoq" Jazo ularning ustiga kelsa deyishni o'rniga, u ularga ozgina tegib ketsa deyilgan xolos. Keyingi so'z "nafhatun" ya'ni "nafas" degani. Ya'ni ular uchun azobning shabadasi ham chidab bo'lmas darajadadir. Yana bir bor kichik ma'nodagi so'z. Jazoni tasvirlash uchun arab tilidagi eng yengil so'z "azab"dan foydalanilgan.
So'ngida esa, Allohning qudratiga dalolat qiluvchi ismlar o'rniga oyatda Rob, ya'ni "tarbiya qiluvchi" ishlatilgan. Bu yerda rahmat ma'nosi bor to'g'rimi? Yana bir bor yengillik ma'nosi. Oyatdagi har bir so'z uning asl ma'nosiga xizmat qilish uchun ataylab tanlangan. Ularni yo'q qilish uchun azobning shabodasi kifoya bo'lsa unda haqiqiy azob qanday bo'lishi mumkin? Axir bu o'ziga xos yondashuv emasmi? Qur'ondagi har bir so'z alohida e'tibor bilan tanlanganini minglab ulamolar ta'kidlashgan. Ushbu mavzu bo'yicha so'nggi misol Qur'on qasddan ochiq qoldirgan narsalar haqida. Nafaqat Qur'onda keltirilgan narsalarda, balki keltirilmagan narsalarda ham hikmat bor. Masalan mana bu oyat.
"Va ana o‘shalar najot topguvchilardir" Oyatda mo'minlarning najoti zikr qilingan ammo "muvaffaqqiyat" so'zi ishlatilgan. Xo'sh u nima o'zi? Odamlar uni o'zlari tushunib olishlari uchun ham bu aniq aytilmagan. Shu tariqa, oyat barcha turdagi odamlarni rag‘batlantiradi. Masalan ba'zilar uchun jahannamdan qutilishning o'zi najot. Ana shu odamlar najot topish uchun oyatda buyurilgan ishlarni qilishadi. Boshqalar uchun najot jannatga yetishishdir. Yana kimdir uchun Allohning jamolini ko'rish. Yana kimdir uchun esa dunyodagi muammolardan halos bo'lish. Insonning ehtiyojiga qarab uning ma'nosi har xil. Bu esa odamlarni amal qilishga chorlaydi.
Undan tashqari 5 yildan so'ng najot siz uchun butunlay boshqa narsaga aylanishi mumkin. Bu bilan oyat sizdagi umidni yangilaydi. Xuddi uni birinchi bor o'qiyotgandek. Qur'on bu uchun ortiqcha so'z ham harf ham ishlatmaydi. Shunchaki ko'p ma'noli so'zni ishlatib qo'ya qoladi. Uchala misolni ko'rib chiqsak, Qur'onning noaniq so'zlarni tanlashi, hattoki har bir so'z va harfning qanchalik chuqur va keng ma'nolarga ega ekanligini ko'ramiz. Endi to'liq jumlalar va oyatlar nimani ifodalashini tasavvur qilib ko'ring. Minglab tafsir kitoblarning yozilish sababi ham aynan shudir. Hech bir kitob bu kitobga yaqin ham kela olmaydi. Aynan shu yerda Qur'onning yana bir mo'jizakor tomoni ko'rinadi.
Ikkinchisi uning purma'noligi va keng qamrovliligi. Keng qamrov nima degani? Bu Qur'on faqatgina namoz va ibodat haqida emas degani. Bu kitob hamma narsani qamrab olgan. U sizni hayvonot, nabotot olamidan inson psixologiyasigacha tanishtiradi. U jamiyat, huquq, diplomatiya, ilm-fan, xatto osmondagi yulduzlar haqida so'zlaydi. O'tgan millatlarning qissalarini keltiradi, kelajakdagi voqealardan xabar beradi. Ularni ko'pi amalga oshdi. Bu kitob keng zamonni o'z ichiga oladi. Olamning yaralishidan tortib qiyomat kunigacha. Shuningdek undan keyingi abadiy hayotni ham. Oila haqidagi bir oyat ertaga nafsni poklash uchun xizmat qilishi mumkin.
Yana biri, shaxsiy manfaat cheklangan, adolatsizlik yo'q qilingan. Yoki nafrat, hasad, irqchilik. Bu muammolarni insoniyat hal qilishda qiynalmoqda. Qur'on esa bunga kichik oyat bilan javob berdi. Har safar uni o'qib har xil ma'noni kashf qilasiz. Albatta, har safar har xil ma'no beradi. Ajablanarlisi shuki, unda ko'tarilgan masalalar chuqur bo'lsa-da ularning tushuntirilish usuli hamma uchun oson. Boshqa kitoblarda shunday qamrovni topa olasizmi? Inson ekspertlarini olaylik. Biri hayotini siyosatga, biri astronomiyaga, yana biri esa psixologiyaga bag'ishlagan. Har biri o'z sohasining mutahassisi. Lekin huquqshunosdan fa'zo haqida so'ramaysizku. Astronomdan esa inson ongi haqida.
Bu insonning cheklovlari. Ammo Qur'on hayotning har bir jabhasi haqida gapiradi. Asrlar mobaynida uning qadri yanada kengroq tushuniladi. Dunyoda boshqa narsalar vaqt o'tishi bilan eskiradi. Qur'on esa har doim yangidek bo'lib o'z kuchini yo'qotmaydi. Uni bizga keltirgan inson esa na o'qishni va na yozishni biladigan Payg'ambar alayhissalom edilar. Albatta bu Qur'onga teng hech nima yo'qligini ko'rsatadi. Qur'on esa har qanday ensiklopediyadan farqli kitobdir. Shunday qilib uchinchi jihatga keldik. Qur'ondagi so'zlarning izchilligi. Bu nima degani? Masalan An'on surasining bir oyatida aytiladi.
"Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko‘ksini xuddi osmonga ko‘tarilayotgandek tor va tang qilib qo‘yadir" Oyatda bir ibora keltirildi. Xuddi kimdir nafasini rostlayolmayotganga o'xshaydi. "Yassa'adu", deyilganda uni aytish ancha qiyinlashadi. Aytgancha u paytlari odamlar yuqoriga chiqqan sari nafas olish qiyinlashishini bilishmagan. O'ylab qarasangiz mana shu oyatda ilmiy mo'jiza yashiringan. Qamar surasini olsak. Qamar so'zining so'ngi harfi "Ro" Yaxshilab qarasangiz surada 55ta oyat bor xolos. Buni qarang-ki, har bir oyat "ro" harfi bilan tugaydi. Arabchada "qamar" "oy" degani. Ro harfining shakliga qarasangiz ham uning ko'rinishi yarim oy shakliga o'xshaydi.
Eng mashxur suralardan Nas surasi. Unda iblisning shivirlashi aytilgan. Oyatlarning talaffuzi ham shivirlashni eslatadi. Bismillahir Rohmanir Rohim Ayting: "Odamlarning Parvardigoridan panoh so‘rayman. Odamlarning Podshohidan. Odamlarning Ilohidan. Yashirinib vasvasa qiluvchi shaytonning yomonligidan. U odamlarning qalblariga vasvasa solur. (U) jinlardan va odamlardandir". Shaytonning qalblarga qanday qilib shivirlashini oyatning o'qilishidan ham tushunib olish mumkin. Qur'onning tovush uyg'unligiga kelsak bu alohida soha. Agar kimdir Qur'onning yozilish tartibiga shubha qilsa unda uni besh daqiqa onlayn tinglab ko'rsin. Uni yuragingiz bilan sezasiz.
Qur'onni yuz marotaba xatm qilgan odamlar bor. Har safar o'qiganlarida hech qanday zerikishsiz o'qishadi. Biror kitobni olib uni qayta, qayta o'qib keyin yana o'qiganingizda undan zavqlana olasizmi? Bir muddatdan so'ng undan zerikasiz. O'qishni qo'yib turing. Qur'onni yod olgan kishilar millionlarni tashkil qiladi. Ha, 600 sahifani. Xatto 5 yoshli bolalar ham uni yod olishgan. Behazil. Eng ajablanarlisi nima bilasizmi? Alloh bularning barchasini biz har kuni ishlatadigan harflar va so'zlar yordamida qiladi. Lekin U ularni shunday mukammal tarzda joylashtirganki, hatto eng buyuk til ustalari ham bu inson nuqtayi nazari bo'lishi mumkin emasligini tan olishga majbur bo'lishadi.
Albatta, bu faqat Allohdan. Nihoyat to'rtinchi jihatga yuzlansak. Qur'onda keltirilgan ilmiy dalillar. Keling ko'z yugurtirib chiqamiz. Zoriyat surasi 47-oyat. Olamning kengayishi. Hadid surasi 25-oyat, temirning fazodan tushirilgani. Zumar surasi 6-oyat. Chaqaloqning ona qornida uch bosqichda o'sib ulg'ayishi. Nur surasi 40-oyat. Dengiz tubidagi zulmatning mavjudligi. Naba surasi 12-oyat. Atmosfera qatlamlari. An'om surasi 125-oyat. Yuqoriga ko'tarilgan sari havo bosimining o'zgarishi. Nahl surasi 68-oyat. Asal chiqaruvchi arilarning jinsi haqida. Rad surasi 3-oyat, o'simliklarning ham erkak va urg'ochisi borligi. A'rof surasi 57-oyat, bulutlarning og'irligi. Qiyomat surasi 4-oyat.
Inson barmoq izlarining betakrorligi. Hijr surasi 22-oyat. Shamolning changlanishdagi o'rni va boshqalar. Kim shuncha narsani yoza oladi? Masalan Aristotel tarixdagi mashxur shaxslardan. U ko'pchilikka ta'sir o'tkazgan. U fanning turli doiralarida har xil mavzularda so'zlagan. Ammo uning 70% ilmiy gaplari bugungi kun kashfiyotlariga to'g'ri kelmaydi. Qur'onda kelgan ilmiy faktlar esa o'zgargani yo'q. Yoki Issak Nyuton, fizikaning daholaridan biri. U o'zgarmas olam nazariyasini qo'llab quvvatlagan. Bugungi kun tadqiqodlari esa olamning tinimsiz kengayayotganini aytadi. Xuddi Qur'ondagidek.
Men aytmoqchi bo'lgan narsa shuki: o'sha davrda bunday mavzular haqida gapirish mina maydonidan yurishga o'xshardi. Xulosa qilib aytganda, buni quyidagicha soddalashtirish mumkin: Yuzlab yillar davomida son-sanoqsiz olimlar toqqa chiqishga harakat qilishdi. Va nihoyat yetib chiqqanlarida Qur'on o'sha yerda turgan ekan. Qur'onning birorta ham xatoga yo'l qo'ymagani, hech narsa unga teng kela olmasligining aniq belgisidir. Agar bu shunchaki inson nutqi deb o'ylasangiz, unda har bir harfida bir xil ma'noni saqlaydigan kitob olib keling. Qur'onda bir chaqiriq borligi sababli, keling, unga yakuniy so'zni beraylik: "Ular Qur'on haqida tafakkur qilmaydilarmi yoki qalblarida qulflar bormi?"