Towards Eternity
Blogga qaytish

Islom uchun Arab Millioneri bilan Xayrlashdim - Sobiq Xristianing kinolardagidek Islomga qaytishi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Katolik maktabida o’qiganman. Xudo bilan haqiqiy aloqam bor deb o’ylamasdim Londonda, kafeda o’tirgan edim. Ro’paramizda ikki yosh yigit o'tirgandi. Ular aslzoda va badavlat bo'lgan arab oilalarini biridan edi. Shu lahzadan boshlab hayotim ostun-ustun bo’lib ketdi. Men xususiy jetlar, shaxsiy uchoqlarda, hatto Konkordda uchganman. Hatto haydovchi, xizmatkor, oshpazlarimiz ham bo'lardi. Huddi orzulardagidek. Rosti, o’sha suhbatlar fikrlash tarzimni butunlay o’zgartirib yuborgandi. Keyin, Islom haqida kitoblar sotvola boshladim. Ularni O’qigan sayin hayratda yoqa ushlardim. Hamma nuqtalar birlashib mantiqiy ma'noni kasb etardi. Makkadagi namoz jonli efirda ketardi.

Shayx Sudays Qur'on tilovat qilayotgandi. Menga qattiq ta'sir qilgandan, to'xtovsiz yig'lay boshladim. Tinmasdan yig'lardim. Keyin esa uning yoniga borib qilayotgan ishlarimiz harom nikohdan otmasak, ketaman deb aytdim. U hali nikohga tayyor emasligini aytdi. Shu onda bunday davom etolmasligimni angladim. Assalomu Alaykum, hurmatli Patrisia Venko Towards Eternityga xush kelibsiz. Sizni ko'rganimizdan hursandmiz. Ilk savolimiz, Patrisia Venko kim? Hayotingiz haqida gapirib bering iltimos? Va Alaykum Assalom. Bu yerga taklif qilganingizdan juda hursandman. Men Islomni qabul qilgan olmonman. Otam aslida yunon bo'lgan, onam esa Chex. Xristian bo'lsamda, liberal muhitda voyaga yetganman.

20 yoshimda esa Islomni qabul qildim. 50 yoshimda salomatlik psixologiyasini o’rgana boshladim, keyinchalik Onaya qo’shimcha mahsulotlar kompaniyasiga asos soldim. Bugun esa barcha bilim va tajribamni ijtimoiy tarmoqlarda salomatlik targ’ibotchisi sifatida olib boryabman Islomdan oldingi hayotingiz haqida aytib bera olasizmi? Katolik maktabida o’qiganman. U yerda katoliklik muhitida, payg’ambarlar haqidagi qissalarni o’qib ulg’ayganman Ota-onam ajrashishganda yosh bo'lganim uchun onam bilan birga qoldim. Onam dildan ibodat qilar, Pasxa va Milod bayramini nishonlardik. Xudo qaysidir ma'noda doim boridi, uni mavjudligini bilsamam chuqurroq kirmagandim.

E'tiqodga hech qiziqib ko'rmaganman, Xudo bilan aloqam bor deb o'ylamasdim. Barchasi hayotimdagi oddiy an'analar edi, Milod bayramini nishonlash, bu shunchaki sovg'a olish, degandek gap edi men uchun Germaniyada o'zini Xristian deb hisoblaydigan va ish joyi bor hamma Cherkovga soliq to'laydi. Oyim shu sababdan doim: "Xudoga ishonish uchun nimaga men pul to'lashim kerak?" deb aytardi. Nima buning uchun soliq to'lash kerakmi? oyim Xudoga ishonsada cherkovdan ketgandi. Islomga bo'lgan sayohatingiz qanday boshlangan? Sayohatim biroz g'ayrioddiy boshlangan. Bari yozgi ta'tilda yuz bergandi. Ingliz tili kursi uchun Angliyaga borgandim.

Germaniyaga qaytishimdan bir kun oldin Londonda dugonam bilan kafeda o’tirgan edik va ro’paramizda ikki yosh yigit o'tirgandi. Yonimizga kelishdi, gaplashdik, raqamlarimizni almashdik. va O’sha lahzadan boshlab butun hayotim ostun-ustun bo’lib ketdi. 180 darajaga, ulardan biri bilan aloqada qoldim, keyinroq u menga aslzoda, boy va badavlat oiladan ekanligini haqida aytib qoldi. Oxir-oqibat to’rt yildan ortiq vaqt davomida munosabatda bo'lib keldik. Bu hayotimdagi telbanamo yillarim edi. Yani, oddiy nemis qiz kutilmaganda malikalardek yashay boshladi. Huddi ertakdagidek edi, axir har bir qiz malika bo'lishni istaydiku, Men shu tariqa, hashamatli hayot kechira boshladim.

Dunyo bo'ylab VIP xizmatlar, xususiy jetlarda, shaxsiy uchoqlarda, hatto Konkordda uchganman. Haydovchi, xizmatkor, oshpazlarimiz boridi. Huddi orzulardagidek. Maykl Jeksonni ham ko'rganman. O'sha paytdagi yigitimni qimmatbaho sport mashinalariga ishtiyoqi baland edi. Ba’zan London ko’chalarida yorqin rangli Rolls-Roys yoki eng so’nggi rusumdagi Yaguar sport mashinalarida kafelarga borardik Bu chindan, ham telbacha hayot tarzi edi. Hatto Los-Anjeles ko’chalarida sariq Harley-Devidson’da shlemsiz sayr ham qilganmiz. Aql bovar qilmasdi, oilasi ham doim menga mehribon edi to'g'risi. Ularni menga eng yoqqan tomoni oilaviy rishtalari juda ham havasli mustahkam edi.

Yigitim diniga unchalik amal qilmasa-da, Islomning ko’plab qadriyatlarini o’zida mujassam etgan edi. Shu sabab tez-tez din, ayollar, erkaklar, hurmat va qadr-qimmat haqida suhbatlashib turardik. Rosti, o’sha suhbatlar fikrlash tarzimni butunlay o’zgartirib yuborgandi. Boshida Islom haqida ko'p narsa bilmas edim. Miyamda ayollar hurmat qilinmaydi, ularga qiyin, ro'mol yopinishga majburlanadi degan odatiy tasavvurlar bor edi. Ammo u Islomda ayollar qanchalik qadrlanishini va sharm-hayo ozodlik shakli bo’lishi mumkinligini tushuntirgan sari, o’z hayotimdan shubhalana boshladim Chindan ham go'zallik tushunchasi moda sanoati tomonidan belgilansa, men qanchalik ozodman deb savol berdim?

Tanamni qaysi qismini kimga ko'rsatishni o'zim hal qilolamanmi? O'zi ozodmanmi yo bu shunchaki sarobmi? Masalan ishga kirishda yopiqroq kiyinishni tanlasam nima yuz beradi? tashqi ko'rinishim qadriyatlarim va fazilatlarimdan muhimroqmi? Vaqt o'tib G'arb ayollarini erkaklar bilan raqobatlashishi, ularga o'xshashga intilishiga sabab boshidan ularga ayollik huquq va qadriyatlari berilmaganligidanlikini tushinib yetdim. Ichki izlanishlarim shu anglashdan, boshqacha fikrlash, boshqacha hayot tarzi va yondashuv mavjudligini tushunishdan boshlandi. Yigitim ba'zan vataniga borib-kelib turardi, u yo'q paytlari juda ham zerikar edim to'g'risi.

Hozirgidek ijtimoiy tarmoqlar yo'q edi, qiladigan ish yo'qligidan, kitoblar sotib ola boshladim. Islom haqida eski uslubdagi kassetalar ham, o'sha paytlar bizda bori shu edi holos. Ular orqali Shayx Ahmad Didot va professor Jeffri Leng kabi mashhur da’vatchilarni kuzatib ko'rdim. Ularning ba’zi ma’ruzalarini, olimlarning Islomni qabul qilgani haqidagi videolarni tomosha qilardim, Qur'on mo'jizalarini ham ko'rardim. Ko'rgan sari, o'qigan sari, bu Allohdan kelgan manba ekanligiga shunchalik qattiq ishomishni boshlardim.

Tasavvur qiling, 1400 yildan ko’proq vaqt oldin sahroda yashagan oddiy bir inson dengiz tubidagi olovlar haqida, tog’larning yer barqarorlashtiruvchi ildizlari borligi yoki quyosh nur taratishi, oy faqat uni aks ettirishi haqida qayerdan bilardi? Aql bovar qilmas edi. Keyin yanada chuqurroq o'rgana boshladim. Dinlarni o’zaro solishtira boshladim, Nasroniylikda qanaqa?, dedim. Bu hayotimda birinchi marta Xudo tushunchasini chin dildan qidirishim edi. Ilk bor Injilni o’qishni boshladim. Shayx Ahmad Didotning ko’plab bahslarini ko’rdim. U Injil va Qur’on oyatlarini, Eski Ahd va boshqa barcha muqaddas bitiklarni solishtirishda nihoyatda kuchli edi.

u asl ta'limotlarga qaytishda juda bilimli inson edi. Iso alayhissalomning asl ta’limotlari ham yagona Xudoga ibodat qilish bo’lganini shundagina anglab yetarkansiz. u hech qachon o’zini uchlikdan biri deb aytmagan, Xudo deb da’vo qilmagan. Bular keyinchalik o'zgartirilgan. Ammo asl ta’limotlar o'zgarmagan. Yani, uning namoz o’qish tarzi, ro’za tutgani, cho’chqa go’shti yemagani bunga misol bo'la oladi. Shunchalik ko’p narsalar borki... Yoki Maryam, Maryam onamiz. u biz uchun eng buyuk namunalardan biri. va onamiz ham hamisha yopinib yurganalar. Agar barcha nuqtalarni birlashtirsangiz, mantiqiyligini ko'rasiz va bari oydinlashadi.

Ma’lum nuqtada juda muhim narsani anglab yetdim: barcha xabarlar hamisha bir xil bo’lgan. Manba ham hamisha bir xil bo'lgan. Odam alayhissalomdan Muso, Iso va Muhammad alayhissalomlargacha. Shunda dinlardan birini tanlashim shart emasligini tushinib yetdim. Chunki musulmon bo’lsam, avtomatik ravishda xristianlik va yahudiylikning asl ta’limotlariga ham iymon keltirgan bo’laman. Musulmon kishi Iso va Muso alayhissalomlarga va ulardan oldin o’tganlarga ishonmasa, musulmon bo’lolmaydi. Barcha jumboqlarning yechimi men uchun mutlaqo mantiqli edi. Boshqa tomondan, hamma narsani chiroyli juda chuqur his qilaman Islom esa mening har ikki tomonimga xitob qildi.

Keyin yigitim o'z vatanida bir lahza bo'ldi. Hammasi huddi kechagidek yodimda. Buni xech unita olmayman. Televizorni yoqmoqchi bo’lib, pultni oldim. Kanallarni yurgizsam, Makkadagi namozning jonli efiri ketayotgan ekan. O'shanda birinchi marta nimagadir chin dildan e'tibor berdim. Shayx Sudays Qur’on tilovat qilarkan, ovozi qanday titraganini hech qachon unutmayman. Uning har bir so’zda Allohga bo’lgan hayibat va muhabbatni his qilish mumkin edi. Keyin boshqa musulmonlarga qaradim. Ular yonma-yon turishar, ruku qilishar, birgalikda Allohga sajda qilishardi. bu haqiqiy baxt edi. Ba'zilar esa hatto yig'lashardi. Menga shunday ta'sir qildiki, to'xtovsiz yig'lay boshladim.

tinmasdan yig'lardim, yig'lardim. Shayxni birorta so'ziga ham tushunmasdim, ammo qalbim ma'nosini anglardi. Ruhim sezardi. Bu xuddi onasining so’zlarini tushunmasa-da, lekin uni taniydigan chaqaloqqa o’xshardim o'zimni. Hislarim ana shunday edi. O’sha lahzada buni tushunib yetdim. Alloh chindan mavjud. U yagona, mutloq haqiqatdir. Shahodat keltirgach nimani his qildingiz? Oldin Germaniyaga qaytdim va kichik Masjudga kirdim. Imom, meni tabassum bilan kutib oldi. Polda davra qurib o’tirdik va u mendan bir nechta savollar so’radi: Islom haqida bilamanmi, bunga majburlanmadimmi va o’z xohishim bilan qilyapmanmi buni... Keyin Shahodat keltirishimni so’radi.

Hali ham esimda, o’zimni g’oyatda yengil his qilgandim. Buni hali ham unuta olmayman O'zimni xotirjam his qilardim ruhim esa "va nihoyat" der edi. Islomga kirgach yigitingiz bilan gaplashdingizmi? Ha, aytdim, buni o’zi ham sezdi, chunki Alloh subhanahu va taologa bo’lgan muhabbatim tobora kuchayib borayotgandi. Ro’za tutib, namoz o’qishni ham boshladim. bu dabdabali hayotimda o’zimni borgan sari noqulay his qilishimga sabab bo’ldi. Chunki hijob bilan tungi klublarga borish juda ham g'alati edi. Shu sabab boshida murosaga kelishga harakat qildim. Germaniyada bo’lganimda hijob o’rardim u bilan bo’lganimda esa uni yechib qo’yardim. U bunga rozi edi, yonida hijob o’rashimni istamasdi to'g'risi.

Xo’p dedim. Lekin qalbimning tub-tubida bu xato ekanligini his qilardim. Yuragim juda notinch edi. Bir vaqtni o’zida ikki xil hayot kechirib baxtli bo’la olmasdim. Vaqt o’tishi bilan sezdimki, Allohga qanchalik yaqinlashsam, u bilan oramizdagi masofa shunchalik uzoqlashib borardi. Buni tushinib yetdim. bir voqeadan so'ng oxiri yaqinligini tushindim. Islom haqida ko’proq o’qib, o’rganishdan to'xtamadim o'shanda kitobni yopib bu yerda nimadir xato. Buni davom ettirib hamva ko'z yumib ham bo'lmaydi." Shartta uni yoniga bordim , "va bu ishimiz harom, ortiq bunday davom ettolmayman. Nikohdan o'tamasak men senda ketaman deb aytdim.

U esa hali nikohga tayyor emasligini, lekin hozirgidek davom etishimiz mumkinligini aytdi. O’sha lahzada barini angladim. ortiq bunday yasholmayman. Yuklarimni yig’ishtirdim-da, va undan ketdim. to’rt yil davom etgan munosabatlar uzilgani sizga qanday ta’sir qildi? Bu dahshat edi. chunki, uyga qaytishga qaytdimu, lekin onamni oldida menga joy yo'q edi. Bu jaxshat edi. Endi nima qilaman? Endi hayotimni qanday davom ettiraman? Maktabni bitirganimga ko'p bo'lmagan, ma'lumotim ham yo'q. Endi na sayohatlar, na xususiy jetlar, va na VIP xizmatlar bor men uchun. Uyda o’zimni mehmondek his qilishni boshladim, chunki bir-ikki haftaga kelardim.

u yoqdan-bu yoqqa qatnab yurardim xolos charchab lketardim to'g'risi. Endi esa hammasi tugadi. Ovqat pishirish ham, uy ishlari, tozalash, barini o'zim muttasil bajarishim kerak edi. Va bu juda ham qiyin edi. Buyog'iga nima qilish kerakligini o’ylardim. "Yaxshisi, Islomni o’rganaman", deb qaror qildim. Bir kuni Universitetga bordim va negadir u yerda ham xech ham ko'nglim to'lmadi. O'zomdan shubhalanardim. Ko’p o’tmay bo’lajak turmush o’rtog’imni uchratdim, va baribir, hayotimni boshlay olmadim. Islomiy hayot tarzini qabul qilish, masalan, besh vaqt namoz o’qish siz uchun qiyin bo'lmadimi? Ochig'ini aytsam, unchalik qiyinchilikni sezmadim.

Chunki Alloh subhanahu va taolo bizga bergan ko’rsatmalar hikmatga to’la ekanligiga chin dildan ishongandim Ular faqat jamiyat manfaati va ayniqsa, ko’proq himoyaga muhtoj bo’lgan ayollar manfaati, ularning himoyasi uchun berilgandi. Bu albatta yoqmili edi. Islomda bundan 1400 yillar oldin ayollarga juda ko'p huquqlar berilgan. meros olish huquqi, turmush o’rtog’ini tanlash, ajrashish, o’z pulini ishlash va uni saqlash huquqi, hatto ta’lim olish mas’uliyati, ham berilgan ekan. Yevropalik ayollar bu huquqlarni yaqin o'tmishdagina qabul qilishdi. Savolingizga qaytsak, islomiy hayot tarzini qabul qilish, hijob o’rash haqidagi qarorni avtobusda qabul qilgan ekanman eslasam.

Xullas Hamon kechagidek yodimda, avtobusga o'tiridim va, odamlarga qaradim ex bular nima deyishi yo o'ylashidan qo'rqib haliyam shu matoni o'ray olmayapmanmi deb o'zimdan o'zim so'radim? Nahotki Allohni fikri va aytganlari muhimroq bo'masa ulardan? deb o'zimga o'zim javobni tayorlab qo'ydim ertasi kuni hijob o’radim, juda hayajonda edim to'g'risi. Yuragim dup-dup urayotgani hali ham esimda. Ammo hammasi o'ylaganimdan ancha oson kechdi. Bu menga butunlik hissini berdi, chunki ichimda ko’tarib yurgan e’tiqodimni tashimda ham namoyon qila oldim. Ha, birinchi qadamni hijob bilan boshlash ancha oson kechdi. Alloh bilan alohida bog’liqlikni his qilgan g’ayritabiiy lahzalaringiz bo’lganmi?

O, ha, bir necha bor. Ajrashganimdan keyin farzandlarim bilan hayotni noldan boshlashimizga to’g’ri keldi. Pul yo’q, jamg’arma yo’q, ish yo’q, oilaviy yordam ham yo’q, yordam beradigan hech kim yo’q. Yangi shaharga ko’chib yashashga joy topishim kerak edi O’sha shaharda ijaraga uy topishga uringan har bir kishi buni qanchalik imkonsiz ekanligini biladi. Sizdan daromad, depozit va kafolat so’rashadi. Menda bularning hech biri yo’q edi. U yerda barqaror daromadga ega, oliy ma’lumotli odamlarning ham umidsizlarcha uy qidirib e’lon berib yurishardi. Vallohi, bu huddi uddalab bo'lmas topshiriqqa o'xshardi.

Haliyam esimda, Kompyuter qarshisida o'tirib ijara e'lonlarini tekshirishishni rejalashtirib turibmanda, o'sha lahzada Allohga ishonchim ortib unga tavakkal qildim. "Yo Alloh, yo'limni, borar manzilimni ko'rsat. Birinchi chiqganiga boraman, Sen biz uchun nima yaxshiligini o'zing bilasan" O'sha kuni Payshanba edi. Birinchi marta tekshirishni bosdim va u yerda faqat bittagina e'lon boridi. Hammamizga yetarli, chiroyli va hamyonbop uy edi. E’lon egalariga xabar yubordim, ular shanba kuni soat 10 dan 12gacha kelishim mumkinligini aytishdi, lekin odam ko’p bo’lishidan, ko’p vaqtimni olishidan ogohlantirib qo'yishdi. "Yaxshi, manzilingizni bering", dedim.

Juma kuni manzilni tekshirib borganimda, nima bo’ldi bilasizmi? Uy egasi e’longa: "Qiziquvchilar qaytadan bog’laning, tizimdagi xatolik tufayli hamma xatlar o’chib ketdi", deb izoh qoldirishgan ekan ishonasizmi shu gapga. Hayron qoldim, lekin bunga uncha e’tibor bermay, nima kiyish haqida o’ylay boshladim. nima qilaman endi. Hijob borasida ikkilanayotgandim hali ham. Uni sal orqaroqqa qilib o'rasammikan debam o'yladim. chunki juda dindor bo’lib ko’rinishni istamasdim, bilasiz, bu Germaniya va bu yerda irqchilik ancha kuchli shakillangan buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. "Yo Alloh, barchasi Sening qo'lingda, men uni doyimgidek o'rayman.

Agar bu go'zal uyda yashashimiz peshanamizga yozilgan bo'lsa, O'zing yo'l ochasan" Shanba kuni tongda boshqa bir uchrashuvim borligi va tirbandlik tufayli soat 10:45 da, ancha kech yetib bordim. Uy egalari tabassum bilan "Xush kelibsiz, siz birinchisiz" deb aytishdi menga. "Nima? Odam ko'p bo'lishi kerak edi-ku", deb hayron qoldim. Keyin bilsam, xatlar o'chib ketgani uchun odamlar manzilni ololmagan ekan tushinyabsizmi. Subhanalloh. ijarachilar o'zlari yoqtirgan birinchi odamni uy egasiga tavsiya qilishni rejalashtirishgan ekan, koryabsizmi. Subhanalloh. O'sha kuni ertalab men birinchi bo'lib yetib bordim va ularga yoqdim. Barcha to'siqlarga qaramasdan, uy bizniki bo'ldi bu baxt edi.

Vallohi, u juda go'zal uy edi. Katta bog'i, mehribon musulmon qo'shnilari bor edi. Bizga kerakli hamma hamma narsa yaqin edi. Chindan ham, har kuni shukronalikdan ko'z yosh to'kar edim. Nihoyat bolalarimga tinch va go'zal boshpana bera olgandim. Bilasizmi, odamlar yillab qidirib ham uy topolishmaydi. Qachonki o'zingizni butunlay Allohga topshirib, Unga tavakkal qilsangiz, o'shanda sizni panohiga oladi. Bu shunday go'zal tuyg'uki, unga erishish juda qiyin. Patrisiya opa, islomiy hayot salomatlik yo'lingizga ham ta'sir qilgan. Bu haqda batafsilroq gapirib bera olasizmi? 20 yillik og'ir nikoh va farzandlar tarbiyalashdan keyin, xullas, butunlay charchagandim va vujudim bunga dosh berolmadi.

Menda autoimmun kasalliklar, Xashimoto va psoriaz rivojlanib ketdi. Surunkali yallig'lanishlar boridi, har kuni va har kecha og'riqlardan azob chekardim Shunday paytlar bo'ldiki, hatto tik turib namoz o'qiy olmay qoldim. Soch to'kilishi, yurak muammolar, ong xiralashishi va qancha uxlasam ham, qancha kofe ichsam ham, charchoq meni qiynar edi. va Shifokor menga : "Ahvolingiz qalay?" deyishi bilan ko'z yoshlarimni tutib turolmasdim yig'lardim. Bir safar u menga qarab: "Agar shunday davom etsangiz, yo kuchli charchoqdan yoki saraton bilan shifoxonaga tushasiz", dedi. Bu meni qo'rqitib yubordi. Chunki o'sha paytlari saraton bo'lishdan vahimaga tushib qolgandim.

O'sha kunlarda navbatdagi mo'jizalardan birini boshdan kechirdim. Kompyuter qarshisida ishlayotgan paytimda, onam kayfiyatimni ko'tarishga urinardi. U telefonda: "Kirib Feyzbuk profilimni tekshirib ko'r, qiziqarli narsa qo'ydim", deb qoldi. bunday narsalar yoqmasdi. Hech qachon yoqmagan! Umuman vaqtim yo'q edi bularga. Ammo o'sha lahzada nimadir sodir bo'ldi. Hali ham esimda, go'yo kimdir qo'lim ustidan qo'lini qo'yib, sichqonchani surayotgandek bo'di Onamni profiliga kirdim, biroz pastga tushdim, "Saraton tadqiqotida burilish: mevalar yordamida saratonni davolash", degan sarlavhani oqib ko'rdim. O'shandan boshlab tadqiqotlarga va holistik salomatlikka sho'ng'ib ketdim.

Bunga juda hma juda ham tashna edim. Hammasini tushunishga mukkamdan ketdim. Tana qanday ishlashini anglashni istardim. Hamma ma’lumotlarni qanday tizimlashtirish kerak? Yuzlab qo'shimcha mahsulotlarni qabul qildim, sinab ko'rdim, o'zgartirdim. Dunyo bo'ylab surunkali va autoimmun kasalliklarni davolashni da'vo qilgan mutaxassislarni kuzatdim. Va mana men, Alhamdulillah, Alloh roziligi-la ish berdi. Biofilm nima va hozir qaysi loyihalar ustida ishlayapsiz? Biofilm bu asosan ichaklaringizdagi kasal qiluvchi yopishqoq kirdir. Va tajribamga ko'ra, u deyarli hamma odamda bor. Ehtimol, sizda ham. Aytgancha, biofilm yangilik emas. Oshxona chig'anog'i ostidagi quvurni tasavvur qiling.

Uning ichki devorida hamisha shilimshiq, qo'lansa hidli qatlam to'planib qoladi, to'g'rimi? Shunga o'xshash shilimshiq qatlam immun tizimimizning eng katta qismi joylashgan ichak quvurimizni ichki devorida ham shakllanishi mumkin. Bu muammo bo'lishi mumkin. Ochig'i, biofilm salomatlik masalasida eng ko'p e'tibordan chetda qoladigan mavzulardan biri deb o'ylayman. Amerika Sog'liqni saqlash instituti e'lon qilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tanamizdagi surunkali infeksiyalarning 80 foizigacha bo'lgan qismi biofilm bilan bog'liq. Ko'ryapsizmi? Shu sabab ichagimdagi biofilmni tozalash hammasini o'zgartirdi.

Agar ichakni tozalash tizimimdan foydalansangiz uni nafaqat chiqarib olasiz, hatto ushlab ko'rolasiz. Siz ham sinab ko'rishingiz kerak. Muammo shuki, hozirgi turmush tarzimiz, iste’mol qilayotgan qayta ishlangan mahsulotlarimiz bilan zararli mikroblarni oziqlantiryapmiz. Biofilm paydo bo'lishi va o'sishini istamasangiz shunchaki foydali bakteriyalarni oziqlantiring. Ularga tabiat, haqiqiy ovqatlar yoqadi, eng muhimi tabiiy va toza bo'lishi kerak. Qolganlaridan voz keching. Foydali bakteriyalar shunday oziqlantiriladi. Siz uchun Islom va tibbiyot nimani anglatadi? Dildan ishonamanki, Alloh subhanahu va taolo bizni hayot yo’lida olib yurish uchun ajoyib tanamizni yaratgan. Bu Xudoning tuhfasi.

Salomatlik yo’lidagi izlanishlarim davomida anglaganim shuki, tanangiz hamisha sizni himoya qilishga urinadi. Tibbiyot ham shunchaki simptomlarni davolamasdan Alloh ichimizda yaratib qo'ygan shifo jarayonlarini qo'llab-quvvatlashini istar edim. Nega endi tana tilini tushunishga urinmasligimiz kerak? Nima uchun tana xolesterin miqdorini oshiradi? Nega insulin retseptorlari javobi pasayadi? Nima uchun yurak bosimni oshiradi? Kim bu savollarni berayapti? Sabablarni qidira boshlasangiz, tanangiz sizga pand bermayotganini ko'rib hayratlanasiz. Aksariyat hollarda u sizni yomonroq narsadan qutqarayotgan bo'ladi.

Afsuski biz Musulmonlarda nima yeyish yo yemaslik, qancha yeyish bobida aniq ko'rsatmalar amal qilmaymiz ba'zida bu juda ham yomon Agar adashmasam, Qur’onda halol narsalarni yeyish haqida to’rtta oyat bor edi. lekin ular hamisha "toyyib" so’zi bilan birga keladi, ma'nosi pok degani. Endi ayting, bugun nima yaxshiroq? Masalan shakar halolmi? Ha. Lekin foydasi bormi? Yo'q. Go'sht-chi halolmi? Shunga umid qilamiz, ammo har kuni yeyish foydalimi? Yo'q. Paket ustidagi "halol" tamg’asi uning "toyyib" ekanligini anglatmaydi. Menimcha, Islom va tibbiyot yonma-yon borishi kerak.

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: "Alloh har bir dard bilan birga uning shifosini ham yaratgan", deganlar. Aytgancha, bu hadis oshxonamdagi javonda eslatma bo’lib turadi. Payg'ambarimizda sizni eng ko’p nima hayratda qoldirgan? O’ylashimcha, u zotning g’oyat muloyim, hamisha mehribon va adolatli bo’lganliklari. Ba'zida o'sha davrdagi hayot tarzini o'ylab qolaman hamma narsani hayotingizni obro'-e'tiboringizni xavf ostiga qo'yasiz nima uchun, nega Hammasidan ayrilishingiz mumkin, lekin shunda ham samimiy va adolatli bo’lib qolish Bu, umuman inson zotiga yot iroda. Har qanday odam bunday vaziyatda qattiq xafa bo’lardi, g’azablanardi.

Adolatsizlikka qo’l urishi mumkin edi Lekin u zot bunday qilmadi. Bunday matonatga, jasorat va kuchga ega bo’lish, albatta hayratlanarli. Bunga faqat Alloh tomonidan tanlanib, Uning elchisi bo’libgina erishish mumkin. So'nggi savol: agar dunyodagi barcha g'ayridinlarga murojaat qilish imkoni bo'lsa bo'lsa nimalar derdingiz? Men Qur'on o'qigandagi hislarimni sezib ko'rishingizni istardim. Ba’zi oyatlar meni ko’z yoshlariga g’arq qiladi, chunki bular Yaratuvchining so’zlari ekanini anglayman. Hech bir inson bunday so’zlasha olmaydi. Qur'onda Alloh borliqdagi barcha yaratilish belgilarini va dalillarni bayon qilgach, insoniyatga bitta savol beradi. Qayoqqa otlandingiz?

Maqsadlar qilishingiz, o'zni chalg'itib charchatishingiz, uy, oilalar qurishingiz, mashinalar sotvolishingiz mumkin. Vaqtingizni sarflab, ko’prog’iga intilib yashashingiz mumkin. Bir lahzaga to’xtang, ko’zlaringizni yuming. Yaratuvchingiz sizga mehr, muloyimlik bilan savol berganida his qilishga urinib ko'ring. Qayoqqa otlandingiz?