Towards Eternity
Blogga qaytish

Iso Xudomi yoki Payg'ambarmi? - Buyuk SI Bahsi!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Xonimlar va janoblar xush kelibsiz! Bugungi debatimizda biri musulmon, biri xristian, bo'lgan ikkita sun'iy intelekt baxslashishadi. Ular asrlar davomida to'plangan aqliy, naqliy va yozma dalillarni keltirishadi. Bugun biz din tarixidagi eng munozarali va dolzarb savollardan biriga to'xtalamiz. Video davomida bir biriga qarshi da'volar va jiddiy e'tirozlarni eshitishingiz mumkin. Har bir javobga ikki daqiqadan vaqt beriladi. Har ikki taraf Sun'iy Intelektlar tomonidan baholanadi. Dastur oxirida eng ko'p bal to'plagan yutadi. Debatni boshlaymiz. Iso alayhissalom Xudomi, Xudoning o'g'limi yoki payg'ambarmi?

Xristian ta'limoti shunday deydi: Iso to'liq Xudo va to'liq inson, 100% ilohiy, 100% insondir. Bu ziddiyat emas balki ikki xilqatning bir shaxsda mujassam bo'lishi. Nega deysizmi? Chunki inson bir o'zi Xudoga yetisha olmaydi. Shuning uchun Xudo insoniyatga yordam berish uchun inson qiyofasiga kirdi. Iso 100% inson va 100% Xudo dedingiz. Ammo bu barcha jihatdan; matematik, falsafiy va ontologik jihatdan, ziddiyatdir. Nima uchun? Nima uchun? Xudo bo'lish cheksiz bilim, mutlaq kuch, abadiy mavjudlik, boqiylikni anglatadi. Inson bo'lish cheklangan bilim, zaiflik, yaratilganlik, o'lim demakdir. Savol shundaki, mavjudot bir vaqtning o'zida ham cheksiz, ham cheklangan bo'lishi mumkinmi?

Bu mantiqdagi ziddiyatsizlik tamoyilining buzilishidir. Suv bir paytning o'zida ham issiq ham sovuq bo'lishi mumkin emas. Buni muqaddas sir deyish masalani hal qilmaydi, balki mantiqiy imkonsizlikni tug'diradi. Siz inson Xudoga yetisha olmaydi, shuning uchun Xudo uning oldiga tushdi dedingiz. shuning uchun Xudo uning oldiga tushdi deysiz. Demak Xudo insonga aylanmay turib duolarimizga javob bera olmaydimi? Agar U cheksiz qudratli bo'lsa unda nega yaqin bo'lish uchun insonga aylansin? Xudo insonga yaqin bo'lishi uchun unga aylanishi shart emas. Payg'ambarlarni tushirdi, kitoblar nozil qildi, U bizga aql va vijdon berdi. U bizga jon tomirimizdanda yaqin.

Qur'onda ham shunday deyiladi: "Qayerga bormang u siz bilan" Qur'on (57 : 4) Ilohiy yaqinlik mujassamlikni talab qilmaydi. Xristianlikda Xudo yerga tushadi, Islomda esa bandalar unga ko'tariladi. Birida Xudo cheklangan, ikkinchisida esa bandalarni martabasi ko'tariladi. Birida Xudo azoblanadi, ikkinchisida esa banda saodat topadi. Shu sababli, Islom dinida ilohiy birlik tushunchasi bo'lgan Tavhid qalbni hotirjam qiladi, ruhga taskin beradi. Xudo yagona. U bizga yaqin. Ammo bizga o'xshamaydi. Mana shu haqiqiy yaqinlik. Mana shu haqiqiy rahm shavqat. Xudo nega insonga aylandi? O'ta kuchli savol berdingiz. Agar u jon tomirimizdan ham yaqin bo'lsa unda nega insonga aylansin?

Shu joyida xristianlik boshqacha javob keltiradi. Ha, Xudo shundoq ham bizga yaqin, lekin u faqatgina yaqin emas, U shunchaki maqomni emas, balki munosabat istaydigan Xudodir. Islomda Xudo bandasiga yaqin, ammo U ko'rinmasligicha qoladi, to'g'ridan-to'g'ri gapirmaydi, yemaydi, ichmaydi, uni ushlab ham bo'lmaydi. Xristian dinida Xudo insonga aylanib o'zining yaqinligini ko'rsatadi. Xudo insonga aylanishga muxtoj bo'lgani uchun emas, balki innsoniyat bu yaqinlikka muxtoj bo'lgani uchun. Yig'layotgan qalb ko'z yoshlarini arta oladigan Xudoga muhtojdir. Azob chekayotgan qalbga: "Darding boshimdan o'tgan", deya oladigan Xudo kerak.

Xristianlik shunday o'rgatadi: "Xudo dardingni bilibgina qolmay uni his qilib ham ko'rgan." Bu qadr-qiymatning tushishi emas; bu ilohiy muhabbat sababli bo'lgan tushishdir. Tan olaylik, bu gap masalani hal qilmaydi; aksincha, uni yanada kuchaytiradi. Yaqinlik faqat jismoniy bo'ladimi? Yo'q albatta. Yaqinlikning oliy darajasi ko'zga ko'rinmaydi ammo uni his qilsa bo'ladi. Xudo yerga tushmay, ulug'vorligini kamaytirmay va o'z rahm-shafqatidan voz kechmay turib ham bandasiga yaqindir. Xudo sizni biladi. U dardingizni biladi ammo boshidan o'tkazib emas. Xuddi tabib bemor dardini his qilmay turib tushungani kabi Xudo dardingizni bilishi uchun dard chekishga muxtoj emas.

Muhabbatni Xudo o'z darajasini tushirishiga mutlaqo aloqasi yo'q. Bunday gaplar Xudoni adolatsiz qilib rahm shavqat tushunchasini "Sen gunoh qilding o'rninga o'z o'g'limni jazoladim" deyishga olib keladi. Bu qanaqasiga adolat bo'lsin? Islomda har bir kishi o'z gunohi uchun mas'uldir. Haqiqiy sevgi bandaning Allohga bo'lgan rag'batidadir. Alloh bizga nima kerak bo'lsa berib bo'lgan. O'rnak olish uchun payg'ambarlarni, to'g'ri yo'ldan adashmaslik uchun muqaddas kitoblarni, o'zi bilan bog'lanish uchun duoni, bizga yaqin bo'lish uchun rahmatini berdi. Ko'pgina dinlarda najot ko'pincha amallar, marosimlar va qonunlarga qat'iy itoat qilish orqali izlanadi.

Biroq, xristianlik nima qilsangiz ham, hech qachon Xudoning muqaddasligiga erisha olmaysiz, deydi. Ammo Xudoning o'zi sizni qutqarish uchun keladi. Biz, Isoning qurbonligini majburiy jazo sifatida emas, balki Xudoning o'z irodasi bilan insoniyat uchun o'zini qurbon qilishi sifatida ko'ramiz. Bu orqali adolat o'rnatiladi; gunoh jazosiz qolmaydi. Va rahm-shafqat ado qilinadi; gunohkor kechiriladi. Va rahm-shafqat ado qilinadi; gunohkorlar kechiriladi. Kechirish uchun qurbonlik shartmi? Yo'q. Lekin avfning qiymati kechiruvchining nimaga tayyorgarligida ko'rinadi. Xudo sizni shu darajada yaxshi ko'radiki, sizni o'rningizga jazo o'tashni tanladi.

Bu haqiqat nafaqat insonni forig' qiladi balki qalbida shukronalikni uyg'otadi. Xristianlik inoyat orqali najotni o'rgatadi. Xudo jazo bermaydi, balki davolaydi. Xristianlikda gunoh qoidaning buzilishigina emas balki Xudoning muhabbatini inkor qilishdir. Bunday xiyonatni oddiy tavba bilan kechirib bo'lmaydi. Bunday katta gunohga faqat Xudoni o'zi javob berishi mumkin. Isoning xochga mixlanishi ham gunohning halokatlikuchini, ham Xudoning cheksiz muhabbatini ko'rsatadi. Islomda "Tavba qil, Xudo seni kechiradi" deyilgan. Lekin tavba qilishdan avval o'lib qolsamchi? Xristianlikda esa Xudo so'ramasingizdan avval kechirib bo'lgan.

Bu degani, avval Xudo sizni sevdi va keyin javobingizni qabul qildi. "Xudo so'ramasingizdan avval kechirib bo'lgan?" Bu muhabbatmi yoki adolatni tugashimi? Avvaliga bu ta'sirli g'oyadek tuyuladi. Lekin qayta o'ylab ko'ring, bir begunoh inson, ya'ni Iso, gunohkorlarni o'rniga jazolandi. Bu adolatning asl mohiyatiga ziddir. Sudya hamma jinoyatlarni kechirib yuborsa nima bo'ladi? Buni nomi shavqatmi yoki adolatsizlik? O'zi, hamma gunohlar ham Allohga qarshi qilinmaydi. Ularni ko'pi odamlarga qarshi: xiyonat qilish, odamlarni o'ldirish, o'z farzandingizni yetim tashlab ketish, birov haqida yolg'on tarqatish, zaif insonning molini o'g'irlash.

Aytaylik Xudo gunohlarni hammasini kechirdi, lekin qurbonlarchi? Ular kechirdimi? Ularning haqqi nima bo'ladi? Islomda mazlumdan uzr so'rashni o'zi kifoya emas. Balki undan kechirim so'rashingiz lozim. Xristian dinida esa bu narsa yo'q. Bir odam o'g'rilik qilsa, boshqa begunoh odam "Seni o'rninga men qamalaman" deydi, sudya esa o'g'rini qo'yib yuboradi. Ammo qurbondan birov nima xohlashini so'ramadi. Adolat shumi? Muhim savollarga to'xtalsak. Agar jannat kafolatlangan bo'lsa, unda gunoh qilishdan nima to'sadi? Bir kishini gunohi boshqa odam sababli allaqachon kechirilgan bo'lsa unda mas'uliyat qayoqda qoladi? Imtihon natijasini bilsangiz unga jiddiy yondashasizmi?

Faqat muhabbat va mukofot muhim bo'lsa unda nega Iso ta'lim bergan va axloqiy hayot kechirgan? Qur'on muvozanatni berdi: "Kimki misqolcha yaxshilik qilsa ham ko'radi. Kim misqolcha yomonlik qilsa ham ko'radi." Qur’on (99:7-8) Kim misqolcha yomonlik qilsa ham ko'radi." Islom kuchlirog'ini taklif qiladi: umid, qo'rquv va mas'uliyat. Busiz muhabbat mashaqqatga, najot esa jannat sug'urtasiga aylanib qoladi. Islomda hech kim boshqaning yukini ko'tarmaydi. Qiyomat kunining Egasi Allohga 5 mahal yuzlanasiz. Tavba eshiklari ochiq, ammo bu beparvo bo'lish kerakligini anglatmaydi. Haqiqy muhabbat "Sen uchun qurbon bo'ldim" deyish emas, balki "Men tomon yursang seni hidoyat qilaman" deyishdir.

"Agar Iso begunoh bo'lsa nega boshqalarni gunohiga o'ldirildi?" dedingiz. Bu savol va uning javobi xristianlikning markazida joylashgan. Iso o'z xohishiga qarshi jazolanmagan. U Yuhanno 10-bob, 18-oyatda aytilganidek, o'zini ixtiyoriy ravishda qurbon qildi: "Hech kim jonimni Mendan olmaydi. Men uni O'z ixtiyorim bilan fido qilaman". Bu majburiy qurbonlik emas edi; bu ixtiyoriy muhabbat sovg'asi edi. Nega bunday qildi? Chunki nasroniy e'tiqodida gunoh shunchaki qoidalar buzishilishi emas balki yaralishni yo'q qiluvchi isyondir. Uning natijasi shunchaki aybdorlik emas balki o'lim, ajralish va sinishdir.

Va buning oqibatini ko'tara oladigan va buzilgan narsani tiklay oladigan yagona Zot Xudoning o'zi edi. Demak, Xudo bu tovonni shaxsan to'lashni tanladi. Adolatni chetlab o'tish uchun emas, balki uni amalga oshirish va rahm-shavqatni ko'rsatish uchun. Juda muhim narsani aytdingiz. Islomda kimnidir hafa qilsangiz faqat undan kechirishini so'raysiz. Xristian dini bu axloqiy tushunchani e'tiborsiz qoldirmaydi. Bizda haqiqiy tavba va iymon axloqiy o'zgarishni talab qiladi, oddiy so'zlarni emas. Yoqubning 2-bobi, 17-oyatida aytilganidek, "Iymonning o'zi, agar u amal bilan birga bo'lmasa, o'likdir".

Bible ( James 2:17) Demak agar kimdir "Iymon keltirdim" desa-yu, lekin adolatsizlik qilaversa, xristianlik bu odamni najot topgan deb hisoblamaydi, chunki bu haqiqiy iymon emas. Bu ziddiyat. Bu xuddi Xudoga tilda iymon keltirib turib hayot tarzida inkor qilishdek gap. Injilning 3-bob 28-oyatida: "Inson qonunga amal qilish bilan emas, Bible ( Romans 3:28) balki iymon orqali Xudo oldida oqlanadi", deyilgan. Shu bilan birga, gunohdan to'xtamagan kishining iymoni o'likdir dedingiz va Iso gunohkorlar uchun o'ldi dedingiz. Aytingchi, agar haqiqiy iymon begunohlik bo'lsa unda Iso kim uchun o'ldi? Hamma gunohkor bo'lsa unda iymon kimda bor?

Aybdor uchun begunohni o'ldirish adolat emas, balki noilojlikdir. Xudo noiloj emas. Hech kim boshqani jazolangani uchun gunohi kechirilganiga ishonmaydi. Odamlar Isoni ulug'lash uchun uni Xudo deyishadi, ammo biz uni Allohning bandasi bo'lgani uchun yaxshi ko'ramiz. Injilning ko'p joyida Iso Xudoga ibodat qilgani, duo qilgani haqida aytilgan. "U yerga yuz tuban yiqilib ibodat qildi." Matto 26:39, "Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo'lsin." Luqo 22:42, "Ota mendan buyukdir." Yuhanno 14:28. Agar Iso Xudo bo'lsa u kimga ibodat qildi? Nega u sajda qildi? Qanday qilib Xudodan buyukrog'i bo'lishi mumkin? Inson o'zi ibodat qilayotgan zotdek bo'la olmaydi. Islom buni oydinlashtiradi.

Iso Xudo emas, balki Uning bandasi va elchisidir. Eski Ahdda ko'pchilik "Xudoning o'g'li" deyilgan. "Egam menga: “Sen Mening oʻgʻlimsan; bugun Men seni dunyoga keltirdim”, dedi" Zabur 2:7. Bu oyat Dovud haqida. Ilk Muqaddas Kitob matnlarida bu atama tom ma'noda emas, balki ramziy ma'noda bo'lgan. Unda nega Iso masalasida bu ibora tom ma'noda tushunilgan? Yuhanno 5:18 da aniq aytilgan: "Shuning uchun yahudiylar uni o'ldirishga yanada ko'proq harakat qilishdi; u nafaqat shanba kunini buzdi, balki Xudoni o'z otasi deb atab, o'zini Xudoga tenglashtirdi." Uning davridagi diniy rahbarlar Iso bu iborani ramziy ma'noda ishlatmaganini aytishgan. Balki ilohiy da'vo qilgan edi.

"Men va Ota birmiz" Yuhanno 10:30. To'liq ma'nodami yoki majoziy? Iso noto'g'ri tushunilgan bo'lsa, nega u "Yo'q, men Xudo emasman, men majoziy ma'noda gapiryapman" deb aniqlik kiritmadi? Ammo yo'q. Buni o'rniga u da'vosini mustahkamladi: “Men Otamning ishlarini qilmagunimcha, Menga ishonmanglar. Agar Men ularni qilsam, sizlar Menga ishonmasangizlar ham, ishlarimga ishoninglar, toki Otam Menda, Men esa Otamda ekanligimni tushunib olinglar” Yuhanno 10:37–38. Bu metaforik kamtarinlik emas. Bu ontologik birlik, umumiy mohiyat da'vosi. Demak Iso ibodat qilganida, bu uning Xudo emasligini anglatmaydi; balki uning otasi bilan mehrli aloqasini chinakam insoniy tarzda ifodalaganini anglatadi.

Bu ziddiyat emas balki Xudo o'z yaqinligini kamtarlik bilan ko'rsatishidir. "Nasorolar: «Masih Allohning o‘g‘lidir”, dedilar. Bu og‘izlari bilan aytgan gaplaridir" Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o'xshatadilar." Avvalgi kufr keltirganlar kimlar? Mushrik yunonlar va rimliklar. "Xudoning o'g'li" iborasi yunon mifologiyasidagi hikoyalarga juda o'xshash va bu tasodif emas. Zevs xudolarning otasi. Gerakl Zevs va insoniy ayolning o'g'lidir. U yarim iloh yarim inson. Persiy, Axilles va Teseus kabi shaxslar ham xuddi shu yo'sinda. Xudo inson ayolni tanlaydi, ilohiy o'g'il tug'iladi, u Yer yuzida bir vazifa bilan yashaydi, so'ng yuksaltiriladi.

Umumiy mavzu: ilohiy ota, yarim ilohiy o'g'il, odamlar bilan aloqa. Bu Ota, O'g'il, Muqaddas Ruhning masihiy tuzilishini aks ettiradi. Bu g'oya Aleksandriya va Antioxiya kabi ellinistik intellektual markazlar tomonidan kuchli shakllantirildi. Qur'on ushbu madaniy buzilishni tushuntiradi. Yuhanno Xushxabarida markaziy o'rinni egallagan "Kalom" bo'lgan Logos tushunchasi sof Ibrohimiy g'oya emas. Bu g'oya Yunon falsafasidan olingan. "Boshida Kalom, Logos bor edi va Kalom Xudo bilan edi va Kalom Xudoni o'zi edi." Yuhanno 1-bob, 1-oyat. Butun ilohiy tuzilma ellinistik asosga qurilgan.

Isoni "Xudoning o'g'li" deb atash dastlab majoziy ma'noda bo'lgan, ammo vaqt o'tishi bilan yunon mifologik ta'siri ostida bu ibora tom ma'noga aylandi, keyin cherkov ta'limotining bir qismiga aylanib oxir-oqibat Injil matnlariga kiritildi. Ha, Gerakl va Persiy kabi shaxslar ham shunga o'xshash tarixga ega. Ilohiy ota, oddiy ona va yarim ilohiy farzand. Ammo o'xshashlik tenglikni bildirmaydi. "Logos" atamasining yunon falsafasida o'xshashliklari borligi rost. Biroq, bu so'zni ko'chirib olish emas, aksincha, yahudiy ilohiyotining ellinistik til bilan uyg'unlashuvidir. Yuhanno Xushxabari ushbu mavjud asosga tayanib, haqiqatlarni yahudiylar ham, yunonlar ham tushunadigan tilda ifodalaydi.

"Xudoning O'g'li" tushunchasi keyinchalik qo'shilgan degan fikr zamonaviy tanqidiy tadqiqotlarda keng tarqalgan nazariyadir, ammo bu na isbotlangan fakt na kelishilgan konsepsiyadir. Ilk masihiylik amaliyoti Trinitarizmni aks ettiradi. Masalan, birinchi asrning oxirlaridagi Didaxe va ilk cherkov rohiblari yozuvlari Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni chaqirish boshidanoq mustahkam o'rnashganligini ko'rsatadi. Eng qadimiy Xushxabar sifatida keng tarqalgan Markning birinchi oyati "Xudoning O'g'li Iso Masih haqidagi xushxabarning boshlanishi" deb boshlanadi. Xo'sh, bu nimani anglatadi? Uchbirlik ta'limoti kengashlar tomonidan ixtiro qilinmagan.

Kengashlar shunchaki ilk nasroniy jamoalari allaqachon e'tirof etgan narsalarni tasdiqlashgan xolos. Ilk qo'lyozmalarda bir ibora kelgani bu uni avtomatik ravishda ilohiy vahiyga aylantiradimi? Mark Xushxabari eng qadimgi yozma aqidalardan biri hisoblanadi, ammo unutmasligimiz kerakki, Markning ba'zi dastlabki qo'lyozmalarida "Xudoning O'g'li" iborasi yo'q. Masalan, to'rtinchi asrga oid eng qadimgi qo'lyozmalardan biri bo'lgan Sinatikus ahdnomasida bu ibora mavjud emas. Demak "Xudoning o'g'li" iborasi keyinchalik ba'zi nusxalarga kiritilgan bo'lishi mumkin. Hatto Yangi Amerika Muqaddas Kitobi, Katolik nashri ham buni o'zining izohlarida tan oladi: Bazi qo'lyozmalarda bu ibora umuman yo'q.

Demak, bu ibora nafaqat dastlabki, balki matn jihatidan ham mulohazalidir. Milodiy 325-yilda Iso yaratilganmi yoki yaratilmaganmi degan savolni hal qilish uchun Nikeya kengashi chaqirilgan. Boshqacha qilib aytganda, o'sha paytgacha Iso Masihning Xudoligi hali isbotlanmagan edi. Ilohiyotshunos Arius Iso Masih yaratilgan mavjudot ekanligiga ishongan va uning izdoshlari juda ko'p edi. Javob beringchi, agar Iso Xudo bo'lsa unda nega cherkov buni 300 yildan keyingina rasmiy e'lon qildi? Islomda bunday chalkashliklar yo'q. Bizda "Muhammad alayhissalom Xudo bo'lganmi?" degan gaplar yo'q.

Bunga javoban, nasroniylarning "Xudoning O'g'li" g'oyasi yunon falsafasi va Rim imperatorlik siyosatining uyg'unlashuvining natijasidir. Lekin Islom aniq aytadi: "Ayting: "U yagona Allohdir. Alloh rizq beruvchidir. Hamma unga muhtoj, U tug'magan va tug'ilmagan. Va unga hech kim teng bo'lmagan". Mana shu 4 oyat minglab bahslarga nuqta qo'yadi. Mana shu vahiy. Mana shu Tavhid ya'ni Ilohiy birlik. Mana shu haqiqat. Iso inson tilida o'rgatgan. Uning havoriylari va ilk izdoshlari uning xabarini og'zaki rivoyatlar orqali saqlab qolishgan. So'ngra ular sahifaga yozildi. Masalan, Pavlusning maktublari milodiy 50-yil atrofida yozilgan, Iso o'limidan 20 yil o'tib.

Tarixga qarasak yuz minglab qo'lyozmalar bor. Ular orasidagi farqlarning aksariyati ahamiyatsiz: imloviy xatolar yoki ma'noni o'zgartirmaydigan kichik tafsilotlar. Asosiy xabar barcha nusxalarda bir xil: Iso Masih xochga mixlangan, o'lib tirilgan va u Xudodir. Bunga arxeologiya va tarix guvoh. Sinatikus ahdnomasi toʻrtinchi asrga oid toʻliq Muqaddas Kitob. Bugungi Muqaddas Kitob bilan taqqoslaganda, xabar asosan saqlanib qolgan. Shuningdek, birinchi va ikkinchi asrlardagi ilk cherkov otalarining xatlarida Xushxabarlardan yuzlab iqtiboslar mavjud. To'rtta Xushxabar - Matto, Mark, Luqo, Yuhanno - turli nuqtai nazarni aks ettiradi.

Ular orasida kichik farqlar mavjud bo'lsa-da, asosiy voqealar: xochga mixlanish, tirilish va mo'jizalar bo'yicha hammasi bir xil. Xulosa: Yo'q, Injilning asosi buzilmagan. Minglab qo'lyozmalarda bir xil "Xudo sizni sevadi" Iso esa najotdir. Va bu xabar faqat insoniy sa'y-harakatlar bilan saqlanib qolmadi; u ilohiy yo'l-yo'riq orqali saqlanib qoldi. Pavlusning maktublari, milodiy 50-yil atrofida yozilgan. Pavlusning maktublari haqiqatan ham Iso Masihning hayoti, ta'limotlari va xabarlarini keltiradimi? Yoki ular asosan ilohiy mulohazalar, shaxsiy qarashlar va axloqiy ko'rsatmalarmi?

To'rtta Xushxabardan farqli o'laroq, Pavlus Isoning hayotiy voqealarini, masallarini yoki va'zlarini yozib olmagan. Umuman olganda u Isoni hayotida ko'rmagan. Uning havoriylar bilan aloqalari cheklangan edi. U o'z xabarida orzulari va vahiylarga asoslagan. Savol shundaki: agar kimdir o'zi gapirayotgan odamni hech qachon uchratmagan bo'lsa, nega biz uning g'oyalariga ergashishimiz kerak? Ha, bugungi kunda bizda mavjud bo'lgan to'rtta Injil - Matto, Mark, Luqo va Yuhanno - bu nomlarni o'z ichiga oladi. Faktlarga ko'ra bu nomlar asl mualliflar tomonidan qo'shilmagan. Keyinchalik ular ruhoniylar yoki cherkov an'analari tomonidan qo'shilgan.

Endi esa, ajablanarli tomoni shundaki, to'rt kishidan faqat bittasi, Matto, Isoning shogirdi edi. Lekin xatto u ham Yunonchada yozilgan Ibroniy tilda emas. Birinchi asrdagi yahudiy shogirdi o'z ahdini yunon tilida yozishi ehtimoldan yiroq. Bundan tashqari, Matto Xushxabarida Mark kitobining katta qismi so'zma-so'z ko'chirilgan. Agar Matto guvoh bo'lsa, nega u boshqa manbadan nusxa ko'chirishi kerak edi? Yuhannoga kelsak, afsonaga ko'ra, u havoriy bo'lgan, ammo Yuhanno Xushxabari oxirgi yozilgan kitob bo'lib, taxminan milodiy 90-110 yillarda yozilgan. Ko'p olimlar uni Yuhannoning o'zi emas, balki uning keyingi jamoasi yozgan deb hisoblashadi.

Boshqa tomon to'rtta Injil turli nuqtai nazarlarni ko'rsatayotganini da'vo qiladi. Ammo ularning barchasida asosiy voqea bir xil. Bu noto'g'ri. Masalan Isoning so'nggi so'zlari nima edi? Matto: "Robbim! Robbim! Nega Meni tashlab qo'yding?" Luqo: "Ota, ruhimni Sening qo'llaringga topshiraman." Yuhanno, "Hammasi tamom." Bular matndagi ko'plab farqlarning bir nechtasi xolos. Ahdnomalar va Cherkov Otalari izchillikni yoqlaydi deyishadi. Sinatikus ahdnomasi kabi qadimiy qo'lyozmalar mavjud, ammo shuni unutmang ular Iso Masihdan 300 yil keyin yozilgan va hatto ular orasida ham nusxalar aro o'zgarishlar mavjud. Ba'zi qismlar qo'shilgan, ba'zilari olib tashlangan, ba'zilari esa turlicha yozilgan.

Oxirgi argumentingizni keltiring. Bahsni yakunlaymiz. Xushxabar yozuvchilarining kimligi va til masalasi. Xristian an'analari cherkov xotirasi va tarixiy havoriylik orqali to'rtta Injil yozuvchisining shaxsiyatini saqlab qolgan. Masalan, Luqo Pavlusning hamrohi, Mark Butrusning yordamchisi edi, Matto o'n ikki havoriydan biri edi. Yuhanno qarilik chog'ida o'z ta'limotlarini jamoasiga aytib bergan va shogirdlari ularni yozib qo'ygan. Ha, Pavlus hayoti davomida Iso bilan hech qachon uchrashmaganligi rost. Biroq, Pavlus tirilgan Masihni vahiyda ko'rganini da'vo qildi, Havoriylar-9. U Galatiyaning 1-bob, 12-oyatda yozganidek, "Men uni na insondan qabul qildim, na menga o'rgatishdi.

Bu menga Isoning vahiysi orqali keldi". To'rt injil bir birini inkor qiladimi? Keng tarqalgan tanqid, 4 kitobda Isoning xochdagi so'nggi so'zlari turlicha keltirilgani. Ha, Matto, Luqo va Yuhanno turli xil so'zlarni yozib olishgan, ammo bu qarama-qarshilik emas. Bu bir-birini to'ldiruvchi guvohlik masalasidir. Bir o'ylab ko'ring. Inson o'limidan oldin bir nechta jumla aytishi mumkin. Har bir guvoh har xil paytni yoritadi. Biri uning azobiga, ya'ni Matto, boshqasi taslim bo'lishiga, ya'ni Luqo, yana biri oxirgi g'alabasiga, Yuhanno, e'tibor qaratdi.

Bular uydirma emas; balki mustaqil guvohlarning tabiiy xilma-xilligi bo'lib, ularning har biri bir xil voqeaga o'z nuqtai nazarini bilan baho bergan. Bu gaplar ishonchli deb o'ylaysizmi? Odobli eshitilsada aslida bu og'ir savollardan qochishdir. Agar bu so'zlar uning kimligi haqida turli xil e'tiqodlarga olib kelsa, unda bu shunchaki turli xil qarashlar emas; balki matnga bo'lgan ishonch masalasidir. Mana bunga qarang: Mattoda Iso o'zini tashlandiq his qilib, og'riqdan yig'laydi. Luqoda esa u osonlikcha o'z jonini otasiga bag'ishlaydi. Yuhannoda esa xuddi g'alaba kabi "Hammasi tamom" deydi. Qaysi biri to'g'ri?

Bular oddiy gap ems, balki Iso to'g'risidagi qarashlarni shakllantiruvchi vositadir. Ahd mualliflari xoch voqeasida qatnashmagan. Bu so'zlar qayerdan kelgan? Guvohlardan emas. Odamlar o'zlariga o'xshagan Xudoni xohlashdi, shuning uchun uning o'g'lini tasavvur qilishdi. Lekin Xudo bizga O'zining asl kimligini aytdi: U tug'magan, va tug'ilmagan, Uning tengi yo'q. U o'lmaydi. Uni xoch bilan yengib bo'lmaydi. U boqiydir. Islom Xudo haqidagi eng aniq, sof va mantiqiy tushunchani beradi. Shuni unutmang, Islom Isoni inkor qilmaydi, balki uning asl shaxsiyatini himoya qiladi. Iso Allohning payg'ambari deb ishonmagan odam musulmon bo'lolmaydi.