Towards Eternity
Blogga qaytish

Islom yo'lida milliarderning qizidan voz kechdim! — Islomni qabul qilgan hinduiy

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Ertasiga ota-onamga qo'ng'iroq qildim. «Sizlarga gapim bor», dedim. «Men musulmon bo‘ldim». «Aqldan ozdingmi?» «Esing joyidami seni?» «Miyangni aynitishibdi». «Ishni qiyinlashtirma». Uch yarim yil Hindistonda qolib ketdim. Meni garovda ushlab turishdi. Akam meni ushlab, namoz o‘qishimga yo‘l bermadilar. «senga to'xta!» dedim. Qishloqqa qarab yugurdim. Oyoqyalang edim, hamma meni qidirardi. Qo‘shnilardan biri chiqib, yuzimga tarsaki tushirdi. Men esa o‘ylardim... U meni sudrab uyga kiritdi. Kirishi bilan meni yuzimga musht tushirdi. Keyin u: «Anavi qizni ko‘ryapsanmi? U shu yerdagi Panditning qizi», dedi. Bu odam milliarder edi. «Faqatgina qizimga uylansang bas, hamma narsaga ega bo‘lasan».

«Shunchaki bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti ye», dedi. Nima?! Nihoyat yetib bordik, u yerda sharshara bor edi. Gang daryosi edi. Qish fasli. «Anavi sharshara ostidan o‘tasan». Sharshara ostidan o‘t! Elchixonaga borganimda «Pulingizni oldik. Chiptangiz ham tayyor. Juma ertalab yo‘lga chiqasiz. Londonga birinchi samolyotda» Hayratda qoldim. Juda xursand edim. Aeroportda bir sikx yigit bor edi, u pasportga muhr bosuvchi xodim edi. Bir yigit kelib: «Pasportingiz qani?» deb so‘radi. «Bilmayman.» «Anavi yoqqa boring», dedi. Men esa biroz xavotirga tushdim. Ketishga imkon tug‘ilgandi, muammo chiqishini istamasdim. Assalomu alaykum, birodar Muhammad Iso.

«Towards Eternity»ga xush kelibsiz, taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Avvalo, Muhammad Iso kim? O‘zingiz haqida gapirib bering. Va alaykum assalom va rahmatulloh va barakotuh. Bu yerda bo‘lish men uchun sharaf. Hindistonda, Panjobning Sanaur shahrida, hindu oilasida tug‘ilganman. To‘rt farzanddan biri edim, to‘rt yoshimda Londonga ko‘chib keldik. 14-15 yoshlarimda hinduizmdan, uning chindan ham haq din ekaniga shubhalana boshladim. Boshqa dinlarni o‘rgana boshladim, keyin musulmon bo‘ldim. Bu oilamga katta zarba bo‘ldi va meni Hindistonga olib ketishdi, u yerda meni uch yarim yil garovda ushlashdi. Ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Zo‘ravonlik ham bo‘ldi.

Giyohvand modda berishdi, men Hindistondan qochib, Londonga qaytdim. Islomga amal qilib, uni o‘rganishda davom etdim, oilam bilan yarashishga ham urindim. E’tiqodingiz qanday edi? Nimaga ishonardingiz? Oddiy hindu emasdik. Hinduizmda kasta tizimi bor. Eng quyi tabaqadagilar — hojatxona tozalovchilar bo‘lib, «daxlsizlar» deyilardi. Eng yuqorisida brahmanlar turardi. Ular yer-mulk egalari edi. Ular butlarni ibodatxonalarga o‘rnatishardi va jamiyatda ularga yuqori hurmat bilan qaralardi. Odamlar ularga hadyalar berib, to‘ylarga taklif qilishardi, va jamiyatdagi hamma ularga bo‘ysunardi. Biz ham shunday edik. Eng yuqori tabaqada edik. Shu sabab hindu sifatida tarbiyalanganmiz.

Har bir xonamizda butlar bor edi, yana ularning Hanuman — maymun xudosi, bo‘yniga ilon o‘ralgan Shivjining rasmlari ham bor edi. Kali Ma ham bor edi. Birovga yomonlik tilasangiz, unga duo qilardingiz. Uyimizda shunday butlar bor edi, onam ularga sig‘inardilar. Onam vegan edi. Dadam esa bizga go‘sht yedirardi. Tovuq, qo‘y go‘shti. Har yakshanba qovurma pishirardi, biz esa go‘shtni yoqtirmasdik. Faqat mol go‘shti yemasdik, sigir muqaddas sanalardi. Mol go‘shtini umuman yemasdik. Islomga kirishingiz qanday boshlandi? Yaqin do‘stim musulmon edi. Mustamlakachilik tafakkuri sabab musulmonlar yovuz, ularga ishonma, degan qarash bor edi. Universitetda bahs-munozaralar boshlandi.

Do‘stlarim har xil gap aytishdi. «Sen maymun xudoga sig‘inasan», deyishardi. Nima deyishni bilmasdim, chunki bu haqiqat edi. U meni uyiga chaqirdi, ovqatlanayotganda, savol berdi: «Nimaga ishonasan o'zi? Nega hindusan? O‘lganingdan keyin nima bo‘ladi?» Bu savollar xayolimda aylanar, javobim esa yo‘q edi. U «Qara, agar xudolaringdan birini, maymun xudoning haykalini olsak, u yerga tushib ketsa, sinadi" dedi «Yo‘q, bu shunchaki haykal», dedim. «Unda o‘ziga ham foydasi tegmaydigan narsaga nega sig‘inasan?» dedi u. Keyin u «Qara, koinotdagi hamma narsa cheklangan. Uning boshlanishi bor, oxiri bor. O‘z-o‘zidan paydo bo‘lolmaydi.

Uni Tashqarida mavjud bo‘lgan bir Yaratuvchi vujudga keltirgan." dedi. Hamma narsa nimagadir muhtoj. Bizga oziq-ovqat kerak, hojatga boramiz. O‘simlikka Quyosh kerak, u ham abadiy emas. Hech narsa boqiy emas. Kun kelib quyosh ham so‘nadi, koinot qariyapti, biz ham qariyapmiz. Biz abadiy emasmiz, demak, bularning barchasini yo‘qlikdan vujudga keltirgan bir Yaratuvchi bo‘lishi kerak, chunki hamma narsaning boshlanishi bor. O‘sha Yaratuvchining esa boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q. U abadiydir, U barcha narsani Biluvchi Zotdir». «Bu ajoyib mantiq-ku», deb o‘yladim. Keyin barcha dinlarni o‘rgana boshladik. Xristianlikni ko‘rib chiqdik, keyin Tavrotni, yahudiylikni o‘rgandim.

Barcha dinlarni o‘rganib chiqqach,«Yana nima qoldi?» dedim. U: «Islom», dedi. «Islom nima?» dedim. Shunda u menga «Qara, Yaratuvchi Yagonadir, U Behojatdir, U Abadiydir. U tug‘magan va tug‘ilmagandir, Uning farzandi yo‘q, O‘zi ham tug‘ilmagan. U Qodirdir. U o‘lmaydi. Uni bilishning yagona yo‘li — U yuborgan vahiydir. Shu sabab payg‘ambarlar va kitoblar yuborilgan, mo‘jizalar berilgan». dedi. «Bugungi mo‘jizamiz nima?» deb so‘radim. «Qur’on», dedi. «Qur’onning mo‘jizasi nimada?» dedim. U «U arab tili rivojlangan bir davrda nozil bo‘lgan. Arab tili asosiy til edi va o‘sha paytda hamma shoir edi. Ular uzun she’rlar yozib, o‘zaro bellashishardi. Bir-biri bilan musobaqalashardi.

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham o‘sha davrda tug‘ilganlar. U zotni Al-Amin — ishonchli inson derdilar, u zot o‘qish-yozishni bilmasdilar. Xat-savodlari bo‘lmagan, butlarga ham ishonmaganlar — o‘shanda butparastlik bor edi. Shunda Alloh u zotni tanladi va Qur’on o‘ziga xos kitob bo‘ldi. U arab shoirlarining til darajasidan ham yuksak edi. U hayratlanarli edi. Unda qofiya, uslub va grammatika shunchalik chuqur ma’noga ega ediki, arablar arab tilidagi bu chuqurlikni to‘liq anglay olishmasdi. Unga o‘xshash narsa yarata olishmasdi. Alloh barcha arablarni Qur’onga o‘xshash biror narsa yozishga chaqirdi, ammo ularning barchasi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bugungacha bu mo‘jiza o‘zgarmagan. Hech kim Qur’ondek kitob yarata olmadi» dedi. «Bu juda mantiqli ekan», deb o‘yladim. Bu menga juda qiziq tuyuldi va meni ishontirdi. U dalil keltirar, men tushunardim, o‘zim ham mustaqil izlanardim. Mustaqil ravishda tadqiq qilardim. Uning gapi haq ekanini angladim. Buni inkor etolmasdim. Shahodatni qanday keltirdingiz? O‘sha damlarni aytib berolasizmi? Ertasiga uning oldiga borib: «Sen nimaga ishonsang, men ham ishonaman. Musulmon bo‘lmoqchiman», dedim. London Sharq universitetiga bordik. U yerda munozara bo‘layotgan edi. Ma’ruzachi: «Sizlarga bir e’lonim bor», «Tomoshabinlar orasida bir hindu bor, u musulmon bo‘lishni xohlayapti», dedi.

Shunda birdan butun sahna g‘ala-g‘ovurga to'lib ketti. Hamma buni «sahnalashtirilgan» deb jahllari chiqardi, baqir-chaqir qilishdi, lekin men e’tibor bermadim. Ma’ruzachi: «Sahnaga chiqing», dedi. Chiqqanimdan so'ng u «Shahodatga tayyormisiz?» dedi. «Ha», dedim. Keyin u «Ortimdan qaytaring», dedi. «Ashhadu al-laa ilaaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh» Aynan shu so‘zlarni qaytardim. «Muhammadan rosululloh» degan so‘zlarni tugatganimda... go‘yo butun vujudimdan bir poklanish hissi o‘tgandek bo‘ldi. Ilgari hech qachon bunday tuyg‘uni sezmagan edim. Odamlar meni quchoqlay boshladi, «Nega quchoqlashyapti?» deb o‘yladim. «Musulmon bo‘ldingiz.

Eski hayotni, botilni tark etib, haqiqatni qabul ettingiz». «Ajoyib», dedim. oilangiz va atrofingizdagilar Islomni qabul qilganingizga qanday munosabat bildirishdi? Musulmon bo‘lganimdan keyin o‘zimni boshqacha his qila boshladim, go‘yo yangi inson edim, lekin ota-onamga aytolmadim, chunki ular Islomni yomon ko‘rishardi, musulmonlarni yomon ko‘rishardi. Ular namoz o‘qib, ro‘za tutishimga ham ruxsat berishmasdi, shuning uchun ko‘chib ketishga qaror qildim. Ertasiga ota-onamga qo‘ng‘iroq qildim. «Sizlarga gapim bor. Men musulmon bo‘ldim», dedim. «Pagal ho gaya?», ya’ni: «Aqldan ozdingmi?» dedi. «Miyangni yuvishibdi. Muhammad seni Islomga kiritdimi?» dedi.

«Qarang, Muhammad bo‘ladimi yoki boshqasimi, baribir ular tug‘iladi va vafot etadi, lekin Islom — haqiqat" dedim. Yaratuvchi esa boqiydir. Men bunga ishonaman. Nima bo‘lsa ham, bunga ishonaman». Dadamning: «Uni xohlamaymiz» deganini eshitdim. «Yo‘q, u bu uyga qaytib kela olmaydi», dedi. Bu meni juda xafa qildi. Go‘shakni qo‘yib, hayotimni davom ettirdim. Biroz vaqt o'tgach, bir shahar hokimiyat binosida tadbir bo'ldi, singlim ham o'sha tadbirga keldi. U: «Bilasizmi, ota-onamiz biroz... xafa bo'lishgan. Dadam buni juda og'ir qabul qildi», dedi. Shunda men do'stlarimga aytdim va ikki do'stim, baquvvat yigitlar edi, biri turk, biri pokistonlik edi.

U ular bilan birga uyga bordik va ularga tushuntirdim: «Men Islomga ishonganim uchun kirdim, do‘stlarim sababli emas. Islomga amal qilmoqchiman. Bu yerda qolishim uchun Islomga amal qilishim shart dedim». Ular rozi bo'lishdi, ammo ularning asl niyati va rejasi qanday ekanini men bilmasdim. Nima niyat qilishganini ham. Keyin men Londonga qaytmoqchi bo'ldim, ammo uch yarim yil Hindistonda qolib ketdim. Meni Islomga kirganim uchun garovda ushlab, o‘g‘irlab ketishdi. Ular meni o'sha yerda ushlab turishdi, bir kun kelib Islomni tark etishimga umid qilishdi, yana hindu bo'lishimni, Brahmin tabaqasiga qaytishimni istashdi, butun oilamizning umidi shu edi.

Taxminan bir yarim yil o'tgach, men hamon Islomga amal qilardim, ular meni hinduizmga qaytarolmadilar. Bir kuni meni bir joyga olib ketishdi. Tog‘li joy edi, u yerda oq-sariqdan kelgan, chiroyli bir qiz bor edi. «Anavi qizni ko‘ryapsanmi? U shu yerdagi Panditning qizi», dedi. «Mana bu tog' yonbag'rini ko'ryapsanmi? U bu mulklarning barchasiga egalik qiladi, ularni ijaraga beradi. Bu odam milliarder, agar unga uylansang, boshqa hech qachon ishlashingga hojat qolmaydi. Pulga muhtoj bo‘lmaysan. Hashamatli mashina minasan, dunyoni kezasan, hayotdan zavqlanasan. Faqat uning qiziga uylansang bas».

deyishdi menga «Siz men bilgan haqiqatni bilmaysiz, dedim Bu hayot — sinovdir, Yaratganga ibodat qilish, har jabhada Unga ergashish uchun berilgan. Buning evaziga nima beradi, bilasizmi? Abadiy Jannat. Abadiy Jannat bizni oxiratda kutmoqda. Endi nega men o‘sha hayotdan voz kechib, bu qizga uylanishim va jannatdan ayrilishim kerak? dedim Men aqldan ozmaganman», dedim. U gapimga qaramay, kulbaga kirdik va u «Qizimga uylansang, hamma narsaga ega bo'lasan dedi. Hammasi seniki bo‘ladi. Bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti yesang», bas «Nima?!» dedim. «Bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti yesang, kelishuv amalga oshadi», dedi. «Qizingizni ham, mulkingizni ham olib keting, cho‘chqangiz ham kerakmas menga.

Meni undan yaxshiroq narsa — abadiy Jannat kutmoqda», deb aytdim Men millionerning, balki milliarderning qizini rad etdim, chunki Islomga ergashishni xohlardim. Bu dunyoning boyligini istamadim. Oxirat boyligini, Robbim bilan uchrashishni, u yerda rohatlanishni va ummat bilan Jannatda uchrashishni istadim. Jannat bu dunyodan beqiyosdir. Hindistonda namoz o‘qiganimda, amakivachchalarim oldimga turli buyumlar qo‘yishardi, chunki bu ularga g‘alati tuyulardi. Oldimda hech narsa yo‘q edi. «Kimga ibodat qilyapsan?» deb so‘rashardi. Bu ularga g‘alati edi, ammo men bilardim: surati ham, shakli ham bo‘lmagan Yaratganga ibodat qilyapman.

Onam esa vaziyat yaxshi emasligini tushundilar va juda jahillari chiqdi. Shundan so‘ng namoz o‘qishimni taqiqlashdi. Onamning akasi meni ushlab oldi, va tom ma’noda namoz o‘qishimga to‘sqinlik qildi. Juda xafa bo‘ldim. Nega bunday qilishadi? Axir ularga yomonlik qilmagandim. Faqat yagona Allohga ishongandim xolos. Ular meni qo‘yib yuborishgach, biroz kutdim va keyin qochdim. Juda xafa bo‘lgandim. Shundan keyin qishloq tomon yugurdim. Oyoqda shippak ham yo‘q edi, bor kuchimcha qochdim. Meni qidirishardi, bir qo‘shni chiqdi,baquvvat odam edi, u meni shunday tarsaki tushirdi... Juda og‘ridi. U meni uyga sudrab kirdi. Yana bir qo‘shni kelib, yuzimga bor kuchi bilan musht tushirdi. Meni esa...

Musht zarbidan ko‘zlarimga yosh keldi. «Qanday qilib bunday qilasiz? Siz ham oddiy insonsiz. Qiyomatni kuting», deb o‘yladim. Qarindoshlarim bir odamga sig'inib, ergashardi, u go‘yo Pir, ya’ni avliyo edi. Tog‘larda u bilan yurishar, ortidan ergashishar edi. «U 100 yoshda», deyishardi. Yo'q, yo'q, aslida 200 yoshda ekanini ham aytishdi menga. «Tug‘ilganlik guvohnomasini ko‘rsating», dedim. U ko‘zlarini olaytirib: «Qanday jur’at qilding? Uni qanday qilib shubha ostiga qo'yding?» dedi. Men: «O'sha ruhiy yetakchi bilan uchrashishni istayman», deb aytdim. U: «Ha, u bilan uchrashishing mumkin, uning ingliz tilidan diplomi ham bor», dedi. «Demak, gaplasha olaman», dedim.

Shunday qilib, u yerga bordik. Bu o‘rmonzor hududga o‘xshagan joy edi. U to‘q sariq kiyim kiygan, odamlar kelib, unga sovg‘alar berishardi va uni juda ruhoniy, Xudoga juda yaqin inson deb bilishardi. Xullas, bu odam bilan uchrashgani bordik va hamma uning oyoqlariga tegib, shu orqali unga hurmat ko‘rsatishardi. «Men oyoqlaringizga tegmayman, faqat Allohga sajda qilaman», deb o‘yladim. Shunda u menga «Qarang, hamma oyoqlarimga tegmoqda, lekin bu yigit bunday qilmayapti. Bu biroz g‘alati, u menga hurmatsizlik qilyapti». dedi. U bilan uchrashib «Mening ismim Muhammad. Men yagona Yaratganga ishonaman va uning mavjudligini isbotlay olaman.

Shuningdek, bu Yaratgan butun insoniyatga Qur’on deb ataluvchi vahiy yuborganini va Qur’on, shubhasiz, Undan ekanini isbotlay olaman» deb aytdim Men: «Siz hinduizmga ishonasiz, siz hindusiz. Uning haq ekaniga ishonasiz. U: «Avval Muhammadiylikni isbotla», deb aytdi. Men unga: «Bu Muhammadiylik emas, bu Islom. Yaratganga to‘liq taslim bo‘lishdir», dedim. Men unga misol keltirdim: «Anavi kulbaga qarang. U chegaralangan. Chiroqqa yetib borishi uchun tortilgan simga qarang, u ham cheklangan, abadiy emas. Yaratgandan boshqa koinotdagi hamma narsa chegaralangan, chunki barchasini U yaratgan, biz ham cheklanganmiz. Bir kun o‘lamiz. Hamma narsani U yaratgan. Biz xudo emasmiz.

U bizga vahiy — mana shu Qur’onni yuborgan va U nima qilgan? Butun insoniyatga Kitob bergan va uni xatolardan himoya qilgan, kamchiliklardan, o‘zgarishlardan asragan. Bu Qur’on mo‘jizaviydir, unga o‘xshash narsani yarata olmaysiz. Shuning uchun ham biz buni o‘sha Yaratganning xabari, deymiz. Alloh butun insoniyatning Yaratganidir va U ibodat qilishga loyiq yagona Zotdir». «Endi navbat sizda», dedim. Keyin u “Boshida...” U panjob tilida gapirardi. U: “Ik nehar tha”, dedi. Ya’ni: “Bir daryo bor edi. Sind bo‘yidagilar Sindhular deb atalardi. Sind daryosi bo‘yida yashagan bu odamlar Sindhular deb atalardi.” Keyin u: “Keyinchalik buzilib ketishdi”, dedi. «Tushundim, tushundim.

Sind daryosi Hindga, Sindhular hindularga aylangan, shuning uchun hinduizm haq ekan-da!» deb aytdim. U: «Bewaqoof!», ya’ni: «Ahmoq!» dedi. «Meni ahmoq deyapti-ya», deb o‘yladim. Keyin u gapida davom etib, shunday dedi: “Men senga Xudoni isbotlab bera olaman. Biz hammamiz Xudo bo‘la olamiz.” Men bo'pti, xo'p, deb o‘yladim. U: “Mana bu simga qaragin, u cheksiz”, dedi. Men ishlatgan so‘zlarni qo‘llayotgandi. Keyin u: “Biz ham xuddi shunday Xudo bo‘la olamiz”, dedi. Unga “Bu sim cheksiz emas. Uning uzunligi cheklangan. Uni kesgan odamda qancha sim bo‘lsa, shuncha bo‘ladi. Ha, u cheksiz emas, cheklangan.

Sizning yoshligingizda, besh yoshingizda, 20 va hozir 80 yoki 70 yoshdaligingizda, xonani kesib uchib o‘ta olasizmi? Yo‘q, chunki sen cheklangansiz. Siz oddiy insonsiz. Bundan qilolmaysiz. Siz hech qachon Xudo bo‘lolmaysiz. Xudo bizga o‘xshamaydi”, dedim. U esa: “Bewaqoof!” dedi. “Ahmoq!” Men esa qarindoshimga qarab, “Voy, buning aql darjasi shumi? Sen ergashayotgan odam shu-mi? U mening savollarimga ham javob bera olmayapti. Sizlar qanday ergashyapsizlar?” Shunday qilib, bu munozara kutilmaganda tugadi. Shunda onam: “Boshqa yo‘l tutamiz”, deb qaror qildilar. Shunday qilib, u kuch ishlatishga qaror qildi. Yana bir joydan boshqa joyga uzoq-uzoq yo‘l bosib borardik.

Nihoyat, bir joyga yetib bordik, u yerda sharsharaga o‘xshash joy bor edi. Bu Gang daryosi edi. Suv u yerdan oqib tushardi. Odamlar kiyimlari bilan uning ostiga kirib ketib, shu suvda cho‘milib olishardi. Qish fasli edi. Men onamdan: “Bu yerda nima bo‘lyapti?” deb so‘radim. U: “Sen ham kirasan, gapga quloq solmayapsan, suvning ostiga kirasan.” dedi. Men: “Yo‘q dedim. U: “Kirasan”, dedi. Keyingi lahzada ular meni ushlab, navbatga qo‘yishdi. Endi sharsharaga kirish uchun navbatda turardim. Ichimda: “Meni mahkam ushlab olishibdi”, deb o‘yladim. Keyingi lahzada esa men sharsharaning ichida edim, boshimga suv quyilib turardi. Cho‘kayotgandek edim.

Meni biroz vaqt ushlab turib, tashqariga chiqarishdi. Shunda qarindoshim: “Biror narsani his qilyapsanmi? O‘zgarish sezyapsanmi?” dedi. Men: “Ha, aslida, sezayapman”, dedim. Ular xursand bo‘lib ketishdi. Go‘yo nimadir bo‘layotgandek edi. Men: “Ha, avval sovqotmayotgan edim, endi esa sovuqqotyapman va ho‘lman!” dedim. «Nima?!» degandek qarashdi. «Nima deb o‘yladingiz? Islom ichiga kirib olgan qandaydir ruh, Gang daryosining ‘poklangan’ suvi ichimdagi shu yovuz Islomni yuvib chiqarib yuboradi, deb o‘ydadingizmi? Gang daryosidagi suv — o‘lgan sigirlar yotadigan, odamlar kiyimlarini yuvadigan iflos suv, shu nopok suv meni o‘zgartira oladi, deb o'yladingizmi?

Tushuning Islomning haqiqat ekaniga mening ishonchim komil” dedim. Keyinchalik ular yana meni ushlab olishdi. Yana nima deb o'yladim. Meni bir ibodatxonaga olib kirishdi. Ibodatxonaning ichida bir Pandit bor ekan, u shishadagi qandaydir suyuqlikni ustimga sepa boshladi. «Bu nima?» deb so‘radim. Men nimaligini bilmasdim, bu sigirning siydigi edi, ular sigirni muqaddas deb hisoblashadi. U menga madhiyalar o‘qiy boshladi. «Nima qilmoqchisiz?» dedim. U davom etaverdi, lekin ish bermadi. Sigir siydigi meni o‘zgartirmaydi, madhiyalari ham biror ma’noga ega emasdi. Bu ham naf bermadi. Biz oxiriga yaqinlashib qolgandik, ko‘chib yurishda davom etolmasdik.

Shuning uchun shahardagi uylarimizdan biriga joylashdik. Onam yana o‘zini g‘alati tuta boshladi. «Choy ichasanmi?» dedi. «Xo‘p», dedim. Choyni ichgach, o‘zimni g‘alati his qildim. Bo‘ynim sinib ketayotgandek bo‘ldi. Bo‘ynim qiyshayib qolgandek edi. Keyin esa ular taksi chaqirishib, meni qishloqqa olib ketishdi. Qishloqda esa amakivachcham: “Boshqa choy ichma, ular senga dori berishyapti”, dedi. «Nima?» dedim. Xatlar yozib: «Xavotirdaman, nima bo‘lishini bilmayman», derdim. Qarindoshim kelib: «Xat yozyapsanmi? Do‘stlaring seni qutqargani kelyaptimi? Kelsa ularni ta'zirini berib qo'yamiz" dedi. Men: “Do‘stlarim bilan qanday hisob-kitob qilmoqchisiz dedim?

O‘limni afzal bilganlarga nima ham qilolasiz? Ular oxiratni kutishyapti, sizdan qo‘rqishmaydi» U lol bo‘lib qoldi. Birorta qarshi gap aytmadi. Men esa davom etdim, chunki doimo Allohdan umidim bor edi. Qanday vaziyatga tushmayin, Alloh doimo men bilan ekanini bilardim. Alloh men uchun eng yaxshisini ravo ko‘radi. Begona joyda bo‘lganim uchun masjid va Qur’on nusxasini topish ham juda mushkul edi. Imomdan yordam so‘rab, uch haftada Qur’on nusxalarini topdim. U men uchun oltindek qadrli edi. Uni yashirincha o‘qirdim. Uni yashirin joyga berkitib qo‘yib, yashirincha o‘qirdim. Afsuski, qarindoshlarim Qur’on nusxasini topib, olib qo‘yishdi, bundan juda xafa bo‘ldim. Juda xafa bo‘ldim.

Bilasizmi, Alloh bilan o‘sha bog‘liqlikni his qilish, Qur’onni o‘qish juda ajoyib edi. Bularning barchasi sodir bo‘ldi. Oxir oqibat onam meni yana hindu bo‘lishga, Islomni tark etishga ko‘ndira olmasligini tushinib yetdi. U Londonga qaytib ketib, meni qarindoshlarim bilan qoldirdi. Bu men uchun imkoniyat edi, chunki onam menga ozgina pul qoldirgandi. Men tezda shaharga borib, chamadon oldim va narsalarimni yig‘ib, poyezdga chipta oldim. Dushanba oqshom kiyimlarimni olib, ko‘chada ketayotgan edim. Qarshimdan bir qarindoshim chiqib qoldi, u hokimning o‘g‘li edi. «Chamadon bilan qayerga?» dedi. «Xudoyim, hammasi tamom. Rejam fosh bo‘ldi», deb o‘yladim. «Nima deyman?» dedim. «Men...

elchixonaga pasportim masalasini hal qilish uchun ketyapman», — dedim. Ular: «Xo‘p», deyishdi. Musulmonligimni bilishsa-da, rejamdan bexabar edilar. Yengil tortdim. Keyin poyezdga yetib bordim, ammo poyezd kechikayotgan edi. Qish fasli, havo sovuq va atrof tuman edi. «Poyezd kelmayapti», deb xavotirlanardim. Nihoyat, birozdan so‘ng poyezd keldi va men unga mindim. Keyin bekatga yetib borib, elchixonaga riksha, ya’ni tempo bilan kirib bordim, «Men Londondanman. Meni Hindistonda ushlab turishibdi, ota-onam meni majburlab olib qolishyapti, men Londonga qaytmoqchiman, bularning bari musulmon bo‘lganim sababli», dedim. «Do‘stlaringizdan buni eshitganmiz», deyishdi.

«Pulingizni oldik, chipta tayyor, chiqish vizangiz ham tayyor. Juma ertalab uchib ketasiz deyishdi. Londonga birinchi reysda uchasiz» Hayratda qoldim. Juda xursand edim. Aeroportda turganimda, bir sikx yigit bor edi, u pasportlarga muhr bosadigan xodim edi. Bir kishi uning oldiga kelib: «Pasportingiz qayerda?» — dedi «Bilmayman.» «U yerga boring», dedi. Biroz xavotirlandim. Bu ketish imkonim edi, qandaydir muammo chiqishini istamasdim. O'sha xodim menga: «Muammo bo‘lsa, ayting», dedi. Lekin keyin o‘yladim: «Bu kim o‘zi? U ham oddiy inson-ku. Men shunchaki vaziyatni tushuntirib beraman. Men haq yo‘ldaman. Nega xavotirlanishim kerak? Alloh men bilan».

Uning oldiga borgach «Pasportingiz qani?» dedi. «Yo‘qotib qo‘ydim», dedim. U: «Pasportingiz qayerda?» — dedi. «Uni yo'qotib qo'ydim. Menda faqat chiqish vizasi bor», dedim. U menga bir qarab, vizaga muhr bosdi, «Boring», — dedi. Keyin samolyotga chiqib, o‘tirdim. Filmlarda ko‘rasiz-ku, samolyot eshigi yopiladi, siz hozir kimdir kirib kelib, sizni ushlab ketadigandek bo'ladi. Men ham shuni his qildim. Kutib tudim va eshik yopildi. Men «Alhamdulillah», dedim. Bu ajoyib edi. Men Londonga qaytayotgan edim. Do‘stlarim meni aeroportda kutib olishdi. Juda xursand edim. Chamadonimni oldim va Londonga qaytdim.

Ular menga qilgan barcha ishlaridan, uch yarim yillik azob-uqubatlardan keyin qutulib chiqdim. Alloh Subhanahu va Taolo meni o‘sha holatdan qutqarib qoldi. Sinovlar bilan sinab, najot berdi. Endi ular meni boshqa to‘xtata olishmaydi. Islomni qabul qilganingizdan afsuslanganmisiz? Hech qachon. Axir yaratilishimdan maqsad bo‘lgan haqiqatga ergashib, Allohga ibodat qilishimdan qanday afsuslanishim mumkin? Faqat bir narsani istardim: Payg‘ambarimiz (a.s.) davrida yashagan bo‘lsam, sahobalar bilan da’vat qilib, bugungidek Islomni yer yuzida qaror toptirishga hissa qo‘shgan bo‘lardim. Afsuslanadigan yagona narsam — otam.

U Pandemiyadan oldin vafot etdi, u bilan gaplashish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilmaganimdan rosa afsuslanaman, uni Islomga da’vat qilolmaganimdan afsusdaman. U o‘z diniga qattiq yopishib olgandi, sig‘ingan butlaridan kecholmadi. E’tiqodi haq ekaniga ishongan, men tushuntirdim, ammo u qabul qilmadi. Afsuski u vafot etdi. Alloh bilan alohida bog‘liqlikni his qilganmisiz? Bilasizmi, men doimo Hajga borishni istardim.Turmush o‘rtog‘im bilan imkon tug'ilgach 2024-yilda Hajga bordik. Hajda qiziq tomoni shundaki, odam adashib qolishi mumkin. Men uch marta adashdim. Uch marta pulsiz, telefonsiz adashib qoldim.

Bir safar mehmonxonani izlayotgandim, ammo negadir internetda mehmonxonaning nomi o‘zgartirib qo‘yilgandi. Biroz xafa bo‘ldim, ko‘zlarimdan yosh oqa boshladi, va ko‘p duo qildim. «Yo Alloh, meni o‘sha joyga yetakla», deb duo qildim. Oldimda uchta yo‘l bor edi. Bittasi to‘g‘riga, yana biri ikkiga bo‘linardi, keyin uchinchi yo'l. «Shu yo‘ldan borsam to'g'ri bo'lsa kerak», deb o‘yladim. Aynan shu yo'l bilan... mehmonxonaga yetib keldim. Mehmonxonaga yetib kelganimda, imomlar hayratda qolishdi, chunki ular meni Iso deb atashardi. Ular "Bilasanmi, ko‘p odamlar adashib ketib, ortga qaytib kelishmadi. Sen esa yagona qaytgan odamsan. Iso qaytib keldi!" dedi.

Ular xuddi Iso payg‘ambar kabi, "Qaytib kelding!" deyishdi. Keyin men yana qaytdim, yana bir bor adashdim, keyin 3-marta ham adashdim. Har safar esa mehmonxonaga qaytib keldim Bundan hayratda qoldim. Shunday paytlarda, inson yo‘lini yo‘qotib qo‘yganda, Alloh doimo unga qaytib olish yo‘lini topib beradi. Payg‘ambarimizning qaysi jihati sizni eng ko‘p hayratga solgan? U zot Al-Amin — eng ishonchli inson edilar. Qabiladoshlari Islom da’vatiga rozi bo‘lmagan bo‘lsalar-da, u zotning rostgo‘y ekanini bilishardi. Ular bunga amin edilar. Odamlar mol-mulklarini u zotga ishonishardi, muammolarini u zotga ishonishardi, masalan, Qora toshni Ka’baga joylashtirishlari.

Qur’onda shunday deyiladi: "Laqad kana lakum fi rasulillahi uswatun hasanah". Ya’ni, Rasululloh (a.s.) timsolida insoniyat uchun eng go‘zal namuna bor. U zot ayollariga g‘amxo‘rlik qilishda, Islomni targ‘ib qilishda eng yaxshi edilar, qo‘mondon sifatida,Islomni hayotga tatbiq etishda eng yaxshi edilar. Bu hayotda Payg‘ambar Muhammad (a.s.)dan ko‘ra yaxshiroq inson yana kim bo‘lishi mumkin menga aytingchi? Butun dunyodagi barcha hindular bilan gaplashish imkoningiz bo‘lsa, ularga nima degan bo‘lardingiz? "Bilaman deb o‘ylagan narsalaringizni unuting. Atrofingizga qarang, narsalarga nazar soling. Bilingki, bular abadiy emas, ularning barchasi kimdir tomonidan yaratilgan.

Koinot, Quyosh tizimi, galaktikalar, milliardlab yulduzlar — bularning hech biri o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan. Hech narsa yo‘qdan paydo bo‘lmaydi, bularning barchasini yaratgan Yaratuvchi mavjudir. O‘sha Yaratuvchi bizga O‘z xabarini, ya’ni Qur’onni dalil sifatida bergan. U boshqa barcha kitoblardan farq qiladi. Qur’onni haqiqat ekanini anglaganingizda, unda xato yo‘qligiga amin bo‘lganingizda, o‘sha vahiyga ergashing, musulmon bo‘ling — Jannat sizniki bo‘ladi. Islomni qabul qildingiz lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Yoki musulmon bo‘lgansiz-u, endi barini boshidan boshlab Islomni o‘rganmoqchimisiz? Biz siz uchun Step Islam ilovasini ishlab chiqdik.

Bu Islomni tushunarli va tizimli tarzda o‘rgatuvchi, mutlaqo bepul hamda reklamasiz ilovadir. Ilovada iymonning asosiy poydevorlarini, Qur’ondagi muhim atamalarni osonlikcha o‘rganib, odatlarni shakllantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarasiz. Shayton buni kechiktirishiga yo‘l qo‘ymang. Quyidagi havola orqali “Step Islam” ilovasini yuklab, abadiy saodat sari ilk qadamlaringizni bugunoq qo‘ying.