Towards Eternity
Blogga qaytish

Bu Musulmon Oilalarni BUZYAPTI – Kech Bo‘lmasidan Oldin Buni Ko'ring

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Baxtsiz nikohni tugatish to'g'rimi, yoki sabr qilish va bu sinov deb, uni tark etmaslik kerakmi? Nega er-xotinlar vaqt o'tishi bilan bir-biridan uzoqlashadi? Muhabbatni ilk kunlardagi kabi saqlab qolish mumkin emasmi? Agar to‘g‘ri yo‘l tutsa, nikoh muhabbatni yanada mustahkamlaydi. Odamlar tushunmaydigan narsalardan biri shuki, muhabbat munosabatda o‘sadi, va u bir bosqichdan boshqasiga o‘zgarib boradi. Shaytonga qarshi kurashish kerak. Chunki Shayton sizga “baqir, so‘k, buni qil, uni qil” deb aytadi. Lekin siz bunga qarshi turishingiz kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hech qachon ayyolari bilan tortishmaganmi, nima ularning hayoti doimo go‘zal va quvonchli bo‘lganmi? Ha, shunaqa.

Assalomu alaykum, Shayx Yaser Birjas. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun katta rahmat. Siz bilan birga bo'lishimizdan xursandmiz. Bugun nikoh haqida bir nechta savollar bermoqchimiz. Albatta. Xullas, bugun savollarimiz bilan sizni biroz qiynaymiz. Bismillah. Keling, boshlaylik. Yaxshi. Nega er-xotinlar vaqt o'tgan sayin bir-biridan uzoqlashib boradi? Muhabbatni ilk kunlaridagi kabi saqlab qolish mumkin emasmi? Nikoh muhabbatni o‘ldiradimi? Aslida? Subhanalloh. Ibn al-Qayyim (r.a.) o‘z asarlaridan birida shu mavzuda yozganlar va aytganlar: Qarang, agar to‘g‘ri yondashilsa, nikoh muhabbatni yanada mustahkamlaydi. Savol tug‘iladi: “To‘g‘ri yo‘l bilan” deganda nimani nazarda tutamiz?

Alloh Qur’onda zikr qilgan ikki asosiy unsur bu — muhabbat va rahm-shafqatdir, ya’ni ehtiros va hamdardlik. Odamlar tushunmaydigan muhim jihatlardan biri shuki, muhabbat munosabat davomida o‘sadi, va u bosqichdan bosqichga o‘zgarib boradi. Katta muammo shundaki, odamlar 10 yil va 2–3 farzanddan keyin ham turmush o‘rtog‘idan ular 10 yil oldin ularni qanday sevgan bo‘lsa, hozir ham xuddi shunday sevishini kutishadi. O‘shanda ular yosh edi, mas’uliyatlari yo‘q edi, Mashalloh. Bu adolatdan emas. Endi esa men seni boshqa sabablar bilan sevaman. Seni bolalarimning onasi yoki otasi sifatida sevaman. Seni charchaganimda yonimda bo‘lganing uchun sevaman.

Seni yordam berganing uchun sevaman, tushunganing, e’tiborli bo‘lganing uchun, va hokazo. Qachon munosabatlar buzila boshlaydi? Qachon odamlar bir-biridan uzoqlasha boshlaydi? Buni tushunish uchun asosiy savol — nega bu sodir bo‘ladi? Mana gap shunda. Har qanday munosabatning eng asosiy maqsadi — tinchlik va osoyishtalik topishdir. Va tinchlik — bu quvvat oluvchi batareyaga o‘xshaydi. Siz kuningizni 100% qoniqish bilan boshlaysiz. Uzoq kundan keyin, uyga 90% holatda qaytasiz. Siz turmush o‘rtoqingizdan nimani kutasiz? Sizni yana 100% holatga qaytarishini. Afsuski, yomon muomala bilan biz bir-birimizni yanada toliqtira boshlaymiz. Shunday qilib, biz 70% holatda uxlaymiz.

Va bir vaqtda, 90% holatda uyg‘onib, uyga 70% holatda qaytamiz, 50% bilan uxlaymiz. Agar bu naqshni kuzatsangiz, bir kun kelib menda umuman energiya qolmaydi. Shunda odamlar munosabatdan voz kechishga qaror qilishadi. Ammo biz tushunishimiz kerak bo‘lgan narsa shu: sen men uchun tinchlik manbai bo‘lishing kerak. Men esa sen uchun tinchlik manbai bo‘lishim kerak. Unda odamlar nega janjallashishadi? Chunki sen mening tinchligimni buzayapsan. Men uni tiklashimga to‘g‘ri keladi. Agar sen menga yordam bermasang, uni majburan olaman. Shunda bizda to‘qnashuv va mojarolar boshlanadi. Chunki har kim munosabatda tinchlikni izlaydi va bu uchun qandaydir ma’noga ega bo‘ladi.

Agar biz bu borada mos bo‘lmasak, va bir-birimizga bu tinchlikni bera olmasak, buni qilayotganda o‘zimizni butunlay toliqayotgan deb his qilsak, unda odamlar doim janjallashadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollariga qanday munosabatda edilar? Voy, bu haqda o‘ylasam, juda chiroyli voqealar bor, men eng yoqtirgan narsalardan biri – Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyrati, ya’ni shaxsiy hayotidir. Men Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsiy hayotlariga oid juda ko‘p hadislardan to‘plam tuzganman. U zot hayratlanarli inson edilar. U (s.a.v.) chinakam jentlmen edilar. Mana, bir voqeani aytaman: U zot (s.a.v.) Safiyya (r.a.) bilan turmush qurganlarida, Haifa shahridan safarda qaytayotagan edilar.

Va u paytda, u (Safiyya r.a.) tuya ustiga chiqishi kerak edi. Bilamizki, tuya baland bo‘ladi, chiqish oson emas. Tuyaga chiqish qiyin edi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tiz cho‘ktilar. U zot tiz cho‘kib, ikkinchi tizzalarini ko‘tarib turdilar. Safiyya (r.a.) o‘sha tizzaga oyoq qo‘yib chiqa olishi uchun. Shunday qilib, Safiyya (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tizzasiga oyoq qo‘yib, tuyaga mindilar. Bular sodir bo‘layotganda, Rasululloh (s.a.v.) o‘z ridosi bilan uni yopib turdilar. U zot ridosi bilan uni yopib turar edilar, ayoli tizzaga chiqayotganida ularni ehtiyotlab, himoya qilganlar. Nega? Chunki oyoq ko‘tarayotganida, boshqa oyog‘i ochilib qolishi mumkin edi.

Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni yopganlar. Bu – chinakam ritsarlik. Ritsarlik degani nima? Mana shu – haqiqiy erkaklikning ma’nosi. Chunki ular (s.a.v.) himoyachi va jentlmen edilar. Bugungi kunda bu – ayolizga eshik ochib berish, u eshikdan o‘tayotganda uni ushlab turish bilan barobar. Bu kabi munosabat aslida zarur bo‘lgan davolanishdir. Afsuski, ba’zi madaniyatlarda bu holat zaiflik deb hisoblanadi. Va bu ularning erkaklik, kuchlilik qiyofasiga salbiy ta’sir qiladi deb o‘ylashadi. Men ularning turmush o‘rtoqlari bilan qanday munosabatda ekanliklaridan bexabarman. Bu ularning ishi. Agar bu shaxsiy bo‘lmasa, siz ayolingizga shunday munosabatdasizmi?

Buni mendan emas, ayolimdan so‘rashingiz kerak. Yaxshi, yaxshi. Lekin ha, men shundayman. Alhamdulillah. Şunaka Turmush o‘rtoqlar bir-birlariga qanday hurmat ko‘rsatishlari kerak? Bilasizmi, hozirgi kunda, afsuski... Bugungi turmush tarzimiz sababli, hatto “hurmat” degan so‘zning o‘zi juda nozik mavzuga aylangan. Shu sababli hozirda ayollar “hurmat” so‘zini eshitganda, noqulaylik sezishadi. Bu ular uchun juda nozik tushuncha. Chunki ular buni boshqaruv sifatida qabul qilishadi. To‘g‘rimi? Ha, Ha. Afsuski, “Bo‘ysunish” degan so‘zni esa ular zulm deb tushunishadi. Shunday qilib, “hurmat” va “bo‘ysunish” so‘zlari salbiy ma’nolarga ega bo‘lib qolgan.

Men ayollarni ayblamayman, chunki afsuski, ba’zi erkaklar haqiqatda shunday yo‘l tutishadi. Ular “hurmat” so‘zining asl ma’nosini tushunishmaydi. Shuning uchun ular ayollardan “hurmat” ni haddan tashqari talab qilishadi. Aslida esa “hurmat” mavzusi ham madaniy nuqtai nazardan turlicha bo‘ladi. Bu nimani anglatadi? Ba’zi madaniyatlarda, masalan, turmush o‘rtog‘ingizga qarshi gap qaytarish hurmatsizlik hisoblanadi. Boshqa madaniyatlarda esa bu oddiy hol. To'grimi? Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida ham bu narsa sodir bo‘lgan. Chunki Makka aholisi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida, makkalik erkaklar ko‘proq erkaklik fazilatiga ega edilar, desak bo‘ladi.

Ehtimol, ular o‘z oilalarini boshqarishardi. Shuning uchun ular doimo, aloqalarda ustun bo‘lishga harakat qilishgan. Ular Madinaga ko‘chib o‘tganlarida esa, ansor ayollari ko‘proq gapirardi. Ular ochiqroq va faolroq edilar. Chunki ansor ayollari dalada ishlashardi, va hokazo. Shu sababli ular gapirish borasida jasurroq bo‘lgan. Shuning uchun ham Umar ibn Xattob (r.a.) ajablanib qolgan, ayoli ansor ayollaridan gap qaytarishni o‘rganayotganini ko‘rib. Ularda bu holat: “voy, bu hurmatsizlik-ku,” degan fikr uyg‘otgan. Bu voqeadan shuni tushunamizki, hurmat degan tushuncha ham aslida nisbiy.

Masalan, kimdir o‘z qishlog‘idan yoki o'z shahridan uylansa, o‘zining ayoli yoki eri unga qanday munosabatda bo‘lishini avval o‘z amakilari, tog‘alari, qarindoshlari orqali ko‘rgan tajribaga qarab kutadi. Chunki ular bir xil madaniyatga mansub. Lekin odamlar turli madaniyatlardan yoki qishloqlardan turmush qurishganda, boshqa shaharchadan, boshqa shahar yoki viloyatdan bo‘lsa, masalan, turli madaniyatlar bilan oila qurganda, hurmat tushunchasini saqlab qolishda muammo paydo bo‘ladi. Nega? Chunki erkak buni oddiy hol deb o‘ylaydi. Ayol esa buni oddiy emas deb hisoblaydi, hatto qarshi fikrda bo‘lishiyam mumkin.

U buni muammo emas deb o‘ylashi mumkin, lekin erkak uchun bu hurmatsizlik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, aslida bitta aniq ta’rif yo‘q: "Mana, mana shu hurmat degan" Bu yana "bil-ma’ruf"ga qaytadi, ya’ni nima maqbul hisoblanadi, nima esa hisoblanmaydi – buni o‘zaro kelishuv aniqlaydi. An’anaviy oilalarda esa erkak ayolini hamma narsaga qarashini kutadi. Oshpazlik, tozalash, bolalarga qarash, xullas hammasi. Erkakning vazifasi tashqaridan ta’minlash, xolos. Ammo zamonaviy davrda va zamonaviy jamiyatlarda odamlar boshqa xatti-harakatlarni kutishadi. Agar siz zamonaviy davrda turmush o‘rtoqingizdan siz uchun nimadir qilishini so‘rasangiz, bu endi unga hurmatsizlik bo‘lmaydi, bu tabiiy hol.

Payg‘ambarimiz (s.a.v) haqida nima deyish mumkin? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayoti o‘sha o‘tish davrida edi, ya’ni an’anaviylik bilan tenglik o‘rtasida edi. Odamlar Oisha (r.a.)dan so‘rashdi: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uyda bo'lganlarida qanday edilar?" Ular aytdilarki: "Boshqalardan farq qilmasdi. tozalikka e'tiborlik, oyoq kiyimlariga qarardilar, ko‘ylaklarini tikardilar va biz uchun echkini sog‘ib berardilar." "Ammo azonni eshitgach, bas –" "chiqib ketardilar va erkak kishi nima qilishi kerak bo‘lsa, o‘shani qilardilar." Demak, ha, agar... Erkak bo‘lish bu oilangizga yordam bermaslik degani emas, bolalarga qarash yoki oqilona bo‘lish mumkin emas degani emas.

Ammo, albatta, ayol ham o‘z eriga munosib hurmat ko‘rsatishi kerak, shuningdek. Uning yordamiga va oilaga qo‘shgan hissasiga javoban javob qaytarishi kerak. Baxtli nikohlarda qanday umumiy jihatlar borligini kuzatdingiz? Eng ko‘p uchraydigan, baxtli nikoh uchun eng muhim xislat bu axloq va odobdir, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Qancha farq qilishingiz muhim emas. Boymisiz, kambag‘almi – muhim emas. Qanchalik savodli yoki savodsiz bo‘lishingiz ham ahamiyatli emas. Oxir-oqibat, odamlarni birga ushlab turadigan narsa – eng muhimi – bu ularning odobi, axloqidir. Bir-birlariga qanday hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi.

Hatto chuqur, telbalarcha sevmasangiz ham, siz munosabatda hurmat va or-nomusni saqlashingiz mumkin. Nikohlar aslida shu orqali uzoq davom etadi. Odamlar mendan so‘rashadi: "Qanday qilib odamlar birga bo‘lishadi?" Men aytaman: odamlarni birga qiladigan narsa – bu moslik. Masalan, siz bilan gaplashdim.. Demak, biz ko‘ryapmizki, qarashlarimiz bir xil, shaxsiyatimiz ham o‘xshash, hayotdagi maqsadlarimiz va orzularimiz ham bir xil bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi juda chiroyli. Bu odamlarning turmush qurishiga yordam beradi. Ammo bu davomiylikni kafolatlamaydi. Munozaralarning davomiyligini ta’minlaydigan narsa moslashuvchanlik deb ataladi. Siz moslashuvchan bo‘lishingiz kerak.

Moslasha olish kerak. Aks holda, agar siz muhabbatni qanday tushunishingiz, munosabatlarni qanday yuritishingiz, farzandlaringizni qanday tarbiyalashingiz, maqsadlaringizga qanday erishishingiz, bularning barchasida nikoh boshlangan paytdagi qadriyatlarga qattiq yopishib olsangiz, bu judayam xavfli. Nega? Chunki odamlar o‘zgaradi. Hammamiz o‘zgaramiz. Farzandli bo‘lganimiz uchun o‘zgaramiz. Endi bandroq bo‘lganimiz uchun o‘zgaramiz. Qarib boryapmiz, shuning uchun o‘zgaramiz. E’tiborimiz boshqa narsalarga burilishni boshlaydi, o‘zgaradi. Bu tabiiy holat.

Agar siz bu o‘zgarishga tayyor bo‘lmasangiz, turmush o‘rtog‘ingizdagi o‘zgarishlarni qabul qilmasangiz va o‘zingizni ham bu o‘zgarishga moslashtirmasangiz, munosabat uzoq davom etmaydi. Shuning uchun moslashuvchanlik juda muhim. Odam hayotida moslashuvchanlikni nima keltiradi? Mehr-shafqat, hamdardlik, kechira bilish. Ochıq fikrlilik, o‘sishga intilish. Ya’ni: “Bilasanmi, biz ham o‘samiz,” degan fikr. Bizda har doim o‘sish uchun imkoniyat bor. Shunday qadriyatlar odamlarni birga ushlab turadi.

Agar ular bir-biriga nisbatan hamdardlik bilan yondoshmasalar, mehr ko‘rsatmasalar, xatolarga kechirimli bo‘lmasalar, ularning munosabatda birga o‘sishlariga yo‘l qo‘yishmasa, u munosabat barbod bo‘lishga mahkum, hatto tugashga mahkum bo‘ladi. Xo‘sh, muvaffaqiyatsiz nikohlarda eng ko‘p uchraydigan jihat nima? Muvaffaqiyatsiz munosabatlarning eng keng tarqalgan sababi — bu moslashuvchanlikning yo‘qligi, aslida. Biri hamma narsa faqat uning istagicha bo‘lishi kerak, deb o‘ylasa. “Yo meniki, yo yo‘q” tamoyili.

Masalan, er hamma narsa ma’lum tarzda bo‘lishi kerak, deb turib olsa, ayol ham o‘z istagidagi tarzda bo‘lishini talab qilsa, va afsuski, ularning hech biri yarim yo‘lda uchrashishga tayyor bo‘lmasa, bu muammoga aylanishi mumkin. Eng keng tarqalgan muammo shu. Endi, buning asosiy sababi nima? Aytsam.. Men odatda oldimga kelganlarga ikki narsani o‘rgataman: munosabatdagi muvaffaqiyatsizlikdan qanday qochish kerakligi haqida. Birinchisi — barcha munosabatlarning sokin qotili deb ataydigan narsam. Bu sokin qotil — bu kutishlar, yoki bajarilmagan kutishlar. Bu nimani anglatadi? Hammamiz munosabatga biror kutish bilan kiramiz.

Biz hayotimizda narsalar muayyan tarzda bo'lishiga umid bilan kiramiz, o'zimizdan, turmush o'rtog'imizdan, munosabatdan, jamiyatdan. Ammo kutilgan narsa bo'lmaganda, biz xafa bo'lamiz. Bu ko'p takrorlansa, odam ranjiydi, jahli chiqadi. Chunki endi sizda shubhalar paydo bo'ladi, endi doim shunday bo'lib qoladimi? Hayotim endi shunday bo'lib ketadimi? Va bu shubhalar paydo bo'lishi bilan, tashvish uyg'onadi, chunki bu o'zini himoya qilishning birinchi belgisidir. Va siz kelajak qanday bo'lishi haqida, o'zgarishlar bo'ladimi yo'qmi deb tashvishlana boshlaysiz. Bu tashvishlarning ko'payib ketishi noma'lum narsalardan qo'rqishga olib keladi. Bu qo'rquv haddan oshsa, odam falaj bo'ladi.

Va inson hayotga befarq bo'lib qoladi, chunki endi u qaror qabul qila olmaydi. Natijada, biz ichimizda g'azab va ranjish to'play boshlaymiz. Va rahmdillikdan charchaymiz, hatto mayda narsalardan ham janjal chiqarishni boshlaymiz, so‘ng esa depressiyaga tushamiz. Endi hamma narsa sizni asabiylashtiradi, va g‘azab muammoning eng birinchi ko‘rinishiga aylanadi. Shunday ekan, bu birinchi narsa. Buni "munosabatning sokin o‘ldiruvchisi" deb atashadi, ya’ni oqlanmagan umidlar. Ikkinchi omil, men buni "burilish nuqtasi" deb atayman. Bu – odamlar ajrashishga va nikohni tark etishga qaror qiladigan holatdir. Chunki biz munosabatdan doimo bitta narsani kutamiz. Hamma ayni narsani istaydi. Bu nima?

Bu – tinchlik va xotirjamlik. Zamonaviy tilda buni “emotsional to‘liqlik” deb atashimiz mumkin. Emotsional to‘liqlik sizga xotirjamlik va tinchlik beradi. Shuning uchun ajralishning birinchi sababi odatda: “Menda endi emotsional to‘liqlik yo‘q,” deyishadi. Buning asosiy sababi nima? Chunki men qadrlanmayotganimni his qilaman. Minnatdorchilik yo‘qligi. Qanday qilib siz qadrlanmayotganingizni bilasiz? U aytadi: “Men buni eshitmayapman. Turmush o‘rtog‘imdan buni ko‘rmayapman.” Demak, biz qanday minnatdorchilikni kutyapmiz? Qanday tabriklar yoki e’tirof kerak?

So‘z bilan aytiladigan e’tirof, masalan: “Rahmat,” yoki “Bugun juda chiroyli ko‘rinyapsan.” “Buni bajarganing uchun rahmat.” Yoki jismoniy – yaqinlik kabi. Masalan, quchoqlash, o‘pish yoki teginish: bu “men o‘zimni sen bilan xavfsiz his qilaman” degani. “Men sen bilan bo‘lishni yaxshi ko‘raman.” Bu narsalar munosabatdan yo‘qolganida, odamlar o‘zlarini qadrsiz his qilishadi. Ular o‘zlarini to‘liq his qilmaydi va bu ularni munosabatdan chiqishga majbur qiladigan omilga aylanadi. Shundan so‘ng odamlar jim bo‘lib qolishadi. Chunki aytadigan yaxshi gap qolmasa, odam jim turadi. Lekin qancha vaqt jim yurish mumkin? Ko‘pga cho‘zilmaydi. Og‘zini ochgan zahoti nima chiqadi?

Tanqid yoki hukm chiqarish. Siz harakatlarini tanqid qilasiz yoki insonni, xarakterini hukm qilasiz, va bu halokatga olib keladi. Erkaklar yoki ayollar nikohdan eng ko‘p nimani kutishadi? Odatda gap erkaklar va ayollar haqida ketganda, ular bir-biridan nimani eng ko‘p kutadi yoki istaydi desa, ko‘p narsani xohlashadi, lekin bitta so‘z bilan aytganda, ayollar erkakdan eng ko‘p kutadigan narsa bu — muhabbat. Bitta so‘z bilan aytganda, erkak ayoldan eng ko‘p kutadigan narsa bu — hurmat. Ammo, muhabbat va hurmat bir-biriga sinonim, ya’ni ular aslida bir xil. Lekin erkak va ayol har xil "lahjada" gaplashadi. Ya’ni, erkak ham muhabbatni xohlaydi, lekin u muhabbatni hurmat orqali ko‘radi.

Ayol ham hurmatga muhtoj. U esa buni qadrlanish va sevgi orqali his qiladi, albatta. Muammo shundaki, agar erkak xotiniga muhabbatini bildirmasa, ayol uni hurmat qilmaydi. Erkak hurmatni sezmasa, u ham unga muhabbat ko‘rsatmaydi. Bu bir aylana bo‘lib ketadi. Muhabbatsiz ayol hurmatsiz harakat qiladi. Erkak esa sevgisiz javob beradi. Ayol yana hurmatsizlik bilan javob beradi. Shunday davom etaveradi. Kimdir bu aylananing oldini olishi kerak. Nima bo‘lsa ham. Biz bir-birimizga muhabbat va hurmat ko‘rsatishimiz kerak. Yaxshi, lekin buni qanday qilamiz? Axir men shunday qilyapman deb o‘ylagandim-ku?

Bu amalga oshishi uchun, siz bu narsani turmush o‘rtog‘ingizga ma’noli bo‘lgan tarzda qilishingiz kerak, hatto sizga bu mantiqsiz tuyulsa ham. Men odamlar uchun doimo misol keltiraman: masalan, ayol qora shokoladni yaxshi ko‘radi, erkak esa sutli shokoladni yoqtiradi. U har safar mehr ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, unga sutli shokolad olib beradi. Ayol oxir-oqibat o‘zini qanday his qiladi? Xafa bo‘ladi, o‘zini yolg‘iz his qiladi, chunki erkak faqat o‘zini o‘ylaydi. U doim faqat o‘z fikrida. Ayol o‘z fikrini aytmoqchi bo‘lsa, erkak ranjiydi, chunki u o‘zini zo‘r ish qilyapman deb o‘ylagan.

U aytadi: “Axir men senga bozordagi eng zo‘r shokoladni olib beryapman.” “Bu Belgiya shokoladi, bilasanmi, judayam ajoyib.” Ayol esa aytadi: “Lekin men qora shokoladni yoqtiraman.” U esa qattiq turib oladi: “Yo‘q, yo‘q. Umuman qora shokolad kimga yoqadi?” “Sutli shokolad qora shokoladdan yaxshiroq.” Aslida, ko‘p er-xotinlarning munosabati aynan shunday bo‘ladi. U unga o‘ziga ma’no anglatadigan tarzda sevgi ko‘rsatmoqchi. U esa unga hurmat yoki muhabbatni o‘ziga ma’no beradigan tarzda namoyon etmoqchi. Natijada esa, biz butunlay ajralib qolamiz. Shuning uchun erkak ayolini sevmoqchi bo‘lsa, u muhabbatini unga ma’no beradigan tarzda namoyon etishi kerak, hatto bu unga mantiqsiz tuyulsa ham.

Xuddi shunday, ayol ham eriga nisbatan o‘ziga emas, balki unga ma’no beradigan tarzda munosabatda bo‘lishi kerak, hatto bu unga tushunarli bo‘lmasa ham. Agar u harom bo‘lmasa va aqlsizlik bo‘lmasa — nega bo‘lmasin? Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nikoh hayotidan yurakni ezgu hislarga to‘ldiradigan bir voqeani aytib bera olasizmi? U kishining muloyimligi, tushunuvchanligi, haqiqatda.. U zot juda, juda juda tushunuvchan, mehribon va shafqatli edilar. o‘z ayollarining ehtiyojlarini tushunardilar. Shunday misollardan biri — Safiyya (r.a.) yahudiy urf-odatlaridan kelgan edi.

Shunday qilib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga turmushga chiqib, Madinaga ko‘chib kelganida, u yagona ayol edi, biz bilishimizcha, Ramazonning so‘nggi o‘n kechasida e’tikofda bo‘lgan paytlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni tez-tez ziyorat qilgan. Aytmoqchimanki, Ular ibodat bilan mashg‘ul edilar. Unda nima uchun borasiz? Bilasizmi, nima uchun? Chunki, ehtimol Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning, Madinada qarindoshlari yo‘q, yagona ayoli edi. Boshqa ayollarning esa amakivachchalari bor edi. Ularni ota-onalari, oila a’zolari bor edi. Chunki ularning deyarli barchasi arab edi, Maria (r.a.) bundan mustasno, u keyinroq kelgan. Ammo Safiyyani Madinada hech kimi yo‘q edi, faqatgina Rasululloh (s.a.v.) bor edilar.

Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.)ni sog‘inardi. Va masjidga, Rasululloh (s.a.v.) i’tikofda bo‘lgan paytida ularni ko‘rgani kelgan. Nima deb o‘ylaysiz, u zot nima qildilar? unga: “Nima qilib yuribsan bu yerda?” dedilarmi? “Bu e’tikof. Meni yakka qoldir.” “Men Laylatul Qadrni kutyapman-ku.” — dedilarmi? bunday demadilar. “Astag‘firulloh, bu vaqtda masjidga kela olmaysan, qayt” demadilar. U kechasi Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rishga keldi, U zot u bilan birga o‘tirdilar, birga gaplashdilar. U bilan masjidda suhbat qurdilar. Va u qoniqqanidan so‘ng, ketayotgan paytida Rasululloh (s.a.v.) uni kuzatdilar. Va u zot u bilan birga yurdilar.

Va, albatta, u hali gapini tugatmagan edi, u yo‘lda davom etib, Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashishda davom etdi, chunki Rasululloh (s.a.v.) bilan o‘tkazgan onlarni sevardi, to‘g‘rimi? U gapira boshladi. Rasululloh (s.a.v.) hali ham u bilan gaplashardilar. Aslida u zot unga vaqt ajratib, vaqtini unga bag‘ishladilar, chunki bu Safiyya uchun juda qadrli edi. Demak, bu voqeadan biz nimani ko‘ramiz: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Safiyyaga va uning his-tuyg‘ulariga, hissiyotlariga naqadar e’tibor berganliklarini, uning uchun vaqt ajratganliklarini ko‘ramiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) haqida nima deyishim mumkin, U zot juda mehribon, juda g‘amxo‘r edilar.

U zot (s.a.v.) nihoyatda rahmdil edilar, buning namoyoni hayotlarining so‘nggi kunlarida ko‘rindi. Hayotlarining so‘nggi daqiqalarida bu holat aniq namoyon bo‘ldi. Kasal bo‘lganlarida, doim: “Ertaga men qayerda bo‘laman?” deb so‘rardilar. Chunki U zot navbatma-navbat ayollari uylarida bo‘lardilar. Boshqa ayollari aytdilar: “Yo Rasululloh, siz Oisha bilan qoling, biz sizni ziyorat qilamiz.” Va oxirgi lahza… bu juda go‘zal manzara bo‘lgan. Oisha onamiz aytadilar: U zotni bag‘rida tutganlar, orqalarini ko‘ksiga yastab, U zotni bag‘riga yotqizib, qo‘lini ushlab, Qur’on tilovat qilib berganlar. U zotning muborak qo‘llari bilan tanalarini silab, og‘riqlardan yengillashtirishga harakat qilganlar.

Ammo bu voqeani aytarkan, nimani ta’kidladilar? aytdilarki: “Ular mening ko‘ksim bilan iyagim o‘rtasida jon taslim qildilar.” Bu nimani anglatadi? Ular shunday dedilar: “Men erimni oxirgi nafasigacha hech qachon qo‘yib yubormadim.” Bu naqadar go‘zal lahza. Sizlarga shuni aytmoqchiman: har bir er istardi-ki, uning hayotidagi oxirgi daqiqalari shunday kechsin. Nima deb o‘ylaysiz, nega ajrashishlar soni bunchalik ko‘p? Qachondir ajrim yoqasidagi bir oilani saqlab qolganmisiz? Alhamdulillah, juda ko‘p oilalarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldim. Lekin hammasiga yordam bera oldim, deb ayta olmayman. Afsuski, juda ko‘pchilik odamlar oxirgi pallada murojaat qilishadi.

Ular majburan maslahat yoki psixologik yordamga kelishadi. Ular qaysar bo‘lishadi, bunga ishonishmaydi, kelishishni istamaydilar. “Nechun bizning nikohimizga begona odam aralashishi kerak?” deb o‘ylashadi. Shunday qilib, oxirgi paytda kelishadi, va sizdan mo‘jiza kutishadi, xuddi siz ularning nikohini saqlab qoladigandek. Lekin afsuski, ishlar yurishmay qolsa, barchasini maslahatga to‘nkashadi. O‘zlarini aybdor deb bilmaydi. Lekin Alhamdulillah, ba’zi odamlar Mashallah, ularning nikohlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Turli joylarda, turli konferensiyalarda odamlar bilan uchrashish menga katta quvonch bag‘ishlaydi. Turli safarlarda, turli tadbirlarda…

Ular aytishadi: “Alhamdulillah, siz bilan maslahat qilgan edik, siz biz uchun mana buni bajargan edingiz.” “Faqat siz bilib qo‘ying – bu bizga juda foydali bo‘ldi.” “Alhamdulillah, nikohimizni saqlab qoldik.” Endi esa, ajrashishning asosiy sabablariga to‘xtalsak? Sabablar juda ko‘p, albatta. Judayam ko‘p. Hozirgi kunda asosiy sabablardan biri bu – erkaklar, afsuski, erkaklik mas’uliyatini o‘z zimmalariga olmayaptilar. Ya’ni, ular oilani boshqarish vazifasini to‘laqonli bajarmayaptilar. Ayollar esa, afsuski, xotinlik va onalik rolini qabul qilishni istamayaptilar. Natijada, oiladagi rollar o‘rtasida muvozanat yo‘qolmoqda. Erkak oila qurmoqchi, lekin hanuzgacha bo‘ydoq hayot kechirmoqchi.

Bu ayol turmush qurishni xohlaydi, lekin bo‘ydoq hayot kechirishni ham istaydi. Aslida esa, nikohda bunday bo'lmaydi. Bu holat sog‘lom bir muhit yaratmaydi er-xotin va oila hayoti uchun. Hozirgi kunda, buning oqibatida, ko‘p yoshlar bizga kelib shunday deyishadi: "Biz farzand ko‘rmasdan turmush qursak bo‘ladimi?" Ya’ni, ular farzand istashmaydi. Islomiy nuqtai nazardan, bu harom emas. Agar xohlamasangiz, farzand ko‘rmasangiz ham bo‘ladi. Lekin bu munosabatda qanday yashab qolasiz? Bir vaqtda zerikarli bo‘lib qoladi. Farzand ko‘rish esa, munosabatga yana bir maqsad beradi va uni davom ettirishga xizmat qiladi.

Bu oson bo‘lmasligi mumkin, lekin bu yana bir sabab bo‘ladi oila barqaror qolishi va uzoq davom etishi uchun. Ha, ba’zida erkaklar ham, ayollar ham, afsuski, nikohning asl mohiyatini tushunishmaydi. Ular kelishganda, o‘zaro kutgan narsalari bilan kelishadi. Va o‘sha kutgan narsalar amalga oshmasa, uzoqlashib ketishadi. Baxtsiz nikohni tugatish to‘g‘rimi, yoki sabr qilib, bu sinov deb yashash kerakmi? Biz baxtsiz nikoh deymiz, agar nikoh majburiy yoki zulmga asoslanmagan bo‘lsa, agar munosabatda ortiqcha qiyinchilik bo‘lmasa, farzandlar uchun va albatta o‘sha inson bilan munosabatni saqlab qolish uchun nikohni davom ettirish yaxshiroq.

Alloh Qur'onda aytadi: Ajrim qilishdan oldin, kelishuv yo‘lini qidiring. Va bu kelishuv – nikohdagi majburiyatlarni minimal darajagacha tushirishni anglatadi. Bu to‘liq ajrashgandan ko‘ra yaxshiroqdir. Lekin agar munosabat zo‘ravon, xavfli, sog‘liqqa zararli bo‘lsa, u xolda ajralish ular uchun yaxshiroq bo‘ladi, vallohi alam. Har safar turmushimda muammo chiqqanda meni va ayolimni tinchlantirib, orasidagi keskinlikni kamaytiradigan biror narsa aytsangiz. Bilasizmi, Alloh bizga bu kabi muammolarning yechimini Fussilat surasida, 41-bobda bergan. 33-dan 36-oyatlargacha. Alloh bu oyatlarda shunday deydi: Men barcha oyatlarni aytmayman, lekin Alloh aytadi: Doim eng go‘zal tarzda javob qaytaring.

Bu nimani anglatadi? Ko‘ring, arab tilida bu so‘z “itarish” degani, ya’ni itarish sizdan talab qiladi.. Siz terlayapsiz, charchayapsiz, holdan togyapsiz. Bu nimani anglatadi? Nikohda shunday holatlar ko‘p bo‘ladi — siz o‘zingizni bosib olishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu bosimga Shaytonga qarshi turib bardosh berishingiz kerak. Chunki Shayton sizga aytadi: “Baqir, so‘k, shunday qil, bunday qil” deydi. Ammo siz bunga qarshi tura olishingiz kerak. Har doim eng go‘zal javob bilan javob bering. Agar turmush o‘rtog‘ingiz sizga past darajada muomala qilsa, siz ularga yanada yaxshi muomala bilan javob bering.

Chunki siz ularga kim bo‘lishiga qarab emas, o‘zingiz kimligingizga qarab muomala qilasiz. Men oliy axloqiy mezonga egaman. Men shu axloqiy mezonni saqlab qolishim kerak. “U boshladi, bu boshladi” deyishingiz mumkin. Menga farqi yo‘q. Men doim to‘g‘ri ish qilishni xohlayman. Bu biz uchun muhim narsa. Ha, to‘g‘ri ish qilish judayam muhim. Shuning uchun Alloh aytadi: Har doim eng go‘zal javobni tanlang. Ehtimol, siz bilan adovatda bo‘lgan kishi — siz uchun eng suyukli kishiga aylanadi. Alloh biladi, bu oson emas. U aytadi: “Bunga faqat sabr qiluvchilargina dosh bera oladi.” Bu esa sabr qilish juda muhimligini bildiradi. Qur’onda sabrning narxi yo‘q, chunki sabrni qadrlashning o‘lchovi yo‘q.

Va U aytadi: “Sizning mukofotingiz odamlar oldida emas, men bilan bo‘ladi.” Men sizning sabr-toqatingiz uchun sizga haqiqiy mukofotni beraman. Shunday ekan, bir-birimizga mehribon bo‘lishimiz kerak. Bir-birimizga sabrli bo‘lishimiz kerak, va ular xatoga yo‘l qo‘yishini kutishimiz kerak. Kechirish, unutish va birga rivojlanishni o‘rganishimiz zarur. Bu esa juda juda muhim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hech qachon ayollari bilan tortishmaganmi, har doim go‘zal muhitda yashaganmi? Shunday hayotni kutish ortiqcha orzumikin? Yo'q yo'q, ularning oilasi oddiy oila edi. Ular indamay yurishlariga duch kelgan. Ayollari ko‘proq mablag‘, ko‘proq ta’minot so‘rashgan.

Ba’zida ayollari orasida nizolar ham bo‘lgan, hatto qizi bilan Oisha (r.a.) o‘rtasida ham ziddiyat bo‘lgan. Har bir oiladek, ular ham g‘azab, ta’minot, va boshqa masalalarda muammolarga duch kelgan. Bu holatlar hadis kitoblarida keltirilgan. Ular Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadislarida zikr etilgan. Ular bu qiyin holatlarga duch kelganlar. Va bu muammolarga eng yaxshi yo‘l bilan javob berganlar. Ularning odobi bunga misol. Savollarga javob berganingiz uchun rahmat. Sizdan ko‘p narsani o‘rgandik. Alloh sizni ummat uchun qilgan mehnatlaringiz uchun mukofotlasin. Omin, meni bu yerga taklif qilganingiz uchun katta rahmat.