Towards Eternity
Blogga qaytish

Islomga Qarshi Kitob Yozayotganda Musulmon Bo‘ldi! – Joram Van Klaverenning Hikoyasi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Qanday qilib va nima uchun Islomga qarshi kitob yozishga qaror qildingiz? Diniy e'tiqodingizga ko'ra ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimalargaga ishonar edingiz? O'zingiz afsuslangan islomga qarshi aytgan eng og'ir gapingiz qaysi edi? Musulmon bo'lganingizda sizga nisbatan Atrofingizdagi odamlarning munosabati qanday bo'ldi? O'zimcha Islom yolg'on deb bilardim Islomni xavf deb aytardim Menga 2000 marttadan ko'proq o'lim bilan tahdid qilishdi va nihoyat Islomga qarshi kitob yozishga qaror qildim Alloh menga shunday belgi ko'rsatginki aynan mana shu haq yo'l ekanligiga 100% amin bo'ldim Men bu uchun ikki kun uxlay olmadim. Buni qabul qila olmasdim Bu shu qadar ajablanarliki.

Assalamu alaykum, birodarim Joram Van Klaveren Taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur va biz bilan ekanligingizdan juda hursandmiz. Men avvalo, Joram kim degan savol bilan boshlamoqchiman. Va aleykum assalom Taklifingiz uchun katta rahmat. Bu yerda bo'lish men uchun katta sharaf. Joram Van Klaveren 1979-yil 23-yanvarda Amsterdamda oddiy bir oilada dunyoga keldi Oilamiz otam, onam, akam singlim va mushugimdan iborat Amsterdamda protestant nasroniylar oilasida tug'ilib o'sganman Maktabni tugatgandan so'ng, qiyosiy dinshunoslik bo'yicha o'qidim. Bir necha yil o'qituvchi bo'lib ishladim. Niderlandiyada juda ko'p narsalar bo'lgan, ayniqsa mening hayotimda.

Umumiy qilib Islom dini haqida gap ketganda, Ozodlik partiyasi uchun siyosiy faol bo'ldim. Men parlament a'zosi bo'ldim va oxirida islomga qarshi kitob yozishga qaror qildim islomga qarshi kitob yozish uchun boshlangan harakat, yaratuvchinini izlashga aylandi va natijada musulmon bo'lishim bilan nihoya topdi. Diniy e'tiqodingizga ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimalarga ishonardingiz? Musulmon bo'lishimdan oldin, Men Cherkovda protestant nasroniy edim. Bibliya o'qirdik Ismlarimiz ham bibliyadan olingan ismlar edi Barchamiz cho'qintirilgan edik, cherkovga qatnardik va hokazo Shu ma'noda, bu tomondan yaxshigina nasroniy edik desam ham bo'ladi Albatta, yaratuvchi borligiga ishonardim.

farishtalar va vahiylariga ishonardim Va albatta nasroniylarni musulmonlardan ajratadigan narsalarni ham bilardim Va yana Iso Masih Xudoning O'g'li ekanligiga iymon keltirgandim Va falsify ma'noda Iso Xudoning o'zi ekanligiga ishonardim, Uning tirilishi va Masihning xochga mixlanganiga, va bu gunohlarimizga kafforot bo'lishiga iymon keltirgandim. Aslida Uchlik unga ishonasizmi yoki yo'qmi juda murakkab tushuncha, chunki agar u Xudo bo'lsa Bibliyada u abadiydir deyilgan, lekin agar u abadiy bo'lsa va unga o'lish mumkin emas o'ldimi demak u abadiy yashamas ekan. 16, 17 yoshlarim oralig'ida Meni shu kabi savollar qiziqtira boshladi, chunki bular mantiqga to'g'ri kelmasdi.

Men ko'plab ruhoniylar, voizlar, hattoki ravvinlar bilan gaplashdim. Va ular bergan javoblari meni qoniqtirmasdi. Bu narsalar men uchun murakkablik qildi. Va oxir oqibat men bunday narsalarga shubha bilan qarashni boshladim. shunday bo'lsada, Mayli, e'tiborimni bu narsalarga qaratmasdim va bunga shunchaki iymon keltiraverardim. Balki, men asl ma'nosini anglashga yeterli darajada aqilli emasdirman. Va men hali ham Xudoga ishonardim. Men hali ham Isoni juda muhim shaxs ekanligi Va uni Xudoning o'g'li deb ishonishda davom etdim. Lekin, qanaqasiga degan savolimni shunday qoldirdim. Qanday qilib va nima uchun islomga qarshi kitob yozishga qaror qildingiz?

maktabdan so'ng, universitetga kirdim va qiyosiy dinshunoslikni bo'yicha o'qidim. Va esda qolarlisi shunda ediki, kollejga birinchi borgan kunim 2001-yil 11-sentyabr voqealariga to'g'ri kelgandi, allaqachon bu musulmonlar johil Baribir ularning dini haq din emas.

Keyin bir necha yil o'tgach, Niderlandiyalik mashhur kinorejissor Teo Van Gogh ni ko'chada o'ldirib ketishgan edi Uni otib o'ldirib tomog'ini kesib qorniga pichoq sanchib, unda bir boshqa Ayaan Hirsi Ali ismli ayolga "Keyingisi sen" deb yozilgan xat qoldirib ketishgandi Bu shunchalar qo'rqinchli ediki mening islomga bo'lgan nafratimni kuchaytirar va men siyosiy faollikka kirishib, biror narsa qilishim kerak va bu zulmni va vatanimga yetkaziliyotgan jabrni to'xtatishim kerakligini o'ylab qoldim Demak Islom sabab siyosatga kirib kelgansiz, shundaymi? Ha va bu haqiqatan ham Islom bilan bog'liq edi.

Shu tufayli men odamlarga nima uchun islom dunyoda xavf tug'dirishi haqida kitob yozishni hohlagan edim. Men kitobimni yozishni boshlagan paytlarim, Avval aytganimdek, Nasroniylik haqidagi shubhalarimga yana savollar paydo bo'lishni boshladi Haqiqat shundaki men nasroniy inson edim Ammo meni qiynayatgan nasroniy savollarim o'z javoblarini islom yo'lida topdi. Men kitob yozishni boshlaganimda, ko'pchilik bu siyosiy kitob deb o'ylashgan, lekin bu siyosiy kitob emas edi. Bu diniy kitob edi, chunki men Islom dini odamlarga havfli ekanligini ko'rsatishni hohlagan edim. Va men buni nasroniylik nuqtai nazari bilan yozgandim.

Kitobning avvalida, men Nasroniylik va Islom o'rtasida Allohning tushunchalarni solishtirganman. Nasroniylikda, uchlik haqidagi shubhalarim borligi sabab va Islomdagi Tavhid, Yagona Iloh tushunchasi mantiqiyroq, to'g'ri tuyildi. Keyin, Bibliyani qayta o'qib chiqish yahshi deb o'yladim o'zimdagi bilimlarni yangilashga nima uchun Islomdagi tavhid nasroniylikda yo'q ekanligini tahlil qildim. Eski Ahdni o'qiyotganimda Unda xabarlar kelgan payg'ambarlarning so'zlariga e'tibor berdim ularning so'zlari Yagona Iloh haqida edi So'ngra men faqat Yangi Ahddagi Iso Masihning so'zlariga qaradim Yangi Ahdda bir hikoya bor, unda bir yigit Isoga kelib, undan so'raydi, Dunyodagi eng muhim narsa nima?

Qanday qilib jannatga erishishim mumkin? Javobda ikkita narsa o'rgatiladi Ey Isroil sizlarning Robbingiz yagona ilohdir, o'zingizga qanday muomala qilinishini istasangiz, qo'shningizga ham shunday muomala qiling. hatto Iso Masih ham shu yerda deb o'yladim.

Sizning Robbingiz yagona ilohdir, Shuning uchun men Islomning Yaratuvchi haqidagi tushunchasi mantiqan to'g'riroq deb o'yladim Va men Eski va yangi Ahdda topganim ham aynan shu g'oya edi Va men Xristianlikni bilaman, Chunki bu din boshqa narsan o'rgatadi Ammo bu men bibliyada topadigan Hudo tushunchasi emas Shunday qilib, haftalar davomida izlanib kitoblarni qayta va qayta o'qib so'ng o'zimga o'zim ehtimol, Xudoning yagonaligi haqiqatdir dedim. Barchasi shunday boshlangan edi. Tadqiqotingiz davomida qanday manbalardan foydalandingiz? Men hayron qolganim sababli, men bir nechta diniy masalalar bo'yicha mutaxassislarga yozishni boshladim.

Va yozgan odamlarimdan biri Kembrij universitetining professori Shayx Abdul Hakim Murod edi. Lekin bir tomondan, bu, biroz gʻlati edi, chunki men oʻsha paytda hali ham siyosatchi edim. Islomga qarshi maqsadda shu bilan birga Islomga qarshi kitob yozayatgandim Va men boshqa mamlakatdagi musulmon professordan yordam berishini soʼrayotgan edim.

Men unga men kitob yoziyatganimni Ko'p savollarim javobsiz qoliyatganini Nima uchun Islom terrorizmni targ'ib qilyatganini Ayollarga zulm qiladi, nasroniylarga qarshiligini va boshqa narsalarni unga ma'lum qildim Adashmasam, olti haftadan so'ng, u menga elektron pochta xabarini yubordi Va har bir savolimga keng ko'lamda javob berishni boshladi Mana bu maqolani bu kitobdan o'qishingiz kerak U kitobni oʻqib chiqishingiz kerak, buni bu kishidan so'rab ko'ring dedi va keng ko'lamda tushuntirib berdi.

Natijada, men barcha kitoblarni va maqolalarni oʻqib chiqib Eski Ahd paygʻmbarlari bilan Muhammad (s.a.v) ni solishtirib ko'rgach Ularni payg'ambar deb aytishga Endi menda dalil yo'q edi va ular endi payg'ambar emas edi O'ylab ko'rdimki Men Musoni payg'ambarligiga ishonib Muhammad (s.a.v) ni payg'ambar deb qabul qilolmayabmanmi? demak bu yerda boshqa muammo bor Nima uchun u zotni payg'ambar emas deb o'ylashimni qayta tahlil qilib ko'rdim Balki uning koʻp ayollari borligi uchundir.

Ammo, Eski Ahdda u zotnikidan ko'proq ayoli bo'lgan Sulaymon yoki Dovud, Ibrohim va yana boshqa odamlar bor ediku Va hatto diniy kitoblardan tashqari, madaniy jihatdan Evropa, Afrika, Osiyo va hamma joyga qarasangiz, bir necha sabablarga ko'ra bir nechta xotinli erkaklar bo'lgan. Shuning uchun bu yahshi sabab ham bo'lolmaydi deb o'yladim. Shuning uchun bu sabablarning barchasi birin-ketin tushundim. Oxir-oqibat men aytishim kerak deb o'yladim. Ularning hammasi payg'ambar emas, lekin men bunga ishonmasdim Chunki men ularning qilgan ishlarini aytgan gaplari, sodir bo'lgan mo'jizalar va boshqa narsalar deb o'yladim. Ularning aytganlari gaplari va qilgan ishlari dalillar bilan tasdiqlandi.

Va keyin men Muhammad (s.a.v) ham payg'ambar bo'lgandir Va men uni qabul qilishim kerakdir deb o'zimga aytdim Men bunga shubha qilayotgan edim. Avvaliga, tarix sababli men uni Eng yovuz inson deb o'ylardim Keyin esa ehtimol u yovuz emasdir Ammo u payg'ambar emas deb o'yladim Va oxir-oqibat men uning payg'ambar ekanligiga shubha qila boshladim Ha, va bu meni yanada ko'proq Kitoblar o'qishga majbur qildi. Va Abdul Hakim Murodning aytgan Bir dono so'zini eslayman Siz o'qiyatgan islomga qarshi dalillar keltirilgan kitoblarning mualliflari musulmon emaslar. U aytdiki agar siz Xristianlik haqida ko'proq bilishni hohlasangiz Siz ateistlarning kitobini o'qimaysiz!

Balki Xristianlarning kitoblarini o'qishni boshlaysiz. Ular nima uchun bunga ishonishadi? Qanday dalillar bor? Shunday ekan siz Islom bilan ham shunday yo'l tutishingiz kerak. Shuning uchun siz o'qishni Islom maktablaridan, Islom o'qituvchilaridan, Islomiy kitoblardan va boshqalardan o'qishni boshlashingiz kerak. ana shundan keyin siz musulmon bo'lmagan odamlar yozgan Va musulmon odamlar yozgan bir xil mavzudagi kitoblarni Solishtirib ko'rishingiz mumkin bo'ladi. va musulmon bo'lmaganlar tomonidan qanday yozilganligini. qaysi joylarida noto'g'ri yo'nalishda ketganlarini koʻrishingiz mumkin Balki ataylab emasdir.

Lekin ular iboralarni qayerga qo'shilganini, qayerda qolib ketganini bilmaganlari uchun Oxir-oqibat bularning barchasi tufayli deyarli yaratilgan boshqa din borligini ko'rasiz. Men ham shunday qildim Payg'ambarning hayotida haqida o'rgandim Chunki men Martin Lingsning Muhammad (s.a.v) ning Eng qadimgi manbaalariga asoslangan "Payg'ambarning hayoti" nomli kitobini o'qidim Va bu albatta boshqa kishi tomonidan yozilgan Va uning fikrlash usuli, So'zlash va yozish usuli menga yoqdi, Chunki bu madaniy jihatdan men bilan bir xil. Qanday qilib maʼlum bir mavzularga yondashishimiz va hokazo.

Va men birinchi marta Muhammad (s.a.v) paygʻambarni jangari sifatida emas boshqa suratda ko'rdim, chunki mening xayolimdagi u zotning siyratlari shunday shakllangan edi. Endi esa u zotni ota, doʻst va ustoz sifatida koʻrdim va yana koʻp jihatdan taniy boshladim. Va yana u zotning xulqlarida shunday insonni ko'rdimki nima desam ham men bu kishini yaxshi odam emas edi deya olmayman. Shuning uchun uning shaxsiyati meni koʻproq oʻqishga koʻroq bilishga, va koʻroq o'rganishga undadi Tadqiqod paytida sizni eng koʻp hayratlantirgan narsa nima boʻgan edi? Hint haqidagi hikoya. o'zgarish kerak bo'lgan bir narsa bor edi Go'yoki o'zgarishim kerak edi.

Va o'ylashimcha bunga sabab Hint edi, U dushmanlardan biri bo'lgan Abu Sufyonning xotini edi, va u Paygʻmbar (s.a.v) ning sevimli amakisi bo'lgan Xamza (r.a) ni oʻdirish uchun odam yollagandi Va bu jang maydonida sodir bo'ldi, U o'ldirildi. Ular hatto uning quloqlari va burnini kesib tashlashdi, Uning jasadi bilan dahshatli narsalar sodir qilishgandi. Bundan Paygʻambarimiz alayhissalom juda gʻamgin boʻlgandilar Va yillar oʻtib, Musulmonlar qudratli boʻlishdi. Makkani fath qilishdi, va u yerda Hint bor edi. Kitobni oʻqib chiqar ekanman, men oʻyladim, tamom endi uni qoʻllarini kesishadi, boshini tanasidan judo qilishadi yoki shunga oʻxshash qiynoqlar berishadi deb o'ylardim.

Lekin Rasululloh aytdi: "Hozir uning yuziga qaray olmayman barchalari avf qilindilar Shu yerda qolib musulmonlar bilan yashashlari mumkin Agar istamasalar, ketishlari mumkin Lekin qon toʻkish tugadi" Oʻyladimki, demak bu ayol kechirildi. Siz qarindoshingizni o'ldirgan odamni kechiraolarmidingiz, ayniqsa sevimli amakingizni qatil qildirgan uning jasadini nimtalab tashlagan insonni kechira olarmidingiz? Agar shunday bo'lsa siz buyuk xulq egasisiz Bu juda oʻziga xos holat. Tarixda bunday narsani uchratish qiyin.

Ammo u zot shunday qildilar Shularni o'qib demak bu oddiy emas deb o'yladim Shularning o'zi u insonni payg'ambar ekanligiga dalil bo'ladi U zotning xulqini bildim, boshqa odamlarga qanday muomala qilganini va Hatto dushmanlariga qanday munosabatda bo'lganini bildim. Demak u payg'ambar bo'lishi kerak degan qarorga keldim. Ammo bu dahshatli-ku, chunki men allaqachon Allohning yagonaligiga iymon keltirdim va endi esa Muhammad (s.a.v) ni payg'ambar deb turibman. Agar men Allohni yagona iloh va Muhammad (s.a.v.) uning rasuli ekanligini aytsam, demak bu allaqachon shahodat kalimasi bo'lar ekan.

Shularni o'ylab, o'zimga o'zim kitobni yopib, barchasini to'xtat noto'g'ri yo'lga o'tib ketyapsan dedim Chunki o'qiganlarim, ko'rganlarim va boshdan kechirganlarimdan kelib chiqsam meni islomga qarshiligim deyarli qolmagandi. Endi sizga nima deyman, Bu ertakka o'xshab tuyuladi, lekin oxirida bu haqiqatan ham sodir bo'lgandi. Shahodat keltirishni his qilishimga biroz qolganini sezib kitob o'qishni to'xtatdim, Men kitoblarni o'zimdan uzoqlashtirdim va ularni yuqoridagi kitob javoniga qo'ydim. Lekin juda Ko'p kitoblar bor ediki, Bir nechtasi javondan tushib ketdi. Va javondan tushib Ketgan kitoblardan biri Quron edi.

Va men uni qo'limga olganimda, qo'lim 22-surah, 46-oyatida turgandi Va unda "Ko'zlar ko'r emas, qalblar ko'rdir" deb deb yozilgan edi. Mening muammoyim aynan shu edi chunki bu ko'zlar emas edi Men o'zim yozgan jumlalarni ko'ra olardim. Hech kim bu kitobni yozishga meni majburlamagan. Hech kim, siz uni yoki buni yozishingiz kerak, demagan. Men o'zim yozishni boshladim va men o'z ko'zim bilan ko'ra oldim, Ammo haqiqatni u payg'ambar ekanligini, Allohning yagonaligini qabul qila olmadim. Mening ko'zlarim ko'r emas Balki, mening qalbim ko'r edi. O'ylashimcha mening nafsim yoki xudbinligim sabab Men buni qabul qila olmayotgan edim.

Bu Injildagi Xudomi yoki Qur'onda aytilganimi, Manga ahamiyati yo'q, Mega 100% ishonchimni komil qiladigan bir belgi yoki nimadir ber. Bildimki bu haqiqatga eltuvchi yo'l. Va uhlashga yotdim. Lekin uyg'onganimda o'zimni juda xavfsiz his qildim Men haqiqatdanham hotirjamlikni his qildim. Men hech qachon shunday hotirjam bo'lmaganman. Butun tashvishlarim va shubhalarim yo'qolgandi. Men endi musulmon bo'lganimni o'yladim. Va endi, albatta, buni boshqa odamlarga aytishim kerak edi. Musulmon bo'lganingizda sizga nisbatan atrofingizdagi odamlarning munosabati qanday bo'ldi? Assalamu alaykum birodarlar va singillar.

Biz ko'ryapmizki shu videoni tomosha qilayotganlarning 80%i Bizning kanalimizga a'zo bo'lishmagan. Bilganingizdek, Biz notijorat tashkiliy tuzilmamiz Videolarimizdan reklamalar o'chirib qo'yilgan. Shining uchun, biz so'rayotgan yagona sabab haqiqatni tarqatishdir. Bu kichkina harakatga o'xshab tuyulishi mumkin, lekin InshaAllah Bu ko'pchilik uchun hidoyat sari vosita bo'lishi mumkin. Keling hozir a'zolik tugmasini bosing Va birgalikda, Abadiyat tomon sayohatni boshlaymiz. Siz musulmon bo'lganingizda sizga nisbatan atrofingizdagi odamlarning munosabati qanday bo'ldi? Ularning ko'pchiligi judaham salbiy fikr bildirishdi.

Albatta bu ko'p odamlar uchun Ayniqsa yaqin qarindoshlarim hayron qolishdi. Ular buni yangilikdek eshitishdi. Men buni onamga aytdim va onam yig'lashni boshladi, Va mening xotinim, U bunga qarshi emas edi. Ha, u buni yahshi qabul qildi. U menga Islom siz ishonadigan, qalbingizdan o'rin olgan e'tiqod ekan Bunga qarshilik qilish uchun men kimman? dedi. Eski ish joyimdagi ba'zi odamlar juda ham tajovuzkor edilar. Meni qo'llab quvatlagan odamlardan 2000 dan ortiq o'ldirish tahdidini oldim. Albatta u odamlar avval meni qo'llab-quvvatlashagan edi.

Odamlar juda ham daxshatli narsalarni aytishdi, Biz xotiningizni zo'rlaymiz, seni o'ldiramiz, Bolalaringni qaysi maktabga borishlarini bilamiz, va boshqa narsalar. Ularning ko'pchiligi albatta mantiqqa to'g'ri kelmasdi, Chunki ular kompyuter oldida o'tirib istagan narsasini yozadigan ahmoqlar edi. Bu g'avg'oli vaqtlar edi. va albatta men ish joyimga ham aytishim kerak edi, Chunki bu yer nasroniylik tashkiloti edi, Rahbarimizga aytganimda U bunga ishona olmayotganini aytdi. Va men radioda shunga oid mavzular haqida gapirganimda U bu o'zgarishni payqaganini aytdi. Siz biroz muloyim edingiz, Endi siz qo'pol emassiz lekin musulmon bo'lib qoldingiz.

shuni deb ikki kundan beri uxlay olmadim dedim Ha, men musulmon bo'lganimdan keyin, Men buni qabul qila olmadim. Shu qadar ajablandimki." Lekin men uchun eng qiyini bobomga xabar aytish bo'ldi Chunki u o'shanda 93, 94 yoshlarda uyda o'lim to'shagida yotgan edi. Men unga aytishim kerak edi, va men onamga Unda siz ham men bilan kirishingiz kerak Menga qalqon bo'lasiz deb aytdim. Shunday qilib Bobomga "Bobo men musulmon bo'ldim" dedim Va keyin u ko'zlarini yumib oldi, Men uni vafot etdilar deb o'yladim, chunki yoshlari katta edi.

Bir necha soniyaga nafas olishdan to'xtadilarda, keyin yana nafas olishni boshladilar Menga qaradilar va Mayli, har holda katolik bo'lmabsanku dedilar Juda hazilkash edilar Radiodagi sobiq rahbarim Bir kun kelib yana Hinduizm yoki boshqa bir dinga o'tib ketmasligingni qayerdan bilamiz dedi Bundan oldin hech qachon din tanlamaganman deb aytdim Bir marotaba, musulmon bo'lishimni o'zim tanladim Bundan avval dinimni o'zim tanlamagandim Xristian oilada tug'ilganim uchun Xristianlik yo'lida katta bo'ldim. Albatta ularni menga qilgan yaxshiliklaridan juda minnatdorman Lekin bu mening qarorim emas edi. Va men faqat bir marta musulmon bo'lishga qaror qildim.

Va avval aytganimdek o'ylaymanki aynan shu qarorim hayotim davomidagi eng muhimi va eng oqilona qaror bo'ldi. Men musulmon bo'lishdan boshqa hech bir ishni hal qilish uchun Bir necha yil sarflamaganman. Birinchi Namoz o'qiganingizda o'zingizni qanday his qilgandingiz? Albatta, bu juda ajoyib jarayon, Ammo men uchun juda noodatiy holat bo'lgan chunki nasroniy sifatida, bunday ibodat qilib o'rganmagandim. qo'llaringizni ushlab tiz cho'kkan holda ibodat qilinardi Ammo Robbingiz oldida haqiqiy ma'noda ruku qilib sajda qilib bo'ysunishingiz Bu juda chiroyli Shunday qilib siz yaratgan uchun ta'zim qilasiz. Shining uchun bu juda go'zal narsa menimcha.

Va albatta men o'zimni judaham bahtli his qildim. Siz islomni qabul qilganingnizda duch kelgan uchta eng katta qiyhnchilik nima edi? Musulmon bo'lishni o'zi katta mashaqqat edi Musulmon bo'lganimni oilamga, tanishlarimga aytishim ham mushkul bo'ldi Musulmon bo'lish juda qiyin deb o'ylash Buning bir qismi edi. Chunki asosan protestant nasroniy sifatida, Qilinishi kerak bo'lgan diniy vazifalarimiz deyarli bo'lmagan musulmon sifatida esa amaliy nuqtai nazardan Bir kunda besh mahal namoz o'qish talab qilinadi.

Ma'lum bir chegarada ovqatlanishni va Hattoki dunyo qarashi, fikrlashini ham tartibga solishi lozim Har vaqt siz bu yo'lda eng yahshisi bo'lishingiz kerak Chunki yaratan Alloh bilan munosabatingiz Bir kunda besh mahal namoz o'qish kerakligi haqidagi Haqiqat sababli. Bu insonga Robbisini doim eslatib turadi Nasroniylardan farqli ravishda Rabingiz borligini har dam his qilib turishingizga yordam beradi. Men shunday narsalarni boshdan kechirganman Va men bir kunda besh mahal namoz o'qiy olmayman, Men qila olmayman deb o'yladim, buni qilishim kerak edi Va bu boshida qiyin bo'ldi. Ammo musulmon bo'lganimdan so'ng, bildimki bu narsalar umuman qiyin emas.

Farzandingizga islomiy tarbiya beriyapsizmi? Albatta harakat qiliyapman. Qachon siz haqiqatdan ham musulmon bo'lib yetishasiz men bilmayman. O'ylashimcha bu juda ham qiyin ish Ayniqsa xozirgi zamonda. Oila qurgan paytlarim men musulmon emas edim. Siz farzandlaringizni xristian qilib katta qilishga Shu yo'lda va'da berasiz. Men musulmon bo'lganimdan keyin, Albatta men farzandlarimni xristian sifatida tarbiyalamayapman. Agar bolalarda xristianlik haqida savol payda bo'lsa Ular meni ayolimdan so'rashadi va xristiancha javob olishadi. Va agar ular meni oldimga kelishsa, ular Islomiy javob olishadi. Lekin ko'pincha otangizdan so'rang deyishadi. ayolim hamma uchun halol taomlar tayyorlaydi.

Shining uchun bu juda ajoyib. U men 5 ta taom tayyorlamoqchi emasman shining uchun hamma bir-xil taom yeydi, siz halol taom hohlaysiz demak hamma halol taom yeydi. Shuning uchun bu qaysidir ma'noda organik jarayonga o'xshaydi Islom uchun aytgan Eng og'ir va achinarli so'zlaringiz qanday edi? O'ylashimcha Islom bu yolg'on Men shunday deb aytardim Islom yolg'on va Qur'on zaharlidir deb ko'p aytardim. Islomni yolg'on deganimda Butkul islom dinini butunligicha yolg'on degan ekanman va u bilan birga keladigan hamma narsani.

Bu esa Johiliyatning eng yuqori cho'qqisi hisoblanadi chunki bu so'zlarim xuddi soyabon bo'lib boshqa barcha johil fikrlarimni o'z ichiga olgan Bu asosiy tushuncham bo'lgan men o'zimni aybdor deb bilaman Va boshqalar ham shunday hisoblasa kerak. Va men buni to'g'ri tushunaman, chunki siyosiy, ijtimoiy, madaniy ma'noda aytilgan so'z va qilingan ishlar otilgan o'q kabidir ortga qaytmaydi Shu kabi gaplarni men musulmon bo'lib xafa qilib qo'ygan avvalgi jamoam azolaridan ham eshitib qolaman Xullas mana shu meni xavotirga soladi shuning uchun ham (IEC) Islom Tajribasi Markaziga Jamoamiz bilan asos solganmiz.

Va biz maktab, kollej, universitetlar, shuningdek hokimiyat bo'limlariga, cherkovlarga va boshqa ijtimoiy tashkilotlarga borib Islom haqida tarqalgan noto'g'ri tushunchalarni oydinlashtirishga, Islom xabarini yetkazishga, islomning haqiqiy ko'rinishini tasvirlab berdik Bunda virtual reallik (VR) dan foydalandik. Shining uchun bu judayam qiziqarli tajriba edi. Shu orqali biz o'tmishda aytganlarim va qilganlarimni o'chirishga harakat qildik. Odamlar Islom haqida qayerdan o'rganishlari mumkin? Google dan o'qishlarini tavsiya qilasizmi? Yo'q, albatta Google ni tavsiya qilmayman. Bu men maslahat beradigan oxirgi narsa.

Men kompyuterni o'chiring deyman Menimcha odamlar haqiqiy kitoblarni Sahifalari va boshqa narsalar bilan o'qishlari juda muhim men shuni oʻqishni tavfsiya qilaman Muhammad (s.a.v) ning hayotlari nomli kitob, Martin Linksning eng qadimgi manbaalariga asoslangan. Men biroz avvalroq aytib o'tgan kitob, Menimcha bu Qur'onga sho'ng'ish emas, balki odamlar uchun juda foydali. Chunki Qur'on bu juda murakkab kitob Ayniqsa nimani o'qiyotganingizni O'rgatib turuvchi odam bo'lmasa, Ayniqsa islom haqida bilmaydigan Odamlarning ko'pchiligi arab tilini bilishmaydi Shining uchun siz Quronning tarjimasini Yoki sharxini o'qiysiz, va ko'pincha bu haqiqiy kelishuv emas albatta.

Shining uchun men odamlarga faqatgina Payg'ambarimizning hayotlari va hulqlari haqida o'qishni tavfsiya qilaman. Chunki an'analarimiz bizga shuni o'rgatadi. U zotning hayoti Quron edi. Ular tirik Quron edilar faqat sunnatni o'qing Va bu Islomni kashf qilishning eng yahshi yo'li deb o'ylayman. Oxirgi fikrlaringiz sifatida nima demoqchisiz? Musulmon bo'lganimdan keyin ancha bahtli bo'ldim, Shining uchun men hammani musulmon bo'lishga taklif qilaman. Faqat qalbingizga tinchlik va Yuragingizga hotirjamlik olib kelgani uchun Bu haqiqat, u yurak va qalbda aks-sado beradi. hech bo'lmaganda islom nuqtai nazaridan qarang. Payg'ambarimizni hayotlarini o'qishga va o'rganishga harakat qiling.

Musulmonlar nimaga e'tiqod qilishiga tushunishga harakat qiling. Musulmonlarning xulq-atvoriga o'xshab emas, Chunki juda Ko'p musulmonlar bor Musulmonga o'xshab yashamaydigan, shu jumladan o'zim ham. Men har doim ham musulmonga o'xshab yashamayman. Men qilishim kerak va hammamiz qilishimiz kerak. Lekin siz hamma misollarning misoliga qarashingiz kerak, Va u payg'ambarimizning qilgan ishlari bo'ladi. Va agar siz payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning hayotlarini o'rgansangiz, Haqiqatga eltuvchi yo'lni topasiz.