Towards Eternity
Blogga qaytish

Nima uchun Islom? 4300 ta din orasidan? Dekartning Ajoyib Texnikasi - Towards Eternity

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Yer yuzida 2,3 milliard nasroniy, 2 milliard musulmon, 1,1 milliard hindlar, 500 million buddaviylar va 15 million yahudiy bor. Bunday dinlarning soni esa 4300 tani tashkil qiladi. Ushbu holatda bazi odamlar mendan "Shuncha din turganida nega aynan Islomni tanlashim kerak?" deb so'rashadi Islom dini haq din ekanligini biz qayerdan bilamiz? Biz buni oqilona isbotlay olamizmi? Biz ushbu savolga Dekart ismli faylasufning juda qiziq texnologiyasi orqali javob beramiz. Bu "kartezian skeptisizm" deb ataladi. U aytadiki, umumiy olganda, tasavvur qiling, sizda bir savat to'la olma bor. Savatga qo'lingizni solasiz va yaxshi olmalarni olasiz.

Keyingi safar qo'lingizni solganingizda esa chirigan olma to'g'ri keladi, chiriganlarini olib tashlash uchun olmalarni birma-bir olaverasiz. Qaysi biri yaxshi, qaysi biri chiriganligini tekshirib ovora bo‘lmang. Savatni olmalardan bo'shating va yaxshi olmalarni qaytarib savatga soling. ushbu uslubni yuqoridagi holatga tadbiq etamiz. 4300 ta dinni alohida ko'rib chiqa olamizmi? Menimcha, yo'q. Keling, aql va mantiqqa tayangan holda butun olam jumbog'ini yechishga harakat qilamiz. Haq dinning shartlarni yuqoridagilar orqali aniqlaylik. “Nima uchun islom?” degan savolga bu ishoralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bersin. Shunday qilib, bino qurayotganda avvalo poydevordan boshlaysiz, to'g'rimi?

Bosib o'tish kerak bo'lgan bosqichlar mavjud. Ushbu masala yechimi uchun biz poydevordan boshlab bosqichma-bosqich bosib o'tishimiz kerak. Shuning uchun, bizning filtrlarimiz quyidagicha: Dinda xudo bormi? Din o'zi kerakmi? Agar dinga ehtiyoj bo'lsa, muqaddas kitob va payg'ambarlar ham bo'lishi kerakmi? Avvalo, binoning poydevorini ko'rib chiqaylik. Savol shundan iboratki, xudo bormi yoki yo'q. Buni isbotlash uchun ko'plab usullarni o'ylab topishingiz mumkin. Ammo bugun, keling, barchamiz guvoh bo'lgan koinot orqali bu savolga javob izlaylik. Endi esa, men sizga tushuntirmoqchi bo'lgan misolni diqqat bilan tinglang.

Fizika qonunlariga muvofiq, qandaydir ish bajarillsa, demak, ushbu ishni bajara oladigan kuch ham mavjud bo'ladi. Ya'ni, men biron narsani bir harakatni bajaruvchi sifatida ko'rsam, o'sha narsa bu ish uchun yetarli kuchga ega bo'lishi kerak. Misol uchun, chaqaloq samolyotni tortmoqchiligini ko'rsam, ushbu harakatni bajarish uchun boshqa bajaruvchini qidirgan bo'lardim. Chunki, chaqaloq hech qachon bu ishni bajara olmaydi. Samolyotni qo'zg'atish uchun mehanik kuch kerak bo'lishini aytmoqchiman va hokazo. Hattoki ko'zlarim menga ushbu samolyotni chaqaloq tortayotganini aytayotgan bo'lsada, aqlim o'rtaga aralashadi va "Chaqaloqda samolyotni tortish uchun yetarli kuch yo'q." deydi.

Men ushbu chaqaloq ortidagi haqiqiy bajaruvchini qidirgan bo'lar edim. Xuddi shu misolda bo'lgani kabi, masalan, borliqqa qaraganimizda, biz sigirni sut ishlab chiqarish harakatini bajaruvchi sifatida ko'ramiz. Sigir o'zi ishlab chiqaradigan sut tarkibidagi aminokislotalarni ham, uni ichadigan odamlar organizmidagi ehtiyojlarini ham bilmaydi. Ammo u kerakli sutni ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, u juda ahamiyatsiz bo'lib ko'rinadigan narsani ya'ni maysalarni iste'mol qilish orqali sut ishlab chiqaradi. Boshqa tarafga qarasak, juda shirin bo'lgan asalni tayyorlash vazifasini bajaruvchi sifatida esa zaharli arini ko'ramiz. Asalari uni ishlab chiqarishda asaldagi minerallar haqida bilmaydi.

Lekin ari hatto insonlar uchun shifo vositasi bo'lishi mumkin bo'lgan asal ishlab chiqaradi. endi boshqa misol keltiraylik. Biz daraxtni quruq, mazasiz, qoramtir tuproqdan suvli, shirin, rang-barang mevalar hosil qilish vazifasini bajaruvchi sifatida ko‘ramiz. Lekin bu daraxtning o'zi men lazzatlanadigan ta'mni bilmaydi. Va dimog'imga yoqadigan hidni bilmaydi. Ko'zlarim buni ko'rib zavqlanishini bilmaydi. U mening tanamning ehtiyojlarini bilmaydi. Bu ta'mi va hidi yo'q oddiy daraxt bo'lsa-da, o'sha daraxt tilimga mos ta'mni, burnimga mos keladigan hidni, ko'zimga yoqadigan go'zalligi va tanam uchun juda ko'p foydalari bo'lgan yuzlab mevalar bera oladi.

Miyam shu zahoti ishga tushadi va bularning barchasini bajarayotganga o'xshab ko'ringan bu bajaruvchilarda ushbu ishlar uchun zarur ko'nikmalar yo'qligini aytadi. Aytmoqchimanki, bu jarayonlar juda qiziq. Ba'zi narsalar boshqalariga ularda yo'q bo'lgan narsani beradi. Lekin, odatda bu imkonsiz. Keling, shunga o'xshash misol o'ylab ko'raylik. Faraz qilaylik, mening qo‘limdagi mato, siz esa meni ko‘rmaysiz. Ushbu mato qalamni oladi va bu yerda she'r yozadi, rasmlar chizadi. Hamma aytishi mumkin, bu qalam mana shu mato yordamida qimirlayapti, deya. Ammo mantiqiy narsa shundaki, bu mato ortida, bu zohiriy sabab ortida bir kuch bor deb o'ylash kerak.

Xuddi shu misolda bo'lgani kabi, biz tushuntirib o'tkan barcha narsalarning sahna ortida boshqaradigan Yaratuvchisi ko'zda tutilgan. Agar biz bu misollarni to‘liq tushuna olsak, bizni taniydigan, parda ortida harakat qiladigan va bularning barchasini ehtiyojlarimizga ko‘ra amalga oshiruvchi Yaratgan borligini aql ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. Endi, birinchi filtrda, dinlar yani buddizm, jaynizm kabi dinlar va ateizm, agnostisizm, naturalizm va skeptisizm kabi falsafiy e'tiqodlar chiqib ketadi. Chunki siz uni nima deb atasangiz ham, Yaratguvchi bo'lishi kerak. Endi ikkinchi filtrga o'tamiz. Bu yerda biz mantiq fanining qiyoslash usulidan foydalanamiz.

Atrofimizga nazar tashlaydigan bo'lsak, quyidagi qoida istalgan vaqtda, istalgan joyda doimiydir. Ko‘z o‘ngimizda buyum, mahsulot bo‘lsa, uni yaratgan odam u haqida hammadan yaxshi biladi. Bundan tashqari, kimdir bu haqda gapirmoqchi bo'lsa, unda birinchi bo'lib o'sha buyumni yaratgan inson gapiradi. Misol uchun, men telefon sotib olsam, u foydalanuvchi qo'llanmasi bilan birga keladi, to'g'rimi? Ushbu qo'llanmada ishlab chiqaruvchi kompaniya menga shunday xabar beradi: “Biz bu telefonni yaratdik. Keyin esa mantiqan, siz telefonni eng kichik tafsilotlarigacha bilib olasiz.

Va ushbu qo'llanmani yuborish orqali biz bu ma'lumotlarni ko'rsatamiz." Shunda ongimiz bizga savol beradiki, hatto oddiy mahsulotlarda ham qo‘llanma mavjud bo‘lsa, qanday qilib butun insoniyatni, olamlarni Yaratgan zot insonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan qo‘llanma yubormasligi mumkin? Butun insoniyat asrlar davomida shunday savollarni berib kelgan: Men kimman? Men qayerdan keldim? Qayerga ketyapman? ? Bu hayotdagi maqsadim nima? Bu savollarni berishim uchun menga aql bergan Zot, savol-javoblarni o'z ichiga olgan xabarni bermasligi mumkinmi? Shubhasiz, u bizni adashtirmaydi, xabarsiz qoldirmaydi.

U muloqot qiladi, bizga o'z xohish-istaklarini bildiradi va haq yo'lni ko'rsatadigan qo'llanma yuboradi. Shunda biz izlayotgan din kitobga asoslanishi kerakligini tushunamiz. Ushbu holatda yo'l ko'rsatkich bo'lishi kerak. Ikkinchi filtr yordamida biz kabi e'tiqodlarni chiqarib tashlaymiz. sintoizm etizm, panteizm va nigilizm Xo'sh, agar sizga savol bersam, sizningcha, kitobning o'zi kifoya qiladimi? Bizga maktablarda kitoblar berishadi. Ammo bu yetarlimi? O'sha kitobni o'rgatish uchun sizga o'qituvchi ham kerak emasmi? Darhaqiqat, bizga nafaqat kitobni o‘rgatadigan, balki o‘quvchilarni sinfga yig‘ib, diqqatini o‘sha kitobga qaratadigan o‘qituvchi kerak.

Xatto, tinglashni istamaydigan talabalar bo'lsa ham. Bu o‘xshatish bilan nima demoqchi ekanligimni ozmi-ko‘pmi tushungan bo‘lsangiz kerak. Xuddi, kitobni tushuntiradigan, misollar va hikoyalar aytib beradigan, sinfda tartibni o'rnatadigan o'qituvchi kabi biz izlayotgan din ham ibratli yo'l boshlovchi, payg'ambarga muhtojdir. Biz ham shunday o'ylashimiz mumkin: Har bir sohada nazariy bilim bor va uning amaliy qo‘llanilishi mavjud. Kitobda yozilgan matn nazariy bilimdir. Demak, kimdir uni qanday qilib real hayotda qo'llaniladigan amaliyotga aylantirish mumkinligini ko'rsatishi kerak. Biror kishi: “Qanday qilib men hayotimning maqsadiga muvofiq yashashim mumkin?

Hayotimning qo'llanmasiga muvofiq qanday yashayman?" deb so'raydi. U buni qanday qilish kerakligini ko'rsatadigan namunaga ergashishi kerak, shundan so'ng u buni o'zi ham qila oladi. Keling, o‘qituvchi misoliga qaytadigan bo‘lsak, faqat matematik nazariyalarni bilishning o‘zi yetarli emas. Shuningdek, ular qanday qo'llanilishini ko'rish va o'rganish kerak. Yetakchi lavozimida Payg'ambar bo'lishi mantiqiy deb o'ylaysizmi? Darhaqiqat, hayvonlar olamida ham bunga misollar bor. Masalan, asalari uyasiga qarasangiz, jamoa bo‘lib yashaydigan va umumiy maqsadga xizmat qiladigan koloniyani ko‘rasiz. O‘sha jamiyatning rahbari etib malika ari tayinlangan.

Yoki umumiy maqsadga xizmat qiladigan chumolilar koloniyasiga nazar tashlasangiz malika chumolini rahbar sifatida ko'rasiz. Bu guruhlarni yetakchisiz, hidoyatchisiz qoldirmagan Alloh insoniyatni shunday qoldirishi mumkinmi? Biz insoniyat haqida so'z yuritmoqdamiz. Chumoli va asalaridan farqli o'laroq ular eng qimmatli tirik mavjudotlar. Alloh taolo insonning mittigina tili uchun yuzlab lazzatlarni yaratgan. U insoniyatni maqsadsiz sarson-sargardon qilib qo'yishi mumkinmi? Payg'ambarlar yuborib, ularni hidoyat qilmasligi mumkinmi?

Agar biz bu misolni ham yaxshilab tushungan bo'lsak, bu uchinchi filtr orqali hech bir Payg'ambarga ishonmaydigan hinduizm, kaodaizm, druziylik kabi dinlarni chiqarib tashlaymiz. Yana shuni ta'kidlashim kerakki, biz izlayotgan din payg'ambarlarning mo'jizalarini ham eslatib o'tishga muhtoj. Biz boshida aytdikki, dunyoda 4300 ta din bor. Ushbu uchta mezonni qo'llaganimizda va ildizlariga kirishimiz mumkin bo'lgan barcha dinlar va falsafiy e'tiqodlarni filtrlaganimizda, bizda faqat uchta din qoladi. Nasroniylik, Yahudiylik va Islom. Ularning barchasida Yaratuvchi, kitob va payg‘ambarlik tushunchalari bor. Endi men buni e'tiborga olishingizni xohlayman.

uch dinning barcha filtrlardan o‘tganligi ularning ildizlari haqiqatga asoslanganligini ko‘rsatadi. Yahudiylikka nazar tashlasak, asosiy shaxs Muso (a.s.) ekanligini ko'ramiz. Nasroniylikda esa asosiy shaxs Iso alayhissalomdir. Garchi bu ikki buyuk Payg'ambarning ta'limotlari hozir bu ikki dinda buzilgan bo'lsa-da, ular dastlab olib kelgan narsa haqiqat edi. Bu ikki dinning umumiy jihati shundaki, ularning ikkalasi ham Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqiqiy payg'ambar sifatida qabul qilmaydilar.

Lekin Islomda Allohning oxirgi payg'ambari ekanligi, Iso va Muso (a.s.) ham Uning elchilari bo'lganligi Bu haqiqatdan kelib chiqib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, agar biz Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning haqiqiy payg‘ambar ekanliklarini isbotlay olsak, Islom yagona haq din bo'lib chiqadi Muso (a.s.) va Iso (a.s.) najot berishi uchun Allohdan tomonidan umumiy xabar olib kelganlardir Ha, aynan shu o‘rinda buning ko‘plab dalillari xayolimizga keladi. Eng muhim dalillardan biri - U zotning (s.a.v.) hayotining o'zi, tasavvur qiling-a, Payg'ambarlikdan oldin 40 yil qavmi orasida yashagan. O'zining Payg'ambarlik hayotida 23 yil davomida yana o'sha odamlar orasida oldingi safda bo'ldi.

Va barcha uning har bir harakatini kuzatib turardi. Biz shunday odam yolg'onchi bo'lganmi yoki yo'qmi, ko'rib chiqamiz. Mantiqan bilamizki, martaba va mavqe jihat danyaqin, odamlar bir-biriga taqlid qilishlari mumkin. Ammo odamning mavqei boshqasidan qanchalik past bo'lsa, unga taqlid qilish shunchalik qiyin bo'ladi. Misol uchun, G'arbda Avitsena nomi bilan ham mashhur bo'lgan Ibn Sino haqida o'ylab ko'ring. Asrlar davomida kitoblari butun dunyo universitetlarida o'qitilib kelingan tibbiyot dahosi. Sizningcha, johil odam qanchalik taqlid qilmasin, o'zini Avitsenaga aylantira oladimi? Bir shaharga borib, “Men Avitsenaman” desa, qancha odam ishonadi?

Bir muncha vaqt o'tgach, u bilan biroz vaqt o'tkazgan odamlar uning yolg'onchi ekanligini munosabati va harakatlaridan tushunishadi, to'g'rimi? Firibgar va bechora inson esa sultonga taqlid qila olmaydi. Qisqa vaqt ichida u haqida har joydan yolg'onchi degan nidolar kela boshlaydi. Ammo u qachongacha odamlarni aldab yuradi? Biroz vaqt o'tgach, uning yolg'onlari u yoki bu tarzda ochiladi. Bu mantiqiy qiyosni olib, Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga qo'llaymizmi? U keltirgan din U haqida shunday deydi: "Alloh taolo uni son-sanoqsiz odamlar orasidan Payg'ambar qilib qo'ygan zotdir. Alloh taoloning butun insoniyatga yuborgan so'nggi Rasuli (s.a.v.), odamlarning eng ulug'i va eng axloqlisi".

Endi bu yerda ikkita ehtimollik bor. Yo haqiqatan ham shunday, yoki U yolg'onchi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, Uni yolg'onchi deb e'lon qilgan odam Uni shunchaki yolg'onchi sifatida qabul qila olmaydi. Siz Uni tarixdagi eng katta yolg'onchi sifatida qabul qilishingiz kerak, chunki U shunday yuqori lavozimda ekanligi haqida yolg'on gapirgan. Siz Uni Allohni qabul qilmaydigan, Uni jazolashidan qo'rqmaydigan va Alloh nomidan yolg'on gapiradigan odam sifatida qabul qilishingiz kerak. U buni 23 yil davom ettira oladimi? Payg'ambarimiz (s.a.v.) kam odam bilan muloqotda bo'lgan deb o'ylaydiganlar ham bo'lishi mumkin. Lekin bunday emas.

Payg'ambarlik davrida minglab odamlar Ularning har bir jihatini birma-bir kuzatganlar. Biz qaysi qo‘li bilan ovqat yeyishini, biror joyga kirayotganda qaysi oyog‘ini birinchi bo‘lib qo‘yishini, hatto tirnoqlarini olish tartibigacha bilamiz. Aytmoqchimanki, Ularni Uni shu qadar batafsil tekshirdilarki, tarixda bunchalik chuqur o'rganilgan boshqa shaxs bo'lmagan. Sizningcha, agar ular Ularda biron bir muvofiqsizlikni nuqsonni ko'rganlarida, Uning yonida turib, bu qiyinchiliklarga chidagan bo'larmidi? Albatta, yo'q. Bundan tashqari, Ularni kuzatganlar faqat iymonlilar emas edi. Ularning payg'ambarligini inkor qilganlar ham Ularning kuzatganlar.

Payg'ambar bo'lgunga qadar ham, undan keyin ham ular adamlar orasida edilar. Ular orasida tug'ilib o'sdilar va begona emas edilar. Odamlar Ularga shunchalik ishondilarki, payg‘ambar bo‘lishidan oldin Ularga “Ishonchli” degan ma’noni anglatuvchi “El-Amin” laqabini qo‘yishdi. Hamma Ular hech qachon yolg'on gapirmasligiga ishonar edi va qanchalik axloqli ekanini bilar edi. Adamlar bunga shu qadar amin edilarki, hatto payg'ambarliklaridan keyin dushman bo'lganlar ham o'z mol-mulkini Ularga topshirdilar. Payg'ambarlikdan oldin ham, keyin ham Ulardan bir nuqson topa olmadilar.

Ular kamchilik deb topishgan yagona narsa - Ularni sehrgar deb atash orqali Ularga tuhmat qilish va bundan boshqa hech narsa emas edi. Yolg'on gapiradigan odam ulardan dunyoviy foyda olishi kerak, to'g'rimi? Lekin qilgan ishlaridan O'ziga foyda beradigan hech narsa yo'q edi. Aksincha, Ularga juda qiyin bo'lgan narsalar bor edi. Ular kunlab ro'za tutardilar. Baʼzan faqirlar tufayli saharliksiz va iftorsiz roʻza tutgan. Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Ba'zida Uning uyida ikki oy davomida ovqat pishirilmas edi. kechalari soatlab namoz o'qirdilar Tahajjud namozi nima? Kechaning oxirgi uchdan birida uyqudan uyg'onib namoz o'qish emasmi? Musulmonlar uchun bu ibodat sunnat, ixtiyoriydir.

Lekin Rasululloh (s.a.v.) uchun bu farz, edi. Nega Ular hech kim ko'rmaydigan tunda O'zlarini shunchalik qattiq qiynar edilar? Yolg'on uchunmi? Ular 23 yil davomida olib kelgan dinga hammadan ko‘ra ko‘proq ergashar, hammadan ko‘ra ko‘proq ibodat qilar, boshqalardan ko‘ra kamroq gunoh qilish ehtiyotini qilardilarx. Dunyoning eng yolg'onchi insonida bu xususiyatlardan ozgina bo'lsa ham bo'lishi mumkinmi? Ular buni maqom, pul, ayollar uchun qilyaptimi? Bularning barchasi qarama-qarshi tomondan taklif qilingan va Ular bergan javob har doim bir xil bo'lgan. "Agar quyoshni o'ng qo'limga, Oyni chap qo'limga qo'ysangiz, men bu ishimni tark etmagan bo'lardim".

Shuning uchun Ular aytadilar: "Mening kurashim hech qanday dunyoviy manfaat bilan bog'liq emas. Agar menga butun dunyoni, hatto Oy va Quyoshni ham bersangiz, men taslim bo'lmagan bo'lardim". Ular butun umri davomida o'lim tahdidlari ostida bo'lib, bir necha bor muvaffaqiyatsiz suiqasd urinishlari nishoniga aylanganlar. (s.a.v.) o'z to'shagida vafot etdilar. Nega bularning hammasiga duch keldi? Yolg'on uchunmi? Nega Ular toshbo'ron qilinishiga, la'nat va haqoratlarga duchor bo'lishiga chidadilar? Juda ko'p narsalarni Ularning payg'ambarligiga dalil deb hisoblash mumkin. Lekin eng muhimi, Ularning hayoti, o'zini tutgan yo'li Uning payg'ambarligini isbotlash uchun yetarlidir.

Boshida aytganimizdek, Ular yo rost gapirgan, yoki yolg‘onchi edilar. Agar bizdan: “Shunday odam yolg‘onchimi yoki bu odamni yolg‘onchi deb atagan kishi haqiqiy yolg‘onchimi?” deb so‘rashsa. Sizningcha, bu savolga javob berish kerakmi? Bularning barchasini tahlil qilsak, biz butun umr izlagan haqiqatga erishamiz. Ya'ni, biz izlayotgan Yaratuvchi Alloh subhanahua va taolodir. Biz izlayotgan kitob Qur’oni Karimdir. Biz izlayotgan payg‘ambar esa Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dir. Biz boshida nima so'raganimizni eslang. Nima uchun 4300 din ichida Islom? Shuning uchun.