Towards Eternity
Blogga qaytish

Buddizmdan Musulmon Samuraygacha - "Men Dinni shunchaki Biznes Deb O'ylardim!"

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Samuray avlodiman. Oilam buddist dinida. Dinni biznesga o‘xshatardim. E’tiqod qiluvchilardan pul olish uchungina izdoshlari sonini ko‘paytirishadi, xolos deb o'ylardim. Bangladeshda o'zgacha insonlarni topdim. Kimdir shunchaki Yaponiyada tug‘ilgani uchun sog‘ligi va ta’limi kafolatlangan. Kimdir esa Bangladeshda tug‘ilgani uchun kambag‘al bo‘ladi. Bu yerda adolatni ko'rmayapman. Keyin yapon tilida Qur’onni topdim. O‘qishga tushdim. Keyin Oxirat haqidagi juda noyob tushunchalarni topdim. O‘limdan keyingi hayot, Tavhid – Allohning yagonaligi yoritilgan edi. Keyin musulmon bo‘lishim kerakligini tushunib yetdim. Assalomu alaykum, doktor Kyoichiro Sugimoto. “Towards Eternity” ga xush kelibsiz.

Ko‘rganimizdan juda xursandmiz. Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Men ham xursandman. Birinchi savolim shunday: Kyoichiro Sugimoto kim? Hayotingiz haqida qisqacha ayta olasizmi? Ismim Kyoichiro Sugimoto. Sugimoto – aslida familiyam. Bu Sugimoto urug'iga mansub degani. Sugimoto urug'i aslida samuraylardan bo‘lgan. Shu sababli, samuray avlodiman. Gifu prefekturasidagi Seki shahrida tug‘ilib o'sganman. Bu Yaponiya markazida joylashgan. Keyinroq universitetga kirib, talaba bo‘lganimda, madaniy antropologiyani o‘qib, turli madaniyatlarni tadqiq qila boshladim va Islomni 19 yoshimda bildim. So'ng 20 yoshimda Islomni qabul qildim.

Hozir esa Chiba Islom Madaniyat Markazida imom yoki rahbar sifatida xizmat qilyapman. Bu Tokio yaqinida joylashgan. Islomdan avval nimaga e’tiqod qilardingiz? Aslida, birorta dinga e’tiqod qilmasdim. Shunchaki nomini aytsam, ehtimol buddist, chunki oilam buddist edi. Ammo ular ham dindor emas. Faqatgina odatiy yaponlar kabi ajdodlarni hurmat qilishardi. Boshqa dinlarga ishonmasdim, chunki dinni biznesga o‘xshatar edim. E’tiqod qiluvchilardan pul olish uchungina izdoshlari sonini ko‘paytirishadi, xolos deb o'ylar edim. Keyin o‘zlari juda boyib ketishadi. Shuning uchun buni biznes deb atar edim. Oldin shunday o'ylaganman. Ko‘pchilik yaponlar bu oxirgi hayot deb o‘ylashadi. Hech narsa kutmaydi.

Bu shunchaki taxmin edi. Islom haqida qayerdan eshitdingiz? Ha, universitetda o‘qiyotganimda Bangladeshlik bir talabani uchratdim. U hayotimdagi birinchi musulmon edi. Yaponchani ozgina bilardi. Biroz bo'lsa-da gaplashardi. Keyin u bilan do‘st bo‘ldim, ingliz tilida mashq qilmoqchi edim. Ba’zan birga vaqt o‘tkazar edik. Masalan, birga ovqatlanar edik, hayotimiz haqida suhbatlashardik. Keyin yozgi ta’til paytida meni Bangladeshga mehmonga taklif qildi. Turli madaniyatlarga qiziqardim. Bangladeshga borishim hayotimdagi birinchi chet el safarim edi. Musulmon mamlakatida katta madaniy tafovutni his qildim. Chunki Bangladesh juda kambag‘al. Juda katta farqni ko‘rdim.

Juda ko'p bolalar ko'chada yo'llarda o'tirishar edi. ko‘chada uxlashardi. Hayron bo‘ldim: Bu nima edi? Yaponiya ko‘chalarida odatda bunday holat yo'q. Do‘stimning uyiga kelganimda, ota-onasi, ukalari va opa-singillari meni qarshi oldi. Ular juda mehmondo‘st va samimiy edi. Bu yana bir madaniy shok bo‘ldi, oiladagi hurmat-ehtirom boshqacha edi. Kengaytirilgan oila tizimini hanuzgacha saqlashadi. Keyinroq, yanada chekka qishloqlarga borib ko'rdim. Ular juda jo‘shqin, hayotga ishtiyoqi bor edi. Ha, buni Yaponiyada topa olmaysiz. Chunki Yaponiyada hamma narsa nazorat ostida, shahar hayoti. Shuning uchun odamlar ko‘ziga qarasangiz Yaponiyada ko‘pchilikning ko‘zlari go‘yo o‘likdek.

Chunki hayotda maqsadi yo‘q. Nima qilayotganini bilishmaydi. Hayotning haqiqiy maqsadi nimaligini anglashmaydi. Yashash uchun ishlashadimi yoki aksimi — bilishmaydi. Lekin Bangladeshda boshqacha insonlarni ko'rdim. Iqtisodiy jihatdan kambag‘al bo‘lsa ham, lekin ko‘zlariga qarasam, ichida nur bor edi. Odamlar fermer bo‘lishsa ham, bir marta chet ellikni ko‘rishgan bo‘lsa ham, meni choyga taklif qilishardi, mehmondo'st edi ular. Qaymoqli choyi, pitha degan ovqati bo'lardi. “Yuring, yuring” der edi. Ovqatlar ikrom qilishardi. Hayratda qoldim. Yaponiyada bunday emas. Birinchi marta ko‘rgan chet ellikni birdan uyiga taklif qilish — bunday bo‘lmaydi. Lekin men Bangladeshda o'z boshimdan o'tdi.

Nega bunday? Shu narsa meni Islom haqida o‘ylashga majburlagan nuqta bo‘ldi. Chunki barchasi musulmonligini bilardim. Balki ularning xatti-harakati, munosabatlari Islomiy qadriyatlarga asoslangandir. Shuning uchun Yaponiyaga qaytgach, izlanishni boshladim, Islom haqida kitoblar qidirdim, chunki 1996-yilda internet yo‘q edi. Ma’lumotni faqat kutubxona yoki kitob do‘konlaridan topa olardim. Keyin yapon tilida Qur’onni topdim. Bu Islom haqidagi asosiy manba edi. Shunday qilib yaponcha tarjimasini o‘qishni boshladim. Keyin oxirat haqidagi juda noyob tushunchalarni topdim. O‘limdan keyingi hayot, Tavhid — Allohning yagonaligi yoritilgan edi. Bu tushunchalar men uchun yangi edi.

Bu haqida hech o‘ylamaganman. Chunki Yaponiyada odamlar juda band. O‘limdan keyingi hayot haqida o'ylashga vaqt yo'q. Bir kunda bir soniya ham buni o‘ylashmaydi. Xudo tushunchasini ham. Yaponiya mashhur ko‘pxudolik jamiyati, ya'ni politeizm mavjud. Yaponiyada Xudoning ta’rifi yo‘q. Hech kim Xudo kimligini o‘rgatmaydi. Izlanayotganimda Qur’onda Xudoning ta’rifi borligini topdim. Aniq zikr qilingan. Masalan, Ixlos surasida. A’uzu billahi minash shaytonir rojim, Qul huvallohu ahad — Ayt: U Alloh yagonadir, to‘g‘rimi? Juda sodda. Ammo men uchun hayratli edi. Oh, Xudoning ta’rifi bor ekan. Keyin Qur’onning boshqa qismlarini ham o‘qishga qiziqib qoldim. Aslida nimalar yozilganini bilgim keldi.

Chunki Qur’on qariyb 600 betdan iborat. Shuning uchun tekshirishim kerak edi — Alloh aslida bizga nimani aytyapti? Qur'onni o'zim mustaqil o‘qidim, go‘yo Alloh menga shaxsan aytayotgandek tuyuldi. Bu 7-asr kitobi emas, balki hozirgi hayot darsi ekan. Juda qiziqardim — balki bu kitobdan nimanidir o‘rganarman derdim. So'ng, oxirat va Allohning yagonaligi haqidagi eng asosiy tushunchalarni qabul qildim. Nega qabul qilganimni tushuntiraman. Aytganimdek, Bangladesh madaniyatidan juda hayratlangandim. Ular kambag‘al edi. Shunda "Nega bu odamlar kambag‘al?" deb o'ylardim. Kambag‘al mamlakatda tug‘ilgani uchunmi? Kimdir shunchaki Yaponiyada tug‘ilgani uchun, sog‘ligi va ta'limi kafolatlangan.

Kimdir esa Bangladeshda tug‘ilgani uchun kambag‘al bo‘ladi. Axir, buni kim belgilaydi? Qayerda tug‘ilishimizni tanlay olmaymiz. Demak, hayotimiz boshidan adolatsiz. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Demak, boshidanoq hayotimizda katta tafovut va farqlar mavjud. Ularni qisqa hayot davomida tenglashtira olmaymiz. Bu yerda adolatni ko'rmayapman. Hammasi boshidan belgilab qo‘yilgandek. Ammo Qur’onni o‘qiganimda oxirat tushunchasini topdim. Hammasi mantiqli ko'rindi, chunki bu hayotda har bir narsa — sinov xolos. Ko‘p yoki oz berilganidan qat’i nazar, bu oxirgi natijaga taalluqli emas.

Misol uchun, kimdir Bangladeshda tug‘ilsa ham hayoti qiyin bo‘lsa ham, agar hayotda yaxshi ishlar qilsa, hayoti oxiratda mukofotlanadi, ya’ni jannatga kirishadi va abadiy yashashadi. Bu dunyo hayotini eng ko‘pi bilan 100 yil deb o‘ylaymiz, ammo abadiy hayot cheksiz-ku. 100 yilni cheksizlik bilan solishtirsak, hech narsa emas, bilasizmi? Bir soniyadan ham kam. Shu sababli oxiratning adolati menga bu hayotning ma’nosini berdi. Islomni qabul qilishingizda hal qiluvchi omil nima bo‘ldi? Nimadan so‘ng “Musulmon bo‘lishim kerak”, dedingiz? Bir narsani sezdingizmi? Bu videoda reklama ko‘rmayapsiz.

Towards Eternity notijorat tashkilot bo‘lgani uchun bu videolarni faqat yordamingiz bilan tayyorlay olamiz. Ushbu savobli ishda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, Towards Eternity’ga ehson qiling va bu oltin imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Islomni qabul qilishingizda hal qiluvchi omil nima bo‘lgan? Nimadan so‘ng “Musulmon bo‘lishim kerak”, dedingiz? Boya aytganimdek, oxirat va Tavhid tushunchalari menga juda mantiqli tuyuldi. Ammo Qur’onning barcha oyatlarini, 600 betlik kitobda aslida nimalar yozilganini tekshirishim kerak edi. Ehtiyotkorlik bilan qaradim — unda xavfli yoki ajablanarli ta’limotlar, yoki g‘alati narsa yo'qmi?

Ammo qancha ko‘p o‘qisam, shuncha ko‘p angladim: Bu men uchun juda tabiiy narsalar. Bu e’tiqod qilishimiz kerak bo‘lgan narsalar edi. Oxir-oqibat Qur’on odamlar tomonidan yozilmagan degan xulosaga keldim. Bu buyuk Yaratuvchidan — Allohdan kelgan narsa. Qur’on hayotni o‘zgartiruvchi kitobligiga yanada qat’iy ishonch hosil qildim. Unga ergashmoqchi bo‘ldim. Chunki Islom faqat Qur’onni o‘qishdan iborat emas. Bu, bilasizmi, amaliy va diniy tajriba. Musulmonlar kundalik hayotlarida Islomni qanday qadrlashlari va amal qilishlarini bilmoqchi edim. Qanday qilib bularni bilishim mumkin? Qanday, tushunyapsizmi? Bitta yo‘l — o‘zim musulmon bo‘lishim kerak. O‘zim Islomiy hayotda yashashim kerak.

Aks holda, uchinchi shaxs — tadqiqotchi bo‘lib qolaman, ob’ektivlik uchun masofani saqlashimga to'g'ri keladi, faqat o‘rgangan bo‘laman, lekin asl mohiyatini tushunmayman. Islomning ichki tomonini anglay olmayman. Tadqiqotchi bunga erisha olmaydi. Men esa aynan shuni bilmoqchi edim. Shu sabab bo'lib, qiziqqanimdan musulmon bo‘lishni xohladim. Islom aslida nima ekanligini bilishni xohladim. Xo‘sh, Islomni qabul qilgandan keyin qanday qiyinchiliklar bo'ldi? Ha, birinchi — halol ovqat. Bu deyarli 28 yil oldin edi. Hozir yaqinda, Alhamdulillah halol taomlar topish qiyin emas. Ammo o‘sha paytda, hatto musulmonlarning o‘zi ham halol ovqat topishga qiynalar edi. Bu birinchi muammo edi.

Ikkinchisi — ibodat joyi, namoz o‘qish masalasi. O‘sha paytda butun Yaponiyada esimda atigi yettita masjid bor edi. Bugun esa 151 ta, hatto undan ham ko‘p masjid bor. Qayerda va qanday namozni o'qish esa navbatdagi muammo edi. Yana bir muammo — Yaponiya g'ayrimusulmonlari orasida Islomga nisbatan salbiy fikr bor. Albatta, odamlarning aksari Islom nima ekanini deyarli tushunmasdi. Masalan, oxirgi 20 yil davomida ota-onamga Islomni tushuntirishga harakat qildim. Biroq, menimcha ko‘p hollarda 11-sentabrda bo'lgan voqealari tufayli Islomga nisbatan salbiy tasavvur — terrorizm — paydo bo‘lgan. Shuning uchun Islom haqida eshitishni istashmasdi. Aksincha, salbiy tasavvurda bo‘lishardi.

Tushuntirmoqchi bo‘lardim. Qachon birga o'tirib suhbatlashsak, Islomni tanishtirmoqchi bo‘lardim. Lekin uncha e’tibor berishmasdi. Ammo to'xtamadim. Majburlamasdan, Islom naqadar go‘zal va mantiqli ekanini tushuntirishda davom etdim. Lekin bu ularga yoqmaslikni boshladi. Keyin... Bir kuni, ular men tug‘ilgan shahar Gifudan Chibaga kelishdi, otam: “E o‘g‘lim yana Islom haqida gapiradi,” degandek bo‘ldi. U faqat bir necha daqiqaga kirib, keyin tezda uydan chiqib ketdi. Ko'p ham qolmadi. Chunki Islom haqida eshitishni xohlamasdi. Shunday qilib, munosabatlarimiz yomonlashdi. Keyin yaxshilashga chora izlashni boshladim. Shunda boshqa yo‘lni o‘ylay boshladim.

Masalan ularni xursand qilish uchun sovg‘alar yuborishim kerak edi. Masalan, otamga qahva — u qahvani yaxshi ko‘radi, yonida yong‘oq, tamaddi — bularni yaxshi ko‘radi. Shunday qilib, yuboraverdim, ha, otam ham xursand bo‘la boshladi. Keyin bizga yana tug‘ilgan shahrimga borishga ruxsat berdi. Shunday qilib Chibadan tug‘ilgan shahrimga bordik. Shunda ota-onam menga aslida bir xavotirlari borligini aytishdi. Uy haqida edi. Bobomdan qolgan bu katta, eski uyga kim qaraydi? Odatda Yaponiyada bunday uyga to‘ng‘ich o‘g‘il qaraydi. Demak, bu — meniki. “Xavotir olmang, uyga o'zim qarayman,” dedim. Shunday qilib, xavotiriga ham yechim topildi. Keyingi tashvish — ularning salomatligi haqida edi.

Chunki o‘sha paytda ular 75 yoshda edilar. Kutilmaganda ular shifoxonaga tushib qolishi yoki falaj bo‘lib qolishi, ahvoli yomonlashishi mumkin edi. Nima qilamiz deyishdi. “Xavotir olmang. Sizlarga qaraymiz,” dedim. Shunda navbatdagi tashvishi ham ketdi. So‘ng otam menga bitta savol berdi. Nega soqol qo‘ygansan? “Soqol”, dedi. Bu... juda qiziqarli, kutilmagan savol edi. Bu Islom bilan bog‘liq edi. Ehtimol, kutib yurgan savolim ana shu bo'lgandir. Lekin bu savolga to'g'ridan-to'g'ri javob bermadim, balki shunday dedim: “Hozir bergan savolingizni va javobini yaxshiroq tushunishingiz uchun, avval Islom asoslarini tushunib olishingiz kerak.” Bunga 10 daqiqa vaqtingiz ketadi. Otam: “Mayli,” dedi.

Bu degani — endi men Islom haqida gapirishim mumkin, hatto 10 daqiqa bo‘lsa ham, Alhamdulillah. Avvallari bir necha daqiqani ham ko‘tara olmasdi. Ammo endi 10 daqiqa, Alhamdulillah. Eng zarur narsalarni aytishim kerak edi. Bizda GORAP metodi bor — Xudoning borligi, Yagonaligi, vahiy va payg‘ambarlik — eng asosiy qismi. Buni ilgari o‘rganganim uchun oson yaponcha qilib gapirdim. Shunda ular tinglashdi, onam ham tingladi. Keyin otam menga: “Xo‘sh, sen nimani xohlaysan?” — deb so‘radilar. Oxiri shunday dedi: “Nima xohlaysan?” O‘sha paytda ayolim yonimda o‘tirgan edi. “Nimadir bo‘lyapti”, deb o'yladi. Shunda ayolim “Hammamiz birga Jannatga kirishimizni istayman” deb qoldi.

Ha buni ayolim aytgandi. Shunda otam: “Qanday qilib?” dedi. Vaqtdan foydalanib: “Shahodatni ayta olasizmi?” dedim. Chunki GORAPning mohiyati ham shahodatga borib taqaladi, ya’ni “Ibodatga loyiq zot faqat Allohdir, va Muhammad alayhissalom Allohning elchisidir”. Mana shu xabar. Buni allaqachon tushuntirdim va ular uni qandaydir darajada tushundi. Endi faqat uni tasdiqlash yoki iqror bo‘lish qolgandi. Men xohlagan narsa — sizlar shuni tasdiqlashingizdir. Ya'ni hozir tushuntirganimni. Shunda otam va onam bir-biriga qarashdi va: “Mayli,” deyishdi. Subhanalloh. “Xo‘p, aytamiz, qarorimiz qat'iy” deyishdi. Bu juda ham quvonchli lahza edi.

Keyin men va ayolim darhol sajdai shukrni qildik — ya'ni shukr sajdasini. Ha, bu hayolga kelmagan, kutilmagan natija edi. Ammo Subhanalloh, ha, shunday bo‘ldi. Nima sizni Payg‘ambar Muhammad alayhissalom haqida eng ko‘p hayratga solgan? Ha, Sallallohu alayhi va sallam. Men uchun birinchi va eng muhimi — U Qur’on elchisidir. Bu juda muhim, chunki Qur’ondan juda ta’sirlangandim. Bilasizmi doim shuni o‘ylardim: U qanday qilib Qur’on xabarini 14 asr davomida o‘zgarmagan holda avloddan avlodga yetkazishga muvaffaq bo'ldi? Bu mo'jizaviy narsa. Va uning yuksak jihati. U haqida qancha ko‘p bilsam, shuncha ko‘p hurmatim oshadi.

Qanday qilib 7-asrda, 14 asr oldin hech qanday taraqqiy etgan infratuzilma yoki moddiy yordam bo‘lmagan bir davrda, Islomga da’vat qila olgan? Mashina yo‘q, poyezd yo‘q, telefon yoki kompyuter ham yo‘q. Lekin atigi 23 yil — aynan 23 yil ichida, o'sha quruq diyorda, qanday qilib uzoq masofalarga borib da’vat qildi? Makkadan Madinagacha yo‘l ham uzoq edi. Deyarli har kuni da’vat bilan mashg‘ul bo‘lgan. Va nihoyat, Makka fath qilinishi — bu juda hayratlanarli voqea. Islomdan oldin va keyingi hayotingizda qanday farqlar bor? Ha, farqni bitta so‘z bilan aytsam — qalb yoki ongning barqarorligi. Alloh nimani rejalashtirsa — hammasi yaxshidir.

Ammo natijasini bilmaymiz, chunki U butun manzarani ko‘radi, inson esa faqat bitta pikselni ko‘radi. Shuning uchun ba’zan nimadir yomon bo‘lib tuyuladi, lekin 10-15 yildan so‘ng ortga qaraganimizda nima uchun u voqea bo‘lganini anglaymiz. Har bir voqea bir sababligini bilamiz. Bugungi hayotda misol qilaylik — IT rivoji, jamiyatning juda tez o‘zgarishi, har narsada darhol o‘zgarishlar bo'ladi. Har daqiqada yangiliklar bo'ladi. Moliyaviy hayot ham — biznes doim ko‘tariladi-tushadi. Sog‘liq ham beqaror — COVID-19 davrida odam birdan kasal bo‘lib, vafot etdi. Insoniy munosabatlar ham — har kimning fikri boshqacha, noroziliklar, kelishmovchiliklar, kelishuvlar bo'ladi. Hammasi beqaror.

Agar e’tiborimizni faqat shu narsalarga qaratadigan bo'lsak, unda qalbimiz beqaror bo‘ladi. Musulmon esa shunday muhitda, shunday hayotda yashasa ham — kuniga 5 vaqt namoz o‘qiydi. Biz Qodir Zot — Yaratuvchi Alloh bilan doimo aloqada bo‘lamiz, U mukammal barqaror zotdir. Shu sababli qalbimiz barqarorlikka erishadi. Bu amaliy foyda, yoki ichki diniy tajriba, deb aytish mumkin. Ayniqsa Allohning taqdiriga ishonish orqali barqaror bo‘la olaman, ya'ni Allohning oldindan belgilashi. Bu juda tinchlantiruvchi omil, chunki hayotning past-balandlari, yaxshi-yomon kunlar. Inson nuqtai nazaridan yomon ko‘rinishi mumkin, lekin Allohning nazarida — hammasi aslida yaxshi, chunki U yaxshilik manbaidir.

Inson nuqtai nazaridan yomon ko‘rinishi mumkin, lekin Allohning nazarida — hammasi aslida yaxshi, chunki U yaxshilik manbai. Qanday qilib Allohdan yomonlik kutishimiz mumkin? Yo‘q. Bu — haqiqiy tasdiq va qat’iy ishonchdir. Oxir-oqibat biz oladigan muhim narsa — qalb barqarorligidir. Ko‘ryapsizmi? Nima bo‘lmasin, yaxshi yoki yomon, “Alhamdulillah” deymiz. Aynan mana shu narsani o‘rgandim va Islomni qabul qilishdan oldingi va keyingi hayotimdagi farqni shu orqali sezdim.