Towards Eternity
Blogga qaytish

Yahudiy 60 yildan So‘ng Islomni Qabul qildi – Muqaddas Kitobda Muhammad (s.a.v)ni Ko‘rdim!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Men 20-asrning o'rtalarida konservativ amerikalik-yahudiy oilada tug'ilganman. Ota-onam 13 yoshga kirganimda "Senga sovg'a beramiz" deyishdi. "Lekin tanlashing kerak. Do'stlaring bilan katta ziyofat qilaylikmi yoki Isroilga safar qilasanmi?" 100 milcha yurgach "Bo'ldi, tushib qolaman" dedim. Mashinani to'xtatdi. Eshikni ochib tushdim. Qo'lim eshik tutqichida turganida mashinani haydab ketdi. Qo'lim tiqilib qolganini ko'rib battar gazni bosdi. Katta trassada sudralib ketyapman. To'satdan hammasi vaqt sekinlashgandek bo'ldi. Bir ovozni eshitdim. "Hozir emas, hozirmas." Keyin haqiqatni qidira boshladim. Injilni yaxshilab o'rgandim. Bu uchun monastirda 3 yil vaqtimni sarfladim.

Kimdir menga musulmon bo'lasan deganida rosa kulgan bo'lardim o'ziyam. Bir kuni o'g'lim menga "Dada, istasangiz Injilni, istasangiz Gospelni qarang, ikkisida ham Muhammad alayhissalomni topasiz" dedi. Qur'onga qaraganimda undagi so'zlar 3 o'lchamli bo'lib ko'rindi. Xuddi men uchun yarqirayotgandek edi. Buni ko'rganimdan keyin ko'z oldimdan umuman ketmadi. Assalomu alaykum Sanford Pas, Shuningdek Abu Mujohid ismi bilan tanilgansiz. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Sizni ko'rganimizdan xursandmiz. Va alaykum assalom. Katta rahmat. Sizlar bilan ko'rishganimdan juda xursandman. Alhamdulillah. Juda xursandmiz. Xo'sh unda boshlaymiz. Abu Mujohid o'zi kim?

Hayotingiz haqida aytib bersangiz. Men 20-asr o'rtalarida tug'ildim. Ota-onam amerikalik konservativ yahudiy odamlar bo'lgan. Xudoni birligiga ishonib katta bo'lganman. Amerika jamiyatida ulg'aydim. Uyimizda Yahudiylarning hamma bayramlari nishonlanar edi. O'smirligimda ko'plab voqealar bo'lgan. 14 yoshimda Kennedini otib tashlashgan. Ko'p narsaga shubha qila boshladim. Mana shu voqealar meni dunyoda aslida nima bo'layotganini o'rganishga undadi. 14 yoshimda hayotim butkul o'zgardi. Chunki hammasiga o'zgacha qaraydigan, haqiqatni qidiradigan bo'ldim. Meditatsiya qilish uchun kollejni tashlab monastirga bordim. 60 yoshimda musulmon bo'ldim.

Chunki o'shanda hammasi bog'liq ekanini tushungandim. Hammasi alohida emas balki bir biriga bog'liq. Shunday qilib 16 yil avval musulmon bo'ldim. Islomdan avval e'tiqodingiz qanday bo'lgan? Nimaga ishonardingiz? Xudoni birligiga ishonardim. O'smir yoshimgacha Yahudiylik dinida bo'lganman. Kollejga kirishim bilan o'rganishga bo'lgan ishtiyoqim ortdi va bu vaqt davomida o'zim uchun ko'p narsalarni kashf qildim. Savollarimga javob istadim. Bir ikki narsalar sabab e'tiqodimga shubha qila boshldim. Yosh bolaligimda men yashagan shahrimda bir universitet bo'lardi. U yerda Hilel nomli joylar bo'lardi. Hilel eski zamondan qolgan ajoyib o'qituvchi.

U yerda bir murabbiy bo'lardi, o'quvchilar o'sha yerda ibodat qilishardi. Bu bilan ularni hamjihatligini ta'minlashardi. Men yosh bola edim. Kolumbiyada yashardik. Ota-onamiz bizni har Juma xizmatga olib borardi. O'sha xotiralarimni kuchli ishtiyoq bilan eslayman chunki biz shahodat kalimasini aytardikda o'sha paytlari. "Eshit O Isroil, bizning robbimiz bir." Qo'shiq kuylashardi, har xil rasm-rusumlar bo'lar edi. Bizni birlashtirib turgan yagona narsa shu ediki, ya'ni bizni Xudomiz bir edi. Aynan shu bizni hamjihat qilardi. Bir oz ulg'ayganimda menda, Injildagi va Tavrotdagi, Iso va boshqalar haqida savollar tug'ula boshladi. Iso alayhissalom haqida.

Ularni javobi doim "Bularga e'tibor berma" bo'lardi. "Tarjimada adashishgan" deyishardi xolos. Shunday qilib, mening holatimda sodir bo'lgan narsa bu ajoyib tadbir uchun olgan mashg'ulotlarim edi. Yosh bola katta erkak bo'lgach shunday bo'ladi. Meni bir xonaga olib kirib qo'yishib, butun boshli musiqani yodlashimni aytishardi. Umrimda hech qachon murabbiy bilan o'tirib yodlayotgan narsalarimning ma'nosini birma bir o'rganib chiqmaganman. Shunchaki yodlab aytib bersam bo'ldi edi. "Hakamlarga bizning yaxshi o'quvchi ekanligimizni ko'rsatish uchun yaxshi kuylashing lozim." Lekin hech biri o'tirib uning ma'nosini tushuntirib bermas edi. O'zim yosh bola bo'lsam ham bu narsalar menga yoqmasdi.

Mana shu eng muhim qismi. Bir kuni ota-onam shunday dedi. "Bugun 13 yoshga kirding, senga bir sovg'a beramiz. Faqat o'zing tanla. Do'stlaring bilan katta ziyofat o'tkazishni istaysanmi yoki Isroilga sayr qilishnimi?" U paytlari yosh bolalar Isroilga borishga rosa qiziqishardi. Nega? Isroil haqidagi safsatalar bilan boshingizni aylantirish uchun. Men esa ziyofatni tanladim. Xudoga ming qatra shukr, yaxshiyam shuni tanlabman. Hozirgi ishlarini ko'rib ulardan biri men bo'lishim mumkin edi deyman. O'sha odamlar meniyam aqlimni aynitgan bo'lardi. Tushunmagan narsalarim ko'p edi. Kitobda o'qiganlarim odamlarning hayotiga mutlaqo to'g'ri kelmasdi. Hech nimaga tushunmasdim.

Undan tashqari Kennedining o'ldirilishi. Miyamdagi savollarning hammasi ham diniy savollar emasdi. Balki dunyoda bo'layotgan ishlarning hammasi meni o'qib izlanishga undagan edi. Kollejdan ketdim. Tennesi shaxrida ferma tashkil qilingan edi. O'sha yerda bir muddat yashadim. U paytlari odamlar bir biriga ochiq ko'ngil edi. U yerda ham jim o'tirmadim. Fermadan chiqib boshim oqqan tomonga ketdim, uch yil bir monastirda yashadim. Xristian bo'ldim. Injilni juda ko'p o'rgandim. Hammasiga amal qilardim. Xoch, rido va boshqa narsalar. Men qidirayotgan narsa esa u yerda emasdi. Uch yil o'tib juda ko'p nomutanosibliklarni ko'rib u yerdan ham ketdim.

Hindistondan kelgan bir yosh bola ko'pchilikka meditatsiyani o'rgatayotgan ekan. U menga "Sizni koinotni harakatga keltirayotgan kuch bilan bog'lab qo'yaman" dedi. Ya'ni Xudoning muqaddas energiyasi. Sizni nafas oldirayotgan energiya. Bir muddat shuni o'rgandim. Ham meditatsiya, ham ilm o'rganardim. Biroz vaqt o'tgach unda ham kamchilik topdim. Shu yerda nimadir o'xshamayapti. O'zimga yarasha tajribam bor. Lekin o'sha butun boshli tizim menga unchalik mos kelmasdi. Uyg'unlikni his qilmasdim. Islomga bo'lgan qiziqishingiz qanday boshlandi? Uning nimasi sizga yoqdi? 60 yoshlarida edim. Bir kuni o'g'lim qo'ng'iroq qilib qoldi.

U menga "Dada, bilaman hayotingiz davomida haqiqatni qidirdingiz, doim bo'layotgan hodisalarning asl ma'nosini bilishni istardingiz" dedi. Shuncha yillik tajribadan keyin uylangandim, ikkita farzandim bor edi. Amerikaning turli joylarida yashab ko'rgandim. Bu narsalarni o'g'lim tabiiyki bilardi. O'g'lim menga "Dada, Injilga qarasangiz ham, Gospelga qarasangiz ham, mana bu, mana bu joylarida Muhammad alayhissalomni ko'rasiz" dedi. Duo qildim, kitobni ochib qaradim. Undagi so'zlar 3 o'lchamli bo'lib ko'rindi menga. Ulardan nur chiqayotgandek edi. Qonunlar kitobi 18:18 da aytilgan so'zlar: "Musoga o'xshagan payg'ambar keladi. U o'zi haqida hech narsa demaydi.

U faqat o'ziga yuklatilgan narsani gapiradi." Bu Yuhanno 16-bob 13 oyatini aks ettiradi. Iso Masihning unga tinchlik bo'lsin degan so'zlarini aks ettiradi. "Haqiqat ruhi keladi va u faqat unga aytilgan so'zlardan boshqa hech narsa aytmaydi. Va u sizni qolgan haqiqatga olib boradi". Qonunlar 33:2 da esa: "Quyosh Sinay ustidan chiqayotgan edi, Sa'ir ustidan yuqoriga ko'tarilib, Piron tepaligiga yetib borardi", deyilgan. Bu oyatning ma'nosini surishtirdim. Sinai bu Alloh Musoga kitob bergan joy. Sa'ir - Iso shaytonning vasvasalarini yenggan joy. Piron esa Muhammad tug'ilgan Makkaning qadimiy nomi, unga salom bo'lsin, barchalariga salom bo'lsin. Va Qonunlar 33:2 aynan shuni anglatgan.

Bu haqiqatni ko'rgach butunlay boshqacha bo'lib ketdim. Musulmon bo'lishni o'lsam ham hayolimga ham keltirmasdim. 2001-yil voqeasidan keyin hamma do'stlarimga bu ishni Musulmonlar qilgan bo'lishi mumkin emas derdim. Chunki hayotimni barcha fitnali hodisalarni tahlil qilishga sarflaganman. Kennidining o'ldirilishdan tortib Vetnam voqeasigacha. 11-sentabr voqeasini Musulmonlar qilgan bo'lishi mumkin emas. Iloji yo'q. Yana ko'pchilik shu gapni takrorlashardi Do'stlarim, "Nima? Musulmonlarni himoya qilyapsanmi?" derdi. Haqiqatni izlash yo'lida Islomni topdim. Bunga ko'p ham isbotni keragi yo'q. Tasavvur qiling cho'lda suvsizlikdan o'lish darajasiga keldingiz.

O'shanda bir ho'plam suv ham siz uchun juda qadrli bo'lib qoladi. Isbotni ko'rdimmi shuni o'zi yetarli. Menga bir tonna isbot dalilning keragi yo'q. Alloh menga yetarli darajada dalil ko'rsatib qo'ydi. Ana shu payti Islom 100% to'g'ri ekanligini his qildingizmi? Ha, aynan o'sha onda. Tasavvur qiling, turargohga mashinangiz bilan kiryapsiz. "Bu yerdan yurmang, yerda tikanaklar bor. Baloningiz teshilib qoladi" deb yozib qo'yibdi. Menda xuddi shu narsani his qilganimda hayol paydo bo'ldi. "O'zing so'rading va olding. Endi ortga qaytolmaysan." Bir yo'nalishli yo'lga o'xshardi. Ortga qaytsangiz o'zingizga qiyin bo'ladi. Izlayotganim qandaydir din emasdi.

Biror boshqa dinga o'tishni niyat qilmagandim. Agar menga kimdir Musulmon bo'lasan deb aytkanda, o'lay agar rosa kulgan bo'lardim. Lekin Alloh meni hayron qoldirdi. Alloh o'zi menga ko'rsatdi. Bu qandaydir ilohiy ovoz emasdi, balki mavjudlik edi. Kitob bilan, Alloh bilan, Muhammad alayhissalom bilan shu narsalarni boshimdan o'tkazgach, mana shuning o'zi 14 yoshligimda izlayotgan savollarimning javobi ekanini bildim. Hayolimda aylanib yurgan savolimning javobi aniq ravshan ko'rindi. Dunyoda bo'layotgan ishlarning sababi to'g'risidagi savollarimga javob topdim. Hech qanday chalkashlik yoki tushunmovchiliklarsiz. Savolimdagi yetishmayotgan nimanidir topgandek bo'ldim.

Ana endi o'zim yashayotgan dunyoni to'liq tushunaman. Bo'layotgan voqealarning ma'nosini tushunaman. Hammasi tushunarli bo'ldi. Shahodatni keltirgan paytingizda o'zingizni qanday his qilganingizni aytib bera olasizmi? Xuddi yangidan tug'ilgandek his qildim. Xuddi, Alloh meni qabul qilganini va kechirganini his qildim. Menga shahodatni keltirib musulmon bo'lsam barcha gunohlarim kechirilishini aytishgan edi. Yomon gunohlaringiz savobga almashtirilib qo'yiladi. Xuddi boshidan boshlagandek yengillk his qildim. Bu holat haqiqatni boshimdan kechirganimdan ham ancha yaxshiroq edi. Islomni to'g'riligini bildim. Muqaddas kitobni ko'rdim. Hammasi yana esimga kela boshladi.

Ko'zlarimdan yosh chiqardiyu, lekin yuzimdan dumalab tushmasdi. Balki ko'zimdan otilib chiqardi. Ular otilib chiqardi. Buni aniq ko'rib turardim. Mana shu narsani his qilar ekanman, xuddi ko'krak qafasim ochilayotgandek edi. Xuddi mana bunday. Yuragim parchalandi, yomon ma'noda emas, yaxshi ma'noda. Shunday bo'layotganda his qildim-ki, Alloh har doim meni kuzatib turgan ekan. Anashu daqiqagacha meni to'g'ri yo'lga boshlagan ekan. Mana shuning uchun dunyoda shunday ishlar bo'lmoqda degan ekan. Mana shu sabab senda ko'p savollar tug'ildi. Mana ularning hammasiga javob. Dunyo va undagi narsalarga qarab so'ngra Allohning so'zlariga nazar tashlasangiz, ana shunda hammasini tushunib olasiz.

Hammasini. Islomga o'tganingizda atrofingizdagi odamlar qanday munosabat bildirishdi? Ba'zi oila a'zolarim men bilan umuman gaplashmay qo'yishdi. Ularning ba'zilari esa hali ham men bilan aloqada bo'lib turishadi. Mening shaxsiy ishimga aralashishmaydi. Balki oilaligimizcha qolamiz deyishadi. Ba'zilar meni ahmoqqa chiqardi. Do'stlarim va boshqa odamlar qanday bo'lsam shundayligimcha qabul qilishdi, ba'zilar esa yo'q. Men kabi fikrlaydiganlar juda ham kam. Balki vaqt o'tishi bilan, dunyodagi holatlar o'zgarishi bilan savol beruvchilar ham ko'payar. Menimcha ko'pchilik odamlar aslida nima bo'layotganiga qiziqadi. Masalan biz gaplashayotgan masala. - Musulmon bo'lganingizdan afsuslanganmisiz?

- Yo'q. E Xudo... Yo'q. Hech qachon. Ba'zida biroz qiyin bo'ladi lekin afsuslanmaganman. Yo'q. Ba'zida o'zimdan nega Alloh 60 yoshimgacha indamadi deb so'rayman. Keyin esa Allohni har ishida hikmat bor ekanligini o'ylayman. Lekin ba'zida nega 60 yoshimgacha yuraverdim ham deyman. Balki shunday bo'lishi kerakdir. Nega Isroil farzandlari shunday holatga tushdi? Nega odamlar shunday holatga tushadi? Balki ular qiyinchilik bilan topilgan narsani qadriga yetishlari uchundir? Balki hamma gap tajribadadir? Ana shu ilojsizlik davrida to'plagan tajribaning foydasi bordir? Hayotimda ko'p ishlarni qilib ko'rganman. Ana endi men istalgan turdagi odam bilan bemalol muloqot qila olishim mumkin.

Ularga muammosini hal qilishda yordam bera olaman. Hayotingizda hech Alloh bilan maxsus aloqaga egaligingizni bildiradigan voqea bo'lganmi? Ha. Bir necha marta. O'lishimga oz qolgandi. Musulmon bo'lishimdan avval. Tog'da chang'i uchayotgandim. Bir yigit bilan mashinaga chiqdik. 1971-yil Ogayo shtatidamiz. Chiroyli, quyoshli kun edi. Mashinada jimgina haydab ketyapmiz. Lekin hammasi juda g'alati edi. Odatda odamlar gaplashib ketishadiku. 100 mildan keyin "Shu yerda tushib qolaman" dedim. U mashinani to'xtatdi. Eshikni ochdim. O'zim o'tirgan tomondan tushdim. Narsalarimni olish uchun orqa bagajni ochdim. Qo'lim eshik tutqichida edi. Barmoq bilan ochiladigan joyi borku.

U bo'lsa mashinani haydab ketdi. Orqasiga qarab meni ko'rdi. Osilib qolganimni ko'rganida battar gazni bosdi. Menimcha sumkalarim ichida oltin bor deb o'yladi shekilli. Orqa oynadan ko'rib turgandim, taxminan 70 mil tezlikda ketardi. Qo'lim biroz bo'shashgandek bo'ldi. Katta yo'lda uchib ketyapmiz. To'satdan hammasi sekinlashdi. Hamma narsa sekinlashdi. Atrofimni yorug'lik nuri g'umbak kabi o'rab olgandek bo'ldi. Bir ovozni eshitdim. Yoki hayolimda jarangladimi. Kimdir "Hozir emas. Hozirmas" dedi. Katta yo'lga yaqinlashar ekanmiz, gaplarim ham juda sekin eshitilardi. O'lim haqida o'yladim. Nimadir qilib qaddimni o'ngladim, qo'limga tosh kirib qolgan ekan, iyagimdan qon oqardi.

Yaqin atrofda bir kasalxonaga kirdim. Mana shu joyimdan iyagimni tikib qo'yishdi. Birorta suyagim sinmabdi. Yo'lda davom etdim. Lekin juda mazza qilgan edim. Alloh ana shunda mening hayotimni saqlab qolgan edi. Yana bir kuni Floridada edim. Bir uyni tomiga chiqib olgandim. Katta dengiz qushi konditsioner oridan men tomonga qarab kela boshladi. Meni orqaga surdab ketayotgan edi. 12 qavat tepadaman. Qavatning qirrasiga kelib qoldim. 12-qavatdaman. Ortimda esa Atlantika Okeani bor edi. Mayami Sohilida edim. Keyin orqamdan kimdir kafti bilan itarib yubordi. Yagona Alloh mening guvohim. Katta qo'l meni ichkariga itarib yuborganini his qildim. Chunki tanam butunlay orqaga og'ib ketib bo'lgan edi.

Yana ozginadan so'ng yiqlishim aniq edi. Lekin to'satdan shunday voqea bo'ldi. Mana shu ikki safar hayotim saqlab qolindi. Alloh rost ekanini bilganimda uning menga yaqin ekanligini his qildim. Ha. Musulmon bo'lganingizdan keyinchi? Qandaydir duoingiz ijobat bo'lishi yoki shunga o'xshash. Men musulmon bo'lganimdan keyin moddiy narsalarga qiziqmaydigan, moddiy narsalarga ahamiyat bermaydigan taqvodor rafiqa so'radim. Taxminan 2015-yil edi, jamoadagi ba'zi birodarlarim meni bir qiz bilan tanishtirishdi va uni uyga olib kelishdi. Uyda aylanib yurardik va qolgan kattalar esa oshxonada edi. Men esa unga uyni ko'rsatayotgan edim. U menga, "Hech nimani ko'rsatishingiz shart emas.

Men moddiy narsalarga qiziqmayman" desa bo'ladimi. Alloh duoyimga javob qildi. U "Mana o'sha qiz" degandek bo'ldi. "O'zing so'rading" Keyin biz turmush qurdik. Alloh uni rahmat qilsin. U o'tib ketgan. Taqvodor ayol so'ragandim. Mana taqvodor ayol. U esa Allohga qilgan duoyimdagi so'zlarni aniq aytdi. "Moddiyatga qiziqmaydigan ayol" degandim. U esa uchrashganimizda aynan o'sha so'zlarni aygandi. "Atrofni ko'rsatmang, moddiyatga qiziqmayman" dedi. Men esa "Xudoga shukr" dedim. Haqiqy Yahudiy uchun hayotdagi eng katta maqsad nima? Men Yahudiy oilada tug'ilganman.

Hayotimdagi eng katta maqsadim, ikkita payg'ambar haqidagi ma'lumotlar yo'qligi va shu sabab, musulmon bo'la olmayotganimni anglash edi. Masalan Payg'ambar alayhissalomning sahobasiga aylangan yahudiyni eshitganmizku, to'g'rimi? Men uchun hayotdagi maqsad shu edi. Men uchun bir yahudiyning eng katta orzusi shu. Ya'ni Yahudiy bo'lishning o'zi Islomgacha bo'lgan yo'lning yarmi xolos. Xuddi Xristianlik kabi Yahudiylik ham brend xolos. Lekin Islom hech qanday brendga muxtoj din emas. Bu tinchlik dini. Yelkamizdagi vazifa. Uning qandaydir jarangdor ismi bo'lishi shart emas, to'g'rimi? Demak men uchun Yahudiy sifatida eng katta orzu Musulmon bo'lish bo'lgan ekan.

Tajribangizdan kelib chiqib, Isroil haqida nima deya olasiz va bu yerda qanday dunyoqarash mavjud? Isroil mamalakati o'zi qanday dunyo? Bu spektrumga o'xshaydi. U, Isroil davlati bo'lmasligi kerak deydigan Ortadoksal Yahudiylardan farq qiladi. Sionizm yomon g'oya. Ularga ahmoqdek qarashadi. G'azodagi odamlarni och qoldirib yo'q qilmoqchi bo'lgan odamlarga kelsak. Ya'ni ular G'azoga kirib borib odamlarni o'ldirishni istashadiku. Ular bu ishni tugatmoqchi. Ba'zi Isroildagi odamlar bunga qarshi qo'zg'alon qildi. Shu kichik davlatda har xil turdagi odamlar bor.

Lekin hukmron bo'lganlar, nazorat tepasida bo'lganlar, falastinliklarni och qoldirmoqda va ular u yerdan o'tmoqdalar va biz gapirganimizdek, quruqlikdagi operatsiyalarini kengaytirmoqdalar. Ularning asosiy topshirig'i, hududni egallash, odamlarni qirish va shaharni istilo qilish. Va butun dunyoda ularni hech kim to'xtata olmayapti. Genotsid bo'lishiga jim qarab turibmiz. Hududni egallashdan maqsad nima? Buyuk Isroil degan maqsad bor. U Nildan Furotgacha bo'lgan hududlarni qamrab oladi. Shuningdek Misrning bir qismi, butun boshli Livan, Suriya, Iordaniyaning bir qismi, Saudiya Arabistonining bir qismi ham shuning ichiga kiradi. Umuman olganda juda katta hudud.

Bularning barchasi yahudiylarning tarqalishi va Yangi Dunyo Tartibini yaratishning bir usuli xolos. Isroil esa uning boshqaruv markazi bo'ladi. Ularni rejasi shu. Sionistlar Amerika hukumatini boshqaradi. Hozirgi gaplarim sabab qamalib ketishim mumkin. Ular agar siz Isroilni tanqid qilsangiz yoki Falastinni qo'llab-quvvatlasangiz, bu antisemitizm hisoblanadi va sizga 20 yilga qamoq jazosi va 1 million dollar jarima solinishi mumkinligi haqida qonun chiqarishmoqchi. Kongresda shuni ko'rishyapti. Menimcha bu amalga oshmaydi, lekin Kongresga kelganini o'zi katta muammo. Bu sizga 1933-yildagi Germaniya kabi, hozir faqat musulmonlar, yahudiylar emasligini anglatadi. Tarix qaytalanayotgandek.

Kennedining o'ldirilishi, Vetnam voqeasi, 11-sentabr voqeasi. Bu ishlar o'z o'zidan sodir bo'lmaydi. Menimcha hammasi uyushtirilgan. Hammasi reja qilingan. Bu voqealar yangiliklarda chiqishidan avval ularning devorlarida osilib turgan. Ishonamanki bu ularning rejasining bir qismi xolos. Agar Muhammad (s.a.v.) hozir eshikdan kirib kelsalar nima degan bo'lar edingiz? Avvalo o'rnimdan turib Assalomu Alaykum degan bo'lardim. Keyin u kishini kutardim. U kishiga chin qalbimdan rahmat aytardim. Rahmat aytgan bo'lardim. Boshqa nima ham deya olardim? Allohga xizmatingiz uchun rahmat. Meni to'g'ri yo'lga boshlaganingiz uchun va menga yordam berganingiz uchun rahmat derdim-da.

75 yillik hayotingiz davomida haqiqatni qidirib, nihoyat haqiqatni topib, butun umringizni o'tkazganingizdan so'ng, agar sizga Super Bol reklamasida butun Amerika jamiyatiga yoki hatto butun dunyoga murojaat qilish imkoniyati berilsa, nima degan bo'lardingiz? Aytaylik hamma sizni eshityapti. Hammaga salom bo'lsin. Ko'p vaqtlarini olmayman. Bir daqiqaga sig'dirishga harakat qilaman. Kim bo'lsangiz ham, qayerda bo'lsangiz ham, gapimni unutmang. Hozir sizning yuragingizni va mening yuragimni urdirib turgan yagona Allohdan boshqa ibodatga loyiq xudo yo'q. Muhammad uning so'ngi elchisi bo'lib u haqida Muso ham, Iso ham, va boshqa muqaddas kitoblarda ham bashorat qilingan.

U butun dunyoga payg'ambar. Barchalaridan Alloh rozi bo'lsin. Barchani o'z haqqini talab qilishga chaqiraman. Televizor sizni aldaydi. Islomni chin dildan o'rganing, shuning o'zi kifoya. Birodar Abu Mujohid, go'zal hayot yo'lingizni gapirib berganingiz uchun sizga katta rahmat. Alloh sizga Jannatni mukofot qilib bersin. Sizga ham, jamoayingizga ham. Alloh meni shu darajaga chiqarganidan minnaddorman. Alloh ishlaringizga rivoj bersin, o'zi yor bo'lsin. Qilayotgan ishlaringiz ko'pchilikning yuragiga yetib borsin.