Nasroniy Da'vatchisining Islomga Kirishi! -"Men Musulmonlarni Nasroniylarga O'zgartirmoqchi Bo'ldim"
Nashr sanasi
Iso (a.s.) mening najotkorim ekanligiga ishonardim. Xullas, men Baptist ruhoniysi bo'lishga qaror qildim. Musulmon do‘stimni nasroniylik dinini qabul qilishga chorladim. Shunday qilib, men Iso (a.s.)ning aytganlarini o'qidim. Unda aytilishicha, "Ota Mendan buyukroqdir". U xochda turarkan, "Ey xudo, nega meni tashlab ketding?" derdi. Bular shunchaki hayqiriq edi, "Men Xudo emasman". Injil men ga payg'ambar Muhammad (s.a.v.) ergashishni buyurgan. Uyga keldim va "Senga bir narsa aytmoqchiman", dedim xotinimga. "Men musulmon bo'lmoqchiman." Uning yuzi esa... "Salom!"dan "Nima?!"ga o'zgardi Assalamu alaykum, birodar Halil Mik. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur.
sizni bu yerda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Men, Halil Mik kim? degan savol bilan boshlamoqchiman. Hayotingiz haqida bizga qisqacha aytib bera olasizmi? Ismim Halil Mik. Texasning Dallas shaxridanman. Men nasroniy oilasida voyaga yetganman va Baptist ruhoniysi bo'lishni xohlardim. 1989-yilda dinlarni qiyoslashni o‘rganayotib, islom dinini qabul qildim. Xullas, 34 yil oldin men musulmon bo'ldim. Men, shuningdek, AQShdagi musulmonlarga immigratsiya, fuqarolik va jinoiy ishlarda yordam beradigan milliy xayriya tashkiloti hisoblanuvchi Amerika Musulmonlar Huquqiy jamg‘armasi asoschisiman. Diniy e'tiqodingizga ko'ra hayotingiz qanday edi? Nimalarga ishonar edingiz?
Men nasroniy Baptist bo'lganman. Iso (a.s.) mening najotkorim ekanligiga va u bilan kelgan hamma narsaga ishonardim. Demak, dindor oiladan chiqqansiz. E'tiqodingiz qanday edi? Ha, nasroniy oilasida o'sganman, onam, akam, singlim va men yakshanba kuni barchamiz cherkovga, va yozda esa Injil maktabiga borardik. Bir kuni, cherkovimizga da'vat qiluvchi bir kishi keldi, u asosan do'zax haqida gapirardi. Biz tomosha qilishimiz uchun ular buni katta ekran orqali namoyish qilishar edi. Ular odamlar o'lishi yoki shunga o'xshash hodisalar qanday bo'lishi, farishtalar ularni jannat yoki do'zaxga olib ketishini ko'rsatishardi Keyin esa, do'zaxda nima bo'lishini ko'rsatishdi.
Bilasizmi, men o'sha paytda 6 yoki 7 yoshda edim. ikkinchi yoki uchinchi sinfda o'qirdim. Va bu narsa meni juda qo'rqitgan. Men o'sha kecha nasroniy bo'lganman. Keyin men mahallamdagi barcha bolalar va ularning oilalarini ertasi kuni yana ko'rish uchun kelishga taklif qildim. Men shunday qildim. Bu hissiyotga boy edi. Ulg'ayganimda esa, bu yakshanba uchun oddiy narsaga aylandi. Kollejga borganimda esa men o'z e'tiqodimni amalda bajarmadim. Men bir yarim yosh paytimda onam avtohalokat sababli vafot etgan. Uning o'limi sabab otam sug'urta badali olgan. Shuningdek, bolalar va men ham sug'urta badali olganmiz. Bu oshib boruvchi haq edi va men 18 yoshga to'lgunimga qadar u oshib bordi.
Bu pullar menga birdaniga berildi. Shunday qilib, 18 yoshimda pulim, erkinligim bor edi, lekin kollejda ko'p ziyofatlar qilardim. U yerda zavqlanardim. Ammo o‘qishni tugatmoqchi bo‘lgan yilga kelib, qilayotgan barcha ishlarim me’yordan tashqarida ekanligi va tarbiyam yomon tarafga o'zgarayotganini his qila boshladim. Shunday qilib, men o'zimning diniy hayotimga qaytishim kerak, degan qarorga keldim. Shu bilan birga, bilasizmi men Baptist ruhoniysi bo'lishga qat'iy qaror qildim. Diplomimni qo'lga kiritdim va shunga ko'ra qat'iy reja tuzdim. Xo'sh, Islomga bo'lgan sayohatingiz qanday boshlandi? Bizni o'sha kunlarga olib bora olasizmi?
Islomga sayohatim kollejning so'nggi yilida, baptist ruhoniysi bo'lishga qaror qilganimda boshlangan. Men madrasaga kollejni tashlab emas, balki diplomimni olganimdan keyin borishga qaror qildim. Yana bir yil o'qishim kerak edi. Qalbimdagi g'ayrat tufayli men barcha do'stlarimni, hamkasblarimni, tanigan barcha odamlarni diniy suhbatlarga jalb qila boshladim, bu holatda qanday qilib odamlarni qutqarish haqida o'ylashim mumkin edi, to'g'rimi? Butun vazifa boshqalarni ham nasroniyga aylantirishdan iborat edi. Xo'sh, boshqa dindagilar bilan qanday suhbatlashaman va ularni nasroniylikka qanday ishontiraman? O'yin-kulgi sifatida harakat qildim.
Bitiruv yilida qiladigan ishim faqat so'rash edi, "Sizning e'tiqodingiz qanday, nima uchun?" So'ng ularni tinglardim. Keyin bir musulmon bilan do‘stlashdim. Men u bilan avvalroq do‘stlashgan edim, lekin hech qachon din haqida gaplashmaganman. Undan so'radim, "Sening diniy e'tiqoding qanday?" U aytdiki, "Men musulmonman." 80-yillarda, men kollejda o'qib yurganimda bu nimani anglatishini bilmasdim. Axir, bu nima? Bu qadriyatmi yoki bu dinmi? Shu haqida o'ylar edim. “Men musulmonman”, dedi va e'tiqodi haqida aytib bera boshladi. Men esa diqqat bilan tinglar edim. Hayolimda esa, "Sen yo'ldan adashgan nasroniyga o'xshaysan.", deya o'ylar edim.
men islom yoki musulmonlik nimaligini bilmasdim, lekin qalban juda yaqin edi. Siz allaqachon uni tushungan edingiz. Bilasizmi, siz juda yaqinsiz? Shunday qilib, men: "Eh, men madrasaga borishdan oldin kimnidir qutqaraman" deb o'ylar edim. Men musulmon do'stimni nasroniylikka olib kirishga harakat qildim. U esa dini haqida gapirishdan zavqlanardi. Yo'q, u bundan charchamasdi. U hech qachon bahslashmagan, taqqoslamagan. Men unga Iso haqida va nima uchun bunday bo'lgani haqida aytib berishga urinardim, u esa men qanchalik yaxshi ekanligimni, bu suhbat qanchalik ajoyib ekanini o'ylardi.
Ammo hayrlashganimizda, keyingi safar ko'rishganimizda, u menga rivoyat va shunga o'xshash narsalarni aytardi, biz buni muhokama qilardik, bu esa qiyosiy diniy suhbat edi. Juda ko'p rivoyatlarni eshitdim. Shulardan biri “Injil Xudoning Kalomimi?” deya nomlanar edi. Unda Ahmad Didat Injilning tarixiyligini ta'kidlab, shunday savol berdi: bu kitob Xudoning Kalomimi? U kitobda o'z tahlilini qiladi. Muammo shundaki, men Muqaddas Kitob haqiqat ekanligiga 100% ishonardim. Uni o'qib, o'rganib, cherkovda darslarga qatnashib katta bo'lganman. Ammo hech qachon Injilning tarixini o'rganmaganman. Biz bu kitobni qanday o'rganardik?
Uning har bir bobida nomlar bor, shuning uchun kitobni insonlar yozgan va kitob sifatida jamlagan deb o'ylayman. Demak, bu faqat o'tmishdagi odamlar, ular bu narsalarni yozish uchun Xudo tomonidan nozil qilingan. Lekin, men bu narsa hech narsani isbotlamasligini ta'kidladim. Shunday qilib, Injilning mavqeyini himoya qilish uchun uning tarixini o'rganishim kerak. Men har narsaga shubha bilan qarayman. Men o‘zimni shunga bag‘ishlashim kerak, dedim. "Sizning e'tiqodingiz qanday va nima uchun?” kabi savollar bilan o'zimni chalg'itish o'rniga, men Injilning tarixini o'rganib, uni boshqalarga tushuntira olishim kerak. Bu jarayonni men 100% ishonch bilan boshladim.
Keyin Injil bizga qanday kelganini o'rgana boshladim. Muso va Iso alayhissalomlar aytgan narsalarniini o'rganishni boshlaganingizda, tarixiy hujjatlarning nusxalariga qarashga to'g'ri keladi. Xo'sh, hayron bo'ldim, Yangi Ahd. Iso payg'ambar davridagi Falastin tili bo'lgan oromiy tilida asl qo'lyozmalar yo'q. Ibroniy tilida ham hech qanday hujjat yo'q, u yahudiy bo'lgan va ular o'zlarining xabarlarini doim ushbu tilda saqlab kelishgan. Demak, bizda ibroniy va oromiy tilida hech narsa yo'q. Bizda bor hujjatlar faqat yunoncha, keyinroq lotin tilida saqlangan. Shuningdek, har bir kitobdan 10 ming nusxadan bor. Matto, Mark, Luko va Yuhanno. Shunga qaramay, ikkita bir xil nusxa yo'q.
Bu ishonishingiz va tushuntirishingiz mumkin bo'lgan narsadir. Lekin bu mening nazarimda unchalik kuchli dalil emas edi. Ba'zilar uddalaydi. Biroq, siz o'rganishda davom etsangiz, xuddi Injilga kiritilmagan boshqa kitoblar ham borligini bilib olasiz. Darhaqiqat, katolik Injili va protestant Injili bor, ular bir-biridan farq qiladi. Boshqacha aytganda, 2000 yillik xristianlik e'tiqodi. Injilda hali noma'lum bo'lgan mualliflar ham bor. Injilning tarixiini o'rganib, uning nufuziga boshqalarni ishontirishda men uchun xavotirlar paydo bo'la boshladi. Men bilmaganlarimni o'rganyapman. Qancha ko'p bilganim sari shubham orta boshlayapti.
Bu jarayon yahshilanmayotgani uchun hafsalam pir bo'lgunicha davom etdi. Qancha ko'p bilsam, shuncha yomon bo'lardi. Atayin musulmon do'stimdan so'rayman. Men undan, "Qur'on haqida gapirib berchi", deb so'rayman. "Uning tarixiyligi nimada?" Shunday qilib, u payg'ambar hayoti bayon qilingan kitobdan misollar keltiradi. Bilasizmi, Quronning tarixiy asosi juda sodda. Towards Eternity jamoasi sizning yordamingizga muhtoj. Biz islom dinini butun dunyoga 10 dan ortiq tilda yoyishni maqsad qilgan xayriya tashkilotimiz. Yordamingiz bilan odamlar islomni qabul qilishlari, haromdan kechishlari, namozni boshlashlari, hijob o'rashlari, Qur’onni o‘rganishlari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin.
Bu amallarning barchasidan siz ham savobga ega bo'lasiz, inshaAllah. "Towards Eternity" ga ehson qiling va bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Men esa kitobni olaman va Islom manbalarida Qur’on haqida nima deyilganini o‘rganaman. Tezda, "Bu mutlaqo boshqacha tarix" degan xulosaga keldim. Qur'on arab tilida. U payg'ambar tilida. Va bu o'sha davriga borib taqaladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davridan beri yozib kelingan va yodlangan. Demak, uning tarixi juda sodda, shundaymi? Bu biror so'zni haqiqatga aylantirmaydi, lekin, haqiqatni inkor ham qilmaydi. Xullas, ikki kitob bir-biridan juda farq qilgani va Injilda Qur'ondagi bazi masalalar bo'lmagani uchun men battar xafa bo'ldim.
Bilasizmi, bu yordam bermayotgandek edi. Umid qilardimki, hamma bir qayiqda va men suzishda davom etaman. Lekin bu yordam bermadi. Ahmad Didatning risolalarini o'qiganimda, uning "Injilda Muhammad" risolasiga ko'zim tushdi. Bu shunchaki kichik bir varaqada va unda shunday deyilgan edi. "Muhammad Injilda." Nega unga ishonmayapsiz? Umrim davomida cherkovda bo'lganga o'xshardim. Men odamlar bilan gaplashardim, ularni tinglardim. Lekin, Uning ismini bir marta tilga olinganini bilmayman. Yaxshi ham, yomon ham emas. U hech qachon biron bir mavzuga kiritilmagan. Bilasizmi, Uni Injilning biron sahifasida ko'rmaganman. Endi men Ahmad Didat va uning kitoblari bilan bahslashaman.
U menga chorlamoqda edi. Shunday qilib, agar siz masihiydan Isoni ular aytgani kabi isbotlashni istasangiz, ular Eski Ahdga murojaat qilib, shunday deyishadi: "Hoy, u bu yerda zikr qilingan. Buni bajaradigan payg'ambar bo'ladi. U shu hududdan. U uni qiladi, u buni qiladi." Aytmoqchimanki, U bunga juda mos keladi. Xo'sh, qanday qilib Uni rad eta olasiz? Lekin hech qachon Iso (a.s.) haqida Eski Ahdda aytilmaydi. Uning ismi tilgan olinmagan. Har safar ikkalasi solishtirilganda, men nasroniylarning tushuntirishidan ko'ra Ahmad Didatning tushuntirishini ma'qul ko'raman. Menimcha, bu juda ishonchli xulosa bo'lib qoladi, Injil, Yaratilishdan qiyomat qoyimgacha, ushbu Payg'ambar haqida gapiradi.
Unda Payg'ambarning qayerdan kelishi, qanday qilib kelishi, barcha muhim narsalar va Payg'ambarning hayoti Injilda borligi aytiladi. Men esa buni tashvishli deb hisoblayman. Balki, men ikkilanib qolgan musulmondirman. Menda hozirda Injilning 50 tadan 100 tagacha juda ravshan oyatlari bor. Bu yerda Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) bo'lishi kerak. Hebron tilida "HMD", bu esa arab tilidagi Ahmadga o'xshash bo'ladi. Barcha xalqlar uchun Ahmad keladi. Va u, bilasizmi... Uning uyi oldingisidan kattaroq bo'ladi, bu esa Quddusdan Makkaga o'tishni anglatadi.
Tavrotning 32-bob 1-3 oyatida shunday deyilgan: "Xudo Sinai tog'idan keldi, Seirdan porladi," ya'ni Falastin, "va Paran tog‘idan nur sochdi." Yaxshi? Demak, agar Xudo Sinaydan kelgan bo'lsa, bu Musoga to'g'ridan-to'g'ri ishora qiladi." Agar U Seirdan yorishgan bo'lsa, Isoning xizmatlari Falastinda uch yil davom etdi. Bu yerda kimni nazarda tutayotgani juda aniq. Paran tog'ida kim porladi? Va u qo'lida 10,000 muqaddas, olovli qonun bilan keldi. bu kim bo'lishi mumkin? Xo'sh, Paran qayerda? Demak, u bo'lishi kerak... Odamlar bu haqda doimo bahslashadilar, lekin bu Injilda aniq ko'rsatilgan.
Unda shunday deyilgan: “Ibrohim Hojar bilan o‘g‘li Ismoilni olib chiqib, Paran sahrosida qoldiradi, u kamonchi bo‘lib ulg‘ayadi, keyin esa...”. Xo'sh, Paran qayerda? bu Makka. Payg'ambar qayerdan kelgan? Parandan. U qo'lida 10,000 muqaddas olovli qonun bilan kelganmi? Ha. Qur'onda aytilishicha, ular Muhammad (s.a.v.) ni yaxshi bilishadi, va hatto ular Muhammad (s.a.v.) ni o‘z o‘g‘illaridan ko‘ra yaxshiroq taniydilar. Chunki nozil qilingan vahiylar shunchalik ravshan, aniq va mukammal ediki, uni rad etish uchun ulardan bexabar bo‘lish kerak edi. Shunday qilib, bu hali ham muammo bo'lib qoldi, Iso (a.s.) nasroniylikda juda ta'sirchan va sirli bo'lib qolmoqda. U esa dindir.
Aytmoqchimanki, u dindir va barchasi u orqali yo‘naltirilgan. Nasroniy sifatida siz qanday qilib Iso (a.s.)dan voz kechib, boshqa dinga o'ta olaman, deb o'ylaysiz? Bu shunchaki ilojsiz, Siz bunday qila olmaysiz. Shunda men Ahmad Didat yozgan yana bir kitob "Iso: Islom Payg'ambari" ekanligini bilib oldim. Men aytamanki, "Yo'q, u nasroniy". Ammo keyin musulmonlarning fikriga quloq solsangiz, u qilgan hamma narsaga qo'shilasiz, to'g'rimi? Bu uning hayoti, mo'jizalari, tug'ilishi... Hammasi yaxshi. Ammo biz uni Xudo deb o'ylamaymiz. Demak, u Xudomi yoki yo'q? Qachonki gap bu savolga yetkanida, barchasi ayon bo'ladi. bu ikki din deyarli bir xil. faqat najot masalasida farqlanadi.
Jannatga qanday kirasiz? Isoning Xudo ekanligiga va sizning gunohlaringiz uchun o'lganiga va U siz uchun hisob-kitob qilgani uchun siz jannatga borasizmi? Yoki musulmonlik - yakka xudoga ishonch va tavhid - sizning najotingizmi? Men esa Isoning aytganlarini o'qdim. Injilda shunday deyiladi: "Ota mendan ko'ra buyukroqdir. Iso, Men o'zimdan boshqasiga yaxshilik qilmayman. Nega meni yaxshi deb chaqirasizlar? Otadan boshqa yaxshilik yo'qdir." Men Iso haqida o'qiyapman, u esa takror va takror buni inkor etyapti. Nega u bunday qiladi? Nima uchun bu sodir bo'ldi? Endi uzr so'rab, o'zini oshkor qilish vaqti emas edi. Lekin, shubhasiz, undan ko'p marta "Siz kimsiz?
Nima uchun keldingiz?" deya so'ralgan. Va u ularga javob berdi, bilasizlarki, "Payg'ambar" va hech qanday aloqasi yo'q... U bizga samodagi otamiz deb ibodat qilishni o‘rgatgan. Xochda turarkan: "Ey xudoyim, nega meni tashlab ketding?" derdi. Va u "Men Xudo emasman" deb hayqirardi. Ha hech qanday diniy apologistikasiz. Bu oydin. "Yo'q, men emas" derdi. Shunday qilib, fikrlayman, yaxshi. Injil meni payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga ergashishimni buyurganiga amin bo'ldim. Shunday qilib, meni maktabim joylashgan Dentondagi masjidga bordim. Men masjidga kirdim, endi buning barchasi ilohiy tushuncha ichida edi. Qalbimda nimalar bo'layotganini hech kim bilmas edi.
Va men musulmon bo'lishga qaror qildim. Hatto bu haqida do'stimga ham aytmadim. Men shunchaki masjidga bordim. Masjid eshigini ochmoqchi bo'ldim. Lekin u qulf edi. Qanday qilib shahodat keltirdingiz? Men masjidga bordim, u esa qulf edi. Xullas, men faqat yo'l chetiga o'tirib, nima qilish haqida o'ylardim. Kimdir kelgunicha kutaymi yoki ketaymi? O'zim bilan bahslashyapman. Men u yerda 5, 10 daqiqadan ko'proq bo'ldim. Shunda mashina kela boshladi. Men esa, "Yaxshi, kimdir keldi.", deb o'yladim. U mashinadan tushdi, biroz yurdi va menga, "Sizga yordam bera olamanmi?", dedi. Men esa, "Ha, men musulmon bo'lmoqchiman.", dedim. U eshikni ochdi, namoz vaqti bo'lgan edi. Meni ichkariga taklif qildi.
Ular hayajonda "Buni, uni bilasizmi?" deya so'radilar. Men esa islomning arkonlarini, iymon qoidalarini bilmas edim. Men shuni bilamanki, bu ikki din haqida men tushungan narsa, najotni hisoblamaganda, ular bir xil. Yoki birlik yoki tavhid. Men shu yerdaman, demak tavhidning haq ekaniga ishonchim komil. Men shahodat keltiraman va musulmon bo'lmoqchiman. Keyin, shahodat keltirdim. “Halol va harom” degan kitobni berishdi va ketishimga ruxsat berishdi. Bu kitobni inglizcha tarjimasi edi. Bu juda qiziq hikoya edi. Men va mening 34 yoshli rafiqam, kollejda o'qigan paytimiz hali turmush qurmagan edik. Turmush qurish uchun o'qishni tamomlashni kutayotgandik. Lekin, 3 yildan beri uchrashardik.
Unashtirilgandik va nikohni rejalashtirardik. Men psixologik tadqiqot olib borardim. U meni Baptist ruhoniysi bo'lishim haqida o'ylardi. Men esa musulmon bo'lishga qaror qildim. Lekin, bu haqida odamlarga aytmadim. Buni faqat qalbimda saqlar edim. Masjidda shahodat keltirib uyga qaytganimdan so'ng, Men ayolimga "senda gapim bor", dedim. U esa, "Nima gap?", dedi. "Men musulmon bo'lmoqchiman." "Xullas shahodat keltirdim va Musulmon bo'ldim" dedim. Uning ko'zlari hayrat bilan menga boqdi. Va birdan "Salom!" dan "Nima?!" ga o'zgardi. "Nima qilding?" dedi "Men musulmon bo'ldim.", deya takrorladim. U esa, "Nega, axir sen..." U qichqira boshladi va xafa bo'ldi.
"Men bilmayman qayerdan bu fikrga kelding. Men rozi emasman" dedi. Va u hech qachon qilmoqchi bo'lmagan narsalar ro'yxatini tuzishni boshladi. So'ng tinchlandi. Faqat men uchun baxtli bo'l. Nima qilishing menga qiziq emas. Bu o'zim uchun dedim Xullas, u tinchlandi. Men "Halol va harom" kitobini oldim. Uni o'qishni boshladim va qisqa vaqt ichida musulmonlar ribo (foiz) bilan muomala qilmasligini angladim. Men moliya mutaxassisligi bo'yicha diplom oldim. Men foiz stavkalari, pul orqali qanday qilib pul ishlashga ixtisoslashganman. Men endi Baptist bo'lmoqchi emas edim. Xo'sh, endi nima qilaman? Shunday qilib, men ish qidira boshladim. Va yuk tashuvchi savdo vakili sifatida ishga olindim.
Mening ishim korxonalarga qo'ng'iroq qilish: "Mahsulotingizni jo'natish uchun bizning yuk mashinalarimizdan foydalaning" derdim. Daromad qilishni boshladim. Halol va harom haqida o'qiyotganimda, musulmonlar cho'chqa go'shti yemaydilar, deb yozilgan ekan. O'yladim. Nasroniylar fikricha cho'chqa harom edi. Iso (a.s.) o'ldi, hammasi toza bo'ldi. Uni yeyish mumkin bo'ldi. Men cho'chqa go'shtini yeb katta bo'ldim. Musulmonlar esa haligacha yeyishmas ekan. Ayolimga borib aytdim, "Hoy, men bir narsani o'rgandim." U esa, "Nimani?" dedi. Men javoban, "Musulmonlar cho'chqa yeyishmaydi. Qachonki biror taom tayyorlaganingda menga u go'shtdan berma Alohida qil" dedim.
U esa "O'zingiz bilasiz..." U menga shunday g'amgin nigoh tashlab biroz xafa bo'ldi. Uning fikricha, men dinga kirib ketgandim. U: “Men buni qilmayman”, degandek edi. U nima qilmoqchi emasligi haqida gapirardi. Men unga, "Bu haqida qayg'urma. Qilging kelgan ishni qil. Faqat meni tinch qo'y." derdim. Bir necha sahifani o‘qib chiqdim, u yerda musulmon erkaklar tilla taqmaydi, deb yozilgan ekan. Men esa allaqachon tilladan to'y uchun uzuk tanlagan edim. Men ayolimga borib, "Hoy, uzukni kumushga almashtirsak nima deysan?", deya so'radim. U nikoh uzugini yechib, xonaning narigi tomoniga uloqtirdi va “Xohlamayman", dedi. U xafa bo'ldi, biroz o'tib esa tinchlandi. "Hech qachon...", dedi.
Men, mayli. Lekin, u... Gapning qisqasi, biz tugatdik... Men unga masjidga borib islomiy turmush qurishni taklif qildim. Cherkovga bordik va biz rejalashtirganimizdek, butun to'yni o'tkazdik. Shunday qilib, ikkita to'y. Rafiqam esa bunga bazo'r chidadi. U meni juda yaxshi ko'rardi, lekin qilayotganlarimni g'alati deb o'ylardi. Men Omaxadagi musulmonlar jamoasi taklifiga binoan ular bilan uchrashdim. Ular menga rok yulduzidek munosabatda bo‘lishdi, “Hoy, oq tanlisan, sen musulmonsan, biz seni yaxshi ko‘ramiz”, deyishdi? Masjidda qiyosiy dinga oid kitoblari jamlangan kutubxonasi borligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Da'vat videolari yoki musulmonlar nasroniylar bilan munozaralari...
Aytmoqchimanki, juda ko'p yaxshi narsalar bor edi. Men ularni o'qigani uyga olib borib, o'qib chiqdim va keyin xotinimga aytdim: "Qara, men nimani o'rgandim." U biroz muddat tingladi. 5-10 daqiqa eshitganidan so'ng, "Yetar, boshqa eshitishni xohlamayman. Menga yetarli. Meni tinch qo'ying.", dedi. Bir kun men uyga keldim. Bu safar ma'lumotlarni, videolarni bir necha oy o'rganganimdan keyin edi. Men havotirda edim. Men musulmonman. Buni qilyapman. U hayotimdagi o'zgarishlarni ko'ryapti. Bu unga ta'sir qilmaydi. U shunchaki kuzatar edi. Bir kuni, "Boshqa musulmonlarni ko'rishni xohlayman.", dedi. "Men sen uchun yetarli emasmanmi?", dedim.
Keyin esa masjidga bordim: “va, ayolim boshqa musulmonlar bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi. Shunga nima deysizlar?", deya so'radim. Ular javoban, "Birodar, bizda halqa bor." deyishdi. "Juma kuni bir guruh oilalar bir uyda yig'ilishadi. Qur'on tafsirini o'qiymiz, biroz suhbatlashamiz. Keyin ovqatlanamiz, keyin namoz o'qib, uyga qaytamiz". “Nega uni yig'inga olib kelmaysiz, bilasizmi, hammamiz ziyorat qilishimiz mumkin”, dedi. Men: “Ajoyib”, dedim. Keyin biz birinchi yig'inga bordik. U birinchi marta musulmon ayollar, bolalar va erkaklarni oddiy, kundalik muhitda o‘zaro muloqotda bo‘layotganini ko‘rmoqda edi. Va u bundan zavq oldi. Bu u uchun kutilmagan hodisa edi.
U nimani kutganini bilmayman, lekin bu uning uchun ijobiy hodisa edi. Xullas, biz ketma-ket yig'inlarning 1-2 tasiga bordik. Keyingi safar boradigan payt u: "Bu safar sizlar bilan birga ibodat qilsam bo'ladimi?", deb so'radi. Men: “Xo‘p, musulmon bo‘lishni xohlaysanmi...” “Yo‘q, men musulmon bo‘lishni xohlamayman. Lekin har safar hammangiz o‘rningizdan turib namoz o‘qisangiz, men o‘tirib tomosha qilaman. Ichimda nimadir esa sizlarga qo'shilishni xohlaydi. Men ham bir qismingiz bo'lishni xohlayman. Bu zo'r bo'lardi." Men: "Ha, qo'shilishing mumkin. Shunchaki, bir safda tur va ergash.", dedim.
U nima deyishni ham bilmasdi, faqat harakatlarga taqlid qilmoqda edi, lekin ibodatning bir qismi bo'lishni xohlardi. Hammasi yaxshi, yana bir nechta yig'inda qatnashdik. Bir kun uyga kelsam u, "O'ylaymanki, men tayyorman.", dedi. "Nimaga tayyorsan?", deb so'radim. "Musulmon bo'lishga. Lekin, bunday qilmoqchi emasman..." U menga qilmoqchi bo'lmagan narsalari ro'yhatini berdi. Men o'yladim, "Axir u mening yo'limdan ketyapti. Bu esa yaxshi." U musulmon bo'ladi. Qisqa qilib aytganda, u hech qachon qilmayman degan hamma narsani hozir qiladi. Shahodat keltirganingizda nimani his qilganingizni ayta olasizmi? Nima deya olishim mumkin. Shahodat kalimasini aytish men uchun ajoyib jarayon edi.
Ammo musulmon bo'lganingizdan so'ng, siz hayotingizda hech qachon sezmagan narsani sezasiz. Bu tinchlik, osoyishtalik, qulaylik. Alloh qalbimizga muhabbat o'rnatadi. Buni qanday nomlamoqchi bo'lsangiz shuni his qilasiz. Bu sizda borligini bilmas edingiz, masalan ... Men va hayotimdagi har bir inson o'rtasida har doim qandaydir darajada to'siq bo'ladi va siz buni sezmaysiz. Aytmoqchimanki, do'stlar. Ular mening do'stlarim. Ular bilan har narsa qilaman. Musulmon bo'lib, notanish odamga "Assalomu alaykum" desangiz yoki tanishingiz bilan uchrashib, o'zingizdagi his-tuyg'ularni his qilsangiz, nimadir yetishmayotganini sezasiz. Va bu to'siq siz doimo borligini his qilmagan o'sha to'siqdir.
U ketganida, sizda haqiqatan ham shunday bo'ladi ... Bu musulmon bo'lishdan oldin mavjud bo'lmagan ruhiy aloqadir. Va bu o'ziga qaramlik hissidir. Islom dinini qabul qilishingizga oilangiz va atrofingizdagilar qanday munosabatda bo‘ldi? Ota-onam avvaliga sabr qilishdi, men uchun baxtli ko'rinishga harakat qildi. "Bu bosqich. U buni yengib o'tadi" deb o'ylaysiz, to'g'rimi? "Bu u boshidan kechirayotgan narsalar. U yosh, u ahmoq. U davom etadi." Qisqasi, bizning oilamizda janjal bo'lmadi. Rafiqamning oilasi esa biroz ehtiyotkor edi. Otasi undan shunchalik xafa ediki, hatto qizidan voz kechdi. Ammo u turmushga chiqdi va yonida men bor edim. Unga otalikdan boshqa hech narsa kerak emas edi.
Ular taxminan o'n yil davomida gaplashishmadi. Otasi allaqachon onasidan ajrashgan, shuning uchun ular alohida yashashar edi. Onasi esa “Sen baxtli bo‘lsang, men ham baxtliman” degan edi. Lekin ayolim hijob kiyishni boshlaganida, onasi ko'chaga chiqishga biroz uyalardi. Va u “men bilan bo‘lganingda hijobingni yechib olishing mumkinmi” deb so‘radi. Bilasizmi, u boshqa odamlarning unga nisbatan qarashlaridan xavotirda edi. Ammo bu kichik muammo edi va u oxir-oqibat bunga ko'nikib qoldi. Va otasi u bilan nafaqat kelishuvga erishdi, balki do'stlashdi. Keyin esa qariganda biznikiga ko‘chib o‘tdi. Biz uni o'lguniga qadar g'amxo'rlik qildik. Ularning munosabatlari eng yuqori notada yakunlandi.
Avvaliga bu biroz noqulay edi. Ammo men dahshatli voqealarni eshitdim. Qisqasi, men baxtli edim. Ya'ni biz baxtli edik. Payg'ambarimiz (s.a.v.) haqida nima deya olasiz? Ular haqidagi taassurotlaringiz. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning bizlarga yoqadigan jihati shundaki, bugungi kunda duch kelayotgan har bir masala bilan shug'ullangan. Bu ommaviy axborot vositalari bo'ladimi, joniga qasd qilish, zo'ravonlik yoki o'z oilasi, o'z jamoasi bilan muloqot. Amerika an'analarida super qahramonlar bor, shunday emasmi? Tasavvur qiling, har bir super qahramon. Sizning super qahramonlaringiz borligining sababi shundaki, odamlar bir-birlaridagi chegaralarini ko'radilar.
Hech birimiz bunday qahramonlik sifatlariga ega emasmiz. Agar biz narsalarni to'g'irlashimiz mumkin bo'lsa, bizga super qahramon yordamlashib, ishlarni to'g'irlashi mumkin edi. Qachonki, sahrodagi bir odam o'ta jaholat va zo'ravonlik davrida vahiy olgani, va siz o'ylay oladigan hamma narsani va bu qisqa vaqt ichida bir odamdan butun dunyoga qanday aks sado berganini tushunasiz. Bu o'zgarishlarga o'zi, hamrohlari, izdoshlari orqali qanday ta'sir qilishini biladigan super qahramon. Bu afsonaviy yoki fantastik qahramondan ko'ra ko'proq ilhomlantiradi. Shunday qilib, siz o'z qahramonlaringizni haqiqiy odamlar bilan almashtirasiz.
Nihoyat, hozir bizni tomosha qilayotganlar orasida qalbini Islomga yaqinlashtirayotgan, lekin qarindoshlari yoki yaqinlarining munosabatidan qo‘rqqan kishilar bor. Bunday odamlarga nima deya olasiz? Javobimni o'qisam bo'ladimi? Men bu haqda bir soniya o'yladim va qiyomat kunida ularga yordam bera olmayman. Siz Rabbingiz va Yaratguvchingiz oldida yolg'iz turganingizda, e'tiqod har bir kishi duch kelishi kerak bo'lgan shaxsiy qarordir. Siz javob berishingiz kerak, nega men bu yerdaman? Qayerga ketyapman? Nima qilishim kerak? Hech kim siz uchun javobgar emas va ular muvaffaqiyatingizda ishtirok etmaydi. E'tiqodga kuchli ishonch har qanday to'siq yoki munosabatlarni yengib o'tadi.
Aqlingiz va qalbingiz birlashganidan so'ng, siz muhtahkam tinchlik va kuch topasiz. Shuning uchun boshqalar fikridan xavotir bo‘lsangiz aslo o‘ylanmang. Samimiylik va ishonch bilan harakat qiling va Alloh har qadamda siz bilan bo'lishiga ishoning. Hamisha.