“Men Xudodan Islom haqiqat bo‘lmasin deya iltijo qildim!” – Germaniyalikning Islomga kirish hikoyasi
Nashr sanasi
U Islom haqida gapira boshlaganida, shunday dedim "Voy, bu aynan men izlayotgan narsaku. Lekin bir muammo paydo bo'ldi. Islom men uchun go'yo tajavuzkor, xatarli din edi. Bunga aql bovar qilmaydi. Keyin u kitob berdi, men o'qishni boshladim. Xudoyim, yuragim xuddi shunday urardi, tuq-tuq, tuq-tuq. Men: "Iltimos, Xudoyim, buni haqiqat bo'lishiga yo'l qo'yma. Hamma narsa, faqat Islom emas, Iltimos, boshqa narsa bo'lsin. Nega aynan shu haqiqat bo'lishi kerak?" der edim. 10 oy davomida qalbimdagi hissiyotlar o'zaro kurashdi. Kechqurun o'zimga: Marsel, bundan qochib bo'lmaydi, dedim. Birinchi ibodatim esimda. Va bu menga hayotimdagi eng go'zal tajriba bo'ldi. Assalamu alaykum birodar Marsel Kros.
Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Towards Eternityda sizni ko'rib turganimizdan hursandmiz. Suhbatni Marsel Kros kim deya boshlamoqchiman? O'zingiz haqingizda aytib bersangiz. Va alaykum assalam va rohmatullohi va barokatuh. Avvalo, taklif uchun rahmat. Bu yerda ekanligimdan mamnunman. Men Germaniyadanman, yoshim 48da. Nasroniy bo'lib tug'ildim va tarbiyalandim. 18 yoshimda Islomni qabul qildim. Shundan keyin tez orada uylandim. Hozirda 3 ta o'g'lim bor. Men elektrotexnika bo'yicha tahsil olganman va 2007-yildan beri Germaniyada Islomni targ'ib qilish bilan faol shug'ullanib kelmoqdaman. Imon nuqtai nazaridan hayotingiz qanday edi? Islomdan avval nimaga ishongansiz?
Nasroniy sifatida tarbiyalanganman. 8 yoshimgacha har yakshanba cherkovga borardim. Otam umuman hech narsaga ishonmasdilar. Onam Katolik edilar va shunga ishonardilar. Shu sabab, oxirgi vaqtlarda ular cherkovga qatnamay qo'yishgan. Men yakka Xudolikka va payg'ambarlar hayotiga ishonar edim. Ularning hayoti menga ertak kabi tuyilmasdi. Lekin men Muqaddas Uchlik ta'limotini tushunmasdim. Ya'ni Xudo, uning o'g'li va Muqaddas Ruhga. Men bunga hech qachon ishonmaganman. Men ko'p ibodat qilardim. Xuddi Islomdagidek, duoni ham ko'p qilardim. Muammolarim bo'lganida, maktabda, shaxsiy hayotimda qiyinchiliklar bo'lsa,unga ibodat qilardim.
Hattoki, o'smir yoshimda, yaxshi ko'rgan qizim bo'lishini so'rab ham duo qilganman. Hozir bu g'alati tuyilishi mumkin, lekin... ha... E'tiqodingizni shubha ostiga qo'ygan narsa nima edi? Birinchisi, Muqaddas uchlik ta'limoti,men uni tushunmasdim. Aniq xatolik bor edi. Chunki, birinchidan bu ta'limot judayam murakkab edi. Faqat birgina Xudo bor, bo'ldi. Boshqa hech nima yo'q. Yoshligimdan bu narsaga amin bo'lib kelganman. Qolaversa, o'limdan keyingi hayot haqida aniq tushuncha yo'q edi. Men aynan shunga juda qiziqardim. Va shu savolga odamlardan javob izlardim. Ulardan: "O'limdan keyin nima sodir bo'ladi?" deb so'rardim. Bunga juda qiziqardim.
Lekin Nasroniylikda bu haqida aniq javob yo'q edi. Siz Nasroniysiz va Iso siz qilgan gunohlar uchun o'lganiga ishonsangiz kifoya, qolgan hamma narsa yaxshi bo'ladi. Mayli. Biroq o'limdan keyin nima bo'ladi? Aytaylik, hozir vafot edim va meni qabrga qo'yishdi. Keyin nima bo'ladi? Shu haqida menga aytib bering. Shu haqida so'rardim, chunki din aynan shu savolga javob berishi kerak. "Buning iloji yo'q". Eh, bu juda muhim savol. Yashashdan maqsad nima? Keyin qayerga boramiz? Nega biz bu yerdamiz? Nasroniylikda bu savollarga javob topolmadim. Keyin, "Hop, bu yerda nimadir yetishmayapti" deb o'yladim. Islom haqida qayerdan eshitdingiz? Notog'ri fiklaringiz bo'lganmi?
Islom haqidagi ko'p qarashlarim xato edi. Musulmon do'stlaringiz bo'lganmi? 16-17 yoshimgacha, umuman bo'lmagan, Maktabda Pokistonlik do'stim bo'lardi. Aynan u menga Islomni tanitdi. Islom haqida biladigan narsalarimdan biri, bu, Musulmonlarni cho'chqa go'shtini yemasligi edi. Bu xuddi islomning eng asosiy ustunlariga o'xshaydi. Ikkinchisi agar bir musulmon bilan urushib qolsangiz uning 40 ta qarindoshi ortingizdan kelishi edi. Islom haqida faqat shularni bilardim. Albatta, ba'zi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalaridan olgandim, afsuski. Ommaviy axborot vositalarida doim bir xil narsani eshitasiz.
Haqiqiy Islom, va uning asil mohiyatini eshitmaysiz, balki faqat Islomiy davlat haqida eshitasiz. Odatda bu xabarlar urush, terroristlik hujum, yoki shunga o'xshash narsalar haqida bo'ladi. Islomni tajavuzkor din deb hisoblardim. Eskicha, xavflidek edi. Islomga qaytishimdan avval u haqidagi tasavvurlarim ana shunday edi. Islom tomon safaringiz qanday boshlandi? Islomda sizni nima ko'p ta'sirlantirdi? Maktabda bir Pokistonlik do'stimni uchratdim. U menga Islom haqida gapira boshladi. Avvaliga, Islomni umuman tilga olmadi. U yakka xudolik haqida gapirdi va "Yagona Xudoga ishonasanmi?" "Hech qanday Muqaddas Uchlikmas, balki yakka Xudoga ishonching komilmi?", dedi.
Men: "Ha men bunga ishonaman," dedim. Keyin u "Islom haqida nima deb o'ylaysan?" dedi. Menga shu savolni berdi.Men, "Nega Islom?" dedim. U Islom haqida gapirishni boshlaganida, tez orada bu anyan men izlayotgan narsa ekanini tushundim. U yakka Xudolik haqida gapirdi,yagona Allohni ta'riflay boshladi, uni qudratli, qodir zot ekanligini aytdi. U Islom haqida gapira boshlaganida, men "Voy bu aynan men izlayotgan narsa" dedim. Biroq keyin bir muammo paydo bo'ldi. Islom men uchun go'yo tajavuzkor, xatarli din edi. Bunga aql bovar qilmaydi. Hatto... O'zimga shunday deya boshladim, "Iltimos, Xudoyim, buni haqiqat bo'lishiga yo'l qo'yma.
Hamma narsa,faqat Islom emas, Iltimos, boshqa narsa bo'lsin, faqat Islom emas. Nega aynan shu haqiqat bo'lishi kerak?" der edim. Negaki men uni inkor qilardim. Qanday qilib bu dinga ergashishim mumkin? G'arbda Islom haqida qanday tasavvur mavjudligini bilardim. Keyin o'yladim, agar ota-onam,do'stlarim oldiga borsamu ularga Musulmon bo'lganimni aytsam... Yo'q, buni imkoni yo'q. Islom to'g'ri din ekanligiga osonlik bilan ishondim, ammo salbiy din sifatida talqin qilingani uchun qabul qilishga ikkilandim. va aytishim mumkinki Musulmonlarning xulqi ham bunga sabab bo'ldi. O'limdan keyingi hayot haqidagi savolingizga javob topa oldingizmi? O'limdan keyingi hayot haqida do'stimdan so'radim.
Zero, oldin aytganimdek, dinda bunga aniq javob bo'lishi kerak. U, "Ha, bizda bunga aniq javob bor" dedi. Qabrga qo'yilganingizdan boshlab, jannat va do'zaxgacha bo'lgan vaqtda sodir bo'ladiga hodisalar haqidagi kitob bor", dedi. Men, "Yo, Xudoyim, shuni o'qib ko'ray", dedim. Va u menga o'limdan keyingi hayotni tasvirlab beruvchi kitobni berdi. Kitobni o'qishni boshlaganimda, yuragim xuddi shunday urardi. Tuq-tuq, tuq-tuq... O'qishdan o'zimni to'xtatolmasdim. O'qiyverardim, o'qiyverardim, nimani o'qimay tasavvurimga sig'masdi. Gollivud kinolaridan bilamiz, Qachonki asteroid Yerga urilsa yoki shunga o'xshash hodisa yuz bersa, hech narsa qilib bo'lmasligini.
Koinot vayron bo'ladi, butun insoniyat qayta tiriladi, hamma yagona Alloh huzurida jam bo'ladi, so'raladi. Va kim Jannatiy, kim Do'zahiy ekanligi ma'lum bo'ladi. Men, "Xudoyim, xudoyim" deb yubordim. Keyin bu safsata emasligiga ishondim. Qat'iy qaror qabul qilishim lozim edi. Keyin o'zimga, "Marsel, bu dunyodan Islomni qabul qilmasdan o'tmasliging kerak", deb ayttim. Shunda siz Islomni haq va to'gri din deb qabul qildingiz? Qalban ishondingiz, shundaymi? Qalban ishondim. Ha. Imonsiz o'lishni naqadar jiddiy ekanini angladingiz? Ha, aynan shu sabab musulmon bo'lishga qaror qildim. Ammo shundayam ikkilanardim. Chunki Islom haqidagi yomon ta'surotlar menga qattiq ta'sir qilardi.
Oqibatlari sizni xavotirga solayotgan edi, shundaymi? Islomni qabul qilmaslik oqibatlaridan ko'proq qo'rqardim. Bu xuddi... Xullas o'zimga aytdim, "Hop, nima sodir bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha bo'ladi." dedim. Lekin shu bilan birga, agar bu qadamni tashlasam bu haqiqat bo'lsa, va men faqat unga, u istaganday ibodat qilsam, U meni yolg'iz qoldirmaydi. Yiqilishimga yo'l qo'ymaydi. Lekin bu deganim hayotda hech qanday to'siqlar, qiyinchiliklar bo'lmaydi degani emas. Alloh meni yolg'iz qoldirmaydi. U meni hech qachon tashlab qo'ymaydi - dedim. Islom bilan tanishib, uni qabul qilishga qancha vaqt sarfladingiz? Umumiy olganda bu hol 10 oy davom etdi.
Sizni musulmon bo'lishga undagan narsa nima edi? Bir safar, kechqurun moshina haydab ketayotgan edim. Yarim soat moshinamda o'tirdim, tashqari juda qorong'i edi. har xil narsalar haqida o'ylay boshladim. Keyin birdaniga fikr-u hayolimni faqat Islomga qaratdim, bu masalani muhimligi haqida o'ylab qoldim. Haliyam yodimda, o'sha tunda qalbimda qandaydir o'zgarish ro'y berdi. Xuddiki, o'zim o'zim bilan ro'parama-ro'para o'tirib gaplashayotgan edim. Bu faqatgina ichimdan kelayotgan ovoz emas, balki miyyamda ro'y berayotgan hodisa edi. Men "Nima qilyapsan? Buni jiddiy qabul qilyapsanmi?" dedim. O'sha tunda, o'zimga, "Marsel, bundan qochishning iloji yo'q. Bu haqiqat.
Bu sen o'yin qiladigan narsa emas. Siz ish yoki hatto nikoh kabi hayotingizdagi ko'plab narsalar haqida noto'g'ri qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Lekin bu yerda gap faqat abadiyat haqida ketyapti. Va buni tasavvurimga sig'dira olmas edim. Aynan o'sha tunda bu haqida chuqur o'ylay boshladim. Shundan keyin, darhol Pokistonlik do'stim bilan uchrashdim va unga, "Bo'ldi. Men boshqa bunga qarshilik qila olmayman" dedim. Keyin nima bo'ldi? Shahodat kalimasini qanday aytdingiz? Nimalarni his qildingiz? Bir necha kundan keyin, biz birgalikda Juma namoziga masjidga bordik. U Imomga qarab: "Bu yerda Shahodat keltirmoqchi bo'lgan bir odam bor", dedi.
Va Juma namozidan keyin, 200 kishi guvohligida Shahodat kalimasini aytdim. Bu juda g'alati taassurot edi, lekin juda go'zal holat edi. Shahodat keltirdim va men kutmagan narsa sodir bo'ldi, o'sha yerdagi har bir odam oldimga kelib, meni quchoqlab "Islomga qaytganingiz bilan, birodar", derdi. Bu juda go'zal taassurot edi. Biz Islom dinini butun dunyoga 10dan ortiq tilda yoyishni maqsad qilgan hayriya tashkilotimiz. Yordamingiz bilan odamlar Islomni qabul qilishlari, Haromdan ketishlari, Namozni boshlashlari, Hijob o'rashlari, Qur'onni o'rganishlari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin. Bu amallarni barchasidan siz ham savobga ega bolasiz, Inshaalloh.
Towards Eternity"ga ehson qiling va bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Shahodat keltirayotganingizda nimani his ettingiz? Qalbingizda nima ro'y berdi? Hayollaringizdan nimalar o'tdi? O'sha payt, yuragimda iliqlik paydo bo'ldi. Birodarlik tuyg'usini his etdim. Asosan juda ko'p odamlar oldimga kela boshlaganidan keyin. Aynan Shahodatni qabul qilgan vaqtimda shular sodir bo'ldi. Birinchi marta namoz o'qiganim ham esimda. Bu mening hayotimdagi eng yoqimli xotiralardan biri. Alloh huzurida birinchi marta sajda qildim, va Allohga qasamki, turishni umuman xohlamadim. Men: 'Butun hayotim davomida bu lahzani umuman unutmayman', dedim.
Bu xuddi ko'chada $50ga sotib olishingiz mumkin bo'lgan baxt hissidek edi. Burningizga olib kelib, hidlaydigan oq kukunni bilasiz. Kishiga kimyoviy lazzat beradi. Shahodatni qabul qilib, Islomga kirganimdan so'ng, baxt izidan quvishni to'xtatdim. Va bu Islomga kelishdan avvalgi Marsel bila Islomni qabul qilgan Marsel orasidagi katta farq edi. Bu bilan hayotda endi hech qanday qiyinchilik, to'siqlarga duch kelmaysiz demoqchimasman. balki qalbingiz bilan nimadirni his qilasiz. va "Yaxshi, buni ham yengib o'taman" deysiz.
Nasroniylar bir so'zni ko'p ta'kidlashadi, "Ibodat qilayotganimda Xudo bilan bog'liqikni his etaman va menga boshqa hech narsa kerak emas." Shunday insonlarga nima degan bo'lardingiz? Boshqa dinlarda hech narsani his etmaysiz deya olmayman. Lekin ikki narsani bilish kerak, Biz hamma narsadan ta'sirlanishimiz mumkin. Aytaylik, odamlar futbol o'yinini ko'rishadi. Kimlardir jahon chempionatini kuzatayotganini ko'ramiz. Tasavvur qiling, jahon chempionatida Ispanlar terma jamoasi yutganini ko'rishdi, Albatta, ular bundan ta'sirlanishadi, biroq buni Alloh bilan hech qanday bog'liqligi yo'q. Ikkinchi narsa bu, e'tiqodning asosiy jihati, u to'g'ri din bo'lishi lozim.
Qanday hissiyot berishidan qat'iy nazar. Agar boshqa dinda o'zingizni baxtiyor his etsangiz ham, Albatta hukm chiqarishga meni haqqim yo'q. Lekin u haq dinmi yoki yo'qmi? Haqiqat bizning istaklarimiz ketidan quvmaydi. Alloh taolo fikr yuritishim uchun bizga aql bergan. Agar aqlingizga zid bo'lgan narsaga ishonsangiz, o'zingizni oqlashga haqqingiz yo'q. Tabiiy, hech kim buni tan olmaydi va bahona qilib, "Men shu bilan tug'ilganim uchun bunga ishonaman" yoki "ota-onam shunga ishongachi uchun" deydi. Bu bahonalarni Alloh qabul qilishini kutushimiz noto'g'ri. Ko'pchilik odamlar Shahodatni qabul qilayotganlarida: "Yelkamdan tog' ag'darildi. Qalbimdagi og'irlik yengillashdi" deyishadi.
Aytingchi, sizda ham xuddi shunday bo'ldimi? Ha shunday bo'ldi va hozir buni boshqalargayam aytib beryapman. Agar ikkilanayotgan biror kishini ko'rib qolsam, "Nima his etayotganingizni bilaman. Shahodatni qabul qilish xuddi yelkada og'ir yuk ko'tarib turishdek gap. Biroq men aminman, kafolat beraman, Shahodat qabul qilganingizdan keyin, yelkangizdan tog' ag'dariladi. Og'ir yuk sizni tark etganini his etasiz" deyman. Menimcha aynan shu sabab ko'pchilik ikkilanadi. To'g'ri yelkangizdagi og'ir yukni his etasiz, Lekin oldinga yana bir qadam tashlashingiz kerak. Agar Alloh sizdan buni so'rayotgan bo'lsa, uni albatta qiling.
Avvaliga bu juda mashaqqatli tuyilishi mumkin, lekin aynan shu birinchi qadamni bosish kerak. Men tomon bir qadam tashlasang sen tomon 10 qadam tashlayman. Lekin birinchi qadamni aynan sen tashlashing kerak Men seni majburlamayman. Bu seni qaroring. Qabul qil va shunda nima sodir bo'lishini ko'rasan, deydi Alloh. Xullas, 10 oylik qarshiliklardan so'ng, Shahodat keltirdim. Qalbimda qattiq kurash kechdi ichki ziddiyatlar kurashi. Haqiqatni bilardim, ammo qabul qilmaslik uchun turli bahonarlar izlardim. O'zim bilan o'zim olib borayotgan o'n oylik urush edi bu. Va bari bir zumda to'xtadi.
Xuddi boshqa urishlar kabi uni tugaganidan baxtiyor bo'lasiz, biroq yutkazib emas, balki bu urushdan g'alaba qozonib chiqasiz. Qalbim bilan shuni his qildim. Bu to'g'ri qaror bo'ldi. O'zimdan "Nega bunchalik uzoq vaqt davomida qabul qilmadim?" deb so'radim. Nega?... Oilangiz, do'stlaringiz bunga qanday munosabat bildirdi? Eh, so'ramang... Avvalo Avvalo oilamga nisbatan katta xato qilganimni tan olishim kerak. Aytganimday, o'zim buni qabul qilishimga o'n oy vaqt sarifladim. Birinchi qadamni tashlashimga jur'atim yetmagandi. Shu o'n oy davomida, oilam bilan islom haqida umuman gaplashmagandim. Bir og'iz ham.
Din haqida kitoblar o'qiyotganimni do'stlarim bilan muhokama qilayotganimni, hech narsani bilishmadi. Islomni qabul qilganimdan keyin, ota-onamga bu haqida aytishni istamadim. Bu juda uzun hikoya bo'lardi, chunki ularni hech narsadan xabari yo'q edi. Men Islomni qabul qilganimda, asosiy muammo shunda ediki, Bu 1995 yilning Yanvar oyiga to'g'ri kelgandi. Adashmasam yilning birinchi Jumasi edi. Agar taqvimdan qarasanggiz, o'sha yili yanvarning oxirida Ramazon oyi ekanini ko'rasiz. Taxminan 26-yanvar edi. Oyning 3 haftasi o'tib bo'lgandi. Albatta ro'za tutmoqchi edim, lekin o'sha paytlari oilam bilan turardim.
Ahir onamga 30 kun davomida u bilan tushlik qilolmasligimni qanday aytishni bilmasdimda. -Suv ichmaslikniyam. -Ha Shu sabab, 3 haftadan keyin, ota-onam bilan bu haqida gaplashishimni bilardim. Bo'lmasam, yana 6 oy bu borada ikkilanib yurardim. Ularni bunga tayyorlashga vaqt qolmagan edi. Vaqt ham, qochishga joy ham yo'q edi. Ramazon hayitidan 4 kun oldin, xonamda namoz o'qidim va pastga tushdim. Soat kechki 8lar atrofi edi. Ota-onam mehmonxonada televizor ko'rib o'tirishar edi. Men eshikni ortida turardim. Men, "Ya Allohim, ya, Alloh, buni men uchun oson qil", dedim. Eshikni ochdim-da, ota-onamga "Dada, oyi, sizga yangiligim bor." dedim. Ular menga qarab, "Nima qanday yangilik?" deyishdi.
Keyin dangal "Men musulmon bo'ldim", deb aytdim. O'sha vaqtdagi otamni holati yodimda. Ular aytgan birinchi so'z, "Musulmonlar, ular teroristlar", dedi. Bu uning birinchi so'zi edi, voqea 1995-yilda ro'y berdi, 11-sentabr voqeasidan avval. 1995-yil "Musulmonlar, ular terroristlar-ku" dedi. Bu uning birinchi gapi edi. Onamning jaxli chiqib ketdi Ular o'zini go'yo aqldan ozganday tutardilar, qo'rqib ketishdi. Ular judayam qo'rqib ketishgandi.Tog'am, bir necha yillardan so'ng, onam o'sha tunda unga qo'ng'iroq qilganini aytib berdilar. Onam ukasi bilan gaplashmoqchi bo'lgan ekanlar. Kechki 10-11 larda qo'ng'iroq qilganlarini aytdilar.
Go'shakni ko'tarishlari bilan, onamning ovozlarini eshitibdilar. Ular bizning Marselimizni olib ketishdi. Onam aytgan birinchi gap shu bo'lgan ekan. Tog'am faqat onamning ovozini va aynan shu so'zlarni eshitgan ekanlar. Ular bizning Marselimizni olib ketishdi. Tog'am, "Kim, kim, kim olib ketdi? Nima bo'ldi?" deb so'rabdilar. Aminman o'sha tunda nima deganlari onamni yodida yo'q Lekin aytganimday, bu men tomondan yo'l qo'yilgan katta xato edi. Shu 10 oy davomida biron martayam ularga Islom haqida aytmaganim katta xatoyim edi. Ijobiy narsalarchi? Biron bir Nemis millatiga mansub odam oldingizga kelib, "Eh, men Islom bunday din ekanligini bilmas edim" "Endi fikrlarim o'zgardi" dedimi?
Shunday suhbatlar bo'lganmi? Albatta. Ular odatiy savollar berishardi. Maktabda ko'p savol berishardi."Haa... Sen buni 4 ta ayolga uylanish uchun qabul qildingmi, ha? "Chunarli, chundim 4 ta ayolga uylanish uchun" deyishardi. Bu birinchisi. Ikkinchi ko'p beriladiga savol bu jihod edi. Muqaddas urush haqida. Ba'zilar "Endi imon keltirmaganlarni o'ldirasanmi? "Barchamizni tilimizni kesib, tashlaysanmi?" deb so'rashardi. Tasavvur qilyapsizmi? Musulmon huddi qo'liga qurol ushlagan bir jangchidek edi. Ha, shunday savollar berishardi. Payg'ambarimiz s.a.v hayotlarini o'rgana boshlaganingizda, sizni nima ko'proq ta'sirlantirdi? Payg'ambarimiz s.a.v ning rahm- shavqatli ekanliklarini xurmat qilaman.
Bazilar ularga qanday hurmatsizlik qilgani, ular bilan turli xil janglar olib borishgani haqida bir nechta hikoyalar o'qidim. Ular Makkani fath qilganlaridan keyin Makkaga qaytib keladilar. Men tarixdagi shunday holatlar bilan taqqosladim. Boshqa bir odam qadrsizlanib mamlakatidan haydalgach, urushda g'alaba qozonib, qaytib kelganidan keyin o'sha odamlar bilan o'zini qanday tutgan bo'lardi? Lekin ular Makkaga kiradilar va atrofida odamlar yig'ilishadi. Va "Sizlarga hozir nima qilaman deb o'ylaysiz?" deb so'raydilar. Odamlar, "Biz seni bilamiz. Sendan faqat yaxshilikni kutamiz" deyishadi. Ular "Yaxshi, Ketishinglar mumkin", deb ularni qo'yib yuboradilar. Inson uchun bu oson narsa emas.
Ko'chada bizga kimdir og'zaki yoki jismonan hujum qilsa, biz albatta u odam bilan urishamiz, bu odamzotning tabiatiga hos. Lekin xabarni butun insoniyatga yetkazish uchun, ular barini ichlariga yutganlar. va butun insonyatga na'muna bo'lganlar. Ular jaxlga erk bera olmas edilar. Biz berishimiz mumkin. Men Islomning yagona na'munasi emasman. Oddiy bir musulmonman. Biroq ular bu xabarni vakili va elchisi edilar Ular hayotlarida har bir qadam va har bir voqea haqida o'ylashlari lozim edi. Va buni qila oldilar. Ular o'z egolarini nazorat qilardilar. Hattoki, jang qilganlarida ham, o'z nafslari uchun jang qilmas edilar. Bu 'qasos olishni xohlamaslik' yoki shunga o'xshash boshqa narsa emas edi.
Aksincha... Aynan ularni shu hislatlari uchun hurmat qilaman,... Kechirimlilik hislatlarini. Agar sizda shunday imkoniyat bo'lsa, ularning qaysi kunlariga guvoh bo'lishni istardingiz? Menimcha so'nggi kunlariga. Siratda bir narsani o'qigan edim. Oxirgi kunlarida, sahobalar masjidda namoz o'qiyotganlarida, juda zaif bo'lganlari uchun namozga bora olmay, uyda qoladilar. Xonadagi pardani ko'tarib, namozda turgan sahobalarga qaraydilar va tabassum qiladilar. Zero endi bu dunyoni hotirjam tark etishlari mumkin edi. Bu 23 yil avval boshlanga, bir vazifa edi. Ular haqiqatni amalga oshirdilar. Alloh ularga buyurgan ishlarni bir tasavvur qiling. Birinchi vahiy kelganidan keyin.
Ular odamlarni oldiga borib, ularni ishontirishlari kerakligini bilar va ularga "Men Allohning elchisiman meni yonimga farishta keladi, agar menga ergashmasangiz, do'zahga tushasiz", deyishlari kerak edi. Bu juda g'alati hodisa. Tasavvur qiling shu so'zlarni qo'shnilaringizga borib aytishingiz kerak. Ular sizni aqldan ozgan deyishadi. Har tomondan qarasak ham, juda g'alati tuyiladi. Ularning hayotida shunday ko'p to'siqlar, qiyinchiliklar bo'ldiki, 'Endi qayerga boraman?" deb o'ylab qoldilar. Ta'if shahriga qilgan safarlarida odamlarning ularga munosabatini eslang. O'sha paytda ular qilgan duoni o'qisangiz, vazifa yuklanganu lekin u tomon barcha eshiklar yopib qo'yilgan insonni ko'rasiz.
Allohga "Endi nima qilay? Qayerga boray? Makkaga qaytib boraymi? Ta'ifga endi kira olmayman. Shu yerda o'tiribman. Qayerga boray? Nima qilay?" deydilar. Ularning hayotida shunga o'xshash lahzalar judayam ko'p bo'lgan. Hayotlarining so'nggi kunida esa, sahobalarning turganini ko'rib, vazifa yakunlanganini his etdilar, va tabassum qildilar. Sizdan ta'sirlanib, atrofingizda yana kimdir musulmon bo'ldimi? Faqat ayolim. Men Islomni qabul qildim va bir necha oylardan so'ng u ham menga ergashdi. Keyin biz turmush qurdik. Shu sabab men juda, juda yosh turmush qurdim. Ayolingiz muslima bo'lishga tayyor ekanini eshitganingizdagi hissiyotlaringizni gapirib bering. Nima his ettingiz?
Men buni doim orzu qilardim. Unga hamisha, "Agar biz oila qurishni istasak, sen Muslima ayol bo'lishing kerak", der edim. Shu sabab, uni muslima bo'lishini istab, juda ko'p duo qilardim. Biroq uni Muslima bo'lishini kutmagan edim. Lekin, oldin aytganimdek, bu judayam muhim. Va buni muhim deb qarash ham faqat sizga bog'liq. Men abadiyat haqida aytyapman. Ko'pincha odamlarga shu misolni keltiraman. Nima haqida ko'proq tashvishlangan ma'qul: Kelajakdagi 80 yillik hayot haqidami yoki 80 milliardlik hayot haqidami? Bu odamlarni o'ylantirib qo'yadi. Albatta biz tahminan 80-90 yil yashaymiz. Balki 50 yildir, bilmaymiz. Ammo chegara bor. Shundan so'ng, abadiyat boshlanadi.
Bu hayotimdagi eng muhim narsa. Men bu haqida judayam ko'p o'yladim so'ng ayolim ham fikr yurita boshladi. Qanday qilib bu haqida aytdilar? Bizga ham aytib bera olasizmi? Bir kuni Pokistonlik do'stimnikiga bordim. U hali talaba edi. O'sha yerda uni tasodifan ko'rib qoldim. Kimdir sizga muhim narsa gapirmoqchi bo'lsa, buni albatta sezasiz. U judayam asabiy edi, turardi, hech o'tirmasdi. Men bilan do'stim o'tiribmiz, U esa eshik oldida turibdi. Birdan haligi "Yaxshi endi nima bo'ladi?" dedi. Keyin kulib, "Bugun oldingizga musulmon bo'lishni istayotganimni aytgani keldim", dedi. Do'stim ikkimiz bir-birimizga qarab qoldik. Men "Voy" deb yubordim. Shu zahotiyoq u oldimizda Shahodat keltirdi.
Bu hayotimdagi eng quvonchli lahzalardan biri edi. Musulmon bo'lganizdan keyin duch kelgan eng og'ir sinovingiz nima bo'ldi? Musulmon bo'lganimdan keyin duch kelgan eng og'ir sinovim bu tubdan farq qiluvchi madaniyatga o'rganish edi. Namoz o'qish uchun masjidga borardim. Masjid 280,000 kishi yashaydigan shaharda joylashgandi. Adashmas 3-4 nemis kishi ham Islomni qabul qilgan edi. O'sha vaqtda o'zimni o'zga sayyoralikdek his qilganman. Ha, bu ba'zan qiyinchilik tug'dirardi. Aytingchi mana shu hissiyotlarni qanday yengib o'tdingiz? Ba'zi narsalar yengillashtirdi. Islom madaniyatidagi bir jihat menga juda yoqdi. Ya'ni barcha birodarlarni xush muomilaligi.
Qisqasi masjidga bordim va boshqalar Musulmon bo'lganimni eshitgach yordam berishga harakat qilishdi. Agar savoling bo'lsa men bilan gaplash. Agar uyimda qolishni istasang, bemalol tashrif buyurishing mumkin. Nemislar uchun bu noodatiy hol. Biz bunday emasmiz. Ular juda ko'ngli ochiq insonlar edi. Ularning ochiq tabiatliligi menga ancha yengillik berdi. Ko'pchilik musulmon bo'lgandan keyin, Arab bo'lib qolaman deb o'ylaydi. Ular ism va madaniyatlarini butunlay o'zgartirib yuborishadi. Siz ham shunday o'ylaysizmi? Buni qanday yengib o'tdingiz? O'zim ham Musulmon bo'lgandan keyin Arabga o'xshab qo'laman degan hayolda edim. Buni so'zda aytmaysiz albatta, lekin his etasiz.
Kiyimimni, ismimni o'zgartirishim kerak deb o'ylaysiz. va ko'pchilik shunday qilish kerak deb aytadi. Shu kungacha aynan shu savolni menga ko'pchilik bergan. "Seni Islomiy isming nima?" deb. Men "Marsel" deyman. Ular Yo'q, yo'q, Islomiy isming nima? deyishadi. Marsel deyman. Ular "Nima? Ismingni o'zgartirmadingmi?" deyishadi. Bu juda g'alati narsa. Bilasizmi, bu odamlarni Islom haqida notog'ri hayolga borishiga olib keladi. Chunki Islom tarqala boshlagach, u boshqa madaniyatlarni ham qabul qilgan, faqat dinda harom qilingan narsalardan tashqari. Islom tarqala boshlaganda, sharob ichishga odatiy holdek qaralgan madaniyatlar ham bo'lgan.
Tabiiy, sharob ichish qabul qilinmagan, lekin kiyinish, yeyish-ichish madaniyati saqlanib qolgan. Ya'ni chegaralar bilan Islom u madaniyatni saqlab qolgan. Bo'lmasa, Islom bu darajada tarqalmagan bo'lardi. Tasavvur qiling, Arab sahrolaridagi madaniyatni butun dunyoga tarqatmoqchisiz. Ayniqsa, men bu narsani, G'arb mamlakatida katta muammo deb bilaman. Siz odamlarga bu dinni qabul qilish uchun madaniyatni o'zlartirish kerak degan xato taassurot berib qo'yasiz. Yo'q, o'zgarish kerak emas. Otam haqida ko'p o'ylayman. Ular hozir 74 yoshda. Ular hech qachon Arab madaniyatini qabul qilmaydilar. Biroq ular yolg'iz Allohga imon keltirib, unga taqvo qilishni qabul qilishlari mumkin.
Shuning o'zi yetarli, biz odamlarni Arablarga, Turklarga yoki boshqa millatga aylantirmoqchi emasmiz. ularni musulmon bo'lishiga umid qilamiz xolos. Alloh bilan qandaydir noodatiy aloqa borligini hech his etganmisiz? 1997-yilda birinchi Umra ziyoratini amalga oshirayotganimda noodatiy hodisa ro'y bergan. Umra ziyorati, bu bilamiz, Ka'ba ziyorati. -Makkadagi. -Ha, Makkadagi. Makkaga, Allohning uyiga borasiz. Ba'zan hayotingizda shunday narsalar bo'ladi. Alloh bizning butun hayotimizni ko'rib turishiga ishonamiz. Lekin ba'zan shunday daqiqalar bo'ladiki go'yo o'zi qo'lingizdan ushlab, hayotingizdagi barcha tajribalarda yo'naltirib boradi. Aynan shu narsani Makkada his etdim.
Buni hech qachon yodimdan chiqarmayman. Ka'bani ko'rganingizda yig'ladingizmi? Nimani his qildingiz ? Makkaga birinchi sayohatimni tasvirlab bera olmayman. Butun safarim davomida yig'laganman. Shunday paytlar bo'ldiki o'zimni yig'idan to'xtatishga harakat qilardim. Namoz o'qishni yoki boshqa ishlar bilan mashg'ul bo'lishni istardim. Ammo yig'ini to'xtatolmadim. Butun safar davomida. Makkadagi birinchi sayohatimda, Umra amalini 5 marta bajardim,borardim kelardim. Lekin yana istayverardim. Taksiga o'tirardim va yana barini o'zim qilardim. Bu meni Makkaga birinchi sayohatim edi. O'zim bilan bir kichik kitob olib olgandim. Nima qilish kerakligini bilish uchun.
U yerdagi har bir lahzadan zavq olardim. Buni hech qachon unutmayman. Sayohatim go'zal kechdi. Ayniqsa Makka sayohatimni yakuni o'zgacha bo'ldi. Bu haqida hozir eslasam... hayotimizda shunday daqiqalar bo'ladiki, o'zimizni xuddi uchib yurgandek his etamiz. Keyin bir narsani tushundim. Islomda nega besh vaqt namoz buyurilganini tushundim. Ba'zan Allohga bizning ibodatimiz nega kerak deb o'ylab qolamiz. Yo'q. Alloh ibodatimizga muhtoj emas. Biroq, namoz o'qimasak, ruhimiz ochlikdan azoblanadi. Xuddi tanamiz kabi, ruhimiz ham ozuqaga muhtoj. Lekin unga suv, sharbat, go'sht kabi narsalar kerak emas. Bu boshqa narsaga muhtoj. U Alloh bilan yaqinlikka muhtoj.
5 vaqt namoz, bu aynan ruhimiz uchun kerak bo'lgan ozuqadir. Agar buni qilmasak, ruhimiz ochlikdan azob chekadi. Makkada, men ana shu narsani his etdim. Xuddi, farishtalarning mavjudligini his qilgandek. Aynan shularni Makkada his qildim. Muhammad s.a.v qadam bosgan yerlarda turish qanday his uyg'otadi kishida? Oh... Bu payg'ambarimiz Muhammad s.a.vni ko'rgandek go'yo. Makka tomon ketayotganingizda, Safo va Marva tepaliklarini ko'rasiz. Shunda Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. o'sha yerda odamlarga Islomni tanitganlari, odamlarning ularga bo'lgan munosabati hayolingizga keladi. Xuddi Islom tarixida yashayotgandek bo'lasiz. Islom hayotingizda qanday eng katta o'zgarishlarga sababchi bo'ldi?
Islomdan avval va keyingi Marselda qanday o'zgarish bor? Bu judayam oson. Bu nima sababdan shu yerda ekaningizni bilganingizdan so'ng keladigan hotirjamlik va mamnunlik hissi. Eng katta o'zgarish shu. Agar sizga dunyodagi barcha Musulmon bo'lmagan odamlarga gapirish imkoni berilsa, ularga nima degan bo'lar edingiz? Dunyodagi barcha musulmon bo'lmaganlarga nima degan bo'lardim? Qur'ondan iqtibos keltirmoqchiman "Nahotki Bizning sizni yaratishimiz bеhuda bo‘lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, dеb hisoblasangiz?!" Agar ichki olamingizga bir nazar solsangiz, Alloh yagonaligini bilasiz. U bu olamni bekorga bunday yaratmagan.
Barining sababi bor Boring va bu olam ortida nima borligi sababini qidiring. Birodar Marsel Kras, samimiy suhbat uchun tashakkur. Alloh sizni o'z panohida asrasi va oxirgi nafasingizgacha Islom bilan siylasin. O'min, barchamizni, barchamizni. Ajoyib suhbat uchun rahmat, kelajakda yana bir bor siz bilan uchrashishga umid qilaman. InshaAlloh. -Rahmat -Assalamu alaykum. -Va alaykum assalamu va rahmatulloh va barakatuh. -Assalamu alaykum. -Va alaykum assalamu va rahmatulloh va barakatuh.