Towards Eternity
Blogga qaytish

Men musulmon bilan Xudo haqida bahslashdim" — Xitoylik buddist Islomni qabul qildi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Buddizmga sig'inardim. Xitoy ma'budlariga ibodat qilardik. Ularning qosh ko'zi mutlaqo biznikiga o'xshardi. Tiriklik chog'ida u ma'bud emasdi. O'lganidan keyin ma'budga aylandi. Uni ma'bud sifatida tan olishdi. Men "Bu kim? U Xudomi? Qachon Xudo bo'lgan?" dedim. Aynan shu payti ovozlarini ko'tarishardi, "Bo'ldi! Bas! Savol berma!" Do'stimdan so'radim. "Musulmon sifatida kimga ibodat qilasan?" U esa "Biz Xudoga ibodat qilamiz" dedi. U yoq bu yoqqa qaradimda "Xudoying qayerda?" dedim. "Uni ko'rmayapman-ku." "Yo'q. Xudo bor, lekin uni ko'rolmaysan." "Bu nima deganing? Ko'rish bu ishonishdir. Ko'rmay turib qanday ishonaman?" dedim. U biroz tushuntirdi.

Men esa hayolimda "Mana bu Xudo mantiqqa to'g'ri keladi" deyapman. Lekin bir kun oyimga "Oyi men Dekabr boshidayoq Makkaga ketyapman. Men bilan borishni istaysizmi?" dedim. "Albatta! Boraman!" "Oyi, musulmon bo'lmasangiz Makkaga bora olmaysiz." Javob yo'q. Biroz jim bo'lib turib keyi yig'ladilarda "Ha" dedilar. Keyin esa "Maylida. Unday bo'lsa musulmon bo'lamiz-da" dedilar. Assalamu alaykum, Birodar Firdavs Vong. Loyhamizga xush kelibsiz. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Firdavs Vong kim? O'zingiz haqingizda qisqacha aytib bersangiz. Xitoylikman. Sobiq buddist.

Men Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi Kepong degan joyda o'sganman, u yerda deyarli har bir ko'chada o'sha hududni boshqaradigan gangsterlar guruhi bor. Va ma'lum bir darajaga qadar men Kuala-Lumpur shtati uchun o'ynaganman. Avval Malayziya uchun ham o'ynardim, yoshlar jamosida, 17 yoshdan 21 yoshgacha. Buddist bo'lib o'sganman, lekin Alhamdulillah 22 yoshimda musulmon bo'ldim. Alhamdulillah! E'tiqodingiz qanday bo'lgan? Nimaga ishonar edingiz? Avval Buddist edim. Buddizmga e'tiqod qilardim, lekin umrimda umuman Buddist qo'lyozmalarini o'qimaganman. Boshqa buddistlar singari. Menimcha, xitoylik buddistlarning aksariyati qo'lyozmalarni umrida ko'rmagani uchun o'qimagan.

Buddizm haqida bilganlarimiz ota-onalarimiz yoki ota bobolarimiz qilgan ishlardan boshqasi emas. Biz bu dinni yuzaki qabul qilardik. Ya'ni "Mana Buddizm, mana uning amallari." Buddist bo'lsam ham Xudoning borligiga ishonardim. Chunki bizga mana shu ham o'rgatilgandi. Buddizm to'g'risida biladiganlarim faqat yuzaki xolos. Shu darajadaki bilganlarim urf-odatdan boshqasi emas. Urf-odatlar va yaxshi ishlar. Mayli, lekin yaxshi ishning ma'nosi nima? Shaxsan men Xudoga ishonaman. Lekin musulmon bo'lgach angladimki, Buddizmda Xudo tushunchasi yo'q ekan. Ular, shuningdek, buddizm, daosizm, konfutsiylik va xitoy folklor diniga amal qilishadi. Ajdodlarga sig'inish va boshqalar.

Shunday qilib, men xitoylik buddist sifatida oliy Xudo borligiga ishonaman. Lekin oliy Xudo bu Nefrit Imperatori deb ataladigan siymo xolos. Nefrit Imperator va boshqa turli xil kichik ma'budchalar. Demak bu narsalar xitoy filmlari va dramalarida namoyon bo'ladigan narsalar. Balki siz G'arbliklarga Maymun Xudosi ishtirokidagi "G'arbga Sayohat" filmi namoyish qilingandir. Maymun Xudosi ham bor. Biz xitoyliklar mana shunaqa ma'budlarga ham sig'inamiz. Shunday qilib, ular odamlar kabi bir-birlarini sevadigan, turmush quradigan va farzand ko'radigan xudolarni yasashadi. E'tiqodingizga nima sabab shubha qila boshladingiz? E'tiqodimga 11 yoshimdan boshlab shubha qila boshlaganman.

Undan tashqari men o'zim juda qaysar va qiziquvchan bo'lganman. Xullas bobom olamdan o'tdi. U kishi vafot etganlarida Xitoyliklarga xos bo'lgan marosimni qildik. Bu marosimga ko'ra rasm-rusum qilish uchun bir ruhoniyni chaqirishadi. Lekin uning tiliga tushunib bo'lmasdi. Uydagi kattalardan savol so'ray boshladim. "Nega bularni qilyapmiz o'zi?" Ular esa "Bu ishlar bobong jannatga kirishi uchun qilinadi" deyishdi. Men esa "Yaxshi" dedim. Lekin shu bilan birga, biz ibodat qog'ozini, va do'zax banknotalarini buklaydigan rasm-rusumlarni qilar edik. Masalan Turkiyaga yoki AQSHga bormoqchi bo'lsam Malayziya pulini AQSH dollariga aylantirardim.

Endi esa bizda Jahannamda foydalaniladigan banknotalar bor. Shunda o'ylab qoldim. "Agar bobom jannatga kirsa, jannatda hammasi tekin bo'lsa, unda bu pullar kim uchun?" Ular esa "Bu pullar ham bobong uchun. Agar mobodo jannatga kira olmasa, jahannamda kerak bo'ladi." Bu javob meni battar chalkashtirdi. Ularga baribirdir, lekin men chalkashyapman. Mendagi tushunmovchiliklar ko'paydi, chunki Xitoyda biz ba'zi tushunchalar bilan ulg'ayganmiz. Masalan bu dunyoda yaxshi odam bo'lsangiz jannatda, rohatda yashaysiz. Lekin bu dunyoda yomon odam bo'lgan bo'lsangiz jahannamga borasiz va jazolanasiz. Jannatdagi mukofot va jahannamdagi azob miyamda qolib ketgan.

Lekin ularni gapiga qaraganda, jahannamga pul bilan kirsang undan qutulish mumkin ekan. Unda dunyoda ezgu amal qilish va yomonlikdan uzoq yurib yaxshi inson bo'lishdan nima ma'ni? Ularni shunchalik ko'p so'roqqa tutganimdan oxirida "Bas! Yetar! Boshqa so'rama!" deyishdi. Savol berishni to'xtatdim. Javob qoniqarli bo'lgani uchun emas, bobomga sherik bo'lishdan qo'rqqanimdan. Chunki kattalarni jahli chiqdimi demak o'sha zahoti jim bo'lish kerak. Buddist sifatida yashayverdim, ammo yuragimda mana shu savollar doim bor edi. Qancha ko'p savol so'rasam shuncha kam javob olardim. Islomga bo'lgan safaringiz qachon boshlandi? Ha aytkanday. 11 yoshimdagi xotiralar esimda.

11 yoshimdan to 18 yoshimgacha yuqori maktabni bitirib bo'lgach, erkin fikrlovchi bo'ldim. Xudoga ishonuvchi erkin fikrlovchi edim, lekin Xudo to'g'risida o'z qarashlarim bor edi. Hech qanday qo'lyozma va kitoblarni o'qimaganman. Ammo Xudo to'g'risida o'z tushuncham bor edi. "Xudo borligiga ishonaman, lekin u insonga o'xshagan maxluqot emas" derdim. Maxluq Holiq bo'la olmaydi. O'zimni shunga ishontirganman. Qizig'i nimada bilasizmi? O'zimiz Xitoylikmiz, Xitoy ma'budlariga sig'inamiz. Ular esa o'zimizga, xitoyliklarga o'xshaydigan ma'budlar. Ularning qosh ko'zlari ham bir xil, o'lchami ham. Bir xilmiz umumiy holatda. Musulmon bo'lishimdan avval bir do'stim bilan gaplashgan edim.

Undan "Bu kim o'zi?" deb so'radim. "U Xudomi? Qachon Xudo bo'lgan?" "Haykalga ibodat qilishadimi?" Hurmat yuzasidan so'radim. Beodoblik qilmoqchi emasman. U javob qildi. "U tirikligida Xudo emasdi. O'lganidan so'ngina Xudoga aylandi." Mayli dedim. Ya'ni u tirik paytida ma'bud ekanligini o'zi ham bilmagan. O'lganidan keyin Ma'budga aylangan. Xo'sh unda uni kim ma'bud qilib tayinlagan." U esa menga "Bu metodologiya xolos" dedi. Keyin bunday dedi. "Tarixchilar uning hayotiga nazar tashladilar. Bu inson jamiyat va mamlakatga juda ko'p hissa qo'shgan ekan. Shuning uchun uni ma'bud qilib tayinlashgan." Keyin menda boshqa savol tug'ildi. Undan so'radim. "Xo'p shunday ekan.

Unda nega uni ma'bud qilin tayinlaganlarga ham ibodat qilmaysiz?" "Chunki faqat o'shalar birortasini ma'budlikka tayinlash qudratiga ega-ku." Oddiy hayotiy misol. Men sizni kompaniya direktori sifatida ishga tayinlab so'ng bo'shata olsam unda kim kuchliroq bo'ladi? Albatta men. Xo'sh nega ularga ham ibodat qilmaysiz? "O'ylab ko'rmagan ekanmiz" deyishdi. Buni endi qizig'i yo'q. 22 yoshimda erkin fikrlovchi bo'ldim. 4 yil. To'liq 4 yil davomida hayotimda eng mazza qilib yashagan paytim bo'ldi. G'ayridin sifatida bilgan ishimni qildim. Nima qilganimni bilib hayron qolasiz. Har hafta tungi klubga borardim. Kuniga uch mahal qovoqxonaga borardim.

Bu ishlarni qilishimga sabab yuragimdagi bo'shliq hissi edi. Boshqa joydan zavq ola olmasdim. Ko'ngilxushlik qilib ko'nglim to'lib qaytib kelardim. Ertasiga yana bo'shab qolaverardi. Har safar borganimda mana shunchasi to'lardi. Bo'shliq borgan sari katta bo'layotganini sezmagan ekanman. Ya'ni suv to'ldirilgan idish borgan sari katta bo'laversa-yu lekin unga har kunlik quyiladigan suv miqdori o'zgarmasa. O'zimni yomon his qilaverdim. Yaxshi odam bo'lishga harakat qildim. 22 yoshimda, jarohatlanib yotib qoldim. Keyin G'arbiy Malayziyaga bordim. Yolg'izman. Hayotim juda ayanchli. Ana shunda menga hayotim haqida o'ylab ko'rish imkoni berildi. O'zimni savolga ko'mib tashladim.

"Dunyoga kelishimdan asl maqsad nima o'zi?" Nima qilish uchun tirik yuribman? Nima hayotim faqatgina ishlash, uxlash, ovqatlanish, rohatlanish, uylanish, farzand ko'rish, qarish va o'lishdan iboratmi? O'rmondagi maymundan nima farqim bor? Farqim yo'q. Savollarim ko'p, ammo xulosa berishga kuchim yetmasdi. Keyin Musulmon do'stimdan so'radim. "Do'stim, men xitoylikman. O'tkan safargi suhbatimizda oldimizda biznikilar ibodat qilgan ma'bud haykali turgan edi. Sen kimga ibodat qilasan?" "Biz Xudoga ibodat qilamiz" dedi. O'ng va chap tomonimga qaradim. "Xudoying qani? Uni ko'ra olmayapman-ku." U dedi: "Xudo bor, lekin uni ko'rolmaysan". "Bu nima deganing? Ko'rish bu ishonish emasmi?

Ko'rmagan narsamga qanday ishonaman?" Keyin u menga bir usulni o'rgatdi. "Shamolni his qilasanmi?" dedi. Men "Ha, his qilaman" dedim. "Uni ko'rganmisan?" Men esa "Qo'ysang-chi og'ayni. Daraxtga qara, shoxlariga qara, barglariga qara. Ular qimirlayapti-ku. Demak shamol bor. Yana qanday isbot kerak?" dedim. U esa "Yo'q. Sen ko'rayotgan narsalar shamol emas balki uning ta'siridagi narsalardir. Shamolning o'zi emas" dedi. O'zimni bosib biroz o'ylanib qoldim. Mayli. Mayli. Gapida jon bor. Lekin "Xudo kim?" degan savolimga javob bermadi. Keyin davom etdi. "Tasavvur qilib ko'r, tasavvur qil. " "Shamolni Xudo yaratgan.

Shamolni ko'ra olmaysan, ammo uning ta'sirini ko'rasan, tanaga urilishini his qilasan. Xo'sh nega endi shamolni yaratgan Xudoni o'zini ko'ra olaman deb o'ylayapsan? Uning borligini his qilasan. O'zini ko'ra olmasang ham u yaratgan maxluqotlarning ta'sirini ko'ra olasan." Ichimda "Mana bu Xudo mantiqiy ekan" deb o'tiribman. Men eshitgan eng yaxshi tushuncha. Ha! O'sha zahoti bir qarorga keldim. Menimcha mana shu Xudo... O"shandan keyin "Menimcha..." deyapman. "Menimcha haqiqiy Xudo shu." Xudo haqidagi tushuncha men istagan mezonlarga mos keldi. Bu uchun bir dunyo kitobni o'qishim shart emas. Bundan foyda yo'q.

Chunki shu paytgacha nechta dinni ko'rgan bo'lsam hammasida Xudo qandaydir inson yoki hayvon timsolida berilgan. Men insonga ibodat qilolmayman. Insonga o'lsam ham sig'inmayman. Hayvonga sig'inmayman, maymunga ham boshqa narsaga ham sig'inmayman. Do'stimning Xudo haqida menga bergan tushunchasi ongimdagi Xudo to'g'risidagi mantiqiy tushunchaga to'g'ri keldimi? Ana endi siz menga ana shu tushunchaning mantiqiy emasligini isbotlamaguningizcha undan voz kechmayman. Ungacha esa, yo'q. Shunday qilib Musulmon bo'ldim. Qur'onni o'qimaganman. Payg'ambarni tanimasdim. Jannatga borishni istaganim uchun ham Musulmon bo'lmadim. Balki jahannamdan bo'lgan qo'rquvim ustun keldi.

Demak Jahannamdan uzoq bo'lishim uchun, Robbimni tanishim va nima qilishimni istashini bilishim lozim. Ana shunda Jahannam azobidan omonda bo'la olaman. Shunday qilib Musulmon bo'lishga qaror qildim ammo to'xtab turibman. Onamga qo'ng'iroq qilishim kerak edi. O'zim esa Saravakdaman. Qo'ng'iroq qildim va Kuala Lumpurga qaytgach nima qilmoqchiligimni aytdim. Zo'r gapni oxirida aytdim. "Oyi, Kuala Lumpurga qaytgach Musulmon bo'lmoqchiman" dedim. Shu gapni aytishim bilan uzoq vaqt jim bo'lib qoldilar. Biroz jim turib keyin "Ixtiyor o'z qolingda. Lekin e'tiqod bilan o'ynashma. Jiddiy bo'l" dedilar. Oyimga niyatim jiddiyligini aytdim. Tezroq kel dedilar.

Mana shu, 2025-yil, Musulmon bo'lganimga 20 yil bo'ldi. Shahodat voqeasi qanday bo'lgan? Biror nimani payqadingizmi, Bu video davomida reklama ko'rmadingiz Towards Eternity notijorat tashkiloti bo'lgani uchun ushbu videolarni sizning yordamingiz bilangina ishlab chiqara olamiz Solih amalga sherik bo'lishni istasangiz, loyihamizni qo'llab-quvvatlash imkonini qo'ldan boy bermang Shahodat voqeasi qanday bo'lgan? Shahodat kalimasini keltirdim. Shahodatni keltirdim. Ba'zilar "Yelgangizdan tog' ag'darilgandek bo'ldimi?" deydi. Deyarli hech nimani his qilmadim. Faqat biroz... "Shu xolosmi?

Hech nimani his qilmadingmi?" Shahodat kalimasini aytkan zahotim Alloh ta'qiqlagan barcha harom ishlarni tark qildim. Hammasini. Islomda ta'qiqlangan ishlardan o'zimni tiyish men uchun unchalik ham qiyin bo'lmadi. 2005-yildan boshlab ibodat qilaman, ro'za tutaman, Zakotimni beraman. Faqat shu xolos. Odamlar Payg'ambarga salovot aytayotganlarida nima deyotkanlarini tushunmasdim. Gaplariga mutlaqo tushunib bo'lmas edi. Hamma qandaydir bir brrrrrr deyotgandek bo'lardi. Tushunmasdim. Toki ustozimni uchratmagunimcha. U kishi Islomni o'rganib davat qilishimga sababchi bo'ldi. 2011-yil edi. Musulmon bo'lganimga 6 yil bo'lgandi. U kishi bilan tanishib qolishim ham g'ayrioddiy bo'lgan.

Meni bir muslima singil chqirgan edi. U menga yig'ilish bo'lishini, shuningdek yig'ilishda turli xil bepul taomlar berilishini aytdi. Meni e'tiborimni tortgan narsa taom, u kishining ma'ruzalari emas edi. O'sha yig'ilishga bordim. Yeguliklarni yonimga tortganimda "Yo'q, ovqat keyinroq, hozir ma'ruzani eshiting" deyishdi. Mayli. Ma'ruzaga quloq soldim. Shayx esa Islom shiorlari va uning ustunlari haqida gapirdi. Juda oddiy narsalar. Munosabatlar. Hali Musulmon bo'lmagan ota ona ila muomala kabilar. Ma'ruza tugagach, u kishi bilan gaplashish imkoniga ega bo'ldim. "Keyin menga maslahat bera olasizmi? Musulmon bo'lganimga 6 yil bo'ldi" dedim. U kishi menga ko'plab yaxshi maslahatlar berdi.

Lekin ular orasida eng ko'p esimda qolgani "Firdavs, Musulmon sifatida biz da'vat qilishimiz kerak" deganlari bo'ldi. U da'vat nimaligini tushuntirdi. Men esa "Ustoz" dedim. "Musulmon bo'lganimda bor yo'g'i 6 yil bo'ldi. Islom to'g'risida hali yetarli bilimga ega emasman" dedim. Na Islom ustunlarini, na boshqa narsalarni bilaman. Qanday qilib da'vat qilaman? U esa "Nimani-ki bilsang uni yetkaz. Chunki Payg'ambar alayhissalom mendan bitta oyatni bo'lsa ham yetkazing, deganlar." "Lekin men hech narsani bilmayman-ku, hech narsani" Keyin mendan "Musulmon bo'lish uchun qaysi kalimani aytding?" deb so'radi. "Bunisini bilaman" dedim. "Ikki shahodatni aytkandim.

Ikki kalimani." U kishi esa "Juda soz. Payg'ambar alayhissalom bir oyat bo'lsa ham deganlar. Shu ikkisidan birini yetkaz" dedi. Ikki shahodatni bilasan, bittasini yetkaz. Shu darajada zo'r bahona o'ylab topdim-ki, ishonchim komil bu eng zo'r bahona edi. Shunday dedim: "Ustoz, qarang, shuncha Musulmonlar bor. Hammasi Musulmon bo'lib tug'ilgan. Musulmon oilada tug'ilishgan. Lekin da'vat qilishmaydi-ku." "Endi Islomga kirib men da'vat qilaymi?" Bu dunyodage eng aqlli bahona edi deb o'ylayman. Shunda ustoz bir gap aytdi. Ana shu gap juda qattiq ta'sir qildi.

Shunday dedi: "Firdavs, Alloh Qiyomat kunida sendan nega ular o'z vazifasini bajarmadi deb so'ramaydi." "Lekin Alloh sendan nega vazifangni bajarmading deb albatta so'raydi." "Ular ham Allohni huzurida javob berishadi" "Sen ham Allohni oldida javob berasan." "Ana shu kunga javob hozirlab qo'ygin." Shunda tushunib yetdim. Mayli, da'vat qilishim kerak. Ilm o'rganishni boshladim. Har kuni darsga boraman. Musulmon bo'lganimdan keyin 6 yil ichida 3 dona Islomiy kitobim bor edi. Lekin hozir esa kutubxonam to'la Islomiy kitoblar. Hammasini sotib olish uchun borimni sarflaganman. Keyinchalik Payg'ambar alayhissalom haqidagi 4 kunlik darsda qatnashdim.

Ana shundagina Muhammad alayhissalomning kimliklarini bildim. Menga juda yoqdi. Amerikalik shayx, Shayx Abdulboriy Yahyo so'ngi kunlarida shunday degandi, "Payg'ambar alayhissalomning hayotlarini bir so'z bilan ta'riflaydigan bo'lsak, bu so'z - Da'vatdir" U kishi da'vat uchun yashab o'tganlar. Payg'ambarni yaxshi ko'raman deb da'vo qiladiganlar ham da'vat qilishlari lozim Da'vat qilishimdan maqsad ham uni yaxshi ko'rishim, uni tanishim. Boshimga nima kulfat kelsa ham u kishining musibati oldida hech nima emas. Chunki u kishidan ilhomlanaman. Qilayotgan ishimni to'xtatib qo'ymayman. Shuncha musibatga qaramay u kishi to'xtamagan ekan, bizni nima to'xtatyapti?

Chunki u kishining maqsadlari dunyo bo'lmagan. Bu dunyodan maqsad narigi dunyoda yaxshi hayot kechirish. Shunday ekan men u kishidan o'rnak olaman. Allohning qudrati bilan ko'pchilikning shahodatiga sababchi bo'lgansiz. Ulardan qaysi biri unutilmas bo'lgan? Da'vatni ota-onamga, yaqinlarimga ochiqdan ochiq qilardim. Maxfiylik yo'q. Ochiq da'vat. Bu ishimni juda ko'p yillar avval boshlaganman. Chunki ularga yaxshilikni istayman. O'zimni ma'ruza qiladigan masjidga ularni yetaklab kelaman. Masjidni ko'rishsin, Musulmonlar bilan gaplashishsin. Gang Kongga borganimda ona tilida gaplashadigan Musulmonlar bilan muloqot qilsin deb oyimni ham olib boraman. 2019-yil edi.

Oyim mendan qayoqqa borib da'vat qilishimni so'radilar, chunki Ramazon hayitidan keyin chet davlatga borib da'vat qilishimni bilardilar. "Ramazondan keyin qayoqqa bormoqchisan?" dedilar. Juda ko'p joylarni aytdim, lekin aynan bir joyni boshqacha qilib aytdim, sinab ko'rish uchun. "Ha! Aytgancha! Umra qilish uchun Makkaga ham boraman" dedim. "Makkaga boraman." Qancha joyga borgan bo'lsam onamni taklif qilmasdim, lekin Makkaga taklif qildim. Umraga. "Ha, Makkaga ketyapman. Xo'sh men bilan borasizmi?" dedim. Ular bo'lsa, "Ha, boraman. Qayoqqa bo'lsa ham ketaveraman" dedilar. Shunda oyimga masalaning ikkinchi tomonini aytdim.

"Oyi, Musulmon bo'lmasangiz Makkaga bora olmaysiz." Oyim esa "Voy..." dedilar xolos. Shunda "Oyi, bu dunyoda mening onam ekanligingizdan baxtiyorman" dedim. Ular "Men ham" dedilar. Bilaman, oyim juda yomshoq ko'ngil odam. Hissiy da'vat bo'lyapti. "Oyi, agar Jannatda ham onam bo'lsangiz yaxshi bo'lardi" dedim. Yig'lab yubordilar va "Ha, men ham" dedilar. "Lekin oyi, Musulmon bo'lmasangiz Jannatda mening onam bo'la olmaysiz" dedim. Og'ir gap to'g'rimi? Aytmasam bo'lmasdi. Oyim jim bo'lib qoldilar. Hech qanday javob yo'q. Jim qoldilar. Bilmayman, mening so'zlarim oyimga qattiq botdimi yo'qmi. Mana shu suhbat sabab oyimni o'ylab ko'rishga undashni xohlagandim xolos.

Oyimga Islom haqida gapiraverdim, gapiraverdim. Shu bilan undagi o'zgarishlarni ko'rdim. Islom amallarini bajarish sababli bo'lgan o'zgarishlarni emas, balki, buddizm amallarini tark etganlaridagi o'zgarishni ko'rdim. Avval to'g'ri deb bilgan ba'zi tushunchalarini tark qilgan edilar. Ba'zi urf odatlarini tark qilgan edilar. Mana shu menga umid berardi. Bir kuni Melburndan qaytgach Oyimga qo'ng'iroq qildim. "Oyi, Dekabr boshida Makkaga bormoqchiman. Men bilan birga Makkaga borasizmi yoki yo'qmi?" "Albatta boraman! Bo'lmasamchi!" "Lekin, aytdim-ku sizga, oyi. Musulmon bo'lmasangiz bora olmaysiz." Keyin oyim "Ha bo'ptida." "Nima demoqchisiz?" dedim.

"Bo'pti, unda Musulmon bo'lamiz!" Alhamdulillah. "Musulmon bo'lamiz..." "Qachon? Qachon? Bugunmi?" dedim. "Hozir emas. Tayyorlanib olay" dedilar. Keyin 2019-yil 24-oktabr, Juma kuni oyimni olib keldim. Yuzlab, balki minglab kishilarning shahodatiga sabab bo'lganman. Shahodatni aytganlaridan so'ng nima qilishni bilaman. Lekin o'z Onamning shahodat keltirganlarini eshitib... Haykaldek qotib turaverdim. Sheriklarim menga ishora qilmaguncha... Keyin oyimni bag'rimga bosdim. Oyimni quchoqlaganimda beixtiyor yig'lab yubordim. Chunki mana shu ayol meni dunyoga keltirgan, o'stirgan, endi esa u ham Musulmon bo'ldi.

Ana shu kuni ancha avval Islomga kirgan qarindoshimiz oyimga qo'ng'iroq qilib "Xola, nega Musulmon bo'ldingiz?" deb so'radi. Oyim bunday dedilar: "Birinchidan, o'g'limdagi o'zgarishlar sabab." Mendagi. "U avvalgidan sabrliroq va mas'uliyatli bo'ldi. Kelinimga qarasam ham, nabiralarimga qarasam ham, hammalari meni juda hurmat qiladigan bo'ldi." "Mana shu sabab. Undan tashqari ishonamanki, mana shu to'g'ri yo'l." Oyim Musulmon bo'lganlaridan so'ng mendan birinchi so'raganlari shu bo'ldi. "Nechi mahal ibodat qilaman? Qanday ibodat qilaman? Qanday?" Ikki kun avval Buddizm amallarini qilardilar.

Endi Shahodatni aytganlaridan so'ng barcha harom amallarni tark etib, mendan ibodat haqida so'rayaptilar. Chunki bilaman. Men va oyim bir-birimizga o'xshaymiz. Eng qizig'i, tizzalarida og'riq bor edi. Juda qiynalardi. Juda ham. Makkaga Umraga borib Safo va Marvo orasida yurib ko'rganlar biladi. Xatto baquvvat kishilarning ham oyog'i og'rib qoladi. Oyim tavof va Say amallarini qilishda hech qanday muammoga duch kelmadi. Islomga kirganlariga 2 oy bo'ldi, xotinimni, bolalarimni bomdod namoziga uyg'otadilar, Masjidul Haramga borishga undaydilar. Mana shuning o'zi yetarli. Alloh har narsaga qodir. "Nirvana" nimani anglatadi? Buddizm dinida Nirvana degan joy bor.

U yer Buddistlar o'lganidan so'ng qo'nim topadigan joy. Bu dunyoni Samsara deyishadi. Samsara degani bu azob uqubat aylanasi yoki doirasi degani. Demak bu Samsaradan chiqib ketish uchun Buddizmga amal qilishingiz lozim. Masalan To'rtta Oliy Haqiqat. Ana shu to'rtta haqiqatni Buddaning o'zi kashf qilgan. U nima desangiz, bu dunyoda Dukka degan narsa bor. Dukkaning ma'nosi dunyodagi musibatlar. Musibatlarning sababi nima? Ana endi ikkinchi Oliy Haqiqatga kelasiz, ya'ni istaklardan kelgan musibat. O'zingizda yo'q bo'lgan narsaga ega bo'lish istagi. Demak, Dukkani, ya'ni musibatni yo'q qilish uchun, istaklarni yo'q qilishingiz kerak. U qanday yo'q qilinadi?

To'rtinchisi: Sakkiz Karra yo'ldan borishingiz kerak. Sakkiz karra yo'lning bir qismi to'g'ri qarash, to'g'ri fikr, to'g'ri nutq, to'g'ri fikrlash va to'g'ri amal. Endi, bu Sakkiz Qavatli Yo'lni ko'rib chiqsak. Shaxsan men uchun u qiymati jihatidan Islomdagi mezonlarga juda o'xshash. Masalan, to'g'ri qarash, to'g'ri fikr, to'g'ri amal. "To'g'ri so'z"ga keladigan bo'lsak, Payg'ambar alayhissalom aytganlarki, "Kim Allohga va oxiratga ishonsa yaxshi gap gapirsin yoki jim tursin" deganlar. To'g'ri so'z. To'g'ri amallar. Ezgu niyatingiz bo'lsa, "Innamal a'malu binniyat" to'g'ri niyatingiz bo'lsa, uni ketidan to'g'ri amalingiz ham bo'lishi lozim.

Mana shu Sakkizlikka nazar tashlasak, shu tomonlama Islomga o'xshab ketadi. Lekin undan tashqari, ularda Besh Hukum degan narsa bor. Bu, oddiy Buddist qilishi lozim bo'lgan amallar. Ular: Qotillik qilmaslik, yolg'on gapirmaslik, zinoga berilmaslik, alkagol ichmaslik, oxirgisi qimor o'ynamaslik. Yaxshilab qarasangiz, bu bizdagi Shariat Maqsadlariga o'xshash emasmi? Joningiz, molingiz, ongingiz, aql-zakovatingiz, avlodlaringizni ya'ni nasabingizni himoya qilish. Shunaqa. Demak umuman olganda, Buddizmning o'zi, qiymat jihatidan, Islom ta'limotlariga juda, juda yaqin. Sizningcha, nima uchun biz izlayotgan javob qayta tirilishda emas, balki oxiratga ishonishda?

Ularning aytishicha, qayta tug'ilish - bu dunyoda yaxshi amal to'plasangiz, degan tushuncha... Samsara degan narsani aytdimku, azob uqubat aylanasi, doirasi. Qayta tug'ilish bu... masalan biz hozir insonlar olamida yashaymiz. Undan tashqari hayvonlar olami bor. Yana arvohlar olami bor. Ma'budalar olami ham bor. Qo'shimchasiga Nervana, va yana boshqa olamlar bor. Yuqorilab chiqib ketaverasiz, keyin Buddaga yetasiz. Budda esa oliy ma'rifatga erishgan. Keyin Bodisatva ham bor. Ba'zi Buddist olimlar qayta tug'ilish o'limdan keyin ruhsiz paydo bo'lish deyishadi. Ularni fikricha, insoniyatning ruhi yo'q. Xudo ham yo'q, ruh ham yo'q. Ko'pchilik Buddistlar shu gapdan hayratlanishadi. Xatto otam ham.

Otamdan Buddist olimlarini suhbatga chaqirishlarini so'ragandim. Ular bilan savol javob qildik. Keyin otamdan so'radim. "Dada, Buddizmda Xudo yo'qligini bilasizmi?" Dadam "Bo'lishi mumkin emas! Buddizmda Xudo bor. Buddani o'zi Xudo" dedi. "Mayli, menga ishonmasligingiz mumkin." "Buddist olim do'stingizni mehmonga chaqiring, gaplashib olamiz" dedim. Uchrashuv belgilandi va savol javob qildik. "Otam aytishicha, Buddaning o'zi Xudo ekan. Buddist olim sifatida siz nima deysiz?" dedim. U "Yo'q. Buddizmda Xudoni borligiga ishonmaymiz" dedi. "Xudo haqida gapirmaymiz ham." Shunda dadamga qaradim. "Ko'rdingizmi? Aytgandimku." "Amaki yana bir narsa so'rayman.

Buddizmda ruh borligiga ishonasizlarmi?" U "Yo'q. Buddizmda ruh borligiga ishonmaymiz." Yana dadamga qaradim. "Ko'rdingizmi? Aytgandimku." Ko'rdingizmi? Otamni do'sti kabi ba'zi Buddist olimlarning fikricha qayta tug'ilish qandaydir bir uchqun xolos. Yana boshqalari uchun esa qayta tug'ilish bu ruhingizning boshqa timsolga o'tishi. Agar siz qayta tug'ilishning butun tushunchasiga nazar tashlasangiz. Ya'ni, bu dunyoda siz, keyingi hayotda yaxshi holatda qayta tug'ilish uchun, Samsaradan chiqmaguningizcha yaxshi amal to'plashingiz kerak. Xo'sh, muammo nimada? Bir Buddist olim bilan suhbat qildik. U olamdan o'tib ketdi.

Dunyoda yomon amallaringiz bo'lsa, o'lganingizdan so'ng, hayvonlar olamida qayta tirilishingiz mumkin. Kalamush, sichqon, yo'lbars yoki boshqa. Men faqat bilmoqchiman xolos. Agar kimdir hayvonot olamida tug'ilgan bo'lsa, hayvonot olamidan keyingi hayotda yaxshiroq olamda tug'ilishi uchun qanday qilib yaxshi amallarni to'plashi mumkin? Kalamush pishloqni o'g'irlamaydimi? Qanday qilib bir sher yoki yo'lbars tirik qolishi uchun boshqa jonzotlarni o'ldirmasin? U menga javob berdi. "Bilasizmi, Besh Hukum hayvonlar olamida amal qilmaydi." Qoniqarli javob to'g'rimi? Yaxshi, javob qoniqarli. Endi menga qaysi Buddizm kitobida shunday yozilganini ayting-chi. Bor yo'g'i isbot-dalil so'radim.

Hech nima keltira olmadi. Ya'ni bu holatda, insonga ko'p marta imkon beriladi. Bu to'g'ri emas. Bizda esa imkon bitta, lekin yo'limiz aniq. Bizda Qur'on bor. Dinimiz juda oson. Lekin hozirgi kunda ko'pchilikni qo'lidagi dalilning haqiqiyligi bilan ishi yo'q. "Buddizm amallari bilan qalbim taskin topadi. Menga boshqa narsa kerak emas" deydigan odamga nima degan bo'lardingiz? Xo'sh. Buddizmda ham taskin topishingiz mumkin. Lekin masala shundaki, siz hayotda faqat yaxshi narsa istab yashayapsizmi yoki yaxshi narsa bilan birga to'g'ri narsani ham istaysizmi? Yaxshililk desangiz unda Buddist bo'lishni ham keragi yo'q. Chunki bazi odamlar, na dini bor na e'tiqodi, mazza qilib yashab yuribdi.

Hayotdan xursand. Qalblari hotirjam. Masala doim ham yaxshi ishda emas-da. Masalan ko'chada birovni yuragi ushlab qoldi. Unga yordam berish niyatimiz bor. Biz nima qildik? Pichoqni olib yuragini davolash uchun ko'ksini yordik. To'g'ri ishmi shu? Yaxshi niyat, ammo noto'g'ri amal. Odam o'ldirganlik uchun qamalishimiz mumkin. Lekin qozini oldida o'zingni "Hurmatli qozi, niyatim shu odamni qutqarib qolish edi" deb oqlay olasizmi? "Yaxshi. Lekin nega tezyordam kelib to'g'ri amal bilan uni qutqarishini kutmading? Nega ko'ksini yording?" "Yo'q, muhimi mening niyatim." "Niyatim zo'r bo'lsa bo'ldi, amalni qizig'i yo'q." Buddist bo'ladimi yo boshqami, hammada shu gap. "Faqat yaxshilik qil." Yo'q.

Yaxshilik yetarli emas. Qilayotgan ishingiz yaxshi bo'lishi bilan birga to'g'ri ish bo'lishi lozim. Payg'amnbar alayhissalomning qaysi jiahtlari sizga yoqdi? Men... bardoshlilik degan bo'lardim. "Bardoshli." U kishining hayotlarida sodir bo'lgan va bo'lmagan har bir ishda hikmat borligini ko'ra boshladim. U kishining munosabatlaridan ko'ra javoblariga e'tibor berardim. Bu ikkisi farqli narsalar. Munosabat bu emotsional. Javob esa aqliy bo'ladi. U kishining har doimgi javoblari, o'ylab qilingan ishdir. Bardoshli. Nega bardoshli dedim? U kishi eng yaxshi o'rnak bo'lganlar.

Agar biron bir psixolog bardoshli aqlga ega bo'lish haqida o'rganmoqchi bo'lsa, Payg'ambar (s.a.v) dan boshqa eng mukammal namunani topa olmaydi. Bu kishiga qarang! Tug'ilishlaridan avval otalari o'lib ketdi. Tug'uliboq yetim bo'ldilar. Keyin esa onalari vafot etdilar. Keyin esa bobolari o'tdi. Amakilari qo'lida qoldilar. Quraysh qavmiga qarang. Ular Payg'ambarimizga qarshi kamida 20 xil hiyla qo'llashdi. Ana shu Qurayshning qo'llagan hiylalar miqdorining o'zigina u kishining qilgan javoblariga dalil edi. Nega? Chunki, ularning Payg'ambar alayhissalomga qarshi birin ketin qilgan hiylalarining hech biri u kishiga ta'sir qilmadi. U kishi nima qilayotganini bilardilar.

U kishining maqsadlari ravshan edi. U kishi bardoshli, Odamlar nima demasin u kishiga baribir. Qurayshning shuncha qilgan hiyla nayranglari Payg'ambar alayhissalomga ta'sir qilmasdi, shuning uchun ular yangilarini o'ylab topishdi. Kun kelib ular bu ishni to'xtatishdi. Hiylalaridan biri ish bergani uchun emas balki ular "Tam berdik" deyishdi. Bir guruh odamlar sizga istalgan joydan xujum qilishmoqda, siz esa tog'dek mustahkam turibsiz. Ular taslim bo'lmaguncha taslim bo'lmaysiz. Agar shu bardoshlilik bo'lmasa unda nima? Shuncha mashaqqatga qaramay tik turdilar.

Albatta biz u kishini qabul qilishga, unga ergashishga majbur emasmiz, lekin Maykl Hart qabul qildi, uni tarixdagi eng nufuzli kishi sifatida e'lon qildi. Xattoki o'zining Xudosi bo'lgan Isodan ham. Uning fikricha. O'zi xristian. Lekin tarixdagi eng nufuzli deb Isoni tanlamadi. Muhammad alayhissalomni tanladi. Nimaga? U kishi har tomonlama bizga o'rnak bo'lgan. Harbiy boshliq bo'lishda ham, siyosatda ham, otalikda ham, er bo'lishda ham, do'st bo'lishda ham. Har tomonlama. Hech kim shu kungacha bu darajaga erisha olmagan. Va InshaAlloh, Qiyomat kunigacha ham hech kim bu darajaga erisha olmaydi. Hech kim. Hech kim.

Dunyodagi barcha g'ayridinlarga gapirish imkoni berilsa, ayniqsa Xitoylik g'ayridinlarga, nima degan bo'lardingiz? Ularga shunday derdim. Agar mana shu hayot birgina imkoningiz bo'lsa, Balki qimor o'ynarsiz. Qimor o'ynash bilan birga "Albatta, o'limdan keyingi hayot borligiga ishonaman, qayta tug'ilish haqligiga ishonaman" deb yurishingiz mumkin. "Qayta tug'ilishga ishonaman" deb yurgandirsiz. Lekin hayotingizga tanqidiy qarab ko'rdingizmi? Nima qilayotganingiz haqida o'ylab ko'rdingizmi? Boshqalarga eng katta savollarni so'rash uchun hammamizda kuch topiladi, albatta. Lekin o'zimizni so'roqqa tutishga kuchimiz yetadimi? O'zimizni taftish qila olamizmi? Bu xulosalar qayerdan keldi o'zi?

To'g'ri, balki hayotingizni havf ostiga qo'yayotgandirsiz. O'limdan keyingi hayot borligiga ishonarsiz ham deylik. Lekin mening savolim shu-ki, agarda, sizning g'oyangiz xato bo'lib, meniki to'g'ri bo'lsa-chi? Mening g'oyam esa bu dunyo bir marta beriladi. Undan keyin yo Jannat yoki Jahannam. Agar imtihondan yiqilsangiz "Hechqisi yo'q. Jahannamga ham ketaveraman" dersiz. Sizningcha Jahannam rohatlanadigan joymi? Yo'q, adashasiz. Agar mana shu dunyoning issiq tafti siz uchun shu darajada musibatli bo'lsa, unda qaysi aql bilan Jahannam otashida mazza qilib yashash mumkin deb o'ylash mumkin? O'zingizni sinab ko'ring. Izlaning. Fikrlashingizni kengaytiring.

Islomni o'rganib uni xolisona solishtiring, hissiyotga tayanib emas. Agar hozirgi hayotingizda qilayotgan ishingizni davom ettirib yashamoqchi bo'lsangiz, ikki yo'lingiz bor. Pushaymon qiyinchiligi, yoki Musulmon bo'lib intizomda yashash qiyinchiligi. Ikkinchisi sizni jannatga yetaklaydi, inshaAlloh. Tanlov o'z qo'lingizda. O'ylang, o'ylang, o'ylang. Xolisona, samimiyat bilan izlaning. Men duo qilaman-ki, Alloh Subhanahu Va Taalo toza qalb egalari va haqiqat izlovchilarni to'g'ri yo'lga boshlaydi.