“Men Tushkunlik Botqog‘ida Edim – Islom Meni Qutqardi” – @WAYOFLIFESQ ning Islomga Kirish Hikoyasi
Nashr sanasi
O'sha qiz haqida tinimsiz o'ylab yurardim, uni xayolimdan hecham chiqarolmasdim. U tom ma'noda tunu-kun hayolimda edi. Men katta yo'lda soatiga 75, 80 mil tezlikda ketayotgandim. Keyin gazni oxirigacha bosdim. Qo'lim rulda shunday qotgandi Va shunchaki ko'zlarimni yumdim. Besh. To'rt. Uch. Ikki. Bir. Ayni shu onda hayotim uchun chuqurroq va mazmunliroq nimadir kerakligini angladim. Keyin bunga yordam bera oladigan kitoblar va -har xil izmlar turini ko'rib chiqish haqida o'ylay boshladim. Shunday qilib, buddizmga, hinduizmga, Tavrotga, Injilga e'tibor qaratdim. Bu men uchun ma'no kasb etmasdi. Keyin Qur'on ilovasini yuklab oldim. Va uni o'qiy boshladim. Oradan 20 daqiqacha vaqt o'tdi.
Shoshmachi dedim, Oxirgi 25 daqiqada o'sha qiz haqida o'ylamay qo'ygandim. Bu aql bovar qilmaydigan hol edi. Va keyin o'sha oyatga duch keldim. U buni qayerdan bildi? Buni bilishning iloji yo'q. Xo'sh qayerdan bildi? Assalomu alaykum birodar SQ. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun katta rahmat. Biz bilan birga ekanligingizdan juda xursandmiz. Sizga ham rahmat. Bir narsani so'rashdan boshlamoqchiman, SQ kim? Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bera olasizmi? O'zim haqimda gapirishni yaxshi ko'raman Men Bronksdan kelgan yetim, oddiy bir yigitman. Kamtar hayot tarzini kechiraman Oilam, otam bilan hayotda ko'p narsalarni boshdan kechirdim. Oiladagi zo'ravonlik, tahqirlanish.
Men aslida qochqinman. Odamlar buni haqiqatdan ham bilishmaydi, chunki otam, Subhanalloh, onamni, meni va singillarimni juda yomon ko'rardi. Zo'ravonlik tobora kuchayib, hayotimiz xavf ostida qoladigan darajaga yetib bordi. Bir kuni u uxlab qolganida biz uydan qochib ketdik. Nyu-Yorkka 2001-yil 10-sentyabrda keldim. Ya'ni 11 sentyabrdan bir necha soat oldin. 11-sentabr nima ekanini nafaqat bilmasdim, balki bu hayotimni butunlay o'zgartirib yubordi. Agar siz jigarrang bo'lsangiz, Biroz boshqacha bo'lsangiz, sizni tinmay tahqirlashlari, haqoratlashlari mumkin edi. Har ishni qilishlari mumkin edi.
Maktabning birinchi kuni esimda, hamma shunday derdi: "O, Bin Laden qayerda?" Hamma telba bo'lgandi. Ular bolalar edi xolos Ular faqat ota-onalardan eshitganini va yangiliklar orqali aytilgan gaplarni bilishadi. O'shanda islomofobiya juda kuchli edi. Agar hozirni yomon deb o'ylayotgan bo'lsangiz, o'sha paytda odamlar g'irt johil edi. Va men buni Islom bilan bog'lardim. Mana shu narsa menga shuncha muammo tug'diryabdi, u bilan umuman bog'liq bo'lishni xohlamasdim U terrorchilik voqeasini Menga umuman aloqasi yo'q edi... Ular meni hech qanday aloqam yo'q narsada ayblashardi Men u bilan bog'liq bo'lishni umuman istamasdim. Xullas, men uchun Islom va terrorizm bitta narsa edi.
Islom va terror bitta narsa, men bunga ishonardim. Ha, musulmonlar terroristlar. Garchi siz musulmon bo'lsangiz hammi?. Ha, men bunga ishonardim. Shunday qilib, bolaligimdan Islom bilan aloqam bo'lishini xohlamasdim. Odamlar mendan qayerlik ekanimni so‘rashardi. Ularga Puerto-Rikolikman deb aytardim. Dominikandanman derdim. Meksikalikman deb aytardim lekin hech qachon Pokistonlik ekanligimni aytmasdim. Nyu-Yorkdagi maktabimizda metall detektorlari bo'lardi. Bu qandaydir g‘alati ekanini bilaman. Shunday qilib, yonimda ortiqcha narsa bo'lmasligiga harakat qilardim. Chunki agar u signal bersa, atrofdan shunday gaplar eshitardim "Hoy, unda bomba bor. "Hoy!
Sen terrorchisan." Bu mening laqabim edi. Ular meni Terrorchi deb chaqirishardi. Endi, o'zingizni, 14, 15 yoshli bolani Ya'ni meni o'rnimga qo'yib ko'ring. Musulmon bo'lishni xohlarmidingiz? Albatta yo'q. Musulmon bo'lish meni baxtimni to'sgan eng asosiy narsa edi. Men buni his qilardim va ishonardim. Musulmon bo'lish meni baxtsiz qilardi. Shuning uchun ham undan uzoqroq yurmoqchi edim. Nafsim nimani xohlasa, shuni qilardim. Agar ayolni xohlasam, uni oldiga borardim. Agar narkotik xohlasam, uni ham topardim. Nafs boshida kamroq narsa istaydi, keyin ko'prog'ini xohlayveradi.
Ammo u mening hayotimda haqiqiy depressiyaga tushushimga sabab bo'ldi, u meni haqiqatan ham tubsizlikka, ruhiy tushkunlikka olib keldi. Bu meni Islomdan haqiqatanam uzoqlashishimga sabab bo'ldi Subhanalloh, onam bilan kochada yurganimizda. Ularni yonida bo'lmaslik uchun Uni mendan oldinroq yurishiga qo'yib berardim Odamlar, u meni onam ekanliklarini bilmasliklari uchun. Bu daxshatni o'zginasi edi. Buni aytishdan g'urur his etmayman, biroq shuni aytmoqchimanki men bularni boshdan kechirganman. Onam juda ko'p muammolarga duch keldi, chunki biz hali ham gapga kirmas to'polonchi o'smirlar edik.
Bu haligacha ham bor narsa Men aytayotgan bularning hammasi, ya'ni johiliyat va harom narsalar bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan kishi onam edi. Men klublarda bo'lganimda tunlarini bedor o'tkazgan ham onam edi. Lekin, Allogha qasam. Agar men jannatga kirsam, bu onam tufayli bo'ladi. Onam men uchun ibodat qilardi. Ular men uchun tinmay ibodat qilardi. Onam: «Yo Alloh uni o'zing hidoyatga boshla», derdi. Va bu bir kechada sodir bo'lmadi. Bir oy ichida sodir bo'lmadi. Bunga yillar kerak bo'ldi. Bu vaqt talab qildi. Bu yerga kelganida uning rasmiy ma'lumoti yo'q edi. U kechqurun yoqilg'i quyish shohobchasida ishlardi. Kechasi, birodar. Kechasi.
Eng yomoni badaxloq odamlarni hammasi o`sha yerda edi. O‘g‘li esa, har qancha pul topsa ham, Uni havoga sovurardi. Menga qanaqa uvada kiyim beryapsiz? Maktabda hamma ustimdan kuladiku. Shu ham krossovkami? Qani edi, ozgina ilmli bo'lsangiz. Mening qanday onam bor-a? Ta'lim olishingizni istayman. Bizni ta'minlash uchun biror narsa qilishingnizni. Tasavvur qilyabsizmi? Odamlar mendan onang nima ish qiladi, deb so'rashardi. Men onamdan juda uyalardim. U nima qilayotganiga qarang. "U bizga hatto boshpana ham topa olmaydi" derdim Auzubillah, men qanday o'g'il edim-a? O'sha kunlarda fikrlash tarzingiz qanday edi, tajribangiz orqali tasvirlab bera olasizmi?
Haqiqatan ham bu turmush tarzidan mamnunmidingiz? Nihoyat, men o'z orzuyimdagi ayolni uchratgandek edim, u bilan birga bo'lishni xohlardim Ammo muammo shunda ediki, uning sevgilisi bor edi. Lekin unga Alhamdulillah deyman. Alloh taolo uni hidoyat qilsin, qayerda va kim bilan bo'lishidan qat'iy nazar, baxtli bo'lsin Zero islomga kirishimga o'sha sabab bo'lgan. Chunki biz ajrashganimizdan keyin unga bo'lgan juda ko'p his-tuyg'ulardan ayrila olmay, tinmay u haqida o'ylaydigan bir telbaga aylanib qolgan edim Qachon o'sha yigiti bilan ajrasharkin derdim. Yuragim tilka pora bo'lmaguncha buni tugatishim kerak derdim.
Towards Eternity jamoasi sizning yordamingizga muhtoj Biz islom dinini butun dunyoga o'ndan ortiq tilda yoyishni maqsad qilgan xayriya tashkilotimiz. yordamingiz bilan odamlar Islomni qabul qilishlari, haromdan kechishlari, namozni boshlashlari hijob o'rashlari, Qur'onni o'rganishlari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin. Bu amallarni barchasidan siz ham savobga ega bo'lasiz InshaAlloh. Towards Eternityga ehson qiling va bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Yuragim tilka pora bo'lmaguncha Buni tugatishim kerak derdim. Shunday qilib o'zimga to'xta dedim "Men u bilan bu ishni tugataman va xo'jayinimga qaytaman Yana narkotikka qaytaman" dedim.
Nima uchun odamlar antidepressantlarni qabul qilishadi? Sababini aytaymi. Chunki sizda hamma narsa bor, Hamma narsa, faqat Allohdan boshqa. Demak, sizda hech nima yo'q. Sizda hech narsa yo'qligini tushunasiz, chunki hayotingizda Alloh yo'q. Shunday qilib, men katta yo'lda, soatiga 75, 80 mil tezlikda ketayotgandim. Keyin gazni oxirigacha bosdim. Qo'lim rulda shunday qotgandi. Va shunchaki ko'zlarimni yumdim Besh to'rt. Uch. Ikki. Bir. Haliyam shu yerdamanmi? Halokatga uchrayman deb umid qilgandim. Menga nimadir bo'ladi deb o`ylagandim. Chunki men ruhan singan edim. Bularning hech birini xohlamasdim. Qanday qilib bu depressiyadan chiqdingiz?
Menimcha, tushkunlikdan chiqqinumga qadar tushkunlikka tushganimni ham sezmaganman. Shundagina ancha vaqtdan beri nima bilan kurashganimni angladim Ahvolim juda yomon bolganida. Sabr kosam tolganini yaxshi eslayman. Men shunchaki baxtsiz edim. Uyg'onardim Va men buni juda aniq eslayman. Dush qabul qilayotgan edim. Vannada, suv ochib qo'yilgan edi Va men vannada turib yig'lardim. Tinmay yig'lardim. Tashqaridan qaraganda, pulni juda yengil topardim Ayollar bilan ham hech qanday muammoyim yoq edi. Narkotiklar deysizmi, alkogol, ziyofatlar, mashhurlik, men xohlagan hamma narsa bor edi Men mashhur bo'lishni va taniqli bo'lishni xohlardim. Otirishlar mensiz o'tmasdi.
Kirishim bilan ular: “O', u shu yerda!” deyishardi. Men "Yigitlar, maza qilamiz!" derdim. Ular meni qanaqaligimni yaxshi bilishardi. O'sha yigit hojatxonada yig'lardi. Uyga ketayotganda yig'lardi. O'zini o'ldirmoqchi bo'lardi. Bilasizmi bu toifadagilardan kimdir o'z joniga qasd qilsa, odamlar "Men u bilan yaqinda gaplashgandim, u juda xursand edi".-deyishadi Hech kim hech qachon o'z joniga qasd qilish fikrini oshkor etmaydi. Bunday qilmaydi. Biroq, shayton sizning ustingizda turadi. Chunki u uchun o'zingizni o'ldirishingiz juda muhim. Bu juda muhim, axir bu jahannam oloviga mukammal, ekspress, VIP, birinchi darajali chipta. Nima qilyapsan? Shayton shu tarzda g'alaba qozonadi.
Qisqasi, men vannada yotar va shunchaki yig'lardim. Embrion holatida yotardim. Faqat yig'lash, yig'lash, yig'lash. Shunda Alloh taolo meni duo qilishga ilhomlantirdi. Ammo duo qilayotganimni bilmasdim. Men faqat shunday derdim: “Agar bundan boshqa biror narsa bo'lsa meni bu vaziyatimdan hoziroq qutqar. Ketishimga ruxsat ber va bundan keyin menga to'g'ri yo'l ko'rsat Toki to'g'ri yo'ldaligimni anglay, nima qilishimni bilay Men buni boshdan kechirmasligim uchun qandaydir yo'l-yo'riq ko'rsat, menga biror belgi ber. Agar yo'q bo'lsa, hoziroq buni tugat. Hoziroq tugat. Bundan keyin men bu bilan hech narsa qilishni xohlamayman". Alhamdulillah, o'sha dush hayotimni o'zgartirdi.
Men chiqdim va o'sha paytda Alloh subhanahu va taolo menga yo'l ko'rsatdi. Biroq men o'sha paytda buni bilmasdim. Alloh menga Pokistonga sayohat qilishga yo'l ochdi U yerda axir meni oilam bor, nega bormayin? "Mayli, yaxshi? dedim. Bildimki, onam Pokistonga ketmoqchi edi. Yolg'iz o'zi. “Onajon, men ham siz bilan boraman, maylimi?”, dedim. Ayni shu onda hayotim uchun chuqurroq va mazmunliroq nimadir kerakligini angladim. Keyin bunga yordam bera oladigan kitoblar va har xil izmlar turini ko'rib chiqish hamda o'zim his qilayotgan bu bo'ronni qanday boshqarishim haqida ko'proq o'ylay boshladim. Chunki endi buni oddiy narsa emasligini anglay boshlagandim. Bu ko'proq va chuqurroq narsa edi.
Xullas, men ko'rishni boshlagan birinchi kitob. "Sir" deb nomlangan kitob edi. Bu ijobiy quvvatni namoyon bo'lishi haqidagi g'oyalar, ijobiy o'ylar, ijobiy ishlar haqida edi Borliq menga yordam ber derdim, Borliqqa. Koinotga murojaat qilardim, alomatlar izlardim ... Shamol esyabdi, bu belgi. "Nima? O'zi nima haqida gap ketyabdi?" derdim Xullas, uning kamchiliklari borligini bilardim. Chunki uni o'qisam ham, haqiqiy tushkunligim yo'qolmadi. O'sha ayol haqidagi o'ylarim yo'qolmadi. To'g'rirog'i, u yana qaytib, yuzaga chiqaverardi va men undan chiqib ketishim kerak edi. Kunlardan bir kun kitob do'koniga borib, buddizm haqidagi kitobga duch keldim.
Buddizmning yettita tamoyili, baxt qonunlari va shu kabi narsalar haqida o'qiy boshladim. Men ushbu meditatsiya usullarini haqiqatan ham amalda qo'llashga harakat qilardim. Ammo qanday qilib bir vaqtning o'zida ko'zingizni yumib, barcha fikrlardan, nafas olish va o'ylashdan xalos bo'lishga, bularning barchasiga e'tibor qaratishga harakat qilishingiz mumkin? Ammo u yo'qolmaydi, zero u hali ham sizning ichingizga kirib bormoqda. Bu ish bermaydi. Keyin Injilni qo'limga oldim. Ibtidoni va barcha boshqa bo'limlarni o'qiy boshladim. Uni o'qir ekanman, birin ketin kamchiliklarni topa boshladim. Lekin shu bilan birga, bu yuragimga hech qanday ta'sir qilmadi. Haqiqatan ham xuddi shunday.
Baribir yuragim his qilayotgan ruhiy tushkunlikdan, o'sha ayol haqidagi xotiradan, o‘ylardan uzoqlashmasdim. O'sha qiz haqida tinimsiz o'ylab yurardim. Uni xayolimdan hecham chiqara olmasdim. U tom ma'noda tun-u kun xayolimda edi. Shu bosqichda men taslim bo'ldim. Taslim bo'ldim. O'zimga o'zim, "bularning bari safsata. Barchasi, hammasi" derdim "Buddizmni, kimdir yozgan. Odamlar shunchaki hammani nazorat qilishni xohlashadi va dinni o'zlariga niqob qilib olishadi, bari aldov, yolg'on" derdim. Xayollarim meni shu tomonga boshlardi. Shunday qilib, Pokistonga bordim. O'sha paytda Ramazonga bir-ikki kun qolgandi. Ro'zani boshlash vaqti kelgandi. Shunda onam oldimga kelib.
“Hademay Ramazon boshlanadi, bilaman ro‘za tutmoqchisan. Ammo namoz ham o'qishga harakat qil, Zero Alloh sening och qolishingga muhtoj emas,o'g'lim. Unga bu kerak emas. Namoz o'qishga harakat qil. Agar ro'zadan biror bir foyda olishni istasang Albatta namoz o'qi." dedi. Ammo, ammo qanday namoz o'qishni bilmasdim. Onam shu gapni aytdi va Bu yuragimga ta'sir qildi. Men ibodat qilishni o'ylaganim uchun namoz o'qimoqchi edim. Ro'zani birinchi kuni ilk namozimni o'qishim kerak edi. Va qo'l telefonimga Qur'on ilovasini yuklab oldim. Hatto kitobini olmagandim.. Avvallari kitob do'konlariga borib, kitob sotib olardim. Bu gal o'zimga: "Kel shunchaki ilovasini yuklab olaqolaman" dedim.
Namozdan keyin o'qiy boshladim. Faqat asoslarini. Fotiha surasini. Avvaliga bunga oddiy narsadek qaradim. Shunchaki aylantirib: "Oho buyerda ko'p boblar bor ekan" dedim. "Yaxshi. Biror joydan boshlashim kerak" dedimda. Al-Fotiha surasidan o'qiy boshladim. Faqat inglizchasini. Chunki arabcha o‘qishni bilmasdim. Shunchaki o'qish. Men uni o'qiyapman. O'qib turib, "Mayli, keyingisiga o'taman" dedim. Keyin Baqara surasini o'qidim. Birdan, voy deb qoldim. Oradan 20 daqiqa o'tdi. O'zimga "Shoshmachi" dedim. Oxirgi 25 daqiqada o'sha qiz haqida o'ylamay qo'ygandim. Bu aql bovar qilmaydigan hol edi. Tushunishingiz uchun aytaman, Bu men uchun vahiy bo'ldi.
O'sha qizni xayol qilmay, u meni har qanday qilayotgan ishimdan chalg'itardi, ko'pi bilan besh daqiqa erkin yura olardim, xolos. Keyin men "Shoshma, bu ajoyibku" dedim. Allohga qasamki, men Qur'onni, Auzubillah, o'z manfaatim uchun o'qirdim, o'sha qizni unutib, u haqida o'ylamaslik uchun. Men buni u haqidagi o'ylardan chalg'ish uchun o'qirdim. Qur'ondan faqat shu maqsadda foydalanardim. Qur'on meni u qiz haqida o'ylashdan chalg'itadigan bir vosita edi. Sobiq sevgilim haqida o'ylashdan. Shunday qilib, men unda haqiqatni topgandim Ha topdim, uni topdim. Bu orada azon chaqirib qolishdi. Bilasizmi, namoz vaqti bo'lgandi. Men ibodat qilishni o'ylaganim uchun namoz o'qimoqchi edim.
Xullas, hayajonlana boshladim. Qur'on o'qirdim Men shunday qilardim. Nega desangiz? Chunki har gal Qur’on o‘qimaganimda ruhiy tushkunlikka tushardim. Sobiq sevgilim yana hayolimga qaytardi. U ko'z o'ngimda namoyon bo'lib tuyg'ular yana qaytadan meni miyamda bong ura boshlardi. Men "Tezda Qur'on o'qishni boshlashim kerak", derdim. O'tirardim va atrofimda odamlar nimalardir haqida gaplashishardi Hatto ularga quloq ham solmasdim. Faqat va faqat Qur'onimni o'qirdim O'sha ayol haqida o'ylamaslik uchun ham o'qirdim. Tarjima, to'g'rimi? Ha Qur'on tarjimasini. Men faqat sobiq sevgilimni unutish uchungina Qur'on tarjimasidan foydalanardim.
Qisqasi, men uni tinimsiz o'qirdim Bu ishni qilayotganimda, Alloh subhanahu va taolo asta-sekin qalbimni ochib borardi. Chunki men uni hali ham o'qiyapman, to'g'rimi? Men hamon aqlga ega, biroz tushunadigan odamman-ku? Alloh menga Qur'onning ushbu inglizcha tarjimasidan nimanidir tushuntirishni xohlardi Shuni anglay boshlagandim. Bir oyatni o‘qir ekanman, Birdan “Hoy, u bu bilan nimani nazarda tutyapti?” deb o‘ylab qoldim. "U bu oyat bilan nima demoqchi o'zi?" derdim Shunda o'ylanib, telefonimga qarab turganimda. U o'chib qoldi. Agar telefoningizni yoqib, ammo undan uzoq vaqt foydalanmasangiz U kutish rejimiga o'tadi. Esimda uni 15 daqiqacha ushlab turgandim.
Bir oyat haqida 15 daqiqa mulohaza yuritib, o‘z xayollarimga berilib ketardim. Keyin telefonimga qarasam, u qorayib o'chib qolibdi. Xullas uni qayta yoqib parolimni kiritishim kerak bo'lardi. Keyn men: "Voy, bu qandaydir kuchli narsaku", dedim. Shu payt tushundimki, agar Allohdan biron narsa kelgan bo'lsa, bu aynan shu kitob bo'lishi kerak edi. Ammo men hali to'liq ishonch hosil qilmagandim. Shuning uchun uni sinab ko'rmoqchi boldim. Auzubillah, Tekshirmoqchi edim xolos. O'zimga shunday dedim: "Mayli, bugun sinov uchun Qur'on o'qimayman. Ibodat ham qilmayman. Shunchaki dam olaman" dedim. Ro'za tutaman, bu aniq, va shunchaki dam olaman. Men bularning hech birini qilmoqchi emasdim.
Birodar hazillashayotganim yoq, Allohga qasamki o'n daqiqa ichida dushga kirdim. Avvalgi fikrlarning barchasi menga yana qaytib kela boshladi. Depressiyaning barcha to'lqinlari, o'sha qiz haqidagi hamma narsa. Bularning hammasi xayolimda qayta tiklandi. Suvni o'chirib, artinib bo'lgach "o'sha kitobni darhol o'qishim kerak" dedim. Chunki bu kitob kalit. Bu kitob kalit. Uni o'qir ekanman, narsalar ko'z o'ngimda tobora ravshanlashib borardi. Men esa faqat Alloh taolo bu kitobni qay tarzda nozil qilgan, deb o‘ylardim. Balki, Muso (a.s.) davridagidek chaqmoq chaqtirib, o‘nta amrni nozil qilgandir.
Buni bilmasdim Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kelishi haqidagi tushunchani ham o'sha payt yaxshi anglamasdim. Men Allohda bu kitob bor va U bizga narsalar haqida aytib bermoqda deb o'ylardim. Uni o'qirdim va u menga ta'sir qilardi. Xullas keyin o'sha oyatga duch keldim, va u haqiqatan ham meni hammasini qaytadan o'ylab korishga majbur qildi... Bungacha qanday yashagandim?. O'sha oyatda “Albatta, qalblar Allohni zikr qilish bilan xotirjam bo‘lur”, deyilgan. Shu paytda men chindan ham .... Titrab ketdim. Qo'l telefonimni o'chirdim. Men: "buni o'chirishim kerak", dedim. Lekin buni nima ekanligini bilmayman. U nima edi? U buni qayerdan bildi? Bu miyamda qanday qilib paydo bo'lib qoldi?
Yuragim shu yerda yengil tortayotganini qayerdan bildi? Shu o‘rinda bir xulosaga keldim. Bu qanday oshkor bo'lganini bilmayman. Mantig'ini ham bilmayman. Bu haqda hech narsa bilmayman. illo bu Xudoning so'zi edi shubxasiz, Bu Allohing kalomi. Qisqasi Ramazon oyi tugash arafasida edi. Mening sayohatim ham nihoyasiga yetmoqda. Va men Nyu-Yorkka qaytishim kerak edi. Yana real hayot bilan to'qnashishim lozim edi. Endi hech qanday qochish yo'q. Buni Qur'onda juda kop o'qiganman va hozir unda harom qilingan spirtli ichimliklarni ya'ni mastlik, zino kabi ko'p narsalarni ko'rib turibman Shunda o'zimga "To'xta" dedim. Bilasizmi men Pokistonga bir yarim oyga borgandim.
Qaytgach do'stlarim meni ko'rganidan xursand bo'ldi. Ular meni alkogol bilan mehmon qilmoqchi bo'lishdilar. Marixuana olib kelishdi. Meni ayollar yoniga olib borishga harakat qilishardi, Xullas, ziyofat qilishni xohlashardi. Men o‘zimga o'zim qandaydir va’dalar berishim kerak deb o'yladim Birinchi va'da: "Qaytib borganimda, men namozni tark qilmayman" dedim. Bu ibodatda nima ekanligini bilmayman-u, lekin unda juda kuchli narsa bor edi. Keyin "Qur'on o'qishni tark etmayman. Tarjimada bo'lsa ham uni tark etmoqchi emasman" dedim. Men o'sha qizni unutishim va ruhiy tushkunlikdan chiqishim uchun bu ikki narsani bir-biriga bog‘lab qo‘ygandim. "Allohim, menga yordam ber" derdim.
Qaytib bordim, odamlar meni ko'rib xursand bo'ldi. Ular meni olib ketishmoqchi edi. "Hoy! hozir seni yoqamiz" deyishardi. Bu chekishni anglatardi. "Qani og'ayni bo'l, yuraqol" deyishardi. U yerga borgach esa: “Hoy! qani ol ol”, deyishardi. Menga ham quyishdi. "Qani 3 deganda hamma oladi deyishdi 1-2-3" Men "Yo'q bunday qila olmayman" dedim. Ular: “Bizni xafa qilyapsan. hatto ichkilikka tegmading. Qani ol ichimlikka qarama, ich." deyishdi Men ularga qanday aytishni bilmasdim. O'zimni huddi omadsizdek, Ojiz insondek his qildim. "Bolalar, men endi ichmayman" deb aytmoqchi bo'ldim-u. Lekin ochiq ayta olmadim.
Shunchaki "O'zimni yaxshi his etmayapman, oshqozonimga botmaydi" degandim Ular "Ho'p" deyishdi. Ikkinchi marta ular bilan yana uchrashdim. Ular "Hoy! Chekaylik. Kel. chekamiz. Kel" deyishdi. Men esa "Bolalar, men hali ham o'zimni yaxshi his qilmayapman" deb qutildim. Uchinchi marta, ular menga taklif qilmay qo'yishdi. Shunchaki meni taklif qilishni to'xtatishdi. Men ularga g'alati, o'ta zerikarli bo'lib ko'rina boshladim. Ammo boshqa do'stim bor edi va unga borini ochiq aytdim. Esimda, mashinada edik. Men: “Og'ayni...” dedim. U mendan so'radi. Boshqalar so'ramadi. Faqat u so'radi. U shunday dedi: “Og'ayni, boshqa ichmayotganingni payqadim. Ayollar bilan birga bo'lishni ham istamayapsan.
Sog'liging yaxshimi? Hammasi joyidami?" dedi Men: “Og'ayni, men islomni o'rganyapman. Qur’onni o‘qib yuribman va endi bu ishlar menga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylayman”. dedim U: "Rostdanmi?"-dedi Men bu hayotimdagi eng sharmandali hodisa bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin uning ta'sirlanganini ko'rib hayratda qoldim. Kim bilsin, ehtimol siz buni kim bilandir baham ko'rsangiz, U ham shunday o'ylay boshlar. Bu menga nima beradi? Masalan, Tushundimki, harom narsalarning hammasi pul turadi. Pulga sotib olib hamki Allohning noroziligiga erishasiz. Siz pul to'layapsiz, ammo bu bilan o'zingizga do'zaxdan joy sotib olyapsiz Ayollar pul. Ichimlik pul. Giyohvand moddalar pul. Lekin duo bepul.
Namoz bepul, to'g'rimi? Haj bepul, Qur'on o'qish bepul. Zikr bepul. Ha! shunday. Biz haromni pulga sotib olyapmiz. Bularning hammasiga pul to'laymiz, holbuki, Alloh taolo yechimni mutlaqo tekin qilib qo'ygan. Bilasizmi nima? U hali ham mening do'stim. U shunday dedi: “Biz ham bu narsalardan qutulishimiz mumkin, sen bizga tirgak bo'lasan. Shunchaki bir yo'lboshchi. Hammamizni go'zal manzilga eltasan Va biz tashvishlanmaymiz, chunki haqligingni yaxshi bilamiz." dedi. Men, "Yaxshi, yaxshi, Uyda o'tirib ham nima qilardim?" dedim. Shunday qilib yana o'sha joylarga borardim. Ya'ni barlar, klublar degandek. Biroq men endi sarxush emasdim. Bu safar ichmasdim. O'sha barlar, klublarga borardim-u.
Auzubillah, men bu gal mast emasdim. Aksincha, men tayinlangan yo'lboshchi edim. U odamlarga razm solib, hayotlarida tartibsizlikni ko'rardim. Ularning barchasi huddi gipnozlangandek ko'rinardi. Hammasi jinni bo'lganga o'xshardi. Barchasi bir-biriga o'xshash bo'lishga intilayotgandek edi go'yo. Ularning bari shu yo'nalishda kesishardi. Bu yerda bo'lishni xohlamasligimni angladim. Bu dahshatli edi. Va tashqariga chiqayotib unga. “Og'ayni, sen hohlaganingni qilaver, men shunchaki tashqarida kutaman, ...” dedim. Alloh buni yuragimdan yurib tashladi, endi bu yerda bo'lishni ham xohlamasdim. Xullas, barga kiraverishda o'tirardim. Bir ayol kelib yonimga o'tirdi. Va men bilan rosa suhbatlashdi.
Shunchaki men bilan gaplashar ekan, men unga yordam bermasam, islom haqida aytib bermasam bo'lmasdi Men unga shunday dedim: “Bilasizmi? Men bu haqida o'qiganman, qiyomat kuni haqida va undan keyin jannat borligi haqida, Biz o'lgach, Jannatga kiramiz" dedim, siz bu narsalardan qutulishingiz mumkin. Va bu go'zal yakun bo'ladi. Yaratguvchi bor, U yagona. Siz Unga qaytasiz va U sizni bu hayotda barakotli qilib, sizni sinaydi» dedim "Shunga o'xshash barcha narsalar bizni haqiqiy da'vatimizni hamda asl tabiatimizni unutishimizga olib keladi. Bu bizning chastotamizni pasaytiradi. Bu bizni o'zimizning eng yaxshi holatimizda bo'lmasligimizga sabab bo'lmoqda" dedim.
Kutilmaganda, u ayol yig'lay boshladi. Barga kiraverishda, ko'chada turib yig'lardi. Keyin u: "Bu go'zal".-dedi Men: "Rostdanmi?" dedim U: “Sizga bir savol bersam maylimi”, dedi. Men tinmay Islom haqida gapirar edim. U "Sizdan bir narsa so'rayman" dedi Men: “Albatta”, dedim. U: "Siz bunga ishonasiz. To'g'rimi?" dedi. Men: “Ha”, dedim. U: «Bu yerda nima qilyapsiz?» dedi. Bilasizmi, men unga nima dedim? Bilmadim. Men shunchaki: “Bilmayman”, dedim. U: "Siz bu yerga tegishli emassiz", dedi. Va bu barga oxirgi marta borishim bo'ldi. Bildimki, Alloh bu sizning joyingiz emasligini qalbingizga solib qo'yarkan. Shunchaki uyga borib Qur’on o‘qigim keldi. Bor xohishim shu edi.
Qur'on tarjimasini o'qishni, va harakatda davom etishni. Aynan shu voqealar sodir bo'la boshlaganida tushundimki, Hayotim boshqacha o'zgarishlarga loyiq va o'zgarishlarni talab qilardi. Agar shu yo'lda bo'lishni istasam, menga o'xshash fikrlaydigan va bu yo'lga erishmoqchi bo'lgan odamlar atrofida bo'lishim kerak edi. Masjidga borib, o'zimga o'xshagan odamlarni uchratmaguncha ular ham bu narsalarga qanday ishonishlarini bilmasdim. Menga o'xshashlar, bu juda zo'r edi. Bu odamlar men atrofida bo'lishni xohlaydigan toifamdir. Xulosa qilib aytganda, bu mening Alhamdulillah, Alloh qalbimga va hayotimga Islomni olib kelgani va Alloh taolo meni botqoqdan tortib olgani haqidagi hikoyam edi.
O'zi meni yo'ldan adashtirmasin Zero bir deganda to'g'ri yo'ldan toyib ketib yana ichishga, chekishga ayollarga qaytish juda osondir Hozir meni tinglayotgan har bir kishiga maslahatim, bunday do'stlar va o'shanday muhitdan uzoqroq yuring. Chunki o‘sha johiliy hayot tarzini yashash biz uchun huddi velosipedda yurishga o‘xshaydi. Va biz unga tezda qaytishimiz mumkin. Biz muhitimizni o'zgartirishimiz, o'sha turdagi odamlardan hijrat qilishimiz kerak. Xuddi 99 kishini o'ldirgan odam kabi, to'g'rimi? 100chi kishini o'ldirgach borib bir olimdan maslahat so'raydi. Olim “Alloh seni kechiradi, lekin sen hijrat qilishing kerak”, Bundan uzoqlash. Yangi hayot boshla.
O'tmishingni bilmaganlarga yaqinlash Ularni senga doim eslatib turadigan odamlardan uzoqlash. Hoy! Nima bo'ldi og'ayni? Ichishni yig'ishtirib qo'yding, chekishni to'xtatding. Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q. Yana bir marta og'ayni. Yana bir bor men uchun bitta qadah ko'tar deydiganlardan. Siz u hayotdan uzoq bo'lishingiz lozim. Shundagina haqiqatan ham undan qutulishingiz mumkin. Hammasini yangidan boshlang. Niyatlaringizni o'zgartiring. Alloh taolo bilan aloqa o'rnating. O'zingizga qat'iy va'dalar bering va Alloh taologa qayting. Allohga qasamki, bu albatta qiyin bo'ladi, lekin Alloh oson qilgay InshaAlloh. Xo'sh, hayotingizdan maqsad nima edi? Shunday qilib, siz qattiq da'vat qila boshladingiz.
Va o'sha kunlar haqida ham aytib bera olasizmi? Ha! Bu xuddi sevimli mashg'ulotingizga o'xshaydi. Va siz bu haqda gapirishni to'xtata olmaysiz, Biz biror narsani yaxshi ko‘rganimizda, u haqida izlanishimiz tabiiy. Fitratimizda borki, biror narsa haqida qayg‘ursak, uni o‘rganamiz. Biz yaxshi ko'rganimiz uchun uning bor tafsilotlarini va nozik tomonlarini o'rganamiz. Islom dinini o'rganishni boshlaganimda, men faqat... Alhamdulillah. Alhamdulillah. MashaAlloh. Alloh izni bilan shu muhabbatni qalbimga solib qo'ydi xolos Men uni seva boshladim, zero men bu qanchalik amaliy va qanchalik samarali ekanligini bilaman. Chunki shaxsan Islom meni ruhiy tushkunlikdan olib chiqdi.
meni o'sha yerdan tortib oldi. Qur'on tarjimasi, Qur'on o'qish. Shu meni ruhiy tushkunlikdan olib chiqdi. Men uning qanchalik kuchli ekanligini bilaman. Qanchadan-qancha odam yashirincha, o'zi bilmagan holda bu malhamga muhtojligini bilaman. Ularga ushbu malham zarur. agar Alloh meni butun dunyoni shu bilan ta'minlashga safarbar qilsa bu meni hayotimdagi eng katta yutug'im emasmi? Agar shunday bo'lsa, Allohim o'zing meni qo'lla, va ne'matingni ato et. bu dinni yoyish uchun mendan foydalan va har bir xonadonga kirishiga ijozat ber. Bu uyg'onishgacha necha yil o'tdi? Menimcha, 12 yilcha davom etdi. Alhamdulillah. Ammo hali ham bolaman. Hali ham 12 yoshli kichkina bolaman.
Lekin ha, 12 yil deyman. Bilasizmi? Hayotda ko'tarilish va pasayish bor. Bugun ham shunday. Lekin Alhamdulillah, biz dindamiz, tavhiddamiz eng muhimi shu Siz qoqilishingiz mumkin. Ehtimol tartibsizlikka tusharsiz. Yillik johiliyatni bir kechada tark etish oson emas. Yiqilasiz, sinovdan o'tasiz. Biroq Alloh taolo Rahimli zotdir. Alloh taolo sizni kechiradi. Kimki bu johiliylik bosqichini boshdan kechirsa va undan chiqsa, to'g'ri toyib ketishingiz mumkin, lekin Alloh sizni kechiradi. Shayton esa Alloh seni kechirmaydi deb ishontirishga urinadi. Shayton sizga rahmat aytadi. Birodar, sen ikkiyuzlamachisan. Sen munofiqsan deydi. Biroq yo'q. Alloh taolo tavba qilgan gunohkorni sevadi.
Bas, Allohga tavba qilingiz. Hikoyangizni samimiy baham ko'rganingiz uchun katta rahmat. Sizdan ko'p narsani o'rgandik. Biz sizning hikoyangizdan ilhom oldik. Bu Ummat uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun Alloh sizga ajr bersin Chaqirganingiz va tomosha qilganingiz uchun barchangizga katta rahmat. Alloh hammangizdan rozi bo'lsin. Alloh taolo barchangizni ziyoda qilsin. Va bu kanalni ajrini bersin, men uni yaxshi ko'raman. kanalga obuna bo'lishni unutmang. Rahmat.